xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Mandat shamoli esmoqda. UzBMB pullik SMS orqali natijalarni bilish mumkinligini eslatmoqda.

SMS yuborsangiz hozir javob kelmaydi, chunki yakuniy natijalar tasdiqlangani yo’q. Hozir SMS yuborsangiz, qachon mandat chiqsa, shunda javob qaytadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qirg‘izistondagi Yuridik institutga grant asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Z.Yu. ismli shaxs (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X. ni tanishlari yordamida Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📣Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida bakalavriatura yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda!

2023-2024-o‘quv yilida 211 nafar bitiruvchiga dunyo boʻyicha TOP-1000 talik reytingga kirgan Belarus milliy texnika universiteti namunasidagi ilk diplomlar topshirildi.

2024-2025 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari (kunduzgi va sirtqi taʼlim turlari) hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul davom etmoqda.

🎓 UZBMB (DTM) imtihoni natijasi bilan ham qabul qilish imkoniyati mavjud.

🔹Bakalavriat yoʻnalishlari uchun roʻyxatdan oʻtish;
🔹Taʼlim yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot;

🔸Magistratura mutaxassisliklari uchun roʻyxatdan oʻtish;
🔸Mutaxassisliklar haqida batafsil maʼlumot.

📎Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4524-sonli qarori (20.11.2019-yil)

📞 Aloqa markazi
+998555111320
+998555111321
+998555111322

💬Onlayn murojaat:
№1 Telegram admin
№2 Telegram admin
№3 Telegram admin

📌Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Qoramurt koʻchasi 1-uy.

Veb-sayt | Telegram |Facebook |Instagram | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚌 Toshkentdan uchta viloyatga quyidagi yo‘nalishlarda yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi:

● 17-avgust kunidan Toshkent – Shahrisabz – Kitob hamda Toshkent – Yangiyer yo‘nalishida;

● 22-avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson hamda Toshkent – G‘uzor – Qamashi yo‘nalishida;

● 23-avgustdan Toshkent – Boysun yo‘nalishida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Profi”ni nechta abituriyent tanladi?

⚡️ Shu vaqtgacha Profi University’da 10 dan ziyod kirish imtihonlari o‘tkazildi. Xo‘sh, hozirgacha nechta abituriyent Profi University’ni tanladi?

2024-yilning 15-avgust holatiga ko‘ra, 32 407 nafar abituriyent Profi University’ga kirish imtihonlarida qatnashdi, 6328 nafari esa talabalikka tavsiya etildi. Qabul qilinganlarning 1546 nafari 2024/2025-o‘quv yilida Profi University’dan stipendiya oladi.

Siz ham keyingi imtihonlarga qadar ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda qatnashishingiz mumkin. Ehtimol, keyingi stipendiya asosida o‘qishga qabul qilinadigan abituriyent Siz bo‘larsiz!

Navbatdagi kirish imtihoni 23-avgust soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish 👉 https://profiuniversity.uz/?ref=MklB

📍Manzil: Toshkent shahri Bektemir tumani Husayn Boyqaro ko‘chasi 117-uy.

☎️ Batafsil ma'lumot: 78-777-11-11

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sobiq vazir 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

2017-yildan 2021-yilgacha uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2021-yildan 2023-yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan Saliyev Muzaffar Xaldarbayevich 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, u 3 yilga mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

Sobiq amaldor Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Muzaffar Saliyev va uning sheriklari davlat byudjetidan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-toroj qilgan.

Bir necha sud hukmi bilan aybdorlardan 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni davlat foydasiga solidar tartibda undirish belgilangan.

Sobiq vazir va uning turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirilgan Lada Pickup, treker avtomobillari, ikkita xonadon, bitta hovli, 14,6 ming dollarlik mablag‘yetkazilgan zararni qoplashga qaratilishi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Fintex kompaniyalar qancha daromad olmoqda?

Click kompaniyasi 2024-yilning dastlabki 6 oyida 272,6 mlrd so‘m daromad qilibdi, shundan sof foyda 117 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Payme kompaniyasi esa dastlabki 6 oyda 214,5 mlrd so‘m daromad olgan va shundan 113 mlrd so‘m sof foyda qilgan.

Ushbu fintex kompaniyalar O‘zbekistondagi 22 ta bankdan ko‘proq sof foyda olgani ma’lum bo‘lmoqda (jami 35 ta bank bor).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📢 Osiyo xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda

DTM (UzBMB) natijangiz bilan Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi bo'ling!

⚡️Nega aynan Osiyo Xalqaro Universiteti?

🔸 27 ta yo‘nalish bo‘yicha keng tanlov imkoniyati
🔸 Bakalavr, magistratura, ordinatura, doktorantura
🔸 Sirtqi, kechki, kunduzgi ta‘lim dasturlari
🔸 ︎5 ta zamonaviy kampus
🔸 ︎Rektor stipendiyalari
🔸 Xalqaro hamkorliklar va amaliyot dasturlari
🔸 Davlat namunasidagi diplom

📑 27 ta yo'nalish bo'yicha ro'yxatdan o'ting!

Osiyo xalqaro universiteti — muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!

📥 Ariza topshirish: qabul.oxu.uz

Murojaat uchun: +998553050009

Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022)

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Namangan shahriga 36 dona avtobuslar olib kelinmoqda

Xitoydan olib kelinayotgan ushbu avtobuslar hozirda Qozog‘istonga kirib kelgan va tez orada O‘zbekistonda bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿O‘zbekiston va 🇰🇿Qozog‘iston chegaradan o‘tishda o‘zaro ID-kartalarni tan olish masalasini muhokama qilmoqda

Bu haqda Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovning maqolasida aytilgan.

Maqolada aytilishicha, O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegarani huquqiy rasmiylashtirishni to‘liq yakunladi, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegarani delimitatsiya qildi. Chegaradagi o‘nlab o‘tkazish punktlari o‘z faoliyatini tiklab, mamlakatlarimiz o‘rtasida odamlarning harakatlanishini sezilarli darajada osonlashtirdi.

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab ichki hujjat – fuqaro ID-kartasini taqdim etgan holda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tish tartibi amal qilmoqda. Xuddi shunday loyiha Qozog‘iston tomoni bilan ham muhokama qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Ostona sammitida Markaziy Osiyoda milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥈Taekvondochimiz Svetlana Osipovaga hurmatim yanada oshdi. Barakalla, Svetaxon!

Haqiqiy o’zbek qizi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎗 Prezident 37 nafar tadbirkorni “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Kelajak bunyodkori”, “Shuhrat” medallari bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati: https://president.uz/uz/lists/view/7465


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📌Endilikda UZBMB (DTM) da toʻplagan ball bilan hech qanday imtihonlarsiz IPU talabasi boʻla olasiz!

Bundan tashqari, Iqtisodiyot va pedagogika universitetida:


🔹Universitet tomonidan ajratilgan umumiy summasi 1,5 mlrd soʻmlik grant o’rinlaridan biriga ega bo’lishingiz;

🔹 Faol talabalar safida boʻlsangiz, 8 mln 400 ming soʻmgacha stipendiya olishingiz mumkin.

Qabul quyidagi yoʻnalishlarda davom etmoqda:

• 34 ta bakalavriat yo‘nalishi;
• 5 ta magistratura mutaxassisligi.

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida boshlang‘ich ta’limdan tortib, iqtisodiyot yoʻnalishigacha mavjud!

Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

❗️Onlayn ariza topshirish: https://ipu.educon.uz/

Litsenziya (№194419; 16.08.2022)

✅Biz bilan bogʻlanish:
+998752306060

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY, Islom Karimov koʻchasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Joʻyi soy” MFY, Yasmin koʻchasi, 11-uy

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Endi “Cambridge” oʻquv markazi taqdim etgan sertifikat Oʻzbekistondagi bir qancha OTMga kirishda tan olinadi

Cambridge oʻquv markazi oʻzining 10 yillik yubileyi munosabati bilan bir qator yangiliklarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Cambridge Oʻzbekistondagi oʻquv markazlari orasida IELTS va boshqa xalqaro til sertifikatlariga muqobil boʻlgan oʻz sertifikatini joriy qilmoqda.

Cambridge bu orqali ingliz tilini oʻqitish boʻyicha yangi darajaga chiqdi, deb aytish mumkin. Mazkur til sertifikati joriy qilinishi oʻquv markazining kelgusi rivojlanishini belgilab beruvchi omilga aylansa, ajab emas.

🗒Cambridge til sertifikati tan olinadigan OTMlar roʻyxati;

📄 Ingliz tili kurslariga yozilish.

Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mandat qachon chiqadi?
#abituriyent

JAVOB: hozir hammani qiziqtirayotgan savol shu bo’lib turibdi.

Mendagi ma’lumotga ko’ra, yakuniy natijalar to’liqligicha shakllantirilib bo’lingan. UzBMB tomonidan tasdiqlash uchun Davlat qabul komissiyasiga (Vazirlar Mahkamasiga) kiritilgan. Qachon tasdiqlanishi hozircha noma’lum.

Har yilgi an’anaga ko’ra, mandatning qonunchilikda belgilangan kuni yaqinlashgani sari sukunat, noaniqlik va shubhalar ortib ketadi.

Aslida amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 10-avgust kuni to‘liq yakunlanadi. Undan so’ng hech qanday qo’shimcha muddat berilmadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.

Bugun — 16-avgust. Bundan kelib chiqadiki, agar mandat yoki bugun, yoki ertaga e’lon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mandat… 👀


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

G‘ayrikonstitutsiyaviy qonun rad etildi, ammo hali quvonishga erta

Bugun Senatning Yalpi majlisida huquq-tartibot organlari xodimlarini foto va videoga olib, «obro‘sizlantirish maqsadida» tarqatganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun senatorlar tomonidan rad etildi. Qonun endilikda parlament palatalarining kelishuv komissiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.

Konstitutsiyada belgilangan muddatdan 8 oyga kechikib ko‘rilgan ushbu qonun rad etilganidan juda xursandman. Bu jamoatchilikning umumiy g‘alabasi.

Senatorlarga ham alohida rahmat!

Ammo hali mutlaq quvonishga erta, deb hisoblayman. Chunki Senatning Qo‘mita raisi o‘z ma’ruzasida 195-2-moddasining faqat tahririda xatolik bor, ushbu moddani qayta ko‘rib chiqish kerak, deb aytdi. Ya’ni Senat ham ushbu moddani butunlay chiqarib tashlashni ilgari surmayapti.

Katta ehtimol bilan, qonunning ushbu moddasini "kosmetik" ta’mirlab, "va" degan so‘zni "bilan"ga almashtirib, Ali Xo‘ja va Xo‘ja Ali tarzida yana qayta kiritishlari ham mumkin. Rad etildimi, rad etildi. Qayta ko‘rildimi, qayta ko‘rildi, deyishadi keyinchalik.

‼️Ammo ushbu modda hech qanaqa tahrirda ham yashashga haqli emas! Bu modda butunlay chiqarib tashlanishi va umuman ko‘rib chiqilmasligi shart va zarur!

Bunga asoslarni avval ham ko‘p bora tushuntirganmiz. Agar qaysidir fuqaro boshqa bir shaxsni, u xoh organ xodimi bo‘ladimi, xoh oddiy inson bo‘ladimi, farqi yo‘q, obro‘sizlantiradigan yolg‘on, tuhmat va haqoratli foto va videoni internetga joylasa, shundoq ham jazo choralari mavjud. Velosipedni qayta ixtiro qilib, organ xodimlari uchun alohida dublikat modda joriy qilish na aqlga sig‘adi, na mantiqqa to‘g‘ri keladi.

Umid qilamanki, Parlament qo‘shma komissiyasi ushbu qonunni qayta ishlash jarayonini ochiq va shaffof olib boradi, jamoatchilik vakillari va mutaxassislarining ham fikrini o‘rganadi, imi-jimida, xo‘jako‘rsinga ish qilmaydi.

Va yana bir bora 195-2-moddani butunlay chiqarib tashlashni iltimos qilaman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish huquqi berilmoqda

Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Unga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

🔹 Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklash, agentlikning xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilash, shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini to‘lashdan ozod etish;

🔹 o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmaydi;

🔹 o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmoqda;

🔹 ularga homiylik qilish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi belgilanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚀 Kelajagingizni ISFT bilan boshlashga tayyormisiz?

ISFT Instituti sizga ajoyib imkoniyatlar taqdim etadi:

🎯 UzBMB (DTM) balingiz bilan to'g'ridan-to'g'ri o'qishga kirish;
🎯 Til bilish sertifikatingiz bo'lsa, 3 mln so’mgacha maxsus chegirmalar;
🎯 300 ta ta’lim grantlari;
🎯 Yaqin qarindoshlar uchun 20% maxsus chegirmalar;
🎯 Kontrakt to’lovini to’liq to’lash orqali 10% maxsus chegirmalar.

2024-2025-o'quv yili uchun 15 ta zamonaviy ta'lim yo'nalishiga qabul davom etmoqda!

Bizda:
15 ta istiqbolli bakalavriat yo'nalishi;
4 ta ilg'or magistratura dasturi;
O'qishni ko'chirish;
• Ikkinchi mutaxassislik olish imkoniyati
(barcha yo'nalishlar uchun mavjud).

ISFT - kelajagingizni yaratishda ishonchli hamkor!

🔥 Hoziroq ro'yxatdan o'ting: admission.isft.uz

☎️ Aloqa markazi: 55 506 17 17

Litsenziya (№ 300690, 12.10.2021-y)

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tadbirkorlik kodeksi Senat tomonidan ma’qullandi

Tadbirkorlik kodeksida 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini unifikatsiya qilish nazarda tutilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

✅ Shuningdek, Kodeks bilan:

➖ fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratish, xususiy mulk, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish belgilanmoqda;

➖ tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratilmoqda (amalda toifa sifatida faqat kichik tadbirkorlik subyekti mavjud edi);

➖ yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari belgilangan holda ularga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda;

➖ ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy korxona, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari ro‘yxati va ularni, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari belgilanmoqda;

➖ biznes-inkubatorlarning huquqiy maqomi, maqsad va vazifalari belgilanmoqda hamda davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi imtiyoz va preferensiyalar berish taqiqlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆 “Hyundai Rotem” kompaniyasidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Loyihaning umumiy qiymati 220,03 million yevroga baholanmoqda.

Kelishuv doirasida O‘zbekiston 21,3 million yevro, «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 13,5 million yevro, Koreya Eksimbanki esa 185,18 million yevro ekvivalentida 40 yilga, shu jumladan, 10 yillik imtiyozli davrga qarz beradi.

Loyihani amalga oshirish muddati 6 yil — 2024-yildan 2030-yilgacha. Yangi poyezdlar yiliga 1,31 million yo‘lovchini tashishi kutilmoqda.

Loyihaning o‘zini oqlashi 25,1 yil deb baholanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Shuningdek, UzBMB (DTM) ballari asosida siz imtihonsiz farmatsiya yoki sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga qabul qilinasiz!

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ farmatsiya (turlari bo‘yicha) — o‘qish muddati 5 yil;
➖ sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) — o‘qish muddati 4 yil;
➖ davolash ishi — o‘qish muddati 6 yil;
➖ tibbiy profilaktika ishi — o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

➖ farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

👉 UzBMB (DTM) natijasini yuborish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy.
Mo‘ljal: “UzMal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram filiali)

📍Manzil
👉 Batafsil ma’lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Konstitutsiyaga zid va yo‘qolib qolgan qonun nihoyat ertaga Senatda ko‘rilar ekan. Ertaga senatorlarimizning vijdoni sinovdan o‘tadigan kun

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili yo‘l harakatini takomillashtirishga oid bir qator YAXSHI yangiliklarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasi ishlab chiqilgandi. Bu qonunni ancha yillardan buyon kutayotgan edik, chunki qonun orqali doimiy qoidabuzar haydovchilarga jarima ballari joriy etilayotgandi.

Ammo YAXSHI hujjat orasiga o‘zining manfaatini tiqib ketishga o‘rganib qolgan ayrim shaxslar shu qonun ichiga O‘TA YOMON va hattoki KONSTITUTSIYAGA ZID bo‘lgan qonun normasini qo‘shib ketishgan. Ya’ni organ xodimini foto va videoga olib, internetga joylashni taqiqlash haqidagi qoida edi bu.

Nega Konstitutsiyaga zid deyapman, bilasizmi? Qonun tashabbuskori bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi xorijiy tajriba sifatida "Mana, Fransiyada ham shunaqa qonun bor" deb misol keltirgandi. Bu misol Senat saytida ham chiqqan. Vaholanki, Fransiyada qabul qilingan o‘sha qonun keyinchalik Fransiya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan Konstitutsiyaga zid deya topilib, bekor qilingan. Va men 100% ishonaman, bu qonun bizning Konstitutsiyaga ham zid.

Senat saytida keltirilgan Buyuk Britaniya va Germaniya misoli ham xato ekan, ushbu davlatlarda aynan bunaqa qonun mavjud emas ekan.

Jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan mana shu qonun 8 oydan buyon Senatda qolib ketgan edi. Shu qonun ertaga Senat Yalpi majlisida ko‘rilar ekan.

Menda bitta yaxshi va bitta yomon taxmin bor.

Yaxshisi — Senat 8 oy bu qonunni puxta o‘rganish uchun ushlab turgan.
Yomoni — shunchaki jamoatchilik noroziligi bosilib, odamlarning esidan chiqqandan so‘ng, sekingina imi-jimida qabul qilib yuborish uchun ushlab turgan.

Men senatorlar haqida yaxshi gumondaman. Ilohim, ertaga shu gumonim o‘zini oqlasin.

Mustaqillik bayrami arafasida, va bo‘lib ham Olimpiadadagi tarixiy yutuqdan xursand bo‘lib turgan xalqimizning kayfiyatini rasvo qiladigan, fuqarolarning KONSTITUTSIYAVIY huquqlarini mantiqsiz sabab bilan cheklaydigan bunaqa ahmoqona qonunni qabul qilishmaydi, degan umiddaman.

Hurmatli senatorlar, xalq sinovidan o‘tish payti keldi! Bunaqa imkon har doim ham bo‘lavermaydi. Sizlarga ertaga qat’iyat va omad tilayman!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

MDIST, INHA, SIS va International Coding Platform o‘rtasidagi hamkorlikda yangi bosqich

Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Toshkentdagi INHA universiteti, SIS (Singapore International School) va International Coding Platform o‘rtasida to‘rt tomonlama memorandum imzolandi.

Memorandumring asosiy maqsadi, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar taʼlim metodologiyasi asosida faoliyat yuritadigan taʼlim dargohlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdan iboratdir.

Batafsil
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari
#perevod

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Joriy yilda bittagina o'zgarish bor. San'at sohasida o'tish bali oshirilibdi. O'tgan yili san'at sohasida o'tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilanibdi. Boshqa yo'nalishlarda o'zgarish yo'q.

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

❗️Yuqoridagi 2 toifa uchun test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bilim va malakalarni baholash agentligi natijasi bilan talaba bo’ling

2024—2025-o’quv yili uchun
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida hujjatlar qabuli davom etmoqda

Hujjatlar 25-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal Admission.tiiu.uz orqali qabul qilinadi.

Imkoniyatlar:
3,6 mln soʻmgacha stipendiya;
grant uchun kvotalar ajratilgan;
bepul ingliz va arab til kurslari;
yotoqxona bilan ta’minlangan;
bepul wi-fi kovorking markazi;
10 dan ortiq yoʻnalishlar;
kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin.

Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi.

UZBMB natijasi bilan topshirish👈🏻
O’qishni ko’chirish👈🏻

Murojaat uchun:
+998781131717 | @TIIUadmin

Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏅 Prezident Tadbirkorlar kuni oldidan qator tadbirkorlarni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Farmoyish bilan 104 nafar ishbilarmon taqdirlanmoqda.

Taqdirlanganlar ro‘yxati: https://president.uz/uz/lists/view/7466


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasini Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari etib belgilangan Husniddin Norbekov hamda Mohigul Hamdamovaga O‘zbekiston bayrog‘ini tantanali ravishda topshirdi.

Paralimpiya o‘yinlari joriy yilning 28-avgustidan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bu galgi Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimizning 65 nafar sportchisi 9 ta sport turida 113 ta litsenziyaga ega bo‘lishgan.

Taqqoslash uchun, paralimpiyachilarimiz 2016-yil Rio-de-Janeyroda 32 ta, Tokioda 70 ta litsenziyani qo‘lga kiritgandi.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida matonatli sportchilarimiz 🥇8 ta oltin, 🥈5 ta kumush, 🥉6 ta bronza, jami 19 ta medal bilan umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel