xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Qoraqalpog‘iston aholisiga qulay sharoitlar yaratib berish uchun respublika byudjetidan yil yakunigacha qo‘shimcha 100 milliard so‘m berilishi belgilandi.

Kelgusi yilda Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy soha va infratuzilma uchun 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish reja qilingan. Xususan, 24 ta maktab, 5 ta bog‘cha, 7 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi.

Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov zimmasiga yuklatildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
#abituriyent

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi.

Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

Agar abituriyent beshala yo’nalishga ham kira olmagan bo’lsa, unda istalgan yo’nalishda super-kontraktda o’qishni tanlashiga ruxsat berilgan. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini tanlaydi, xohlasa, beshinchini tanlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2024-yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Qarorga ko’ra:

— Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarining moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan ko‘p jildlik akademik tarjima va sharhi tayyorlanadi hamda nashr etiladi;

— Imom Termiziy hayoti va ilmiy merosining mohiyatini va bugungi kundagi ahamiyatini ochib beruvchi ilmiy-ommabop hujjatli film yaratiladi va sahnalashtirilgan spektakl namoyishi tashkil etiladi;

— Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan esdalik suvenirlari muomalaga chiqariladi hamda pochta markalari, taqvimlar, uning hayoti va ilmiy merosini yoritib beruvchi boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumi yaratiladi;

— 2024-yil oktyabr oyida Toshkent shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi;

— Imom Termiziy ziyoratgohiga olib boruvchi yo‘l infratuzilmalari yaxshilanadi, jumladan, yodgorlik majmuasi va unga tutash hududlar obodonlashtiriladi;

— O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Imom Termiziy asarlari bo‘yicha hadislar bilimdoni” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi London universitetiga qabul davom etmoqda!

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti va Londonning UoLLSE qo'shma ta'lim dasturi uchun imtihonlar 20-21-avgust kunlari bo'lib o'tadi!

Bu sizning davlat universitetiga o‘qishga kirish uchun navbatdagi imkoniyatingiz – shoshiling!

Nima uchun TDIU va University of London’ni tanlashingiz kerak?!

• Grant asosida o‘qish imkoniyati;
• Bitiruvchilar uchun 2 ta diplom;
• LSEning Nobel mukofoti sovrindorlari tomonidan ma'ruzalar;
• Student exchange, Work & travel, Summer school dasturlari;
• Xorijda amaliyot o’tash.

Imtihon: 20-21-avgust kunlari soat 10:00 da.
Joylar soni cheklangan!

✔️ ISEF dasturiga hujjat topshirish uchun Telegram bot

☎️ Murojaat uchun:

+998900379099
+998901379099

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi, 49.

Telegam | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi

Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.

Ertaga, 20-avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Davlat imtihonlaridan yiqilgan” abituriyentlar uchun yana bir bor talaba boʻlish imkoniyati!

Hujjatlar onlayn shaklda — ipu.educon.uz sayti orqali qabul qilinadi.

❗️UzBMB (DTM) natijangiz bilan imtihonsiz talaba boʻling.

Belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan abituriyentlarda super kontraktsiz talaba boʻlish imkoni bor. Super kontrakt toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang. SIZDA YAXSHIROQ IMKONIYAT BOR!

➖34 ta bakalavriat yoʻnalishlari (kunduzgi va sirtqi);
➖5 ta magistratura mutaxassisliklari;
➖Oʻzbekistonda tan olinadigan diplom;
➖100 dan ortiq grant oʻrinlari;
➖Talabalar uchun yotoqxona;
➖Work&Travel imkoniyati;
8,4 mln soʻmgacha stipendiya.

Bu imkoniyatlarni Samarqand va Qarshi shahrida joylashgan Iqtisodiyot va pedagogika universiteti taqdim etadi.

❗️Kvotalar soni kundan kunga kamayib bormoqda. Hoziroq talabalar safidan oʻz joyingizni band qiling.

👉 UZBMB natijasi bilan topshirish;
👉 Ikkinchi mutaxassislik;
👉 Oʻqishni koʻchirish;
👉 Magistratura.

Hujjat topshirishga ulgurmagan va imtihonga kechikkanlar ham
talaba boʻlishi mumkin!

Litsenziya (№332751; 16.08.2022)

📞Murojaat uchun:
+998752306060 | ipu.educon.uz
Telegram

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.

Obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 1 yillik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga to’lov-kontrakt summasini to’lash uchun 3,3 mln so’m sovg’a qilinadi.

⏳G’olib nomi 1-sentyabr kuni soat 20:00 da ma’lum bo’ladi.

‼️Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.

Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.

Izoh:
to’lov-kontrakt to’lash uchun summa g’olibga o’zining yoki quyidagi qarindoshlarining o’qishi uchun to’lanadi:

— farzandi yoki nabirasi;
— aka-uka, opa-singlisi yoki ularning farzandi/nabirasi;
— turmush o’rtog’i;
— turmush o’rtog’ining aka-uka, opa-singlisi;
— amaki, tog’a, amma, xolasining farzandi yoki nabirasi.

3,3 mln so’mlik mablag’ni kimning o’qishi uchun o’tkazishni g’olibning o’zi hal qiladi.

Agar g’olibning talaba sifatida to’lov-kontraktda tahsil olayotgan ro’yxatdagi yaqin qarindoshlari bo’lmasa, unda mukofot summasi xayriya tarzda ehtiyojmand boshqa talabaning o’qishi uchun o’tkaziladi. Buni kanal ma’muriyati hal qiladi.

❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur ehtiyot choralarini koʻrishni, oʻta zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmaslikni, shuningdek, jamoat joylariga borishni cheklashni tavsiya qildi.

Agar konsullik yordami yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasining Konsullik boʻlimining Call-markaziga murojaat qilish mumkin:
+7 499 238-36-20;
+7-499 230-00-76.

Elektron pochta manzili: uzkorus@mail.ru


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahridagi Amity universitetida qabul davom etmoqda❗️
Xalqaro darajadagi IT mutaxassisi bo'ling

🔸London, Singapur, Dubay shaharlarida almashinuv dasturlari;
🔸 50ta davlat va universitet tomonidan beriladigan 100%lik grant o'rinlari;
🔸 chet ellik professorlar;
🔸 netvorking va talabalar ijtimoiy hayoti;
🔸 Huawei, UzCard, UzAuto kabi ish beruvchilar bilan hamkorlik

Imtihon sanasi: 28-avgust
Shoshiling, joylar cheklangan

📌 IELTS 5.5+ sertifikati yoki ichki ingliz tili imtihonini topshiring

📄 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4097-sonli qarori (07.01.2019-y)

🔗 Ro’yxatdan o’tish

☎️ +998712079006
📞 @amity_manager

Telegram | Facebook | Instagram AmityUniversityTashkent">| Youtube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
/channel/xushnudbek/21116

4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?

Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.

Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21132


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?

JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.

Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.

mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.

Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ustuvorlik masalasida tushuntirish

Mandat natijalari chiqqach, javoblar sahifasidagi yozuvlar bo‘yicha ayrim tushunmovchiliklar bo‘layotgan ekan.

Kimlardir men ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlagan edim, lekin davlat grantiga o‘tib qolibdi, yoki teskarisi bo‘ldi deyishmoqda.

Shu sababli ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘lsa kerak:

Agar javoblar varaqangizda "BARCHA yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Davlat granti" ekanligini anglatadi. Ya’ni barcha yo‘nalishda avval davlat granti ko‘rib chiqilgan, keyin kontraktga o‘tilgan;

Agar javoblar varaqangizda "HAR BIR yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Ta’lim yo‘nalishi" ekanligini anglatadi. Ya’ni birinchi yo‘nalish bo‘yicha grant va kontrakt ko‘rib chiqilgan va keyin ikkinchi yo‘nalishga o‘tilgan.

Demak, yana bir xulosa qilamiz:

BARCHA so‘zi bo‘lsa — davlat granti ustuvorligi;

HAR BIR so‘zi bo‘lsa — ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

ALFRAGANUS universitetida bakalavriat yoʻnalishlari va magistraturaga qabul davom etmoqda

🎓 Magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yo‘nalishlari haqida batafsil bu yerda.

Yo’nalishlar bo’yicha kontrakt narxlari: Batafsil

📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)

Hujjat topshirish: http://qabul.alfraganusuniversity.uz/

O’qishni ko’chirish: http://transfer.alfraganusuniversity.uz/

Qabul boti: @AfuQabulBot

☎️ +99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter

📍 Manzil

Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Web-sayt | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Imtiyozlilar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi

Bunda abituriyentlar imtiyoz turini tanlagan holda, 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishlari mumkin.

👉 https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2024

Ma’lumot uchun: imtiyozlilarning o‘tish ballari super-kontrakt uchun amal qilmaydi. Ya’ni imtiyoz olgan qaysidir abituriyent imtiyozlilarning o‘tish baliga 2-3 ball yetmay qolgan bo‘lsa, unda 4 ballik shkalada super-kontrakt qila olmaydi. Super-kontrakt uchun faqat umumiy o‘tish ballari inobatga olinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Joriy yilda mandat o’z vaqtida chiqdi. Qo’y-po’y so’yib, qon chiqazib yuborish kerak. Ko’z tegmasin, bardavom bo’lsin deb.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Qoraqalpog‘iston filialini borib ko‘rdi.

17 qavatli ushbu binoda IT-ta’lim va kovarking markazlari, ofislar, konferensiya zali va xizmat xonalari mavjud. Shuningdek, binoga IT-park rezidentlari, sohada faoliyat olib borayotgan investorlar, chet ellik autsorsing korxonalar joylashtiriladi.

***

Shundan so‘ng, davlatimiz rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialini borib ko‘rdi.

130 o‘rinli, 4 qavatli yangi majmua mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida "noldan" qurilgan birinchi ko‘p tarmoqli shifoxona bo‘ldi.

Bugungi kunga qadar Toshkent shahrida o‘tkazib kelingan ayrim murakkab jarrohlik amaliyotlari endilikda shu yerning o‘zida o‘tkazilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘istonda ilk marotaba sun’iy qon aylanish apparati orqali besh nafar bemorning yuragida ochiq jarrohlik amaliyoti olib borildi.

***

So‘ngra Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi Juzimbag‘ mahallasida bo‘ldi va yoshlar bilan uchrashdi.

Mahallada “Orol Agro” korxonasi tomonidan “Yoshlar uzum bog‘i”  tashkil etilgan. Unda 40 kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berilgan.

Voish usulida parvarish qilinayotgan bu tokzorning qator oralaridan ham omilkorlik bilan foydalanilmoqda. Turli sabzavotlar yetishtirilib, 400 tonnagacha mahsulot olinmoqda. Toklar to‘liq hosilga kirishi bilan yiliga qiymati 4 milliard so‘mlik 200 tonnaga yaqin mahsulot olinishi ko‘zda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UZBMB (DTM) natijasi bilan Oriental universitetida talaba boʻling!

Oriental universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda!

Bakalavriat yoʻnalishlari:
▫️Filologiya va tillarni oʻqitish (arab, ingliz, koreys, turk, xitoy);
▫️Iqtisodiyot;
▫️Menejment;
▫️Dasturiy va kompyuter injiniring;
▫️Psixologiya;
▫️Logopediya;
▫️Boshlangʻich ta’lim;
▫️Oʻzbek tili va adabiyoti;
▫️Rus tili va adabiyoti;
▫️Tarix;
▫️Turizm


Magistratura mutaxassisliklari:
▫️Moliya;
▫️Iqtisodiyot;
▫️Menejment;
▫️Lingvistika (arab, ingliz)
▫️Dasturiy va kompyuter injiniring;
▫️Psixologiya;
▫️Tarix
▫️Pedagogika;
▫️Sport faoliyati

• Universitet nafaqat Oʻzbekiston, shuningdek, Turkiyada ham rasman tan olinadi;
• 10 mln soʻmdan boshlanuvchi kontrakt va 5 mln soʻmgacha stipendiya;
• qulay yotoqxona;
• oʻqishni koʻchirish.

Oriental bilan oʻz kelajagingiz yoʻnalishini tanlang!

Hoziroq biz bilan bogʻlaning:
☎️ +998781137686

📲 Onlayn hujjat topshirish

📄
Litsenziya (№ 247427, 25.05.2021-y.)

Telegram | Instagram | Facebook | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆 Samarqand shahrida “Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali” o‘tkazilishi va Mustaqillik bayrami munosabati bilan 25-avgust kunidan 3-sentabr kunigacha 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

● 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;

● 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini “Nukus Eleсtroapparat” qo‘shma korxonasi bilan tanishishdan boshladi.

Qo‘shma korxona 2017-yilda ishga tushgan. Joriy yil iyunda bu yerda 10 million dollardan ziyod mablag‘ evaziga quyosh panellarini yasash loyihasi ishga tushirildi.

Uskunalar Koreya Respublikasidan keltirib o‘rnatildi. Ishlab chiqarish jarayoni 100 foiz avtomatlashtirilgan. Loyihaning yillik quvvati 273 ming dona.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1-kurslarga ham yotoqxona uchun ariza yuborish imkoni ochildi

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://my.gov.uz/oz/service/870


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Afg‘onistonda

17-avgust kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Qobul shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Bosh vazirning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy, Bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutakiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston Afg‘onistonga Markaziy Osiyoning uzviy va ajralmas qismi sifatida qarashi qayd etildi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Qobul shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes forumi hamda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

O‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun ishga solinmagan resurslardan foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘nggida qator hujjatlar imzolandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Professional ta'lim muassasalariga tanlov boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasini (kollej yoki texnikum) tanlashi mumkin.

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirsa ham bo’ladi.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
#abituriyent

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

📩 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Nega 1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayapti?

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi, deyiladi vazirlik xabarida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?

JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.

Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz.

Yo’nalish tanlayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollardan foyda yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

KIU’dan kutilgan yangilik!

Qarshi xalqaro universiteti talabalarning kuchli bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi va zamonaviy oʻquv binosi qurilishini boshlagan edi. Ayni paytga kelib qurilish jarayoni yakuniy bosqichga keldi!

Universitetning yangi binosi talaba va abituriyentlarni kutmoqda!

📑 Litsenziya (№327633 29.07.2022)

👉 Ro'yxatdan o'tish

📞 +998555009944
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
#abituriyent

JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.

Joriy yilda ham xotin-qizlar uchun maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).

Va bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan (/channel/xushnudbek/24830).

‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan,
xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (/channel/xushnudbek/20045).

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.

Izoh: bu yerda siz topshirgan yo‘nalish qaysi fanlar guruhiga kirishi ham muhim. Afsuski, kvotalarning sohalarga taqsimlanish tufayli baʼzi hududlarda 69 ball bilan ham grantga kirishgan, ba’zi joylarda 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan🤦‍♂️ Har yili shunday bo’lmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun davlat grantiga o‘tish ballari quyidagicha bo‘ldi (tavsiyanomasi borlar uchun):

Mudofaa vazirligi — 72,9 ball (775 ta kvota);

Ichki ishlar vazirligi — 68,1 ball (174 ta kvota);

Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 71,9 ball (226 ta kvota);

Davlat xavfsizligi xizmati — 76,7 ball (488 ta kvota);

Prezident davlat xavfsizligi xizmati — 114,9 ball (35 ta kvota);

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi — 69,6 ball (35 ta kvota);

Milliy gvardiya — 68 ball (697 ta kvota);

Harbiy prokuratura — 128,6 ball (9 ta kvota).

ESLATMA: bu ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota emas, ularning o‘tish ballari OTM kesimida chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi

Mandat chiqqandan so‘ng, hozircha abituriyentlar faqat o‘zlarining kirgan yoki kirmaganligini, agar kirgan bo‘lsa, grant yoki kontraktligini bilishlari mumkin bo‘lmoqda.

Kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar hozircha mavjud emas.

Ammo 2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilingan. Siz o‘z yo‘nalishingizni tanlab, o‘sha yo‘nalish uchun grant va kontraktga o‘tish balini ko‘ra olasiz.

👉 https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2024

Bu ma’lumot o‘qishga kira olmaganlar uchun ham muhim. Chunki super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, 4 ballik arzon shkalaga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, o‘tish bali haqida tekshirib olishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun uxlasangiz bo’laveradi. Mandat chiqmaydi.

Xudo xohlasa, mandat ertaga e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun hamma narsa tayyorligini aytishdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel