Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish boʻyicha taklif yoki qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmagan, bu yolg’on, deya xabar bermoqda IIV.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda shu muddatni 25 yilga uzaytirishmoqchi ekan, degan xabarlar tarqalgandi.
👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!
Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari "Farmatsiya" hamda "Sanoat farmatsiyasi" yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.
Shuningdek, UzBMB (DTM) ballari asosida siz imtihonsiz “Farmatsiya” yoki “Sanoat farmatsiyasi ” yo‘nalishlariga qabul qilinasiz!
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
Shoshiling, bizda qabul yakunlanmoqda!
👉 UzBMB (DTM) natijasini yuborish
Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, Mo‘ljal: “Uz Mal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Manzil
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
❓O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi
#abituriyent
O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?
Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.
Davlat granti bo‘yicha
Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.
Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.
150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.
To‘lov-kontrakt bo‘yicha
Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.
Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.
100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.
Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.
Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.
👉 @xushnudbek 👈
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari ham e’lon qilindi
Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Osiyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda
🏛 Buxoroda joylashgan Osiyo xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etayotganini eslatib o'tamiz. Endi qayta imtihon topshirishingizga hojat yo'q, shunchaki UzBMB (DTM) natijangiz bilan talaba bo'lishingiz mumkin.
Universitetda sizga berilayotgan shart-sharoitlar talabalarning nafaqat bilim olishlariga balki, erkin fikrlash, shaxsiy rivojlanishga ham o'z hissasini qo'shadi. Bu esa talabalarning kelajakda o'z sohasining professional mutaxassisi bo'lib yetishishida xizmat qiladi.
📚 Hoziroq 27 ta yo'nalish bo'yicha ro'yxatdan o'ting!
📝 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022)
📥 Ariza topshirish: qabul.oxu.uz
☎️ Murojaat uchun: +998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube | Ta'lim reklamasi
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
#perevod
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Bunda talabgorlar o’tish balini to’plagan bo’lsa, unda o’zi xohlagan joyga o’qishini ko’chira oladi, degani. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/24554
Agar o’tish balini to’play olmagan bo’lsa, unda super-kontrakt qilishi mumkin. Super-kontrakt narxlari oddiy bakalavrniki bilan bir xil bo’ladi.
Hozircha joriy yilgi narxlar ma’lum emas. 2023-yilgi narxlar bu yerda:
/channel/xushnudbek/21116
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bilim va malakalarni baholash agentligi natijasi bilan talaba bo’ling
2024—2025-o’quv yili uchun Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida hujjatlar qabuli davom etmoqda
Hujjatlar 25-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal Admission.tiiu.uz orqali qabul qilinadi.
Imkoniyatlar:
• 3,6 mln soʻmgacha stipendiya;
• grant uchun kvotalar ajratilgan;
• bepul ingliz va arab til kurslari;
• yotoqxona bilan ta’minlangan;
• bepul wi-fi kovorking markazi;
• 10 dan ortiq yoʻnalishlar;
• kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin.
Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi.
UZBMB natijasi bilan topshirish👈🏻
O’qishni ko’chirish👈🏻
Murojaat uchun:
+998781131717 | @TIIUadmin
Telegram | Ta’lim reklamasi
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari yakunlandi
🏢 Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 19–20-avgust kunlari o’tkazilgan test sinovlarida 40 ming 897 nafar talabgor ishtirok etdi.
2 ming 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
Bugun, 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun kechki payt my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.
📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi
#perevod
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Bunda talabgor talabalar o’tish balini to’plagan bo’lsa, unda o’zi xohlagan joyga o’qishini ko’chira oladi, degani. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/24554
Agar o’tish balini to’play olmagan bo’lsa, unda super-kontrakt qilishi mumkin. Super-kontrakt narxlari oddiy bakalavrniki bilan bir xil bo’ladi.
Hozircha joriy yilgi narxlar ma’lum emas. 2023-yilgi narxlar bu yerda:
/channel/xushnudbek/21116
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
😃 Mandat eʼlon qilindi, lekin siz davlat oliygohiga kira olmadingizmi? Hech afsuslanmang, siz kutgandan koʻra koʻproq imkoniyatlarni Fan va texnologiyalar xususiy universiteti taqdim etadi!
📥 Hujjatlar qabul.usat.uz saytida va @usat_bot orqali qabul qilinadi.
Batafsil 👉 @usatuzb
Fan va texnologiyalar universiteti quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
1. 18 ta bakalavriat va 6 ta magistratura yoʻnalishlari;
2. Qulay kontrakt narxlari (atigi 7,9 mln soʻmdan boshlanadi);
3. Tajribali va malakali professor-o‘qituvchilardan sifatli ta’lim;
4. Zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan auditoriyalar;
5. Сhet tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatiga ega bo‘lganlarga kontrakt narxidan 30 foizgacha chegirma;
6. Talaba boʻlgan er-xotin va yaqin qarindoshlar uchun har biriga kontrakt narxidan 10 foiz chegirma;
7. Talabalar uchun grant oʻrinlari mavjud, stipendiya beriladi;
8. Xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan;
9. Oʻzbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi;
10. Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatiladi.
Ta’lim reklamasi
Читать полностью…
❗️1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.
💵 Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi to‘langan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bo‘lsa, “keshbek” 20 foiz bo‘ladi.
✅ QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi. 1-dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.
⛱️Ularga bahor va yoz mavsumida o‘zlariga tutash maydonlarda stol-stul va soyabon qo‘yib ishlashga ruxsat beriladi. Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin bo‘ladi.
🏨 Xuddi shu kabi 1-oktyabrdan mehmonxona va turoperatorlarga ham to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Filologiya va tillarga qiziqasizmi?📗
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!
Universitetimizning malakali o‘qituvchilari yordamida chet tilini to‘liq o‘zlashtirib, tarjimon yoki muharrirlik kasbiga ega bo‘lishingiz mumkin. Muvaffaqiyatli karyera sizni kutmoqda!
Endi narxlar 12 mln so’mdan boshlanadi va yangi yo’nalishlarga hujjat topshirishingiz mumkin!
☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540 | @utasunibot
Ariza topshirish onlayn va bepul: utas.uz/request
📄 Litsenziya (№ 272335, 14.06.2022-y.)
Reklama
O‘tkazilgan so‘rovda tadbirkorlarning 38 foizi islom moliyasi asosida resurs olish istagini bildirgan.
O‘tgan oyda mikromoliya tashkilotlariga islomiy shartlar asosida xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi.
Tayyorlangan yangi qonun loyihasi qabul qilinsa, islom moliyasi bilan banklar ham ishlashi mumkin bo‘ladi.
Bu – yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilishi, ko‘p investorlar kirib kelishi va 5 milliard dollarlik qo‘shimcha resurs paydo bo‘lishiga turtki beradi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanish arafasida.
Suratlar muallifi: Muhiddin Ali
Sinfdoshlikdan kursdoshlikka!
Sinfdoshlaringiz bilan "University of Business and Science"ning 33 ta kunduzgi yo‘nalishidan biriga hujjat topshiring va kontraktdan 10% chegirmaga ega bo‘ling.
✅ UBSda UzBMB natijasi bilan imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati ham mavjud.
Hujjat topshirishga ulgurib qoling.
🌐 qabul.ubsu.uz
☎ +998781132626, +998907894242
📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)
Telegram | Instagram | Veb-sayt | Ta’lim reklamasi
❗️ Harbiy tizimdagi organlarda xizmatni o‘tash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21-avgust kuni prezident bu haqdagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra:
✅ Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“katta leytenant” – 3 yil;
➖“kapitan” – 4 yil;
➖“mayor” – 5 yil;
➖“podpolkovnik” – 6 yil”.
✅ Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
➖“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
➖“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
➖“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.
✅ Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
➖“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
➖“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
➖“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.
✅ Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“katta leytenant” – 3 yil;
➖“kapitan” – 4 yil;
➖“mayor” – 5 yil;
➖“podpolkovnik” – 6 yil”.
👉 @xushnudbek 👈
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi!
Bu safar ovoz berish 10 kun bo’ladi va 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Ovoz berish usullari:
1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.
Barchaga omad!
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezidentlar ikki mamlakat biznesi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈
➖ Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan;
➖ Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari orqali fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston va MDHdagi boshqa davlatlar hududida Telegram messenjeri faoliyatida qisqa vaqtga uzilish kuzatildi. Faqat VPN orqali ishladi, oddiy ulanishda ochilmadi.
Hozirda Telegram faoliyati yana odatiy ish rejimi qaytgani aytilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️“Prava”si olib qoʻyilganlar tomonidan sodir etilgan YTHlarda 212 kishi halok boʻlgan
Senat taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganiga qaramay, qaytadan rulga oʻtirgan shaxslar 707 ta yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Buning oqibatida 212 nafar (!) shaxs halok boʻlgan va 546 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Umuman olganda, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar umumiy haydovchilar sonining 0,3 foizini tashkil qilgani holda, ular tomonidan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari umumiy YTHlarning 11 foiziga toʻgʻri kelgan.
👉 @xushnudbek 👈
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
/channel/xushnudbek/21116
❓4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.
❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.
4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.
Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.
❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?
Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.
❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.
❓Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.
❓56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21132
👉 @xushnudbek 👈
❗️1 yil yo‘qotmagan holda talabalik maqomiga erishing!
Renessans ta’lim universitetida 100 ga yaqin GRANT o‘rinlaridan birini qoʻlga kiritish imkoniyati bor.
Grant yutishingiz uchun qo‘shimcha hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Grant oʻrinlariga da'vogar boʻlish uchun ilk qadamni rasmiy saytga onlayn ariza topshirishdan boshlaysiz.
Ariza topshirish ➡️ www.renessans-edu.uz
✅ Imkoniyatlar:
➖ Davlat namunasidagi diplom;
➖ HEMIS – ta’limni tashkil etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
➖ Koreya, Xitoy, Malayziya singari mamlakatlarning xalqaro universitetlarida ta’limni davom ettirish dasturi;
➖ Kontraktdan 25% chegirma (IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
➖ 9 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati.
UZBMB (DTM) natijasi bilan 40 ga yaqin yoʻnalishlardan birini tanlang va imtihonsiz RTU talabasi boʻling.
📄 Litsenziya (№331657; 18.11.2022)
📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin
📍Toshkent, Charxnovza 17.
Telegram | Instagram | VebsaytTa’lim reklamasi
❓Magistratura javobi bugun chiqadimi?
#abituriyent
JAVOB: Yo‘q, bugun chiqmaydi. Umuman olganda magistraturaga o‘qishga kirish bo‘yicha yakuniy javob yaqin kunlarda chiqishi kutilmayapti, kamida yana 1 haftalar kutilsa kerak.
Sababi hozirda talabgorlar tomonidan topshirilgan xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikatlar tekshirilmoqda. Afsuski, orasida soxtalari ham bor. Shuning uchun har bir sertifikat asosi rasmiy hujjatlar orqali tekshirilmoqda.
Bunda eng ko‘p vaqt O‘zbekistonda emas, xorijda olingan sertifikatlarni tekshirish jarayoniga ketayotganini aytishdi.
Xullas, yaqin bir hafta ichida magistratura javoblari chiqmasa kerak, kutib o‘tirmang.
👉 @xushnudbek 👈
Tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortish yanada liberallashtirishtiriladi
Masalan, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, degan jinoyat turi bor. Bunda tadbirkor to‘lamagan soliq 100 million so‘mdan oshsa, jinoyatchi bo‘lib qolmoqda.
Shu bois, soliq to‘lamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi.
Prezident tadbirkorlarimiz ushbu berilayotgan yengillikni, bildirilayotgan ishonchni suiiste’mol qilmasligiga umid bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanadi.
Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qilinadi.
Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Barcha sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov 2 karra ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Endi, elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi.
Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish o‘rni bir yilda 440 mingga ko‘paydi.
Xususiy sektorda 5 million so‘mdan ko‘p maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so‘mdan ziyod oylik oladi.
Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan ko‘ra qonuniy faoliyat, sog‘lom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.
Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga ko‘paydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari o‘tgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.
👉 @xushnudbek 👈
Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha qaysi hududdan nechta deputat saylanadi?
#saylov2024
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun yetmish beshta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan har besh yilda bir marta tuziladi.
Saylov kodeksi 9-modda
24-25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Bu haqda Hukumatning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
👉 @xushnudbek 👈