xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan


Ikramov Adxam Ilxamovich - O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri

«Do‘stlik» ordeni bilan


Sharipov Kongratbay Avezimbetovich - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan


Axmedov Baxodir Madjitovich - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

Sharifxodjayev Usman Ulfatovich - O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari

«Shuhrat» medali bilan


Xodjayev Asadjan Azatbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Agar xodim o’zi rozi bo’lmasa, hashar munosabati bilan ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas

Har yilgi an'anaga muvofiq, joriy yilning 24-25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Odatda, hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondiga o‘tkazib berilishiga odatlanib qolganmiz. Ya’ni hech kim xodimlardan so‘rab ham o‘tirmaydi, shunchaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik ish haqini o‘tkazadi, tamom.

Ko‘pchilik xodimlar esa buni sezmaydi ham!

‼️Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, hashar munosabati ish haqidan ushlab qolinishi mutlaqo IXTIYORIY, hech qanaqa MAJBURIY EMAS!

Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida hashar nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, hasharga 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish NOQONUNIY! Har bir xodim o‘zi shaxsan hashar uchun 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi SHART!

Hashar — bu o‘zbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, hasharda albatta qatnashing, atrofimizni obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘ling. Kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslarga, ehtiyojmand oilalarga yordam qo‘lini cho‘zing, ulardan hol-ahvol so‘rang. Jamoatchilik ishlarida tomoshabin bo‘lib chetda turmang.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni halol ishlab topgansiz, o‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishiga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi. Haq olinur, berilmas!

Imkoni bo’lsa, tashkilotingiz buxgalterini oldindan ogohlantirib qo’ying, sizning yozma roziligingizni olmasdan ish haqingizning 1 tiyiniga ham teginmasin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

QABUL BOSHLANDI!

🏥
Tibbiyot oliygohlarida o‘qishni istaysizmi? Unda Samarqand shahridagi “RB school” o’quv markazida tayyorlaning!

U yerda siz asosiy fanlar — KIMYO va BIOLOGIYA hamda majburiy fanlardan kirish imtihonlariga tayyorlanishingiz mumkin.

📌 Shuningdek, oʻquv markazida KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan
milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlovchi maxsus guruhlar mavjud.

👉 2022-yilgi natijalar
👉
2023-yilgi natijalar
👉 2024-yilgi natijalar
👉
Milliy sertifikat natijalari
                                           
Manzil: Samarqand shahri (Dagbitskiy)

Kursga yozilish uchun:
Suvonov Bobirbek 93 337 37 35 ( @Suvonov_Bobirbek )
Eshquvvatov Ravshan 99 770 50 60 ( @Ravshan_Rabbimovich )

Telegram: @RB_SCHOOL✅️

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijodkorlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilyapti

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

🔹 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik” (sovrinlar: 10, 20, 30 mln so’m);
🔹 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq” (20, 30, 50 mln so’m);
🔹 “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” (5, 10, 20 mln so’m).

❕Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar 30-avgustga qadar qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari biznes vakillari bilan uchrashdi

Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, "Ozarbayjon temir yo‘llari", "Alyat" erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida qatnashdi.

Toshkent shahrida mehmonxona va turar joy majmualarini barpo etish, Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish, Ozarbayjonda to‘qimachilik klasterlari hamda tikuvchilik fabrikasini tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛫 “Millat umidi” universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda!

📄 IELTS/SAT/CEFR sertifikatlariga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi!

➖Tajribali oʻqituvchilar;
➖Xalqaro sertifikatlar;
➖Ishga joylashishda koʻmak;
➖Zamonaviy infratuzilma va qulay yotoqxona;

Bakalavriat ta’lim dasturlari:
🌍 ELT (Ingliz tili oʻqitish);
💰 Buxgalteriya va moliya (ACCA);
🖥 IT va dasturlash (Certiport);
📈 Biznes va menejment (BTEC).

Oʻqish narxi: 18–25 mln (fakultetga qarab farqlanadi)

🔗 Hoziroq ariza topshiring!

Litsenziya (№ 056013, 31.05.2021)

🌍 Vebsayt: millatumidi.uz
📲 Bot: millatumidibot
☎️ +998 71 200 03 06

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tarixiy hujjat imzolandi!

🇺🇿Shavkat Mirziyoyev hamda 🇦🇿Ilhom Aliyev ikki qardosh xalqlar uchun tarixiy bo‘lgan hujjatni — O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi.

Ittifoqchilik — xalqaro diplomatiyada davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda eng yuqori pog‘ona hisoblanadi.

O‘zbekiston shu paytgacha faqat 3 ta davlat bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgan edi: Rossiya, Qozog‘iston hamda Tojikiston.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston 2024-yilning o‘zida 2 ta davlat bilan ana shunday shartnomani imzoladi. Yodingizda bo‘lsa, aprel oyida Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida qo‘shnilarimiz bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgan edik. Oradan 4 oy o’tib, endi Ozarbayjon ham bizning ittifoqchimizga aylandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Klinik ordinaturaga qabul imtihonlari ertadan boshlanadi

24-26 avgust kunlari
yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy taʼlim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlariga kirish soat 7:00 da boshlanadi. Talabgorlar tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.

Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📌Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi binosi.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi, 185-uy  (oldingi M. Gorkiy ko‘chasi). 

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari uchun:
Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi.
📍Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.

Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun:
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi.
📍Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 10-uy.

Xorazm viloyati uchun:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi binosi.
📍Urganch shahri, Hamza ko‘chasi, 11-B-uy.

Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti, yangi binosi maʼruza zallari.
📍Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun: 
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi:
📍Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 17 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Gabriel Garsiya Markes. Jazirama (hikoya)

Izoh
: Poyezd alvon-alvon qoyalar oralig‘idagi po‘lat izdan larzalanib chiqib, bananzor oralab pishqira ketdi. O‘ngda ham, so‘lda ham — hamma yoqda bir xil — bananzor, oxiri ko‘rinmaydi. Havo nam tortib, dengizdan kelayotgan epkin sezilmay qoldi. Vagon derazasidan ko‘ngilni aynitadigan achchiq tutun yopirildi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
xushnudbek/gabriel-garsiya-markes-jazirama" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/gabriel-garsiya-markes-jazirama

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/S_nTR5eFhKM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi

Sun’iy intellekt har bir sohaga shiddat bilan kirib kelmoqda, bunda jurnalistika ham chetda qolgani yo‘q.

Biz ham sun’iy intellekt yutuqlaridan foydalanib, O‘zA uchun robot-muxbir modulini yaratdik. Real inson prototipini o‘zlashtirgan ushbu modul kelgusida bizga istalgan matndan qisqa vaqtda video yaratish imkonini beradi, bunda insonning yuz va qo‘l harakatlari hamda ovozini aslidek saqlab qoladi.

Ushbu muxbir 9 ta tildao‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida rasmiy xabar va yangiliklarni yetkazib turadi.

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ushbu muxbirga biz Sobira Xoldorova deb nom berdik. Chunki Sobira Xoldorova Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional jadid ayol jurnalisti edi va qatag‘on qurboni bo‘lgan ushbu yurtdoshimizning yorqin xotirasini tiklashni maqsad qilganmiz.

Soxta videolardan himoyalanish maqsadida har bir videoda maxsus QR-kod mavjud. Agar uni faollashtirsangiz, O‘zA rasmiy saytidagi videoga havola chiqadi va shu orqali video haqiqiyligini aniqlay olasiz.

Xullas, biz bir necha oylik mehnatimiz samarasini bugun rasman e’lon qildik. Buning ustida katta jamoa qattiq mehnat qildi, ularga ham rahmat aytaman. Ilohim, boshlagan ishimiz xayrli bo‘lsin.

Ko‘ring va baho bering.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

Baliqchi tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019-yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida tuman Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ular ushbu masalani tuman hokimining o‘rinbosari orqali hal etishlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman hokimi o‘rinbosari va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hali ham davlat universitetiga hujjat topshirish va grant kirish imkoniyati borligini bilasizmi?


🇺🇿🇷🇺 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialida 2024/2025-o‘quv yili qabul jarayonlari davom etmoqda!

Jami 500 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, shundan:

🟢 Kunduzgi ta’lim shakli: 350 ta o‘rin
Davlat granti asosida – 106 ta o‘rin, to‘lov-kontrakt asosida – 244 ta o‘rin

🔵 Sirtqi ta’lim shakli: To‘lov-kontrakt asosida – 150 ta o‘rin.

Filial prezidentning 2019-yil 4-iyundagi qaroriga asosan tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasi hisoblanadi.

⚠️ Filialda ta’lim jarayonlari va kirish imtihonlari rus tilida amalga oshiriladi.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:

Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi
• Elektr energetikasi va elektr texnikasi
Iqtisodiyot
Menejment
Elektronika va nanoelektronika
Texnik tizimlarni boshqarish
Sifatni boshqarish

❕Qo‘shimcha ma’lumotlarni Filialning rasmiy veb-sayti yoki telegram kanali orqali olish mumkin.

📆 Hujjatlar 2024-yil 25-iyuldan 28-avgustgacha (shu kuni ham) onlayn tarzda qabul qilinadi.

☎️ Maslahat markazi ish vaqti: 9:00 – 17:00 gacha
+998951457741
+998951457742
+998951457743
+998951457744
+998951457745
+998951457746

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Jumladan:

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan


Qo‘ziyev Toir Asqarovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi, sozanda;

Nadirova Aygul Bazarbayevna - Nukus davlat pedagogika institutining musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti, xonanda;

Nazarxanova Sevara Anvarjanovna - xonanda;

Umarov Valixan Mirvasilevich - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori;

Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari;

Amonqulova Nigina Haydarovna - Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining «Daryo» ansambli xonandasi.
 
«O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» faxriy unvoni bilan


Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich - Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi;


«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan


Ziyaxanov Xurshid Djavidovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, grafik rassom;


«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan


Xolboyev Xamza Davlayevich - Uzun tumani «Yangi yulduz» madaniyat markazi qoshidagi «Rayhon» ashula va raqs xalq ansambli baxshisi;


«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan


Djalalov Xodjikurban - Respublika «Usto» uyushmasining «Golden Ganch Mansurjon» korxonasi ganchkor ustasi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

💠 JAVOB:
Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

📋 Asos: Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kasb-hunar maktablarida hamda kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun yangi o’quv yili 4-sentyabr kunidan boshlanadi.

Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, hozircha aniq emas.

Maktablarda ham yangi o’quv yili 4-sentyabr kunidan boshlanadi, bu haqda avvalroq aytgandik.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rossiyaning Volgograd viloyatidagi koloniyada mahbuslar nazoratchilarni garovga oldi

TASS ma’lumotiga ko‘ra, Federal jazoni ijro etish xizmatining bir xodimi o‘ldirilgan, 4 kishi jarohatlangan, ularning 2 nafari og‘ir ahvolda.

Maxsus xizmatlar garovdagilarni ozod qilish operatsiyasini o‘tkazgan va barcha to‘rt nafar mahbus yo‘q qilingan, garovdagilar ozod etilgan. Ayrim nashrlar mahbuslarning snayperlar tomonidan yo‘q qilinganini yozishmoqda.

TASS agentligi isyon ko‘targan 4 nafar mahbusning 2 nafari o‘zbekistonlik, 2 nafari tojikistonlik, deya xabar berdi. Agar bu rost bo‘lsa, ming afsuski, bu biz uchun yoqimsiz xabar.

Mahbuslarning 3 nafari narkotik moddalar savdosiga urinishda ayblanib, 1 nafari esa mushtlashuv chog‘ida odam o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgani uchun ozodlikdan mahrum qilingan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda mahbuslar o‘zlarini ISHID (terroristik tashkilot) a’zosi ekanligini aytishgani tasvirlangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rishi mumkin bo‘ldi

mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚞 24-sentyabrdan “Toshkent — Moskva — Toshkent” yo‘nalishida temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

➡️ 505-sonli “Toshkent — Moskva” yo‘nalishi:
24-sentyabr;
2-oktyabr;
10-oktyabr;
26-oktyabr;
2-noyabr;
18-noyabr;
26-noyabr;
4-dekabr;
12-dekabr.
Toshkent 19:55 — Moskva 23:12;

⬅️ 506-sonli “Moskva — Toshkent” yo‘nalishi:
28-sentabr;
6-oktyabr;
14-oktyabr;
30-oktyabr;
6-noyabr;
22-noyabr;
30-noyabr;
8-dekabr.
Moskva 5:40 — Toshkent 8:23.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Orzungizdagi xonadonlar qulay narxlarda!

Toshkent shahri Yashnobod tumanida qad rostlayotgan Xon Saroy’ning “Muhabbat shahri” loyihasidan 2 xonali xonadonlarni oyiga 5 mln soʻmdan xarid qiling

Loyiha hududida:

👉Xavfsiz bolalar maydonchasi
👉Ekohudud
👉Work out zona
👉Avtoturargohlar
👉Bog'cha va maktab joylashadi

Bot orqali bogʻlanish

712007400
555017400

xonsaroy.uz
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Parij Olimpiadasida yuksak natijaga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylar davlat mukofoti bilan taqdirlandi

«El-yurt hurmati» ordeni bilan


Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Olimpiada chempioni;

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Olimpiada chempioni;

Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich - Olimpiada chempioni.


«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan


Jamalov Razambek Salambekovich - Olimpiada chempioni;

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Olimpiada chempioni;

Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Olimpiada chempioni;

Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Olimpiada chempioni;

Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Olimpiada chempioni.


«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan


Abdullayev Gulomjon Ozodovich - bronza medali sohibi;

Djurayev Akbar Xusnidilla o‘g‘li - kumush medali sohibi;

Osipova Svetlana Valerevna - kumush medali sohibi;

Yusupov Alisher Xalimboyevich - bronza medali sohibi.


«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan


Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - dzyudo murabbiysi;

Kiyamova Nellya Esxatovna - dzyudo murabbiysi;

To‘ychiyev Alisher Kurbanovich - boks murabbiysi.


«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan


Polatov Saken Djetibayevich - O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari;

Tashmatov Sherzod Rixsibayevich - O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi.


«Do‘stlik» ordeni bilan


Qilichev To‘lkin Maxmurovich - Boks bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiysi;

Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - boks murabbiysi;

Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - bronza medali sohibi;

Xan Pavel Afanasevich - taekvondo murabbiysi.


II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan


G‘afurov Davron Dilmuradovich - boks murabbiysi;

Qilichev Farruh Komilovich - boks murabbiysi;

Mansurov Dilshod Ismatovich - Toshkent tumani sport maktabi direktori;

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich - og‘ir atletika murabbiysi;

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - dzyudo murabbiysi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UzBMB (DTM) natijasi bilan bugun Profi University talabasi bo‘ling!

Profi University’da quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:

👨‍🏫 Pedagogika:
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Boshlang‘ich ta'lim;
➖ Maktabgacha ta’lim;
➖ Ingliz tili va adabiyoti;
➖ Rus tili va adabiyoti;
➖ O‘zbek tili va adabiyoti.

💰 Iqtisod:
➖ Iqtisodiyot;
➖ Bank ishi va auditi;
➖ Marketing;
➖ Buxgalteriya hisobi va audit.

👨‍💼 Xizmat ko'rsatish:
➖ Turizm.

👨‍💻 Kompyuter texnologiyalari:
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari.

Eslatma: Universitet stipendiyasini olish uchun kirish imtihonlarida ishtirok etishingiz kerak!

👉 Imtihon uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://profiuniversity.uz/?ref=MklB

📍Manzil: Toshkent shahri Bektemir tumani Husayn Boyqaro ko‘chasi 117-uy.

☎️ Batafsil ma'lumot: 78-777-11-11 yoki @profiqabul

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yoshlar uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i

Albatta, bu hali birinchi bosqichdagi ishlar. Oldimizda takomillashtirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Balki dastlabki bosqich kimlar uchundir juda sodda bo‘lib ko‘rinayotgandir, lekin biz bu borada uzoq muddatli strategiya qilganmiz. Hozir qo‘lda bajarilayotgan ayrim bosqichlarni sekin-asta sun’iy intellekt yordamida to‘liq avtomatlashtirishga o‘tamiz. Ammo hozirgi bosqichda ham u bizga ancha-muncha mehnat va xarajatni tejashga yordam beradi.

Men ishonaman, kelgusida sun’iy intellekt aytilishi kerak bo‘lgan yangilikni ham o‘zi tanlab, matnni ham o‘zi yozib, o‘zi tahrirlab, o‘zi turli tillarga o‘girib, o‘zi video qilib, o‘zi subtitrlarini qo‘yib, yoniga surdo-tarjimon harakatlarini ham joylashtirib, video uchun o‘zi poster yasab, o‘zi qachon va qaysi paytda e’lon qilishini ham rejalashtirib, o‘zi saytda e’lon qilib, o‘zi uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatadigan darajaga ham chiqiladi.

Va eng quvonarlisi hamda qo‘rqinchlisi, bunga ko‘p vaqt ketmaydi, 20-30-yil kutish shartmas. Sun’iy intellekt yangi bilimlarni juda tez o‘rgana oladi.

O‘z ustida ishlamaydigan jurnalistlar uchun xavotirli davrlar yaqinlashmoqda. Bu jiddiy signal va bundan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak. O‘zi aslida bu ogohlik qo‘ng‘irog‘i nafaqat jurnalistlar, balki boshqa yuzlab kasblar uchun ham chalinmoqda.

Odam bilan raqobatlashsa bo‘ladiyu, lekin sun’iy intellekt bilan... Bilmadim, bilmadim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi. Buning uchun onlayn ariza berish kerak, OTMga borish shartmas!

Onlayn to‘lov-shartnoma nafaqat yuqori kurslar, balki 1-kursga kirganlar uchun ham berilmoqda.

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborish lozim. Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

❗️ESLATMA: super-kontrakt uchun shartnoma hali berilmayapti. Sentyabr oyining o‘rtalariga yaqin ochilsa kerak. Ungacha kutish lozim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

OʻzDJTU Qoʻshma taʼlim dasturi uchun 2024—2025-oʻquv yiliga qabul boshlandi

🎓 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) yoʻnalishida oʻqish uchun hujjatlarni ushbu havola orqali toʻldiring : https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8

📌 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati mavjud.

Joylar soni cheklangan.

✅Kontrakt narxi – 130 ming rubl, Oʻzbekiston Markaziy banki kursi bilan (taxminan 18 mln so‘m atrofida).


☎️Murojaat uchun:
📞+998955034144
📞+998955104144
📞+998955094144
📞+998977341595

Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Markaziy saylov komissiyasining 21-avgustdagi qarori bilan beshta partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi.

Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, saylov byulleteniga siyosiy partiyalarning nomi va ramzi imzo varaqalarini MSKga topshirish ketma-ketligi asosida kiritiladi. Shunga ko‘ra, saylov byulletenida partiyalar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:

1️⃣ O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi;

2️⃣ “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;

3️⃣ O‘zbekiston Ekologik partiyasi;

4️⃣ O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi;

5️⃣ O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kim nechanchi o‘rinda turganini qachon bilsa bo‘ladi?
#abituriyent

Joriy yilgi test sinovi natijalari chiqqach, abituriyentlar faqat o‘zining natijasini ko‘ra olayotgan edi. Ammo OTMlar kesimida umumiy ro‘yxat e’lon qilinmagan va kim nechanchi o‘rinda turganini bilib bo‘lmasdi. Avvalgi yillarda bunaqa imkoniyat bor edi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar bugun mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar bo‘lsa, yana alohida xabar beramiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel