xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

🥇Bobur Omonov – ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, ham rekord o’rnatdi, ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Bobur Omonov bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Hisobimizda 14 ta medal bor:
🥇 6 ta oltin;
🥈 4 ta kumush;
🥉 4 ta bronza.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bobur Omonov yadro uloqtirish bahslarida 14.32 metr natija bilan Paralimpiya rekordini o’rnatdi! Aniqrog’i, o’z rekordini o’zi yangiladi, chunki avvalgi rekord ham unga tegishli edi.

Ishtirokchilarda yana 4 tadan imkoniyat bor.

Tokio-2020 oltin medal sohibi bo’lgan Boburjon bugun ikki karra chempionga aylanadi, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥈Doniyor Saliyev kumush medal sohibi!

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Saliyev 7.16 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Doniyor Saliyev Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Hisobimizda 12 ta medal bor:
🥇 5 ta oltin;
🥈 4 ta kumush;
🥉 3 ta bronza.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qozog‘istonda Atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha umumxalq referendumi 6-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Prezident Qasim-Jo‘mart To‘qayevning Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nafaqat talabalarning sifatli ta’lim olishi, balki moliyaviy holati uchun ham qaygʻuradi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 10 mln soʻmdan boshlanuvchi kontrakt narxlari taklif etiladi.

Universitetda kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

🧑‍💻 Bakalavr yo'nalishlari:
🔹Iqtisodiyot: tarmoqlar va sohalar bo‘yicha
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🔹Bank ishi
🔹Boshlang‘ich taʼlim
🔹Maktabgacha taʼlim
🔹Jismoniy madaniyat
🔹Texnologik taʼlim
🔹Tarix
🔹Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
🔹Psixologiya
🔹Biologiya
🔹Matematika
🔹O‘zbek tili va adabiyoti
🔹Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili va adabiyoti
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹Kompyuter injiniringi
🔹Kompyuter injiniringi: kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi
🔹Neft va gaz ishi: neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
🔹Neft va gaz ishi: neft va gaz quduqlarini burg‘ulash
🔹Neft va gaz ishi: magistral quvur tizimi, neftbaza va neft-gazni saqlash, tashish, inshootlarini loyihalash va ishlatish
🔹Konchilik ishi
🔹Metallurgiya muhandisligi
🔹Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
🔹Yo‘l harakatini tashkil etish
🔹Yo‘l harakatini tashkil etish: avtomobil transportida yo‘l harakatini tashkil etish
🔹Yo‘l harakatini tashkil etish: temiryo‘l transportida yo‘l harakatini tashkil etish
🔹Geodeziya va geoinformatika
🔹Kadastr
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Arxitektura va qurilish
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: kimyo va oziq-ovqat sanoati


Ro’yxatdan o’tish uchun ariza qoldiring: ipu.educon.uz

📄 Litsenziya (№332751, 12.08.2022)

📞 Aloqa markazi: +998752306060

📌 Manzil: Qarshi shahri “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi 13-uy

📌 Manzil: Samarqand viloyati Samarqand tumani “Jo’yi soy” MFY Yasmin ko’chasi 11-uy

TelegramInstagram | Web sahifa | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan giveaway tanlovimizning g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi.

Va’da qilinganidek, ularga 1 yillik Telegram Premium uchun obuna hamda to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talabaning shartnoma puli uchun 3,3 mln so‘m o‘tkazib beriladi.

Hozirda barcha g‘oliblar bilan bog‘lanib, kimning kontraktiga pul o‘tkazishimiz kerakligini so‘rab chiqyapmiz. Javob berganlarning ikki nafari o‘zi kontraktda o‘qiydigan talaba ekanligini ma’lum qildi. Ularga 3,3 mln so‘mdan o‘tkazib berdik.

Mustaqilligimizning 33 yilligiga tolibi ilmlar uchun yaxshi sovg‘a bo‘ladi, degan umiddamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Google kompaniyasi O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga atab maxsus dudl (doodle) yaratdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ladi

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qilgan edim.

Obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 1 yillik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga to’lov-kontrakt summasini to’lash uchun 3,3 mln so’m sovg’a qilinadi.

⏳G’olib nomi bugun, 1-sentyabr kuni soat 20:00 da ma’lum bo’ladi.

‼️Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.

Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biron tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish, do‘stlaringizni chaqirib kelish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.

Izoh:
to’lov-kontrakt to’lash uchun summa g’olibga o’zining yoki quyidagi qarindoshlarining o’qishi uchun to’lanadi:

— farzandi yoki nabirasi;
— aka-uka, opa-singlisi yoki ularning farzandi/nabirasi;
— turmush o’rtog’i;
— turmush o’rtog’ining aka-uka, opa-singlisi;
— amaki, tog’a, amma, xolasining farzandi yoki nabirasi.

3,3 mln so’mlik mablag’ni kimning o’qishi uchun o’tkazishni g’olibning o’zi hal qiladi.

Agar g’olibning talaba sifatida to’lov-kontraktda tahsil olayotgan ro’yxatdagi yaqin qarindoshlari bo’lmasa, unda mukofot summasi xayriya tarzda ehtiyojmand boshqa talabaning o’qishi uchun o’tkaziladi. Buni kanal ma’muriyati hal qiladi.

❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Tashabbusli byudjet”da yutgan mahallalar g’alabani nishonlab, bayram qilishni boshlab yuborishdi.

Mustaqillik bayramiga haqiqiy sovg’a bo’ldi, deyish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️“Tashabbusli byudjet” gʻoliblari roʻyxati rasman e’lon qilindi

2024-yildagi 2-mavsumda jami 9 mln 81 mingta ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 2 trln 139 mlrd soʻmlik 1 ming 772 ta loyiha gʻolib deb topildi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Guljanoy Naimova bahsi boshlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Asad Toshtemirov bahsi boshlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin, aziz yurtdoshlar!!!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Biz endi 37 millionlik katta xalqmiz — Shavkat Mirziyoyev

“O‘zbekiston hozirgi kunda aholi soni bo‘yicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi.

Bu raqamni islohotlarimiz, mehnatimiz, bilim va qobiliyatimiz bilan katta salohiyatga aylantirishimiz kerak.

Dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklanganini inobatga olib, e’tiborimizni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur. Jahonda kreativ sanoat mahsulotlari eksportidan yiliga milliardlab dollar daromad topayotgan mamlakatlar ko‘p.

Binobarin, shunday mahsulot ishlab chiqarishga bel bog‘lagan ijodkor ishbilarmon-larimizni, ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama rag‘batlantiramiz”, — dedi Prezident.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi.

Bayram tadbirlarini telekanallar orqali, shuningdek, Prezident matbuot xizmatining Telegram messendjeri, YouTube videoxostingi, Facebook va X ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥉Nurxon Qurbonova bronza medali sohibi!

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida yadro uloqtirish bahslarida Nurxon Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Barakalla!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Super-kontrakt narxlari-2024
(yo’nalishlar kesimida)

#abituriyent

Mazkur faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

✅ Ayrim tartiblar:

• umumiy qoidaga ko’ra, super-kontrakt narxi bazaviy stipendiyasiz kontrakt narxidan olinadi;

moliyaviy mustaqillik berilgan va bazaviyga qaraganda qimmatroq kontrakt miqdori belgilagan oliygohlarda super-kontrakt narxi o’sha qimmatroq kontraktdan olinishi mumkin;

• ammo moliyaviy mustaqillik berilgan deyarli hamma oliygoh (1-2 ta istisno), 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxini o’zlari belgilagan qimmat narxda hisoblayapti, 4 balldan ko’proq yetmaganlar uchun esa bazaviy kontrakt narxida hisoblayapti.

❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Qur’on tilovat qilindi.

Marosimda Oliy Majlis, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham Islom Karimov haykaliga gullar qo‘ydi.

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 2-sentyabr, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash kuni.

Aynan 2016-yil 2-sentyabr kuni Islom Karimovning vafoti haqida Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining qo‘shma axboroti eʼlon qilingan edi.

Alloh rahmatiga olgan bo’lsin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan bayonoti

Kecha, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani "Ko‘lqamish"  MFY hududida joylashgan "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ilash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida.

Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan yengil atletikachilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondochimiz Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari o‘z nomidan va barcha yurtdoshlarimiz nomidan sportchilarni samimiy qutlab, bu zafarlar eng aziz, eng ulug‘ bayram – Mustaqillik kuniga munosib sovg‘a bo‘lganini ta’kidladi.

Prezident yigitlarning murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirib, kecha sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga ham salom va tabrik so‘zlarini yo‘lladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, super-kontrakt uchun shartnoma berish ertadan boshlanar ekan.

Aytishlaricha, yo‘nalish tanlash bo‘yicha o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolinar ekan, faqat moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda narx belgilash borasida ayrim kichik o‘zgarishlar kiritilishi mumkin ekan.

Rasmiy xabar berilsa, qo‘shimcha ma’lum qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!

Kecha Mustaqillik bayramidagi Prezident nutqi oldingilardan mazmun jihatdan keskin farq qilganiga e’tibor bergan bo‘lsangiz kerak. Joriy yilgi nutq qilingan ishlarning hisoboti shaklida emas, asosan xalqqa, ota-onalarga va yoshlarga murojaat ko‘rinishida bo‘ldi, kelgusida oldimizda turgan rejalar va marralar haqida ruhlantiruvchi gaplar aytildi.

Masalan, Prezident "qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling" deya xitob qildi.

Prezident nutqidan to‘rtta muhim signalni anglash mumkin edi:

1️⃣ Birinchisi, beshta ustuvor masalaga e’tibor davom etadi. Bular: sifatli ta’lim, malakali tibbiyot, rivojlangan tadbirkorlik, korrupsiyadan xoli, adolatli sud va barqaror ekologiya;

2️⃣ Ikkinchisi, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida qat’iy davom etiladi va alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi;

3️⃣ Uchinchisi, 37 millionlik katta xalqmiz. Demak, aholi sonining oshishini davlat muammo sifatida ko‘rmaydi, balki mehnat va bilim orqali inson resursini katta salohiyatga aylantiradi. Buning uchun kreativ sohaga e’tibor kuchaytiriladi;

4️⃣ To‘rtinchisi, Markaziy Osiyoni tinchlik va hamjihatlik ruhi hukm suradigan mintaqaga aylantirish orzusi yo‘lida sobitqadamlik ko‘rsatiladi.

Shavkat Mirziyoyev nutqi so‘nggida fidokorona mehnati bilan yangi hayot binosini barpo etayotgan buyuk xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilishini ma’lum qildi.

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥇Yana bir oltin medal!!!

Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish bahslarida 50.32 metr natija bilan 1-o’rinni qo’lga kiritdi!

Barakalla, Yorqinbek!

Beshinchi oltin medal muborak, aziz yurtdoshlar!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥈Guljanoy Naimova — kumush medal sohibi!

Uning hisobida Paralimpiya o’yinlarining bitta oltin va bitta kumush medali bor.

Eng asosiysi jarohati jiddiy bo’lmasin. Unga sog’liq tilaymiz.

Barakalla, Guljanoy!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥇Asad Toshtemirov — oltin medal sohibi!

Yurtdoshimiz para taekvondo bahslarida barcha raqiblari ustidan g’alaba qozonib, delagatsiyamiz hisobiga to’rtinchi oltin medalni olib keldi!

Barakalla, Asad!

Birozdan so’ng Guljanoy Naimova va Yorqinbek Odilovdan yana ikkita oltin medal kutib qolamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun ikkita final bor!

Birozdan so‘ng para taekvondo bo‘yicha Guljanoy Naimova hamda Asad Toshtemirov final bahsida jang qiladi.

Guljanoy g‘alaba qozonsa, ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioniga aylanadi. Chunki uning hisobida Tokio-2020 oltin medali ham bor.

Ikkala sportchimizga ham finalda omad tilaymiz!

Bahslar taxminan 23:30 lardan keyin boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev:

Ezgu g‘oya atrofida birlashib, islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan, fidokorona mehnati bilan yangi hayot binosini barpo etayotgan buyuk xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekiston davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda Vatanimiz bayrog’ini aks ettiruvchi harbiy samolyotlar uchib o’tdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun soat 23:59 da “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024-yildagi 2-mavsumi uchun ovoz berish yakunlanadi.

Hozirgacha 8 mln 748 mingdan oshiq yurtdoshimiz ovoz berib bo’lgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel