xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

♟Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-turida bugun yigitlarimiz 🇷🇸 Serbiya bilan, qizlarimiz esa anchayin jiddiy raqib hisoblangan 🇺🇸 AQSh terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

7 ta turdan keyin yigitlarimiz 3-o’rinda, qizlarimiz esa 11-o’rinda borishmoqda.

Bugungi bahslarda vakillarimizga omad yor bo‘lsin!

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yigitlarimizda ham, qizlarimizda ham g’alaba!!!

Yigitlar jamoasi bugun 🇺🇦Ukraina ustidan yirik 3-1 hisobida g’alaba qozondi.

Qizlarimiz esa 🇬🇷Gretsiyani 2.5-1.5 hisobida taslim qilishdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mobiuz ICT Expo 2024’da 5G Calling va VoWiFi’ni namoyish etmoqda

5G Calling — bu interaktiv qo‘ng‘iroqlar. U bevosita qo‘ng‘iroq paytida interaktiv interfeysdan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu texnologiya mehmonxonalarga oldindan buyurtma berish misolida namoyish etilmoqda. Xizmat imkoniyatlari cheklanmagan va uni biznesning har qanday sohasida foydalanish uchun moslashtirish mumkin.

Mobiuz’ning bu yilgi asosiy yangiligi VoWiFi bo‘lib, u operator tomonidan 24-avgustda ilk bor tijorat maqsadida ishga tushirildi. Ko‘rgazmada kompaniya mutaxassislari mehmonlarga Wi-Fi tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlardan qanday qilib maksimal darajada samarali foydalanish haqida batafsil tushuntirish bermoqda va namoyish etmoqda.

Mobiuz barchani 17-20-sentabr kunlari AKT haftaligi, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tayotgan CAEx majmuasiga taklif qilmoqda.

Telegram | Instagram | Youtube | Mobiuz ilovasi | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Boysundagi gaz konida yana texnogen holat yuz berdi: 2 kishi halok bo‘lgan

Bu haqda Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi Oʻktam Oʻtayev xabar bergan.

Shuningdek, kecha — 17-sentyabrda bo’lgan texnogen holat oqibatida tan jarohati olganlar ham borligi xabar qilindi.

“Oʻlim holati boʻlgan. Ikki nafar shaxs oʻlgani toʻgʻrisidagi holat bor. Yana tan jarohati olingan holatlar ham bor. Hozir tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda. Natijasi boʻyicha sizlarga maʼlumot beriladi”, – deydi u.


Holat haqida hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇩🇪 Nemis tili va kasb o‘rganing hamda Germaniyaga ishlagani boring

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida temir yo‘l va avtobus haydovchilarini, hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishilgan. Joriy yilda 800 nafardan ortiq hamshira Germaniyaga uyushgan holda yuboriladi, ularning 400 nafari allaqachon ushbu mamlakatda mehnat qilmoqda, qolganlari til imtihonlarini topshiryapti. Hamshiralarning oylik ish haqi oyiga eng kami 2200 yevroni tashkil qiladi (qo‘lga tegishi).

***

Germaniyaga ishchi viza shartlari yengillashadi

Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Samarqandda Germaniya Federativ  Respublikasi Ichki ishlar va Vatan vaziri Nensi Fezer bilan muloqot o‘tkazgan.

"Migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilmoqda. Bitim doirasida nemis ish beruvchilari uchun o‘zbekistonliklarni soddalashtirilgan tartibda ishga qabul qilishga tayyormiz", — degan Nensi Fezer xonim.


***

Toshkentda “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil etiladi.

Ilgari hamyurtlarimiz Germaniyaga borgach, 6-8 oy vaqtini moslashish uchun sarflagan. Endilikda O‘zbekistonning o‘zida kasb va tilga maqsadli o‘qitiladi.

Akademiyada bir yil davomida kasb va til o‘rgatiladi. Muhimi, ular diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qo‘lga kiritadi.

***

Germaniya temir yo‘llari ("Deutsche Bahn”) uchun ham mutaxassislar tayyorlanadi.

Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz  ushbu davlat standartlari asosida O‘zbekistondagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Qamchiq” dovonida ikki tomonlama xavfsiz harakat qayta tiklandi.

Yo’ldagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari yakunlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida darslar boshlandi!

🏫 Universitetda yangi o‘quv yili juda qizg’in dars atmosferasi bilan start oldi. Talabalar bilim olishda faol ishtirok etmoqda va akademik yutuqlarga intilmoqda.

💡 Agar hali oliygoh tanlamagan bo‘lsangiz, endi bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ushbu universitetda qabul jarayonlari yakunlanish arafasida va talaba bo‘lish uchun oxirgi imkoniyat eshigi ochiq!

📚 Universitetda 20 ta bakalavr va 8 ta magistratura yo'nalishlari bo'yicha qabul ochiq.

❗️Qabul 1-oktabrga qadar davom etadi.

Litsenziya (№ 364928, 10.11.2022)

📨 Hoziroq ariza qoldiring: qabul.oxu.uz

📞 Qo'shimcha savollar uchun bog'laning: +998553050009

🌐 www.oxu.uz
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿 O‘zbek tilida muloqot qilishga qiynalayotganlar uchun bepul o’quv kurslari ochilibdi

Odatda falonchi nega o’zbekcha gapirmaydi, deyilsa, o’zbek tili o’qitiladigan joy topish muammo deyishardi. Mana, bepul kurslar ham ochilibdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘zga millat vakillari va o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun “O‘zbek tili” kurslari tashkil etilgan.

❗️O‘quv mashg‘ulotlari uchun hech qanday to‘lovlar talab qilinmaydi. O‘quv kursining afzalligi:

🔹jonli muloqot, an’anaviy darslar;
🔹10-12 nafarli kichik guruhlar;
🔹144 soatga mo‘ljallangan maxsus o‘quv dasturi;
🔹barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv xonalari;
🔹malakali mutaxassislarning qiziqarli darslari;
🔹darajali sertifikat.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😃 Fan va texnologiyalar universitetida 6 ta mutaxassislik bo’yicha magistraturaga qabul davom etmoqda.

Magistratura mutaxassisliklari:

- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim);
- Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (tarix);
- Iqtisodiyot;
- Buxgalteriya hisobi;
- Bank ishi;
- Ta’limda axborot texnologiyalari.

⚡️ Hujjat topshirishda chet tilini bilish sertifikati talab qilinmaydi. Qabul suhbat asosida amalga oshiriladi.


🔔 Ariza topshirish:

Telegram bot orqali - @usat_bot
Saytda - usat.uz

Murojaat uchun: +99878-888-38-88

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qarshi xalqaro universitetida qabul davom etmoqda!

Haliyam o‘tiribsizmi? Hoziroq bizga murojaat qiling!

☎️
+99855-500-99-44
☎️
+99878-113-72-10

📑 Litsenziya (№327633 29.07.2022)

👉 Ro'yxatdan o'tish

📍Qashqadaryo, Qarshi, Mustaqillik 71
Mo’ljal: Muhammad ota choyxona yonida

📍Qashqadaryo, Qarshi, Bunyodkorlik ko’chasi
Mo’ljal: UzGazOil ro’parasida.

🧑‍💻 @kiu_uz | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun o’yin kuni!

Futzal bo’yicha Jahon chempionatining 2-turi doirasida bugun 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇵🇾Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Paragvay 1-turda Kosta-Rikani 5:2 hisobida mag’lub etgan va guruhda 1-o’rinda turibdi. Qiyin uchrashuv bo’lishi tabiiy.

Uchrashuv soat 20:00 da “Humo Arena”da boshlanadi.

Yigitlarimizni qo’llab-quvvatlaylik. Olg’a, O’zbekiston!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2+2 qo'shma ta'lim dasturi: Ikki yil O'zbekistonda, ikki yil Janubiy Koreyada ta'lim oling.

Toshkent shahrida joylashgan Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida 1-2-kursda tahsil oling va 3-4-kurslarni Janubiy Koreyaning Far East University oliygohida davom ettirib, 2 ta diplomli bo’ling.

2024—2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Hujjat topshirish uchun: umft.uz

▪️IT muhandislik fakulteti
▪️Iqtisodiyot va biznes boshqaruv fakulteti
▪️Pedagogika va filologiya fakulteti

☎️ Hujjat topshirish va murojaatlar uchun:
@umft_support
+998555208888

Litsenziya (№242954; 09.11.2022)

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat qabul komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 mingta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

10 mingta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UzBMB (DTM) natijasi bilan Oriental universitetida talaba boʻling!

Oriental universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda!

Bakalavriat yoʻnalishlari:
▫️Matematika;
▫️Logistika;
▫️Dasturiy va kompyuter injiniringi;
▫️Iqtisodiyot;
▫️Psixologiya;
▫️Logopediya;
▫️Boshlangʻich ta’lim;
▫️Oʻzbek tili va adabiyoti;
▫️Rus tili va adabiyoti;
▫️Tarix;
▫️Turizm;
▫️Filologiya va tillarni oʻqitish (arab, ingliz, koreys, turk, xitoy)
.

Magistratura mutaxassisliklari:
▫️Moliya;
▫️Iqtisodiyot;
▫️Menejment;
▫️Lingvistika (arab, ingliz);
▫️Dasturiy va kompyuter injiniringi;
▫️Psixologiya;
▫️Tarix;
▫️Pedagogika;
▫️Sport faoliyati.

❗️ Oriental universiteti quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

• Universitet nafaqat Oʻzbekiston, shuningdek, Turkiyada ham rasman tan olinadi;
• 10 mln soʻmdan boshlanuvchi kontrakt, 5 mln soʻmgacha stipendiya va grantlar;
• qulay yotoqxona;
• oʻqishni koʻchirish imkoniyati.

Bog‘lanish uchun telefon:
☎️ +998781137686

📲 Onlayn hujjat topshirish

📄
Litsenziya (№ 247427, 25.05.2021-y.)

Telegram | Instagram | Facebook | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1 yil yo‘qotmagan holda talabalik maqomiga erishing!

Renessans ta’lim universitetida 100 ga yaqin grant o‘rinlaridan birini qoʻlga kiritish imkoniyati bor. Grant yutishingiz uchun qo‘shimcha hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Ilk qadamni esa rasmiy saytga onlayn ariza topshirishdan boshlaysiz.

Ariza topshirish: www.renessans-edu.uz

Imkoniyatlar:

➖ Davlat namunasidagi diplom;
➖ HEMIS – ta’limni tashkil etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Koreya, Xitoy, Malayziya singari mamlakatlarning xalqaro universitetlarida ta’limni davom ettirish dasturi;
➖ Kontraktdan 25% chegirma (IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
9 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati.

UzBMB (DTM) natijasi bilan 40 ga yaqin yoʻnalishlardan birini tanlang va imtihonsiz RTU talabasi boʻling.

📄 Litsenziya (№331657; 18.11.2022)

📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin

📍Toshkent, Charxnovza 17.

Telegram | Instagram | Vebsayt
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

👍UBSda qabul yakunlanmoqda, shoshiling!

20-sentyabr kuni “University of Business and Science”ning Namangan va Toshkent shahridagi oʻquv binolarida 2024-2025-oʻquv yilidagi oxirgi oflayn imtihonlar boʻlib oʻtadi.

Imtihonlarda eng yaxshi natija qayd etgan abituriyentlarga 300 ta taʼlim granti va yillik 3 million so‘mdan stipendiya ajratiladi.

UBS — rivojlanishni istaganlar tanlovi!

👉 UBSning 33 ta bakalavr yo‘nalishlari
👉 Qarindoshlar uchun 10% chegirma
👉
Sinfdoshlar uchun 10% chegirma

Hujjat topshirishga ulgurib qoling. Qabul tugashiga oz qoldi.

🌐 qabul.ubsu.uz | +998781132626, +998907894242

📍Namangan:
Obihayot MFY, Nodim Namangoniy, 5-uy
📍Toshkent:
41.259585,69.188483,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.259585!4d69.188483?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDgyMC4xIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy

Kunduzgi ta’lim — 18 360 000 soʻm 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim — 9 860 000 so‘m.

📄
Litsenziya (№ 364533, 05.10.2022) | 💻 Hemis tizimi

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Eshak go‘shtini iste’mol qilishga ruxsat berildimi?

✔️Qisqa javob: yo‘q, bunday qonun haqida hech qanaqa gap-so‘z yo‘q.

Batafsil javob: kecha Qonunchilik palatasining majlisida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarish qilinadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari – qoramol, qo‘y va echki, cho‘chqa, ot, eshak, tuya, it, mushukni identifikatsiya qilinishi (vizual yoki elektron birkalarni hamda elektron mikrochiplarni hayvonlarga o‘rnatish) nazarda tutilgan.

Spiker o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, qonun loyihasida eshak go‘shtini iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan.

❗️Umuman bu qonun “go‘sht iste’moli” haqida emas, balki hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish, kuzatish munosabatlarini tartibga soladi. Jaydari tilda aytganda, hayvonlarga mikrochipli sirg‘alar taqiladi va ularning elektron reyestri yaratiladi, hisobi olinadi va harakati kuzatiladi.

Qonun loyihasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda epizootik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida eshak, it, mushuklarni ham identifikatsiya qilinishi taklif etilmoqda. Ammo bu aslo ularning go‘shtini iste’mol qilishga ruxsat berildi, degani emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida seshanba, 17-sentyabr kuni to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Bu ma’lumotni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «GazetaUz»ga tasdiqlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir bo‘lishi bilanoq xabar berilgan. U tegishli topshiriqlar berib, real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan joyga mas’ul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari yetib borgan. Mahalliy tuzilmalarga avariya oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇯🇵 O‘zbekistonda Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikda IT yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi OTM borligini bilarmidingiz?

📚 Japan Digital University abituriyentlarga quyidagilarni taklif etadi:

— O‘zbekiston va Yaponiyada tan olinadigan diplomlar;
— O‘qish davrida Yaponiyada amaliyot;
— Yaponiya kompaniyalarida karyera boshlash bo'yicha to'liq amaliy yordam.

⏳ Qabul oxirlab bormoqda, hujjat topshirishga ulgurib qoling!

🔹BMBA (DTM) bali bilan hujjat topshirish

🔹JDU ichki imtihonlariga hujjat topshirish uchun

Litsenziya (№0044, 06.12.2021y).

📞 71-200-05-95

Telegram | Instagram | Facebook |JapanDigitalUniversity">YouTube | Web site | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

♟Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-turida bugun yigitlarimiz 🇺🇦Ukraina bilan, qizlarimiz esa 🇬🇷Gretsiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

6 ta turdan keyin yigitlarimiz 5-o’rinda, qizlarimiz esa 16-o’rinda borishmoqda.

Aytgancha, bugun 😁 Nodirbek Abdusattorovning tug‘ilgan kuni. U 20 yoshni qarshiladi! Shu yoshda Nodirbek allaqachon dunyoning TOP shaxmatchilaridan biriga aylandi. Olimpiada chempioni, Rapid bo‘yicha jahon chempioni va yana ko‘plab nufuzli turnirlar g‘olibi bo‘ldi. Ayni daqiqalarda hamyurtimiz 2776 reyting bilan dunyo shaxmatchilari orasida 5-o‘rinda bormoqda!

Nodirbekni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Alloh nasib qilsa, shaxmat tojini qo‘lga kiritganida ham tabriklash nasib qilsin. Ota-onasi rohatini ko‘rsin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi

YHXXning ma’lum qilishicha, dovon hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 254,6 va 258 kilometrlari oralig‘ida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshirilmoqda.

🚧 Shu sababli bugun, 18-sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab ushbu hududda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Afsuski, yutqazdik.

Endi 3-turda Kosta-Rikani yutishimiz shart va zarur.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi haqida ma’lumot

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan.

❓Kimlarga beriladi?

✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);
✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi kurslarga beriladi?

✅ Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q.

❓Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

✔️ faqat kunduzgi shaklga.

❌ Quyidagilarga berilmaydi:

➖ super-kontrakt;
➖ sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklga;
➖ qo‘shma ta’lim;
➖ ikkinchi mutaxassislik;
➖ ordinatura;
➖ xorijdagi OTMlarga.

❓To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi?

✅ Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga
✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

❌ super-kontrakt uchun;
❌ sirtqi;
❌ kechki;
❌ masofaviy;
❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

✅ oliy;
✅ o‘rta maxsus;
✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida boshlangan Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda mintaqaning besh mamlakati prezidentlari hamda Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirok etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Davlatimiz rahbari bugun, 17-sentyabr kuni ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Isroil mag’lub etildi, qizlarimizda durang!

Bugun shaxmatda juda hayajonli kun bo’ldi!

Isroil terma jamoasiga qarshi o’ynagan yigitlarimiz dastlab hisobda ortda borishayotgandi. Afsuski, ustunlikka ega vaziyatda bittagina xato yurish ortidan Javohir Sindorov kutilmaganda mag’lub bo’ldi.

Javohir o’sha vaziyatda juda aqlli ish qildi: xato yurganini sezgach, tezda taslim bo’ldi, oxirigacha olib borib, vaqt cho’zib o’tirmadi. Odatda bunaqa vaziyatlarda taslim bo’lishmaydi, raqib ham balki xato qilar, deb urinib ko’riladi. Ammo Javohir jamoadoshlariga signal berish maqsadida o’yinni o’sha zahoti tugatib qo’ya qoldi.

Javohirning ko’rgach, yigitlarimizda qasos olish ruhiyati paydo bo’ldi. Yaxshi ma’noda jahli chiqdi. O’yinlariga agressiya qo’shishdi. Va natijasi tezda sezildi. Dastlab Nodirbek Yakubboyev qasos oldi va g’alaba orqali hisobni tenglashtirdi. So’ngra Nodirbek Abdusattorov haqiqiy master-klass ko’rsatdi va shaxmat darsliklariga kiradigan o’ta go’zal yurishlar orqali raqibini butunlay tor-mor qildi.

Oxirida vaziyatni atayin nazoratida ushlab turgan Shamsiddin Vohidov durang qilsa ham yetarli bo’lishini bilgach, maqsadiga hech bir qiyinchiliksiz yetdi va murosa yo’lini tanladi.

Shunday qilib, yigitlarimiz dramatik bahsda Isroil terma jamoasini 2,5-1,5 hisobida mag’lub etdi!!!

Qizlarimiz ham bugun juda mardonavor jang o’tkazishdi. Dunyoning kuchli terma jamoalaridan biri bo’lgan Niderlandiya bilan 2-2 hisobida durang qayd etishdi. Nodira Nodirjonova terma jamoamiz hisobiga qimmatli g’alabani olib kelgan bo’lsa, Afro’za Hamdamova va Nilufar Yakubboyeva durang o’ynadi. Afsuski, Umida Omonova taslim bo’ldi. Lekin Niderlandiya bilan durang ham yaxshi natija, albatta!

Ertaga tanaffus bo’ladi. O’yinlar ertadan keyin davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olishi mumkinmi?

JAVOB: Hozircha bunday tartib mavjud emas.

Joriy yilning 28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilgan edi. Ushbu muloqotda Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator TAKLIFLARni ilgari surgan edi.

Jumladan, kelgusida uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilishi aytilgandi.

Bu taklif maqomida bo‘lib, hozircha bu borada biron hujjat qabul qilinmadi. Ya’ni uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar qaysi holatda masofaviy ta’lim oladi, buning uchun nimalar qilishi kerak, kimga qanday ariza beradi, bunda ta’lim shaklini masofaviyga ko‘chirish tarzida bo‘ladimi yoki kunduzgida qolaverib, vaqtincha masofaviy o‘qib turadimi, hozircha bu savollarning birontasiga rasmiy javob yo‘q. Shunga oid biron rasmiy hujjat qabul qilinsa, undan keyingina aytish mumkin.

Xullas, bugungi kunda uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar oliygoh ma’muriyatidan masofaviy o‘qishni talab qilishi befoyda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Samarqand shahrida ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Bu "yashil energetika", kimyo sanoati, "yashil vodorod" ishlab chiqarish, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini nazarda tutadi.

Shundan so‘ng, qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Shu bilan Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi

Bu haqdagi Hukumat qarori qabul qilindi.

✅ Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.

☝️ Tegishli tashkilot va hokimliklar daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo o‘zanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari to‘xtatilishini qat’iy nazoratga oladi.

✔️ Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shag‘al qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar tog‘ va tog‘oldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga ko‘chiriladi hamda ularga noruda materiallarini o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “E-auksion” orqali rasmiylashtirib beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel