xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

London shahrida yashab, faoliyat yuritayotgan oʻzbekistonlik mutaxassis, uzoq yillar davomida Yevropa Taraqqiyot va tiklanish banki tizimida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etibdi. Aytishlaricha, u uzoq yildan buyon saraton xastaligi bilan kurashayotgan edi.

Kamola opa Oʻzbekiston uchun, oʻzbek madaniyatining Buyuk Britaniya va butun dunyoda keng targʻib qilinishi uchun koʻp ishlar qildi.

Oʻzbekistonda koʻplab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan, jumladan, Khan Academy taʼlim platformasini oʻzbek tilida ishlab chiqishga koʻmaklashish, saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish va Buxoroda koʻchat ekish ishlarida Kamola opaning hissasi katta.

2020-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangandi.

“Xorijdagi oʻzbekistonliklar” loyihasi doirasida Kamola opa bilan juda yaxshi suhbat qilingandi. Yana bir bor ko’rishni tavsiya qilaman.

📹 https://youtu.be/J8JtxytvMeU

Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yana bir imkoniyat!

2024/2025-o‘quv yili uchun Profi university’ga qabul yakunlanishiga 4 kun qoldi.

Profi university’ga UzBMB, ya’ni DTM natijalaringiz bilan qabul qilinishingiz mumkin. Bu Profi university’ga kirish uchun yana bir imkoniyat!

✅ Agar siz:

- Xalqaro diplom;
- 6 million so‘mgacha stipendiya;
- xorijda o‘qish va amaliyot qilish imkoniyati;
- zamonaviy va qulay yotoqxona;
- o‘qish davrida ishlash uchun sharoitga
ega bo‘lishni xohlasangiz, hoziroq biz bilan bog‘laning!

☎️ Batafsil ma’lumot uchun: 78-777-11-11 yoki @profiqabul

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 26-sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Chen Vensin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, narkotrafik kabi xavfsizlikka tahdid solayotgan an’anaviy va yangi xatarlarga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni kengaytirish va sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📕 Kimyo fani bo‘yicha testlar to‘plami nashrdan chiqdi

📖 Ushbu to‘plamda kirish imtihonlari dasturiga mos keladigan test topshiriqlari jamlangan. To‘plam kimyoni boshlayotgan va davom ettirayotganlar uchun mo‘ljallangan.

🔎 Savollar murakkablik darajasiga ko‘ra ikki guruhga ajratilgan: α (alfa) darajadagi savollar oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihoniga, β (betta) darajadagi savollar esa milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun mo‘ljallangan.

Mavzular hajman turli qismlarga bo‘lib chiqilgan. Boblar oxirida 30 ta testdan iborat mavzulashgan variantlar berilgan. Ular o‘tilgan mavzularni takrorlash hamda mustahkamlashda qo‘l keladi. Savollar “osondan qiyinga” tamoyilida tartiblangan.

Kitob narxi:
1 tadan 30 tagacha bo‘lsa, 55 ming so‘m;
31 tadan 60 tagacha bo‘lsa, 50 ming so‘m;
61 tadan 120 tagacha bo‘lsa, 45 ming so‘m.

O‘qituvchilar uchun 1 ta kitob bonus sifatida qo‘shib berilarkan. O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati bor (Toshkent shahri uchun bepul).

📖 Kitobdan namuna ko‘rish

📦 Buyurtma berish uchun: @MarufTongotarov | +998975378888

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga
✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

❌ super-kontrakt uchun;
❌ sirtqi;
❌ kechki;
❌ masofaviy;
❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

✅ oliy;
✅ o‘rta maxsus;
✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich Sho‘rchi tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi.

***

Mamadjanov Bunyod Baxtiyorovich Uchtepa tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar “Asakabank” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari edi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Talabalikni kelgusi yilga qoldirmang!

⚡️ Osiyo xalqaro universitetida qabul jarayonlari yakunlanayotganidan xabaringiz bormi? Soʻnggi 5 kun!

📚 Universitetda 20 ta bakalavr va 8 ta magistratura yoʻnalishi boʻyicha qabul ochiq. Universitetda talaba boʻlish uchun shoshiling. Qolaversa, xalqaro universitetda masofadan turib ta’lim olishingiz mumkin. Kontrakt narxlari 10 mln soʻmdan boshlanadi!

❗️Qabul 1-oktabrga qadar davom etadi.

Litsenziya (№ 364928, 22.08.2024)

📨 Hoziroq ariza qoldiring: qabul.oxu.uz

📞 Qoʻshimcha savollar uchun: +998553050009

🌐 www.oxu.uz | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xalq bankining “xazna” ilovasida ta'lim kreditini onlayn rasmiylashtirish mumkin!

Endi talabalar ilovaning “xazna PRO” talqini orqali ta'lim kreditini onlayn olishi mumkin. Xalq banki birinchi bo‘lib ushbu xizmatni taqdim etdi. Mijoz ham, kafil ham bankka borishi shart emas. Vaqt ham tejaladi, ortiqcha harakat ham shart emas.

Buning uchun “Talim-krediti.mf.uz”da Xalq bankini tanlashni unutmang! So'ng “xazna” ilovasi orqali videoda keltirilgani kabi ta'lim kreditini rasmiylashtirishingiz mumkin.

📱Ilovani Play Market yoki App Store orqali yuklab olish mumkin:

Play Market | App Store

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi.

U 2018-yildan buyon O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi edi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Asaxiy Books” loyihasidan navbatdagi yangilik — Tara Vestoverning “Talaba” kitobi endi oʻzbek tilida!

Faraz qiling, qiz farzand davlat taʼlimini “miyani yuvish” vositasi deb hisoblaydigan, tibbiyotdan koʻra giyohlarga ko‘proq ishonuvchi anʼanador mormon oilasida dunyoga keldi. Bu oila zamonaviy ilmni, hatto texnologiyalarni ham rad etadi. Mazkur oila farzandlari dunyoni otasining koʻzi bilan koʻradi va rasmiy taʼlimdan, zamonaviy dunyodan nafratlanadi.

Bunday muhitdan farzand qanday chiqib ketishi mumkin? Oʻzi taʼlimning ahamiyati nimada?

Tara Vestover o‘zining avtobiografik romanida mormon oilasida oʻtgan bolaligi, shakllangan qarashlari va vaqt oʻtgan sari fikrlari oʻzgargani haqida qiziqarli soʻzlab beradi.

“Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etilgan ushbu kitob koʻplab insonlarning dunyoqarashini oʻzgartirishiga ishonamiz.

Batafsil: asaxiy.uz/u/talaba

Kitob reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda kasb-hunar maktablari va kollejlarni texnikumlarga aylantirish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

📌 Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashgani va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Shu sababli 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil qilinadi. Texnikumlarda ta’lim sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida xalqaro ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

🇬🇧 Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning “BTEC” dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijaga qarab, bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, 25-sentyabr — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

❗️ "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko'rsatib borishi belgilangan.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, Toshkent ko‘chalarida 110 km/soat tezlikda yurgan videosini o‘z Instagramiga joylagan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga 3 mln 60 ming so‘m jarima qo‘llashibdi. Jarimani 15 kun ichida to‘lasa, 50% chegirma asosida, 1 mln 530 ming so‘m bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli qabul qilinadi

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan:

— 2025/2026-o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

— 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Talaba bo‘lishga kech emas!

😶‍🌫️ Tengdoshlaringiz talaba bo‘ldi. Siz esa hali ham ikkilanyapsizmi? Hali imkoniyatingiz bor!

UDEA’da 2024/25-o‘quv yili uchun qabul 30-sentyabrga qadar davom etadi! Hoziroq @udea_apply_bot orqali istalgan yo‘nalishga hujjat topshiring!

📌 Nega aynan UDEA?

• Xorijiy dasturlar
• Shinam kampus
• Malakali professorlar
• Almashinuv dasturlari
• Turar joy imkoniyatlari

☎️ 78 888 08 00

📄
Litsenziya (№033262, 26.07.2022-y.)

Instagram | Facebook | Telegram |udea2931"> YouTube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashibdi.

“O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi ta'kidlandi”, — deyiladi xabarda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekistonlik TOP-10 olimlar ro’yxati* ekan

*Uzbekistan’s club versiyasi


🔘 @xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

30-sentyabr — dushanba dam olish kunimi?

JAVOB: yo‘q, bunday qaror mavjud emas. 30-sentyabr — dushanba odatiy ish va o‘qish kuni bo‘ladi.

1-oktyabr, seshanba kuni esa yurtimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan dam olish kuni bo‘ladi. Bizda bayram kunlaridan avval ish kunlarini boshqa kunga ko‘chirish odati mavjud bo‘lganligi uchun "dushanba kuni ham shanbaga ko‘chiriladimi?" degan savollar berilmoqda.

Ammo dam olish kunlari uzaytirish odatda Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik bayramlari hamda ikkita Hayit bayrami arafasida bo‘ladi. Boshqa bayramlarda (masalan, 8-mart, 9-may, 1-oktyabr, 8-dekabr) odatda bunday holat kuzatilmaydi, faqat o‘sha bayram kunining o‘zidagina dam olish kuni bo‘ladi xolos.

Shu sababli, 30-sentyabr - dushanbada qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilish yoki ish kunini shanbaga ko‘chirish haqida hech qanday rasmiy hujjat mavjud emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️5-oktyabrdan so‘ng "Umra" tadbirlarini faqat maxsus litsenziyasi mavjud turoperatorlar tashkil qila oladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bu haqda alohida ogohlantirish e’lon qildi. Unda aytilishicha, tegishli litsenziyasi bo‘lmagan turoperatorlar oktyabr-dekabr oylarida Umra ziyoratiga yuborish bo‘yicha xizmatlarni keng reklama qilmoqda.

Vaholanki, 2024-yil 2-iyuldagi qonunga binoan, 5-oktyabrdan boshlab “Umra” tadbirlarini tashkil etish uchun alohida litsenziya olish talab etiladi.

2024-yil 5-oktyabrdan so‘ng litsenziyasiz “Umra” xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi.

Litsenziyasiz faoliyat yuritganlik uchun BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) miqdorida jarima solinadi.

“Umra” ziyoratiga borishni niyat qilgan fuqarolar xizmat ko‘rsatuvchi turoperator tanlayotganda litsenziyasi bor yoki yo‘qligiga albatta e’tibor qaratishlari lozim. Shunda muammolarga duchor bo‘lishmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎯 UZBMB (DTM) natijangiz bilan Axborot texnologiyalari va menejment universitetining 20 dan ortiq bakalavr yoʻnalishlari hamda 6 ta magistratura mutaxassisligi talabasi bo‘ling!

👩‍🎓Bakalavr yoʻnalishlari roʻyxati;

👨🏻‍🎓Magistratura mutaxassisliklari roʻyxati.

📍Manzil: Qarshi shahri

📨Onlayn hujjat topshirish
📲Telegram-bot orqali

📑Litsenziya (№325325 30.12.2022)

☎️Murojaat uchun: (55) 404-55-55

Telegram | Instagram | YouТube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

26-sentyabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishda hormay-tolmay, kechani kecha, kunduzni kunduz demay sidqidildan mehnat qilayotgan barcha fidoyi xodimlarni chin qalbimdan tabriklayman. Siz-u bizning tinch hayot kechirishimiz uchun xizmat qilayotganlar baraka topishsin.

Maʼlumot uchun, 1991-yil 26-sentyabrdagi Prezident farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik komiteti tugatilib, o‘rniga Milliy xavfsizlik boshqarmasi (sobiq) tashkil etilgan va Prezidentga bo‘ysundirilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

G’oyibnazarov Bahodir Rixsialiyevich Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i edi.

***

Qurbonov Alisher Qurbonovich Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar “Amirqulbobo KAA” fermer xo‘jaligi rahbari edi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yangi temir yo’l va pullik avtomobil yo’llari quriladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan.

Xususan, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari, “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi.

Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abubakirov Bobir Yuldashovich Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Markaziy bank raisining o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekcha Vikipediyaga 🇺🇿O‘zbekiston haqida ma’lumot joylab, 🇦🇿Ozarbayjonga bir haftalik bepul sayohat yutib olishingiz mumkin.

WikiNations oyligi 25-sentyabrdan 25-oktyabrgacha davom etadi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Sayohatga chiqish uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘ting: @WikiNations_bot 🛫

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul davom etadi

Quyidagi yoʻnalishlar mavjud:
🔹Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi
🔹Inson resurslarini boshqarish
🔹Ijtimoiy ish (sohalar boʻyicha)
🔹Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)
🔹Menejment
🔹Yurisprudensiya
🔹Buxgalteriya hisobi
🔹Metrologiya va standartlashtirish

Hujjatlar Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Alisherobod” MFY, Milliy bogʻ koʻchasi 7-uy yoki https://atso.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Litsenziya (№333318, 31.07.2024-y)

☎️ Batafsil maʼlumot uchun:
71-265-01-64
55-506-01-50
@atso_xizmatlar_bot

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Telegram endi jinoyatga aloqador shaxslarning ma'lumotlarini tegishli organlarga taqdim etadi

Pavel Durovning ma'lum qilishicha, Telegram eng xavfsiz ilovalardan biri bo‘lgani sababli undan jinoiy maqsadlarda foydalanish holatlari uchraydi (narkotik, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi, terror va hk).

Telegram ma'muriyati endilikda shunday foydalanuvchilarning ma'lumotlari: ularning IP-manzillari va telefon raqamlarini rasmiy so‘rovga asosan tegishli organlarga taqdim etadi.

Ma'lumot uchun, Durov avgust oyida Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani uchun qo‘lga olinib, unga nisbatan “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik” ayblovlari e'lon qilingandi. Keyinchalik u qo‘yib yuborildi, lekin Fransiyani tark etmasligi belgilandi. Buning uchun Durov 5 mln yevro garov puli qo‘yishi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turishi zarur edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📱 Mobiuz'ning VoWiFi xizmati bilan yangi imkoniyatlar sari!

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 🇸🇨 Seyshel orollari va 🇨🇻 Kabo Verde tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi. Ular bilan mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.

Ma'lumot uchun, Kabo-Verde Afrikaning g‘arbiy sohillarida joylashgan, 10 ta katta va 5 ta kichik oroldan iborat mamlakat hisoblanadi. Seyshel orollari esa Afrikaning sharqiy qismida, Hind okeanida joylashgan. Ushbu mamlakatlar o‘zining go‘zal tabiati va plyajlari bilan mashhur.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Olimpiada qahramoni, haqiqiy jangchi Shamsiddin Vohidovning otasi Po’lat aka so’zga chiqdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel