FVVdan qo‘shimcha ma’lumot:
Yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Yong‘inni bartaraf etishga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Agrar universitetida bo‘layotgan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot
FVV xabariga ko‘ra, bugun — 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning tegishli farmoni bilan Allamjonov Komil Ismoilovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
"Komil Allamjonov yurtimizda so‘z erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi.
Komil Ismoilovich bilan yaqindan ishlagan ko‘p sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman", — deyiladi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabarida.
“Dream language” o'quv markazida qabul davom etmoqda. Yangi til oʻrganing, yangi dunyo kashf eting!
Oʻquv markazida quyidagi chet tillari guruhlariga qabul boshlandi:
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇹🇷 Turk tili
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇨🇳 Xitoy tili
📌 Murojaat uchun:
@dream_language_admin
+998991940606
📍Manzil: OʻzMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi
Moʻljal: Ⓜ️ Beruniy metro
Telegram | Taʼlim reklamasi
Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.
Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.
Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.
Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.
"O‘qituvchilar uchun ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Har yili “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi. Ya’ni har yili o‘qituvchilarga 208 ta uy beriladi.
"Nima uchun o‘qituvchilarga uy beryapmiz, chunki bu eng to‘g‘ri yo‘l", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.
Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha ustozlarni bayram bilan tabrikladi.
"Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir. Men sizlarni juda hurmat qilaman", — dedi Prezident.
Yunusov Bahodir Maxsutovich Prezident Matbuot xizmati sho‘ba mudiri etib tayinlandi. U bunga qadar bosh konsultant edi.
Gaynulina Kamila Timurovna esa Prezident Matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi. U Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan.
👉 @xushnudbek 👈
BOLAGA ENG KO‘P TAZYIQNI AJRASHAYOTGAN OTA-ONALAR KO‘RSATADI — Lolazor podcast
📹 https://youtu.be/7chB-4njLII
Bugungi sonda biz Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bolalar ombudsmanining vazifalari, so‘nggi paytlarda bolalar bilan bilan sodir bo‘layotgan ayrim voqealar, bolalarni majburiy mehnatga jalb qilinishi, ota-onalik huquqidan qanday paytlarda mahrum qilinishi, oilaviy bolalar uylari, vasiylik va homiylik organi, bolalarni ekspluatatsiya qilish va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
📹 https://youtu.be/7chB-4njLII
🎙Podcastni eshitish uchun:
1️⃣ Apple Podcasts
2️⃣ Yandex Music
3️⃣ Spotify
👉 @xushnudbek 👈
"Lolazor" podkastining bugungi sonida Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova mehmon bo‘ldilar.
Qiziq suhbat bo‘ldi. Ko‘rish tavsiya etiladi.
Soat 12:00 dan boshlab YouTube kanalimiz orqali ko‘rishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Endi Cambridge oʻquv markazi taqdim etgan sertifikat Oʻzbekistondagi bir qancha OTMga kirishda tan olinadi
Cambridge oʻquv markazi oʻzining 10 yillik yubileyi munosabati bilan bir qator yangiliklarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Cambridge Oʻzbekistondagi oʻquv markazlari orasida IELTS va boshqa xalqaro til sertifikatlariga muqobil boʻlgan oʻz sertifikatini joriy qilmoqda.
Cambridge bu orqali ingliz tilini oʻqitish boʻyicha yangi darajaga chiqdi, deb aytish mumkin. Mazkur til sertifikati joriy qilinishi oʻquv markazining kelgusi rivojlanishini belgilab beruvchi omilga aylansa, ajab emas.
🗒Cambridge til sertifikati tan olinadigan OTMlar roʻyxati;
📄 Ingliz tili kurslariga yozilish.Taʼlim reklamasi
BMT Bosh Assambleyasining 79-yillik sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo va AQSH Tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🤝Ishtirokchilar terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish hamda radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni yanada faollashtirish va muvofiqlashtirish zarurligiga kelishib oldi.
👉 @xushnudbek 👈
HNK Media degan kompaniyaga ishonib o‘tirmanglar. Bu "loxotron" va firibgarlarning moliyaviy piramidasi
#firibgar
Avval ham shu kabi firibgarlar haqida ko‘p marta ogohlantirganman. Tesco Share, Solar City, SunEco, Parker, Disney va h.k. Bularning hammasi odamlarning pulini olib, oxirida qochib ketdi.
HNK Media deganini ham o‘rganib chiqdim, u ham yuqoridagi firibgarlardan va u ham bir xil usulda ishlaydi. Siz nimagadir pul tikasiz va hech bir mehnat qilmasdan katta daromad olasiz. O‘zingiz bilan ko‘proq odam olib kelsangiz, sizga kattaroq daromad va’da qilishadi. Mehnat qilmasdan pul topish ko‘plab odamlarni oson aldashning usuli. Chunki deyarli hamma uyda yotvolib, qo‘lini sovuq suvga urmasdan pul topishni xohlaydi. Osmondan pul tushib tursa, qanday mazza!?
Firibgarlar aynan mana shundan foydalanmoqda. Afsuski, bir xil usul bilan har safar minglab odamlarni aldayapti.
Xullas, HNK Media degan kompaniyaga ishonib o‘tirmanglar. Pul tikib qo‘ygan bo‘lsangiz, tezda yechib olishga harakat qiling. Pul yechish uchun yana ozgina pul tikishing kerak, desa ishonmang. Boshqa 1 tiyin ham pul tikmang. Hali pul tikmagan bo‘lsangiz, unda baxtingiz ekan, tezda bu fikrdan qayting. Tanishlaringizga ham buni yetkazing.
Afsuski, bu yerdagi katta muammo — pul tikkan odamlarning o‘zi bu yolg‘on ekanligiga ishongisi kelmaydi. Aldanganini tan olishni xohlamaydi. Ularni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lganlar bilan urishib chiqadi. "Sen bilmaysan, meni pul topayotganimni ko‘rolmaysan" deyishadi. Boshqalarni ham mana shu botqoqqa tortishga harakat qilishadi. Ammo siz ularga qayta-qayta bu yolg‘onligini aytavering. Oson bo‘lmaydi, lekin boshqa ilojimiz yo‘q.
❗️Kiberxavfsizlikka mas’ul organlar esa uxlab o‘tirmasdan, tezda bunaqa firibgar kompaniyalarga qarshi chora ko‘rishlari kerak. Har safar minglab sodda yurtdoshimiz aldanib qolishiga tomoshabin bo‘lib turmasligimiz kerak.
KunUz ham HNK haqida material tayyorlagan ekan:
https://kun.uz/kr/77712363
👉 @xushnudbek 👈
“Xalqchil IPO” doirasida dastlabki kompaniyaning roadshow taqdimoti boʻlib oʻtdi
Toshkentda 26-sentyabr kuni “Xalqchil IPO” dasturi doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining aksiyalarini ommaviy joylashtirish boshlanishiga bagʻishlangan roadshow taqdimoti boʻlib oʻtdi va YouTube orqali toʻgʻridan-toʻgʻri translatsiyasi uzatildi.
Tadbirda 30 yildan buyon mamlakat bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim oʻrin tutib kelayotgan tovar-xomashyo birjasi rivojlanishining asosiy jihatlari, strategik maqsadlari va rivojlanish istiqbollari taqdim etildi.
Bundan tashqari, tadbirda maʼruzachilar “Xalqchil IPO” dasturining Oʻzbekiston kapital bozori uchun ahamiyati, mavjud ommabop elektron platformalar orqali ariza topshirish imkoniyatlari va tartiblari haqida soʻz yuritdi.
Shuningdek, taqdimot davomida bitim parametrlari, tafsilotlari maʼlum qilindi. Oʻz navbatida, ishtirokchilar O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining moliyaviy istiqbollari va dividend siyosati haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldi.
📊 Hozirda aksiyalarni sotib olish uchun quyidagi havola orqali ariza berishi mumkin: www.xalqchilipo.uz
📱 Quyidagi havola orqali taqdimotni koʻrish mumkin: Roadshow taqdimoti.
Reklama
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni yana uchtaga ko‘paydi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 🇧🇮Burundi, 🇧🇼Botsvana va 🇱🇷Liberiya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi. Ular bilan mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.
🔹Shunday qilib, O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 154 taga yetdi.
Ma’lumot uchun, Botsvana — Janubiy Afrikada joylashgan mamlakat. Botsvana dunyodagi eng yirik olmos ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
Burundi — Markaziy Afrikada joylashgan, maydoni kichik, lekin tarixi va geografiyasi bilan noyob mamlakat. Burundi qahva va choy ekishda Markaziy Afrikada yetakchi.
Liberiya — G’arbiy Afrikada, Atlantika okeani sohilida joylashgan mamlakat. Afrikalik qullarning ozod qilinganidan keyin tashkil etilgan birinchi mustaqil davlat.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovga fidokorona xizmati va professionalizmi uchun minnatdorlik bildirdi.
Komil Allamjonov faoliyatini xususiy biznesda davom ettirishini ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.
Agar xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston tarixida ilk marta bayramda o‘qituvchilarga mukofotni Prezidentning shaxsan o‘zi topshirdi. Avval bunaqasi bo‘lmagandi.
Ustozlar bundan ortig‘iga ham munosib.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi.
Institut bundan 90 yil oldin, 1934-yilda ochilgan. Avvallari malaka oshirish instituti sifatida holati qoniqarsiz edi, o‘qituvchilar uchun sharoitlar mavjud emasdi. Hozirda ushbu dargoh nafaqat ko‘rinishi, binolari va jihozlari zamonaviy holatga keltirildi, balki mohiyati va mazmuni ham o‘zgardi, undagi darslar eng ilg‘or, bugungi kun uchun dolzarb uslublar orqali o‘tiladigan bo‘lmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Maktab va bog‘chalarda qamrovni oshirish bo‘yicha rejalar:
➖Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi;
➖Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi;
➖Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi;
➖ Yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi;
➖Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bir yilni yo‘qotmasdan Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabasi bo‘ling!
🔹Imkoniyatlar:
— UzBMB (DTM) ball bilan talaba boʻling;
— 25% gacha imtiyoz (chegirmalar);
— Kontrakt narxi hamyonbop;
— Kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlang;
— HEMIS dasturi;
— Davlat namunasidagi diplom;
— Yangi yoʻnalishlar;
— 8 400 000 grant yutib olish imkoniyati.
🧑💻 Bakalavr yo'nalishlari:
🔹Iqtisodiyot: tarmoqlar va sohalar bo‘yicha
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🔹Bank ishi
🔹Boshlang‘ich taʼlim
🔹Maktabgacha taʼlim
🔹Jismoniy madaniyat
🔹Texnologik taʼlim
🔹Tarix
🔹Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
🔹Psixologiya
🔹Biologiya
🔹Matematika
🔹O‘zbek tili va adabiyoti
🔹Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili va adabiyoti
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹Kompyuter injiniringi: Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi
🔹Neft va gaz ishi: Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
🔹Neft va gaz ishi: Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash
🔹Neft va gaz ishi: Magistral quvur tizimi, neftbaza va neft-gazni saqlash, tashish, inshootlarni loyihalash va ishlatish
🔹Konchilik ishi
🔹Metallurgiya muhandisligi
🔹Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
🔹Yo‘l harakatini tashkil etish: Avtomobil transportida yo‘l harakatini tashkil etish
🔹Yo‘l harakatini tashkil etish: Temir yo‘l transportida yo‘l harakatini tashkil etish
🔹Geodeziya va geoinformatika
🔹Kadastr
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Arxitektura va qurilish
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Kimyo va oziq-ovqat sanoati
🧑💻 Magistratura yo'nalishlari:
🔹 Iqtisodiyot: tarmoqlar va sohalar bo'yicha
🔹Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
🔹Tarix
🔹Pedagogika
🔹Psixologiya
Taʼlim reklamasi
Читать полностью…
Shavkat Mirziyoyev:
"Dunyodagi mo‘tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzum, kerak bo‘lsa, armonim edi.
Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman".
❗️ Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.
Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.
🔰 Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida qabul davom etmoqda!
Tibbiyot texnikumlari va kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.
Shuningdek, UZBMB (DTM) ballari bilan ham imtihonsiz qabul qilinadi.
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
Hujjatlar onlayn va offlayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish
Litsenziya (0033-son, 08.09.2021-y.)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
📍Manzil
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
5 kunga 5 GB BEPUL!
Ucell interneti tezligini bepul sinab ko‘ring.
BatafsilReklama
Soliq va bojxona imtiyozlaridan eng ko’p foydalangan korxonalar ro’yxati e’lon qilindi
2024-yil 1-yarmida davlat budjeti daromadlari 121 trln so‘mni, xarajatlar 149,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu davrda foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 63,4 trln so‘mni (2023-yilda 127,1 trln so‘m) tashkil etgan.
Bundan tashqari, 63 ta chet el yuridik shaxslarining O‘zbekistondagi doimiy muassasalari tomonidan 843,6 mlrd so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan.
Soliq imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni imtiyoz summasi kesimida:
1 mlrd so‘mgacha — 129 ming 460 ta;
1-100 mlrd so‘mgacha — 2 ming 560 ta;
100 mlrd–1 trln so‘mgacha — 36 ta;
1 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan imtiyozdan foydalanganlar soni 3 tani tashkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈
“Gʻazalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Shu maqsadda suv ombori E-auksion platformasiga joylashtirildi.
Obyekt 10 yil muddatga ijaraga beriladi. 1️⃣ oylik boshlang‘ich ijara haqi: 💰525 000 so‘m.
👉 @xushnudbek 👈
👍Shoshiling! UBSda qabul yakunlanmoqda!
University of business and science’ning Namangan va Toshkent shaharlaridagi oʻquv binolarida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
Talaba bo‘lish istagidagi yoshlar, nufuzli universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. UBSda oliy ma’lumot olishdan tashqari, ingliz tili va zamonaviy kasblar (dasturlash, dizayn, SMM va boshqa)dan birini egallash uchun ham sharoitlar yaratilgan.
👉 UBSning 33 ta bakalavr yo‘nalishlari
👉 Qarindoshlar uchun 10% chegirma
👉 Sinfdoshlar uchun 10% chegirma
ubsuzbekistan">🌐 ubsuzbekistan">qabul.ubsu.uz | +998781132626, +998907894242
📍Namangan:
Obihayot MFY, Nodim Namangoniy, 5-uy
📍Toshkent:
41.259585,69.188483,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.259585!4d69.188483?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDgyMC4xIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Kunduzgi ta’lim — 18 360 000 soʻm 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim — 9 860 000 so‘m.
📄 Litsenziya (№ 364533, 05.10.2022) | 💻 Hemis tizimi
Telegram | Instagram | Veb-sayt | Ta’lim reklamasi
🏆 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum birinchi o‘yinida Abbos Salaydinov jamoasi ishtirok etadi.
‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!
Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.
📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.
✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇹🇬 Togo Oʻzbekiston diplomatik aloqalar oʻrnatgan 155-davlat boʻldi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Togo tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunikeni imzoladi.
ℹ️ Maʻlumot uchun, Togo tropik iqlimi bilan ajralib turadi. Gʻarbiy Afrikaning kichik davlati hisoblangan Togoda 40 ga yaqin turli xil etnik guruhlar yashaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Yurisprudensiya yoʻnalishiga oʻqishga kira olmagan abituriyentlar diqqatiga!
❗️Toshkent shahrida joylashgan, Vazirlar Mahkamasi qarori hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining litsenziyasiga ega SARBON UNIVERSITETI oʻz faoliyatini boshladi!
Mazkur oliygohda koʻplab yoʻnalishlarda oʻqish imkoniyati mavjud boʻlib, shulardan biri davlat va jamiyat boshqaruvi yoʻnalishidir.
✅ Davlat va jamiyat boshqaruvi yurisprudensiya yoʻnalishi bilan turdosh. Agar siz yurisprudensiyaga imtihon topshirib, talabalikka tavsiya etilmagan boʻlsangiz, bizda siz uchun imkoniyat mavjud.
Yurisprudensiya yoʻnalishi imtihonlaridan toʻplagan 90 DTM ballingiz bilan SARBON UNIVERSITETIning davlat va jamiyat boshqaruvi yoʻnalishi talabasiga aylaning!
🎓 SARBON UNIVERSITETI – yetakchilar safida boʻl!
☎️ Bog‘lanish uchun telefon:
+998788882288
📲 Onlayn hujjat topshirish
Telegram || Instagram || WebsiteTa’lim reklamasi