xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan


Almatov Zakirjon - ichki ishlar vazirining maslahatchisi
 

«Mardlik» ordeni bilan


Mardonkulov Nodirjon (marhum) - Dang‘ara tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

 
«Do‘stlik» ordeni bilan


Gorbatsevich Viktoriya - Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi

 
«Jasorat» medali bilan


Murodov Jurabek - Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Suyarov Sherzod - Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

 
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan


Askarov Uktam - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i

Qodirov Sayidakbar - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Qo‘shbarmoqov Ulug‘bek - Ichki ishlar vazirligi Markaziy tergov hibsxonasi xodimi

Mirsadikov Dilmurod - Uchtepa tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Muydinova Gulnora - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi bosh eksperti

Sayidov Nodirbek - Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Xojiyeva Marxabo - Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi

Xudayarov Nizomjon - Xonqa tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

 
«Sog‘lom turmush» medali bilan


Adilova Gulshod - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori

 
«Shuhrat» medali bilan


Aliboyev Mamatali - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Dustov Zafar - Arnasoy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

Indiaminov Farrux - Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 8-ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Kazaxbayev Malik - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori

Kuchkarov Turg‘un - Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi boshlig‘i

Qosimov Utkirbek - Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i

Niyazov Feruz - Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i

Xidirov Yusufjon - Namangan viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xonadonlar oyiga 4 mln so'mdan! 🤩

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Xon Saroy Afsonasi” loyihasidan 1 xonali xonadonlarga boshlang'ich to'lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 4 mln so'mdan to'lab boring ✨

Loyiha hududida baxtli hayotingiz uchun barchasi mujassam:

✅ Xavfsiz bolalar maydonchasi
✅ Eco-hudud
✅ Yerosti va yerusti avtoturargohlari
✅ Work out zona
✅ 24/7 qo'riqlanuvchi xavfsiz hudud

Bot orqali bog‘lanish

📲 712007400
📲 555017400

🌐 xonsaroy.uz
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abduhakimov Murodullo Togʻayevich Andijon viloyati prokurori etib tayinlandi.

U bunga qadar Bosh prokuraturaning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida 🇹🇷Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qiymati 352 mln dollarlik 76 ta hujjat imzolandi

Kecha, 22-oktyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston IV Hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Oljas Bektenov ishtirok etdi.

Forumda sanoat kooperatsiyasi, suv-energetika, tranzit va transport sohalari, gaz sanoatidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-iyuldan 21-avgustga qadar o‘tkazilishi mumkin

Bu bo‘yicha Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

➖ aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuzilishi;

Statistika agentligi aholini roʻyxatga olishni planshet qurilmalari yordamida oʻtkazish uchun 2024–2026-yillarda zarur texnik va dasturiy vositalarni Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda xarid qilish ishlarini tashkil etishi;

Kadastr agentligi 2025-yil 1-iyulga qadar aholi punktlari va koʻchalar nom belgilarini oʻrnatish, xonadon va uylarni toʻliq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazilishini taʼminlashi;

➖ mahalliy hokimliklar 2025-yil 1-sentyabrga qadar hududlarning maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarining oʻzgarishi, toponomik obyektlarga nom berilishi va ularning nomlari oʻzgarishi boʻyicha tegishli maʼlumotlarni hududiy statistika organlariga oʻz vaqtida taqdim etib borilishini taʼminlashi;

Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar aholini roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining yangilangan sxematik rejalari va xaritalari) bilan toʻliq taʼminlashi lozimligi belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, Oliy Majlis palatalariga 2025-yil 1-sentyabrdan 2026-yil 1-sentyabrga qadar respublika boʻylab maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini oʻzgartirish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish ishlarini vaqtincha toʻxtatib turish tavsiya etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 23-24-oktyabr kunlari BRICS sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚍✈️ 🚆 O'zbekistonda poyezd, samolyot va avtobus qatnovlari haqida ma'lumot va chipta sotib olish uchun yagona platforma ishga tushiriladi

Transport vazirining buyrug‘i bilan mazkur platforma 20-noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab “Uztrans” axborot tizimida transportning barcha turlari uchun chipta qidirish imkoniyatiga ega modul faoliyati to‘xtatiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🅿 Toshkentda 14 mingga yaqin pulli avtoturargoh o‘rni quriladi

Kelgusida esa jami 84 mingga yaqin parking maydoni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Pulli to‘xtash joylari 10 yil muddatga “e-auksion” platformasi orqali ijaraga qo‘yiladi.

💰 “Parkovka” narxlari esa zonasiga qarab 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilangan.

🗺 “Parkovka” uchun ajratiladigan hududlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Vebster universiteti (Webster University) oʻzining qoʻshma ta’lim dasturlarini hamkor universitetlarda taklif etadi

Toshkent tibbiyot akademiyasida:

- Biologiya (BA in Biology)
- Kimyo (BS in Chemistry)
- Psixologiya (BA in Psychology)
- Hamshiralik ishi (BSN in Nursing)


Samarqand davlat universitetida:
- Biologiya (BA in Biology)
- Kimyo (BS in Chemistry)
- Psixologiya (BA in Psychology)


Samarqand davlat tibbiyot universitetida:
- Hamshiralik ishi (BSN in Nursing)


Buxoro davlat tibbiyot institutida:
- Biologiya (BA in Biology)
- Kimyo (BS in Chemistry)
- Psixologiya (BA in Psychology)
- Hamshiralik ishi (BSN in Nursing)


3+1 dasturi orqali oxirgi 1 yilni AQSHda oʻqish va 2 ta diplom olish imkoniyatiga ega boʻlasiz!

Professor Joldas Kuldjanov bilan eksklyuziv suhbatimizni tomosha qiling va AQSHda hamshiralik kasbi afzalliklari haqida bilib oling!   
   
👉 https://youtu.be/1w2f7m40G3Q?si=zsM2K6-WuZI-OhlU   

📩 Hujjatlarni onlayn webster.uz/apply sayti orqali topshirish mumkin.

📧Elektron pochta:
uzadmissions@webster.edu

📞Telefon: +998555030066
(Litsenziya: № 038901)

ℹ️Sayt | 🌐Telegram | 🤳Instagram

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Bu haqda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida eslab o‘tildi.

Qadrli vatandoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

O‘zbek tilimizning boyligi, kuch-qudrati yanada ziyoda bo‘lsin!, — deyiladi tabrikda.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi.

450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun 🇺🇸AQSh, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇲🇽Meksika va 🇫🇷Fransiyadan chet ellik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

O‘quv jarayoni “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etilgan. Bu yaxlit o‘quv tizimini yaratish, resurslarni optimallashtirish, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligini oshirish kabi jihatlar bilan ajralib turadi.

Universitetning imkoniyatlarini kengaytirish uchun kelgusida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sobiq kollejlar binolari ta’mirlanib, kampusga aylantirilishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#abituriyent

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavr yo‘nalishlariga qabul imtihonlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlarini e'lon qildi.

O‘quv dasturlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

E’tibor bering: bu darsliklar ro’yxati emas, balki o’quv dasturlari ro’yxati. Jaydari tilda aytganda, abituriyentlar qaysi bilimlarni (mavzularni) egallashi kerakligi haqida ma’lumot.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

DJ PILIGRIM — SENZURA, SIYOSAT, "BARSELONA" VA HALOVATNING QAYMOG‘I HAQIDA — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/UATEWVA5axg

“Lolazor”ning bugungi mehmoni — Dj Piligrim nomi bilan xalqimizga yaxshi tanish bo’lgan san’atkor Ilhom Yo‘lchiyev bilan turli qiziq mavzularda suhbatlashdik.

Podkast mundarijasi:

00:00 Tizer
00:54 Reklama
01:13 Intro
01:43 Bugungi mehmonimiz — Dj.Piligrim
04:54 17 yil vegeterianlik
08:45 Soqolim olinmagani uchun tadbirlarga chaqirishmasdi
17:28 “Ko‘k choy” qo‘shig‘i haqida
19:08 Dj.Piligrim oxirgi yillarda nimalar bilan band?
22:38 To‘y sanoati haqida
26:14 Mualliflik huquqiga nega qaralmaydi?
29:37 Madaniyat vazirligi kerakmi?
34:16 Mustaqillik bayrami qanday bo'lishi kerak?
36:20 Yulduz Usmonova haqida
37:13 San’atkorning fuqarolik pozitsiyasi haqida
40:50 Teylor Svift haqida
44:25 Siyosat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganman
46:54 Qozog‘istonda yulduz ekanman
47:40 Ijodkorga ijod erkinligi kerak
53:18 Brbalo guruhining yigitlarini qamab qo‘yishdi
55:20 Haqiqiy ijod “oqar suv”ga o‘xshaydi
1:00:27 Heyt qiladigan insonlar — muhabbati yo‘q insonlar
1:03:12 “Ovoz. Bolalar” loyihasiga kelishi va undagi vazifalari haqida
1:11:32 O‘zbek san’atida Dj.Piligrim tan oladigan qo‘shiqchilar
1:14:45 O‘zbek san'ati nima uchun degradatsiyaga uchradi?
1:16:45 “Он и она” qo‘shig‘ining tarixi
1:20:15 Sayohatni nima uchun yaxshi ko‘radi?
1:26:16 “Barselona” futbol klubiga muxlisigi haqida
1:27:57 “Yevropadan to‘yib qoldim”
1:29:35 Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi haqida
1:33:57 “Oyiga 3 millionga yaqin jarima to‘layman”
1:38:53 “Halovatni hamon izlayapman”
1:41:33 Dj.Piligrimning gonorari qancha?
1:43:26 “Sizda SSSRga nisbatan nostalgiya bormi?”
1:45:49 Urush haqida
1:49:32 Toshkent ekologiyasi haqida
1:52:26 “Ты меня забудь” qisqa muddatda yaratilgan
1:55:54 Rossiyada ham “запрет”ga tushgani haqida
2:02:00 “Katta konsertlar qo‘yishni xohlayman”
2:04:00 “Nay chalishni yaxshi ko‘raman”
2:06:46 Ko‘rishguncha xayr

Dam olish kunida maroqli tomosha tilayman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyada ilk temuriyzoda malika Shodmalik Sultonning qo‘li bilan yozilgan Qur’on qo‘lyozmasi topildi

Bu haqida Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligida ma’lum qilindi. Noyob topilma Amir Temurning chevarasi, Temurning katta o‘g‘li Jahongir Mirzoning nevarasiga qizi tomonidan atab bitilgan.

Qo‘lyozmani topgan Istanbul universiteti doktori Emek Ushenmesning bildirishicha, Anqarada Temurning nevarasi Jahongir Mirzo Boyazid bilan bo‘lgan jangda yaralanadi va Kaysera shahriga kelib vafot etadi. 1467-yil qizi malika Shodmalik Sulton o‘z qo‘llari bilan Qur’oni Karim oyatlarini qo‘lyozma shaklida yozib tugatadi. U ayni paytda Istanbuldagi Turk va islom asarlari muzeyida saqlanmoqda.

Madaniy meros haftaligida ushbu qo‘lyozmaning faksimile nusxasi O‘zbekistonga qaytarilishi ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari edi.

***

Kaypov Daryabay Jaksibayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Mukofotni Tatariston raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida 🇮🇳Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi 5 oylik "GID-TARJIMON" kursini taklif etadi

Afzalliklari:
🔴 Кurs xarajatining 30 foizi Turizm vazirligi tomonidan qoplanadi;
🔴Sayyor darslar-amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim tizimi;
🔴Beshta hudud;
🔴Kurs yakunida davlat namunasidagi diplom.

Shuningdek, tarmoq markazida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

🔹 G'arb tili (ingliz, fransuz, ispan, italyan va nemis tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
•4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
•8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).
🔹 Rus tili bo‘yicha o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari 5 oylik;
🔹 Sharq tillari (arab, turk, xitoy va koreys tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔹 Avia-bort kuzatuvchi (styuardessa) 1 oylik.

Ushbu kurslarni tugatgandan soʻng ta’lim tizimida uzluksiz dars berish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.


Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:

📱@Jahon_tillari_malaka_oshirish  
☎️ +99890 0470502

📍 Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, G9A mavzesi, 21-uy. Jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona.

🚀 Telegram | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abdullayev Olimjon Suyunovich tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aytgancha, kuni kecha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi.

Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Uchquduq tumanidagi 7-maktab jamoasi (Navoiy);
🥈2-o‘rin: Buxoro shahridagi 39-IDUM jamoasi (Buxoro);
🥉3-o‘rin: Bog‘ot tumanidagi 92-sonli IMI jamoasi (Xorazm).

Mazkur o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

Shuningdek, ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

HONOR X7c — sizning ishonchli hamrohingiz

Har daqiqada o‘zingizga ishonch uyg‘otish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega yangi smartfon: tasodifiy tushirib yuborishlarda 5 yulduzli bardoshlilik, suvga chidamlilik va 360° ultra mustahkamlik.

Yuklama va salbiy ta’sirlardan himoyalangan. Uning 256 + 16 (8+8) GB katta xotira hajmi bilan unutilmas lahzalaringizni saqlang.

Smartfonni brend saytida yoki O'zbekiston bo'ylab texnika do'konlarida xarid qiling va sovg'asiga simsiz kolonkaga ega bo'ling.

Sayt | Instagram | Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan:

— Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;

— Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;

— Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;

— Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident Toshkent shahrining drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirdi, kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatganini qayd etdi.

Drenajni to‘g‘irlashnining o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygan.

Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rasul Hamzatov bir asarida shunday eslaydi:

Avarlar qishlog‘idan bir yigit Fransiyaga o‘qishga ketib, o‘sha yerda qolib ketadi. Boshqa bir hamqishlog‘i Fransiyaga borib kelgach, yigitning onasi o‘g‘li haqida so‘rashga shoshiladi:

- O‘g‘lim bilan ko‘rishdingizmi?
- Ha, ko‘rishdim.
- O‘g‘lim Siz bilan qaysi tilda gaplashdi: avar tilidami yoki fransuz?
- Fransuz tilida.
- Unda u mening o‘g‘lim emas!

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi.

Butun xalqimizni ushbu muhim sana bilan tabriklayman.

O‘zligimizning asosiy belgisi bo‘lgan ona tilimizning umri boqiy bo‘lsin!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra:

➖ boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash 9-sinfni tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

➖ oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UZEX aksiyalarini sotib olish uchun ariza berish imkoniyatlari yanada kengaytirildi

Endi aksiyalarni quyidagi usullar orqali sotib olish mumkin:

ipo.e-auksion.uz platformasi;
GoInvest ilovasi (hozirda Google Play’da mavjud);
Jett servisi (Multicard, Zoomrad, MyUztelecom, DavrMobile 2.0 ilovalarida) yoki app.jett.uz veb terminali;
brokerlar orqali;

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) "Xalqchil IPO" doirasida mablag‘larni foydali joylashtirishni taklif qilmoqda. Xarid qilingan har bir aksiya 4 ta qo‘shimcha aksiya olish imkonini beradi. Bundan tashqari, birja har yili foydaning kamida 50 foizini dividendlar to‘lashga yo‘naltiradi.

⏳ Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024-yil 28-oktyabrgacha amal qiladi (7 kun qoldi).

👉 Batafsil: www.xalqchilipo.uz

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Lolazor" podkastining navbatdagi sonida DJ Piligrim taxallusi bilan xalqimizga yaxshi tanish bo’lgan san’atkor Ilhom Yo’lchiyev mehmon bo‘ldi.

O’zgacha suhbat bo‘ldi. Dam olish kunida ko‘rish tavsiya etiladi.

Suhbatni ertaga, yakshanba kuni soat 12:00 dan boshlab YouTube kanalimiz orqali ko‘rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️5 oy ichida 24 mingdan ortiq muhtoj fuqarolar protez-ortopediya vositalari bilan ta'minlandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi may oyida muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida yangi tizimni ishga tushirgan edi.

🗓 Ushbu tizim yordamida ta'minot muddati protezlar uchun 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari uchun 52 kundan 11 kunga qisqardi.

🩼 Ayni paytgacha fuqarolar zarur vositalarni xarid qilishi uchun 57 mingdan ortiq onlayn-vaucher shakllantirilib, 24 ming kishiga barcha zarur vositalar berilgan, 90 dan ortiq tadbirkor platformada 500 turdagi mahsulotlarni joylashtirgan.

🦼 Hozirda muhtoj shaxslar yana 7 mingta tegishli vositalarni olishi hamda 14 mingta vaucheri shakllangan fuqarolar buyurtma berishlari kutilmoqda.

📞 Protez-ortopediya vositalariga ehtiyoji bo‘lganlar “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga yoki 1140 qisqa raqami orqali Call-markazga murojaat qilishlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel