Jollibekov Vladimir Baxtiyarovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari – investitsiya va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Bunga qadar u Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi edi.
👉 @xushnudbek 👈
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr, dushanba kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.
II chorak darslari 11-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari
👉 @xushnudbek 👈
Soat 20:00 da O’zbekiston hududida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi.
Ayni daqiqalarda ovozlarni sanab chiqish jarayonlari boshlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Saylovda ovoz bergan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va hokimlar (2-qism)
👉 @xushnudbek 👈
✔️ Soat 15:00 holatiga saylovchilarning 62,7 foizi yoki 12 mln 504 ming 688 nafar kishi ovoz berdi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda deputatlik saylovi o‘tgan deb hisoblandi
Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, soat 13:00 holatiga ko‘ra, 19 mln 944 ming 859 nafar saylovchidan 9 mln 498 ming 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Saylov kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Senat raisi Tanzila Norboyeva, Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov (nabirasi Mirhamid bilan), muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazarov hazratlari saylovda ovoz berdi.
👉 @xushnudbek 👈
"Lolazor" podkastining bugungi mehmoni O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.
Biz ushbu sonda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning prezidentlik davri, karantin davrida davlat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, hukumatdagi yozuvchilar, Abdulla Oripov va o'zbek she'riyati, o'zbek tilining holati, adiblar hayotiga oid xotiralar va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik.
Suhbatni bugun soat 13:00 dan boshlab YouTube kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylov jarayonlariga rasman start berildi. Barcha saylov uchastkalarida soat 8:00 da davlatimiz madhiyasi yangradi.
Videoda Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasidagi jarayon aks etgan.
🏫 Manba: O‘zA
👉 @xushnudbek 👈
“YandexGo UB” MCHJ, “Yandex Eats” MCHJ XK hamda “Express24 APP” MCHJlar ustun mavqega (monopol) ega raqamli platforma operatorlari sifatida e’tirof etildi
Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan taksi agregatori xizmatlari bozorida “YandexGo UB” MCHJ hamda tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “YANDEX EATS” MCHJ XK, “EXPRESS24 APP” MCHJ (Express24 xizmati)larni ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari deb e’tirof etildi.
Asos: “YANDEX EATS” MCHJ XK va “YANDEXGO UB” MCHJlarning bu sohalarda ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomalari.
👉 @xushnudbek 👈
Adliya katta maslahatchisi Bobojonov Baxtiyor Bekovich Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun “sukunat kuni”
Ertaga, 27-oktyabr kuni Parlament va mahalliy kengash deputatligi uchun saylov kuni.
Saylov kodeksiga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga 1 kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
ℹ️ Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.
⏰ Ma’lumot uchun, saylovda ovoz berish 27-oktyabr kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha tegishli saylov uchastkalarida o‘tkaziladi.
📍 Qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingizni mana bu sahifa orqali aniqlab olsangiz bo'ladi:
https://saylov.uz/oz/services/find-your-polling-station
Shuningdek, mazkur sahifada saylov uchastkasi manzili va lokatsiyasi ham berilgan.
📋 Saylov uchastkasiga shaxsni tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarning biri bilan kelish mumkin:
➖ fuqaro pasporti yoki ID-kartasi;
➖ xorijga chiqish pasporti;
➖ harbiy guvohnoma;
➖ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
➖ fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlaridan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma.
👉 @xushnudbek 👈
🚘 1-noyabrdan import avtomobillar bojxona hududida emas, Piskent poligonida sinovdan o‘tkaziladi
Mazkur tartib rasmiy dilerlar orqali import qilingan transport vositalariga tegishli bo‘ladi, o‘z ehtiyoji uchun xorijdan avtomobil olib keladiganlarga taalluqli emas.
Sinov muddati 3 oy davom etib, 15 ming kilometr yurgan mashinalarga muvofiqlik sertifikati beriladi.
Sinovlar xalqaro darajada tan olinadi. Buning uchun BMTning transport sohasidagi qoidalari amaliyotga kiritiladi.
Ushbu qoidalar asosida sinovlarni oʻtkazish faqatgina xalqaro ISO tashkilotining (International Organization for Standardization) standartlari va Yevropa direktivalari asosida amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun ichki ishlar organlari xodimlari kuni!
O‘zbekistondagi eng katta huquqni muhofaza qiluvchi organning barcha fidoyi xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman!
Ichki ishlar organlari amalda xalqning eng ishonchli do‘sti va himoyachisi bo’lishiga tilakdoshman.
Xalq xizmatidan charchamang!
👉 @xushnudbek 👈
Biznesingizni targ‘ib etish uchun SMS-tarqatma xizmati
90% abonentlar SMSni olinganidan keyingi besh daqiqa ichida o‘qiydi. “Promo” tijoriy tarqatmalar xizmati bilan sizda quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:
• Ucell abonentlari orasidan yangi mijozlar orttirish;
• Faqat mo‘ljaldagi auditoriyani jalb etish;
• Mavjud mijozlarning sodiqligini oshirish;
• Kompaniyaning ijobiy imijini shakllantirish.
O‘z tovar va xizmatlaringizni targ‘ib etish uchun tezkor va ishonchli usuldan foydalaning!
✉️ smsb2bservice@ucell.uz
Batafsil: www.ucell.uz/3fkkReklama
✔️ Dastlabki natijalarga ko‘ra, Qonunchilik palatasidagi 150 ta o‘rin partiyalar orasida quyidagicha taqsimlanadi:
🔵 O‘zLiDeP — 64 ta o‘rin (38 ta bir mandatli okrug, 26 ta yagona okrug);
⚪️ Milliy tiklanish — 29 ta (15+14);
🔴 Adolat SDP — 21 ta (9+12);
🟣 XDP — 20 ta (7+13);
🟢 Ekopartiya — 16 ta (6+10).
👉 @xushnudbek 👈
❓Pech yordamida isitishda qanday yong‘in xavfsizligi talablari borligini bilasizmi?
Qonunchilikka ko‘ra, odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar bo‘ladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini o‘rnatish taqiqlanadi❌
🔷Suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
🔴 isitish pechlari uch oyda bir marta;
🔴 doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va o‘choqlar ikki oyda bir marta;
🔴 oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta o‘tkaziladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
👉 @xushnudbek 👈
❗️Saylovda 800 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar ovoz bermoqda
Bundan:
🔹105 404 nafari ovoz berishda ko‘makka muhtoj shaxslar;
🔹17 309 nafari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslardan iborat.
Ularga quyidagi qulayliklar yaratildi:
▫️Uyda ovoz beruvchi shaxslar uchun saylov komissiyasi a’zolari tomonidan yashash manziliga borgan holda ovoz berish imkoni yaratildi;
▫️O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun gavjum joylarda bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi;
▫️Saylov uchastkasiga mustaqil boruvchi shaxslar uchun alohida jihozlangan yashirin ovoz beruvchi kabinalar o‘rnatildi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi huzuridagi 45-saylov uchastkasida o‘tayotgan saylov jarayonlaridan lavha
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bugun tongda oila a’zolari bilan saylovda ovoz berdi hamda saylov uchastkasiga kelgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari 59-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuqori saviyada o‘tayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini ta’kidlashdi.
Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga sog‘lik-omonlik tilab duolar qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
🏫 Manba: O‘zA
👉 @xushnudbek 👈
Xorijda ovoz berish jarayonlari boshlandi
Hozirgi vaqtda 40 ta xorijiy davlatdagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalarida 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan.
Xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi yurtimizning Yaponiya va Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlandi.
Ovoz berish jarayonlarining soʼngisi Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi vakolatxonalarimizda Toshkent vaqti bilan 28-oktabr soat 05:00 da yakunlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Saylovda qanday ovoz beriladi?
Bu haqda videoda batafsil tushuntirish berilgan.
Ertaga saylovga borganingizda sizga 4 ta byulleten berishadi. Bunga hayron bo’lib qolmang. Byulletenlar 4 xil rangda bo’ladi. Bular:
1) 🔵 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda siz faqat partiyaga ovoz berasiz, konkret nomzodlarga emas;
2) 🟢 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda siz partiyaga emas, nomzodga ovoz berasiz;
3) 🟡 Viloyat Kengashi deputatligi uchun nomzodlar;
4) ⚪️ Tuman, shahar Kengashi deputatligi uchun nomzodlar.
O’zingizga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga ➕, yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.
❗️BU MUHIM: ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi xarajatlarini yengillashtirish maqsadida kompensatsiyalar joriy etildi. Bu yil 1,4 million muhtoj oilaga, jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalarga ham 270 ming soʻm miqdorida bir martalik kompensatsiya toʻlanadi.
Ushbu mablagʻlar isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal toʻlovlarni qoplashga yordam berishi aytilyapti. Kompensatsiya avtomatik tarzda toʻlanadi — ariza yoki boshqa hujjatlar talab qilinmaydi.
Agar oilangizda gaz va elektr energiyasi iste’moli ijtimoiy me’yordan oshsa, boshqa qoʻshimcha kompensatsiyalar ham olishingiz mumkin. Murojaat uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 1140 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
2024-yilning yanvar-sentyabr oylari holatiga ko'ra, O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:
🔹 aholi soni – 37,35 mln kishi;
👩🦳 ayollar soni – 18,5 mln kishi;
👨 erkaklar soni – 18,8 mln kishi;
🌆 shaharda yashovchilar – 19,0 mln kishi;
🏡 qishloqda yashovchilar – 18,3 mln kishi;
💍 nikohlar soni – 179,3 mingta;
💔 ajrimlar soni – 33,9 mingta.
🔹 Umumiy migratsiya:
🛬 ko‘chib kelgan – 186,8 ming kishi;
🛫 ko‘chib ketgan – 193,5 ming kishi.
🔸 Shundan, tashqi migratsiya:
🛬 ko‘chib kelgan – 1,7 ming kishi;
🛫 ko‘chib ketgan – 8,3 ming kishi.
👉 @xushnudbek 👈
O'zbekistonda iTV striming platformasi Tahrirchi startapi bilan birgalikda sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tiliga subtitrlarni oʻgirish uchun maxsus loyihani ishga tushirdi.
Bu loyiha o‘zbek tilidagi kontentni yanada kengaytirishga qaratilgan.
Endi tomoshabinlar sevimli film va seriallarini asl tilida ko‘rishlari va shu bilan birga, sun’iy intellekt orqali tarjima qilingan o‘zbekcha subtitrlar bilan kontent atmosferasiga to‘liq sho‘ng‘ishlari mumkin.
Siz ham oʻzbekcha subtitrlari mavjud film va seriallarni tomosha qilishni istasangiz, ularni shu yerda topishingiz mumkin.Reklama
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, o‘rniga Migratsiya agentligi tashkil etildi.
Shuningdek, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi Agentlikka oʻtkazilib, uning negizida Migratsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq nazorat tadbirlarini oʻtkazishga ruxsat etiladi.
👉 @xushnudbek 👈