xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

❗️Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Bugun, 25-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:28 da Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot quladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Boku shahridan Rossiyaning Grozniy shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan.

Samolyot bortidagi 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a'zosidan 32 nafari, jumladan, 2 nafar bola aviahalokatda omon qolgani xabar qilinmoqda. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.

Hozirda Qozog‘iston hukumati tomonidan tuzilgan komissiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Ba'zi taxminlarga ko‘ra, halokatga samolyot boshqaruv tizimining ishdan chiqqani, ikkala dvigatelning bir vaqtda ishlamay qolgani yoki parvoz vaqtida qushlar bilan to‘qnashib ketilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hodisadan so‘ng, MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgda bo‘lib turgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev shoshilinch ravishda Bakuga qaytib ketdi.

26-dekabr kuni Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev samolyot halokati oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik bildirdi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Mahalla yettiligi"ning vazifalari nimalardan iborat?

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.

"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘qituvchilarning maoshidan qo‘lingizni torting, iltimos

Respublika Oliy ta’lim kengashining hozircha rasman e’lon qilinmagan 29-noyabrdagi bayonnomasiga ko‘ra, oliy ta’limdagi o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqini ushlab qolish haqida ham band bor ekan.

Unda aytilishicha, 2025-yil yurtimizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili" deb e’lon qilingani munosabati bilan ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga oliy ta’lim tizimidagi rahbar hamda professor-o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqini "Yashil makon" umummilliy loyihasiga yo‘naltirish tashabbusi ma’qullanibdi.

Bu tashabbusni kim bergan deysizmi? Albatta, yana o‘sha oliygoh rektorlari bergan emish. Qaysi rektorlar bu tashabbusni bildirgani ma’lum emas. Lekin agar shunaqa rektorlar rostdan bor bo‘lsa, unda nomard ekan. Agar o‘sha rektorlarni ko‘rib qolsam "Xohlasangiz o‘zingizning ish haqingizni 100 foizini o‘tkazib beravering, bu sizning ishingiz, lekin o‘qituvchilarning oyligiga ko‘z olaytirmang va birovning puliga xo‘jayinchilik qilmang" degan bo‘lardim.

PROFESSOR-O‘QITUVCHILARGA ESLATMA:

❗️Agar xodim o‘zi rozi bo‘lmasa, ko‘chat ekish yoki obodonlashtirish uchun ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas!!!

Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlarining jamoasi nomidan bitta umumiy bayonnoma qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin aksariyat xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish NOQONUNIY! Har bir xodim o‘zi shaxsan 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi SHART!

Agar qaysidir oliygohning buxgalterlari Respublika Oliy ta’lim kengashining bayonnomasini pesha qilib, har bir professor-o‘qituvchining alohida yozma roziligini olmasdan, yoppasiga hammaning 1 kunlik ish haqini "Yashil makon" loyihasiga o‘tkazib yuborsa, o‘sha buxgalterga nisbatan jinoiy ish ochish kerak, deb hisoblayman.

Hurmatli ustozlar,

Ko‘chat ekin, obodonlashtirish — bu xayrli o‘zbekona urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, bunaqa ishlarda albatta qatnashing, atrofimizni yashillashtirishda faol bo‘ling. Dinimizda ko‘chat ekishning savobi ham katta.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni qayergadir o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni peshona teringiz bilan halol ishlab topgansiz, ko‘chadan supurib olayotganingiz yo‘q. O‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishiga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi. Haq olinur, berilmas!

Gap pulning qanchaligida ham emas, shunchaki o‘qituvchining va o‘zi umuman istalgan kasb egasining qadri bo‘lishi kerak. Uning puliga hech kim tegmasligi shart! Bu juda muhim, prinsipial masala.

Imkoni bo‘lsa, tashkilotingiz buxgalterini oldindan ogohlantirib qo‘ying, sizning yozma roziligingizni olmasdan ish haqingizning 1 tiyiniga ham teginmasin.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda "Zumerlar: kitob va kelajak" forumi bo‘lib o‘tmoqda

Xalq Banki tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan forumdan mashhur yozuvchi va shoirlar ijodidan namunalar, kitobxonlik loyihalari tashabbuskorlari va kitobxonlar bilan qiziqarli debatlar o’rin olgan.

Forumda, shuningdek, 2024-yilda "Asaxiy", "Mutolaa", "Mahalla kutubxonalari" loyihalarining bank bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, yoshlar uchun kitobxonlikni yanada jozibali qilish yuzasidan fikr almashildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uchta sport federatsiyasiga yangi rahbar saylandi:

➖“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Sanoqulov Quvondiq Sanoqulovich gandbol federatsiyasi raisi etib;

➖Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi, senator Rafikov Qudratilla Mirsagatovich suzish federatsiyasi raisi etib;

➖Mudofaa vaziri general-mayor Xalmuxamedov Shuxrat Gʻayratdjanovich o‘q otish sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Zamonaviy dunyoda yaqinlarning moliyaviy ko‘magi nafaqat tezkor, balki qulay bo‘lishi ham muhimdir.

Paysend dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan O‘zbekistonga pul o‘tkazishning qulay usulini va belgilangan komissiyani taqdim etadi.

📌 Visa va MasterCard kartalaridan UZCARD, HUMO, Visa hamda MasterCard kartalariga o‘tkazmalar amalga oshiriladi.

Paysend mobil ilovasini havola orqali yuklab oling.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiun.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ⓜ️Toshkent metropoliteni 31-dekabr kuni 21 soat ishlaydi

Yangi yil bayrami munosabati bilan metro poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, Toshkent metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan rejaviy ishlar amalga oshirilayotgani aytildi. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Tuman va shahar hokimliklariga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar va vakolatlar berilmoqda

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan quyidagi soliq va tushumlar to‘liq hajmda tuman (shahar)lar byudjetiga o‘tkaziladi:

🔹aylanmadan olinadigan soliq;
🔹yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
🔹yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
🔹davlat aktivlarini ijraga berishdan tushumlar.

Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining kamida 50 foizi ham tuman (shahar)lar byudjetiga o‘tkaziladi.

🔰Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablag‘larning 90 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nazar Eshonqul. San’at

Izoh
: Omadsiz rassom bir kuni ko‘chada – aynan ko‘chada, chunki malikalarni boshqa joyda uchratish mumkin emas, buni ertaklar ham tasdiqlaydi, - shahar aylanib yurganida malikani ko‘rdi-yu, unga oshiq bo‘lib qoldi, muhabbat uni devonaga aylantirdi...

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/nazar-eshonqul-sanat" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/nazar-eshonqul-sanat

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/s_aPZp4VKhY

🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

➖ to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Asaxiy “Yil bestsellerlari 2024” reytingini eʼlon qilibdi.

Undan yil davomida Asaxiy orqali Oʻzbekiston boʻylab eng koʻp sotilgan kitoblar oʻrin olgan.


Ularning orasida badiiy, ilmiy-ommabop, iqtisodiyot, shaxsiy rivojlanish, psixologiya va biznesga oid kitoblar bor.

Yil bestsellerlari — 2024 roʻyxati: asaxiy.uz/u/bestseller-2024

Ushbu 20 ta bestsellerni faqat Asaxiy orqali yagona toʻplamda 1 099 000 soʻm oʻrniga chegirma narxda 899 000 soʻmdan xarid qilsa boʻladi.

Asaxiy buyurtmani butun Oʻzbekiston boʻylab bepul yetkazadi.

Xarid qilish: asaxiy.uz/u/bestseller-2024

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Zakovatli ota-ona quvonchi

2024-yilgi Zakovat Intellektual Olimpiadasida umumjamoa hisobida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti chempion bo’ldi hamda Prezident sovrini sifatida 2 mlrd so’mga ega chiqdi.

Uchquduqlik Lazizbek aka Temirov bu yutuqdan ikki karra xursand bo’ldi. Sababi JIDU tarkibida uning o’g’li Azizbek Rasulov ham chempion bo’ldi.

Eng qizig’i, bundan biroz avval Lazizbek akaning yana bir o’g’li — Uchquduq tumanidagi 7-maktab o’quvchisi Aslbek Rasulov maktablar o’rtasidagi musobaqada Respublika chempioni bo’lgan edi.

Ikki o’g’il — ikki bilimdon — ikki chempion.

Demak, ota-ona ham bilimni qadrlaydigan insonlar toifasidan. Umrlaridan baraka topishsin! Shunaqa ota-onalar ko’paysin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida JSTga a'zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yakunlangani rasman e'lon qilindi

Bu bo‘yicha AQSh savdo vakili Ketrin Tayning bayonoti e'lon qilindi.

Unda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish bo‘yicha sa'y-harakatlari e'tirof etilgan hamda tovar va xizmatlar bo‘yicha ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralari yakunlangani bildirilgan.

"O‘zbekiston 1994-yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020-yilda bu yo‘nalishda faol ishlay boshlagan.

O‘zbekistonning muzokaralarni jadallashtirish borasidagi qat’iy sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi ikki yil ichida sezilarli natijalarga erishildi. Jumladan, ikki tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi", – deyiladi bayonotda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning 🇨🇾Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi.

U bir vaqtning o‘zida mamlakatimizning 🇮🇹 Italiyadagi elchisi ham hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚀 Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida yangi magistrlik dasturi: MA in Education with TESOL

Kimlar murojaat qilishi mumkin?

• bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar;
• ta'lim sohasida tajribaga ega bo‘lgan shaxslar (o‘qituvchilik yoki boshqa ta'lim sohasi);
• o‘qituvchilik malakasi ustuvorlik beradi (majburiy emas).

🇬🇧 Ingliz tili talablari:

• IELTS: 6,5 (har bir elementda kamida 5,5 ball);
• IELTS: 6.0 (har bir elementda kamida 5.5 ball) + taʼlim sohasida 2 yillik tajriba;
• Ingliz tilidan TSMRI ning ichki imtihoni 6.5 (EET);

📆 Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 24-yanvar

➡️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: https://admission.mdis.uz/degree

Batafsil

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, 25-dekabr — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

❗️ "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilangan.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Respublika Oliy ta’lim kengashi soliq yoki majburiy to‘lov joriy qilish vakolatiga ega emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika Oliy ta’lim kengashining hozircha hech qayerda rasman e’lon qilinmagan bayonnomasi orqali nodavlat OTMlarga 4% lik "o‘lpon" joriy qilingani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur bayonnoma 29-noyabr kuni tasdiqlangan.

Bayonnomada yozilishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan moliya yili yakunida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘ning mazkur mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiriga qoldig‘ining 4 foiz qismini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.

Bu taklifni qaysidir nodavlat oliygoh rahbarlari bergan emish. Ya’ni "bizning pulimiz ko‘payib ketdi, shunga 4 foizini sizlarga beraylik" deyishibdi. Bayonnomada aynan qaysi nodavlat OTM rektorlari bunaqa taklifni bergani haqida ma’lumot aytilmagan. Agar ular rostdan bor bo‘lsa, unda e’lon qilishsa, yaxshi bo‘lar ekan.

❗️Albatta, bu bayonnoma hech qaysi OTMga hech qanday majburiyat yuklamaydi.

Bu bayonnomani pesh qilib, pul o‘tkazishni talab qilish, agar o‘tkazmasa, turli oqibatlar keltirib chiqarishi (masalan, litsenziyasini olib qo‘yishga ishoralar va h.k.) mutlaqo noqonuniy hisoblanadi. Bunday qilishga hech kimning haqqi yo‘q (qog‘ozlarda har holda, amalda bilmadim endi).

Shu sababli nodavlat oliygohlar Kengashga 4% pul o‘tkazishga majbur emasligini bilishlari zarar qilmaydi. Unutmang, Respublika Oliy ta’lim kengashining o‘zi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi, qanaqadir davlatning vakolatli organi emas, kimgadir majburiyat yuklaydigan vakolati yo‘q.

Garchi bayonnoma matnida majburiylik haqida gap ketmagan bo‘lsa-da, ammo bunday mazmunda qaror chiqarilishining o‘zi g‘alati. Bunday qarorlar kamida Biznes Ombudsman hamda Adliya vazirligidan ekspertizadan o‘tishi kerak.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: 2-yanvar ham dam olish kuni deb e’lon qilindi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shunday qilib, Yangi yilda olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasidagilar 6 kun dam oladi:

❌✅ 28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.

✅ 2-yanvar (payshanba) — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 25-26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida, shuningdek, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yangi yil munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.

Obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 1 yillik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga "Asaxiy Books yil bestsellerlari — 2024" to‘plami sovg’a qilinadi.

Mazkur to‘plamdan AsaxiyUz internet-do‘koni orqali oxirgi 1 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan naq 20 ta kitob joy olgan. Kitoblar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin (hozir chegirma berilgan).

⏳G’olib nomi 31-dekabr kuni soat 23:59 da ma’lum bo’ladi.

‼️ Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.

Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.

Qo‘shimcha ma’lumot:
kitoblar to‘plami g‘oliblarning uy manziliga butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.

❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Yangi yil bayramida necha kun dam olinadi?

Qisqa javob: hozircha 4 kuni aniq, lekin yana o‘zgarishi mumkin.

📋 Batafsil javob: har yili qo‘shimcha dam olish kunlari oldindan ma’lum qilinadi. 2024-yil uchun Prezident farmoni mavjud, ammo hali 2025-yilgi dam olish kunlari haqida farmon chiqmadi. Shu sababli ham Yangi yil bayramidagi dam olish kunlari hozircha to‘liq ma’lum emas, sababi yil boshida taqvim qanaqa bo‘lishini bilmaymiz.

Ammo yil oxirida qanday bo‘lishi ma’lum:

❌✅ 28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.

Bundan kelib chiqadiki, hozircha olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ketma-ket 4 kun, besh kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Ammo 2025-yil uchun chiqishi kutilayotgan farmonda yil boshida yana qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilinishi ham mumkin. Masalan, 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilsa bo‘ladi (besh kunliklarga 4-yanvar, shanbadan ko‘chirgan holda). Shunda olti kunliklar ketma-ket 5 kun, besh kunliklar ketma-ket 6 kun dam olishi mumkin bo‘ladi. 3 va 4 yanvar — barcha uchun ish kuni bo‘ladi. Bu shunchaki variant xolos, rasmiy tasdiqlangan emas.

Balki yil boshi uchun hech qanaqa dam olish kuni berilmas va barcha 2-yanvardan ishga chiqib ketishi ham mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Karimov Avazjon Qudratillayevich sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar sport vazirining maslahatchisi edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Lolazor”ning 37-soni mehmoni Kanadada yashaydigan yurtdoshimiz Farhod Fayzullayev bo‘ldi.

📹 https://youtu.be/5P7Wu7RJVQg

Farhod aka bilan Kanadadagi mahalliy saylovlar, ta’lim, tibbiyot va sud tizimi, uy-joy narxlari, soliqlar, u yerdagi o‘zbek diasporasi haqida suhbat qurdik. Shuningdek, podkast davomida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, taksi va yetkazib berish xizmatlari, karta va navigatsiyalar bilan bog‘liq muammolar haqida ham so‘z bordi.

📹 https://youtu.be/5P7Wu7RJVQg


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️20-dekabrdan uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

Arizalarni qabul qilish uchun 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan).

⏳ Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

📄 Ariza beruvchilar quyidagi hujjatlarni (offlayn) taqdim etishlari talab etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❗️Ma'lumot uchun, o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi 2 ta uzrli sabab mavjud. Bular:

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Eh, tinib-tinchimagan odamlarey, kontent uchun nimalarni o’ylab topishmaydi-ya… Juda zo’r chiqibdi, qoyil!!!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏨 O‘zbekistonga dunyoning 23 ta nufuzli mehmonxona brendi kirib kelmoqda

Bu haqda ayni paytda Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan muloqotida aytib o‘tildi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizga Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi mehmonxona brendlari kirib kelmoqda.

Shuningdek, Boʻstonliqda 10 milliard dollarlik “Sea Breeze” nomli yirik turistik markaz qurilishini boshlashga kelishib olingani qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Talabalar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bunga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi edi.

Viloyatni bunga qadar boshqarib kelgan Soliyev Ergash Alibekovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmonlari qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel