xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Abubakirov Bobir Yuldashovich Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Markaziy bank raisining o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekcha Vikipediyaga 🇺🇿O‘zbekiston haqida ma’lumot joylab, 🇦🇿Ozarbayjonga bir haftalik bepul sayohat yutib olishingiz mumkin.

WikiNations oyligi 25-sentyabrdan 25-oktyabrgacha davom etadi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Sayohatga chiqish uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘ting: @WikiNations_bot 🛫

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul davom etadi

Quyidagi yoʻnalishlar mavjud:
🔹Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi
🔹Inson resurslarini boshqarish
🔹Ijtimoiy ish (sohalar boʻyicha)
🔹Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)
🔹Menejment
🔹Yurisprudensiya
🔹Buxgalteriya hisobi
🔹Metrologiya va standartlashtirish

Hujjatlar Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Alisherobod” MFY, Milliy bogʻ koʻchasi 7-uy yoki https://atso.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Litsenziya (№333318, 31.07.2024-y)

☎️ Batafsil maʼlumot uchun:
71-265-01-64
55-506-01-50
@atso_xizmatlar_bot

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Telegram endi jinoyatga aloqador shaxslarning ma'lumotlarini tegishli organlarga taqdim etadi

Pavel Durovning ma'lum qilishicha, Telegram eng xavfsiz ilovalardan biri bo‘lgani sababli undan jinoiy maqsadlarda foydalanish holatlari uchraydi (narkotik, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi, terror va hk).

Telegram ma'muriyati endilikda shunday foydalanuvchilarning ma'lumotlari: ularning IP-manzillari va telefon raqamlarini rasmiy so‘rovga asosan tegishli organlarga taqdim etadi.

Ma'lumot uchun, Durov avgust oyida Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani uchun qo‘lga olinib, unga nisbatan “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik” ayblovlari e'lon qilingandi. Keyinchalik u qo‘yib yuborildi, lekin Fransiyani tark etmasligi belgilandi. Buning uchun Durov 5 mln yevro garov puli qo‘yishi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turishi zarur edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📱 Mobiuz'ning VoWiFi xizmati bilan yangi imkoniyatlar sari!

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 🇸🇨 Seyshel orollari va 🇨🇻 Kabo Verde tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi. Ular bilan mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.

Ma'lumot uchun, Kabo-Verde Afrikaning g‘arbiy sohillarida joylashgan, 10 ta katta va 5 ta kichik oroldan iborat mamlakat hisoblanadi. Seyshel orollari esa Afrikaning sharqiy qismida, Hind okeanida joylashgan. Ushbu mamlakatlar o‘zining go‘zal tabiati va plyajlari bilan mashhur.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Olimpiada qahramoni, haqiqiy jangchi Shamsiddin Vohidovning otasi Po’lat aka so’zga chiqdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Butunjahon shaxmat olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritgan yigitlarimizga BYD Chazor avtomobillari sovg’a qilinadi.

Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish marosimi boshlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Boks bo‘yicha Parij olimpiadasi chempioni, "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev "Prezident sovg‘asi" sifatida berilgan Tahoe avtomobilida shahar ko‘chalari bo‘ylab 110 km/soat tezlikda harakatlanib, ushbu harakati aks etgan videoni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

Hozirda ushbu video Instagramdan o‘chirilgan.

MJtKga binoan, Asadxo‘ja belgilangan tezlikdan 50 km/soat tezroq yurgani uchun atigi 3 mln 60 ming so‘m jarima to‘lashi kerak (9 barobar). Mukofotga berilgan 200 ming AQSh dollarini hisobga olsak, hali yana bunaqa qoidabuzarlikni 823 marta takrorlasa bo‘lar ekan.

Afsuski, barchasiga o‘zimiz aybdormiz, o‘zimiz... Instagramdagi video ostida 130 dan ortiq izohlar qoldirilgan bo‘lsa, ularning atiga 1-2 tasigina qoidabuzarlik haqida edi. Qolganlar Asadxo‘janing bu ishini maqtagan, 🔥 va 👍 kabi emodjilarni qoldirishgan. Hatto bittasi "Kazyollar olg‘a, 80 dan oshirgani uchun GAIga yozib beringlar endi" deya izoh qoldirgan (aslida shahar ichida 60 da yurish kerak).

Hammasiga o‘zimiz aybdormiz. Qoidabuzarliklarni maqtaymiz, buni ko‘z-ko‘z qilganlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunaqa qoidabuzarlarni "krutoy" deymiz, qoidaga amal qiladiganlarni "lox" deymiz. Qoidabuzarlarga qarshi kurashganlarni "kazyol" deymiz.

Shu sababli har kuni ko‘chalarimizda 10 ga yaqin insonlar avtohalokatdan vafot etaveradi. Kimlardir otasidan, kimlardir onasidan, kimlardir farzandidan ayrilib qolaveradi. Ming afsus...

❓Qoidabuzarligini internetga maqtanib joylaydiganlarning haydovchilik guvohnomasini bekor qilish haqidagi qonun qachon qabul qilinadi? Jarima ballari to‘g‘risidagi qonunni qachon oxiriga yetishadi? O‘zi umuman qachon tartibga solinadi bunaqa holatlar? Qachon qat’iy javobgarlik belgilangan davrlarga kelamiz? Nega uxlayapmiz? Pulini to‘lab, istaganini qilsa bo‘ladigan qonunlar sharmandalik emasmi?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2+2 qo'shma ta'lim dasturi: Ikki yil O'zbekistonda, ikki yil Janubiy Koreyada ta'lim oling.

Toshkent shahrida joylashgan Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida 1-2-kursda tahsil oling va 3-4-kurslarni Janubiy Koreyaning Far East University oliygohida davom ettirib, 2 ta diplomli bo’ling.

2024—2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Hujjat topshirish uchun: umft.uz

▪️IT muhandislik fakulteti
▪️Iqtisodiyot va biznes boshqaruv fakulteti
▪️Pedagogika va filologiya fakulteti

☎️ Hujjat topshirish va murojaatlar uchun:
@umft_support
+998555208888

Litsenziya (№242954; 09.11.2022)

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi – Prezident

Bunda quruvchilar o‘zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri bankka topshiradi.

Banklar esa yig‘ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil bo‘ladi.

Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan o‘tkazilishi belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Olmaliqdagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari zaharlanishi yuzasidan

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida maktab o‘quvchilari suvdan zaharlangani haqida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan xabar berildi. Unda holat ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida sodir bo‘lgani aytilgandi.

Bolalar ombudsmani ham voqea yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilganini ma’lum qilgan. Hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.

“O‘zsuvta’minot” bergan ma’lumotga ko‘ra, maktabdan olingan 4 ta ichimlik suvi namunalari xulosasi ichimlik suvi belgilangan me’yor talablariga javob berishini ko‘rsatgan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi, Bolalar ombudsmani, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qo‘shimcha tekshiruv olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlandi.

Agentlik Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi, bunga qadar u Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston baxtiyor mamlakatlar reytingida 47-o‘rinni egalladi

"World Happiness Report" natijalariga ko‘ra, 2024-yilda dunyodagi eng baxtli yettilikdan oltitasi Shimoliy Yevropa davlatlari bo‘ldi. 🇫🇮Finlyandiya ketma-ket o‘ninchi yil eng yuqori o‘rinni egalladi. Undan keyingi o'rinlarda 🇩🇰Daniya, 🇮🇸Islandiya va 🇸🇪Shvetsiya bor.

🇺🇿O‘zbekiston esa Jahon baxtiyorlik reytingida 47-o‘rinni egalladi va MDH mamlakatlari orasida yetakchilik qilgan. 2023-yilda O‘zbekiston mazkur reytingda 54-o‘rinni egallagandi. Joriy yilda holat 0,19 punktga yaxshilangan.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Guliston shahriga Xitoydan 8 ta avtobus olib kelindi. 26 o‘rinli avtobuslar Yutong Bus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ekologik jihatdan toza va mahalliy sharoitga mos hisoblanadi.

Yil yakuniga qadar viloyatga jami 40 ta avtobus keltirilishi ko‘zda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Asaxiy Books” loyihasidan navbatdagi yangilik — Tara Vestoverning “Talaba” kitobi endi oʻzbek tilida!

Faraz qiling, qiz farzand davlat taʼlimini “miyani yuvish” vositasi deb hisoblaydigan, tibbiyotdan koʻra giyohlarga ko‘proq ishonuvchi anʼanador mormon oilasida dunyoga keldi. Bu oila zamonaviy ilmni, hatto texnologiyalarni ham rad etadi. Mazkur oila farzandlari dunyoni otasining koʻzi bilan koʻradi va rasmiy taʼlimdan, zamonaviy dunyodan nafratlanadi.

Bunday muhitdan farzand qanday chiqib ketishi mumkin? Oʻzi taʼlimning ahamiyati nimada?

Tara Vestover o‘zining avtobiografik romanida mormon oilasida oʻtgan bolaligi, shakllangan qarashlari va vaqt oʻtgan sari fikrlari oʻzgargani haqida qiziqarli soʻzlab beradi.

“Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etilgan ushbu kitob koʻplab insonlarning dunyoqarashini oʻzgartirishiga ishonamiz.

Batafsil: asaxiy.uz/u/talaba

Kitob reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda kasb-hunar maktablari va kollejlarni texnikumlarga aylantirish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

📌 Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashgani va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Shu sababli 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil qilinadi. Texnikumlarda ta’lim sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida xalqaro ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

🇬🇧 Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning “BTEC” dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijaga qarab, bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, 25-sentyabr — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

❗️ "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko'rsatib borishi belgilangan.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, Toshkent ko‘chalarida 110 km/soat tezlikda yurgan videosini o‘z Instagramiga joylagan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga 3 mln 60 ming so‘m jarima qo‘llashibdi. Jarimani 15 kun ichida to‘lasa, 50% chegirma asosida, 1 mln 530 ming so‘m bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli qabul qilinadi

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan:

— 2025/2026-o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

— 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Talaba bo‘lishga kech emas!

😶‍🌫️ Tengdoshlaringiz talaba bo‘ldi. Siz esa hali ham ikkilanyapsizmi? Hali imkoniyatingiz bor!

UDEA’da 2024/25-o‘quv yili uchun qabul 30-sentyabrga qadar davom etadi! Hoziroq @udea_apply_bot orqali istalgan yo‘nalishga hujjat topshiring!

📌 Nega aynan UDEA?

• Xorijiy dasturlar
• Shinam kampus
• Malakali professorlar
• Almashinuv dasturlari
• Turar joy imkoniyatlari

☎️ 78 888 08 00

📄
Litsenziya (№033262, 26.07.2022-y.)

Instagram | Facebook | Telegram |udea2931"> YouTube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida yuqori natijalarni qo’lga kiritgan yigit-qizlarimiz tantanali kutib olinmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️O‘zbekistonda aliment to‘lovlari 15 foizgacha oshadi

Bu haqda Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromov O‘zAga ma’lum qilgan. Aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab:

▪️qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga,

▪️1-oktyabrdan
boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga,

▪️xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.

Shuningdek, 1-oktyabrdan ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamaydigan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📊 O‘zbekistonning 8 oydagi tashqi savdo aylanmasi statistikasi e’lon qilindi

Keltirilgan davrda tashqi savdo aylanmasi 42,7 mlrd dollarga yetgan.

🔺Bunda eksport hajmi 17,34 mlrd dollar, import hajmi esa 25,36 mlrd dollar. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport 5,5 foizga, import 7,4 foizga oshgan.

8 oyda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan Top-10 davlat:

🇨🇳 Xitoy – 8 mlrd;
🇷🇺 Rossiya – 7,7 mlrd;
🇰🇿 Qozog‘iston – 2,6 mlrd;
🇹🇷 Turkiya – 1,9 mlrd;
🇰🇷 Koreya – 1,3 mlrd;
🇹🇲 Turkmaniston – 805 mln;
🇫🇷 Fransiya – 744 mln;
🇩🇪 Germaniya – 679 mln;
🇦🇫 Afg‘oniston – 668 mln;
🇺🇸 AQSh – 614 mln.

Quyidagi davlatlarga eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygan:

🇷🇺 Rossiyaga (1,97 mlrd dollardan 2,46 mlrd dollarga);
🇫🇷 Fransiyaga (261 mln dollardan 497 mln dollarga);
🇦🇫 Afg‘onistonga (537 mln dollardan 646 mln dollarga);
🇺🇸 AQSHga (90 mln dollardan 210 mln dollarga).

🔻Lekin Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasiga mahsulot yetkazib berish qisqargan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Jumladan, Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli 🥉uchinchi o‘rinni egallagan jamoamizni Prezident samimiy muborakbod etgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari shaxsiy natijalarda Shamsiddin Vohidov 🥇oltin medalni, Nodirbek Abdusattorov hamda Nodira Nodirjonova 🥈kumush medalni qo‘lga kiritgani munosabati bilan samimiy qutladi.

"Sizlarga jonajon O‘zbekistonimiz 2026-yilda ilk bor mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon shaxmat olimpiadasida ham eng yuksak cho‘qqilarni zabt etish nasib etsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va saodat, kelgusidagi o‘qish va ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Zafarli yurishlaringiz doimo bardavom bo‘lsin, aziz farzandlarim!", - deyiladi tabrikda.


 
👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat hisobidan qurilayotgan har bir obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Ular operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yuboradi.

Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday obyekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi ma’lumotlar olishi mumkin bo‘ladi.

Agar QR kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😃 Fan va texnologiyalar universiteti sirtqi ta’lim shakliga qabul qilinayotgan 1-kurs talabalari uchun 4 mln so’mgacha chegirma e’lon qildi!

Buning uchun ariza topshirish va 15-oktyabrga qadar 25 foiz to’lov qilish kifoya. Shoshiling! Oxirgi imkoniyatdan foydalanib qoling. Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi.

🎓 Yo’nalishlar va kontrakt narxlari (chegirmani hisobga olgan holda):

1. Bank ishi - 10,85 mln so'm
2. Moliya va moliyaviy texnologiyalar - 10,85 mln so'm
3. Iqtisodiyot - 10,85 mln so'm
4. Buxgalteriya hisobi - 10,85 mln so'm
5. Logistika - 9,9 mln so'm
6. Dasturiy injiniring - 9,9 mln so'm
7. Kompyuter injiniringi - 9,9 mln so'm
8. Psixologiya - 9,9 mln so'm
9. Tarix - 9,9 mln so'm
10. Turizm va mehmondo’stlik - 9,6 mln so'm
11. Boshlangʻich taʼlim - 9,6 mln so'm
12. Maktabgacha taʼlim - 9,6 mln so'm
13. Ijtimoiy ish - 9,6 mln so'm


🔔 Ariza topshirish:
Telegram bot orqali - @usat_bot
Saytda - usat.uz

Murojaat uchun: +99878-888-38-88

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

U bunga qadar Shayxontohur tumani hokimi edi.

Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Bakalavriat uchun qo’shma ta’lim dasturlari asosida o'qishga taklif qiladi

➡️ Belarus milliy texnika universiteti
- Mexanika muhandisligi (kunduzgi);
- Biotibbiyot muhandisligi (kunduzgi);
- Metallar texnologiyalari (kunduzgi);
- Iqtisodiyot (sirtqi);
- Metrologiya va standartlashtirish (sirtqi);

➡️ Belarus davlat texnologiyalar universiteti
- Axborot tizimlari va texnologiyalari (kunduzgi va sirtqi);
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kunduzgi va sirtqi);
- Dizayn (kunduzgi).
➡️ Belarus Respublikasining Grodno davlat universiteti
- Menejment (sirtqi).
➡️ Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Moskva energetika instituti:
- Energetika muhandisligi (kunduzgi).
➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti:
- Neft va gaz ishi (kunduzgi).

Onlayn hujjat topshirish :http://sop.tdtu.uz

📞 Batafsil ma’lumot:
71-207-54-00, 71-207-14-63
71-207-14-67, 71-207-14-68
71-207-14-69, 97-798-73-33.
✅ Qabul 2024-yil 30-sentyabrga qadar davom etadi.
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kichik halqa avtomobil yo‘lining Sag‘bon ko‘chasi bilan kesishmasidan Talabalar ko‘chasigacha bo'lgan qismi bugun soat 07:00 dan ertaga 07:00 ga qadar avtomobillar harakati uchun yopildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel