Yangi bilimlar yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
🔥 Osiyo xalqaro universitetida dars jarayonlari qizgʻin va maroqli oʻtadi. Talabalar o‘qituvchilar rahbarligida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, kasbiy mahoratini oshirishmoqda.
🔝O‘quv auditoriyalari zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan va talabalar uchun qulay o‘quv muhitini yaratadi.
🏫 Keng va yorqin kampusda bilim olishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud: interaktiv darslar, tajribali o‘qituvchilar va doimo qo‘llab-quvvatlaydigan muhit!
Kelajagingizni biz bilan yarating!
Litsenziya (№ 364928, 10.11.2022y)
🌐 www.oxu.uz Ta'lim reklamasi
🚆 O‘zbekiston Shveytsariyadan 2 ta poyezd sotib oladi
Transport vaziri Ilhom Mahkamovning Senat majlisida ma’lum qilishicha, Shveytsariyaning Stadler Rail kompaniyasidan 2 ta harakatlanuvchi tarkib sotib olish rejalashtirilmoqda.
Yangi poyezdlar mamlakatimizda sinovdan o‘tkaziladi, agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa, unda ushbu poyezdlardan kattaroq partiyada xarid qilinishi mumkin.
Kelgusida O’zbekiston bo’ylab 5 soatgacha bo’lgan masofalarga faqat o’rindiqli poyezdlar qo’yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
5 mln so‘m oylik to‘lov bilan orzularingizdagi xonadonni xarid qiling!
Xon Saroy'ning Toshkent shahri Yashnobod tumanida qad rostlayotgan "Muhabbat shahri" loyihasidan 1 xonali xonadonlarni oyiga 5 mln soʻmdan xarid qiling!
✅ Boshlang‘ich to‘lov – 30%
✅ Oylik to‘lov – 5 mln so‘mdan
Loyihaning afzalliklari:
🔹Xavfsiz bolalar maydonchasi
🔹Eko-hudud
🔹Work-out zona
🔹Avtoturargoh
🔹Yaqin masofadagi bog‘cha va maktab.
➡️ Bot orqali bogʻlanish
☎️ 712007400
☎️ 555017400
🌐xonsaroy.uz | Reklama
Kiberxavfsizlik tizimi haqida
Telegram asoschisi Pavel Durov yozishicha, kompaniya 2018-yildan buyon jinoyatchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini tegishli davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga berish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Durovning Fransiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq voqeadan keyin, bu masalaga yanada jiddiy qarash boshlangan.
Masalan, 🇧🇷Braziliyada 2024-yilning 1-choragida (yanvar-mart) 75 ta, 2-choragida 63 ta va 3-choragida 65 ta huquqiy so‘rov bo‘yicha ma’lumotlar oshkor qilingan. 🇮🇳Hindistonda esa huquq organlarining 1-chorakda 2 ming 461 ta, 2-chorakda 2 ming 151 ta va 3-chorakda 2 ming 380 ta qonuniy talablari qondirilgan.
Yevropada ham 3-chorakda qonuniy so‘rovlar soni oshgan.
Telegram taqdim etgan statistikaga qaralsa, 🇺🇿O‘zbekiston tomoni Telegramga 2024-yil davomida bironta asosli rasmiy so‘rov yubormagan, yoki yuborgan bo‘lsa ham, birontasi qanoatlantirilmagan. Bu degani O‘zbekistonda Telegram bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmayapti deganimi? Yo‘q, albatta, tiqilib yotibdi.
Narkotik moddalar sotuvi deysizmi, odam savdosiyu pornografik mahsulotlar deysizmi, firibgarlik holatlari deysizmi, juda ko‘p. Shunchaki aksariyat hollarda ushbu jinoyatlarga oid Telegramdagi kanallar, guruhlar, profillar ortidagi insonlar ochilmasdan qolib ketaveradi. Chunki bu bilan jiddiy shug‘ullanadigan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan qonuniy so‘rovlarni Telegramga yuboradigan tashkilot kerak. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlik xizmatlari jinoyatchilardan ham aqlliroq va zamonaviyroq bo‘lishi shart va zarur.
Albatta, xakerlik yoki bosqinchilik usuli bilan kimningdir Telegramiga buzib kirish shart emas, agar rostdan jinoyat alomatlari bo‘lsa, unda rasmiy yo‘llar orqali ham jinoyatchilarning ma’lumotlarini qonuniy olish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Oilaviy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar ehtiyojmand aholi toifasiga kiritilmoqda
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Aholi bandligi to‘grisida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ehtiyojmand toifasiga kiritiladi.
Qonunda ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yoʻl qoʻyilmasligi, bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va UPI — Indoneziya taʼlim universiteti qoʻshma taʼlim dasturiga magistratura bosqichiga qabul davom etadi
🎓 Qoʻshma dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga har ikki oliygohning oliy maʼlumot va malaka diplomlari beriladi.
📚 Magistratura yo‘nalishlari:
➖Iqtisodiyot
➖Menejment.
☎️ Murojaat uchun:
+998712392887
+998881776737
📝 Onlayn roʻyxatdan oʻtish:
https://ijdp.tsue.uz/onalyn-ariza-topshirish/
Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul.
Telegram | Instagram | Facebook | Rasmiy sayt | Ta'lim reklamasi
❗️Endi issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabardor qilinadi
Shavkat Mirziyoyev issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, “Hududgaztaʼminot” va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga bosim tushishi yoki uzilishlar bo‘lishi haqida issiqxona xo‘jaliklarini kamida 24 soat oldin xabardor qilish majburiyati yuklatiladi. Shartnomalardagi fors-major holatlari bundan mustasno.
🔰 Shuningdek, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumidan boshlab issiqxona xoʻjaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan toʻlov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.
Faqat oldingi davr uchun issiqxonaning qarzdorligi boʻlmasligi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
FVV: yong‘in o‘chirildi
Yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan, deyiladi FVV xabarida.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovga fidokorona xizmati va professionalizmi uchun minnatdorlik bildirdi.
Komil Allamjonov faoliyatini xususiy biznesda davom ettirishini ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.
Agar xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston tarixida ilk marta bayramda o‘qituvchilarga mukofotni Prezidentning shaxsan o‘zi topshirdi. Avval bunaqasi bo‘lmagandi.
Ustozlar bundan ortig‘iga ham munosib.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi.
Institut bundan 90 yil oldin, 1934-yilda ochilgan. Avvallari malaka oshirish instituti sifatida holati qoniqarsiz edi, o‘qituvchilar uchun sharoitlar mavjud emasdi. Hozirda ushbu dargoh nafaqat ko‘rinishi, binolari va jihozlari zamonaviy holatga keltirildi, balki mohiyati va mazmuni ham o‘zgardi, undagi darslar eng ilg‘or, bugungi kun uchun dolzarb uslublar orqali o‘tiladigan bo‘lmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Maktab va bog‘chalarda qamrovni oshirish bo‘yicha rejalar:
➖Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi;
➖Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi;
➖Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi;
➖ Yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi;
➖Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bir yilni yo‘qotmasdan Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabasi bo‘ling!
🔹Imkoniyatlar:
— UzBMB (DTM) ball bilan talaba boʻling;
— 25% gacha imtiyoz (chegirmalar);
— Kontrakt narxi hamyonbop;
— Kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlang;
— HEMIS dasturi;
— Davlat namunasidagi diplom;
— Yangi yoʻnalishlar;
— 8 400 000 grant yutib olish imkoniyati.
🧑💻 Bakalavr yo'nalishlari:
🔹Iqtisodiyot: tarmoqlar va sohalar bo‘yicha
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🔹Bank ishi
🔹Boshlang‘ich taʼlim
🔹Maktabgacha taʼlim
🔹Jismoniy madaniyat
🔹Texnologik taʼlim
🔹Tarix
🔹Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
🔹Psixologiya
🔹Biologiya
🔹Matematika
🔹O‘zbek tili va adabiyoti
🔹Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili va adabiyoti
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹Kompyuter injiniringi: Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi
🔹Neft va gaz ishi: Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
🔹Neft va gaz ishi: Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash
🔹Neft va gaz ishi: Magistral quvur tizimi, neftbaza va neft-gazni saqlash, tashish, inshootlarni loyihalash va ishlatish
🔹Konchilik ishi
🔹Metallurgiya muhandisligi
🔹Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
🔹Yo‘l harakatini tashkil etish: Avtomobil transportida yo‘l harakatini tashkil etish
🔹Yo‘l harakatini tashkil etish: Temir yo‘l transportida yo‘l harakatini tashkil etish
🔹Geodeziya va geoinformatika
🔹Kadastr
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Arxitektura va qurilish
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Kimyo va oziq-ovqat sanoati
🧑💻 Magistratura yo'nalishlari:
🔹 Iqtisodiyot: tarmoqlar va sohalar bo'yicha
🔹Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
🔹Tarix
🔹Pedagogika
🔹Psixologiya
Taʼlim reklamasi
Читать полностью…
Shavkat Mirziyoyev:
"Dunyodagi mo‘tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzum, kerak bo‘lsa, armonim edi.
Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman".
O’zbekistonda o’tayotgan futzal bo’yicha Jahon chempionatining ilk finalchisi ma’lum bo’ldi.
🇧🇷Braziliya terma jamoasi qiyin bahsda 3:2 hisobida 🇺🇦Ukraina ustidan g’alaba qozondi va finalga yo’l oldi. Ukraina 3-o’rin uchun bahsda ishtirok etadi.
Ertaga ikkinchi yarim finalda 🇦🇷Argentina va 🇫🇷Fransiya jamoalari o’zaro kuch sinashadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Kecha, 1-oktyabrdan boshlab oylik ish haqlari 10% ga, byudjet tashkilotlarida ishlovchi pedagog va shifokorlarniki esa 15% ga ko‘tarildi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori ham 10% ga oshirildi.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston hududida:
➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 155 ming so‘m;
➖ bazaviy hisoblash miqdori – 375 ming so‘m;
➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 ming so‘m;
➖ yoshga doir eng kam pensiya – 834 ming so‘m;
➖ nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 ming so‘m;
➖ mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 ming so‘m;
➖ belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 ming so‘mdan) 920 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 ming so‘m;
➖ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 ming so‘m;
➖ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 ming so‘m.
👉 @xushnudbek 👈
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Prezidentning 30-sentyabrdagi tegishli farmoni bilan quyidagilar tashkil etiladi:
➖ Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi;
➖ agentlik huzurida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi;
➖ Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi.
👉 @xushnudbek 👈
Harvard professoridan qashshoqlikdan qutilish mavzusida ajoyib kitob endi oʻzbek tilida.
Qanday qilib mamlakatlar farovonlikka erishishi mumkin? Farovonlikning asl kaliti nimada?
Bu savolga Harvard professori Kleyton Kristenson boshchiligidagi tadqiqotchilar “Farovonlik paradoksi. Qanday qilib innovatsiyalar xalqlarni qashshoqlikdan qutqara oladi?” kitobida boshqalardan farq qiladigan, lekin dalillarga asoslangan amaliy yechimlarni taqdim etishgan.
Kitobda mualliflar nafaqat AQSh yoki Yevropa mamlakatlari, balki Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya va hatto Nigeriya kabi turli davlatlar misolida innovatsiyalar qanday qilib millionlab insonlarning turmush tarzini oʻzgartirganini ochib beradi.
Kitob mamlakat taqdiriga beeʼtibor boʻlmagan barchaga tavsiya qilinadi.
Kitob “Asaxiy Books” tomonidan “Xalq banki” bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Kitob haqida:
Muqova: Qattiq
Betlari soni: 375 bet
Narxi: 99 000 80 000 Soʻm
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/tgfparadoksReklama
Aytgancha, yakshanba kuni “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida Zakovat turniri bo’lib o’tdi.
42 ta jamoa ishtirokida shiddatli bellashuvlarga boy o‘tgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin: Koson tumani Paxtazor MFY (Qashqadaryo)
🥈2-o‘rin: Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa MFY (Sirdaryo)
🥉3-o‘rin: Qo‘ng‘irot tumani Qangli MFY (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
💵 Ushbu jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.
G’oliblarni tabriklaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
Eron Isroil tomon raketalar uchirdi. OAVning xabar berishicha, raketalar soni 400 ga yaqin (keyinchalik 181 ta raketa uchirilgani ma’lum qilindi).
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolardan ko‘rinadiki, Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi raketalarning barchasini ham urib tushira olmagan, ayrim raketalarning yerga tushgani ham aks etgan.
Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi Isroilga hujumni «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va «Al-Quds» kuchlari qo‘mondoni o‘ldirilgani uchun qasos, deb e’lon qildi.
Eron tomoni agar Isroil Eronning raketalariga javob qaytarsa, "qaqshatqich zarbalar" berilishi bilan tahdid qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Murabbiylar kuni munosabati bilan aviasales.uz’dan aksiya! 33 ta aviachiptaga -33% chegirma 🔥
Xarid muddati: 1-oktabrdan 3-oktabrgacha
Sayohat muddati: 30-noyabrgacha
Masalan, Toshkentdan Dubayga chiptalar atigi 1 512 978 so‘mdan
Boshqa shaharlarga chegirmali chiptalarga havolalar bu yerda.Reklama
Bayramingiz muborak, ustozlar!
Bugungi kasb bayramlari bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ustoz va murabbiylarni, shu jumladan, menga ta’lim bergan, tarbiya bergan, hayot saboqlarini o‘rgatgan va bugun ham o‘rgatayotgan jondan aziz ustozlarimni chin qalbimdan tabriklayman.
Aziz ustozlar, oldingizda bir umr qarzdormiz, Sizlar uchun boshimiz yerga tegguncha ta’zimdamiz!
Ta’lim berishdek savobli ishda Alloh sizlarga kuch-quvvat bersin. Boringizga shukr!
👉 @xushnudbek 👈
FVVdan qo‘shimcha ma’lumot:
Yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Yong‘inni bartaraf etishga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Agrar universitetida bo‘layotgan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot
FVV xabariga ko‘ra, bugun — 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning tegishli farmoni bilan Allamjonov Komil Ismoilovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
"Komil Allamjonov yurtimizda so‘z erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi.
Komil Ismoilovich bilan yaqindan ishlagan ko‘p sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman", — deyiladi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabarida.
“Dream language” o'quv markazida qabul davom etmoqda. Yangi til oʻrganing, yangi dunyo kashf eting!
Oʻquv markazida quyidagi chet tillari guruhlariga qabul boshlandi:
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇹🇷 Turk tili
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇨🇳 Xitoy tili
📌 Murojaat uchun:
@dream_language_admin
+998991940606
📍Manzil: OʻzMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi
Moʻljal: Ⓜ️ Beruniy metro
Telegram | Taʼlim reklamasi
Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.
Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.
Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.
Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.
"O‘qituvchilar uchun ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Har yili “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi. Ya’ni har yili o‘qituvchilarga 208 ta uy beriladi.
"Nima uchun o‘qituvchilarga uy beryapmiz, chunki bu eng to‘g‘ri yo‘l", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.
Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha ustozlarni bayram bilan tabrikladi.
"Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir. Men sizlarni juda hurmat qilaman", — dedi Prezident.