Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovlari belgilangan tartibda davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladigan bo‘libdi.
❓Muammo nimada?
Bank-moliya akademiyasi 2 yil davomida belgilangan kvotadan tashqari talaba qabul qilgan (mendagi ma’lumotlarga qaraganda, qo‘shimcha kvotaga qabul qilingan talabalar soni haddan tashqari ko‘p).
Natijada qo‘shimcha kvota asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktini to‘lash bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelgan. Tegishli tashkilotlar faqat kvota doirasida olingan xotin-qizlarning kontraktini davlat byudjeti hisobidan qoplab beramiz degan. Sababi Prezidentning 15.06.2022-yildagi PQ-279-sonli qarorining 3-bandida quyidagicha belgilangan edi:
b) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar qoplanadi:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori.
Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Tibbiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti mikroRNK va uning gen boshqaruvidagi rolini kashf qilgan amerikalik olimlar Viktor Ambros hamda Geri Ravkanga berildi.
👉 @xushnudbek 👈
🇰🇿 Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendumning dastlabki natijalari e'lon qilindi
Referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 63,66 foizi ishtirok etdi. Ulardan 71,2 foizi mamlakatda AES qurilishini yoqlab ovoz berdi.
“Lolazor” podkastining avvalgi sonlaridan birida AES mavzusi O’zbekistonga ham bevosita taalluqli bo’lgani uchun Qozog’istondagi referendum haqida ham suhbat qurgan edik.
👉 @xushnudbek 👈
Madinabonu oʻquv markazi barcha oʻquvchi va talabalarni quyidagi kurslarga taklif etadi:
🔹Ingliz tili: IELTS, CEFR
🔹Rus tili, koreys tili, tarix
🔹Ona tili, kimyo, biologiya
🔹Fizika, matematika
🔹Geografiya, huquq
🔹Kompyuter savodxonligi
🔹IT-dasturlash.
Sizga malakali mutaxassislardan iborat jamoa sifatli taʼlim beradi.
Murojaat uchun: @madinabonuadmin | 99-470-80-08
📍Guliston shahar, 5-maktab oldi
📍Yangiyer shahar, Sobiq akademik litsey binosi
📍Xovos tumani, Tinchlik mahallasi
Onlayn roʻyxatdan oʻtish 👉 https://forms.gle/euT7vixbkhnuMUZT8
Madinabonu oʻquv markazi — kelajakka ishonchli yoʻl
Telegram | Instagram | Ta’lim reklamasi
Oʻzbekistonda o’tayotgan futzal bo’yicha Jahon chempionati finalini bevosita kuzatish uchun FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentga kelibdi.
Uni aeroportda sport mas’ullari kutib olishgan.
Eslatib o’tamiz, final birozdan so’ng, soat 20:00 da boshlanadi. Unda 🇧🇷Braziliya va 🇦🇷Argentina terma jamoalari chempion nomini aniqlab beradi.
👉 @xushnudbek 👈
Premier — sifatli va hamyonbop maishiy texnika
Har bir oila uchun qulay narxlar va zamonaviy dizaynlar har qanday ehtiyojga mos keladigan mahsulotlarni xarid qilishda asosiy mezonlardan biridir. Premier bilan har kunlik ehtiyojingiz uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarini arzon narxlarda, yuqori sifatda xarid qilish imkoniyatiga egasiz.
Siz uchun kerakli bo‘lgan barcha maishiy texnika bir joyda!
PREMIER — hamyonbop texnika!
📞 Batafsil ma’lumot uchun: 71 200-41-00
Telegram | Instagram | Rasmiy sayt | PREMIERUZBEKISTAN">YouTube | Reklama
🔴 “Andijon” — O’zbekiston kubogi sohibi bo’ldi!
Bugun “Andijon” O‘zbekiston kubogi finalida Namanganning “Navbahor” jamoasi ustidan g‘alabaga erishib, o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi!
Dramatik kechgan bahsda jamoalar o‘yinning oxiriga qadar hisobda bir-birlarini quvishdi. Yakunda esa qo’chimcha taymlarning so‘nggi soniyalarida burchakdan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llagan andijonliklar g‘alabani ilib ketishdi.
🔵Navbahor 2:3🔵Andijon
Gollar: Abrorbek Ismoilov 53', Muhammadkarim Toirov 82', Islom Mamatkazin 116', Farrux Sayfiyev 119', Vladimir Bubanya 120'.
“Andijon” jamoasi muxlislarini tabriklayman!
👉 @xushnudbek 👈
👨💻"ALFRAGANUS KIDS" - 16 TA TILNI QULAY O’RGANISH IMKONIYATI
🟤Alfraganus universitetining Filologiya fakulteti o’qituvchilari tomonidan yaratilgan loyiha – "Alfraganus kids"
🟤Ushbu elektron qurilma maktabgacha ta’lim muassasalariga taqdim etilib, bolajonlarimizga sifatli va zamonaviy bilim berish maqsadida ishlab chiqildi.
🟤"Alfraganus kids" to‘plamiga 3 ta kitob, elektron qurilma (robot-ustoz) va 16 ta til o’rgatuvchi ovozli ta’lim kiradi. Qurilma orqali bolalar ingliz, oʻzbek, rus, arab, xitoy, fransuz, koreys, ispan, nemis, yapon, turk, turkman, tojik, qozoq, qirgʻiz va qoraqalpoq tillarini qiziqarli mashqlar, rasmlar, intellektual o‘yinlar va qo‘shiqlar orqali qulay va tez o‘rganish imkoniyatiga ega.
🟤Qurilmaning afzalliklari:
➖16 xil tilni o'z ichiga oladi;
➖Qiziqarli va interaktiv o‘quv jarayonini tashkil etib beradi;
➖Farzandlarimizga vaqtni unumli o‘tkazish imkonini yaratadi;
➖Bilim olish jarayonini yanada samarali qiladi.
🟤"Alfraganus kids" o‘quv qo‘llanmasini endi siz ham buyurtma asosida xarid qilishingiz mumkin!
☎️ Murojaat uchun:
+99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter
Farzandlarimizning kelajagini birgalikda yuksaltiraylik!
😁 AFU | Telegram | Reklama
🏆 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum ikkinchi o‘yinida Farrux Rafiqov jamoasi ishtirok etadi.
‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!
Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.
📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.
✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi finalchisi nomi ham ma'lum bo‘ldi.
🇫🇷Fransiyani 3:2 hisobida mag‘lub etgan 🇦🇷Argentina terma jamoasi final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Final bahsi 6-oktyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi "Humo Arena"da boshlanadi. Unda argentinaliklar qit'adoshlari 🇧🇷Braziliyaga qarshi maydonga chiqadi.
3-o’rin uchun bahsda esa 🇺🇦Ukraina va 🇫🇷Fransiya jamoalari bahs olib boradi. Uchrashuv soat 17:30 da boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV butunjahon konferensiyasi bo’lib o’tmoqda
Kecha, 2-oktyabr kuni boshlangan tadbirda 80 dan ortiq davlatdan 2000 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, sanʼat, madaniyat, arxitektura, moda va boshqa ijodiy soha vakillari qatnashmoqda.
Anjumanda kreativ iqtisodiyot kelajagi, yangi texnologiyalar, xususan, sunʼiy intellektning mazkur sohaga taʼsiri muhokama qilinadi. Tadbir 4-oktyabrga qadar davom etadi.
Ma'lumot uchun, dunyoda madaniy va ijodiy sanoat yiliga 2,3 trillion dollar daromad keltiradi. Bu global yalpi ichki mahsulotning qariyb 3,1 foiziga teng. 2030-yilga borib ushbu ko‘rsatkich 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Xorijdan ayrim misollar
1️⃣ Birinchi videoda AQShdagi sud jarayoni aks etgan. Unda sudya soatiga 140 mil (224 km/soat) tezlikda yurgan haydovchiga jazoni e’lon qilmoqda.
Jazo:
— butun umrga haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
— agar yana qayta rulga o‘tirsa, 6 oyga qamoq va 500 dollar jarima;
— mashina musodara qilinadi.
2️⃣ Ikkinchi rasmdagi 2021-yilda ro‘y bergan voqea haqida xabar berilgan. Norvegiyada yashovchi iroqlik boyvachcha Germaniyada Lamborghini Huracan mashinasini 310 ming AQSh dollariga sotib oladi. Norvegiyaga qaytayotganda yo‘lda Daniyadan o‘tishi kerak edi. Va u Daniyada 236 km/soat tezlikda harakatlanadi. Daniya qonunchiligiga ko‘ra, ehtiyotsizlik bilan transport vositasini boshqarish mashinani musodara qilishga asos bo‘ladi. Shu sababli, yap-yangi Lamborghini musodara qilinadi, qo‘shimchasiga iroqlik haydovchiga jarima ham solishadi.
Daniya qonunchiligida quyidagilar "ehtiyotsizlik bilan haydash" hisoblanadi va transport vositasi musodara qilinadi va auksionda sotuvga qo‘yiladi:
1) tezlik limitidan 100% oshib ketish (masalan, 60 tezlik belgilangan joyda 120 dan tez yurish);
2) istalgan joyda 200 km/soatdan yuqori tezlikda yurish;
3) agressiv haydash;
4) mast holda transport vositasini boshqarish (qondagi alkogol miqdori 0,2%);
5) mast holda YTHga sabab bo‘lish.
3️⃣ Uchinchi videoda esa o‘tgan haftada Rossiyada bo‘lgan voqea aks etgan.
Tataristonlik tezlikni xush ko‘ruvchi 25 yoshli tadbirkor Audi RS5 mashinasida katta tezlikda yuk mashinasining tagiga kirib ketgan va voqea joyida halok bo‘lgan. U bunga qadar 700 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan ekan. Boshqa bir videoda uning do‘sti 300 km/soatdan tez yurganini suratga olgan (u video avariya kuni olinmagan).
Ayrimlar ushbu voqeada yuk mashinasini ham ayblagan. Lekin bu yerda oddiy fizika qoidalarini bilish kerak. 300 km/soat tezlik — bu soniyasiga 84 metr degani. Ya’ni bunaqa katta tezlikda kelayotgan mashina atigi 3 soniya oldin 252 metr, 5 soniya oldin 420 metr masofa orqada bo‘lgan degani. Bu yerda asosiy qoidabuzar bu tezlikni oshirgan haydovchining o‘zi.
❗️Xullas, bizda ham, bu borada allaqachon jiddiy choralar ko‘rish payti kelgan. Har bir yo‘qotilayotgan kun, yo‘qotilayotgan umrlar, halok bo‘layotgan insonlar degani. Shuni unutmaylik.
👉 @xushnudbek 👈
Qonunlarimiz ustidan kulayotganlar haqida
Bu haqda avval ham ko‘p gapirganmiz. Aytadigan so‘z ham qolmadi. Afsuski, "avtoterroristlarga" qarshi biron jiddiy chora ko‘rilmayapti. Ular esa qonunlarning, davlatning, organ xodimlarining ustidan kulishda davom etmoqda. Yaqinda bitta instabloger YPX inspektorlari bilan qanaqa hurmatsizlik bilan gaplashganining videosini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
Bugun esa xonanda Jahongir Otajonov 195 km/soat tezlikda yurgani aks etgan videoni o‘z Instagramiga joylashtiribdi. Reklama mazmunidagi video bo‘lsa ham, hayron qolmayman. Jarayonni o‘zi telefonga suratga olgan va rulni bir qo‘li bilan boshqargan. Unga qanday jazo beriladi? Shunchaki qanchadir arzimagan jarima to‘lattiriladi va nari borsa videoda uzr so‘rattirishadi. Lekin oxirgi paytlar uzrni ham eplab bo‘lmayapti, Olimpiada chempioni va instablogerlar quloqsizlik qilishyapti.
Va eng kulgilisi, 15 kun ichida to‘lasa, yana davlat mehribonlik qilib 50% chegirma ham beradi. Nima bu bozormi savdo qiladigan, hayronman. 50 foizlik chegirma qo‘llanmaydigan qoidabuzarliklar ro‘yxatini kengaytirish kerak va belgilangandan 20 km/soatdan oshirilgan tezlik uchun ham chegirma qo‘llanmaydigan qilish shart.
Qoidabuzarligini maqtanib internetga video joylayotganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish shunchalik qiyin ishmi? Nimadan bunchalik qo‘rqasizlar? Norozilikdanmi? Kimlarning? Huquqbuzar va qonunlarni bir tiyinga olmaydigan fuqarolarning noroziligidanmi? Yo‘llarda o‘lib ketayotgan bolalar, otalar va onalarchi? Ular O‘zbekiston fuqarosi emasmi?
O‘lganlarning nolasi eshitilmaydimi yoki?
👉 @xushnudbek 👈
Yangi bilimlar yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
🔥 Osiyo xalqaro universitetida dars jarayonlari qizgʻin va maroqli oʻtadi. Talabalar o‘qituvchilar rahbarligida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, kasbiy mahoratini oshirishmoqda.
🔝O‘quv auditoriyalari zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan va talabalar uchun qulay o‘quv muhitini yaratadi.
🏫 Keng va yorqin kampusda bilim olishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud: interaktiv darslar, tajribali o‘qituvchilar va doimo qo‘llab-quvvatlaydigan muhit!
Kelajagingizni biz bilan yarating!
Litsenziya (№ 364928, 10.11.2022y)
🌐 www.oxu.uz Ta'lim reklamasi
🚆 O‘zbekiston Shveytsariyadan 2 ta poyezd sotib oladi
Transport vaziri Ilhom Mahkamovning Senat majlisida ma’lum qilishicha, Shveytsariyaning Stadler Rail kompaniyasidan 2 ta harakatlanuvchi tarkib sotib olish rejalashtirilmoqda.
Yangi poyezdlar mamlakatimizda sinovdan o‘tkaziladi, agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa, unda ushbu poyezdlardan kattaroq partiyada xarid qilinishi mumkin.
Kelgusida O’zbekiston bo’ylab 5 soatgacha bo’lgan masofalarga faqat o’rindiqli poyezdlar qo’yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
BYD YUAN UP endi O’zbekistonda: shaharda harakatlanish uchun zamonaviy elektr SUV
BYD YUAN UP modelining taqdimot marosimi 16-oktyabr kuni Toshkent shahridagi CAEx ko’rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi. Bu model O’zbekistonda faqat premium "401km Flagship” variantida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
177 ot kuchi, 290 Nm aylanish lahzasi va 0 dan 100 km/soatgacha tezlanishi 7.9 soniya bo‘lgan BYD YUAN UP haydovchilarga zavqli va tezkor boshqaruv tajribasini kafolatlaydi. Uning narxi taqdimot marosimida e’lon qilinadi.
Ma’lumotlar uchun:
• Rasmiy ishonch telefoni: 1811
• Veb-sayt: https://bydauto.uz
Instagram | Facebook | Telegram | Reklama
Oxirgi ikki yilda Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgani aniqlangan
Sirdaryo viloyatida 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyi davomida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etilgan.
Ular orasida mahalliy hokimliklar mansabdorlari ham bor. Jumladan:
➖ 2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3 nafar hokim, 1 nafar hokim o‘rinbosari va 17 nafar hokimlik xodimi);
➖ 2024-yilda esa 11 tasi (2 nafar hokim, 3 nafar hokim o‘rinbosari, 2 nafar hokimlik xodimi, 3 nafar obodonlashtirish, 1 nafar yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi) mahalliy hokimliklar mansabdorlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 7-8-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
🏆 Braziliya – 6 karra Jahon chempioni!
🇧🇷 Braziliya 2:1 Argentina 🇦🇷
3-o’rin esa 🇺🇦Ukrainaga nasib qildi.
Shu bilan O’zbekistonda o’tgan futzal bo’yicha jahon chempionati muvaffaqiyatli o’z yakuniga yetdi.
👉 @xushnudbek 👈
ENERGETIKA VAZIRI BILAN: BOYSUN FOJIASI, AES, 200 KILOVATT VA H.K. — Lolazor podcast
📹 https://youtu.be/gaof8I6P454
Dam olish kunlarida maroqli tomosha tilaymiz. YouTube’da layk bosib va izoh yozib bitta yondirvoraylik🔥 Bu sonni ko’pchilik ko’rishi kerak.
Suhbat mundarijasi:
00:00 Tizer
01:52 Mehmonimiz — Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov
02:57 Qish mavsumida xalqimizni nima kutyapti?
07:57 Qishda svet o‘chadimi?
11:40 Gaz zapravkalar ochiq-yopiqligini ko’rsatadigan ilova qachon ishga tushadi?
15:38 Boysundagi fojia
18:52 Nega yetarlicha axborot berilmadi?
31:58 Boysunning muammosi — O’zbekiston muammosi
37:55 Egasi bitta kompaniyalarning ham pudratchi, ham burg’ulovchi, ham quruvchi bo’lishi
39:58 AES qurilishi masalasi
49:39 Qurilish qaysi yilda boshlanib, qaysi yilda tugaydi?
54:32 Suyultirilgan gaz nega qimmatlashib ketyapti?
1:04:10 200 kilovatt oshiriladimi?
1:11:26 Tannarxda ochiqlik va shaffoflik masalasi
1:13:53 Gaz qazib chiqarish qisqarishi qachon to’xtaydi?
1:32:48 Yuqori amaldorlarning xususiy sektorga rahbar bo’lishi to’g’rimi?
1:35:46 Mahsulot taqsimlash shartnomalarini bekor qilsa bo’ladimi?
1:38:35 Qishda metan “zapravkalar”da vaziyat qanaqa bo‘ladi?
1:44:36 Mazut yoqishga majburmizmi?
1:48:57 Qachon to’liq xususiy energetika kompaniyalariga o’tamiz?
1:50:33 Quyosh panellarini majburlash bo‘yicha
1:57:35 “2030-yilga borib, biz Yevropaga yashil energiya sotamiz”
2:01:18 Maishiy texnikalarga bojlarni pasaytish bo‘yicha
2:04:12 Vazirning xayrlashuv so’zi
📹 https://youtu.be/gaof8I6P454
👉 @xushnudbek 👈
Bugun "Lolazor" podkastining eng qaynoq va bahsli sonlaridan biri e’lon qilinadi. Energetika vazirimiz bilan juda ko‘p mavzularni qizg‘in muhokama qildik.
Bu suhbatni anchadan buyon tashkil qilishga harakat qilgan edik, lekin kutilmagan xizmat safarlari tufayli bir necha bor ortga surilgandi. Mana, nihoyat bugunga nasib qilgan ekan, hechdan ko‘ra kech.
Shu o‘rinda, ochiq muloqotga rozi bo‘lgan va hattoki bunga o‘zi tashabbus bildirgan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga minnatdorlik bildiramiz.
Suhbatning to‘lig‘ini doimgidek bugun soat 12:00 dan boshlab YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇹🇯Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Emomali Rahmonni tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklab,unga mustahkam sogʻlik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Jahon banki Oʻzbekistondagi tarkibiy islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun 800 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratishini ma’lum qildi.
“Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga oʻtishini jadallashtirishga qaratilgan”, — deyiladi tashkilot xabarida.
Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi.
2022-yildan federatsiyaga rahbarlik qilib kelgan Alisher Sa'dullayev Federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bosh vazirning Federatsiya raisi etib saylanishi, aynan ushbu nufuzli xalqaro tadbirga har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
😎 “Ramka”ngizdan chiqing!
Yoshingiz 18 da, bu yil maktabni tugatdingiz, hamma qatori hunar egallamoqchisiz yoki universitetga o‘qishga kirmoqchisiz. Ha, bu xato emas, lekin nimani xohlashingizni aniq bilasizmi?
Biz nimani xohlashingizni bilamiz: tanlagan kasbingizning professional mutaxassisi bo‘lmoqchisiz. Lekin bu maqsadga odatiy yo‘l yoki odatdagi ta’lim dargohi orqali erishib bo‘ladimi?
Biz bu savolga yo‘q, deymiz!
Bugungi globallashgan zamonda talabalar endi savolga javob berishni emas, qanday qilib to‘g‘ri savol berishni, vazifa bajarishni emas, nazorat qilishni, o‘ylashni emas, fikrlar oqimini boshqarishni o‘rganishi kerak. Buning uchun professional ustozlar, zamonaviy texnologiya va yoqimli atmosfera kerak.
📌 Buning barchasi Profi University'da bor!
Profi University - “Ramka”ngizdan chiqishni oʻrgatamiz!
☎️ Murojaat uchun: +998787771111
Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)
Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">YoutubeTa’lim reklamasi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi.
Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.
Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Telegram faoliyatida ommaviy uzilishlar kuzatilyapti. Foydalanuvchilar xabarlarni yuborish va media fayllarni yuklashdagi muammolardan shikoyat qilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti to‘g‘risidagi 155-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 22-iyun) ratifikatsiya qildi (asos: 02.10.2024-yildagi qonun).
Sal avvalroq Xalqaro Mehnat tashkilotining To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi 175-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1994-yil 24-iyun) ham ratifikatsiya qilingan edi (asos: 12.09.2024-yildagi qonun).
👉 @xushnudbek 👈
O’zbekistonda o’tayotgan futzal bo’yicha Jahon chempionatining ilk finalchisi ma’lum bo’ldi.
🇧🇷Braziliya terma jamoasi qiyin bahsda 3:2 hisobida 🇺🇦Ukraina ustidan g’alaba qozondi va finalga yo’l oldi. Ukraina 3-o’rin uchun bahsda ishtirok etadi.
Ertaga ikkinchi yarim finalda 🇦🇷Argentina va 🇫🇷Fransiya jamoalari o’zaro kuch sinashadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Kecha, 1-oktyabrdan boshlab oylik ish haqlari 10% ga, byudjet tashkilotlarida ishlovchi pedagog va shifokorlarniki esa 15% ga ko‘tarildi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori ham 10% ga oshirildi.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston hududida:
➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 155 ming so‘m;
➖ bazaviy hisoblash miqdori – 375 ming so‘m;
➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 ming so‘m;
➖ yoshga doir eng kam pensiya – 834 ming so‘m;
➖ nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 ming so‘m;
➖ mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 ming so‘m;
➖ belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 ming so‘mdan) 920 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 ming so‘m;
➖ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 ming so‘m;
➖ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 ming so‘m.
👉 @xushnudbek 👈