Prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
🏫 Manba: O‘zA
👉 @xushnudbek 👈
Xorijda ovoz berish jarayonlari boshlandi
Hozirgi vaqtda 40 ta xorijiy davlatdagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalarida 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan.
Xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi yurtimizning Yaponiya va Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlandi.
Ovoz berish jarayonlarining soʼngisi Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi vakolatxonalarimizda Toshkent vaqti bilan 28-oktabr soat 05:00 da yakunlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Saylovda qanday ovoz beriladi?
Bu haqda videoda batafsil tushuntirish berilgan.
Ertaga saylovga borganingizda sizga 4 ta byulleten berishadi. Bunga hayron bo’lib qolmang. Byulletenlar 4 xil rangda bo’ladi. Bular:
1) 🔵 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda siz faqat partiyaga ovoz berasiz, konkret nomzodlarga emas;
2) 🟢 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda siz partiyaga emas, nomzodga ovoz berasiz;
3) 🟡 Viloyat Kengashi deputatligi uchun nomzodlar;
4) ⚪️ Tuman, shahar Kengashi deputatligi uchun nomzodlar.
O’zingizga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga ➕, yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.
❗️BU MUHIM: ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi xarajatlarini yengillashtirish maqsadida kompensatsiyalar joriy etildi. Bu yil 1,4 million muhtoj oilaga, jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalarga ham 270 ming soʻm miqdorida bir martalik kompensatsiya toʻlanadi.
Ushbu mablagʻlar isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal toʻlovlarni qoplashga yordam berishi aytilyapti. Kompensatsiya avtomatik tarzda toʻlanadi — ariza yoki boshqa hujjatlar talab qilinmaydi.
Agar oilangizda gaz va elektr energiyasi iste’moli ijtimoiy me’yordan oshsa, boshqa qoʻshimcha kompensatsiyalar ham olishingiz mumkin. Murojaat uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 1140 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
2024-yilning yanvar-sentyabr oylari holatiga ko'ra, O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:
🔹 aholi soni – 37,35 mln kishi;
👩🦳 ayollar soni – 18,5 mln kishi;
👨 erkaklar soni – 18,8 mln kishi;
🌆 shaharda yashovchilar – 19,0 mln kishi;
🏡 qishloqda yashovchilar – 18,3 mln kishi;
💍 nikohlar soni – 179,3 mingta;
💔 ajrimlar soni – 33,9 mingta.
🔹 Umumiy migratsiya:
🛬 ko‘chib kelgan – 186,8 ming kishi;
🛫 ko‘chib ketgan – 193,5 ming kishi.
🔸 Shundan, tashqi migratsiya:
🛬 ko‘chib kelgan – 1,7 ming kishi;
🛫 ko‘chib ketgan – 8,3 ming kishi.
👉 @xushnudbek 👈
O'zbekistonda iTV striming platformasi Tahrirchi startapi bilan birgalikda sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tiliga subtitrlarni oʻgirish uchun maxsus loyihani ishga tushirdi.
Bu loyiha o‘zbek tilidagi kontentni yanada kengaytirishga qaratilgan.
Endi tomoshabinlar sevimli film va seriallarini asl tilida ko‘rishlari va shu bilan birga, sun’iy intellekt orqali tarjima qilingan o‘zbekcha subtitrlar bilan kontent atmosferasiga to‘liq sho‘ng‘ishlari mumkin.
Siz ham oʻzbekcha subtitrlari mavjud film va seriallarni tomosha qilishni istasangiz, ularni shu yerda topishingiz mumkin.Reklama
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, o‘rniga Migratsiya agentligi tashkil etildi.
Shuningdek, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi Agentlikka oʻtkazilib, uning negizida Migratsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq nazorat tadbirlarini oʻtkazishga ruxsat etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Turkiyada ilk temuriyzoda malika Shodmalik Sultonning qo‘li bilan yozilgan Qur’on qo‘lyozmasi topildi
Bu haqida Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligida ma’lum qilindi. Noyob topilma Amir Temurning chevarasi, Temurning katta o‘g‘li Jahongir Mirzoning nevarasiga qizi tomonidan atab bitilgan.
Qo‘lyozmani topgan Istanbul universiteti doktori Emek Ushenmesning bildirishicha, Anqarada Temurning nevarasi Jahongir Mirzo Boyazid bilan bo‘lgan jangda yaralanadi va Kaysera shahriga kelib vafot etadi. 1467-yil qizi malika Shodmalik Sulton o‘z qo‘llari bilan Qur’oni Karim oyatlarini qo‘lyozma shaklida yozib tugatadi. U ayni paytda Istanbuldagi Turk va islom asarlari muzeyida saqlanmoqda.
Madaniy meros haftaligida ushbu qo‘lyozmaning faksimile nusxasi O‘zbekistonga qaytarilishi ma’lum qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari edi.
***
Kaypov Daryabay Jaksibayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
Mukofotni Tatariston raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida 🇮🇳Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi 5 oylik "GID-TARJIMON" kursini taklif etadi
Afzalliklari:
🔴 Кurs xarajatining 30 foizi Turizm vazirligi tomonidan qoplanadi;
🔴Sayyor darslar-amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim tizimi;
🔴Beshta hudud;
🔴Kurs yakunida davlat namunasidagi diplom.
Shuningdek, tarmoq markazida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
🔹 G'arb tili (ingliz, fransuz, ispan, italyan va nemis tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
•4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
•8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).
🔹 Rus tili bo‘yicha o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari 5 oylik;
🔹 Sharq tillari (arab, turk, xitoy va koreys tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔹 Avia-bort kuzatuvchi (styuardessa) 1 oylik.
Ushbu kurslarni tugatgandan soʻng ta’lim tizimida uzluksiz dars berish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ta'lim reklamasi
Читать полностью…
Abdullayev Olimjon Suyunovich tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli edi.
👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, kuni kecha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi.
Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin: Uchquduq tumanidagi 7-maktab jamoasi (Navoiy);
🥈2-o‘rin: Buxoro shahridagi 39-IDUM jamoasi (Buxoro);
🥉3-o‘rin: Bog‘ot tumanidagi 92-sonli IMI jamoasi (Xorazm).
Mazkur o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.
Shuningdek, ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
HONOR X7c — sizning ishonchli hamrohingiz
Har daqiqada o‘zingizga ishonch uyg‘otish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega yangi smartfon: tasodifiy tushirib yuborishlarda 5 yulduzli bardoshlilik, suvga chidamlilik va 360° ultra mustahkamlik.
Yuklama va salbiy ta’sirlardan himoyalangan. Uning 256 + 16 (8+8) GB katta xotira hajmi bilan unutilmas lahzalaringizni saqlang.
Smartfonni brend saytida yoki O'zbekiston bo'ylab texnika do'konlarida xarid qiling va sovg'asiga simsiz kolonkaga ega bo'ling.
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylov jarayonlariga rasman start berildi. Barcha saylov uchastkalarida soat 8:00 da davlatimiz madhiyasi yangradi.
Videoda Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasidagi jarayon aks etgan.
🏫 Manba: O‘zA
👉 @xushnudbek 👈
“YandexGo UB” MCHJ, “Yandex Eats” MCHJ XK hamda “Express24 APP” MCHJlar ustun mavqega (monopol) ega raqamli platforma operatorlari sifatida e’tirof etildi
Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan taksi agregatori xizmatlari bozorida “YandexGo UB” MCHJ hamda tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “YANDEX EATS” MCHJ XK, “EXPRESS24 APP” MCHJ (Express24 xizmati)larni ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari deb e’tirof etildi.
Asos: “YANDEX EATS” MCHJ XK va “YANDEXGO UB” MCHJlarning bu sohalarda ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomalari.
👉 @xushnudbek 👈
Adliya katta maslahatchisi Bobojonov Baxtiyor Bekovich Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun “sukunat kuni”
Ertaga, 27-oktyabr kuni Parlament va mahalliy kengash deputatligi uchun saylov kuni.
Saylov kodeksiga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga 1 kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
ℹ️ Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.
⏰ Ma’lumot uchun, saylovda ovoz berish 27-oktyabr kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha tegishli saylov uchastkalarida o‘tkaziladi.
📍 Qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingizni mana bu sahifa orqali aniqlab olsangiz bo'ladi:
https://saylov.uz/oz/services/find-your-polling-station
Shuningdek, mazkur sahifada saylov uchastkasi manzili va lokatsiyasi ham berilgan.
📋 Saylov uchastkasiga shaxsni tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarning biri bilan kelish mumkin:
➖ fuqaro pasporti yoki ID-kartasi;
➖ xorijga chiqish pasporti;
➖ harbiy guvohnoma;
➖ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
➖ fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlaridan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma.
👉 @xushnudbek 👈
🚘 1-noyabrdan import avtomobillar bojxona hududida emas, Piskent poligonida sinovdan o‘tkaziladi
Mazkur tartib rasmiy dilerlar orqali import qilingan transport vositalariga tegishli bo‘ladi, o‘z ehtiyoji uchun xorijdan avtomobil olib keladiganlarga taalluqli emas.
Sinov muddati 3 oy davom etib, 15 ming kilometr yurgan mashinalarga muvofiqlik sertifikati beriladi.
Sinovlar xalqaro darajada tan olinadi. Buning uchun BMTning transport sohasidagi qoidalari amaliyotga kiritiladi.
Ushbu qoidalar asosida sinovlarni oʻtkazish faqatgina xalqaro ISO tashkilotining (International Organization for Standardization) standartlari va Yevropa direktivalari asosida amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun ichki ishlar organlari xodimlari kuni!
O‘zbekistondagi eng katta huquqni muhofaza qiluvchi organning barcha fidoyi xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman!
Ichki ishlar organlari amalda xalqning eng ishonchli do‘sti va himoyachisi bo’lishiga tilakdoshman.
Xalq xizmatidan charchamang!
👉 @xushnudbek 👈
Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzoladi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
«Mardlik» ordeni bilan
«Do‘stlik» ordeni bilan
«Jasorat» medali bilan
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
«Sog‘lom turmush» medali bilan
«Shuhrat» medali bilan
Xonadonlar oyiga 4 mln so'mdan! 🤩
Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Xon Saroy Afsonasi” loyihasidan 1 xonali xonadonlarga boshlang'ich to'lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 4 mln so'mdan to'lab boring ✨
Loyiha hududida baxtli hayotingiz uchun barchasi mujassam:
✅ Xavfsiz bolalar maydonchasi
✅ Eco-hudud
✅ Yerosti va yerusti avtoturargohlari
✅ Work out zona
✅ 24/7 qo'riqlanuvchi xavfsiz hudud
Bot orqali bog‘lanish
📲 712007400
📲 555017400
🌐 xonsaroy.uz
Reklama
Abduhakimov Murodullo Togʻayevich Andijon viloyati prokurori etib tayinlandi.
U bunga qadar Bosh prokuraturaning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi edi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida 🇹🇷Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qiymati 352 mln dollarlik 76 ta hujjat imzolandi
Kecha, 22-oktyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston IV Hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Oljas Bektenov ishtirok etdi.
Forumda sanoat kooperatsiyasi, suv-energetika, tranzit va transport sohalari, gaz sanoatidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-iyuldan 21-avgustga qadar o‘tkazilishi mumkin
Bu bo‘yicha Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra:
➖ aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuzilishi;
➖ Statistika agentligi aholini roʻyxatga olishni planshet qurilmalari yordamida oʻtkazish uchun 2024–2026-yillarda zarur texnik va dasturiy vositalarni Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda xarid qilish ishlarini tashkil etishi;
➖ Kadastr agentligi 2025-yil 1-iyulga qadar aholi punktlari va koʻchalar nom belgilarini oʻrnatish, xonadon va uylarni toʻliq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazilishini taʼminlashi;
➖ mahalliy hokimliklar 2025-yil 1-sentyabrga qadar hududlarning maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarining oʻzgarishi, toponomik obyektlarga nom berilishi va ularning nomlari oʻzgarishi boʻyicha tegishli maʼlumotlarni hududiy statistika organlariga oʻz vaqtida taqdim etib borilishini taʼminlashi;
➖ Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar aholini roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining yangilangan sxematik rejalari va xaritalari) bilan toʻliq taʼminlashi lozimligi belgilab qo‘yilmoqda.
Shuningdek, Oliy Majlis palatalariga 2025-yil 1-sentyabrdan 2026-yil 1-sentyabrga qadar respublika boʻylab maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini oʻzgartirish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish ishlarini vaqtincha toʻxtatib turish tavsiya etilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 23-24-oktyabr kunlari BRICS sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi.
👉 @xushnudbek 👈
🚍✈️ 🚆 O'zbekistonda poyezd, samolyot va avtobus qatnovlari haqida ma'lumot va chipta sotib olish uchun yagona platforma ishga tushiriladi
Transport vazirining buyrug‘i bilan mazkur platforma 20-noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida ishga tushiriladi.
Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab “Uztrans” axborot tizimida transportning barcha turlari uchun chipta qidirish imkoniyatiga ega modul faoliyati to‘xtatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
🅿 Toshkentda 14 mingga yaqin pulli avtoturargoh o‘rni quriladi
Kelgusida esa jami 84 mingga yaqin parking maydoni tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Pulli to‘xtash joylari 10 yil muddatga “e-auksion” platformasi orqali ijaraga qo‘yiladi.
💰 “Parkovka” narxlari esa zonasiga qarab 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilangan.
🗺 “Parkovka” uchun ajratiladigan hududlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈