Fox News telekanali ham Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Ammo bu hozircha rasmiy natijalar emas.
👉 @xushnudbek 👈
AQSHda Respublikachilar partiyasi 51 o‘rin bilan Senatda nazoratni o‘z qo‘liga oldi.
Vakillar palatasiga saylovlarda ham Respublikachilar oldinda. Bu degani, agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, mutloq hokimiyatga ega bo‘lishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
(xabar yangilab turiladi)
AQSHdagi prezidentlik saylovida hozircha Donald Tramp yetakchilik qilmoqda.
Tahlilchilar fikricha, saylov natijasini Arizona, Jorjiya, Viskonsin, Pensilvaniya, Nevada, Nebraska (2-distrikt) va Michigan shtatlari hal qilishi kutilmoqda. Chunki ushbu hududlar "ikkilanuvchi" shtat hisoblanadi. Ya’ni ularda kim g‘alaba qozonishi noma’lum, bir safar demokratlarga, bir safar respublikachilarga ovoz berishadi.
"Ikkilanuvchi" shtatlardan yana biri bo‘lgan Shimoliy Karolinada Tramp g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, qaysi nomzod birinchi bo‘lib 270 ta ovoz olsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Sport musobaqalari ishtirokchi va tashkilotchilarini pora evaziga og’dirganlik uchun javobgarlik belgilandi
Bu bo‘yicha qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 214-1 va 214-2-moddalar bilan to‘ldirildi.
Jumladan, sport musobaqalari natijalarini yoki uning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchini, trenerni, hakamni yoxud musobaqaning boshqa ishtirokchi hamda tashkilotchilarini pora evaziga og’dirib olganlik uchun quyidagicha javobgarlik belgilandi:
➖ bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima;
➖ 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash;
➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
O’z navbatida qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olgan sportchi, trener, hakam yoxud musobaqaning boshqa ishtirokchi hamda tashkilotchilarining o’ziga ham xuddi shunday jazo chorasi qo’llanadi.
Ikkala moddada ham og’irlashtiruvchi holatlar (takroran, ko’p miqdorda, tamagirlik evaziga va hk) mavjud.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, sanoat, infratuzilma, transport-logistika, “yashil” energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, IT, ta’lim, turizm, hududlararo va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Shanxay shahrida 5-10-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan bosqichma-bosqich boshlanadi
Bunda 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
O’tgan haftada (saylov kuni) “Zakovat” klubi tomonidan yana bir katta turnir o’tkazilgan edi.
Unda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!
Quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇1-o‘rin - Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi;
🥈2-o‘rin - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi;
🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi.
Mazkur o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.
Shuningdek, ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlislari 2024-yilning 7-12-noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilandi.
Oliy Majlis Senati a’zolari hududiy kengashlarga saylangan deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
👉 @xushnudbek 👈
🛫 Zarafshon shahridagi eski aeroport qayta tiklanishi mumkin
Bu haqda bugun Navoiy viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi 200 ming aholi Toshkent shahriga borish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga borishiga to‘g‘ri kelayotgani, keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayotgani qayd etildi.
Shu sababli, Zarafshon shahrida o‘tgan asr 80-yillarida qurilgan va ayni paytda ishlamayotgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun 🔵"Nasaf" jamoasi o‘z tarixida ilk marta Superliga chempioniga aylanishi mumkin. Buning uchun safarda 🔴"Lokomotiv" jamoasini mag‘lub etsa kifoya.
Uchrashuv soat 16:00 da "Do‘stlik" stadionida start oladi. Stadion lokatsiyasi bu yerda.
👉 @xushnudbek 👈
Bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati
Ya’ni o‘z okrugida boshqa partiyalardan nomzodi qo‘yilgan 4 nafar raqiblaridan ko‘proq ovoz to‘plagan holda saylangan deputatlar.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
👉 @xushnudbek 👈
#arxiv
Kechki dasturlarimizda lirik chekinish.
Usmon Azim aytganlaridek, yozganlarini tarqatyapmiz, mana :) Sevimli aktyorimiz Farhod Abdullayev ustoz shoirning "Sevgimiz o‘ldimi?" she’rini chiroyli o‘qib bergan.
Ma’lumot uchun: ushbu parcha "Zakovat" intellektual ko‘rsatuvining 2008-yilgi Yangi yil shou o‘yinidan olindi. Unda Erkin Komilov boshchiligidagi aktyorlar jamoasi ishtirok etgan hamda 6-3 hisobida g‘alaba qozongan edi. Jamoa tarkibida rahmatli Fathulla Ma’sudov ham bo‘lgan ekan. Joylari jannatdan bo‘lsin.
👉 @xushnudbek 👈
Yomon kontentga qarshi qanday kurashish mumkin?
Instagram, TikTok, YouTube yomon kontentga to‘lib ketyapti, yoshlarimizning ma’naviyati buzilib ketyapti, deb ko‘p noliymiz. Bu holatni tinimsiz tanqid qiluvchilar topiladi. Hatto ba’zilar shu sababli qaysidir manbalarni taqiqlash va bloklab qo‘yishni ham so‘raydi.
Menimcha, taqiqlash yechim emas. Yomon kontentga qarshi kurashishning eng samarali usuli yaxshi kontentlarni ko‘paytirish va bunday kontent tayyorlovchilarni rag‘batlantirish. Boshqacha yo‘lni ko‘rmayman, ochig‘i. Birgina she’riyat misolida aytsam.
O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov umrining so‘nggi yillarida o‘zining juda ko‘p she’rlarini o‘qib bergan va bu videoga muhrlangan. Ochig‘i, o‘sha videolarni tez-tez ko‘rib turaman va har safar mazza qilaman. Shoirning o‘z tilidan o‘qilgan she’rlarning mazasini tushungan tushunadi, bilgan biladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘sha videolar hozirgacha aylanib turadi va ayrimlari hatto millionlab ko‘rilgan ham.
"Lolazor" podkastining oxirgi sonida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan suhbatda aynan shu haqida gap ochdim, ularga ham shuni savol o‘laroq taklif sifatida aytdim.
Usmon aka fikrimni ma’qulladilar, ammo ular aytgan ayrim jihatlarda ham jon bor. Ya’ni bizning ulug‘ shoirlarimiz bunaqa texnik masalalar bilan o‘ralashib yurishlari kerak emas, ular mazza qilib ijod qilsin, ijod targ‘iboti bilan esa xos jamoalar shug‘ullansin. Targ‘ib qilganda ham yoshlar uslubida, ularga yoqadigan formatlarda, joriy trendlarni his qilgan holda qiziqarli qilish kerak. Bu ish bilan ayni qaysi tashkilot shug‘ullanishi kerak, kim moliyalashtirishi lozim, bular muhokama uchun alohida boshqa mavzu.
Xullas, bu borada qisqacha fikrim shunaqa. Yuqoridagi videoni ko‘rsangiz, yanada tushunarli bo‘ladi.
Agar shoirning o‘zi o‘qigan she’r qay darajada yoqimli bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz, unda Usmon aka podkastning oxirida o‘qigan 2 ta she’rni tinglab ko‘ring.
👉 @xushnudbek 👈
The Hill nashri Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini yozmoqda. Ammo bu hozircha rasmiy natijalar emas.
👉 @xushnudbek 👈
AQSHdagi saylov natijasini hal qiluvchi "ikkilanuvchi" shtatlardagi ko‘rsatkichlar. Donald Tramp Jorjiya va Shimoliy Karolinada g‘alaba qozondi. Yana uchtasida yutishga juda yaqin.
👉 @xushnudbek 👈
DXX: Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari 1 mln AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 mln AQSH dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
👉 @xushnudbek 👈
DXX: Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari 5 ming dollar olayotganda ushlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligining ma’muriy binosi yonida 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
***
Bundan tashqari Navoiy shahri hamda Shahrixon tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bankdan 100 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish uchun tavsiyanoma berish evaziga pul olgan mahalladagi hokim yordamchilari ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
👉 @xushnudbek 👈
O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida Payariq maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi
Uchinchi bor o‘tkazilgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin: Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 84-maktab jamoasi
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti jamoasi
🥉3-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi
💰 G‘olib jamoalar quyidagicha taqdirlandi:
1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.
Ma’lumot uchun: ushbu musobaqada respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim muassasalari jamoasi (davlat va nodavlat) ishtirok etishi mumkin edi. Dastlab hududiy saralash bosqichi o’tkazildi, kecha respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
👉 @xushnudbek 👈
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runovning ma'lum qilishicha, tashkilotga a'zo bo‘lish bo‘yicha 14 oy davom etgan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan.
Shu tariqa AQSh mamlakatimizning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlat bo‘ldi.
👉 @xushnudbek 👈
Oybek Eshonov Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin, Oʻrta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi edi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentdagi Chorsu maydoni yangi qiyofa kasb etadi
2-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha doirasida yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar joylar barpo etiladi. Bu loyihada 2025-yildan qurilish ishlari boshlanib, 2029-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 170 million AQSh dollaridan oshadi.
Rekonstruksiya jarayonida 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq bo‘lib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi. 2024-yilning texnik ekspertizasiga ko‘ra, binoning temir-beton konstruksiyalari jiddiy shikastlangan va rekonstruksiya qilishga yaroqsiz deb topilgan.
👉 @xushnudbek 👈
🏆 Kuzgi mavsum finalini o‘tkazib yubormang!
Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum FINALIDA Farrux Rafiqov jamoasi ishtirok etadi.
‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!
Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.
📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.
✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
👉 @xushnudbek 👈
🔵 “Nasaf” — chempion!
Vanihoyat ajdarlar o’z tarixida ilk marta Superliga chempionligini qo’lga kiritdi! Barakalla, yigitlar! Qashqadaryo viloyatining 100 yilligiga ajoyib sovg’a bo’ldi.
“Nasaf” muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman!
👉 @xushnudbek 👈
❗️Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
✅ Unga ko‘ra, universitet Navoiy davlat pedagogika instituti negizida tashkil etiladi.
✅ Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;
✅ Universitetda 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq, ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Siyosiy partiyalar ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati.
Ro‘yxatda vazirlardan hech kim yo‘q. Ya’ni birorta vazir deputat bo‘lmagan. Ertalabdan qayerdan bunaqa ishonarsiz va tekshirilmagan xabar tarqatishdi, hayronman.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida yirik sanoat obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari bilan tanishish, yangi loyihalarga start berish rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
❓Endi vazirlar deputat bo‘ladimi?
✔️Qisqa javob: menimcha, yo‘q, bironta vazir deputat bo‘lmaydi.
✅ Batafsil javob: joriy yilgi saylovlarda yangicha tizim ilk marta sinovdan o‘tdi. Ya’ni ilgari saylovchilar faqat konkret nomzodga ovoz berardi. Falonchi, pistonchi deb byulletenda yozilgan bo‘lardi.
Joriy yilda o‘sha konkret 75 nafar nomzodlardan tashqari yana 75 ta joy uchun partiyalarga ham ovoz berish qo‘shildi. Ya’ni siz byulletenda partiya nomini tanladingiz.
Har bir partiya saylovdan oldin 75 ta o‘rin uchun 100 nafar o‘z nomzodlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida vazirlar, mashhur insonlar, jamoatchilik faollari bor edi. Boshqacha aytganda, bu o‘ziga xos "terma jamoa". Bizning partiyada shunaqa zo‘r odamlar bor, bizga ovoz bering, deyishdi.
Qoida tariqasida, "A" partiya saylovda 30 ta o‘rin olsa, unda haligi 100 kishilik ro‘yxatdagi 1 dan 30-raqamgacha bo‘lgan nomzodlar deputatlikka saylanishi kerak edi. Ammo amalda unday bo‘lmaydi. Saylov kodeksiga ko‘ra, saylangan shaxs deputatlikdan o‘z ixtiyori bilan voz kechishi mumkin. Shunda pastdagilar tepaga ko‘tariladi.
Jaydari tilda, futbol jamoasi misolida aytsak, siz saylovda "Real Madrid" uchun ovoz berishingiz mumkin, ammo asosiy tarkibda qaysi 11 nafar futbolchi maydonga tushishini hal qilolmaysiz.
Xullas, partiyalarning o‘sha 100 kishilik ro‘yxati reklamaga o‘xshagan narsa edi. O‘ziga xos siyosiy texnologiya deyish mumkin.
Yana qaytaraman, shaxsiy fikrimcha, saylangan bironta vazir deputatlikka o‘tmaydi. Barchasi ixtiyoriy rad qilish haqida ariza yozib beradi. Aniq javobni tez orada bilib olamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Karimov Sherzod Abdurasulovich maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentida boʻlim boshligʻi edi.
MMT vazirining avvalgi birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev yaqinda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlangandi.
👉 @xushnudbek 👈