xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi.

Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega boʻlgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, masʼuliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani taʼkidlandi.

Ayni daqiqalarda Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturini taqdim etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

6-turdan keyin guruhimizdagi vaziyat.

Eron safarda Qirg’izistonni 3:2 hisobida mag’lub etgan bo’lsa, BAA o’z uyida Qatarni 5:0 hisobida yanchib tashladi.

Endi jamoalar bahorgacha tanaffus olishadi. Keyingi tur 20-mart kuni bo’lib o’tadi. O’zbekiston o’z uyida Qirg’iziston bilan o’ynasa, Eron BAAni, Qatar Shimoliy Koreyani qabul qiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xayriyatey, bir amallab, g’alabani ushlab qoldik.

G’alaba muborak! Bahorgacha guruhda 2-o’rinda mustahkam qoldik.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

GOOOOOOL!!!

Abbosbek Fayzullayev hisobni ochdi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Hukumat iste’foga chiqdi

Vazirlar Mahkamasining 19-noyabrdagi tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

O‘z navbatida, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi ma’lum qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚽️ Bugun — o‘yin kuni!

Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda 🇰🇵Shimoliy Koreya bilan kuch sinashadi. O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, guruhdagi holatimiz biroz yomonlashgan bo‘lsa ham, bugungi g‘alaba orqali hammasini to‘g‘rilash mumkin. 

Shuningdek, bugun terma jamoamiz 2024-yildagi so‘nggi rasmiy o‘yinini o‘tkazadi. Bahorgacha guruhda 2-o‘rinda mustahkam qolish uchun ham bugun bizga suv va havodek g‘alaba zarur.

Yigitlarimizga omad tilaymiz! G‘alabalar yor bo‘lsin, ilohim.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

HONOR X7c — ishonchli hamrohingiz

Har qanday tashqi ta’sirlarga chidamli, suvga bardoshli, 360 daraja mustahkam smartfon — korpusi barcha tomondan himoyalangan.

Hayotingizdagi muhim lahzalarni 256+16 (8+8) GB xotirali HONOR X7c smartfoniga muhrlang.

Xarid qilish uchun saytga o‘ting va simsiz kolonkani sovg‘a sifatida oling.

Sayt | Instagram | Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Deputat Mavluda Xo‘jayeva Spikerning birinchi o‘rinbosari etib saylandi.

Deputat Rahimjon Hakimov esa Spiker o‘rinbosari etib saylandi.

Ikkalasi ham O‘zLiDeP partiyasining vakili.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿Rekord darajada kattalikdagi O‘zbekiston bayrog‘i Toshkentga olib kelindi

Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan rekord darajada — 100 metr kattalikdagi bayrog‘imiz 14-noyabr kuni Xorazmdan Toshkent tomon yo‘lga chiqqan edi.

Bayrog‘imiz bir necha kun davomida Xorazm Ichan Qal'asi, Buxoro Arki va Samarqanddagi Registon maydonida bir guruh harbiylar, yoshlar va boshqa vatandoshlarimiz qo‘llarida hilpirab, poytaxt tomon harakatlandi.

Bayroq bugun o‘zining so‘nggi yo‘nalishi — Toshkentga yetib keldi.

P.S.: Bayrog‘imiz erk va mustaqilligimiz timsoli sifatida yuksaklarda abadiy hilpirab tursin, ilohim!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 11 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Gi de Mopassan. Alvido

Izoh
: Vaqt juda tez oʻtadi, tassavvur qilmaganimiz darajada tez. Lekin biz u qoldirgan izlarini negadir boshqalarda koʻproq koʻramiz. Oʻzimizga razm solish esa yodimizdan koʻtariladi. Axir, kunlar, oylar, yillar hammamizga birdek ta’sir koʻrsatmadimi?

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/gi-de-mopassan-alvido" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/gi-de-mopassan-alvido

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/NV3USgKbQZE

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 18-noyabr, dushanba kuni;

Senatning birinchi majlisi 19-noyabr, seshanba kuni Toshkent shahrida chaqiriladi.

Ma’lumot o‘rnida: odatda Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham ishtirok etadi.

Shuningdek, birinchi majlisda Qonunchilik palatasi Spikeri hamda Senat Raisi saylanadi.

Konstitutsiyaga binoan, Senat Raisi Prezident taqdimiga binoan saylanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yiladi

Bu bo‘yicha qonun Prezident tomonidan imzolandi.

👮‍♂️ Unga ko‘ra, bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.

Bola olib qoʻyilganda, vakolatli davlat organi quyidagilarni ta'minlashi shart:

🔹 zudlik bilan prokurorga xabar berishi;
🔹 bolaning vaqtincha joylashtirilishini taʼminlashi;
🔹 fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bolani olib qoʻyish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun ichida ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi.

Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni o‘z qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, u quyidagi joylarga (joylashtirish ustuvorligi tartibida) joylashtirilishi mumkin:

1️⃣ bolaning manfaatlariga muvofiq shart-sharoitlar yarata oladigan ota-onaning birinikiga;
2️⃣ bolaning qarindoshlarinikiga;
3️⃣ bolaga gʻamxoʻrlik koʻrsatish istagini bildirgan shaxsnikiga;
4️⃣ vakolatli davlat organining hisobida turgan shaxslarnikiga;
5️⃣ tibbiyot muassasasiga (bolaning sogʻligʻida muammolar boʻlganda);
6️⃣ zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan
muassasalarga
.

Agar bolani oilaga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, uni ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish eng oxirgi chora bo‘ladi.

❗️Mazkur qonun 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Raimov Ravshan Isakdjanovich Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari edi.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. Bugun mutlaqo yangi vakolat va vazifalarga ega bo‘lgan Hukumat shakllanayotgani qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ucell’ning yangi yagona aloqa markazi ochildi

Toshkentning Vosit Vohidov ko‘chasida yangi, zamonaviy Ucell aloqa markazi faoliyat boshladi. Endi 9 million nafar abonent yanada tezkor va qulayroq ravishda xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ucell’ning bosh direktori Andrey Shishkovskiy shunday dedi:

“Mijozlar bilan aloqa kompaniyamizning asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Har bir qo‘ng‘iroq, har bir xabar foydalanuvchilarning ehtiyojlarini tinglash, tushunish va ularga eng yaxshi yechimlarni taklif qilish imkonini beradi. Yangi kontakt markazi esa mutlaqo yuqori darajadagi xizmatni ta’minlaydi”.


Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni vaqtda guruhimizdagi holat. Eron safarda Qirg’izistonni 1:0 hisobida mag’lub etmoqda. Bugun, shuningdek, BAA va Qatar ham o’zaro kuch sinashadi. Qaysidir raqibimiz ochko yo’qotishi aniq. Agar durang o’ynashsa, biz uchun yanada yaxshi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’yinda drama

Jarima maydonchasi ichida qo’l bilan o’ynalgani uchun Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko’rsatildi va penalti belgilandi.

Lekin O’tkir Yusupov penaltini qaytardi!

O’yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qoldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿O’zbekiston milliy terma jamoasining 🇰🇵Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyindagi boshlang’ich tarkibi e’lon qilindi. Avvalgi uchrashuvda olingan jarohatlar sababli Eldor Shomurodov hamda Otabek Shukurov bugun bizga yordam bera olmaydi.

Uchrashuv soat 17:00 da boshlanadi. "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.

Senatorlar nomzodni ma’qullab ovoz berdi. Shunday qilib, Tanzila Narbayeva ikkinchi bor Senat Raisi lavozimiga saylandi.

Shuningdek, Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi hamda ular ham mazkur lavozimlarga saylandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugda rejaviy mashg‘ulotlar olib borilayotgani munosabati bilan yurtdoshlarimizga murojaat qilib, yo’llarda harbiy texnikalar harakati davomida yo’l harakati xavfsizligiga rioya qilishni so’radi.

Shuningdek, OAV va blogerlardan ma'lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so’ramoqda. Ya’ni “ko’chalarda harbiy texnikalar va askarlarni ko’rib qolsangiz, xavotirga tushmang, vahima qilmang, bu shunchaki oldindan rejalashtirilgan o’quv mashg’ulot xolos” deyishmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini ta’kidladi

Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “Hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi.

Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Parlament nazorati, avvalo, siyosiy nazoratdir, uning oqibati ham siyosiy mas’uliyat bilan bog‘liqdir. Prezident Qonunchilik palatasiga Hukumat a’zosi hisobotini eshitib, uning yakunlariga ko‘ra, ushbu rahbarni iste’foga chiqarish to‘g‘risida Prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatib o‘tdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ismoilov Nuriddin Mo‘ydinxonovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi.

Yig‘ilishda qatnashayotgan Shavkat Mirziyoyev Nuriddin Ismoilovning Spiker etib saylangani haqida munosabat bildirdi:

Xalq buyuk, uning noibi bo‘lish — katta mas’uliyat yuki.

Spiker Nuriddin Ismoilov ham o‘z yoniga yosh jamoani to‘plab, kelgusi 5 yilda mutloq yangicha ishlash, yangi parlament tuzishda o‘z tajribasi, fidoyiligini ko‘rsatadi deb o‘ylayman”.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mentalaba.uz sayti orqali 2024/2025-oʻquv yilida eng koʻp hujjat topshirilgan TOP-10 xususiy va xalqaro universitetlar

🎓 Mentalaba.uz OTMlarga onlayn hujjat topshirishga koʻmaklashuvchi yetakchi platforma sifatida yana bir o‘quv yilini ortda qoldirdi.

📅 2024/2025-o‘quv yili davomida mentalaba.uz orqali eng koʻp qaysi universitetlarga hujjat topshirilgan?

1️⃣ TMC Institute in Tashkent
2️⃣ University of Business and Science
3️⃣ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
4️⃣ Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
5️⃣ Tashkent International University
6️⃣ Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
7️⃣ Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
8️⃣ Oriental universiteti
9️⃣ Fan va texnologiyalar universiteti
🔟 Osiyo xalqaro universiteti


Mentalaba.uz abituriyentlarga universitetlarni tanlash, onlayn hujjat topshirish va qabul jarayonini osonlashtirishda yordam berishdan mamnun.

🔗 Ro'yxatdan oʻtish

Hamkorlik qilish istagidagi universitet va texnikumlar uchun: https://forms.gle/xWTBfN4PKQmcBgi96


Sayt |
Telegram | Telegram bot | Instagram

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Xalqaro talabalar kuni. U qanday kelib chiqqan?

Bu voqeaga 85 yil bo‘lganiga qaramay, 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni sifatida nishonlanadi. Biroq uning tarixiy kelib chiqishi g‘oyat fojiali ekanini ko‘pchilik bilmaydi.

1939-yil 28-oktyabrda Pragadagi Charlz universiteti talabalari Chexoslovakiya Respublikasi mustaqilligining 21 yillik bayrami munosabati bilan miting o‘tkaziladi.

Ushbu namoyish fashist bosqinchi kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bostiriladi. 15 nafar talaba og‘ir yaralanadi va ulardan biri ikki hafta o‘tgach jarohat oqibatida vafot etadi. Bundan qayg‘uga tushgan talabalar 15-noyabr kuni Praga shahri bo‘ylab dafn o‘tkazish marosimini fashist kuchlariga qarshi namoyishga aylantirib yuboradi.

1200 dan ortiq talabalar hibsga olinadi. 1939-yil 17-noyabrda namoyishchilarning 9 nafari – 8 talaba va 1 professor qatl etiladi. Deportatsiya qilingan 1200 nafar talabadan kamida 20 nafari qamoqda omon qolmaydi.

1941-yilda Londonda Xalqaro talabalar kengashi bo‘lib o‘tadi va Kengashda ushbu voqea munosabati bilan talabalar qatl qilingan sana – 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni, deb e’lon qilingan.

Bugungi kunda Chexiya va Slovakiyada 17-noyabr “Ozodlik va demokratiya uchun kurash kuni” sifatida nishonlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 9 nafar a’zolari tayinlandi.

Ro‘yxat:

Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori

Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mobiuz’ning Mobi Cinema xizmati bilan filmlar, seriallar va telekanallarni smartfoningizda tomosha qiling!

Ilovani o‘rnating va kerakli opsiyani qulay narxlarda faollashtiring!

Mobi Cinema Premium (More tv, Start, Megogo, Amediateka videobazasiga kirish):
➖ 1 kunga – 4 999 so‘m;
➖ 30 kunga – 33 999 so‘m.

Mobi TV (+100 ta telekanal):
➖ 30 kunga – 17 999 so‘m.

Mobi Cinema Milliy (milliy videomahsulotlar):
➖ 1 kunga – 1 999 so‘m;
➖ 30 kunga – 13 999 so‘m.

Xizmatni faollashtirgandan so‘ng, Mobiuz abonentlari quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladilar:
➖ internet-trafik sarflanmaydi;
➖ bitta akkauntdan bir vaqtning o‘zida 3 ta mobil qurilmada foydalanish mumkin!

Telegram | Instagram | Youtube | Ilova | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Menimcha, kechagi kunning eng beg‘ubor tasviri:

Otasining qo‘lida xotirjam uxlayotgan qizaloq🥰

P.S.: stadiondan turib milliy terma jamoamizni qo’llab-quvvatlash uchun borgan barcha muxlislarga ham rahmat. Hozir eng muhim palla, yigitlarimizga xalqimizning ishonchi, daldasi va duosi juda zarur.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel