♟ Shaxmat bo’yicha jahon toji uchun bugungi 2-partiyada durang bo’ldi. Ikkala shaxmatchi ham tavakkal qilishni xohlamadi va 19-yurishdan so’ng uch marta bir xil yurishni qaytarishdi, bu esa durang degani.
🇨🇳Ding 1,5 — 0,5 🇮🇳Gukesh
👉 @xushnudbek 👈
Xon Saroy'dan yangi loyiha sotuvda! 🤩
Xon Saroy'ning Toshkent shahri, Bektemir tumanida qurilishi rejalashtirilgan yangi "Shirin hayot" loyihasidan xonadonlarni kotlovan bosqichida qulay shartlarda xarid qiling.
✅ 1 xonali xonadonga boshlang'ich to'lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 3,5 mln so'mdan to'lab boring.
Loyiha hududida:
✨ Xususiy maktab
✨ Kafe va do’konlar
✨ 2 qavatli yer osti avtoturargohi
✨ Xavfsiz bolalar maydonchasi
✨ Hordiq chiqarish uchu eko-hudud
✨ 24/7 ishlovchi kuzatuv kameralari joylashadi
Bot orqali bog'lanish
☎️ 712007400
☎️ 555017400
🌐 xonsaroy.uzReklama
🚧Toshkentdagi ko‘chalardan biri qariyb bir oyga yopiladi
❓Qaysi ko’cha?
Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasining (94-umumta’lim maktabidan) Sayyid Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi.
❓Qancha muddatga?
27-noyabrdan 25-dekabrga qadar.
❓Nima sababdan?
Mazkur hududda 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik) ko‘chani tashkil etish bo‘yicha ishlarning ikkinchi qismi davom etayotgani sababli.
👉 @xushnudbek 👈
♟ Kecha shaxmat jahon toji uchun bahslarga start berildi. Unda amaldagi chempion 🇨🇳Ding Lijen da’vogar 🇮🇳Gukesh Dommaraju bilan kurashadi.
Chempionlik bellashuvi 14 partiya davom etadi. Kim birinchi bo’lib 7,5 ochko olsa, navbatdagi jahon chempioniga aylanadi.
Kechagi 1-partiyada Gukesh oq donalarda o’ynab, yutqazib qo’ydi. O’z navbatida Ding Lijen turli mish-mishlarga chek qo’yib, ko’pchilik kutganidek osongina chempionlikni berib qo’ymasligini hammaga ko’rsatib qo’ydi.
👉 @xushnudbek 👈
‼️Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining raisi etib saylandi.
Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, Sherzod Tashmatov rais o‘rinbosari hamda Oybek Kasimov Bosh kotib lavozimiga saylandi.
👉 @xushnudbek 👈
Bosh prokuratura rasmiy bayonoti:
Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida jami 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi, shuningdek 2 nafariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi.
Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi K.S.ning Qozogʻistonda yashiringan manzili aniqlanib, uning ishtirokida tergov harakatlari olib borildi.
Shuningdek, qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Ibragimov Shuhrat Musojonovich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar tizimida quyidagilar lavozimidan ozod etildi:
➖ IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi polkovnik Atxamov Axrorjon Xalimjonovich;
➖ Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Tashxodjayev Doniyor Baxtiyarovich;
➖Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich.
👉 @xushnudbek 👈
Kechagi tayinlov rasman tasdiqlandi. Prezident farmonlariga ko’ra:
➖ Baxodir Nizamovich Kurbanov mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi va Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi;
➖ Abdusalam Abdumavlanovich Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.
⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
➖davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.
🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):
🔹zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
🔹kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
🔹oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etadi hamda Yangihayot tumaniga tashrif buyurib, sanoat korxonalari faoliyati va mahalladagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
👉 @xushnudbek 👈
Mustahkam va suvga chidamli yangi HONOR X9c — Tez kunda!
HONOR X9c oʻzining takomillashgan texnologiyasi bilan kundalik hayotda shikastlanishdan himoya qilib, tushib ketish va zarbalarga bardosh bera oladi.
Qirilishlarga chidamli maxsus ekran va korpus qoplamasi tirnalishga yuqori chidamlilikni ta’minlaydi.
HONOR X9c IP65M sertifikat bilan suv va changdan ishonchli himoyalangan boʻlib, yomgʻir yoki changli sharoitda foydalanish uchun juda yaxshi tanlov.
HONOR X9c’ni tez kunda qarshi oling!
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
✈️ Mastercard Kapitalbank bilan — foydali sayohat! 💳
Mastercard Kapitalbankʼning “Chet elda keshbek” dasturi tufayli xorijga sayohatlar yanada qiziqarli!
Chet eldagi kafe va restoranlarda hisoblar uchun 5% gacha, taksi toʻlovlari uchun 10% gacha keshbek.
👛 Bir chekda maksimal keshbek — 35 000 so‘m, bir oyda restoranlar uchun 500 000 soʻmgacha, taksi uchun 250 000 soʻmgacha qaytarib olishingiz mumkin!
Batafsil maʼlumot Kapitalbank.uz va Mastercard.uz saytlarida mavjud.Reklama
🕋 “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berildi
Bular quyidagilar:
🔹“Ihlos travel 1” MChJ
🔹“Yuksak travel Air” XK
🔹“Muhtasham travel” MChJ
🔹“Musaffo turizm xizmati” MChJ
🔹“Risola travel lux” MChJ
🔹“Xorazm umra jamiyati” MChJ
🔹“Hikmat Umra Travel” MChJ
🔹“Real Dreams” MChJ
🔹“Travel with family” MChJ
🔹“Sofa Marva tour” MChJ
🔹“B2 Management” MChJ
🔹“Safar time exclusive” MChJ
❗️Litsenziyasiz “Umra” tadbirlarini tashkil etgan va oʻtkazgan yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida jarima solinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Vazirlar ro‘yxati:
• Laziz Qudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
• Botir Zohidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
• Ibrohim Abdurahmonov — qishloq xo‘jaligi vaziri
• Shavkat Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri
• Sherzod Hidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri
• Ilhom Mahkamov — transport vaziri
• Jo‘rabek Mirzamahmudov — energetika vaziri
• Bobur Islomov — tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri
• Sherzod Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri
• Aziz Abduhakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri
• Asilbek Xudayarov — sog‘liqni saqlash vaziri
• Hilola Umarova — maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
• Kongratbay Sharipov — oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
• Adxam Ikromov — sport vaziri
• Ozodbek Nazarbekov — madaniyat vaziri
• Akbar Toshqulov — adliya vaziri
• Baxtiyor Saidov — tashqi ishlar vaziri
• Abdulla Qo‘ldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri
• Po‘lat Bobojonov — ichki ishlar vaziri
• Bahodir Qurbonov — mudofaa vaziri
👉 @xushnudbek 👈
🦠 Toshkentda xavfli noma'lum virus tarqalayotgani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda xavfli virus keng tarqalayotgani, bemorlarda yuqori isitma (40 darajadan yuqori), mushaklar va boshdagi og‘riq, qattiq yo‘tal va hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi kabi alomatlar kuzatilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining ma'lum qilishicha, bunday xabarlar asosga ega emas. Tarqalayotgan virus esa mavsumiy grippning "A" turi hisoblanadi.
Shuningdek, haqiqatan ham Toshkentda so‘nggi haftalarda mavsumiy grippga chalingan bemorlar soni ortib borayotgani, shu sababli barcha davolash-profilaktika muassasalarida qo‘shimcha bemor o‘rinlari yaratilgani ma'lum qilindi.
👉@xushnudbek👈
❗️Davlat madaniyat muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorda oshiriladi:
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 foizga;
➖ 2025-yil 1-iyuldan boshlab — yana 15 foizga.
✅ Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.
👉@xushnudbek👈
Yandex Uzbekistan “Lavka” xizmatini olib kiribdi
Xizmat orqali oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar va tayyor ovqatlarga buyurtma berish mumkin. Hozirda 3 mingdan ortiq mahsulot va 50 ta issiq ovqatdan iborat tanlov imkoniyati taqdim etilgani aytilmoqda.
Yangi xizmatdan Yandex Go ilovasi orqali foydalansa bo‘ladi.
Buyurtmalar poytaxtda joylashgan hozircha 3 ta, 2025-yil oxirigacha 12 ta, darkstor ― kichik omborlar orqali yetkazib beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Uydan chiqmasdan eSIM ulatish mumkinmi? Bu juda oson!
Siz zamonaviy xizmat ko‘rsatishdan foydalanishingiz va Ucell savdo nuqtasiga borishga vaqt sarflamasligingiz uchun qayg‘urdik.
Uyda yoki ishxonada o‘tirib eSIM ulash xizmati endi mobil ilovamizda mavjud.Reklama
Loyiha: 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transportida 💵naqd pulda to’lov qilinsa, 3 ming so’m bo’lishi mumkin
❗️💳 Elektron to’lovda esa narx oshmaydi — 1 ming 700 so’mligicha qoladi.
Bu haqdagi Toshkent shahri hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.
❓Bu nima degani?
Bundan asosiy maqsad aholining elektron to’lovlardan foydalanishini rag’batlantirish. Ya’ni kim xohlasa, avtobus va metroda oldingidek eski narxda — 1 ming 700 so’mda yuraversin, buning uchun elektron to’lov qilishi kerak. Kim naqd pulda to’layman desa, unda 1-yanvardan boshlab qimmatroq, ya’ni 3 ming so’m to’lashi mumkin. Tanlov aholining o’zida qoladi.
Shuningdek, transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari ham hozirgiday qoladi, o‘zgarmaydi.
Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
❓Bu nima degani?
Yangi yildan boshlab avtobus ichida haydovchi yoki konduktor tomonidan aholidan naqd pul olish taqiqlanadi. Avtobusda naqd pulda to’lov qilmoqchi bo’lgan yo’lovchilar avtobus bekatlarida yoki boshqa maxsus joylarda naqd pul evaziga bir martalik QR-kodli bilet sotib olishi mumkin bo’ladi.
Bundan maqsad — haydovchi va konduktorlar tomonidan pul mablag’larining talon-toroj qilinishiga chek qo’yish.
Metrolarda naqd pul evaziga bilet sotib olishda eskicha tartib saqlanib qoladi.
👉 @xushnudbek 👈
Wikipedia asoschisi Jimmi Uels O‘zbekistonga keldi
Jimmi Uels Toshkentda WikiStipendiya jamoasi, administratorlar hamda vikifaollar bilan uchrashgan. Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilingan:
🔹Sifatli maqolalar va ularni takomillashtirish usullari;
🔹WikiStipendiya loyihasining yutuqlari va imkoniyatlari;
🔹Avtomatik tarjima xatolarining Wikipedia sifatiga ta’siri;
🔹Sun’iy intellekt uchun Wikipediya ensiklopediyasining ahamiyati.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 47 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Anor. Men, sen, u va telefon
Izoh: Telefon raqamlari hech o‘xshamas bir-biriga, biroq barchasida inson ovozi bor… Yomon kunlar hech o‘xshamas bir-biriga, birida o‘zing jim qolasan, birida telefon…
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/anor-men-sen-u-va-telefon" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/anor-men-sen-u-va-telefon
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/D8TFrNQZuWk
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Xolmuhamedov Shuhrat G’ayratjonovich mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi.
Uning o’rniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangan.
Bu haqda GazetaUz hamda KunUz xabar bermoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent halqa yo‘li bo‘yida (Bektemir tumani) barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.
Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Bahorda 138 million dona ko‘chat ekilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonda “Vatandosh” kartasi joriy qilinadi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasidan:
🔹 yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan;
🔹 mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan;
🔹 respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotganlarga “Vatandosh” kartasi beriladi.
💳 “Vatandosh” kartasi 5 yil muddatga beriladi hamda karta egalari quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
✈️ Oʻzbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;
🏠 mamlakat hududida koʻchmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan koʻchmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
📃 xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;
🏥 Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
❗️Karta egalarining oila aʼzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹 amaldagi viza muddatini uzaytirishda Oʻzbekiston hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan koʻp martalik viza olish;
🔹 Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
🔹 vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
👉 @xushnudbek 👈
🚧Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10-dekabrgacha yopildi
❓Qaysi ko’cha?
🔹Furqat koʻchasining Beshyog'och maydonidan Seul ko'chasi keshishmasigacha bo'lgan bir tomonlama yo'nalishi;
🔹Beshyog'och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov koʻchalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo'nalish.
❓Qancha muddatga?
Bugun, 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabrga qadar;
❓Nima sababdan?
Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 110 kVli yuqori kuchlanishli yerosti elektr kabel tarmoqlari o‘tkazilishi munosabati bilan.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Yusuf Idris. Sho‘rpeshona
Izoh: Butun umr yoʻqchilikdan qiynalib, pul dardida boshini har joyga suqib koʻrgan Abduga yangi ish topildi. Qiyin ish emas, daromadi ham yaxshigina. Unga koʻpchilikning havasi kelyapti. Ammo bu ish qahramonimizga qanchalik xayr olib keldi, bunisi qorongʻu.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/yusuf-idris-shorpeshona" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/yusuf-idris-shorpeshona
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/QV0wkANSdfY
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
🎁 Yangi yil sovg‘alarini noyabrning oʻzida olishni istaysizmi?
Ucell mobil ilovasining yangi – 1.21-versiyasida hisobingizga 5000 so‘m sovg‘a va 30 kunga 100 GB internet-trafik olishga ulguring. Sovg‘ani olish tartibi:
✅ Yangi, avval Ucell mobil ilovasida ishlatilmagan bank kartasini qo‘shish (bog‘lash);
✅ Ucell abonent raqamining hisobini istalgan miqdorga to‘ldirish.
Yangi bog‘langan bank kartasidan balansi istalgan miqdorga to‘ldiriladigan abonent raqami aloqa xizmatlariga haq to‘lash uchun 5000 so‘m hamda 30 kunga 100 GB internet-trafik oladi.
Ilovani yuklab olishReklama
Deputatlar Bosh vazir o’rinbosarlarini ma’qulladi
Ochilboy Ramatov —
Bosh vazir o‘rinbosari;
Jamshid Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri;
Jamshid Xo‘jayev — Bosh vazir o‘rinbosari;
Zulayho Mahkamova — Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.
👉 @xushnudbek 👈