Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etibdi.
Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un.
👉 @xushnudbek 👈
🛑 O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etiladi
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ular ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda 3D koʻrinishidagi yoʻl yotiq chiziqlari joriy etiladi.
Ular quyidagi nuqtalarga oʻrnatiladi:
🛣 shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarida;
3⃣0⃣ davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida;
🏢 turar joy dahalaridagi koʻrinish cheklangan chorrahalarda;
👶 bolalar maydonchalari hamda taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻl uchastkalarida;
🏖 ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam koʻp toʻplanadigan joylarda;
🚏 koʻchalarning 1.21. “Bolalar” yoʻl belgisi taʼsiridagi qismlarida.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan "Chorvoq darvozasi" hamda “Ugam River” turistik majmualarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bugun transport, energetika va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi.
👉 @xushnudbek 👈
Kamilov Muzaffar Murotovich Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining amaldagi rektori Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi saylangan deputatlari davlat byudjetining 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m (775,8 mln dollar)ga oshirish haqidagi qonunni uch o‘qishda qabul qildi.
Qonunni qabul qilish jarayoni atigi 9 daqiqa davom etgan. Qonun ma’qullash uchun Senatga yuborilgan.
👉 @xushnudbek 👈
❓9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?
✅ Qisqa javob: ha, dam olish kuni.
📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.
Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.
Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
➖ Ruslanbek Quroltayevich Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
➖ Abdusalom Abdumavlanovich Azizov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
➖ Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
➖ Adxam Muratovich Turdiyev Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
➖ Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
➖ Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanadi?
✅ JAVOB: Hozircha bu haqda rasmiy xabar e’lon qilinmadi.
Lekin Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabr (juma) kuniga to‘g‘ri keladi, 28-dekabr (shanba) kuni qishki ta’tilning ilk kuni hisoblanadi.
Nizomga ko‘ra, ta’til 14 kalendar kuni, ya’ni 10-yanvargacha davom etadi. Nizomga binoan, III chorak darslari esa 11-yanvar (shanba) kunidan boshlanishi kerak. Balki vaziyatga qarab, darslar boshlanadigan kun o’zgarishi ham mumkin. Bu haqda qo’shimcha xabar qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
🇰🇷Janubiy Koreyada prezident harbiy holat e'lon qildi. Parlament esa uni bekor qildi. Nimalar ma’lum?
Voqealar xronologiyasi:
➖ prezident Yun Sok Yol jonli efirda favqulodda harbiy holat e'lon qildi, konstitutsiyaviy tuzumni “Shimoliy Koreyaga xayrixoh kommunistik kuchlar”dan himoya qilish maqsadida bunday qarorga kelganini aytdi;
➖ hukumatga muxolif bo‘lgan parlament davlat byudjeti bo‘yicha taklifni rad etib, bosh prokuror va 22 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan impichment e'lon qilishga uringani sababli ichki siyosiy janjal kelib chiqqan;
➖ Janubiy Koreyada siyosiy partiyalar va Milliy Assambleya (parlament) faoliyati to‘xtatildi;
➖ muxolifat yetakchilari esa prezidentning harbiy holat e'lon qilishini “konstitutsiyaga zid” qaror, deb atadi;
➖ harbiylar parlament binosiga kirishni to‘sib qo‘ydi, unga deputatlar va fuqarolar kiritilmadi. Parlament binosi oldida esa harbiylar va fuqarolar orasida to’palon yuzaga keldi;
➖ Janubiy Koreya parlamenti deputatlari harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risida ovoz bergan. Parlament raisi esa harbiy holat rejimini haqiqiy emas, deb e’lon qildi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi;
➖ Parlament harbiy holatni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng, harbiylar Parlament binosi hududini tark etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Toshkent xalqaro aeroportida tuman sababli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi
Shu sababli, quyidagi reyslar Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi:
🔹Silk Avia aviakompaniyasining Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha US402;
🔹Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY778;
🔹UTair aviakompaniyasining Surgut-Toshkent yo'nalishi bo'yicha UTA-709;
🔹Centrum Air aviakompaniyasining Dubay-Toshkent yo'nalishi bo'yicha MFX-352.
🔹Bundan tashqari, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Korzinka va Yas Auto'dan Yangi yil aksiyasi bosh sovriniga Lixiang L6 qo‘yildi!
Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun Korzinka do‘konlaridan kamida 200 000 so‘mlik xarid qilish kifoya.
Shartlar quyidagicha:
– Xariddan avval Korzinka mobil ilovasini yangilang va ishtirokingizni tasdiqlang;
– Korzinka’da kamida 200 000 so‘mlik xaridni amalga oshiring va Korzinka Plus kartangizni skanerlang;
– Yoki Korzinka Go orqali kamida 200 000 so‘mlik buyurtma bering, bunda Korzinka Plus kartangiz ulangan bo‘lishi kerak.
Ishtirokchiga aylangach, ilovadagi mini o‘yinga o‘tib, kartochkalarni ochish kerak. U yerda 100 000 nominalli Korzinka sertifikatlarini va avtomobil o‘yinidagi ishtirok uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yutishingiz mumkin.
Diqqat! Aksiya 31-dekabrgacha davom etadi!
App | Telegram | Facebook | Insta | Web | Korzinka Go | Reklama
❗️O‘zbekistonlik Dilorom Yo‘ldosheva dunyoning "100 nafar ayoli" ro‘yxatiga kiritildi
BBC nashri 2024-yil uchun dunyoning turli davlatlaridan bo‘lgan 100 nafar eng nufuzli va faol ayollar ro‘yxatini e'lon qildi.
Ular orasida o‘zbekistonlik tikuvchi va ishbilarmon ayol Dilorom Yo‘ldosheva ham bor. U 2 yil avval baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyog‘idan ayrilgan.
Shunga qaramay, u tushkunlikka tushib qolmagan va 40 dan ortiq ayollarga tikuvchilikdan saboq berib, o‘z biznesiga asos solgan. Uning korxonasi qisqa muddat ichida ishchilar va maktab o'quvchilari uchun forma tikish bo'yicha shartnomalar tuzgan.
Ayni paytga kelib, Dilorom Yo‘ldoshevaning biznesi o‘zi va o‘nlab ayollar uchun daromad manbayiga aylangan. U nega ushbu ro’yxatga kiritilgani haqida BBC Uzbek xizmatining materialida hikoya qilingan.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Dilorom Yuldasheva haqida “Matonat” hujjatli filmi ishlangandi. Juda ta’sirli film chiqqan, hammaga ko’rishni tavsiya qilaman:
📹 https://youtu.be/oTCyEmyI1jo
👉 @xushnudbek 👈
HONOR X9c — har qanday sinovlarga tayyor smartfon!
Bu smartfon bilan shikastlanishlardan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi: mustahkam korpus zarbalarga qarshi himoya qiladi, har qanday ob-havoda chidamli — yomg‘ir yoki chang, farqi yo‘q! Qirilishlarga qarshi himoyaga ham ega.
108 MP kamera lahzalarni ajoyib detallar bilan tasvirlaydi, AI o'chirish esa keraksiz obyektlarni tezda olib tashlab, suratlaringizni mukammallashtiradi.
HONOR X9c — bu nafaqat smartfon, balki sifat, himoya va ajoyib suratlar uchun to’g’ri yechim!
Smartfonni texnika do‘konlaridan yoki brend saytidan xarid qiling va maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
2025-yilgi Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydi.
Osiyo Olimpiya kengashining bugungi qarori bilan, mazkur musobaqa mezbonligi O‘zbekistondan Bahraynga olib berildi. Ushbu qaror sabablari hozircha rasman ma’lum qilinmagan.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin shaxs afv etildi
Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈
“Xon Saroy Afsonasi” - siz orzu qilgan xonadonlar! ✨
Toshkent shahri Yashnobod tumanida qad koʻtarayotgan “Xon Saroy Afsonasi” loyihasidan 1 xonali xonadonlarni 105 mln soʻm boshlangʻich toʻlovda xarid qiling.
✅ Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy toʻlab boring.
➡️ Bot orqali bogʻlanish
☎️ 712007400
☎️ 555017400
🌐 xonsaroy.uz | Telegram | Reklama
Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdga chiqib, Toshkentdan Xojikentga keldi.
Vagonlarda o‘rindiqlar soni 586 ta. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uchtadan qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent va Xojikent oralig‘idagi temir yo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga ko‘rsatma berildi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 6-dekabr kuni 🇺🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda 🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy qutladi.
👉 @xushnudbek 👈
Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilinayotgani sababli 7-dekabr soat 00:00 dan 10-dekabr soat 06:00 ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.
Xususan:
— Elektron hisobotlar;
— ERI;
— EHF* (7-8-dekabr kunlari);
— Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
— korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
— mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);
— fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
— elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.
* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Biznesingizni targ‘ib etish uchun SMS-tarqatma xizmati
90% abonentlar SMSni olinganidan keyingi besh daqiqa ichida o‘qiydi. “Promo” tijoriy tarqatmalar xizmati bilan sizda quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:
• Ucell abonentlari orasidan yangi mijozlar orttirish;
• Faqat mo‘ljaldagi auditoriyani jalb etish;
• Mavjud mijozlarning sodiqligini oshirish;
• Kompaniyaning ijobiy imijini shakllantirish.
O‘z tovar va xizmatlaringizni targ‘ib etish uchun tezkor va ishonchli usuldan foydalaning!
✉️ smsb2bservice@ucell.uz
Batafsil: www.ucell.uz/3fkkReklama
❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2024-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.
Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi direktori Rafael Grossini qabul qildi
Uchrashuvda milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xoʻjaligi, suvdan foydalanish, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
Parlament kuchi
➖ Janubiy Koreya prezidenti parlamentning harbiy holatni bekor qilish haqidagi qarorini qabul qilishini hamda o’zi e’lon qilgan harbiy holatni bekor qilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi. Chunki prezidentning parlament qaroriga bo’ysunmasligi jinoyat deb hisoblanadi, deya ma’lum qilishdi;
➖ Janubiy Koreya hukumati ham harbiy holatni bekor qilishga rozilik bildirgan;
➖ Harbiy holat rejimini ta’minlashga jalb etilgan janubiy koreyalik harbiy xizmatchilar doimiy joylashuv manzillariga qaytib ketdi;
➖ Janubiy Koreyaning asosiy muxolif partiyasi prezidentdan o’z ixtiyori bilan iste’foga chiqishni talab qildi, aks holda unga nisbatan impichment e’lon qilish bilan tahdid solmoqda;
➖ Muxolifat Janubiy Koreya prezidentini harbiy holat e’lon qilgani uchun davlatga xiyonatda ayblamoqchi ekanini ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bugun, 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilindi.
Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz.
Zarurat boʻlgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz soʻraladi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334
Oʻzbekiston Respublikasining
Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN)ning vakolatxonasi ochiladi
Bu bo‘yicha bitim Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib o‘tayotgan COP16 konferensiyasi doirasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar tomonidan imzolandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston mazkur ittifoqqa 2021-yilda a'zo bo‘lgan.
👉 @xushnudbek 👈
🧑💻“Bir million oʻzbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi
Loyiha doirasida 2025-2026-yillar davomida xalqaro IT sertifikatlarni olganlar sonini 1 mln nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan.
Shuningdek, 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yangi mavsum startiga bag‘ishlangan marosimda dastur doirasidagi 2 yillik rejalar haqida ma'lumot berildi.
Jumladan:
🚙 dasturda yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi sifatida elektromobil taqdim etiladi;
🎁 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchiga chet elga sayohat, eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar o‘qituvchiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti va Top-3 OTMga pul mukofotlari beriladi.
❗️Dasturda ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma'lumot Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan qo‘shimcha e'lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
🚆 “Toshkent — Xojikent — Toshkent” yo‘nalishida tezyurar elektropoyezd qo‘yildi
Poyezdlar bugun, 3-dekabrdan boshlab, quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
🔹"Toshkent - Xojikent"
Toshkent 06:18 — Xojikent 07:42
🔹"Xojikent - Toshkent"
Xojikent 08:02 — Toshkent 09:17
🔹"Toshkent - Xojikent"
Toshkent 12:53 — Xojikent 14:03
🔹"Xojikent - Toshkent"
Xojikent 14:33 — Toshkent 15:48
🔹"Toshkent - Xojikent"
Toshkent 18:10 — Xojikent 19:20
🔹"Xojikent - Toshkent"
Xojikent 19:45 — Toshkent 21:03
🎫 Chipta narxlari:
Umumiy — 20 ming so‘m;
Bolalar uchun — 11 ming 500 so‘m.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligidan o‘zi voz kechgan
Osiyo Olimpiya kengashining xabar berishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 2025-yil sentyabrda bo‘lib o‘tadigan musobaqa mezbonligidan voz kechishi haqida xat yo‘llagan. Bunga Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi o‘z vaqtida yakunlanmasligi sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng, mazkur tadbir mezbonligi Bahraynga olib berilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Tuman va shaharlarda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sudyalari tayinlandi
Prezidentning 2024-yil 10-iyundagi farmoniga asosan, 21-28-noyabr kunlari Sudayalar oliy kengashi tomonidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri tumanlarida tergov sudyalari tayinlandi. Sudyalar ro‘yxati bu yerda.
Yangi tayinlangan tergov sudyalari 2025-yil 1-yanvardan vazifalariga kirishadi. Unga qadar ular hozirgi lavozimlarida faoliyatlarini davom ettiradi.
👉 @xushnudbek 👈