xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Intellektual olimpiada doirasida Breyn-ring o‘yinining chorak final juftliklari ma'lum bo'ldi. 8 ta jamoa chempionlik uchun kurashmoqda.

O'yinlarni kuzatib borish uchun:

Onlayn matnli jadval;

Audio translyatsiya;

Foto hamda videolar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xizmatlari sohasida sun'iy intellekt imkoniyatlari joriy etiladi

Bu haqda bugun, 17-dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ma'lum qildi.

📜 Unga ko‘ra, kelgusida arxiv hujjatlarining matnini tanib olish va maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari DXM xodimlarining ish sifatini yaxshilash, KPI belgilash, navbatlarni tartibga solish borasida ham sun’iy intellektdan foydalanish haqida o’ylanmoqda.

Shuningdek, quyidagi tizimlarda axborot va maslahat xizmatlarini sun'iy intellekt yordamida ko‘rsatish (Komil AI bot) yo‘lga qo‘yiladi:

🔹Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
🔹“Litsenziya” axborot tizimi;
🔹Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi;
🔹“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇶🇦 Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyni milliy bayram — Davlatga asos solingan kun bilan tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilinmoqda

Abidxadjayev Umid Kutpitdinovich iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori edi.

Umurzakov Ilhom Oʻrinboyevich iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti rahbari edi.

Shuningdek:

Haydarov Abdulaziz Abdulaxadovich Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari edi.

Atadjanov Murodbek Bekberganovich Pensiya jamgʻarmasi direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar u Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi edi.


👉 @xushnudbek

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ayrim rahbarlar “bu vaqtincha, bir-ikki yilda o‘tib ketadi” degan kayfiyatda yurganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bu borada sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekistonda Milliy turizm yagona platformasi ishga tushiriladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

🗓Unga ko‘ra, mazkur platforma xorijiy va mahalliy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yilning 1-sentyabridan sinov tariqasida, 1-dekabridan esa to‘liq ishga tushiriladi.

Platforma sayyohlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va baholash;
➖respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, gid, gid-tarjimon, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
➖yoʻnalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
➖avtobus, avia va temir yoʻl chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
➖xalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
➖turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.

Jismoniy va yuridik shaxslar Milliy turizm yagona platformasiga o‘z xohishlariga ko‘ra ulanishlari hamda unda xizmatlarni joriy qilishlari mumkin.

Platforma 14 ta tilda yuritib boriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 11 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Qo‘chqor Norqobil. Atirgul tabassumi

Izoh
: Eru xotin ijodkor bo‘lsa… Yaxshi jihati – bir-birini tushunishadi. Yomoni ham shu – bir-birini tushunadilar. Albatta, ular bitta uyda yashashadi. Biroq, har qaysining xayolida o‘z adabiy qo‘rg‘oni bo‘ladi; bir-birini kirit­maslik­lari ham mumkin. Keyin… Keyin allaqayerdan Qudrat Imkon degan muhibu muxlis paydo bo‘ldi-da, adib ijodining ashaddiy targ‘ibotchisiga aylandi.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/qochqor-norqobil-atirgul-tabassumi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/qochqor-norqobil-atirgul-tabassumi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/OF6OFLs8q5w

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📚 Asaxiy Books'da ajoyib premyera

Esingizda bo‘lsa, 2021-yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini musulmon yozuvchisi Abdurazzoq Gurna qo‘lga kiritgan edi. Asaxiy Books uning eng mashhur asari — "Jannat" romanini o‘zbek tilida taqdim etdi.

Ushbu roman inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo‘ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.

Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi. Yusufning sayohatlari, uning bolalarcha sevgisi yoki qabilalarning hayoti deysizmi - barcha-barchasi kitobxonda ayni davrda, ular bilan birga yashayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Mazkur kitob "Xalq banki" ko‘magida chop etilgan.

📕Muqova: egiluvchan
💰Narx: 70 000 som 50 000 so‘m
📖Sahifa: 252 bet
➡️ Birinchilardan bo‘lib buyurtma bering: asaxiy.uz/u/jannat


Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#36 NARKOTIK MODDALARGA RUXSAT BERISH REJADA BORMI? — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/rHStUyJtb2w

Mundarija:

00:00 Tizer
00:54 Reklama
01:29 Intro
02:00 Navbatdagi mehmon
04:05 Qo’lga tushgan 24 yoshli talaba qiz
05:29 Bizda vaziyat qay darajada?
06:15 Giyohvand moddalar turlari
09:38 Narkomanlar oldida 3 ta yo‘l bor
11:55 “Ota, sizning qilgan aybingiz sabab, men temir kolyaskaga mixlandim”
13:23 Narkotik moddalar O‘zbekistonga qanday kirib keladi?
17:22 Jami narkotik moddalar ichida O‘zbekistonda yetishtirilish ulushi qancha?
19:24 Narkotik moddalar urushni moliyalashtirish manbai
22:14 Chuy, Talas vodiysi nega mashhur?
26:37 Bizda 3 ta “yonayotgan“ hudud bor
32:42 Anonim davolash xizmati haqida
34:13 Davosi bormi?
37:52 O‘rindosh terapiya o‘zini oqlamadi
46:45 Yengil narkotiklarni legalizatsiya qilish masalasi
50:31 Milliy markazi haqida
55:45 Sotuv metodlari kengayib ketgan
1:00:35 Maktablardagi holat
1:03:22 “Nega oxirigacha tugatilmayapti?”
1:08:58 Import dorilar oqimini kuzatish kerak
1:11:02 Ularning konsentratsiyalashgan manzili qayer?
1:14:15 Birlamchi uy sharoitida qanday aniqlash mumkin?
1:16:57 Narkologiyaga borishga uyaladiganlarga qanday yechim bor?
1:22:32 Illatga qarshi targ‘ibot yetarlicha bo‘lishi kerak


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Taxtaqoracha” dovonida transport vositalarining harakati davom etmoqda. Qor yog‘ishi ham to‘xtagani yo‘q.

Maxsus texnikalar to‘xtovsiz ravishda tozalash ishlarini bajarmoqda. Muzlamalarni bartaraf etish uchun qum-tuz aralashmasi ham sepilyapti.

Haydovchilardan ob-havo sharoiti hamda yo‘lning holatini inobatga olib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini, tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilishlarini so‘raymiz, deyiladi Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xabarida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Media mahsulotlarni "ma'naviy ekspertiza"dan o‘tkazish haqidagi qaror bekor qilinib, ijrodan chaqirib olingan

Avvalroq Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan e'lon qilingan loyihaga ko‘ra, kino, serial va qo‘shiqlar kabi media mahsulotlar axloqsizlikni targ‘ib qilmasligi uchun "ma'naviyat ekspertizasi"dan o‘tkazilishi belgilangandi.

Adliya vazirligi mazkur masalani o‘rganib, unda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi normalar borligini aniqlagan.

Shu bois, media mahsulotlarini "maʼnaviy ekspertiza"dan oʻtkazishni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.

Vazirlik media mahsulotlar faqat qonuniylik yuzasidan ekspertiza qilinishi mumkinligini bildirdi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislariga esa qonunchilikka zid media-mahsulotlari yuzasidan vakolatli organlarga taklif kiritish tavsiya qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi "Inson" loyihasi doirasida ilk hujjatli filmni taqdim etdi.

Unda turli qiyinchiliklarni boshdan kechirgan nogironligi bo‘lgan insonlar, ularning matonati, jasorati va hayotga bo‘lgan ishonchi, shuningdek, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida hikoya qilinadi.

Filmni loyihaning insondocumentary?si=guO4EfwzqLC8v5vB">YouTube sahifasida tomosha qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ozodbek Nazarbekovga “Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

O‘zbekiston madaniyat vaziriga unvonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️4 mln xonadonni uzluksiz energiya bilan ta’minlovchi loyihalar ishga tushirildi

Shavkat Mirziyoyev qiymati 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi quvvatlar ishga tushirilayotgani va navbatdagi 6 ta loyiha qurilishiga start berilayotganini energetika sohasidagi tarixiy voqea deb atadi.

Xususan:

Buxoro, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida salkam 2,3 ming megavatt quvvatga ega 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda 5 ta yuqori kuchlanishli podstansiya ishga tushirilmoqda;

➖Oʻzbekistonda ilk bor Andijon va Fargʻonada 300 megavattli yirik saqlash tizimi barpo etildi;

Qashqadaryoda 400 megavattli elektr stansiyasi, Toshkent shahrida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 4 ta kichik GES foydalanishga topshirilmoqda;

Fargʻona, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qiymati 3,5 milliard dollar boʻlgan 2,5 ming megavattli 6 ta elektr quvvatlari qurilishi boshlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yunusobod bozori to‘liq qayta quriladi

Yangi bozor loyihasi 11-dekabr kuni Prezidentga taqdim etildi.

Mazkur loyiha Turkiya va singapurlik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Yunusobod bozori hozirgiga nisbatan qariyb 5 baravar kengayadi.

Dastlab bozor hududida 2025-yil oxirigacha uch qavatli ekobozor foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, hozirgi 150 ta avtomobil sig‘adigan turargoh o‘rnida 1,1 ming sig‘imga ega yangisi quriladi.

Qurilish davrida bozor o‘z faoliyatini to‘xtatmasligi aytilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun o‘tadigan O‘zbekistondagi eng yirik intellektual turnirga start berildi. Umumiy sovrin jamg’armasi — 5,4 mlrd so’m!

Zakovat Intellektual olimpiadasi doirasida 50 ta oliygohning 550 nafar talabalari Zakovat, Breyn-ring, Erudit kvartet, Shaxsiy o‘yin, Shaxmat va Shashka musobaqalarida o‘zaro kuch sinashmoqda. Umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan 3 ta oliygohga Prezident sovrini topshiriladi.

Uchinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur yirik musobaqani talabalar har yili orziqib kutadigan bo‘lib qolishgan. Bu nafaqat bilimlar bellashuvi, balki o‘zaro do‘stlik va fikr almashish maydoni hamdir.

Intellektual olimpiada doirasida qaysi oliygoh qanday natija ko‘rsatayotganini bilish uchun @zakovat kanalini kuzatib boring. O‘yinlar "Zakovat" kanalida jonli efirda ham uzatilmoqda.

Bilimlilarga omad yor bo‘lsin!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tarmoqdan uzishayotgani xabar qilinmoqda. Energetika vazirligi esa raddiya berib, qaysi stansiyani uzishgan bo‘lsa, "Ishonch telefonlari"ga murojaat qilishlarini so‘radi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday huquqiy asos ko‘rsatmagan holda elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini ham o‘chirib qo‘yish boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Quyi bo‘g‘indagi mas’ullar holatni “tepadan shunday buyruq bo‘ldi” degan jumla bilan izohlayapti, deya yozdi KunUz nashri.

Energetika vazirligi bu kabi xabarlarni inkor qildi. Vazirlikning aytishicha, elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan.

Shuningdek, vazirlik ekologiyamizni asrashga katta hissa qo‘shadigan elektromobillarni O‘zbekistonda ommalashtirish tarafdori ekanligini ma’lum qilib, elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini o‘rnatgan tadbirkorlik subyektlaridan +99871-231-16-61 (ichki 7037, 7046 va 7057) raqamli "Ishonch telefonlari"ga murojaat qilishni so‘radi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚇 Toshkent metropolitenidan ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchi foydalandi

Shu munosabat bilan metropoliten ma'muriyati "Chinor" bekatida millioninchi yo‘lovchini aniqlash uchun maxsus tadbir o‘tkazib, omadli yo‘lovchiga esdalik sovg‘asi hamda jamoat transportidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasini taqdim etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Samadov G‘ulomjon Xursandovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati rahbari etib tayinlandi.

Bunga qadar u "Nurafshon" telekanali direktori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayupov Shavkat Abdullayevich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi.

Bunga qadar u Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️15-dekabrdan boshlab "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi vaqtlar yuqoridagi jadvalda.

Reys vaqtlariga e’tiborli bo‘ling.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📈Yaxshi xabar: IELTS sertifikati olgan o‘zbekistonlik yoshlar soni 4 yil ichida 5 baravarga o‘sgan

IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 ming 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 ming 706 nafarga yetgan.

Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1 ming 807 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga 13 ming 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.

8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏆 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining qishki mavsum uchinchi o‘yinida Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sportga oid 2 ta xushxabar:

🏋‍♂ Ruslan Nurudinov siltab ko‘tarish bo‘yicha o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yana yangiladi va uch karra jahon chempioniga aylandi.

U dast ko‘tarishda 182 kg, siltab ko‘tarishda esa 242 kg, umumiy 424 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov 184 kg bilan dast koʻtarish yoʻnalishida oltin medalga ega chiqdi.

***

🥊 Bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev kamar uchun bahsning uchinchi raundida raqibi Rikardo Espinozani nokautga uchratdi hamda WBA interim (vaqtincha) kamarini qo‘lga kiritdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Dovon kuchli qor yog‘ayotgani sababli bugun, 15-dekabr kuni soat 10:30 dan boshlab yopilgan.

Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan hududda profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Dovonning qayta ochilishi bo'yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇷 Janubiy Koreya prezidentiga impichment e'lon qilindi

3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat e'lon qilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment uchun bugun, 14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentining 204 nafar a'zosi (umumiy deputatlarning 2/3 qismi) ovoz berdi.

Endilikda prezidentning vakolatlari to‘xtatiladi va vaqtinchalik prezident vazifasini bajarish bosh vazir Xan Dok Su zimmasiga o‘tadi.

Shundan so‘ng, Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 180 kun (6 oy) ichida ishni ko‘rib chiqadi. Kengashning 9 nafar a'zosidan 6 nafari impichmentni qo‘llab-quvvatlasa, prezident lavozimidan ozod qilinadi.

Konstitutsiyaviy sud impichmentni tasdiqlasa, 60 kun ichida mamlakatda yangi prezidentni saylash uchun saylov bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!

Prezident farmoniga ko’ra, 14-dekabr — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi.

Ya’ni besh kunliklar ham ishga chiqadi. Ular buning evaziga 30-dekabr, dushanba kuni dam olishadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek dublyaj san’ati ustasi To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etibdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi roji'un.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Dunyoning eng ruhlantiruvchi 100 ayoli ro‘yxatiga kirgan surxondaryolik Dilorom Yo‘ldoshevani "Mardlik" ordeni bilan taqdirlash jarayoni.

Davlat mukofotini Prezident nomidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎖Dilorom Yoʻldoshevaga “Mardlik” ordeni topshirildi

Prezident tikuvchilik korxonasi ochib, 40 nafar xotin-qizni ish bilan ta'minlagan hamda dunyoning eng ruhlantiruvchi "Top-100" ayoli ro‘yxatiga kiritilgan denovlik ayolning ishlarini e'tirof etdi.

Prezident farmoniga muvofiq, yig‘ilishda Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.

2025-yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligi taʼkidlandi. Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel