xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Prezident Administratsiyasida o’zgarishlar bo’lmoqda, 284 ta shtat qisqartirildi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TDIU'ning MMFI bilan qo’shma ta'lim dasturi magistratura bosqichiga 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqotlar yadro universiteti bilan qo’shma ta’lim dasturida sizlarni magistratura bosqichiga o'qishga taklif qiladi.

Nega aynan TDIU-MMFI?

✅ Til sertifikati talab qilinmaydi;
Ikkinchi oʻquv yilida grant asosida oʻqish imkoniyati;
Bitiruvchilarga 2 ta diplom beriladi;
Rossiyada ta'lim olish imkoniyati;
Ikkinchi kursda onlayn oʻqib, karyerani yoʻlga qoʻyish imkoniyati;
QS reytingi boʻyicha TOP-600 universitet diplomi orqali nufuzli tashkilotlarda ishga joylashish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyati.


Ta'lim yo’nalishi:

🔵 Iqtisodiy xavfsizlik


🕊Telegram: +998 33 475 81 10 (@mmfi_admin)
🕊Telefon: +998930711911

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 49.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️IIV akademiyasining Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati yo‘nalishiga qo‘shimcha qabul e'lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun  quyidagi talablarga javob beruvchi nomzodlar qabul qilinadi:

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
🔹 17 yoshdan kichik (qabul yilida 17 yoshga toʻladiganlar) va 25 yoshdan katta boʻlmasligi (shu jumladan, 25 yoshdagilar);
🔹 umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus yoki professional maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

🗓 Arizalar bugun, 14-iyul kunidan 30-iyulga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar arizalarni doimiy yashash joyi boʻyicha hududiy ichki ishlar organlariga topshiradi.

📋 O‘qish istagida bo‘lganlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

▪️ nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimayi hol;
▪️ anketa (maʼlumotnoma);
▪️ harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
▪️ oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) joyidan tavsifnoma;
▪️ doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan sogʻligʻining holati maʼlumotnoma (boʻy-basti koʻrsatilgan holda);
▪️ ota-onasining Akademiyaga oʻqishga kirishiga rozilik xati.

Qabul jarayonlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1⃣ dastlabki tanlov;

2⃣ maxsus kasbiy tanlov;

3⃣ yakka tartibdagi yakuniy suhbat.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚘 O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4,5 milliondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 522,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini (93 %) yengil avtomobillar tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining turlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

▪️yengil avtomobillar – 4 mln 207,6 mingta;
▪️yuk avtomobillari – 293,3 mingta;
▪️mikroavtobuslar – 7,7 mingta;
▪️maxsus transport vositalari – 7,4 mingta;
▪️avtobuslar – 6,1 mingta.

2025-yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️2030-yilgacha qishloq va ovullarda asfalt qilinmagan yo‘llar qolmaydi — Ilhom Mahkamov

Transport vaziri bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bergan hisobotida ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirda 70 foiz ichki yo‘llarga asfalt va shag‘al qoplama yotqizilgan. Qolgan 30 foiz yo‘llarga kelgusi 2 yilda shag‘al yotqizish, 2030-yilgacha esa to‘liq asfaltlash rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 “Chelsea” — klublar o’rtasidagi jahon chempioni!

Londonliklar finalda Parijning 🇫🇷 “PSG” jamoasini 3:0 hisobida mag’lub etdi va yangi formatda ilk marta o’tkazilgan jahon chempionati g’olibiga aylandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi hamrohligida o’yinni bevosita stadiondan tomosha qildi. O’yindan so’ng FIFA prezidenti Janni Infantino bilan birga taqdirlash marosimida ishtirok etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar uchun 5 ta muhim eslatma. Testga kiradigan tanishlarga yuborib qo’ying.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent

3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

➖ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;

➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;

➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Sentyabrdan boshlab xorijiy til sertifikati yo‘q chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi qarori bilan, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 sertifikatiga ega bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan edi.

Ammo pedagoglar va jamoatchilik vakillarining murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan. Ya'ni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab kuchga kiradi.

Ushbu talab barcha umumiy-o‘rta, o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barcha xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir necha marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tushuntirish ishlari ham olib borilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Taxtiqoracha dovonida pullik tunnel quriladi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda 7 kilometr uzunlikdagi pullik tunnel qurilishi rejalashtirilmoqda. Uni qurish uchun 3 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda.

Ushbu loyiha bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolanadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Imtihonga oid muddatlar:
#abituriyent

14-23-iyul — test jarayonlari;

24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);

8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);

17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);

18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).

***

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:

14-25-iyul — test jarayonlari;
27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17-avgust — mandat kuni;
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.

❗️Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan yili abituriyentlar soni ko‘proq va test muddati uzoqroq bo‘lganda ham mandat muddatidan oldin chiqqan edi. Demak, joriy yilda mandat yanada vaqtliroq chiqish ehtimoli ham yo‘q emas.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ulug‘bek Rashitov nima uchun diskvalifikatsiya qilingani haqida gapirib berdi

Aytishicha, uning chetlatilishi qonidan doping yoki taqiqlangan modda topilgani bilan bog‘liq emas. Sportchi o‘zining yashash joyi bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim etmagani uchun jazolangan.

Ya'ni Doping-tahlil agentligidagilar istalgan sportchini istalgan vaqtda tekshirish vakolatiga ega. Ular to‘satdan atletlarning yashash joyiga kelib qolishi va tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin.

Ulug‘bek esa tekshiruvchilar kelganda o‘zi bergan manzilida bo‘lmagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: Toshkent "propiska"si to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi

Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan Toshkent shahri va viloyatida doimiy "propiska" olish huquqiga ega shaxslar doirasini cheklovchi amaldagi qonun o‘z kuchini yo‘qotmoqda.

Bungacha 12 toifadagi fuqarolar Toshkent "propiska"sini olish huquqiga ega edi. Yangi qonun bilan har bir fuqaro poytaxtda doimiy yashash huquqini olishi mumkin.

Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan yangi mexanizmlar ham joriy etilmoqda.

Ushbu qonun shu yilning 11-oktyabridan kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ulug‘bek Rashitovga berilgan jazo Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan oltin medallarga ta’sir o‘tkazmaydi.

Avval aytilganidek, uning 2025-yil 3-fevraldan keyingi barcha shaxsiy natijalari bekor qilinadi, xolos. Olimpiada medallari o’z kuchida qoladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etildi

Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.

Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida “komplayens” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

So‘nggi bir hafta ichida qayd etilgan o‘qishga "kiritib qo‘yish" bilan bog‘liq firibgarlik holatlari:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur OTMga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

Farg‘ona davlat universiteti kafedra o‘qituvchisi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming 800 dollar olgan vaqtida ushlandi.

***

Toshkentda fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi.

***

Namanganda A.V ismli shaxs fuqaroni Toshkentdagi xususiy universitetlardan biriga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📸 Toshkent shahrining 10 ta piyodalar o‘tish joyida sun’iy intellekt asosida ishlovchi kameralar o‘rnatildi.

Ushbu kameralar yordamida dastlabki 3 kun ichida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarga 1 ming 700 ta jarima yozildi.

Yaqin orada bunday kameralarni Toshkentning yana 30 ta chorrahasiga o‘rnatish rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📺📺 An’anaga ko‘ra, joriy yilda ham test sinovlari test2025.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatchilik jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Umumiy ovqatlanish sohasidagi muammolar ochiq muloqotda muhokama qilinmoqda

Tadbirda ushbu sohada kuzatilayotgan asosiy muammolar, xususan, hujjatlashtirish jarayonidagi noaniqliklar, sanitariya va texnik talablarni qo‘llashdagi mutanosiblik masalalari, joy ajratish va faoliyat turini muvofiqlashtirishdagi byurokratik to‘siqlar va boshqa masalalar muhokama qilinmoqda.

Muloqot davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatida uchrayotgan qiyinchiliklarni bevosita bayon etishyapti. Mas’ul idoralar esa bu fikr va takliflar asosida sohaga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar va ichki tartiblarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini ta’kidlashyapti. Bunday yondashuv ovqatlanish sohasini amaliyotga yaqin, sodda va samarali qoidalar asosida tartibga solish imkonini berishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qaysi universitetga topshirmoqchisiz?

Nima uchun 9823 nafar talaba aynan Profi University'ni tanladi?

- Oʻzbekiston va Fransiyada tan olinadigan diplom;
- yillik 6 000 000 soʻmgacha stipendiya;
- davlat va universitet granti;
- tibbiyot yoʻnalishida tahsil olish imkoniyati;
- 10 dan ortiq ta'lim yoʻnalishlari;
- chet elda o‘qish va amaliyot.

👉 Hoziroq roʻyxatdan oʻting: profiuniversity.uz

📞 Murojaat uchun: +998787771111 | @profiqabul

📄 Litsenziya (№ 676806, 10.11.2022-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Test sinovlari boshlanmoqda

Bugun erta tongdan yurtimiz bo‘ylab oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlanmoqda.

Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Video: 🏫 O’zA


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent

Ertadan boshlanadigan test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.

Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?

✅ Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.

Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.

Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.

❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertadan test boshlanadi. Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

❓ Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat’iy formada kelish shartmi?

✅ JAVOB:
yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.

Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?

✅ JAVOB:
Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog’ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizdan yoki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow manzilidan yuklab olishingiz mumkin. Ruxsatnomani telefonda ko’rsatish hisobmas, albatta qog’ozga chop etish kerak.

Pasport yoki ID-kartaning elektron versiyasini ko’rsatsa bo’ladimi?

JAVOB: Yo’q, bo’lmaydi. Albatta hujjatning originali yoningizda bo’lishi kerak.

Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?

✅ JAVOB:
Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka hamda suv beriladi.

Testga yegulik yoki suv olib kirishga ruxsat beriladimi?

JAVOB: Yo’q, ruxsat berilmaydi. Ichkarida suv tarqatiladi. Yegulikka kelsak, testda 1-2 soat oldin nimadir tanovul qilib olishingiz kerak. Va imkon qadar bu qorinni og’ritmaydiganroq yegulik bo’lsin. Och qorin bilan testga kirmang! Bu natijangizga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

❓ Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?

JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.

❓ O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?

✅ JAVOB:
yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 187 ming 500 so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 13-iyul kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin — Bilimlarni baholash agentligi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Xorazmda yangi tashkil etilgan Al-Xorazmiy universitetiga qabul boshlandi

Universitetda quyidagi zamonaviy yoʻnalishlar mavjud:

🔹Dron texnologiyalar muhandisligi;
🔹Sun'iy intellekt;
🔹Dasturiy ta'minot muhandisligi.


Universitetga yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga 100%, 70% va 50% lik bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar beriladi.

‼️Shuningdek, 4 yillik 100% davlat grantlari ham mavjud.

👉 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

✨ Al-Xorazmiy universiteti davlat universiteti hisoblanib, bu yerda talabalar “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida xalqaro darajadagi sifatli ta'lim olishlari mumkin.

❓Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Call-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @alxorazmiyunibot

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

✅ O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.

Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/28279

Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24856

(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.

Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ubbiyev Alisher Tairovich Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Samarqandda tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tyapti

Ayni damda Samarqand shahrida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot oʻtkazilyapti. Tadbir Prezidentning tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil qilingan.

Muloqotda asosan yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va eksport bilan shug‘ullanayotgan subyektlar muammolari eshitilyapti.

Bu muloqot nafaqat soha ichidagi muammolarni ko‘rish imkonini beradi, balki qishloq xo‘jaligi tizimida qanday masalalar koʻpincha e’tiborsiz qoldirilganini ham ko‘rsatadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Testga kiradigan abituriyentlar soni 700 mingga ham yetmabdi.

Joriy yilda jami 671 ming 397 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilgan.

Demak, ro’yxatdan o’tgan 60 mingdan ortiqroq abituriyent to’lovni amalga oshirmagan va ularga testga kirishga ruxsat berilmagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel