xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga qabul davom etmoqda

Universitetda umumiy 20 dan ortiq bakalavr yo'nalishlari va 6 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud.

Bakalavr yo'nalishlari:
— Boshlangʻich ta'lim;
— Filologiya va tillarni oʻqitish(arab, ingliz, rus);
— Tarix;
— Axborot tizimlari va texnologiyalari;
— Kiberxavfsizlik injiniringi;
— Dasturiy injiniring;
— Iqtisodiyot;
— Menejment;
— Matematika;
— Maxsus pedagogika(defektologiya);
— Maktabgacha ta'lim;
— Oʻzbek tili va adabiyoti;
— Milliy gʻoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi;
— Psixologiya;
— Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
— Bank ishi;
— Kompyuter injiniringi;
— Arxitektura;

Magistratura mutaxassisliklari:
— Tarix;
— Iqtisodiyot;
— Matematika;
— Kompyuter injiniringi;
— Lingvistika (tillar);
— Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta'lim).


O‘qish shakllari:
✔️ Kunduzgi
✔️ Kechki

📌 Siz ham orqada qolmang!
Bugun hujjat topshiring va zamonaviy ta'lim, keng imkoniyatlar sari yo‘l oching!

📄 Litsenziya (№325325; 30.12.2022y)

Murojaat uchun:
+998(55)404-55-55 | +998(95)247-55-55

Online roʻyxat: qabul.atmu.uz
Qabul boti: @atmuuz_bot

Telegram | Instagram

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari bugun kechki payt e’lon qilinadi
#abituriyent

Umuman olganda hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgach, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Unga qadar yo’nalish tanlash mumkin bo’lmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 15-iyuldan o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinishi boshlanishi kerak.

Hozircha ikkala tizimda ham arizalar qabuli boshlangani yo’q.

Ma’lumot uchun:

my.uzbmb.uz sayti orqali — xorijdan hamda O’zbekistondagi nodavlat va xorijiy oliygohlardan o’qishni ko’chirish uchun;

transfer.edu.uz sayti orqali — bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏆 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bular:

🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal;
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal;
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal;
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

Ta'kidlanishicha, olimpiadada ishtirok etgan barcha vakillarimiz (to‘rt nafar) g‘oliblar qatoridan o‘rin olgan va bu natija O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshisi bo‘lgan.

❗️Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar, ularning ustozlari va terma jamoa rahbarlari quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-oʻrin uchun:

oʻquvchilarga — 937 mln 500 ming soʻmdan (bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming 500 baravari);

oʻqituvchilariga — 168 mln 750 ming soʻm (450 baravar);

terma jamoa rahbariga — 13 mln 125 ming soʻm (35 baravar);

🥈 2-oʻrin uchun:

➖ oʻquvchilarga
— 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar);

oʻqituvchilariga — 93 mln 750 ming soʻm (250 baravar);

terma jamoa rahbariga — 9 mln 375 ming soʻm (25 baravar);


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Prezident farmoni bilan:

🔹Erkin Turaqulovich Yuldashev Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Toshkent shahar prokurori edi;

🔹Azizbek Allabergenovich Urunov Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

🔹Aziz Yuldashevich Magrupov Prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

🔹Alisher Saidabbasovich Sultanov Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

🔹Odil Qalandarovich Abduraxmonov Prezidentning sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent farmatsevtika institutining Xalqaro va qoʻshma ta'lim fakultetiga 2025/2026-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda

🔗 Ta'lim yoʻnalishi: Farmatsiya
🔗 Oʻqish muddati: 5 yil
🔗 OTM shakli: Davlat oliy ta'lim muassasasi

🎓 Bitiruvchilarga ikkita diplom beriladi:
📌 O‘zbekiston Respublikasi Bakalavr diplomi
📌 Rossiya Federatsiyasi Mutaxassis diplomi (Ushbu diplom O‘zbekistonda magistr darajasiga tenglashtiriladi va nostrifikatsiya talab etilmaydi!)

🔎 Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi:
Ariza topshirish uchun havola (ro'yxatdan o'tish uchun bosing)

📍 Manzil: Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 45-uy.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

🔹Xilola Uktamovna Umarova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;

🔹Tamila Anvarovna Aliyeva Prezident Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

🔹Timur Nuryigitovich Butunbayev Prezident Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

🔹Nodira Jalalovna Xakimova Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

🔹Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda Prezident Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

🔹Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident yordamchisining kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Epitsentr Jondor tumanida bo‘ldi va sezilish kuchi 4 ballni tashkil qildi.

Boshqa hududlarda sezilish kuchi:

Peshko‘ tumanida 2-3 ball;
Gazli shahrida 2 ball;
Qorako‘l tumanida 2 ball.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etildi

Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.

Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida “komplayens” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

So‘nggi bir hafta ichida qayd etilgan o‘qishga "kiritib qo‘yish" bilan bog‘liq firibgarlik holatlari:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur OTMga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

Farg‘ona davlat universiteti kafedra o‘qituvchisi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming 800 dollar olgan vaqtida ushlandi.

***

Toshkentda fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi.

***

Namanganda A.V ismli shaxs fuqaroni Toshkentdagi xususiy universitetlardan biriga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📸 Toshkent shahrining 10 ta piyodalar o‘tish joyida sun’iy intellekt asosida ishlovchi kameralar o‘rnatildi.

Ushbu kameralar yordamida dastlabki 3 kun ichida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarga 1 ming 700 ta jarima yozildi.

Yaqin orada bunday kameralarni Toshkentning yana 30 ta chorrahasiga o‘rnatish rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📺📺 An’anaga ko‘ra, joriy yilda ham test sinovlari test2025.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatchilik jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Umumiy ovqatlanish sohasidagi muammolar ochiq muloqotda muhokama qilinmoqda

Tadbirda ushbu sohada kuzatilayotgan asosiy muammolar, xususan, hujjatlashtirish jarayonidagi noaniqliklar, sanitariya va texnik talablarni qo‘llashdagi mutanosiblik masalalari, joy ajratish va faoliyat turini muvofiqlashtirishdagi byurokratik to‘siqlar va boshqa masalalar muhokama qilinmoqda.

Muloqot davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatida uchrayotgan qiyinchiliklarni bevosita bayon etishyapti. Mas’ul idoralar esa bu fikr va takliflar asosida sohaga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar va ichki tartiblarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini ta’kidlashyapti. Bunday yondashuv ovqatlanish sohasini amaliyotga yaqin, sodda va samarali qoidalar asosida tartibga solish imkonini berishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qaysi universitetga topshirmoqchisiz?

Nima uchun 9823 nafar talaba aynan Profi University'ni tanladi?

- Oʻzbekiston va Fransiyada tan olinadigan diplom;
- yillik 6 000 000 soʻmgacha stipendiya;
- davlat va universitet granti;
- tibbiyot yoʻnalishida tahsil olish imkoniyati;
- 10 dan ortiq ta'lim yoʻnalishlari;
- chet elda o‘qish va amaliyot.

👉 Hoziroq roʻyxatdan oʻting: profiuniversity.uz

📞 Murojaat uchun: +998787771111 | @profiqabul

📄 Litsenziya (№ 676806, 10.11.2022-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Test sinovlari boshlanmoqda

Bugun erta tongdan yurtimiz bo‘ylab oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlanmoqda.

Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Video: 🏫 O’zA


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bugundan “Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Bugun, 15-iyuldan “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Jarayonlar quyidagi bosqichlarda olib boriladi:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4-18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19-21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22-31-avgust.

Eslatma: avvalroq 2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025-yilning 1-mavsumida (ikkita mavsumda ketma ket) g‘olib bo‘lgan 826 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumda tanaffus berilishi aytilgan edi.

Biroq Namangan shahar “Dashtbog‘”, Kogon shahar “Nurafshon” va Shumanay tumani “Begjap” mahallalarining 2025-yil 1-mavsumdagi loyihalari rad etilgani sababli ushbu mahallalarga tanaffus berilmaydi.


Shu bois, 823 ta mahalla (ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsumda o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda yosh olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan yosh olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvdan maqsad — yosh olimlar va tadbirkorlar innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalarni tijoriylashtirish, investitsiya jalb qilish hamda amaliy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish.

Tadbir jonli efirda ham uzatilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Har kimning orzusi bor. Kimdir shunchaki diplom olishni xohlaydi. Kimdir esa bilimi bilan o‘z yo‘lini topmoqchi.

AMMO FARQ BITTA: Qayerda o‘qish kerak?

💙 Osiyo xalqaro universiteti — o‘z orzusini mahkam tutadiganlar joyi!

Bu yerda:

➡️35 ta bakalavriat
➡️14 ta magistratura
➡️25 ta ordinatura
➡️ 11 ta doktorantura yo‘nalishlarida
qabul ochiq.


Abituriyentlarni nimalar kutmoqda?

✔️ Talabalar uchun qulay kampuslar;
✔️ Turar joy bilan ta’minlash;
✔️ Xalqaro tajriba uchun amaliyot dasturlari;
✔️ Zamonaviy darslar va har jabhada yo‘l ko‘rsatuvchi ustozlar;
✔️ Iqtidorlilar uchun 200 ta grant.


Kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim — siz uchun qaysi biri qulay bo‘lsa, aynan shu shakl mavjud.

📥 Bugunoq ariza yuboring.

📄 Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.)

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident Administratsiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari o‘zgarishsiz qoldirildi:

Xayriddin Madriddinovich Sultonov – Prezident maslahatchisi – Spichrayter;

Shuxrat Madaminovich G‘aniyev – Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov – Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Viktor Vladimirovich Maxmudov – Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;

Alisherbek Azizovich Paygamov – Prezident Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;

Ulugbek Uchkunovich Kurbanov – Prezident Protokoli rahbari.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Prezident farmoni bilan:

🔹Alisher Baxadirovich Samadov Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan
Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

🔹Doniyor Baxtiyorovich Kadirov Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan
Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

🔹Gayane Olegovna Umerova
Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan
Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

🔹Sherzod Ikromovich Asadov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi;

🔹Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov Prezident Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;

🔹Bobur Botirovich Xodjayev Prezident Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

🔹Zilemxan Haydarov Prezident Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;

🔹Ella Anatolevna Djaxangirova Prezident Administratsiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident protokolining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Prezident farmoni bilan:

Abdulaziz Hafizovich Kamilov Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ravshan Ayubovich Gulyamov Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Sardor Uktamovich Umurzakov Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Mansurbek Polvonzoda Olloyorov Prezidentning ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ruslanbek Kuroltayevich Davletov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Prezident Administratsiyasida o’zgarishlar bo’lmoqda, 284 ta shtat qisqartirildi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TDIU'ning MMFI bilan qo’shma ta'lim dasturi magistratura bosqichiga 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqotlar yadro universiteti bilan qo’shma ta’lim dasturida sizlarni magistratura bosqichiga o'qishga taklif qiladi.

Nega aynan TDIU-MMFI?

✅ Til sertifikati talab qilinmaydi;
Ikkinchi oʻquv yilida grant asosida oʻqish imkoniyati;
Bitiruvchilarga 2 ta diplom beriladi;
Rossiyada ta'lim olish imkoniyati;
Ikkinchi kursda onlayn oʻqib, karyerani yoʻlga qoʻyish imkoniyati;
QS reytingi boʻyicha TOP-600 universitet diplomi orqali nufuzli tashkilotlarda ishga joylashish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyati.


Ta'lim yo’nalishi:

🔵 Iqtisodiy xavfsizlik


🕊Telegram: +998 33 475 81 10 (@mmfi_admin)
🕊Telefon: +998930711911

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 49.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️IIV akademiyasining Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati yo‘nalishiga qo‘shimcha qabul e'lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun  quyidagi talablarga javob beruvchi nomzodlar qabul qilinadi:

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
🔹 17 yoshdan kichik (qabul yilida 17 yoshga toʻladiganlar) va 25 yoshdan katta boʻlmasligi (shu jumladan, 25 yoshdagilar);
🔹 umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus yoki professional maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

🗓 Arizalar bugun, 14-iyul kunidan 30-iyulga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar arizalarni doimiy yashash joyi boʻyicha hududiy ichki ishlar organlariga topshiradi.

📋 O‘qish istagida bo‘lganlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

▪️ nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimayi hol;
▪️ anketa (maʼlumotnoma);
▪️ harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
▪️ oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) joyidan tavsifnoma;
▪️ doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan sogʻligʻining holati maʼlumotnoma (boʻy-basti koʻrsatilgan holda);
▪️ ota-onasining Akademiyaga oʻqishga kirishiga rozilik xati.

Qabul jarayonlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1⃣ dastlabki tanlov;

2⃣ maxsus kasbiy tanlov;

3⃣ yakka tartibdagi yakuniy suhbat.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚘 O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4,5 milliondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 522,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini (93 %) yengil avtomobillar tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining turlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

▪️yengil avtomobillar – 4 mln 207,6 mingta;
▪️yuk avtomobillari – 293,3 mingta;
▪️mikroavtobuslar – 7,7 mingta;
▪️maxsus transport vositalari – 7,4 mingta;
▪️avtobuslar – 6,1 mingta.

2025-yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️2030-yilgacha qishloq va ovullarda asfalt qilinmagan yo‘llar qolmaydi — Ilhom Mahkamov

Transport vaziri bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bergan hisobotida ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirda 70 foiz ichki yo‘llarga asfalt va shag‘al qoplama yotqizilgan. Qolgan 30 foiz yo‘llarga kelgusi 2 yilda shag‘al yotqizish, 2030-yilgacha esa to‘liq asfaltlash rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 “Chelsea” — klublar o’rtasidagi jahon chempioni!

Londonliklar finalda Parijning 🇫🇷 “PSG” jamoasini 3:0 hisobida mag’lub etdi va yangi formatda ilk marta o’tkazilgan jahon chempionati g’olibiga aylandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi hamrohligida o’yinni bevosita stadiondan tomosha qildi. O’yindan so’ng FIFA prezidenti Janni Infantino bilan birga taqdirlash marosimida ishtirok etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar uchun 5 ta muhim eslatma. Testga kiradigan tanishlarga yuborib qo’ying.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel