Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
❗️16-18-iyul kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi kutilayotgani sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlarida ham barcha bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Avvalroq Xo’jayli tumanida issiq tufayli bog’chalarga ruxsat berilganini xabar qilgandik.
👉 @xushnudbek 👈
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan shu yilning 16-18-iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori bo‘lishi sababli tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoniga (PF-111-son, 14.07.2025) ko‘ra:
➖Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi;
➖Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi;
➖Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;
➖Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;
➖Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;
➖Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
O’qishni ko‘chirish bo‘yicha 2025-yilgi o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
ℹ️ O’tgan yilgi o’tish ballari bilan yagona o’zgarish — huquq yo’nalishida o’tish bali 140 dan 165 ga ko’tarilgan.
Qolgan yo’nalishlarda o’zgarish yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
“Perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi
1️⃣ https://my.uzbmb.uz/service/41 sahifasi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:
🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.
2️⃣ transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
2025-yilgi o’tish bali bu yerda:
/channel/xushnudbek/28719
👉 @xushnudbek 👈
🕋 Umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi
Ziyoratchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi va Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Davlat xavfsizlik xizmati:
➖ Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi o‘rinbosari va spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJning muqaddam sudlangan rahbari o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga matras, profnastil va bolalar tagliklari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishi uchun hokimlik zaxirasidagi 4 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
***
➖ Andijon tumani hokimining sobiq o‘rinbosari, Andijon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i va 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, kelgusida bolalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zavod qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorga “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 6 gektar yer maydonini olib berish evaziga 600 ming dollar talab qilib, oldindan 150 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga Raqobat qo‘mitasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i sobiq birinchi o‘rinbosari, hozirda xususiy bandlik agentligi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaroning ham aloqadorligi aniqlanib, u ushbu masalada tadbirkorga yordam berish evaziga muqaddam 11 ming dollar olgani ma’lum bo‘ldi.
***
➖ Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyatida Ohangaron tuman bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroning yo‘qolgan mehnat daftarchasini tiklab, uni yoshga doir pensiyaga chiqarib berish evaziga 1 ming 500 dollarni pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugundan “Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi
Bugun, 15-iyuldan “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.
Jarayonlar quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4-18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19-21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22-31-avgust.
❌ Eslatma: avvalroq 2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025-yilning 1-mavsumida (ikkita mavsumda ketma ket) g‘olib bo‘lgan 826 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumda tanaffus berilishi aytilgan edi.
Biroq Namangan shahar “Dashtbog‘”, Kogon shahar “Nurafshon” va Shumanay tumani “Begjap” mahallalarining 2025-yil 1-mavsumdagi loyihalari rad etilgani sababli ushbu mahallalarga tanaffus berilmaydi.
Toshkentda yosh olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan yosh olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvdan maqsad — yosh olimlar va tadbirkorlar innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalarni tijoriylashtirish, investitsiya jalb qilish hamda amaliy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish.
Tadbir jonli efirda ham uzatilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Har kimning orzusi bor. Kimdir shunchaki diplom olishni xohlaydi. Kimdir esa bilimi bilan o‘z yo‘lini topmoqchi.
AMMO FARQ BITTA: Qayerda o‘qish kerak?
💙 Osiyo xalqaro universiteti — o‘z orzusini mahkam tutadiganlar joyi!
Bu yerda:
➡️35 ta bakalavriat
➡️14 ta magistratura
➡️25 ta ordinatura
➡️ 11 ta doktorantura yo‘nalishlarida qabul ochiq.
✔️ Talabalar uchun qulay kampuslar;
✔️ Turar joy bilan ta’minlash;
✔️ Xalqaro tajriba uchun amaliyot dasturlari;
✔️ Zamonaviy darslar va har jabhada yo‘l ko‘rsatuvchi ustozlar;
✔️ Iqtidorlilar uchun 200 ta grant.
Prezident Administratsiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari o‘zgarishsiz qoldirildi:
Xayriddin Madriddinovich Sultonov – Prezident maslahatchisi – Spichrayter;
Shuxrat Madaminovich G‘aniyev – Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov – Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Viktor Vladimirovich Maxmudov – Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;
Alisherbek Azizovich Paygamov – Prezident Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;
Ulugbek Uchkunovich Kurbanov – Prezident Protokoli rahbari.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Prezident farmoni bilan:
🔹Alisher Baxadirovich Samadov Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan
Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
🔹Doniyor Baxtiyorovich Kadirov Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan
Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
🔹Gayane Olegovna Umerova
Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan
Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
🔹Sherzod Ikromovich Asadov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi;
🔹Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov Prezident Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
🔹Bobur Botirovich Xodjayev Prezident Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
🔹Zilemxan Haydarov Prezident Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
🔹Ella Anatolevna Djaxangirova Prezident Administratsiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident protokolining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Prezident farmoni bilan:
Abdulaziz Hafizovich Kamilov Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
Ravshan Ayubovich Gulyamov Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Sardor Uktamovich Umurzakov Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Mansurbek Polvonzoda Olloyorov Prezidentning ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
Ruslanbek Kuroltayevich Davletov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
📸 Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan manzillar hamda ular qayd etadigan yo‘l harakati qoidalari buzilishi turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
#perevod
Yo‘nalishlar jami 33 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
🔹 Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
✅ Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Til sertifikatisiz bakalavr yoki magistr bo‘lishni xohlaysizmi?
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qabul jarayonlari davom etmoqda!
Eng muhim yangilik — kirish jarayonida til sertifikati talab etilmaydi! Biroq o‘qish davomida (1–2-kurs yoki magistratura davrida) sizdan til sertifikati olish talab etiladi.
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📄 Litsenziya (№ 724404, 05.09.2022-y.)
📍 Manzillar:
📞 Chirchiq:
+998 55 900 06 04
+998 55 901 06 04
📞 Bekobod:
+998 55 902 22 02
+998 55 902 02 22
Online ro‘yxat: http://tipu.uz/uz
Telegram bot: @qabul_tipu_bot
Reklama
O’tgan yilgi o’tish ballari bilan yagona o’zgarish — huquq yo’nalishida o’tish bali 140 dan 165 ga ko’tarilgan.
Qolgan yo’nalishlarda o’zgarish yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori.
1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi.
Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak.
2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2024-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
t.me/xushnudbek/24831
‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579
2024-yilgi turdosh yo’nalishlar:
t.me/xushnudbek/24831
2024-yilgi super-kontrakt narxlari:
/channel/xushnudbek/25518
4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat hozircha nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, kechki, sirtqi yoki masofaviydan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan ko’chirish odatda muammosiz hal bo’ladigan masala.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida;
➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
👉 @xushnudbek 👈
🎯 Sizni minglab abituriyentlar izlayapti – ular Mentalaba.uz da!
Siz hali ham banner yoki broshyura bilan reklama qilyapsizmi? ⏳ O‘zgarish vaqti keldi!
😊 Mentalaba.uz — oyiga 150 000+ foydalanuvchi kiradigan O‘zbekistonning faol abituriyent platformasi!
🎓 Biz bilan:
🔹 Universitetingizga mos abituriyentlarni aniq nishonga oling;
🔹 Raqobatchilardan ajralib turing;
🔹 Raqamli platformada hujjat qabulini avtomatlashtiring;
🔹 Reklama emas, haqiqiy qiziqqan abituriyentlarni oling.
🏢 Universitetingizni tanitish va qabulni oshirish uchun hoziroq qoʻshiling.
Ayni paytda Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tibbiyot sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda. Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatida doimiy uchrab turadigan muammolar va ularning samarali yechimlarini topish masalalari muhokama qilinmoqda.
Muloqotda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi rahbariyati, Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi aʼzolari va boshqa qator masʼul idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
Muloqotni ushbu havola orqali jonli kuzatish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga qabul davom etmoqda
Universitetda umumiy 20 dan ortiq bakalavr yo'nalishlari va 6 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud.
Bakalavr yo'nalishlari:
— Boshlangʻich ta'lim;
— Filologiya va tillarni oʻqitish(arab, ingliz, rus);
— Tarix;
— Axborot tizimlari va texnologiyalari;
— Kiberxavfsizlik injiniringi;
— Dasturiy injiniring;
— Iqtisodiyot;
— Menejment;
— Matematika;
— Maxsus pedagogika(defektologiya);
— Maktabgacha ta'lim;
— Oʻzbek tili va adabiyoti;
— Milliy gʻoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi;
— Psixologiya;
— Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
— Bank ishi;
— Kompyuter injiniringi;
— Arxitektura;
Magistratura mutaxassisliklari:
— Tarix;
— Iqtisodiyot;
— Matematika;
— Kompyuter injiniringi;
— Lingvistika (tillar);
— Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta'lim).
Kecha bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari bugun kechki payt e’lon qilinadi
#abituriyent
Umuman olganda hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.
Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgach, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Unga qadar yo’nalish tanlash mumkin bo’lmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 15-iyuldan o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinishi boshlanishi kerak.
Hozircha ikkala tizimda ham arizalar qabuli boshlangani yo’q.
Ma’lumot uchun:
my.uzbmb.uz sayti orqali — xorijdan hamda O’zbekistondagi nodavlat va xorijiy oliygohlardan o’qishni ko’chirish uchun;
transfer.edu.uz sayti orqali — bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
🏆 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bular:
🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal;
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal;
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal;
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.
Ta'kidlanishicha, olimpiadada ishtirok etgan barcha vakillarimiz (to‘rt nafar) g‘oliblar qatoridan o‘rin olgan va bu natija O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshisi bo‘lgan.
❗️Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar, ularning ustozlari va terma jamoa rahbarlari quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 937 mln 500 ming soʻmdan (bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming 500 baravari);
➖ oʻqituvchilariga — 168 mln 750 ming soʻm (450 baravar);
➖ terma jamoa rahbariga — 13 mln 125 ming soʻm (35 baravar);
🥈 2-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar);
➖ oʻqituvchilariga — 93 mln 750 ming soʻm (250 baravar);
➖ terma jamoa rahbariga — 9 mln 375 ming soʻm (25 baravar);
❗️Prezident farmoni bilan:
🔹Erkin Turaqulovich Yuldashev Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Toshkent shahar prokurori edi;
🔹Azizbek Allabergenovich Urunov Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
🔹Aziz Yuldashevich Magrupov Prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
🔹Alisher Saidabbasovich Sultanov Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
🔹Odil Qalandarovich Abduraxmonov Prezidentning sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent farmatsevtika institutining Xalqaro va qoʻshma ta'lim fakultetiga 2025/2026-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda
🔗 Ta'lim yoʻnalishi: Farmatsiya
🔗 Oʻqish muddati: 5 yil
🔗 OTM shakli: Davlat oliy ta'lim muassasasi
🎓 Bitiruvchilarga ikkita diplom beriladi:
📌 O‘zbekiston Respublikasi Bakalavr diplomi
📌 Rossiya Federatsiyasi Mutaxassis diplomi (Ushbu diplom O‘zbekistonda magistr darajasiga tenglashtiriladi va nostrifikatsiya talab etilmaydi!)
🔎 Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi:
Ariza topshirish uchun havola (ro'yxatdan o'tish uchun bosing)
📍 Manzil: Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 45-uy.
Reklama
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:
🔹Xilola Uktamovna Umarova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;
🔹Tamila Anvarovna Aliyeva Prezident Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
🔹Timur Nuryigitovich Butunbayev Prezident Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
🔹Nodira Jalalovna Xakimova Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
🔹Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda Prezident Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;
🔹Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident yordamchisining kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Epitsentr Jondor tumanida bo‘ldi va sezilish kuchi 4 ballni tashkil qildi.
Boshqa hududlarda sezilish kuchi:
Peshko‘ tumanida 2-3 ball;
Gazli shahrida 2 ball;
Qorako‘l tumanida 2 ball.
👉 @xushnudbek 👈