Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
❗️2 kunda 387 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
#abituriyent
mandat.uzbmb.uz saytining "Kengaytirilgan qidiruv" sahifasida fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar to‘plagan ballar ro‘yxati e’lon qilinmoqda. Shuningdek, ro‘yxatdagi istalgan abituriyent natijasi ustiga bossangiz, batafsil ma’lumotlarni chiqarib bermoqda. Ya’ni nechta savolga to‘g‘ri javob bergan, qanday imtiyozlari bo‘lgan va sertifikatlar orqali necha ball to‘plagani haqida.
Dastlabki ikki kunlik natijalarni tahlil qilar ekanmiz, 387 nafar abituriyent to‘plash mumkin bo‘lgan eng maksimal 189 ballni qo‘lga kiritganini ko‘rishimiz mumkin.
Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:
🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 21 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 1 nafar
🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 45 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 122 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 5 nafar
🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 62 nafar
Rus tili: 1 nafar
🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 105 nafar
Rus tili: 6 nafar
Qoraqalpoq tili: 9 nafar
Bu hali atigi 2 kunlik natijalar xolos. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, ularning soni yanada ko‘payishi, shubhasiz. Joriy yilda rekord qo‘yiladi.
Xabar tahrirlandi: biologiya + kimyo fanlar majmuasida 105 nafar ekan.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇹🇯 Tojikiston Rog‘un GESda ishlab chiqarilgan elektrni 20 yil davomida O‘zbekistonga yetkazib beradi
Bu bo‘yicha bitim loyihasi Tojikiston hukumati tomonidan ma'qullandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston 1 kVt/soat elektrni 3,4 sentdan sotib oladi. Narx har yili 1 foizga indeksatsiya qilinadi, bu jarayon ikkinchi yildan boshlanadi.
Elektr energiyasi asosan O‘zbekistonda elektr tanqisligi kuzatiladigan soatlarda yetkazib beriladi.
GES qurilishi tugagunga qadar energiya faqat vegetatsion davrda (1-apreldan 30-sentyabrgacha) uzatiladi. Bitim 20 yilga tuzilgan bo‘lib, tomonlar uni bekor qilish istagini muddati tugashidan 6 oy oldin bildirmasa, u avtomatik tarzda 10 yilga uzaytiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda yarim yil ichida 872 ming kishi o‘zini o‘zi band qilgan
2025-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, My.gov.uz portalidagi “O‘zini o‘zi band qilish” xizmatidan foydalangan fuqarolar soni shunchani tashkil etmoqda.
Bunda eng ko‘p tanlangan sohalar quyidagilar bo‘ldi:
🔹 chorva parvarishi – 159 ming kishi;
🔹 tikuvchilik – 94 ming kishi;
🔹 qishloq xo‘jaligi ishlari – 76 ming kishi;
🔹 yo‘lovchi tashish (avtomobilda) – 57 ming kishi;
🔹 tomorqada ishlash – 40 ming kishi.
Mazkur xizmatdan foydalanishda eng faol hududlar:
▪️Toshkent viloyati – 125 ming ariza;
▪️Qashqadaryo – 110 ming;
▪️Samarqand – 85 ming;
▪️Namangan – 82 ming;
▪️Andijon – 77 ming.
👉 @xushnudbek 👈
🎓 BMBA imtihoni topshirmasdan davlat universitetida oʻqishni xohlaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning IMC Krems AFU bilan hamkorlikdagi xalqaro qo‘shma fakultet sizni kutmoqda!
📌 Sizga taqdim etiladi:
🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti diplomi;
🔹 IMC Krems (Avstriya) diplomi;
🔹 100%, 50%, 30% lik grant o‘rinlari;
🔹 BMBA imtihonisiz o‘qishga qabul (til sertifikati yoki ichki imtihonlar asosida);
🔹 Talaba almashinuvi orqali Yevropada 1 semestr o‘qish;
🔹 Xorijlik professorlardan ta’lim olish imkoniyati.
🔹 Menejment – Xalqaro biznes boshqaruvi;
🔹 Menejment – Turizm va dam olish menejmenti.
Davlat xavfsizlik xizmati:
Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori Navoiy viloyatida yashovchi tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1 ming 500 AQSH dollari va kirish imtihoni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mln 900 ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.
Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/28279
Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24856
(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.
Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Ayni paytda xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar ishtirokida Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirkorlar sohadagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr bildirmoqda. Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlar qatnashmoqda.
Muloqotni ushbu havola orqali jonli kuzatish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
📸 Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan manzillar hamda ular qayd etadigan yo‘l harakati qoidalari buzilishi turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
#perevod
Yo‘nalishlar jami 33 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
🔹 Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
✅ Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Til sertifikatisiz bakalavr yoki magistr bo‘lishni xohlaysizmi?
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qabul jarayonlari davom etmoqda!
Eng muhim yangilik — kirish jarayonida til sertifikati talab etilmaydi! Biroq o‘qish davomida (1–2-kurs yoki magistratura davrida) sizdan til sertifikati olish talab etiladi.
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📄 Litsenziya (№ 724404, 05.09.2022-y.)
📍 Manzillar:
📞 Chirchiq:
+998 55 900 06 04
+998 55 901 06 04
📞 Bekobod:
+998 55 902 22 02
+998 55 902 02 22
Online ro‘yxat: http://tipu.uz/uz
Telegram bot: @qabul_tipu_bot
Reklama
O’tgan yilgi o’tish ballari bilan yagona o’zgarish — huquq yo’nalishida o’tish bali 140 dan 165 ga ko’tarilgan.
Qolgan yo’nalishlarda o’zgarish yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori.
1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi.
Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak.
2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2024-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
t.me/xushnudbek/24831
‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579
2024-yilgi turdosh yo’nalishlar:
t.me/xushnudbek/24831
2024-yilgi super-kontrakt narxlari:
/channel/xushnudbek/25518
4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat hozircha nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, kechki, sirtqi yoki masofaviydan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan ko’chirish odatda muammosiz hal bo’ladigan masala.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida;
➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
👉 @xushnudbek 👈
🎯 Sizni minglab abituriyentlar izlayapti – ular Mentalaba.uz da!
Siz hali ham banner yoki broshyura bilan reklama qilyapsizmi? ⏳ O‘zgarish vaqti keldi!
😊 Mentalaba.uz — oyiga 150 000+ foydalanuvchi kiradigan O‘zbekistonning faol abituriyent platformasi!
🎓 Biz bilan:
🔹 Universitetingizga mos abituriyentlarni aniq nishonga oling;
🔹 Raqobatchilardan ajralib turing;
🔹 Raqamli platformada hujjat qabulini avtomatlashtiring;
🔹 Reklama emas, haqiqiy qiziqqan abituriyentlarni oling.
🏢 Universitetingizni tanitish va qabulni oshirish uchun hoziroq qoʻshiling.
Ayni paytda Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tibbiyot sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda. Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatida doimiy uchrab turadigan muammolar va ularning samarali yechimlarini topish masalalari muhokama qilinmoqda.
Muloqotda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi rahbariyati, Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi aʼzolari va boshqa qator masʼul idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
Muloqotni ushbu havola orqali jonli kuzatish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Qurilish sohasi vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot
Ayni damda Toshkent shahrida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib oʻtmoqda. Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan sektor yigʻilishlaridan biridir.
Muloqotda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi, Biznes ombudsman hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Yigʻilishda qurilish sohasi vakillari duch kelayotgan muammolar muhokama qilinmoqda. Shu asosda amaliy takliflar ishlab chiqish, shuningdek, davlat va biznes o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish maqsad qilingan.
Muloqotni ushbu havola orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatish mumkin.
👉@xushnudbek👈
UDEA: Magistratura dasturlariga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda!
Universitetimiz professional oʻsishingiz uchun quyidagi magistratura ta'lim dasturlarini taklif qiladi:
- Bank ishi;
- Biznesni boshqarish (MBA);
- Inson resurslarini boshqarish;
- Loyiha boshqaruvi (1 yillik).
Hozir ro‘yxatdan oʻting va o‘z karyerangizni yangi bosqichga olib chiqing!
🎓UDEA — biz yorqin kelajakka yoʻllanma beramiz!
Batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bogʻlaning:
📞 +998 78 888 08 00 | info@udea.uz
📍 Boshliq ko‘chasi 3, Toshkent
🖇Apply now 📱Instagram 📱Facebook 🌐Website 📱udea2931">YouTube
Reklama
🚍 “Shahrisabz — Kitob” yo‘nalishida 20 ta yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
AsiaStar rusumli avtobuslar “Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” yo‘nalishida harakatlana boshladi.
Yo‘nalishning umumiy masofasi 15,7 km bo‘lib, avtobuslar kuniga 20 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.
Joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasiga to‘lov qila olmaydi
Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
📩 Unga koʻra, chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi.
⏳ Shundan so‘ng, ogohlantirish yuborilganidan keyin qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun muhlat beriladi.
❌ Abonentlar tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmasa, ularda elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.
Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi.
🗓 Ushbu tartib 2025-yilning 1-iyulidan buyon chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun 1-avgustdan boshlab qo‘llaniladi.
👉 @xushnudbek 👈
Magistratura va bakalavriatga hujjat topshirayotgan abituriyentlar uchun 4 mlrd 900 mln soʻmlik ta’lim granti joriy etildi
🎓 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti umumiy 260 ta nomzod uchun 4 yillik grant taqdim etadi!
⚡️ Nega aynan AIFU?
— 3 tilda ta’lim olish (o‘zbek, rus, ingliz);
— Work and Travel bilan Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Turkiyada yozgi ish va sayohat;
— Alibaba bilan elektron tijoratda real tajriba va amaliyot;
— 37 ta dolzarb bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari;
— 30 dan ortiq hamkorlik shartnomalari bilan oʻqishni Oʻzbekistonda boshlab, chet elda davom ettirish.
Ko‘kdala tumanidagi “gaz zapravka”dagi yong’in sabab 4 kishi halok bo’ldi
Bugun, 16-iyul kuni soat 14:40 da Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va soat 15:35 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.
👉 @xushnudbek 👈
IT Park Uzbekistan orqali nemis tilini qisqa muddatda oʻzlashtiring va xalqaro kompaniyalarda ish boshlash imkoniyatiga ega boʻling
IT Park Uzbekistan koʻmagida tashkil etilgan maxsus kurs orqali:
✅ Nemis tilini intensiv va samarali oʻrgana olasiz (maqsad — qisqa vaqtda B2-C1 darajaga chiqish);
✅ Xalqaro call-markazlarda onlayn ishlash imkoniyati yaratiladi;
✅ $1000 va undan yuqori maosh olishingiz mumkin;
✅ Moslashuvchan ish jadvali bilan uyda turib faoliyat olib bora olasiz.
🎓 Kurs yakunida test va imtihonlar oʻtkaziladi, muvaffaqiyatli ishtirokchilarga ishga joylashish imkoniyati taqdim etiladi.
Qanday ishtirok etish mumkin?
1. Havola orqali ariza qoldiring;
2. Oʻquv guruhiga qoʻshiling;
3. Ta'lim davomida testlardan oʻting;
4. Muvofiq ish imkoniyatlarini qoʻlga kiriting.
Quyidagi havolalar orqali Base33 yoki Blitz nemis tili kurslariga ro‘yxatdan o‘ting.
Reklama
❗️16-18-iyul kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi kutilayotgani sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlarida ham barcha bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Avvalroq Xo’jayli tumanida issiq tufayli bog’chalarga ruxsat berilganini xabar qilgandik.
👉 @xushnudbek 👈
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan shu yilning 16-18-iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori bo‘lishi sababli tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoniga (PF-111-son, 14.07.2025) ko‘ra:
➖Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi;
➖Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi;
➖Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;
➖Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;
➖Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;
➖Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
O’qishni ko‘chirish bo‘yicha 2025-yilgi o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
ℹ️ O’tgan yilgi o’tish ballari bilan yagona o’zgarish — huquq yo’nalishida o’tish bali 140 dan 165 ga ko’tarilgan.
Qolgan yo’nalishlarda o’zgarish yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
“Perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi
1️⃣ https://my.uzbmb.uz/service/41 sahifasi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:
🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.
2️⃣ transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
2025-yilgi o’tish bali bu yerda:
/channel/xushnudbek/28719
👉 @xushnudbek 👈
🕋 Umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi
Ziyoratchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi va Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Davlat xavfsizlik xizmati:
➖ Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi o‘rinbosari va spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJning muqaddam sudlangan rahbari o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga matras, profnastil va bolalar tagliklari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishi uchun hokimlik zaxirasidagi 4 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
***
➖ Andijon tumani hokimining sobiq o‘rinbosari, Andijon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i va 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, kelgusida bolalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zavod qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorga “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 6 gektar yer maydonini olib berish evaziga 600 ming dollar talab qilib, oldindan 150 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga Raqobat qo‘mitasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i sobiq birinchi o‘rinbosari, hozirda xususiy bandlik agentligi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaroning ham aloqadorligi aniqlanib, u ushbu masalada tadbirkorga yordam berish evaziga muqaddam 11 ming dollar olgani ma’lum bo‘ldi.
***
➖ Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyatida Ohangaron tuman bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroning yo‘qolgan mehnat daftarchasini tiklab, uni yoshga doir pensiyaga chiqarib berish evaziga 1 ming 500 dollarni pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈