440457
Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
🇪🇺 O‘zbekiston fuqarolari 2024-yilda Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirgan
📈 Bu miqdor 2023-yilga solishtirganda, 26,2 foizga oshgan. Mamlakatimiz o‘tgan yili Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni bo‘yicha dunyoda 35-o‘rinni egallagan.
Eng ko‘p viza uchun ariza topshirilgan mamlakat 🇩🇪Germaniya bo‘lgan — 19,3 mingta. 🇨🇭Shveytsariyaga esa, aksincha, bitta ham ariza yuborilmagan.
❌ Shengen mamlakatlari o‘zbekistonliklarning 9 ming 250 ta arizasini rad qilgan (15,7 foiz). Eng yuqori rad qilish ko‘rsatkichi 🇵🇱Polshaga tegishli. Ushbu mamlakat yuborilgan arizalarning har uchtasidan biriga (32,8 foiz) rad javobini bergan.
🇧🇬 Bolgariya esa 2024-yilda Shengen vizasini eng oson olish mumkin bo‘lgan davlat bo‘lgan (133,4 foiz).
💰 Umuman olganda, o‘tgan yilda o‘zbekistonliklarga 51,6 mingta Shengen vizasi berilgan. Buning uchun fuqarolarimiz 4,6 mln yevro sarflagan. Rad etilgan arizalarda esa 740 ming yevro yo‘qotilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekistondagi yuridik yoʻnalishdagi xalqaro maktab
Yakubov's international school — bu yuridik sohaga ixtisoslashgan Oʻzbekistondagi xalqaro maktab boʻlib, u ilgʻor xorijiy metodikalarga tayanib ishlab chiqilgan mualliflik dasturi asosida faoliyat yuritadi.
Oʻquv yoʻnalishlari ichida ingliz tili, matematika, huquqshunoslik va tadbirkorlik asoslari chuqurlashtirilgan holda oʻrgatiladi. Ta'lim jarayoni bilan bir qatorda oʻquvchilarning xarakteri va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish ustida ham tizimli ish olib boriladi.
Ochiq eshiklar kuniga marhamat:
🗓 12-iyul – Mirobod filiali
🗓 19-iyul – Yunusobod filiali
📊 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/e7qf2i3ynSzy283w8
Litsenziya (№391350, 10.09.2024–y.)
☎️ 78-113-66-77
❗️ Joylar soni cheklangan.
Telegram | Instagram | yakubovs_school">YouTube | FacebookReklama
❗️Toshkentda yerosti suv quvuri portladi
Hodisa bugun, 10-iyul kuni soat 11:00 larda Shayhontoxur tumani Farobiy ko‘chasida sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hududdan o‘tuvchi diametri 800 mm bo‘lgan suv quvuri kuchli bosim ostida yorilgan.
Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugun — akademik litseylarga arizalar qabulining so‘nggi kuni
Bungacha 47 ming 923 ta ariza kelib tushgan. Qabul bugun yakunlanadi.
✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 4 ming 797 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bungacha 128 ming 914 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 947 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
Sharof Rashidov tumani hokimi hamda Guliston shahar prokurori o‘rinbosariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
👉 @xushnudbek 👈
⚡DXX: Sharof Rashidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligining bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga tuman hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qiladi va evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
Joriy yilning 5-iyul kuni bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8-iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQSH dollarini ham oladi. Unga tuman hokimining tegishli qarori bilan "Tokchilik" MFY hududida umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.
So‘ngra, bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQSH dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Hozirda Sharof Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ibn Sino Education xususiy maktabiga qabul boshlandi
13-iyul qabul kuni, darslar esa 14-iyuldan boshlanadi. Oʻquvchilar 7–11-sinflarga qabul qilinadi.
Maktabda oʻzbek va rus tillarida shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar oʻqitiladi:
🔹 Biologiya; 🔹 Kimyo; 🔹 Ona tili;
🔹 Tarix; 🔹 Matematika.
📌 Shuningdek, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.
Rasmiy sahifalar: YouTube | Instagram | Telegram
📞Hoziroq bogʻlaning +998944443366 | +998916590793 | +998948553366
Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366
Manzil
Reklama
"Men ham tirbandlikda turdim, o‘zim rulda edim" — Shavkat Mirziyoyev
Prezident o‘tgan hafta rulda 15-20 daqiqa tirbandlikda turgani va o‘tib bo‘lganidan so‘ng, vazirga qo‘ng‘iroq qilgani haqida gapirdi.
👉 @xushnudbek 👈
“Ibrat academy” ning yangi dasturiga muddati cheklangan 40% chegirma
"Ibrat academy" tomonidan turk tilini o’rganishni xohlovchilar uchun "Tezkor turk tili" dasturi ishga tushirildi.
Dasturga 24 soat ichida ro’yxatdan o‘tganlar uchun 40% chegirma mavjud. Buning uchun XUSHNUDBEK40 promo-kodini kiritish lozim.
Shuningdek "Ibrat academy"ning "Super start", “Elementary” va "Tezkor rus tili" dasturlariga ham XUSHNUDBEK promo-kodi bilan 30% chegirmaga ega bo‘lish mumkin.
Tezkor turk tili dasturini maxsus chegirmada sotib olish
Ilovani yuklab olish: Android | iOS
Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.
👉@xushnudbek👈
❗️O‘zbekistonda har to‘rtinchi YTHda bir kishi halok bo‘lmoqda
Bu haqda ayni paytda Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Unga ko‘ra, o‘tgan yil O‘zbekistonda 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Buning oqibatida 2 ming 303 kishi halok bo‘lgan va 9 ming kishi jarohat olgan.
Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Joriy yil 6 oyi davomida esa 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.
“Afsuski, har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak”, - dedi Prezident.
🚧 Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopildi
❓Qaysi ko‘cha?
Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasining "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash qismi.
❓Qancha muddatga?
Bugun, 9-iyul kuni soat 07:00 dan 9-avgustga qadar.
❓Nima sababdan?
Hududda yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilayotgani va yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan.
❓Muqobil yo‘nalishlar bormi?
Avtoulovlar harakati "Yangi O‘zbekiston" bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali "Milliy bog‘" ko‘chasiga yo‘naltiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
TAFUda qabul davom etmoqda!
🎓 15-iyulgacha utas.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tib, onlayn test topshiring — 25% gacha chegirma asosida talaba bo'lish imkoniyatini qo'lga kiriting!
Toshkent amaliy fanlar universitetida 4 fakultet bo’yicha 19 ta ta’lim yo’nalishida tahsil olishingiz mumkin.
Kelajak - amaliy bilim va real tajribada!
👉 www.utas.uz — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
Reklama
🎖 Prezident farmoniga asosan, xizmat vaqtida halok bo‘lgan profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
Mukofotni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov marhumning onasi va oila a’zolariga topshirdi.
👉 @xushnudbek 👈
⚽ O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda futbol bo‘yicha U20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin
Ikki mamlakat futbol uyushmalari 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan kichik mundialni qabul qilish uchun qo‘shma ariza topshirishdi.
Hozirda musobaqa mezbonligi uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
SIUT — kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov!
Yoz — o‘z yo‘lingizni tanlash va orzular sari dadil qadam tashlashning ayni vaqti. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) Sizga zamonaviy, xalqaro standartlarga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan dual ta’limni taklif etadi.
❔ Nega aynan SIUT?
✅ Zamonaviy o‘quv dasturlari va tajribali xorijiy professorlar;
✅ Yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tash;
✅ Yevropa, Janubiy Koreya va Xitoyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati;
✅ Maxsus grant va imtiyozli dasturlar.
⚙
School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)
🇫🇷
French Higher School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
🇨🇳
Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
🇰🇷
Korean Institute of Technology and Culture (KITC)
– Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy)
– Dizayn (Design)
– Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy)
🤖
School of Computing
– Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence)
– Kiberxavfsizlik (Cyber Security)
📈
Business School
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
– Xalqaro logistika (International Logistics)
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlariga tashrif buyurib, mahallalardagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.
👉 @xushnudbek 👈
Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Aniqlanishicha, ushbu holat rejaviy tadbir asosida o‘tkazilgan kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ularni shifoxonaga olib borishga ehtiyoj bo‘lmagani sababli uylariga ruxsat berilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Davlat xavfsizlik xizmati:
➖ Andijon viloyati Soliq boshqarmasi bosh inspektori Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJning soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘ri aks ettirilmaganligi natijasida MChJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytgan.
So‘ngra hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni o‘tkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan va muqaddam MChJ ta’sischisidan 500 dollar olgan.
Ammo, u qolgan 2 ming 500 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
***
➖ Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasi bosh inspektori Jarqo‘rg‘on tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJga nisbatan soliq tekshiruvi o‘tkazish bilan qo‘rqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MChJ rahbaridan 2 ming 500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Qarshi xalqaro universiteti ta’lim chegaralarini kengaytirmoqda!
Jumladan, universitet Polshaning Gdansk universiteti, Hindistonning ICFAI va President universitlari, Italiyaning Meditteranea va Latviyaning Turiba universiteti bilan shartnoma imzoladi.
Siz ham safimizga qoʻshiling va oʻz yoʻlingizni keng imkoniyatlarga oching!
📑 Litsenziya (№327633, 29.07.2022-y.)
🔝 555009944 | @kiu_adminReklama
DXX: Guliston shahar prokurori o‘rinbosari 10 ming dollar olayotganda ushlandi
Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora so‘raydi.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksi 168 va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoni bilan, Mudofaa vazirligining marhum harbiy xizmatchisi – mayor Vaisov Baxadir Rajabboyevich “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
Mukofot Xorazm viloyati Shovot tumanida istiqomat qiluvchi marhumning oila a‘zolariga topshirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi.
Buning uchun, Toshkent halqa yo‘ligacha kelayotgan 20 ta avtobus yo‘nalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yanayangi 6 ta marshrut qo‘shiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik bo‘ladi.
“Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti ko‘payadi”, deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz”, - dedi davlatimiz rahbari.
❗️Surunkali qoidabuzarlarga qarshi kurashiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda aholi, hatto taniqli shaxslar o‘rtasida “jarimani to‘lab qo‘ydim-ku, xohlaganimdek yuraveraman”, deyish avj olgan.
“Endilikda yo‘llarda haydovchilik madaniyatini oshirish, ashaddiy huquqbuzarlarga qonun kuchini ko‘rsatish maqsadida yangi tizim qilamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun:
o‘tgan yilda haydovchilar
24 millionta
huquqbuzarlik sodir etgan. Bularning
81 foizi
qo‘pol qoidabuzarlikka kiradi.
Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyati
va
Toshkent shahrida
bu surunkali tus olgan.
“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
• Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari bo‘ladi.
• Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan.
• Bunga qo‘shimcha, foto-video radardan byudjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.
• YHXX tizimidagi yo‘l belgilari va svetofor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizishga mas’ul korxonalar ham viloyatga o‘tkaziladi.
• Jamg‘armaning faoliyati shaffof bo‘ladi, unga viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, jamoatchilik vakillari kiradi.
• Bundan buyon ushbu jamg‘arma mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi (yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklari tashkil qilish, chorrahalarni raqamlashtirish).
👉 @xushnudbek 👈
📈 O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 millionga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 1-iyul holatiga 37,9 millionni tashkil etmoqda.
Hududlar kesimidagi statistika esa quyidagicha:
▪️Samarqand – 4,3 mln kishi;
▪️Farg‘ona – 4,1 mln kishi;
▪️Qashqadaryo – 3,6 mln kishi;
▪️Andijon – 3,4 mln kishi;
▪️Namangan – 3,1 mln kishi;
▪️Toshkent shahri – 3,1 mln kishi;
▪️Toshkent viloyati – 3,1 mln kishi;
▪️Surxondaryo – 2,9 mln kishi;
▪️Buxoro – 2 mln kishi;
▪️Xorazm – 2 mln kishi;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 mln kishi;
▪️Jizzax – 1,5 mln kishi;
▪️Navoiy – 1,1 mln kishi;
▪️Sirdaryo – 938,5 ming kishi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇫🇷O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur bitim shu yilning 12-martida Parijda imzolangan edi.
Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
❗️Ma'lumot uchun, readmissiya bu — chet elda vizasi tugagan, noqonuniy qolgan yoki deportatsiya qilingan fuqarolarning vatanga qaytarilish jarayoni.
👉 @xushnudbek 👈
❗️IIV akademiyasiga qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshiriladi
Bu bo‘yicha bugun Prezident huzurida mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot qilindi.
Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirish, yangi yo‘nalishlar ochish va dual ta’limni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
G’oyangiz bormi? Investor kerakmi?
Tayyor bo‘ling — oldingizda yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda!
AloqaBank yosh tadbirkorlar o‘rtasida startap tanlovini e’lon qiladi!
Bu Sizning bugungi g'oyangizni ertangi haqiqatga aylantirish imkoniyatingiz!
Tanlov finali:
✅ Mamlakatimizning taniqli biznesmenlari INVESTOR sifatida eng yaxshi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ O‘zbekistonning yetakchi venchur fondi — ALOQAVENTURES ham ishtirok etadi.
Sizning loyihangiz investorlar diqqat markazida bo'ladi!
Arizangizni hoziroq yuboring!
Bu siz uchun innovatsion g‘oyalar va yirik loyihalar olamida o‘zingizni ko‘rsatishning noyob imkoniyatidir!
Ariza topshiring, ishtirok eting va biz bilan birgalikda muvaffaqiyatga erishing!
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | JSCAloqaBank?si=J5gWArY-BHJBHyVw">YouTube
Reklama
❗️O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi
Bu haqda IDP test markazi ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.
British Council esa hozircha bu haqda e'lon qilmadi. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmayapti.
Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer-based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami "tarqalib ketgani" va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.
👉 @xushnudbek 👈
“El-yurt umidi” jamg‘armasi bu haqda rasmiy xabar berdi.
Test va suhbat bir kunga to’g’ri kelib qolgan nomzodlar oldindan Tanlov komissiyasiga @eyufadmissionbot bot orqali suhbatni boshqa sanaga koʻchirish haqida murojaat qilishi mumkin. Bunda nomzodlar tasdiqlovchi hujjat — abituriyent ruxsatnomasini ilova qilishlari kerak.
👉 @xushnudbek 👈