Axborot bozorida tekintamoq bo’lmang
Esda tuting, agar siz o’qiyotgan axborotingiz uchun bir chaqa miqdorida bo’lsa-da pul to’lasangiz – u siz uchun haqiqatan ham tovar hisoblanadi.
Aksincha, agar siz axborotni bepul olayotgan bo’lsangiz, bilingki, siz ana shu axborotni sizga yetkazayotganlar uchun tovarsiz.
Boz ustiga hozirgi media to’qayzorda sizning e’tiboringiz kimlar uchundir oltindan ham qimmatroq o’lja hisoblanadi.
Ayni sababdan ham nima o’qishni, qanday axborot iste’mol qilishni uzatuvchi emas, siz o’zingiz hal qiling.
Xuddi ko’chadagi bepul ovqat qorinni og’ritganidek, Internetdan tekinga iste’mol qilinayotgan media mahsulot ham bir kunmas bir kun teshib chiqishi mumkin.
Bilasiz, media mahsulot keng tushuncha. Kun davomida nimaiki o’qisak, tinglasak, ko’rsak – hammasi shunga kiradi.
Mashinangizdagi radio, devordagi chang bosgan yapaloq televizor va hatto telefoningizga tinmay kelayotgan xabarlar ham media mahsulotga kiradi. Otangizdan qolgan eski kitoblar, gazeta-jurnalar ham shular jumlasidan.
Ishonchli axborot manbasiga ramziy ma’noda bir chaqa bo’lsa-da obuna puli uzatishdan qochmaganingiz ma’qul. Agar hech narsa to’lamagan taqdiringizda ham loaqal axborotni qaysi resursdan olayotganingizni bir o’ylab ko’ring.
Aytmoqchi, yaponlar bekorga NHK telekanali uchun oyiga obuna puli to’lamaydi. Sababi, na davlat, na biznes unga o’z hukmini o’tkaza oladi. Haqiqiy jamoatchilik telekanali ularda.
“Axir biz ro’zg’orni zo’rg’a tebratayapmiz. Endi o’qiydigan, ko’radigan, eshitadigan narsalarimizga ham pul to’laylikmi?”, deb savol berishga shoshilmang.
Agar turli propagandadan xoli, sof yangilik bilan tanishaman desangiz, media mahsulot, sifatli kontent uchun to’lov qilishdan uyalmang. Shunda siz “aldanganlar” qatoridan “aldanmaganlar” qatoriga o’tasiz. Qadringizni biroz bo’lsa-da seza boshlaysiz.
Hech bo’lmaganda hali Oskar olib ulgurmagan yangi kino asarlarni birinchilardan bo’lib ko’rish imkoniyatini qo’lga kiritasiz.
Yangiliklar dasturlarini turli muqobil resurslardan olib, ularni o’zaro chog’ishtirib, bemalol xulosa qilasiz.
Hammaga o’xshamang.
“Odamlar Internetdan bepul axborot olishga o’tib ketdi-ku, nima qilaman media resurslarga obuna bo’lib” demang.
Bilasizmi, dunyoda ayrim mashhur restoranlar eksklyuzivlikni saqlash uchun faqat kirishning o’ziga odamlardan 80-100$ oladi. Ovqat hali uyoqda tursin.
Axborot tekin ekan deb, tarqatuvchining tovariga, o’ljasiga aylanib qolmang.
Hechsa imkoniyatdan kelib chiqib Netflix yoki AllPlay kabi xizmatlardan bir foydalanib ko’ring. Ekslyuzivlikni his eting.
Axborot bozorida tekintamoq bo’lmang.
O‘quvchini jazolashning dunyo tajribasi
AQSH
Eng dahshatli jazo — bu darslarga borishni taqiqlash. Amerikada maktab o‘quvchisi uchun bu fojia. Chunki yomon baho olganlar keyingi yilga qoldirib yuboriladi. Baholar esa kompyuter dasturi yordamida qo‘yiladi. Jiddiy maktab qoidabuzarliklari bilan polisiya va sud tizimi shug‘ullanadi.
Yaponiya
Yaponlar bolani kichik yoshidan mehnatga o‘rgatadi. Sinfxonalar va maktab hovlisiga qo‘shib hojatxonani ham o‘zlari tozalaydi. Maktablarda intizomga qat’iy rioya qilinadi. Kech qolish, bo‘yanish yoki formasiz darsga kirish jismoniy mehnat yoki darra bilan jazolanadi.
Germaniya
O‘quvchi darsdan qochsa, voyaga yetmaganlar xizmati aralashadi. Agar ta’lim intizomi buzilgan bo‘lsa, maktab ma’muriyati polisiyaga xabar beradi. Oyiga 3 kundan ortiq sababsiz dars qoldirganlarga 1000-2500 yevro jarima solinadi.
Janubiy Koreya
O‘qituvchi itoatsiz o‘quvchilarni jismoniy jazolash huquqiga ega. Masalan, kaftlarga kaltak bilan urishi mumkin. Buning uchun ota-onalar hech qanday e’tiroz bildira olmaydi.
Buyuk Britaniya
Dars paytida o‘quvchilarni maktab hududidan chiqarish taqiqlanadi. Faqat ota-onalar yoki kuratorning yozma iltimosi bilan ruxsat etiladi. Shu bilan birga, ota-onalar o‘z farzandini maktabdan olib ketgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Agar jarima 28 kunda to‘lanmasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Fransiya
Agar o‘quvchi oyda to‘rt martadan ko‘p dars qoldirsa 150 dollargacha jarima solinishi mumkin. Agar o‘qishni qoldirish bolaning ta’limiga ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ota-onalar 2 yillik qamoq jazosi va 33 ming dollardan ortiq miqdorda jarimaga tortiladi.
ЭЪЛОН!
ОАВ вакиллари, журналист ва блогерлар учун пресс-тур!
Жорий йилнинг 26 июль куни соат 10:00 да Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати томонидан вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси билан ҳамкорликда Янгибозор тумани Бўзқалъа қишлоғида ташкил қилинган вилоят иқтидорли болалар оромгоҳига пресс-тур ташкил этилади.
Пресс-турда барча хоҳловчи ОАВ вакиллари, журналист ва блогерлар иштирок қилишлари мумкин.
Мурожаат учун тел: 99 969-03-10, 99 560-81-48
Манзил: Янгибозор тумани, Ифтихор маҳалласи, Тадбиркорлар кўчаси, 98-уй.
Расмий саҳифаларимиз 👇
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| xorazmviloyatihokimligi">Youtube
ҲАР КУНЛИК МОТИВАЦИЯНГИЗ УЧУН~
✨ Агар сиз .......
🍃 Агар сиз 5 та ақлли инсон билан гаплашсангиз, сиз уларнинг олтинчисига айланасиз !
🍃 Агар сиз 3 та ўзига ишонган инсон билан суҳбатлашсангиз, сиз тўртинчиси бўласиз !
🍃 Агар сиз 6 та миллионер даврасида бўлсангиз, сиз еттинчиси бўласиз.
❎ Агар сиз 2 та аҳмоқ инсон билан доимий суҳбатлашсангиз, афсуски сиз ҳам уларнинг бирига айланасиз.
🍃 Ким билан мулоқотда бўлаётганингизга эътибор беринг азизлар.
🍃 Гўзал хулқнинг ҳақиқати уч жиҳатда:
🌱 Инсоннинг ўзгаларга яхшилик қилишдан қайтмаслиги;
🌱 Ўзгаларга азият етказишдан тийилиши;
🌱 Очиқ юз билан муомалада бўлишида намоён бўлади.
Хитой мактабларида маънавият соати қандай ўтказилади?
Болалар ўз ота-оналарининг қандай меҳнат қилишини томоша қилмоқда.
Президентнинг “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони. Иловалари билан.
Читать полностью…БУ ШУНЧАКИ ИМТИҲОН!
(Дунёдаги барча ота-оналар ўқиши шарт бўлган мактуб)
🌎Сингапурдаги ўрта мактаблардан бирининг ўқитувчилар жамоаси имтиҳондан олдин ота-оналарга ушбу мактубни юборишди:
Қадрли ота-оналар!
Ҳадемай болаларимизнинг имтиҳонлари бошланади.
Барчангиз фарзандларингизнинг имтиҳонни яхши топширишлари учун ташвишланаётганингизни биламиз.
Аммо, илтимос, унутманг:
улар орасида рассом бўлишни хоҳлаётганлар борки, уларга математикани тушунишнинг кераги йўқ;
бўлажак бошқарувчилар борки, улар тарих ёки инглиз адабиётига қизиқишмайди;
бўлажак мусиқачилар борки, кимё фанининг баҳоси улар учун ҳеч қандай аҳамиятга эга эмас;
атлетикачилар борки, жисмоний машғулотлар улар учун физика фанидан муҳимроқ...
Агар фарзандингиз юқори баҳо олса, бу ажойиб!
Бироқ, бундай бўлмаса, илтимос, уларнинг ўзига бўлган ишончи ва қадр-қийматини тортиб олманг!
Уларга ҳаммаси яхши эканлигини, бу шунчаки имтиҳон эканлигини айтинг! Улар ҳаётда бундан-да каттароқ ишларга қодирдир.
Илтимос, уларга баҳонинг аҳамияти йўқлигини айтинг! Уларни севинг ва айбламанг!
Агар шундай йўл тутсангиз, кўрасизки, фарзандингиз дунёни забт этади!
Биргина имтиҳон ёки паст баҳо уларнинг орзулари ва истеъдодларини тортиб ололмайди...
Ҳурмат билан, ўқитувчилар жамоаси.
✍Гўзал РЎЗИЕВА
Яқинларингизга улашинг!
Жорий қуз-қиш мавсумида истеъмолчиларга 882 минг тонна маҳаллий кўмир етказиб берилиши режалаштирилган
Энергетика вазирлиги ахборот хизмати маълум қилишича, аҳолига сотилаётган кўмир маҳсулотларининг бир тоннаси республикамизнинг барча ҳудудларида жойлашган кўмир омборларида ягона нарх — 300 минг 300 сўмни ташкил қилади.
Ҳурматли истеъмолчилар, кўмир таъминоти билан боғлиқ барча саволлар юзасидан расмлардаги телефон рақамлари орқали мурожаат қилишингиз мумкин.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Yirik kompaniyada ishlashni xohlaysizmi?
Bunda sizga hamkorlarimiz yordam berishi mumkin.
1. ISH.UZ saytida profilingizni yarating;
2. Sizga mos vakansiya paydo bo‘lishi bilan SMS yoki Telegram bot orqali xabar keladi.
Hozir platformada “Venkon”, “Hamkorbank”, “Vitech” va boshqa kompaniyalarning vakansiyalari bor.
Istalgan ishni ISH.UZ bilan toping.
Sheriklik huquqi asosida.
#Сўраган_эдингиз_жавоб_берамиз
Блогерларнинг қандай ҳуқуқлари бор? Мажбуриятлари-чи?
Адлия вазирлиги муҳим саволларга тушунтириш беради
➡️ https://bit.ly/3RRNctO
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Odil Kalandarovich Abduraxmanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Читать полностью…Urganch shahar 22-son maktab õquvchisi “Osiyo bolalari-2022” kumush medal sohibi.
Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari bellashuvlari bo'lib o'tdi. Quvonarlisi ushbu nufuzli musoboqada Urganch tumani Sport maktabi Erkin kurash bo‘yicha treneri Aitov Beknazarning shogirdi Urganch shahar 22-son maktab o'quvchisi Sultonnazirova Xusniobod final bosqichida kumush medal sohibasi bo`ldi.
Yurtimiz bayroğini yuqoriga kõtargan Husnobodni ğalaba muborak deya tabriklab qolamiz 👏👏👏👏
HIKMATLI SO‘ZLAR
«Odamlar nima deyishar ekan», deb qo‘rqib o‘tirmang, aslida sizning taqdiringiz ularga baribir.
Biror kishiga yordam berish uchun boy yoki kuchli bo‘lish shart emas, mehribon bo‘lishning o‘zi yetarli.
Eshiklar har qancha katta bo‘lmasin, ularning kaliti kichkina bo‘ladi.
Ishontirish — har qanday ilmning ibtidosi emas, balki intihosidir.
Qiyinchilik — bu, o‘tmish uchun jazo emas, aksincha kelajak uchun sinovdir.
Юридик шахслар учун ҳам электр ва газ нархи вақтинчалик оширилмайдиган бўлди
Яқиндагина Ҳукумат қарори билан аҳоли учун электр ва газ нархи ошрилмаслиги, аммо юридик шахслар учун оширилиши айтилганди.
Вазирлар Маҳкамасининг 14 июлдаги 387-сонли қарори билан ушбу нарх оширилиши ҳам вақтинчалик тўхтатиб туриладиган бўлди.
Эслатиб ўтаман, аввалги қарорда Навоий КМК, Олмалиқ КМК ва бюджет ташкилотлари учун 1 кВт соат электр энергияси – 800 сўм ва ҳамда 1 куб м табиий газ – 1 300 сўм, қолган юридик шахслар учун мос равишда 600 сўм ҳамда 1 100 сўм бўлиши белгиланган эди.
👉 @xushnudbek 👈
#ибрат
✅Buyuklardan iqtibos
Inson aqli nimani tasavvur qilishi va ishonishi mumkin bo‘lsa, inson unga erishishi mumkin.
© Napoleon Hill
Tirik qoladigan turlar eng kuchlisi ham, aqllisi ham emas, balki o‘zgarishlarga eng ta’sirchan turlargina tirik qoladi.
© Charlz Darvin
Xato qilish boshqa, uni tan olmaslik esa boshqa narsa. Odamlar xatolarni kechirishadi, chunki xatolar odatda aql, hukm xatolaridir. Ammo odamlar qalbdagi xatolarni, yomon niyatlarni, mag‘rurlik bilan birinchi xatoni yashirishni osonlikcha kechira olmaydilar.
© Stiven R.Kove
Hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari, aziz yurtdoshlar!
Bugun 1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Siz azizlar uchun Xorazm radiosi orqali ustoz va murabbiylaringizni jonli efirda tabriklash imkoniyati yaratilmoqda.
Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun bugun soat 11:00 dan 11:20 ga qadar (62) 223 88 50 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z tabrigingizni yo‘llashingiz mumkin.
Bayram arafasida aziz ustozlaringizga yaxshi kayfiyat ulashing.
Bayram muborak bo‘lsin!
TelegramIYoutubeIFacebookInstagramI Web-sayt
Хоразм вилояти Ички ишлар бошқармасида Хоразм вилоятида ўтказилиши режалаштирилган "Кибермаконда содир этиладиган жиноятларга қарши курашиш ҳафталиги" – “Cyber-Week” комплекс тарғибот-ташвиқот тадбирлари тўғрисида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.
👉/channel/xvxtb_pressa
👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️👨⚕️
Япония ривожининг оддий сирлари
1️⃣ Японияда бошланғич синфларга токи олтинчи синфгача "Ахлоқ томон йўл" дастури остида дарс ўтишар экан. Бунда ўқувчилар фақат ахлоқ ва кишилар билан муомалани ўрганишар экан.
2️⃣ Биринчи синфдан учинчи синфгача имтихон бўлмас экан. Чунки бу вақтда мақсад тарбия қилиш, тушунчаларни ундириш ва шахсиятни шакллантириш бўлар экан.
3️⃣ Японлар бой бўлишига қарамасдан уларда хизматкорлар йўқ экан. Уй ва болаларга ота-она масъул экан.
4️⃣ Япон ўқувчилари устозлари билан бирга хар куни 25 дақиқа мактабни тозалаш билан шуғулланишар экан. Бу уларни тозаликка ҳарис бўлиб, камтарин бўлиб ўсишларига ёрдам берар экан.
5️⃣ Япон ўқувчилари мактабга ўзлари билан зарарсизлантирилган тиш чўткасини олиб боришар экан. Овқатдан сўнг тишларини ювишар экан. Улар ёшликдан саломатликларига эътиборли бўлишга кўниктирилар экан.
6️⃣ Мактаб мудирлари ўқувчилардан ярим соат олдин овқатланишар экан. Бу билан овқат болаларга зарар берадими йўқми, шуни аниқлаб беришар экан. Улар ўқувчиларни Япония келажаги деб билишар, уларни химоя қилиш лозим деб эътиқод қилишар экан.
7️⃣ Японияда фаррошларни "саломатлик мухандислари" дейишар экан. Улар 5000 дан 8000 долларгача маош олишар экан. Уларни ишга олишдан олдин ёзма ва оғзаки имтихондан ўтказишар экан.
8️⃣ Японияда поезднинг кечикиш ўлчами йилида 7 сония экан. Улар учун вақт жуда қийматли экан. Сония ва дақиқаларга ўта диққатли экан улар...
⚡️2023 йил учун дам олиш кунлари белгиланди
Президентнинг тегишли фармонига кўра, 2023 йилда қуйидаги қўшимча дам олиш кунлари белгиланди:
Барча ходимлар учун (иш ҳафтасининг туридан қатъи назар):
2 январь – душанба;
30 июнь – жума.
Олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун:
3 январь – сешанба;
20 март – душанба;
22 март – чоршанба;
24 апрель – душанба;
1 июль – шанба;
2 сентябрь – шанба;
30 декабрь – шанба.
Беш кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш кунлари қуйидаги тартибда кўчирилади:
7 январь – шанба кунидан 3 январь – сешанба кунига;
11 март – шанба кунидан 20 март – душанба кунига;
25 март – шанба кунидан 22 март – чоршанба кунига;
29 апрель – шанба кунидан 24 апрель – душанба кунига.
“Бу об-ҳавода режали чекловлар киритмасак, эртага бундан-да жиддийроқ талафот бўлиши мумкин” — бош вазир ўринбосари
Ўзбекистон бош вазири ўринбосари – энергетика вазири Жўрабек Мирзамаҳмудов энерготаъминотдаги узилишлар юзасидан изоҳ берди. Унинг сўзларига кўра, ҳозирги об-ҳаво шароити жиддийроқ талафотларнинг олдини олиш мақсадида режали чекловлар ўрнатишни тақозо этмоқда.
Жўрабек Мирзамаҳмудов Фарғонанинг Ўзбекистон туманидаги цемент заводи ишчиларининг интернетда тарқалган жамоавий мурожаатига ҳам муносабат билдирди.
❗️Ҳурматли телеграм фойдаланувчилари!
Эътиборингизга ҳафтанинг энг муҳим ва энг долзарб янгиликларини савол кўринишида тақдим этамиз. Исталган саволингизни танланг ва жавобини билиб олинг!
👉1 сентябрдан халқаро ёки миллий сертификатга эга бўлган мактаб ўқитувчиларига 50 фоизгача устама берилиши ростми?
👉Тайёргарликни энди бошлаган абитуриентлар қандай хатоликлар қилади?
👉Ўқитувчиларнинг иш вақти қандай ҳисобланади?
👉Ўқувчилар учун фан олимпиадасининг III (вилоят) босқичи қай тартибда ўтказилади?
👉Абитуриентлар учун мутахассислик фан блоки тестлари қайси мавзулардан тузилади?
👉Ойлик маошни ҳисоблаб берувчи махсус бот
Ҳурматли обуначилар, бизда ёлғон йўқ.
Саволни танланг ва жавобини билиб олинг.
👉 @talim_obrazovaniye 👈
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллаларни обод қилиш ва “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида амалга оширилган ишлар ҳамда келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по проделанной работе и дальнейшим приоритетным задачам в области благоустройства махаллей и реализации общенационального проекта «Яшил макон».
Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида буюк саркарда Жалолиддин Мангуберди ҳайкалини очиб берди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев открыл памятник великому полководцу Джалолиддину Мангуберды в городе Ургенче.
Facebook|Instagram|Twitter
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразмдаги бошланғич синф ўқувчиларини овқатлантириш тартиби белгиланди
“Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятида жойлашган умумий ўрта таълим муассасаларида соғлом овқатлантириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (472-сон, 25.08.2022 й.) қабул қилинди
🔰 Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятида тажриба тариқасида бошланғич синф ўқувчиларига бюджет ҳисобидан бепул овқат билан таъминлаш тизими жорий этилган.
➡️ Қарор билан юқоридаги ҳудудлардаги мактабларда соғлом овқатлантириш тизимини кейтеринг усулида ташкил этишга оид низом тасдиқланди.
📝 Низомда кейтеринг усулида хизмат кўрсатувчи ташкилотлар танловини ўтказиш, ҳисоб-китоб қилиш, таомлар устидан назорат қилиш тартиби белгиланган.
❕Хусусан, ўқувчилар мактабда бир кунда бир маҳал овқатлантирилади.
📁Овқатларни назорат қилиш учун мактабларда 5 кишилик (директор, ҳамшира ва ота-оналар вакиллари) махсус комиссия тузилади.
📲 Кундалик таомноманинг рўйхати “kundalik.com” платформаси орқали юритилади.
⚠️ Кейтеринг – ҳудудларда масофавий усулда умумий овқатланиш хизматларини кўрсатиш орқали овқатланишни шартнома асосида ташкил этиш, овқатларни тайёрлаш, етказиб бериш ва тайёр пазандачилик маҳсулотларининг чакана савдосини амалга ошириш хизматларини кўрсатиш.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
Yangi darsliklarga mediasavodxonlik qay darajada singdirilgan?
Xalqaro tajribada mediasavodxonlikni oʻqitishda 2 ta eng koʻp tarqalgan yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv – media taʼlimni mavjud fanlar mazmuniga singdirish. Ikinchisi esa, medisavodxonlikni – alohida fan orqali oʻqitish.
Tajriba va tadqiqot natijalariga koʻra, mediasavodxonlikning bir nechta fanlar mazmuniga singdirilishi, yaxshi samara bermoqda.
Tarbiya, Ona tili va oʻqish savodxonligi, Huquq, Informatika kabi yangi avlod darsliklariga ham oʻquvchilarning mediasavodxonlik koʻnikmalarini rivojlantiruvchi mavzular kiritilgan.
👉Batafsil
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар кетма-кет 4 кун дам олади
Президент “Ўзбекистон давлат мустақиллиги ўттиз бир йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни юқори савияда ўтказиш тўғрисида”ги қарорни имзолади.
👉 https://kun.uz/32072233
Kun.uz расмий канали
Расмий хабар
Бугундан бошлаб мамлакатимизда "Twitter", "WeChat" ва "Вконтакте" ижтимоий тармоқларидан тўсиқларсиз фойдаланиш имконияти тўлиқ тикланмоқда. "TikTok" платформаси билан музокаралар давом этмоқда, натижалари юзасидан қўшимча хабар берилади. Блокировкалар ривожланишга фақат зарар келтиради.
/channel/hudud_inform
Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлисида Конституцияга ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш бўйича қонун лойиҳасининг умумхалқ муҳокамасини яна 10 кунга — 15 июлга қадар узайтириш тўғрисида қарор қабул қилинди.
Шунингдек, Президент таклифи асосида қонун лойиҳасидан Қорақалпоғистон Республикаси мақомига оид қисми чиқарилди, яъни Конституциянинг 70, 71, 72, 74 ва 75-моддалари ўзгаришсиз қолдирилиб, амалдаги нормаларни сақлаб қолиш мақсадга мувофиқ деб топилди.
👉 @xushnudbek 👈