Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari: 🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz 🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz 🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA 📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot
⚡️Bek va Lola ijodkorlari bilan bu safar ham juda qiziqarli mavzuga qo‘l urdik.
Bu galgi sonimiz bolajonlarda uy jonivorlariga bo‘lgan mehrni uyg‘otib, xususan “Baroqvoy” nomli mushukchaning bolalar hayotining ajralmas qismiga aylanib qolganini aks ettiradi.
Sizlardan katta madad, shu xabarni hech bo‘lmasa tanish ota-onalaringizga, yaqin do‘stlaringiz hamda tanish ota-onalar guruhlariga jo‘natsangiz, ularning ham farzandlariga yetib borar edik.
Premyera soat 10:00da bo‘lib o‘tadi. Albatta farzandlaringiz bilan birga tomosha qiling:
👉https://youtu.be/sB24ZokEp78?feature=shared
— “Yosh kitobxon” tanlovi kitobxon millatni yanada shakllantirmoda men qizimning ushbu musobaqaning respublika bosqichida qatnashib yaxshi natija bilan qaytishiga ishonaman, deydi Mohinurning onasi
Ma‘lumot o‘rnida, ushbu tanlovning Samarqand viloyati bosqichida nurobodlik Muxtorova Mohinur 15-19 yosh toifasida 1-o‘rin o‘rinni egallagan edi.Читать полностью…
⚡️Prezidentimiz har doimgidek yoshlarimiz, ayniqsa qizlarimizga keng yo‘l ochib, ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqdalar. Bu safar Davlat Rahbari e’tiboriga tushgan yana bir iqtidorli yosh Ummatoy Yo‘ldosheva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga maslahatchi bo‘ldilar.
Ummatoyga faoliyatlari davomida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
@alisher_sadullaev
Respublika bosqichiga kimlar yo‘l oldi?
📚Respublika ishtirokchilari bilan tanishing!
Boyovutning oddiy oilasidan chiqqan yosh kitobxon!
Bugungi suhbatdoshimiz – “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasida Sirdaryo viloyati bosqichi g’olibasi Shahnozabonu Murodova
🇺🇿 O'zbekistonda IELTS 9.0 olganlar bormi o'zi?
@alisher_sadullaev
😊 “Mutolaa” loyihasi samarqandlik yoshlar nigohida
Ushbu ilovada o'zingiz uchun qiziq bo'lgan kitoblarni audio va matn shaklida mutolaa qilishingiz mumkin...
Tayyormisizlar? Jamoamiz bilan “ZUKKOTEST” loyihasiga start berdik!
Endi bilimdon yoshlar o‘z bilimini sinab ko‘rish bilan birga qimmatbaho sovg‘alar yutib olishlari ham mumkin. 13-mart kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi:
1. “Mutolaa” ilovasidan “Galaktikada bir kun” 1-2 kitob;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasining matematika darsligi;
4. “Uzchess” loyihasining shaxmat darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari
Test qanday o‘tadi?
• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt.
⚡️Mukofotlar:
TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;
TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;
70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirma;
Ishtirok etish uchun @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va hozirdan tayyorgarlikni boshlang!
"Zulfiya" muborak ...
Xabaringiz bor, yaqinda "Yosh kitobxon" tanlovi 20-30 yosh toifasi Namangan viloyati bosqichida ishtirok etgan va faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan Dilafruz To‘ychiyeva O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan "Zulfiya" nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.
To‘ychiyeva Dilafruz No’monjon qizi - Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi bo'lib, Namangan viloyati Pop tumani Yangiobod qishlog‘i "Qandig'om" mahallasidan
Endi, tasavvur qilavering hududiy bahslar qanday qiyin bo'lganini😉
https://www.instagram.com/reel/DGqRG4fN4mI/?igsh=MXdiMWxubGR6aWVzYw==
Hammamiz ham Mahliyo O'roqovaning o'rnida bo'lgimiz kelsa kerak, Mahliyo kitob o'qigan har bir qiz katta natijalarga eishishini isbotladi!!! 15 yoshida otasiga avtomobil sovg'a qilgan!
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev:
"Yosh kitobxon" tanlovi g'olibi chakana emas, bilasizmi qancha kitob o'qishi kerak, bu o'zidan o'zi bo'lmaydi, qancha uyqusiz tunlar, tabriklayman"
“Yosh kitobxon” tanlovining Namangan viloyati bosqichi yakunlandi!
📚Kitobga oshno yoshlar o‘z bilim va tafakkurlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in bahs va mushohadalarga boy bo‘lgan tanlov yakunlariga ko‘ra, eng kuchli kitobxonlar Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi!
Tanlov natijalari bilan tanishing:
10-14 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Komiljonov Muhammadziyo Xikmatillo o‘g‘l;
2-o‘rin Sobirov Abdulaziz Abduqaxxor o‘g‘li;
3-o‘rin Abduqaxxarov Iqboljon Ibrohimjon o‘g‘li.
15-19 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Mahmudjonova Dilnavoz Salohiddin qizi;
2-o‘rin Rahimberdiyev Hasanboy Mirzohid o‘g‘li;
3-o‘rin Abdullajonova Gulyora Javlonbek qizi.
20-30 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Sotiboldiyeva Shahnoza Solijon qizi;
2-o‘rin To‘ychiyeva Dilafruz No‘monjon qizi;
3-o‘rin Boqiyeva Shahnoza Tolibjon qizi.
Audiokitob yozish jarayoni qanchalik qiziq va mashaqqatli, agar siz audiokitoblarni "Mutolaa" ilovasida tinglayotgan boʻlsangiz unda audiojamoa mehnati uchun izoh yozib ketsangiz xursand boʻlamiz!!!
Читать полностью…Ўзлигингни англа
Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан қисқа метражли анимацион филм – Робот.
🔔 Siz ham elektromobil egasi bo’lishni istaysizmi?
Unda O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" ko'rik tanlovida o'z mahallangiz bilan qatnashing.
🔍"Tanlovda eng namunali" deb topilgan mahallalar quyidagi yutuqlarni qo'lga kiritadi.
1 o'ringa - Elektromobil (BYD chazor)
2. o'ringa - Mebellar to'plami
3. o'ringa - Skuter taqdim etiladi.
Yosh kitobxon
#22feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Telegram
⚡️Sirdaryolik Kamola 24 yoshida transport vaziriga yordamchi bo‘ldi
Kamola o‘z oldiga katta marralar qo‘ygan. Ayol-qizlarimizning yo‘l qurilishi sohasida ham munosib o‘rinlariga ega bo‘lishlari uning eng asosiy maqsadlaridan biri.
Jamoamiz nomidan Kamola Irisqulovaga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
#prezident #yoshlar
@alisher_sadullaev
Kelajakda shifokor bo'lishni maqsad qilgan yosh kitobxon!
Bugungi qahramonimiz – “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasida Qashqadaryo viloyat bosqichi g'olibi To'lqinov Azizbek
Muzrabotning o'qituvchilar oilasidan chiqqan yosh kitobxon!
Bugungi qahramonimiz – “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasida Surxondaryo viloyat bosqichi g'olibasi Menglimahmatova Madina
📚 "Yosh kitobxon" tanlovida ishtirok etgan onaning orzusini farzandi amalga oshirmoqchi !
Bugungi qahramonimiz – “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasida Farg'ona viloyati bosqichi g'olibi toshloqlik Isroilov Lutfulloh
Парижда давлатимиз раҳбарини расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди
—
В Париже состоялась церемония официальной встречи главы нашего государства
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Respublika bosqichiga kim yo‘l oldi?
📚Bilimdon yoshlarimiz uchun sinov maydoniga aylangan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi yakuniga yetdi!
🔥Ikkita shart bo‘yicha bellashgan kitobxonlar uchun eng qiyin savollar qaysi asarlardan tushdi?
Tanlov jarayonlari, qizg‘in savol-javoblar va eng hayajonli onlarni birinchilardan bo‘lib Agentlikning YouTube sahifasida tomosha qiling!
🔔Kanalga obuna bo‘ling va yangi videolarni kuzatib boring!
📹 Barchasi shu yerda: 👉 HAVOLA
"Mutolaa" ilovasida "Jinoyat va jazo" va "Rejali ayol" kitoblarini maromiga yetkazib mutolaa qilgan Muslima Murodova erkaklarni ogohlantiradi!
Hurmatli ayol-qizlarimiz, bayramingiz muborak! Dunyoda siz bittasiz, tabassumingiz ham yagona!
🌷AYOL BAXTI
— Kitob o‘qish orqali ham oila qanchalik muqaddas ekanligini, shukronalik bilan ayol to‘kis baxtini yarata olishini his qilasiz...
⚡️Mahliyo O‘roqova bilim va kitobga bo‘lgan ishtiyoqi bilan hayotini o‘zgartira oldi. U 15 yoshida kitob o‘qib otasiga avtomobil sovg‘a qilgan! Bu uning tirishqoqligi va matonatining yorqin isbotidir.
Ayni damda kitobxonimiz O‘zbekistondagi eng katta mobil kutubxona “Mutolaa” jamoasida mehnat qilmoqda.
Jamoamiz nomidan Mahliyoga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!
#prezident #yoshlar
@alisher_sadullaev
“Yosh kitobxon” tanlovining Andijon viloyati bosqichi yakunlandi!
📚 Yuz minglab yoshlarni kitob o‘qishga ilhomlantirgan “Yosh kitobxon” tanlovi vodiy yoshlari orasida ham katta qiziqish bilan o‘tkazilmoqda. Tanlov davomida turli hududlardan eng bilimdon yoshlar saralanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
📰Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi g‘oliblarini Prezident sovg‘asi (Elektromobil) kutmoqda!
Tanlov natijalari bilan tanishing:
10-14 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Erkinova Samira Xurshidbek qizi;
2-o‘rin Zokirjonova Gulruxbegim Farruhbek qizi;
3-o‘rin Shavkatova Farangiz Sardorbek qizi.
15-19 yosh toifasi g'oliblari:
1-o‘rin Soliyeva Gulnigor Qudratillo qizi;
2-o‘rin Mamasoliyeva Qunduzoy Shukrullo qizi;
3-o‘rin Abduqodirova Dilnavo Bektosh qizi.
20-30 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Abduvahobova Shoira Abdirasuljon qizi;
2-o‘rin O’rinqo’ziyeva Sevara Dilshodbek qizi;
3-o‘rin Mamatova Maxro’ya Azizbek qizi.
“ҚОДИРИЙНИНГ “САРИҚ ДЕВНИ МИНИБ” АСАРИ”
Яқинда олий таълим даргоҳининг журналистика йўналишини тамомлаган бир ёш иқтидор иш қидириб келди. Айтишича, кўплаб таҳририятларга борибди. “Бўш жойлар йўқлиги боис” уни ишга олишмабди. Бироз суҳбатлашдим.
Кўринишидан бинойидек…
— Охирги марта қайси китобни ўқидингиз? — деб сўрадим ундан.
— Ҳозир ўқишга вақт тополмаяпман, олдинлари ўқиб турардим…
— Хўп, ўша олдинлари ўқиган охирги китобингиз қайси унда?
— Қодирийнинг “Сариқ девни миниб” асари…
— А-а-а, улуғ адибнинг шунақа асари ҳам бор эканми?
— Қизиқ экансиз-ку, журналист бўла туриб шуни ҳам билмайсизми? — деди у уддабуронлик билан ўзининг “ҳақ” эканлигини исботлашга уриниб…
Бир сесканиб тушдим. Ёқамни ушлай десам жойида йўқ. Индамай қўя қолдим...
Кўз ўнгида – ҳалигина ўзини “журналист” деб атаган йигит. “Қодирийнинг Сариқ девни миниб асари” деган сўзлари ҳали ҳам қулоғимда жаранглаб турибди. Бу ҳақиқатан ҳам содир бўлдими ёки қўрқинчли туш кўряпманми?
Ҳа, қўрқинчли. Чунки бундай “журналист”лар эртага газеталар саҳифаларини, ахборот манбаларини эгаллайди. Чала билим, омонат ақл ва уйдирмалар билан халққа “хабар” етказишади. Фақат бу сафар “Сариқ дев”ни эмас, балки “Журналистика”ни миниб олган бўлишади...
Индамадим. Сабабини сўраманг. Баъзан ҳақиқат шундай ачинарлики, унга бир оғиз гап ҳам қўшолмайсан... Таассуф!!!
Ислом АСИЛБЕК
Yosh kitobxon
#24feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Telegram
“Yosh kitobxon” tanlovining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi!
📚Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichlari qizg‘in davom etmoqda. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari orqali o‘z bilim hamda zakovatini sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov natijalari bilan tanishing:
10 -14 yosh toifasi g‘oliblari;
1-o‘rin — Haydarova Dilbarxon Firuzovna;
2-o‘rin — Bekmurodova Zumrad Rizamat qizi;
3-o‘rin — Valiyev Feruzbek.
15-19 yosh toifasi g‘oliblari;
1-o‘rin — Xaldurdiyeva Oguljeren Abajan qizi;
2-o‘rin — Tursunova Mushtariy Omonjon qizi;
3-o‘rin — Mavlonova Munisa Begzodjon qizi.
20-30 toifasi g‘oliblari;
1-o‘rin — Ismoilov Kamronbek Dilshodjon o‘g‘li;
2-o‘rin — Omonqulova Iroda Bahodir qizi;
3-o‘rin — Bozorova Maftuna Rustam qizi.
“Yosh kitobxon” tanlovining Toshkent viloyat bosqichi yakunlandi
📚Bilimga chanqoq yoshlar yana bir bor o‘z iqtidori va kitobga bo‘lgan muhabbatini namoyon etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat kitoblar mazmunini yoddan bilish, balki tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va adabiyotni chuqur anglash borasida ham o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
G‘oliblar bilan tanishing:
10-14 yosh toifasida:
1-o’rin — Azizova Jamila Eldor qizi;
2-o’rin — Zohidov Alisherxon Said o‘g‘li;
3-o’rin — Suvonqulova Odina Dilshod qizi.
15-19 yosh toifasida:
1-o’rin — Yunusova Ozoda Ulug‘bek qizi;
2-o’rin — Qo‘ziyev Baxtiyor Murod o‘g‘li;
3-o’rin — Erboyeva Barno Botir qizi.
20-30 yosh toifasida:
1-o’rin — Abduxamidova Ra’no Atxamboy qizi;
2-o’rin — Abduraximova Karomat Erpo‘lat qizi;
3-o’rin — Po‘latova E’zoza Abdulatif qizi.
Yosh kitobxon
#21feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Telegram