Baxtli boʻlmoqchimisiz?
- Har orqangizdan gapirganga quloq solmang...
- Har soʻz berganni, soʻzida turadi, deb oʻylamang...
- Har tanishgan insoningizni oʻzingiz kabi bilmang...
- Baxtsiz qilganni emas, huzur berganni yonida qoling...
- Sizni yoqtirmaganlarga tabassum qiling va yoʻlingizda davom eting...
- Boshingizga kelgan yomonliklar uchun sabr, neʼmatlar uchun shukr qiling...
- Har bir narsani Allohdan va qilgan amallaringizdan deb biling...
- Insonlardan hech narsa kutmang...
- Olishdan koʻra, berishni koʻproq yahshi koʻring...
- Pokiza qalbingizda insonlarga nisbatan nafrat va hafagarchilik saqlamang...
- Nima boʻlishidan qatʼiy nazar bu dunyo oʻtkinchi ekanligini va bir kun hammasi tugashligini unutmang
Xayrli tong yaxshi odamlar!
❗️Бугун барча учун иш куни!
Президент фармонига кўра, 14 декабрь — шанба куни барча ходимлар учун иш куни бўлади.
Яъни беш кунликлар ҳам ишга чиқади. Улар бунинг эвазига 30 декабрь, душанба куни дам олишади.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
/channel/+Sysb1MrRfYGyQDFU
Дунё сенинг меҳмонингман
Яратганим, қўлингда мен,
Бахт- саодат йўлингда мен,
Гоҳи гулзор, чўлингда мен,
Дунё, сенинг меҳмонингман.
Орзулари осмонингман,
Битилмаган достонингман,
Майли бўлай ёмонингман
Дунё, сенинг меҳмонингман.
Мукофот- у бахтинг билан,
Бахт ортида тахтинг билан,
Сийлагин зўр аҳдинг билан,
Дунё, сенинг меҳмонингман.
Бағрингда мен бўлай бардор,
Ноз- неъматинг бўлсин бисёр, Ҳеч нарсага қилмагин зор,
Дунё, сенинг меҳмонингман.
Ёмонликлар кўзим ёшлар
Биргаликда кўрар бошлар,
Айтгин сен, ким мангу яшар,
Дунё, сенинг меҳмонингман.
Дардга дучор қилмагин, сен,
Қалбга озор солмагин, сен,
Озор чексам кулмагин, сен,
Дунё, сенинг меҳмонингман.
Дунё, сенинг, меҳмонингман!
Хўжабекова Мушарраф
СУЙГАНЛАРИМ СОҒ БЎЛИНГ,
ОВОРАМАН СИЗ БИЛАН.
АСРАЙМАН КЎЗ КОРАМДАЙ,
АЙТАЙ ЁРУҒ ЮЗ БИЛАН!
ХАЁТ АСЛИ ҒАНИМАТ,
ШУКРОНАЛИК ШИОРИ.
СИЗЛАР БИЛАН ЁЗИЛАР,
БУ КЎНГЛИМНИНГ ХУМОРИ!
ДЎСТИМ БЎЛИБ ЯШАЙСИЗ,
БОРИНГИЗГА МИНГ ШУКУР.
АЛЛОХ МАНИ СУЙГАНИ,
ТАН ОЛАЙ МАНА ШУДИР!
ҚАЙДА БЎЛМАНГ СОҒ ЮРИНГ,
ДУОДАМАН ЧИН ДИЛДАН.
ҚАДРЛИСИЗ БАРЧАНГИЗ,
АЙТАМАН ЧИН КУНГИЛДАН!
ТИЛАГИМ КУЛСИН ОМАД,
АЛЛОХ ҚИЛСИН ЗИЁДА.
АЗИЗЛАРИМ ЯШАЙМАН,
ДАЛДАНГИЗ-ЛА ДУНЁДА!
СУЯНАЙ ХАДДИМ СИҒИБ,
СИЗ-ЛА КЎЗИМ ҚУВОНСИН.
БОРЛИГИНГИЗ БИЛДИРИНГ,
КЎНГЛИМ ТЎЛИҚ ИШОНСИН!
АЙЛАНАЙ ЯҚИНЛАРИМ,
СИЗГА МАРДЛИК ЯРАШАР.
БАРЧАНГИЗ БИРДАЙ АЗИЗ,
ЖАННАТ СИЗНИ ТАЛАШАР!
ФАХРДАМАН ДОИМО,
БОРИНГИЗГА МИНГ ШУКУР.
ТАЪЗИМДА БОШ ЭГАМАН,
БОРЛИГИНГИЗ БАХТ ЭРУР!
ДАЛДАНГИЗ МУКОФОТИ,
БЎЛСИН ХАЖНИНГ ЧИПТАСИ.
РАББИМ АЙТСИН ИЛОХИМ,
БУЛАР ЖАННАТ ЭРКАСИ!
ҚАНОАТ ВА УМИД ҲАҚИДА
Кимларни қарғайди одамлар шу он,
Кимнингдир гўрига қаланади ғишт.
Кошки қарғиш билан ўнгланса замон,
Кошки қарғиш билан чекинса ташвиш?!..
Пешонада не бор, бўлади содир,
Оғизда юрганлар нима деса дер.
Бир Ўзига осон, бир Ўзи қодир,
Тақдир ҳукми билан айланади Ер.
Ялқов гапи билан тўйдирар қорин,
Дангаса ётишдан тийилмас бир он.
Йўқлик кунида ҳам кўрсатар борин,
Қаноатни шиор деб билган инсон.
Эй, инсон, ўкинма, бу кунлар ўтар,
Тундан сўнг тонг отар, йўқдан бўлар бор.
Беш кунлик дунёда қаддингни кўтар,
Қаҳратон қишдан сўнг келади баҳор...
Ҳар қанча ғам бўлсин, чекинар бир кун,
Фориғ бўладирсан дарду ғубордан.
Сабр бўлса мудом умрингга мазмун,
Умидни узмасанг Парвардигордан...
Акрамжон АЗИЗОВ
❄️🎄
Aristotel shunday yozadi:
"Izzat tilasang iffatli bo‘l;
Ulug‘lik tilasang muloyim bo‘l; Zafar tilasang adolat yo‘lini tut; Qadr tilasang rostgo‘y bo‘l;
Najot tilasang sabr qil;
Ilm va hunar o‘rganmoqchi bo‘lsang jiddu jahd qil!"
Kuningiz yaxshi kayfiyatda o‘tsin azizlarim!🥰🤗
VA'DA
Men senga hech qanday bermayman va'da,
Baxtli qilaman deb katta ketmayman!
Faqat ko'zlarimga ko'zingni qadab
kelsang
ko'zlaringni baxtsiz etmayman!
Kimlar kimlargadir nimalar demas,
Men ochiq aytaman, yomoni shuki
Uyga ishdan keyin gul bilan emas,
charchoq bilan kirib kelishim mumkin.
Tunlar erkalamay, sochlaring o'rmay
yoki barmog'ingga taqmasman tilla.
Toshkentdan o'zga bir shaharni ko'rmay
o'tib ketishing ham mumkin men bilan!
Aksincha bo'lishi mumkin, masalan –
Baxtni har yog'idan birga qucharmiz.
Eyfelday qomati qilich, sarbaland
minora ostida surat tusharmiz.
Mayliga, birgina beraman va'da,
Baxtli qilaman deb aytmayman shahdsiz.
Va'dam shu –
ko'zimga ko'zingni qadab
kelsang
ko'zlaringni qilmayman baxtsiz!
✨🌙🕊
Tuningiz tinch va osuda oʻtsin!
Hamisha Allohni panohida boʻling, azizlarim!
✨🌙🕊🤍
🏁 “@QADRDON_USTOZLAR_KANALI UCHUN RUS TILI TESTI” testi yakunlandi!
40 ta savolga javob berildi
🥇 Muhammadiyev_N_A – 36 (10 daqiqa 32 soniya)
🥈 @Zilola8849 – 34 (7 daqiqa 54 soniya)
🥉 @RocketskywaIker – 32 (5 daqiqa 56 soniya)
4. Ш Н – 31 (7 daqiqa 1 soniya)
5. Usmon To'raxonov – 30 (5 daqiqa 28 soniya)
6. @dildoramasaidovna – 14 (3 daqiqa 17 soniya)
7. @iy_monim0306 – 12 (3 daqiqa 13 soniya)
8. Shokirova Sanavar – 8 (1 daqiqa 47 soniya)
9. NAZOKAT BOQIEVNA – 7 (4 daqiqa 24 soniya)
10. Atamurodov – 5 (1 daqiqa 58 soniya)
11. Aysara Bayniyazova – 3 (1 daqiqa 47 soniya)
12. @zebosha310888 – 2 (51.8 soniya)
13. Asqar Eshmirzayev – 2 (1 daqiqa 10 soniya)
14. Гулрух Абдизокировна. – 2 (1 daqiqa 51 soniya)
15. Zafar Saparov – 1 (17.4 soniya)
16. Valiyeva Elmira Hakimovna – 1 (27.1 soniya)
17. 𝐴 – 1 (41.3 soniya)
18. NURIDDIN URALOVICH – 0 (10.6 soniya)
19. САЙФИЕВ ЖАХОНГИР – 0 (10.7 soniya)
20. Komila Tilavova – 0 (12.2 soniya)
🏆 Gʻoliblarni tabriklaymiz!
Yoʻqotgan hamma narsangiz va har kimsangiz uchun afsuslanmang. Yoʻqotishlar xatolarni qayta takrorlamaslik uchun ham kerak. Sizni qadrlaydigan insonlar sizni aslo tark etmaydi. Baʼzan befarqning ketishi yoʻqotish emas, najotdir. Yoʻqotdingizmi, demak u siz uchun emas. Sizga munosibi munosib vaqtda yonigizda qoladi...
Xayrli tun yaxshi odamlar!
Qorlidir, qorsizdir har bir kunimiz g‘animat.
Zavqli yo zavqsizdir har bir lahza xotira, shirindir yoki taxir tortiq qilinsa mehrdir.
Balkilar ikkilanish yozuvdagi ko‘rinishidir.
Shunday yashang-ki sizni anglagan inson goh yaqin bo‘lsin, goh birinchi uchragan, ko‘nglingiz mulkini aziz bilsin.✨🌙
Hayotda eng muhimi bu - Mehr, qadr - qiymat, diydor , muhabbat, qolgani esa.. barchasi Shuhratparastlik...
Insonning muammosi faqatgina uning qalbida bo‘ladi...
Har bir umringiz lahzasidan zavq olishga harakat qiling...
Doim shuni yodda tuting-ki, bu dunyoda sizning ikkinchi hayotingiz bo‘lmaydi, va’dalarga emas, his qilayotgan tuyg‘ularingizga ishoning...
Apellatsiya natijalari
📣 2024-yil 2-3-noyabr kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 28-noyabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.
📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.
📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, komissiyasi qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
👨🏻💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limida Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Hayot-yo‘ldir!
Bu yo‘llarning o‘ziga xosligi bor.
Bu yo‘llar cheksizdek yurib ketaveramiz! 🥰❤️
O‘z yo‘lini topgan emas, balki sevgan yo‘lini topganlar baxtlidir! 🤗❄️
Bu yo‘ldagi ko‘tarilishlar, pasayishlar, o‘nqir cho‘nqirlar insonni chinakamiga baxtli qiladi...☺️👍
Gullar siznikiga yo‘l oldi. Tez eshikni oching! 🥰💐
Assalomu alaykum qadrlilarim!🤝❤️
Tong xayrli bo‘lsin barchaga!🌞🫶
Sog‘liq - yaxshi hayot bilan...
Safar - yaxshi hamroh bilan...
Chiroy - go‘zal hulq bilan...
Uyqu - xotirjamlik bilan...
Tun - Allohning zikri bilan...
Xayrli tun!!!☺️❤️
Tun… Sokin
Aldamchi oromlar. Hamma aldangan
Tun… Shovqin
Boshing ichidagi g’alag’ovur tashqariga chiqqanday go’yo
Tun… Sog’inch…
O’zing ham tanimaydigan allanimani, allakimni sog’inaverasan
Tun… Qaror
Tongda eslolmaydigan qarorlar qilasan
Tun… Baxtsizlik
Qop qora
Tun… Yo’qlik
Ichingda g’oyib bo’lgan meningdek
Tun… Bedorlik
O’lim tomon qo’yilgan yangi qadamga oshiqmaysan go’yo
Tun…
Nega tunda orzu qilmaysan?!
Hamon yodimdadir o'sha lahzalar,
Mayin uchgan qordek yurak zorlari.
Bizga bag'rin ochgan go'zal lahzalar,
Muhabbatday sokin qishning qorlari.
Yangi yil muborak bo'lsin azizam,
Ketding yuragimni dardga to'ldirib.
Yashayman endi g'amlaring sevib,
Sevardim umrbod imkoni bo'lsa.
Sevardik umrbod imkoni bo'lsa,
Kulganimda seni eslab yig'layman.
So'zlaringni aytib qalbim tig'layman,
Sog'inaman seni qalbim sinsa ham.
Nima qilay seni unutolmayman,
Endi seni ko'rmasam unutaman abadiy.
Unutaman barini hatto juda sevsam ham,
Kulganimda seni eslab yig'layman.
So'zlaringni aytib qalbim tig'layman!
Тун.
Тун гумбазин ёпар бошимга,
Юлдузларим қўймас сўз тизиб.
Оймоможон келса қошимга,
Оралайди булутлар эзиб.
Ухламоқлик, аслида бекор,
Хаёлимни недир тунайди.
Сомон йўлин қизғаниб такрор,
Қора йўллар минг бор синайди.
Тун гумбазин ёпар бошимга...
Шоира Жаҳон.
Бир бола олти ёшида отасидан айрилиб етим қолди. Замон жуда оғир эди. Онаси ўғлини боқиш учун иш қидирди, лекин хеч қаерга ишга олишмади. Аёлни фақат қурилишга арзимаган иш хақи тўлаб ишга олишга рози бўлишди. Аёл ночорлигидан қурилишда ишлаб ўғлини бокди. Орадан йиллар ўтди. Бола улғайиб катта бизнесмен бўлди. Шаҳарда данғиллама шохона уй сотувга қўйилди. Бизнесмен уйнинг эгасини олдига келиб сўради:
- Уйнинг нархи қанча?
- Саккиз юз эллик минг доллар.
Йигит дипломатидан дарҳол саккиз юз эллик минг долларни уйнинг эгасига чиқариб берди. Уйнинг эгаси хурсанд бўлиб пулни санаб олди.
- Уй сизга сотилди. Бугундан бошлаб уй сизники. Лекин сиз савдо қилишни билмас экансиз. Агар озгина савдо қилганизда уйнинг нархини тушириб берардим.
- Сиз ҳам савдо қилишни билмас экансиз. Агар уйнинг нархини бундан баланд айтганизда хам савдо қилмасдан сотиб олаверардим.
Уйнинг эгаси ҳайрон бўлиб сўради:
- Бу уйнинг нимаси сизни бунча ўзига тортяпти?
- Йигирма йил олдин бу уйнинг қурилишида менинг онам ғишт ташиган. Энди эса бу уйни онамга совға қилмоқчиман!!!
Safarga chiqqan kishi yo‘lda ajabtovur bog‘ga duch keldi. Daraxtlari ko‘kka bo‘y cho‘zgan, mayin barglari shabbodada yoqimli shitirlaydi, sarxil mevalarning xush bo‘yi dimoqni qitiqlaydi. Yo‘lovchi bog‘ning egasini topib, ichkari kirishga izn so‘radi. Bog‘bon unga ruxsat beribgina qolmay, qo‘liga bir savat ham tutqazdi.
– Shuni to‘ldirib ko‘nglingiz tusagan mevalardan terib olishingiz mumkin. Faqat bir gap esingizda tursin: bog‘ga qarshingizdagi darvozadan kirib, narigi tarafdan chiqib ketasiz. Orqaga yo‘l yo‘q!
Musofir yuragi hapriqib savatni ko‘targancha ichkariga qadam tashladi. G‘arq pishgan mevalar “meni uz” degandek yal-al yonib, shundoqqina tepasida osilib turardi. Endi qo‘lini cho‘zmoqchi bo‘lgandi, nariroqdagi mevalar ko‘zini qamashtirdi. Oldinga yurgan sari daraxtlar ko‘rkamroq, hosili chiroyliroq ko‘rinaverdi. Yo‘lovchi shoshib qoldimi yo savatini vaqtidan ilgari to‘ldirib, eng sara mevalardan quruq qolishdan cho‘chidimi, har holda bog‘ etagiga yetib kelganida... savati bo‘m-bo‘sh edi. Orqaga esa yo‘l yo‘q.
Inson umrini dunyo atalmish makonning bir eshigidan kirib, boshqa eshigidan chiqib ketuvchi yo‘lovchidek yashab o‘tadi. Undagi har kun, har lahza xayrli ishlar uchun berilgan imkoniyatdir. Bu makonning poyoni qayerdaligini, umr intihosi qachon yetishini hech kim bilmaydi. Vaqt g‘animat, ezgu amallarimiz “savati” bo‘sh qolmasin...
Xayrli tun yaxshilar!✨🌙
Tun sohibiga omonat bo‘ling!🤲🥰