ziyolim | Unsorted

Telegram-канал ziyolim - Chust 10-maktab. Masofa saqlang

144

* таълимдаги янгиликлари * меъёрий ҳужжатлар * қонунчиликдаги янгиликлар * мактаб ҳаёти ҳақидаги хабарлар Мактаб маъмуриятига мурожаат қилиш: @chust10maktabbot

Subscribe to a channel

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

"Kitob bilan bir kun tanlovi uchun" 10-maktabning 5-"b"sinf o'quvchisi Rayimjonova Zaxro

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#so‘rovnoma

Sizning fikringiz muhim!


Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomada ishtirok etish: 👉https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
———
Ваше мнение важно!

Агентством по делам молодежи проводится опрос с целью изучения предложений и пожеланий молодых людей, определения приоритетных направлений работы с ними, а также дальнейшего совершенствования отрасли.

Примите участие в опросе: 👉
https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

✅ Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

⭕️⭕️⭕️

“Kitob bilan bir kun” shiori ostida onlayn tanlov e’lon qilinadi!

📚 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadida "Kitob bilan bir kun" shiori ostida respublika onlayn tanlovi e’lon qilinadi!

TANLOV SHARTLARIGA KO"RA:

1️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan birini o‘qishi va videorolik tayyorlash;

2️⃣ Asar haqida qisqacha tushuncha berib, asar qahramonlaridan birini ijro etib berish;

3️⃣ Videorolik 10 MBdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi talab etiladi.

Videoroliklar 2024-yilning 6-16-yanvar kunlari soat 18:00 ga qadar telegramdagi @tanlov_admin05 manziliga yuborilishi lozim.

🏆G‘oliblar 17-yanvar kuni e’lon qilinadi.

🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

🥇1-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥈2-o‘rin: 1 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥉3-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi va smart soat.

🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga taqdim etiladi (smart soat ishtirokchining o'ziga).


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

📣 Aziz ota-onalar!

Farzandingiz maktab darslarini o‘zlashtirishga qiynalyaptimi? Yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar asosida ularni yanada yaxshiroq o‘qishlarini istaysizmi?

👉 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting hamda saytdagi mavjud videodarslarni tomosha qiling.

❗️Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalanish mutlaqo bepul!

🖥 Saytdagi materiallardan o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin.

Maktab.uz platformasidagi videodarslar orqali maktab o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular yangicha va qiziqarli usulda yoritib berilgan. Shuningdek, bolalar platforma orqali dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi bugungi kun talablariga mos kasblarni ham o‘rganishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Tavsiya

⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!


Multfilmlar bilan quyida tanishing:

🟢“Qiziqarli matematika”;
🟢“Charxpalak”;
🟢 “Super kitob”;
🟢“Avtosarguzashtlar”;
🟢 “Aqltoyning sarguzashtlari”;
🟢“Jajji pari”;
🟢"Qari bilganni pari bilmas";
🟢"Rustam va Said";
🟢"Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
🟢"Gʻildirakli uy";
🟢 "Quvvat";
🟢 “Dovyurak oshpaz”;
🟢 "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
🟢 "Afandi va laqma boy"

❗️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

❄️🖥Raqamli Avlod IT Oromgohi 2024!

Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan an'anaviy Raqamli Avlod IT oromgohimizning qishki mavsumiga start beramiz! Mazkur oromgoh 2024-yil, 5-yanvardan 9-yanvarga qadar offline va online formatda bo'lib o'tadi. Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Online yo'nalishlar:
🔹.Net
🔹Web Dizayn
🔹AI (Tools)
🔹Front-end
🔹No coding
🔹Python

Offline yo'nalishlar:
🔸Raqamli Dizayn
🔸3D Dizayn
🔸Kibersport (Dota 2)
🔸Robototexnika
🔸Website (no coding)

🎁Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (online va offline) qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi!

📝Ro'yxatdan o'tish: Online.raqamliavlod.uz

PS: Shoshiling, offline yo'nalish uchun joylar chegaralangan!
_
Digital Generation Uzbekistan

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Президент Шавкат Мирзиёев 2024 йилни “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили” деб эълон қилди.

👉 @platinauzb

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Prezident_maktablari

🗺Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da kuchli uchlikdan oʻrin Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidaziz Abdujalilov hamda 9-sinf o‘quvchisi Paxlavon Gʻulomovning tadbir haqidagi taassurotlari.

Maʼlumot uchun, ularning yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Chust tuman 10-umumiy o'rta ta'lim maktabida 12.12.2023y kuni 3-"D" sinfda matematika fanidan "Steam" ta'lim tizimiga yondoshib, yangi darsliklar metodikasi "4K" modeliga asoslangan holda "Sonlarni bo'lish" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Ўзбекистон_тарихи
#4_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "Qadimgi Qang‘ va Davan" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda O‘zbekiston tarixining qadimgi davri davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Tabriknoma

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi tizimdagi barcha ta’lim muassasalari xodimlari, aziz ustoz va murabbiylarni davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan qutlaydi.

Xalqimiz faravonligi va tinchligimizning huquqiy tayanchi bo‘lgan Bosh qomusimiz har birimiz uchun hayotiy va kasbiy yo‘limizni yoritguvchi mayoq bo‘lish bilan bir qatorda katta iftixor va g‘urur bag‘ishlaydi.

Soha xodimlarini yana bir bor ushbu muhim bayram sanasi bilan tabriklaymiz.

Bayram muborak bo’lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Chust tumani 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-"D" sinf oʻquvchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami munosabati bilan o'tkazilgan "Baxtimiz qomusi" nomli tadbiridan lavhalar

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Chust tuman 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabida konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Англия_таассуротлари

Angliya maktablarida ota-onalar uchun alohida dars o‘tiladi


✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi qator umumta’lim maktablari direktorlari Buyuk Britaniya ta’lim tizimi va maktab direktorlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ikki hafta davomida ushbu davlatda bo‘lishdi.
Mazkur sayohat guruhi a’zosi, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 60-umumta’lim maktabi direktori Ravshan Boyirovning qiziqarli taassurotlari bilan tanishing:

➖Angliya maktablari haqida taassurotlar;

➖Ota-onalarni o‘qitishga alohida o‘qituvchilar jalb etiladi;

➖Darslar erkin tanlanadi;

➖O‘quvchini suratga olish mumkin emas!

Batafsil: 👉
https://uzedu.uz/uz/news/1370

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Chust tumani 10-sonli maktabda 14-yanvar- "Vatan himoyachilari kuni" munosabati "O'zbekiston-bizning uyimiz" nomli tadbir tashkillandi.Harbiy qismdan tashrif buyurgan mehmonlar,o'quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar barchaga birdek manzur bo'ldi.

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

📣Namangan shahrida o’z faoliyatini boshlayotgan, tibbiyotga ixtisoslashgan 💎FATIMA MEDICAL SCHOOL💎xususiy maktabi quyidagi fanlar bo’yicha tajribali ayol o’qituvchilarni ishga qabul qiladi:

Kimyo+biologiya
Anatomiya
Science
Ona tili+adabiyoti
Matematika
Ingliz tili
Arab tili
Tarix
Texnologiya

🔄Professional pedegogik mahoratni ko’rsatish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bir mahal issiq ovqat va bonus pullari ham bor.

🚩Oylik ish haqi—kelishuv asosida soatbay to’lanadi!

📍Manzil: Namangan shahri, Go’zal,55-uy. Mo’ljal: Bolalar shifoxonasi.

📲Tel:33-218-6166 90-218-6166

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Vazirlikdan_tuhfa

📣 O'qituvchilar va o'quvchilar o'z ustlarida mustaqil ishlashlari uchun maxsus loyiha!

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurroq o'rganish uchun yangi loyiha yo'lga qo'yilgani haqida xabar bergandik.

Ushbu loyiha doirasida e'tiboringizga yangi videodarslarni taqdim etamiz:

Zamonamizning eng talabgir sohasini birgalikda o'rganamiz!

1. Matn qo‘shish, o‘zgartirish va ko‘chirish

2. Shrift turi, o‘lchami va rangini o‘zgartirish. Matnni tekislash
3. Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish
4. Hujjatlarni auditoriya uchun moslash. (Tayyor hujjatni (maqsadga muvofiqligini) tekshirish)
5. Matnli hujjatda tasvirni tahrirlash
6. Tasvirni import qilish
7. Tasvirlarni aylantirish, teskari o‘girish
8. Tasvirni o‘lchamlarini o‘zgartish
9. Versiya nazorati. Ishning boshlang‘ich nusxalari.
10. Tasvirga matn qo‘shish
11. Elektron jadval tushunchasi. Ma’lumotlarni elektron jadvalga kiritish
12. Raqamlardan iborat sodda formulalardan foydalanish
13. Sodda formulalarni kiritishda katak manzilidan foydalanish
14. Formulalarni nusxalash
15. Diagramma va grafik yaratish
16. Ma'lumotlarni o‘zgartirish va "What-if so‘rovi"
17. Ma’lumotlar bazasi va turlari, maydonlarni aniqlash
18. Ma’lumotlar bazasidan harakatlanish va yangi yozuv qo‘shish
19. Teng sharti bilan query yaratish. Query-ma’lumotlar bazasidan aniq ma’lumotni qidirish uskunasi
20. Qidirishlarida <va> belgilaridan foydalanish. AND va OR query operatori
21. Saralash. So‘ralgan savolni queryga aylantirish
22. Dasturlashni o‘rganish. Takrorlash algoritmi
23. Takrorlash algoritmidan foydalanib algoritm yaratish
24. Scratch dasturida takrorlash amaliyotidan foydalanish
25. Scratch dasturida PEN uskunasidan foydalanish
26. Scratch dasturida shakllar bilan ishlash
27. Takrorlash bloki yordamida muntazam shakl chizish
28. Scratch dasturida takrorlash bloki yordamida yangi shakl chizish
29. Takrorlash blokidan foydalanib dastur natijasini taxmin qilish
30. Scratch dasturida protseduralar bilan ishlash
31. Dekompozitsiyadan foydalanish. Kichik masala yechimi orqali katta masalaga o‘tish
32. Web manzillar haqida tushuncha. Qidirish tizimini ishlash tamoyili
33. Axborotning ishonchliligi
34. Axborotni filtrlash. Web-sahifani saqlash.Web-sahifani chop etish
35. Web saytdgai matnni, URL manzilni saqlash.Web saytdan tasvirni saqlab olish
36. Elektron xatni yozish, tahrirlash, o‘qish, javob berish va matn bilan ishlash uskunalari. Foydalanuvchi manzillarini qo‘shish
37. Ilova qilingan hujjatlarni ochish, elektron xatga hujjat ilova qilish
38. Elektron pochta papkalarini boshqarish. Ichki papkalarni yaratish

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Vazirlikdan_tuhfa

📣📣 Farzandingiz qishki ta'til kunlarini mazmunli o'tkazishi uchun maxsus loyiha!

❗️Zamonamizning eng talabgir sohalaridan birini chuqurroq o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-11 sinf o'quvchilari uchun 200 dan ortiq video-darslar yaratildi.

Bu darslar orqali o'quvchilarimiz ta'til kunlarida o'z bilimlarini mustaqil oshirishlari mumkin!

👇 Darslar bilan quyida tanishing:

1. Matnli hujjat bilan ishlashni boshlash
2. Matnda sichqon va klaviaturadan amallari
3. Matnni belgilash, tahrirlash va o‘chirish
4. Matnni ko‘chirish
5. Asosiy tugmalarni tanlash. Hujjatni chop etish
6. Save tugmasi va hujjatni qulay nom bilan saqlash
7. Matnni tekshirish
8. Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish
9. Pencil va Brush uskunalaridan foydalanish
10. Chiziqning qalinligi va rangini oʻzgartirish. Shakllar chizish
11. Tasvir qismlaridan nusxa olish, kesib tashlash yoki joylashtirishdan foydalanish
12. Eraser uskunasi. Tasvirni saqlash
13. Diagrammalar bilan ishlashni boshlash. Axborotni tasniflash(guruhlash)
14. Axborotni qiymatini hisoblash. Piktogramma yaratish
15. Jadvallar yaratishda Microsoft Excel dasturidan foydalanish
16. Diagramma va unga maʼlumotlar kiritish. Diagramma turini tanlash. Diagrammaga x-oʻqi, y-oʻqi hamda diagramma nomini joylash
17. Diagrammadan xulosa chiqarish. Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish
18. Dasturlashni boshlash. Robotni labirint boʻylab harakatlantirish
19. Blok-sxema yaratish. Burchaklar bilan ishlash
20. Spraytlarni oldinga va turli yoʻnalishlarga harakatlantirish
21. Debaglash (xatolar aniqlash) jarayoni
22. Qidiruv tizimlarida ishlashni boshlash
23. Veb-brauzerlar. Qidirish tizimlari
24. Elektron pochtada ishlash. Elektron pochta
25. Yangi elektron xat yozish. Amaliy mashgʻulot
26. Qabul qiluvchining manzilini kiritish. Xatni oʻqish va unga javob qaytarish
27. Elektron pochtada xabarlarni uzatish va formatlash

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

⭕️⭕️⭕️⭕️

📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI NAMANGANDA!

BIZ BOSHLADIK!

🔵Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2024-yilgi "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.

⚡️Festival Namangan viloyatida, quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

⚠️ Diqqat! Festivalda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

📣📣📣📣📣

📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!

⚡️ 2024-yil 3-10—YANVAR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya, 📗Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Чуст туман 10-мактабда 13-декабрь куни 8-синфлар ўртасида география фанидан ўтказилган "Заковат"мусобақасидан лавхалар.

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Cust tuman 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-,,E"sinfida ona tili fanidan,,Chiqish kelishigi"mavzusida 4K tamoyilining,,Kollaboratsiya"yondashuvi asosida tashkil etilgan ochiq darsdan lavhalar

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Чуст туман 10-умумий ўрта таьлим мактаби 5-синфлар ўртасида 12-декабрь куни ўтказилган География фани "Заковат" мусобақасидан лавхалар .

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

#Madhiya_31_yilligi

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

"Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. <...> Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. <...> Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!"

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Namangan viloyati Chust tumani 10- umumiy o‘rta ta'lim maktabi 2-"A" sinf ota-onalar va o‘quvchilar jamoasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tayyorlagan videoroligi

Читать полностью…

Chust 10-maktab. Masofa saqlang

Сегодня 6.12.2023 г. было проведено внеклассное мероприятие " В мире сказок" в ОСШ N_ 10 среди 2-х классов. Ученики пели русские частушки и песни, показывали сценки из русских народных сказок. В конце ученики были награждены грамотами. Было всем весело!

Читать полностью…
Subscribe to a channel