Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
Assalomu alaykum,
Barcha kutgan yangilik, UZUM marketda aksiya asosida 50% chegirmalar ketmoqda, mahsulotlar soni cheklangan!
Shoshiling, ushbu havola orqali 50% chegirmada xarid qiling: https://uzum.uz/richstore123
Yanada ko‘proq yangi aksiyalar haqida @aksesuarlarrich'dan xabardor bo‘ling!
Kunlaringiz betartib, hayotda maqsadingiz yo‘qmi?
Shaxsiy rivojlanishni va intizomni shakllantirish uchun Abul Yusuf blogni
tavsiya qilaman.
Bugundan o‘zgacha fikrlashni boshlang.
#operatsion_tizim #maslahat
👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.
Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:
1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL
+
SHIFT
+
N
).
2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi
yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.
3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT
+
ENTER
birikmasini bosing).
4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.
5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.
6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.
7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉
📝 Manba: @GooogleTM
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Servercore Toshkentda yangi zonasini ochadi
Servercore — Toshkent va Olmaota shaharlarida mavjud zonalarga ega IT-infratuzilmasi
provayderi. Mijozlar orasida — Uzum Nasiya, Alif, Samarkand Air va HWG Sababa.
Provayder mijozlari uchun Toshkentda yangi mavjudlik zonasi mavjud bo‘ldi. Umumiy tarmoq
orqali ulangan ikkita pool-ga joylashtirish quyidagilarga imkon beradi:
— IT-tizimlari va xizmatlarining nosozliklarga chidamliligini oshirish;
— ma‘lumotlarni saqlash xavfsizligi darajasini oshirish;
— oxirgi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlarni kamaytirish.
Yangi mavjudlik zonasida Servercore mijozlari endi quyidagilardan foydalanishlari mumkin:
— AMD EPYC 7713 Milan asosidagi UZ-2 pool-dagi bulutli serverlar,
— Intel Xeon E-2236, Intel Xeon W-2255 va Intel Xeon Silver 4214R protsessorlari asosidagi
TAS-2 da ajratilgan serverlar.
Yangi mavjudlik zonasining xavfsizligi va ishonchliligi ISO 27001 xalqaro axborot xavfsizligi
standarti bilan tasdiqlangan. Barcha Servercore xizmatlari PCI DSS xalqaro ma‘lumotlar
xavfsizligi standartiga mos keladi.
Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun veb-saytga o‘ting.
#word #maslahat
📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (2-qism)
Ushbu postimizda Microsoft Word'da ishingizni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar haqida ma’lumot berishni boshlagandik. Bugun hujjatni bezatish va tayyor matnning o‘qilishini yaxshilash borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
5️⃣. Bir nechta alohida matn bo‘laklarini ajratish
Ketma-ket kelmagan matn bo‘laklarini ajratish imkonini taqdim etuvchi juda foydali funksiya. Bunda CTRL
klavishini bosib turgan holda hujjatning turli qismlari sichqonchaning chap tugmasi bilan boshqariluvchi kursor yordamida belgilanadi.
6️⃣. Ichki almashinish buferi (Буфер обмена)
Word barcha nusxalayotgan narsalaringizni eslab qoladi va ushbu elementlarning istalganini kengaytirilgan almashinish buferidan topish mumkin.
Ushbu opsiya post ostidagi rasmda👇🏻 ko‘rsatilgan “Буфер обмена” tugmasini bosish orqali chaqiriladi va hujjatni ishga tushirib, uni yopguningizga qadar bo‘lgan tahrirlash davomidagi nusxalashlaringiz tarixini o‘ziga yozib borishi mumkin.
Agar “Параметры” menyusidagi mos keluvchi opsiya faollashtirilsa, uni istalgan vaqtda CTRL
+ C
klavishlari birikmasini ikki marta bosish orqali ekranga chaqirish mumkin.
7️⃣. Satr oxiridagi uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish (Расстановка переносов)
Uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish – ularning o‘qilishini yaxshilaydi, shuningdek so‘zlar orasida uzun intervalli bo‘shliqlar qoldirilishining oldini oladi.
Siz ularni birma-bir qo‘lda o‘rnatib chiqishingiz (matnning kerakli qismiga borib, CTRL
+ -
klavishlari birikmasini bosish orqali, bunda harflar yuqorisida joylashgan “minus” belgisi nazarda tutilgan) yoki buni kompyuterning o‘ziga topshirishingiz mumkin.
Buning uchun menyu satrining “Макет” varaqa (вкладка)siga o‘ting, “Расстановка переносов” tugmasi bosish orqali uning ro‘yxatini oching va “Авто” variantini tanlang.
📌 P.S.: Ushbu usul ko‘proq rus va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlashda qo‘l kelishi mumkin, o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda dastur xatolik bilan yondashadi, ammo o‘zbek tilidagi uzun so‘zlarga nisbatan yuqorida keltirilgani kabi bo‘g‘inlarga qo‘lda ajratish usulini bemalol qo‘llayverishingiz mumkin.
8️⃣. Ajralmas probellar
Ba’zida abzatsda familiya va ismning bosh harflari kabi so‘zlar qatnashsa va ular muayyan satrning oxiriga kelib qolsa, familiyalar yuqori satrning oxirida, ismlarning bosh harflari pastki satrning boshiga o‘tib ketadi, bunga sonlardan o‘lchov birliklarining keyingi satrda ajralib tushib qolishini ham misol o‘rnida keltirish mumkin (masalan: 5 sm, 10 kg, 25 l).
Bunday holatlarda hujjatdagi matnning o‘qilishiga jabr yetmasligi uchun – ajralmas probellarni qo‘llash qulay va to‘g‘ridir. Ular tufayli matn elementlari bir-biriga “yelimlanadi” va ushbu usulda biriktirilgan ikki so‘z hech qachon turli satrlarga ajralib qolmaydi.
Buning uchun ikki so‘z o‘rtasidagi oddiy probelning o‘rniga CTRL
+ SHIFT
+ PROBEL
birikmasi bosiladi. Ajralmas defis (chiziqcha) ham xuddi shu tamoyilda qo‘llaniladi va bunda CTRL
+ SHIFT
+ -
(harflar yuqorisidagi “minus” belgisi) birikmasi bosiladi. Misol uchun: ketma-ket, qop-qora, zim-ziyo, qarama-qarshi, birma-bir va shu kabi boshqa juftlikda keluvchi so‘zlarda.
📌 P.S.S.: Ushbu foydali opsiya haqida ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot keltirilgan:
• Ajratib yozaymi yo qo‘shib?
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
🔒 AppLock — Boshqa ilovalardan foydalanishni grafik kalit yoki parol yordamida bloklash uchun xizmat qiluvchi mashhur ilova. Ko‘plab qo‘shimcha funksiyalarga ega. Premium-versiya.
📎 AppLock Premium v7.7.1 mobil ilovasini yuklab olish.
📎 AppLock Fingerprint Pro v7.9.2 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
🎓 Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
📲 Android'ga o‘rnatilgan ilovalarni ulashish uchun Skit ilovalar menejeri
📛 Ilovalar bilan Android smartfonini “bug‘ish”ga chek qo‘yamiz
❌ Android'dagi barcha bo‘sh papkalar va ortiqcha fayllarni o‘chirish
🗑 Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
🔋 Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
👁 Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz
🎧 Android'dagi quloqchinlarning tovush sifatini yaxshilaymiz
📺 YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
🕸 Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash
🌎 Google-xaritalaridan internetsiz foydalanish
🖥 PC Creator PRO
🚫 AdGuard
🛡 NetGuard
🔍 AppWatch
🏎 Speedtest
🏎 Net Speed Indicator
🧹 CCleaner
⚙️ AIDA64
⚙️ Castro
🕹 PC Remote
🕹 J2ME Loader
📥 Internet Download Manager Plus
🗜 WinRAR
🗂 ES File Explorer
🗂 X-plore File Manager Donate
🔤 Text Converter (Codec)
💸 Monefy
🧭 MAPS.ME
📷 Full Qr Code Scanner and Generator
📷 CamScanner
📷 Genius Scan+
📷 TextGrabber
📄 PDF Extra
🏞 DiskDigger
📧 Instant Email Address
📨 SMS Backup Restore Pro
📶 Briar
📹 TikTok
📲 Telegraph (Graph Messenger)
📞 Viber
📞 Cube Call Recorder
📸 Flash on Call
🗣 Voice Changer
📐 GnaCAD
📐 AutoCAD
📐 eDrawings
📐 Геометрия
📚 WPS Office (Kingsoft Office)
📚 OfficeSuite Pro + PDF
📚 Moon Reader mobil ilovasi
📚 eReader Prestigio
📚 Librera Reader
🤠 Meme Generator Pro
🖼 Logo Maker
🖼 Logo Maker Plus
🖼 Photoshop Express
🖼 PhotoRoom
🖼 Canva
🖼 VSCO
🖼 InShot
🖼 Enhance it
🖼 Prisma
🖼 Wallcraft
📌 Foydali mobil ilovalar ro‘yxatining 2-qismi.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
💯 grant asosida oylik to’lovlarsiz.
O’zbekistonda yagona 5 oydan ish topguncha oflayn dasturlash kurslari
#word #excel #powerpoint #outlook #internet
⌨️ CTRL + SHIFT + ALT + WIN orqali bajariluvchi kombinatsiyalar
Agar siz Windows 11 yoki 10'dan foydalanayotgan bo‘lib, Microsoft Store'dagi Office ilovasini o‘chirmagan bo‘lsangiz, u holda CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
kombinatsiyasi orqali uni ishga tushirishingiz mumkin.
Shuningdek ofis ilovalarini ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi quyidagi klavishlar birikmalari mavjud:
1️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ W
– Word;
2️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ P
– PowerPoint;
3️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ X
– Excel;
4️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ O
– Outlook;
5️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ T
– Teams;
6️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ D
– Проводник'dagi OneDrive papkasini ochish;
7️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ N
– OneNote;
8️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ L
– LinkedIn'ga o‘tish;
9️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ALT
+ WIN
+ Y
– Yammer'ga o‘tish.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya
⚡️ Powerbank ortib olgan Tesla
📌 P.S.: ... va quvvat tugashidan xavotir yo‘q! 😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #hardware
💾 5 Mb hajmdagi dastlabki qattiq disk IBM kompaniyasi tomonidan 1956-yil sentyabr oyida ishlab chiqarilgan. Tizimning umumiy hajmi qariyb 1 tonnani tashkil etgan.
📌 P.S.: 1 dona o‘rtacha audio yoki grafik faylni jismoniy yetkazib berish uchun shunday qurilmani logistika xizmati orqali yuborishni tasavvur etib ko‘ring 😣
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #game
Xitoylik bobo dunyodagi eng keksa erkak geymer sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Yang Binglin 1996-yildan beri video o‘yinlar o‘ynab keladi va hozir 88 yoshda. Yoshiga qaramay, u har kuni soatlab ushbu mashg‘ulot bilan band bo‘ladi.
Aytgancha, Ginnes kitobida yoshi kattaroq bo‘lgan geymer buvijon ham bor – u shu oy 94 yoshga to‘ladi.
📝 Manba: @hzvse
ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
🔢 Alohida sonlar yoki formulalarni ajratib ko‘rsatish
Aytaylik, sizda formulalar orqali hisoblangan ustun bor, biroq ba’zi yacheykalarda sonlar qo‘lda kiritilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Bunday yacheykalarni tezkor aniqlash uchun butun diapazonni belgilang, Главная → Найти и выделить ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Выделить группу ячеек vositasidan foydalaning. Bu uchun F5
klavishini bosishingiz ham mumkin.
Yuzaga kelgan oynada qo‘lda kiritilgan sonlarni ajratib ko‘rsatish lozim bo‘lsa константы yoki formulalarni bo‘lsa, mos tarzda формулы'ni tanlang.
Shundan so‘ng ajratib ko‘rsatilgan yacheykalarga kerakli qiymatlarni kiritishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu maqsadda ЕФОРМУЛА funksiyasidan ham foydalanishingiz mumkin.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Unlock the Power of Cryptocurrencies, Seamlessly Convert to Fiat!
New feature on MaxSwap Platform. Now you can easily sell your crypto for fiat with ease!
You can use TG Bot - https://maxswap.cc/JgvjPDT4
Or
MaxSwap Platform - https://maxswap.cc/yPM6mTJz
#MaxSwapUpdates
commission is the lowest on the market and is only 0.3%. Enjoy!
Also, the community is currently running a 500 usdt quest giveaway in conjunction with Venom Bridge. Good luck!
TgBot | Website | Twitter | Discord | Facebook | Instagram | Telegram Channel
#mulohaza_uchun #security #it_humor
Ikki bosqichli autentifikatsiya 😉
ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
⤴️ Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10'da Windows'ning qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamalariga qaytaruvchi “Сбросить настройки ПК” opsiyasi mavjud. Bu Windows'ni qayta o‘rnatib o‘tirgandan ko‘ra tezroq va qulayroq kechuvchi jarayondir.
Kompyuteringizdagi Windows 10 sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. WIN
+ I
klavishlari birikmasi yordamida “Настройки” oynasini ekranga chaqiring.
2️⃣. Ochilgan oynada “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” bandlari bo‘ylab o‘ting.
3️⃣. “Перезагрузить этот компьютер” bo‘limida “Начать” tugmasi ustiga bosing.
4️⃣. Qayta tiklash (сброс)ning kerakli parametrlarini tanlang. (Fayllarni saqlash, qattiq diskni to‘liq tozalash va hokazo)
“Сбросить этот ПК” opsiyasi qulay, biroq qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi zavodda ko‘plab istalmagan dasturiy ta’minotlarni o‘rnatgan bo‘lsa, qayta tiklash ushbu dasturlarni o‘chirmaydi.
📌 P.S.: Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #software
❌ Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.
Bu qanday amalga oshiriladi:
1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.
2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.
3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.
4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.
❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.
📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 🗓
Yodingizda bo‘lsa biz kalkulyator yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlashni ko‘rib chiqqan edik, bu safar buni Microsoft Office dasturlari paketi tarkibidagi Excel – jadval muharriri yordamida hisoblashni ko‘rib chiqamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
🧮 Symbolab – matematik masalalarni kamera orqali yoki qo‘lda kiritib yechish uchun WolframAlpha ilovasidan qolishmaydigan analogi. Android 5.0+
📎 Symbolab Pro v9.6.13 mobil ilovasini yuklab olish.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Matematika endi muammo emas!
Ushbu rukndagi boshqa mobil ilovalar:
• Photomath
• Wolfram Alpha
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Frontend'chi Backend'chi bilan urushib qolib, oqibatda oddiy foydalanuvchi jabr ko‘rganda... 🙄
ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat
🕵🏻♂️ Windows tizimidagi Google Chrome'da “abadiy” inkognito rejimi
Google Chrome brauzeridagi “inkognito” rejimi sahifalarga kirish tarixi, cookie-fayllar va boshqa ma’lumotlarni saqlamasdan veb-sahifalarni kuzatishni istaydigan foydalanuvchilar uchun qulay vositadir. Ammo aytaylik, brauzer har doim avtomatik ravishda ushbu rejimda ishga tushirilishini xohlaysiz, buning iloji bormi?
Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. Vazifalar panelidagi Chrome yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
2️⃣. Ochiluvchi kontekstli menyudan yana bir bor yuqoridan birinchi turgan “Google Chrome” bandi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va so‘nggi joylashgan “Свойства” bandini tanlang.
3️⃣. Ochiluvchi muloqot oynasining yuqorisidagi varaqa (вкладка)lar orasida “Ярлык”ka o‘ting.
4️⃣. Ishga tushiriluvchi fayl joylashgan manzil uchun xizmat qiluvchi “Объект” maydonidagi yozuv so‘nggiga -incognito kalitini qo‘shing, bunda natija quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
"C:\Program Files (x86)\Google\Chrome\Application\chrome.exe" -incognito
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor
Ideal klaviaturaga va nihoyat erishganingda, atrofingda baxtingni anglay olmaydiganlar bo‘lsa qiyindaaa... ⌨️🙄
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
“E-commerce uchun IT-infratuzilmasini qanday tanlash mumkin: Uzum Nasiya keysi” vebinari
Sizni E-commerce loyihalari uchun IT-infratuzilmasini tanlash mavzusidagi bepul vebinarga taklif qilamiz. Sunnat Shamuratov, Servercore kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori sizga bulutli platforma mahsulotlaridan foydalangan holda onlayn-tijorat bozoridagi muammolarni qanday hal qilishni aytib beradi.
Mehmon ma‘ruzachi Uzum Nasiya loyiha ofisi rahbari Sardorbek Bayahmedov IT-infratuzilmasini Servercore bulutiga ko‘chirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
Dasturda:
— 2024 yilgi bozor tendentsiyalari va e-commercening asosiy ko‘rsatkichlari.
— Onlayn tijorat loyihalari qanday biznes muammolariga duch keladi?
— Elektron tijoratdagi muammolarni hal qilish uchun IT-infratuzilmasi.
— Uzum Nasiya keysi: kompaniya qanday qilib 1 oy ichida IT-infratuzilmasini Servercore’ga to‘liq o‘tkazdi.
🔺 Yangi ishtirokchilarga test xizmatlari uchun 400 000 so‘m beriladi.
Vebinar sanasi: 28 fevral, Chorshanba
Havolani orqali o'tib, veb-seminarga ro‘yxatdan o‘ting.
#operatsion_tizim
SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️
SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.1️⃣
. shutdown /s
– kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.
2️⃣. shutdown /s /t 0
– kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.
3️⃣. shutdown /h
– kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.
4️⃣. shutdown /l
– joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.
4️⃣. shutdown /r
– kompyuterni qayta yuklash.
5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7
– COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.
7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1
– 192.168.0.1
IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.
8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1
– 192.168.0.1
IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.
❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #game
♟ Lichess – shaxmatni onlayn o‘ynaymiz
Lichess – tezkor va standart shaxmat partiyalari uchun eng yaxshi saytlardan biridir. Tezkor o‘yinlar besh daqiqadan ortiq davom etmaydi, taxtada eng ko‘p donasi qolgan ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi.
Kechki mahal saytga taxminan 30 ming foydalanuvchi tashrif buyurib, bir vaqtning o‘zida 8 mingtagacha o‘yin o‘ynaladi, raqibni topish uchun bir necha soniya vaqt ketadi xolos. Siz o‘zingiz singari biror foydalanuvchi yoki kompyuterga qarshi o‘ynashingiz yoki o‘z o‘yiningizni yaratishingiz mumkin.
Saytda turnirlar o‘tkaziladi. Professional o‘yinchilarning texnikasini o‘rganish uchun harakatlarini kuzatishingiz mumkin. Ushbu o‘yinga endigina kirishgan yangi fodalanuvchilar uchun o‘quv bo‘limi mavjud.
Bu yerda o‘yin asoslari, harakatlar qoidalari bilan tanishishingiz, “shoh” qilish va nazariyani o‘rganishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchilar sizning harakatlaringizni tahlil qilish funksiyasini ham taklif qilishadi.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#powerpoint
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! 🚀
Taqdimotni yaratish vaqtida ko‘pincha yuzaga keluvchi muammo — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta slaydlarda ma’lum bir shriftni boshqasiga almashtirishdir.
Bunday holatda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Замена шрифтов buyrug‘i yordam berishi mumkin. Shriftlarni almashtirish oynachasida almashtirilishi kerak bo‘lgan shriftni tanlash va uni aynan qaysi shriftga almashtirishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu buyruqning asosiy afzalligi — almashtirish bir vaqtning o‘zida taqdimotning barcha slaydlarida amalga oshiriladi.
🎞 Batafsil ma’lumotni postga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin 👇🏻.
⚠️ Taqdimot tayyorlashda imkon qadar, bizda Microsoft Word dasturida foydalanish bo‘yicha urfga kirgan serifli – Times New Roman shriftidan foydalanmang, chunki uning uzoqroqdan turib o‘qilishi biroz mushkul.
Uning o‘rniga serifsiz – Calibri, Arial, Verdana, Tahoma shriftlaridan birini foydalanish uchun tanlashingiz mumkin, o‘zingiz uchun buni solishtirib, sinab ko‘rishingiz mumkin.
Shunda auditoriyaning ortidan turib taqdimotni kuzatuvchi tinglovchilarda matnni ilg‘ash borasida muammo yuzaga kelmaydi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat
Telegram'da matnlarni ajratish 🔤
Matn qanchalik uzun bo‘lsa, uni o‘qish va idrok qilish shunchalik qiyinlashib boraveradi, ayniqsa bu reklama matni bo‘lsa.
Shu bois kopirayting sohasida matndagi ba’zi so‘z yoki jumlalarga jilo berish orqali mijozlar e’tibori tortiladi.
Quyida Telegram'da matnlarni ajratib ko‘rsatishning qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz:
1️⃣. Sarlavha, bandlar nomlari va boshqa muhim so‘zlarni yo‘g‘on yozish orqali ajratish mumkin: buning uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL
va B
klavishlarini bosing.
2️⃣. So‘z yoki uning ma’nolarida, urg‘u berishda, qo‘shimcha izohlarda, og‘zaki nutqni ifodalash yoki boshqa hollarda matnni yotiq (qiya) shaklga keltirish mumkin: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL
va I
klavishlarini bosing.
3️⃣. So‘zning ostiga chizish orqali ham unga o‘zgacha urg‘u berish imkoni bor: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL
va U
klavishlarini bosing.
4️⃣. Matnni yozish jarayonida fikringiz o‘zgarib qolganini ifodalash uchun yoki hazil tariqasida so‘zni yo‘qotish o‘chirish funksiyasidan foydalanib tursangiz ham bo‘ladi: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL
, SHIFT
va X
klavishlarini bosing.
5️⃣. Reklama sohasida havola (link)siz ish bitmaydi. Uni so‘z ortiga yashirish uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL
va K
klavishlarini bosing, keyin kerakli havolani kiriting.
📝 Manba: @xatoliklar
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu ruknlar ostida joylashtirilgan boshqa postlarimiz bilan tanishing:
• Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar
• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
• Spoyler formatlanishi
• Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
• Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
• Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥
Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.
Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.
Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.
📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#it_darslar #security
Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada? 🆔🔐🔓🤔
Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.
Bugun biz identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya nima ekanligini va ushbu tushunchalar orasidagi farqni bilib olamiz.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #internet
🎞 Youtube.com saytidan videoni yuklab olish📤
Ushbu usul anchadan beri ma’lum, lekin shunday bo‘lsa ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan.
Kerakli video bilan brauzerning ma’lum bo‘limi (вкладка)da bo‘lganingizda manzil satridagi havola (ссылка) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
▶️ www.youtube.com/watch?v=xLCn88bfW1o
Yuklab olish sahifasiga o‘tish uchun youtube
’dan oldin ss
’ni qo‘shish lozim. Ya’ni sizning havolangiz quyidagi ko‘rinishga keladi:
▶️ www.ssyoutube.com/watch?v=xLCn88bfW1o -> ENTER bosiladi.
👌🏻Ochilgan sahifada yuklab olish uchun mos keluvchi format va video sifatini tanlash mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija