norbekovmarkazi | Unsorted

Telegram-канал norbekovmarkazi - NORBEKOV MARKAZI

13832

Norbekov sistemasi orqali 15 dan ortiq davlatda 38 yil davomida 4 mln dan ortiq inson o’z sog’ligini tiklagan! ✅Bepul darslar: https://t.me/+tRQasXb8bNJhYzhi ⚡️Natijalar: @Norbekov_natijalar 📞 Aloqa: +998954767677

Subscribe to a channel

NORBEKOV MARKAZI

Og‘riq bilan yashash — bu yashash emas!

😣 Har kuni belda og'riq, bo‘yinda og'riq, harakatda cheklov, yurishda qiyinchilik… Uch-to‘rt qadam yurib charchaysiz, o‘tirganda bezovta, yotganda qulay joy topa olmaysiz.

Ko‘pchilik bunga o‘rganib qolgan. Lekin bu holat o‘z-o‘zidan tuzalib ketmaydi.

“Umurtqa pog‘onasini tiklash” kursi — og‘riqni bosish emas, ildizini topib yo‘qotish uchun ishlab chiqilgan chuqur tizim.


Kurs quyidagi muammolarga yechim bo‘lishi mumkin:
Grija (disk churrasi)
Artroz
Osteoxondroz
Radikulit
Umurtqaning qiyshayishi
Bel yoki bo‘yin sohasidagi doimiy og‘riqlar
Operatsiya tavsiya qilingan, lekin alternativ yo‘l qidirayotganlar uchun

☝️ Bu oddiy mashqlar emas — bu tana, ong va ruh bilan ishlaydigan, Norbekov tizimi asosida ishlab chiqilgan maxsus mashg‘ulotlar. Har bir ishtirokchiga individual yondashiladi.

Mashg‘ulotlar ertaga, soat 18:00 da boshlanadi.

Trener: Ulug‘bek Sultonov — Mirzakarim Norbekovning malakali shogirdi.

‼️ Bugun — ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni! Shoshiling!

Hoziroq havolaga kirib ro‘yxatdan o‘ting 👇
Havola

🔥 Shunchaki linkni bosish bilan — hayotingiz o‘zgarishi mumkin.

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Norbekov markazi "adresini" tushuntirib yuboringlar


🤓 Kommentariyda shunday xabarni o'qiganimizdan so'ng siz uchun maxsus video tayyorladik!

🎞 Bu videodan so'ng bemalol, hattoki metroda ham markazimizga tashrif buyurishingiz mumkin.

Pastdagi ko'k yozuvni bossangiz, markazimizning aniq lokatsiyasi chiqadi. Shu lokatsiya va video orqali qiynalmasdan kelishingizga ishonamiz!

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo'ljal: Tarnov kafesi yoni

☎️ Markaz administratsiyasi raqami: +998954767677

📍 Lokatsiya

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bo'yningiz og'rib, qon bosimingiz ko'tarilyaptimi? Balki sizda osteoxondroz bordir?

Osteoxondroz – bu umurtqa pog‘onasi disklari va atrofdagi to‘qimalarning degenerativ-distrofik kasalligi bo‘lib, u asosan umurtqalar orasidagi disklarga zarar yetkazadi. Ushbu kasallik asosan umurtqa pog‘onasining bo‘yin, ko‘krak va bel sohalarida uchraydi. Osteoxondroz jarayonida umurtqa disklari yupqalashib, elastikligini yo‘qotadi, bu esa asab tolalarining siqilishiga va turli noqulayliklarga olib keladi.

Osteoxondrozning asosiy belgilari:

- Og‘riq: Umurtqa pog‘onasida doimiy yoki zo‘rayib boruvchi og‘riq.
- Harakat cheklanishi: Jismoniy faoliyatni bajarishda qiyinchiliklar.
- Bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i: Ayniqsa, bo‘yin sohasida osteoxondroz bo‘lsa.
- Qo‘l yoki oyoqlarda uvushish yoki uvushish hissi.
- Reflekslarning susayishi: Asab ildizlari shikastlanganda yuzaga keladi.

Agar osteoxondroz vaqtida davolanmasa, qanday jiddiy muammolar kelib chiqadi?

1. Disk churrasi: Umurtqa diskining chiqib ketishi natijasida asab ildizlari yoki orqa miya siqilib qoladi, bu og‘riq va jiddiy nevrologik muammolarni keltirib chiqaradi.
2. Umurtqalar o‘rnidan siljishi: Bu harakatlanish qobiliyatini sezilarli darajada cheklaydi va o‘tkir og‘riqni keltirib chiqaradi.
3. Orqa miya siqilishi: Ba’zan orqa miya faoliyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazib, falaj yoki boshqa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
4. Ichki organlarning buzilishi: Masalan, bel sohasidagi osteoxondroz siydik chiqarish va jinsiy tizim faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
5. Doimiy bosh og‘riqlar va qon aylanishining buzilishi: Bo‘yin osteoxondrozi natijasida miya qon tomirlari siqiladi, bu esa bosh aylanishi, quloqlarda shovqin va xotira pasayishiga olib keladi.

Osteoxondrozning ilk belgilari sezilgan zahoti davolash choralari ko‘rilsa, kasallikning oldini olish va jiddiy asoratlarni bartaraf etish mumkin.

⚠️ Xo'sh, siz umurtqadagi og'riqlarini qaysi yo'l bilan davolashga harakat qilyapsiz? Natijalari sezilyaptimi? Izohlarda o'z tajribalaringizni yozib qoldiring 👇

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

7 kunda umurtqangizni tiklaymiz!

"Umurtqa pog‘onasini tiklash" kursida biz siz bilan bajaradigan mashqlar oddiy badantarbiya emas! Ular umurtqa pog‘onasini asl holiga keltirish uchun ishlab chiqilgan maxsus harakatlar.

🔻 Bu mashqlar umurtqalararo halqalarning joy-joyida turishi uchun, qadam tashlashingiz to‘g‘ri va yengil bo‘lishi uchun, xotirangiz ham avvalgi holatiga qaytishi uchun, dunyo naqadar go‘zal ekanligini his etishingiz uchun ham kerak.

Yaxshi kayfiyat hosil qilishni ham, hayotni ijobiy tomonga shakllantirishni ham, atrof-olam bilan murosaga kelib yashashni, hamma-hammasini oddiy narsadan boshlaymiz – umurtqa pog‘onasi ustida ishlashdan!

📆 Mashg‘ulotlar 19-aprel 18:00 da boshlanadi.

Kursni M.S NORBEKOVNING malakali shogirdi psixolog-trener Ulug'bek Sultonov olib boradi.

Kurs haqida batafsil ma’lumot olish va ro'yxatdan o'tishni istasangiz, pastdagi tugmani bosing 👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Oxirgi paytlarda o‘zingizni boshqacharoq his qilyapsizmi?

Hamma narsa joyida tuyuladi, lekin ichingizda nimadir joyida emasdek...

Quyidagilardan nechtasi sizda bor? Faqat raqam(lar)ni yozing:
1⃣ Ertalab uyg‘onish og‘ir, hech narsa qilishga xohish yo‘q
2⃣ Kayfiyatim tez-tez o‘zgaradi, o‘zimni tushunmayman
3⃣ Odamlar bilan gaplashgim kelmaydi
4⃣ Tez charchayman, kuchim yo‘qdek tuyuladi
5⃣ Ichimda g'ashlik bor, lekin nimadanligini tushunolmayman

☝️ Agar kamida 3 tasi tanish bo‘lsa — bu oddiy holat emas.

Yordam so‘rash zaiflik emas. Bu — o‘zingizni asrash.

Izohlarda yozing. Yordam kerak bo‘lsa, birinchi qadamni birga tashlaymiz!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bu dargohdan hali hech kim norizo bo'lib ketgan emas

Dermidi kinoda? Ha, biz ham mana shu so'zni bemalol ayta olamiz

🔥 7 yoshdan 70 yoshgacha ishtirok etayotgan har bir yurtdoshimiz uylariga soglom tana va ruhiyat bilan qaytmoqdalar! Bularning barchasi faqat insonning o'z irodasiga va ustozlar mehnatlari natijasidir

Keling, ko'ring, ishtirok eting va sog'lom hayot gashtini suring!

Bugun soat 17:00 da 2-bosqich sog‘lomlashtirish kursi boshlanadi.


Barcha 1-bosqich sog‘lomlashtirish kursi qatnashchilarini 2-bosqich kursiga taklif etamiz

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo'ljal: Tarnov kafesi yoni

☎️ Markaz administratsiyasi raqami: +998954767677

📍 Lokatsiya

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

1-bosqich sog'lomlashtirish kursini tugatgan bo‘lsangiz, o‘zingizga quyidagi savollarni bersangiz kerak:

— Tanamda og'riqlar yengilladi, lekin ichimni hali ham nimadir bosib turibdi?
— Asabiylik, charchoq, to‘liq dam ololmaslik hali ham meni tark etmayapti?
— Negadir baribir o‘zimdan qoniqmayapman?

Bu holat sizning aybingiz emas.
1-bosqichda siz tanangizni tikladingiz, og'riqlar kamaydi, kasalliklar chekindi. Lekin tana – muammo ko‘ringan joyi. Ildiz esa ruhda, hissiyotlarda, ichki qarashlarda.

2-bosqichda biz mana shu ildizga tushamiz va o‘zgarishni boshlaymiz:
— Siz o‘zingizni ich-ichidan tushuna boshlaysiz
— Asabiylik, bezovtalik, tushkunlik kamayadi
— Atrofdagilarga bog‘liqlik emas, ichki suyanish paydo bo‘ladi
— Qaror qabul qilish osonlashadi
— O‘zgarishlarga qarshi ichki qarshiliklar yo‘qoladi

🔥 Bu shunchaki kurs emas. Bu — ichki tizimni qayta sozlash.

Tasavvur qiling, uyingizda devorlar yangilandi, pol o‘zgartirildi.
Hammasi chiroyli ko‘rinadi, lekin elektr simlari, quvurlar eskicha qolgan.

Ularni almashtirmasangiz — muammo yana chiqadi. 2-bosqich aynan shu ichki tizimlarni yangilashga qaratilgan.

📆 Boshlanish sanasi: 15-aprel soat 17:00
Davomiyligi: 9 kun. Har kuni 4 soatdan.

Diqqat! Kurs ERTADAN boshlanadi. Joylar sanoqli.

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni! Pastdagi havolani bosing va o'z joyingizni band qiling 👇

🔗 Havola

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ba’zida odam o‘zini shunchalik ortga surib qo‘yadiki, bir payt qarasa — butun umr o‘zidan boshqa hammani o‘ylab o‘tkazgan...

Bolalar ulg‘ayadi, ishlar yurishadi, uy-joylar quriladi… Lekin o‘zi-chi? Qachon so‘nggi marta yuragingiz urishiga quloq soldingiz? Yoki ko‘zlaringizdagi charchoqni sezdingiz?

Ko‘pchilik yuradi — og‘riqni dori bilan bosib, yurak sanchig'ini yashirib, bel og‘rig‘ini odatiy hol deb qabul qilib.

Boshingiz og‘riyaptimi? “Uxlab olsam o‘tib ketadi”, deysiz.
Madoringiz yo'q? “Shunchaki charchoq”, deb qo‘yasiz.

Shu-shu bo‘lib yillar o‘tadi, lekin tanangiz bu loqaydlikni unutmaydi. Uni vaqtincha dori bilan jim qildirib turasiz, xolos.

Tanani eshitishni, o'z ichki kuchingizni tiklashni va sog‘ligingizni tiklashni istaysizmi?

Unda bir savol: o‘zingiz uchun 10 kun ajrata olasizmi? Bu 10 kun davomida hech kimga emas — aynan o‘zingizga qaraysiz.Yillar davomida yig‘ilib qolgan og‘riqlarga sabab nima bo‘lganini tushunasiz. Ichki kuchingizni, ishonchingizni, quvonchingizni yana topasiz.

Bu oson bo‘lmaydi. Haqiqiy o‘zgarishlar hech qachon oson bo‘lmagan! Ammo eng asosiysi — siz yolg‘iz emassiz. Sizga yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar bor.

Bu safar o‘zingizni birinchi o‘ringa qo‘ying. Shunda tanangiz ham, ruhiyatingiz ham barcha dardlardan qutuladi.

1-bosqich sog'lomlashtirish kursi 16-apreldan boshlanadi. Joyingizni band qilishni istasangiz, pastdagi havolani bosing 👇
🔗 Havola

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Qo‘rquvdan butkul xalos bo'lish kerakmi?

Qo‘rquv nima? Bu tuyg‘u nega kerak? Uni butkul yo‘qotish kerakmi? Yo‘q, qo‘rquvdan xalos bo‘lish shart emas.

Tasavvur qiling, siz mutlaqo qo‘rqmaysiz. Bu holat xavfli. Chunki svetofor, transport vositalariga e’tibor bermay, yoki balandlikdan sakrab, o‘zingizga zarar yetkazishingiz mumkin edi. Demak, qo‘rquv hayotingizni saqlashga xizmat qiladi. Ammo uning kuchi oshib ketsa, u sizni harakatsiz qilib qo‘yadi, tavakkal qilishga qo‘rqasiz.

Nima qilish kerak?
Qo‘rquvni kamaytirish uchun asta-sekin uni boshdan kechirish kerak. Masalan:
• Qorong‘idan qo‘rqadigan kishi bir necha soniya qorong‘ilikka chidab o‘rgansin.
• Suvdan qo‘rqadigan odam suvga qadam qo‘ysin.
• Ish boshlashdan qo‘rqadigan inson kichik faoliyat boshlasin.

Shunday qilib, har bir kichik harakatingiz qo‘rquvni pasaytiradi va uni iroda bilan boshqarishni o‘rganasiz. Oxir-oqibat, qo‘rquv sizga xalal bermaydigan darajaga tushadi.

Harakat va tavakkal muvaffaqiyatning kalitidir. Bugungi zamon aynan shuni talab qilmoqda!

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Fe’l-atvor sog‘liqni izdan chiqarishi mumkinmi?

❓ Qiziq, nega ayrim odamlar doim salbiy fikrlar ichida qolib, stressda yashashadi va ko‘p kasal bo‘lishadi? Bu shunchaki tasodifmi yoki nimadir ichki bog‘liqlik bormi?

📽 Biz bu videoda fe’l-atvor va sog‘liq o‘rtasidagi o‘sha ko‘zga ko‘rinmas bog‘liqlik haqida gaplashamiz. Salbiy fikrlash va stress organizmni qanday izdan chiqaradi, va bu holatni qanday bartaraf etish mumkin?

Siz ham bu savollar ustida bosh qotirgan bo‘lsangiz, videoni tomosha qiling. Hayotingizni yaxshilash uchun kichik, lekin juda muhim qadamni birga tashlaylik.

✅ Ko‘ring, fikrlaringizni izohlarda qoldiring va hayotingizni o‘zgartirishni bugundan boshlang!

Videoni tomosha qilish uchun linkni bosing 👇

https://youtu.be/W-S-RCjmV3Y?si=Lml1AEVUcMRiERtY

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

9 kunlik sog‘lomlashtirish kursimiz:
• Energiya va kuchni tiklash
• Tana a’zolarini uyg‘unlashtirish
• Ichki holatni yaxshilash
• To‘g‘ri nafas olish va harakat qilish sirlarini o‘rganish

Roʻyxatdan oʻting.

Joylar soni cheklangan.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola:

🔗Havola

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bugun soat 20:00 da ovozli chat!

Oxirgi paytlarda tez-tez charchayapsizmi? Og‘riqlar bezovta qilayapti, lekin dorilardan foyda ko‘rmayapsizmi? Yoki sog‘lom, kuchli va quvvatga to‘la hayotga intilayapsizmi?

Unda bugungi suhbat aynan siz uchun!

Bugun kechqurun soat 20:00 da Norbekov markazi psixolog-treneri Nurjahon Mahamadiyorova bilan onlayn ovozli chat bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvda siz quyidagi savollarga javob topasiz:

• Nega ba’zilar dorisiz tez sog‘ayadi, boshqalar esa yillar davomida azob chekadi?
• Ichki salomatlik kuchi nima va uni qanday uyg‘otish mumkin?
• Organizmni tabiiy tiklanishga qanday yo‘naltiramiz?
• Hayotimizdagi ruhiy-emosional holat qanday qilib jismoniy sog‘lig‘imizga ta’sir qiladi?

Bugun, soat 20:00 da mana shu kanalda ovozli chatda kutamiz!

Sog‘ligingiz haqida yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rish va to‘g‘ri yo‘lni tanlash fursati keldi!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Sog‘lom bo‘lish uchun doim dori ichish shartmi?

Ko‘pchilik yillar davomida og‘riqni faqat dorilar bilan yengishga odatlangan. Ammo aslida organizm o‘zini tiklash quvvatiga ega — agar unga to‘g‘ri yordam bersangiz.

Ertaga soat 20:00 da biz aynan shu mavzuni muhokama qilamiz!

Norbekov markazining tajribali murabbiyasi Nurjahon Mahamadiyorova bilan bo'ladigan ovozli chatni o'tkazib yubormang!

Spikerimiz sizga dori-darmonsiz sog‘liqni tiklash sirlarini ochib beradi:
➖ Tana o‘zini qanday davolaydi?
➖ Ichki kuchni qanday ishga tushirish mumkin?
➖ Oddiy hayotiy odatlar orqali qanday qilib holatni yaxshilash mumkin?

Ovozli chatni o'tkazib yubormaslik uchun budilniklarni ertaga 20:00 ga sozlab qo'yishni unutmang!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Dangasalikdan qanday qutulsa bo'ladi?

❓ Nega kunni birinchi yarmida tetik yurib, tushdan so'ng ishlagimiz kelmaydi

❌ Aslida, bu holatga siz aybdor emassiz. Buning bir necha psixologik sabablari bor

🎙 Yaxshisi, barchasini ustoz Ahadjon Qo'shoqovdan batafsil eshitib oling

📆 15-apreldan boshlanadigan 2-bosqich sog'lomlashtirish kursida esa aynan sizdagi mana shunday ruhiy holatlarni yaxshilash ustida ishlaymiz.

Kursda ishtirok etishni istasangiz, hoziroq o'z joyingizni band qiling👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Nima uchun vazifalarni keyinga qoldiramiz?

Prokrastinatsiyaning bir nechta asosiy sabablari bor va ular har bir insonda har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

1️⃣ Qo‘rquv – Yangi yoki murakkab vazifaga qo‘l urishdan qo‘rqamiz. Hatto kichik bir xatodan ham qo‘rqish ba'zan ish boshlashimizga to‘sqinlik qiladi.

2️⃣ Motivatsiya yetishmasligi – Vazifaning qiziq bo‘lmaganligi sababli uni bajarishga rag‘bat topa olmaymiz.

3️⃣ Mukammallik istagi – Ishni mukammal darajada qilishga harakat qilamiz va natijada boshlashdan ham cho‘chib ketamiz.

4️⃣ Ruhiy charchoq – O‘zimizni charchatib, haddan tashqari zo‘riqish natijasida har qanday ishni boshlashni keyinga suramiz.

😳 Bularning hech biri oddiy dangasalik belgisi emas! Balki, o‘zingizni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun harakat qilish kerakdir. Shu sababli, oxirgi qismda sizga samarali yechimlar va maslahatlar taqdim etamiz! 🔜

Davomi bor... 😉

👉 @NorbekovMarkazi

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Norbekov sog‘lomlashtirish markaziga kelish uchun 6 sabab:

1⃣ Mashg‘ulotlar davomida dunyoga sog‘lom, baxtli va muvaffaqiyatli insonlardek boqishni boshlaysiz.

2⃣ Qalbingizdagi og‘riqlar, dardlar va qo‘rquvlarni o‘zingiz, ongli ravishda bartaraf eta olasiz.

3⃣ Jismoniy mashqlar yordamida tanangizni chiniqtirasiz va harakatlaringiz yengillashadi. Yelkangizdagi og‘ir yuklardan xalos bo‘lasiz.

4⃣ Ko‘z, yurak qon-tomir, nerv sistemasi grija va bog‘imlar bilan aloqador kasalliklar, og‘riqlar, yara va chandiqlardan xalos bo‘lasiz.

5⃣ O‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ortadi, ichingizda quvvatni va ichki imkoniyatlaringizni kashf etasiz.

6⃣ Hayotga ijobiy ko‘z bilan qarashni boshlaysiz, olamning faqat ijobiy tomonlarini ko‘rib, atrofingizdagilarga quvonch va baxt ulasha olasiz.

Agar sizda mashg‘ulotlarimizda qatnashish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa yoki savollaringizga javob olishni istasangiz kommentariyda + qoldiring

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bo‘ynim og‘riyapti, davleniyam ko‘tarilyapti, boshim aylanadi, belimni og'rig'idan uyqu yo'q…


Bunday shikoyatlar bilan ko'pchilik bizga murojaat qilishadi.

✅ Ba'zilar "charchagandirman, o‘zi o‘tib ketadi" — deya e'tiborsizlik qilgan...
✅ Kimdir rosa davolanib, dori-ukollar bilan jigari va oshqozonini ishdan chiqarib, yana bir kasal orttirgan..
✅ Afsuski, kimlardir operatsiya stoliga yotib, hayotini xavfga qo'ygan...

Og'riq – bu tananing ogohlantirishi. Ayniqsa, osteoxondroz bo‘lsa, e’tibor bermaslik bilan ish yanada og‘irlashadi.

Har kuni og'riq qoldiruvchi dori ichib yurish — muammoni yashirish xolos. Asl sabab aniqlanmay  o‘zgarishsiz qolyapti.

Xo'sh, bu holatning asl sababi nima? Yechimichi?

Bu holatning tabiiy yechimi — tana bilan ishlash. Harakat. Maxsus mashqlar. Ongni, nafasni, asabni tinchlantirish.

Shu maqsadda 19-apreldan Ulug‘bek Sultonov boshchiligida “Umurtqa pog‘onasini tiklash” kursi boshlanadi.

Bu kurs ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham mos keladi. Kichik guruhda o‘tiladi. Har bir ishtirokchiga alohida e'tibor beriladi.

Kursda:
➖ Umurtqa uchun chuqur mashqlar
➖ Og‘riqlarni kamaytirish texnikalari
➖ Ichki holat bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar

Faqatgina 5 ta joy qoldi. Ishtirok etishni istasangiz, kechikmang. "2 kun bor ekan-ku" — deb, o'sha kunga taqamang! Guruh to'lsa, qabul yopiladi!

Boshlanish: 19-aprel, soat 18:00
Trener: Ulug‘bek Sultonov

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolani bosing👇
🔗 Havola

Tana sizga bir umr xizmat qilishi uchun uning kasal bo'lishi kutmasdan parvarish qiling!

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ko‘z — bu shunchaki ko‘rish organi emas!

👁 Ko'zlarimiz — ong, qalb va hatto ichki dunyomiz oynasi.

💬 Videoni oxirigacha tomosha qiling. Siz bu faktlardan qaysi birini bilmagan edingiz?

👇 Kommentda fikringizni yozing va ushbu postni ko‘zlar salomatligiga befarq bo'lmagan do‘stlaringizga ulashing!

Oramizda "Ko'zoynaksiz hayot" kursini kutayotganlar bormi-🔥

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Bir necha soatdan so'ng bu holatlarda qutulish imkoni beriladi

⏰ Bugun soat 10:00 va 17:00 da
kunduzgi va kechki 1-bosqich sog'lomlashtirish kursi boshlanadi.

✅ Bu darslar — tanangizni emas, avvalo ichki holatingizni tiklashga qaratilgan.

O‘zingizni yana o‘sha sokin, barqaror, baquvvat holatga qaytarish uchun birinchi qadam shu bo‘lishi mumkin.

Birinchi kun — mutlaqo bepul. Keling, darsda ishtirok etib, o‘zingiz baho bering.

☝️Hech qanday majburlov yo‘q. Faqat bir imkon. Siz uchun!

📍 Manzil: Sebzor 52, Mo'ljal: Tarnov kafesi yoni

☎️ Markaz administratsiyasi raqami: +998954767677

📍 Lokatsiya

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Qaror qabul qilish vaqti keldi..

Siz rivojlanishda yolg‘iz davom etishingiz mumkin. Podkastlar tomosha qilib, postlarni o‘qib, bir xil xatolarga qayta-qayta duch kelib... Ba'zida motivatsiyaga to'lib ketasiz, ba'zida esa hech narsa qilgingiz kelmay qoladi. Bu ham bir yo‘l, lekin juda sekin, zerikarli va ko‘pincha charchatuvchi.

Biz "Chegarasiz muvaffaqiyat" 3 kunlik intensiv kursida boshqacha yo‘lni tanladik. Birgalikda o‘sishni. Bilim va tajribalarni ochiq almashishni. Aniq natijalarni beradigan samarali usullarni qo‘llashni. Ustoz Mirzakarim Norbekovdan eng sara bilimlarni qo'lga kiritishni.

"Chegarasiz muvaffaqiyat" intensiv kursi — bu shunchaki trening emas. Bu siz o‘zgaradigan, atrofingizdagi odamlar orqali kuch oladigan, rivojlanish va harakatlanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan muhit.

Bu yerda 3 kun ichida hayotingizni o'zgartirish uchun birinchi va eng muhim qadamlarni tashlaysiz. Sizni qiynagan savollarga aniq javoblar olasiz. Endi sizning biznesingiz faqat yolg‘iz suzayotgan kema emas, balki kuchli tizim, qo‘llab-quvvatlaydigan jamoa va cheksiz energiya manbayi bo‘ladi.

Yoki siz shunchaki intensiv kursimizga qo‘shilib, o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin. Biz sizga mo‘jizani va'da qilmaymiz. Ayniqsa, agar hech nima qilmasdan natija kutayotgan bo‘lsangiz.

Ammo ishonchimiz komil, bu intensiv kursdan keyin haqiqiy natija, haqiqiy bilim va haqiqiy odamlar bilan haqiqiy muvaffaqiyatga erishasiz.

Chegirmalar tugashiga 12 soat vaqt qoldi. Shoshilmasangiz bo'lmaydi.

RO'YXATDAN O'TISH

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Grija — bu og‘riqning oddiy shakli emas

U harakatni cheklaydi, uxlashga, ishlashga, hayotdan zavq olishga to‘sqinlik qiladi.

Ammo tanamizda shunaqa imkoniyat borki — u o‘zini o‘zi tiklay oladi. Faqat kerakli harakatlar, to‘g‘ri yondashuv, e’tibor bilan.

Quyidagi videoda uy sharoitida bajariladigan, umurtqa va beldagi siqilishlarni yengillashtirishga yordam beradigan mashqlarni topasiz. Og‘riq kamayadi, tana erkinlashadi.

▶️ Videoni tomosha qiling — eng sodda harakatlar ham og'riqlarn8 kamaytirishi kelishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 19-apreldan maxsus 7 kunlik "Umurtqa pog‘onasini tiklash " kursi boshlanadi. Tana bilan birga ruh, ong, hissiyot ustida ham ishlanadigan bu yo‘l, ko‘p yillik og‘riqlardan xalos bo‘lish imkonini beradi.

Agar siz ham bu mashg'ulotlarga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, mana bu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
Havola

☝️ Balki bu safar grijadan butkul qutularsiz!

Videoni tomosha qilish uchun linkni bosing 👇

https://youtu.be/kCW2NTPJIes?si=cIlPoXXcE174O0ot

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Hayotda ezilaverib qandaydir rejalar tuzgan-u, lekin, dangasalik domiga tushib qolgan ayollar uchun muhim audiopodkast!

O‘zidan ko‘ngli to‘lmaslik holatidan qanday chiqib ketish mumkin?

Bu audio aynan shu haqida! Albatta eshiting bu muhim!

16-aprelda boshlanadigan 1-bosqich sog'lomlashtirish kursida ham aynan shunday muammolar:
— hafsalasizlik
— o'zidan ko'ngli to'lmaslik
— stress
— depressiya
— xavotir kabi salbiy ruhiy holatlardan butunlay qutulasiz

⏰ Darslar kunduzgi 10:00 va kechki 17:00 da boshlanadi

1-kungi bepul darsni o'zidayoq kayfiyatingiz ko'tarilib, ruhingiz tetiklashishiga kafolat beramiz

Birinchi kungi bepul masterklassda ishtirok etish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting 👇

Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Hayotingizni o‘zgartirmoqchimisiz? Unda avvalo fe’l-atvoringizni o‘zgartiring!

Ko‘pchilik sog‘lom bo‘lishni xohlaydi. Yaxshi ish, baxtli oila, tinchlikni orzu qiladi. Lekin bir narsani unutadi: fe’l-atvor o‘zgarmas ekan — sog‘liq ham, ishlar ham, munosabatlar ham o‘zgarmaydi.

1-bosqichda siz tanangiz bilan ishladingiz. Og‘riqlar yengillashdi, o‘zingizni yaxshi sezdingiz. Ammo bu — faqat boshlanish edi.

Tanangiz tuzaldi, lekin xulqingiz, fe’l-atvoringiz o‘zgarishga ulgurmadi.


Mashqlarni uyda davom ettirish qiyin bo‘ldi. Muhit, odatlar, bosimlar — yana eski holatga qaytardingiz.
Shu bois, natija uzoqqa cho‘zilmadi. Endi nima qilish kerak?

Agar siz chinakam sog‘lom bo‘lishni, ichki barqarorlikka erishishni, xarakteringizdagi zaif jihatlar ustida ishlashni istasangiz — bu yo‘lni oxirigacha borib tugatishingiz kerak.

Norbekov metodining 2-bosqichi — aynan shuning uchun kerak. Bu bosqichda biz fe’l-atvor, hissiyotlar, ruhiy holat, ichki qarshiliklar ustida ishlaymiz. Yillar davomida yig‘ilib qolgan alam va og‘riqlar bilan xayrlashamiz.

Tana emas — ichki holat tuzaladi.


15-apreldan 2-bosqich sog‘lomlashtirish kursi boshlanadi.
Bu bosqich faqat 1-bosqichni tugatganlar uchun.

Agar siz chuqurroq natija istasangiz — bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolani bosing:
🔗 Havola

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Belda og‘riq — eng befarq insonni ham o‘ziga quloq tutishga majbur qiladi

Kun bo‘yi kursida o‘tirganlar, doimiy stressda yuradiganlar, harakat kam bo‘lganlar bu og‘riqni yaxshi biladi.

Kimdir doriga o‘rganib qolgan, kimdir o‘zini zo‘rg‘a yurishga majbur qiladi. Lekin aslida — tanaga yumshoq, ehtiyotkor yondashish kerak.

📹 Mana shu videodagi mashqlar — aynan umurtqa uchun. Oddiy, ammo chuqur ishlovchi. Uyda bajarish oson, natijasi esa — asta-sekin seziladi: og‘riq yengillashadi, holat yaxshilanadi.

Aytgancha, 19-apreldan kichik bir guruh ochiladi —  7 kunlik maxsus dastur asosida "Umurtqa pog‘onasini tiklash" kursi boshlanadi . Har kuni mashqlar, tana va ong ustida ishlash, umurtqa pog'onasi bilan ishlanadi.

Ushbu mashg'ulotlar haqida to'liq ma'lumot olish va joy band qilish uchun pastdagi havolani bosing:
🔗 Havola

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Kasallik hech qachon bekordan paydo bo‘lmaydi!

Tana og‘riq orqali signal beradi. Bu — yillar davomida to‘plangan alam, aytilmagan gaplar, bosilgan hislar natijasi.

Siz 1-bosqichda tanangizni sog‘lomlashtirdingiz. Endi esa ichki olam bilan ishlash vaqti keldi.
Bu bosqich aynan sizlar uchun — 1-bosqich sog‘lomlashtirish kursida ishtirok etganlar uchun.

2-bosqich — bu hissiyotlarni boshqarish, fe’l-atvorni shakllantirish, hayotga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish yo‘li. Bu bosqichda siz tanangiz emas, butun hayotingizni sog‘lomlashtira boshlaysiz.

Ahadjon Qo‘shoqov bilan 15-apreldan boshlanadigan 2-bosqich sog'lomlashtirish kursiga sizni taklif qilamiz.

Agar bu yo‘lni davom ettirishga tayyor bo‘lsangiz — tugmani bosing va ro‘yxatdan o‘ting👇

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

1-bosqich sog'lomlashtirish kursida ishtirok etganlar, bu post aynan siz uchun!

1-bosqichda tanangiz og‘riqlardan forig‘ bo‘ldi. Nafas olishingiz yengillashdi, uyqularingiz joyiga tushdi. Ammo siz hali ichingizdagi eng muhim jihat – xarakteringiz bilan ishlamagansiz.

Chunki kasallikning ildizi ko‘p hollarda ruhda, fikrlarda, xarakterda bo‘ladi. Doimiy ranjish, g‘am, qo‘rquv, o‘zini ayblash, hayotdan norozilik – bular tanani ichidan yemiradi.

Agar siz shu ichki holatlarni anglamasangiz, tahlil qilmasangiz va o‘zgartirmasangiz – og‘riqlar yana qaytadi.

Tana sog‘lom bo‘lsa-da, hayotdan zavq olmaydigan odamlar ko‘p. Chunki ular ichki tinchlikka erishmagan.

2-bosqich aynan shu uchun kerak.
Bu bosqichda siz o‘zingizni anglashni, xatolaringizni ko‘rishni, xarakteringiz ustida ishlashni o‘rganasiz.

Yillar davomida yig‘ilib qolgan ruhiy yuklardan xalos bo'lasiz. Haqiqiy o‘zgarish – mana shunda boshlanadi.

Agar siz sog‘lom tana bilan birga sog‘lom tafakkurga, ichki barqarorlikka ham erishmoqchi bo‘lsangiz,
2-bosqich aynan siz uchun.

15-aprelda 2-bosqich sog‘lomlashtirish kursi boshlanadi.
O‘zingizni butunlay yangilashga tayyormisiz?

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolani bosing:
🔗 Havola

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Tabassum insonning baxtli ekanligini emas, kuchli ekanligini bildiradi

Umar Hayyom

Tabassum bizni shunchalik kuchli insonga aylantiradiki, buni o'zimiz ham sezmay qolamiz

Qanaqasiga deyishga shoshilmay, Zokirjon Tojiboyev maslahatlariga quloq soling.

Vazifani bajarib ko'ring va natijasini mana shu post izohlarida yozib qoldirishni unutmang

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Qalb va aqlni qanday uyg‘unlashtirish mumkin?

Hayotda ichki tinchlik va baxtga erishish uchun qalb va aql birgalikda ishlashi kerak. Hoziz siz bilan buning oddiy va samarali yo‘llarini ko'rib chiqamiz:

1️⃣ Hissiyotlaringizni tinglang. Ichingizda nimadir aytmoqchi bo‘lsa, uni e’tiborsiz qoldirmang. Hissiyotlaringizni boshqaring, lekin ularning qiymatini ham biling.

2️⃣ Qalb va aqlni birlashtiring. Qaror qabul qilishda qalbingiz nima deyayotganini eshiting, aql bilan esa bu qarorni mustahkamlang.

3️⃣ Asosiy qadriyatlaringizni aniqlang. Siz uchun muhim bo‘lgan narsalar atrofida harakat qiling. Bu qalb va aqlingizni bir yo‘nalishga olib keladi.

4️⃣ O‘rganing va boyib boring. Kitob o‘qish, o‘rganish orqali aqlingizni rivojlantiring, qalbingizni esa tabiat, san’at yoki yaqinlaringiz bilan suhbat orqali boyiting.

5️⃣ Tinchlikni qabul qiling. Ba’zida ichingizda qarama-qarshi fikrlar bo‘ladi. Sabrlik bilan bu jarayondan o‘ting, vaqt o‘z o‘rnini ko‘rsatadi.

6️⃣ Ichki sokinlik odatlarini yarating. Namoz, meditatsiya, yoki oddiy nafas olish mashqlari qalb va aqlni uyg‘unlashtirishda yordam beradi.

‼️ 15-apreldan boshlanadigan 2-bosqich mashg‘ulotlarida siz bularning barchasini chuqurroq o‘rganasiz.

Ro'yxatdan o'tishga ulgurdingizmi?

@Norbekovmarkazi                                                       
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
NorbekovMarkaz">Youtube 💙️📷 Instagram

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Mirzakarim Norbekovning jonli darslarida atigi 99 000 so'm evaziga ishtirok eting!

20-aprel kuni Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan GLOBAL WOMEN FORUM doirasida Mirzakarim Norbekov sahnaga chiqadi. Aynan shu katta tadbirda sizda maxsus chegirma asosida qatnashish imkoni bor!

STANDART TARIF:
Joylar 24 dan 37 qatorgacha.
300 000 - 99 000✅ so'm

HOZIROQ O'Z JOYINGIZNI MENEJERSIZ BAND QILING

20-APREL | Xalqlar do'stligi san'at saroyida Mirzakarim Norbekov darslarida ko'rishguncha!

Qo'shimcha savollar uchun:

Menejer 1 | Menejer 2

Читать полностью…

NORBEKOV MARKAZI

Ishlarni keyinga surish: dangasalikmi yoki ruhiy muammo?

"Keyin qilaman", "Vaqti kelganda boshlayman", "Bugun biroz dam olay" — tanish gaplarmi? 🤔

Ishlarni oxirgi daqiqaga qoldirish deyarli hammamizda uchraydigan holat. Lekin bu shunchaki dangasalikmi yoki aslida chuqurroq muammolar bormi? 🧐

🔎 Prokrastinatsiya — ya'ni muhim ishlarni kechiktirish — bu dangasalikdan farqli ravishda, insonning maqsadsiz va zararli odatga berilib ketishi bilan bog‘liq. Ko‘p holatlarda biz ishni keyinga surib, muhim vazifalardan qochishga harakat qilamiz.

Lekin bu odat ko‘p vaqt va imkoniyatlarni yo‘qotishiga olib keladi. Agar o‘zingizda ham tez-tez shunday holat kuzatsangiz, ushbu maqolaning keyingi qismida sabablarini va undan qanday qutulishni o‘rganamiz. 🔜

Davomi bor... 😉

👉 @NorbekovMarkazi

Читать полностью…
Subscribe to a channel