Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar va tizimdagi dolzarb masalalarni yoritamiz Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin
Японияда 60 ёшли ўқитувчи қўшимча иш билан шуғуллангани учун мактабдан ҳайдалди
Гарчи педагог бирор марта дарс қолдирмаган ва виждонан дарс ўтган бўлса ҳам, у туну кун ишлайдиган дўконда қўшимча иш қилгани учун мактабдан ҳайдалди. Унинг бу иши «таълим тизимига ишончни пасайтириш», деб баҳоланган. Унинг қўшимча иш қилаётгани устидан чақув тушгач, мактаб директори шахсан ўзи текшириб, уни ушлаб олган. Ўқитувчи болалар ва ота-оналар олдида кечирим сўраган.
Биздачи..., Бизда.?.
**
P. S.: Bizdagi erkak o‘qituvchilarning kamida yarmini ishdan xaydashardi agar yapon taʼlim tizimini qo‘llasak)
@domlajon
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Кечки ва масофавий таълим шаклига тавсия этиш ҳуқуқига эга бўлган идоралар тасдиқланди
Ушбу ташкилотларда камида 5 йил иш стажига эга бўлган фуқаролар кечки ва масофавий таълим шаклига тавсия этилиш ҳуқуқига эга.
👉 https://kun.uz/kr/05886576
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
"Ўзбекистонда ўқитувчиларнинг пенсия ёши туширилиши керак" - фаоллар
Республикада пенсияга чиқиш ёши ўзгаради, деган гап-сўзлар юрибди, лекин давлат халқдан бемаслаҳат қарор қабул қилмасликка ишонтирмоқда. Kun.uz билан суҳбатлашган фаоллар фикрича, пенсия ёшининг ўзгариши айни пайтдаги ижтимоий-иқтисодий аҳволга тўғри келмайди. Айниқса, таълим соҳаси ходимлари ва ўқитувчиларнинг пенсияга чиқиш ёши оширилиши эмас, туширилиши керак, дейди жамиятшунос.
📹 СУҲБАТНИ ТЎЛИҚ ТОМОША ҚИЛИНГ
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Мардикор устозим, чўри устозим,
Текин ишчиларнинг зўри устозим!
Зах даладан уйга хатлар юборган
Минглаб устозларнинг бири устозим!
"Оқ олтин балоси" ҳужжатли фильмидан лавҳа
📹 Тўлиқ фильмни томоша қилинг
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
981 та мактабда ичимлик суви йўқ
Президент ҳузуридаги Стратегик ислоҳотлар агентлиги томонидан тақдим этилган геопортал маълумотларига кўра, республика миқёсида:
⁃ 981 та мактабда ичимлик суви йўқ.
⁃ 5830 та мактаб марказлашган тармоқдан сув ичади.
⁃ 1194 та мактабга машинада олиб келинади.
⁃ 3177 та мактабда скважина/артезиан бор.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
🇺🇿 Таваллуд кунингиз муборак бўлсин, ЖАНОБ ПРЕЗИДЕНТ!
Бугун, 24 июль куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 68 ёшни қарши олди.
Давлат раҳбарига мустаҳкам соғлиқ, халқ хизмати йўлида эса доим куч-қувват тилаймиз!
🇺🇿УМРИНГИЗ УЗОҚ БЎЛСИН 🇺🇿
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Matematika va matematiklar haqida
Matematiklarga Nobel mukofoti berilmaydi. Lekin har qanday "nobelchi" matematikasiz hech narsa qilolmaydi.
Go'zallikda matematika bo'lmasligi mumkin. Ammo matematikada go'zallik bor.
Sonlar noldan boshlanadi va nolga kelib tugaydi.
Bizga matematika qiziqmi, yo'qmi bu bilan uning ishi yo'q.Lekin kun kelib baribir hisob- kitob qilinamiz. Bu esa matematikadir.
Mahoratli matematika o'qituvchining darsida poeziya nafasi albata sezilib turishi kerak.
Adabiyotchidan matematik chiqmasligi mumkin. Ammo matematik istasa, adabiyotchi bo'la oladi.
Bolangizni matematik qilmoqchi bo'lsangiz uni matematikaga emas, badiiy adabiyotga qiziqtiring.
Badiiy adabiyot-bu tafakkur.
Tafakkur esa matematikaning asosidir.
Har qanday cheksiz sonlar cheklidir.
Matematika simmetriyani yoqtiradi. Hatto olam ham simmetriya asosida qurilgan. Demak, matematika olamning asosidir.
Pifagor formulasiga e'tibor bering.
a^2=b^2+c^2.
Agar kvadratlar o'rniga kublar bo'lsa, formula qanchalik xunuk, pirovardida, tabiat qanchalik bema'ni ko'rinardi.
Matematika bo'lmagan joyda hisob-kitob, hisob-kitob bo'lmagan joyda adolat bo'lmaydi. Adolat yo'q joyda esa urushlar boshlanadi.
0 va 9 raqamlari orasida 1 raqamidan boshqa mukammal raqamni ko'rmadim.
Erkinjon Yarashev
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
#сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим
00:01 dan boshlab ➡️ maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?
02:13 dan boshlab ➡️ 2 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish mumkinmi, buning tartibi qanday??
👉 Ushbu savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Gulbahor Parpiyeva batafsil javob beradi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
❗️Rasman: maktabdagi so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi.
2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.
Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi.
19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
Avvalroq bu haqida munosabatimni yozgandim va bu tizim so’nggi yillardagi ta’limga oid eng katta xato qaror bo’lishini aytgandim. Xayriyatki, ushbu tizim biron marta amaliyotga joriy etilmasdan, bekor qilindi.
@xushnudbek
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Tahlilnoma | Hafta messeji: 18 yoshida 1 mlrd so‘mlik mukofot
#20july
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
#соҳага_доир_ҳужжатлар
📣 Sport turlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichga ega oʻquvchilar sport maktablariga yoʻnaltiriladi
✅ Vazirlar Mahkamasining “Oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
➖ umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni tibbiy koʻriklardan oʻtkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga boʻlgan qobiliyatini aniqlash va shu asosda ularni sportga yoʻnaltirish boʻyicha elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi;
👉 2025-yil 15-avgustga qadar:
➖ oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda, ularni sport turlariga yoʻnaltirish boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxsus modul ishga tushiriladi;
➖ oʻquvchilar har yili bir marta har bir hududdagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
👉 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:
➖ har yili bir marta maktab hamshiralari uchun oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etiladi;
➖ har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari boʻyicha kamida 1 tadan toʻgarak tashkil qilish maqsadida sport maktabidagi murabbiylarni maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga biriktiriladi;
👉 2025-yil 15-sentabrga qadar:
➖ tegishli platforma maʼlumotlariga koʻra sport turlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan oʻquvchilar sport maktablariga yoʻnaltiriladi.
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
AQSHda kutubxonalar soni Mak Donalds restoranlaridan ko'proq.
Bizda esa oshxona va aptekalar soni kutubxonalar sonidan ko'proq.
Xulosa o'zingizdan...
Erkinjon Yarashev
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Малака ошириш курсларидан ўтганлар касбий сертификат синовлари ёки тоифа тестларидан озод қилинадими?Савол: Мен июнь ойида ўз фаним бўйича малака оширгани бордим. Касбий сертификатлаш синвларида иштирок этадиганлар рўйхатига завучим мени ҳам қўшиб берибди. Завучим қонуний иш қиляптими? "Малака оширганлар қатнашмайди" - деб эшитган эдим. Шунга нима қилишим керак? (Н.М.Қ. Андижон вилояти, Избоскан туманидаги 18-мактаб ўқитувчиси)
Қуйидагилар касбий сертификатлашдан маълум муддатга озод қилинади:
#Ta'limga taklifim
Nega bolalarni maktabda o'qitamiz?
Hayotga tayyorlash uchun, albatta.
O'quvchi maktabni "3" baho bilan tamomladi deylik.
Boring-ki sinfdan qoldi, maktabdan haydaldi.
Endi uning ishi yurishmaydimi.
Hayotda qiynaladimi.
Unda maktabni "3" bahoga tamomlagan Eynshteyn, Nyuton, Lodigin, Paskal, Landau, Ronaldo, Batistuta, Pepe, Klyuvert, Shopen, Bax, Zidan, Muhammad Ali, Abramovich, Mark Tsukerberg, Rokfeller, Alfred Nobellar haqida nima deysiz.
Ular ham "uchchi" bo'lishganku.
Ma'lumot uchun Ronaldo 3 ta maktabdan haydalgan, ingliz tilini umuman bilmagan, zamonaviy fizika asoschisi Eynshteynga aynan fizika o'qituvchisi "odam bo'lmaysan" degan, Lodiginni aqli zaif bolalar maktabiga yuborishgan, Abramovich, ketma-ket 2 yil sinfida qolgan. Bugun esa ularga dunyoning yarmi havas qilsa, yarmi shularday bo'lish harakatida.
Bizning ta'lim tizimimizcha ular hayotda qoqilishlari, o'z o'rinlarini topolmasliklari kerak ediku.
Lekin bu "uchchi"larni butun dunyo taniydi.
Kamiga ilmli, moloyaviy baquvvat. Ba'zilari "Forbes"da yetakchi.
Xo'sh, unda chigallik qayerda.
Gap shundaki, biz o'quvchilarimizni maktabda a'lochi qilamizu, hayotga tayyorlamaymiz. Hayotda a'lochi qila olmaymiz.Bor diqqatimizni(ota-onalar ham) bolalarimizning yaxshi o'qishlariga, a'lochi bo'lishlariga qaratamiz. Go'yoki maktabda yaxshi o'qisa, baxtli, chiroyli hayotga chipta oladigandek.
Kechirasiz, hayot-bu maktabmas. Uning o'z darslari, o'z imtixonlari bor. Bolalarning kurashuvchanliklari sindiramiz.
Vaholanki, maktabning vazifasi, bola "uchchi"mi, "ikkichi"mi, "a'lochi"mi uni katta hayotga tayyorlash.
Hayot esa murakkab.
U kurashuvchanlarni yoqtiradi.
Ko'nadiganlarni, bir xil hayot tarziga ega bo'lganlarni ezg'ilab, yanchib tashlaydi.
Bolani maktabda faqat yaxshi o'qishi uchun tayyorlasak, diqqatni bahoga qaratsak, nari borsa u 11 yil a'lochi bo'ladi. Agar uni hayotga tayyorlasak, u bir umr a'lochi bo'ladi.
Qay biri yaxshi.
O'ylab ko'ring, nega aksariyat "uchchi"lar hayotda qiynalmaydi.
Chunki ularda kurashuvchanlik dinamikasi bor.
Ularda potensial yuqori, yiqilsa-da kurashadi.
Mayli, urular, surilar, turtilar, ammo, sinmaydi.
Maktablarda texnologiya fani o'rgatiladi.
Ammo o'quvchilar arra, tesha, randani ushlashni bilmaydi. Oddiy santexnika qoidalarini tushunmaydi.
Fizika fani o'tiladi.
Ammo elektr simlarini payvandlashni, radiopriyomnikni oddiy tuzatishni, dazmolning spiralini almashtirishni bilishmaydi.
Matematika o'rgatiladi.
Ammo ta'mirtalab uyiga qancha qurilish xom-ashyosi ketishini, shahar orasidagi taxminiy masofalarni bilmaydi.
Geografiya, biologiya o'tiladi.
Ammo o'zi turgan joyning geografik kengligini, mamlakatlar poytaxtlarini, chegaradosh mamlakatlarni, xaritani, yerlarning unumdorligini, qachon sug'orishni, qachon o'g'it berishni bilishmaydi.
Tarix fani o'tiladi.
Ammo jahonni qo'ya turing. O'z tarixini bilmaydi. "Sobir Rahimov kim?" degan savolga "Metro bekatining nomi", "Renessans nima?" degan savolga "Telekanal nomi" deyishni biladi, afsuski.
Insho, bayon, diktantni qo'ying, ariza, bildirishnoma, akt, tavsifnoma yozishni bilmaydi.
Ko'chalardagi afishalarga e'tibor bering, ikki gapning biri xato.
Ingliz, rus tillarini o'rganadi.
Ammo xorijiy tilda fikrini erkin ifodalay olmaydi.
Musiqa fani o'tiladi.
Ammo biror bir musiqa asbobini chalishni bilmaydi.
Taklifim, maktablarda bolalar baholanmasin.
O'qitaylik, o'rgataylik, bilim beraylik, xatosini tuzataylik, ammo baholanmasin. Ularda bilim, ko'nikma, makaka shakllansin(rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi).
Maktabni tamomlab, istasa, OTM ga hujjat topshirsin, istasa, hunar qilsin.
Maktabda o'rganganlarining hech bo'lmasa 70-80%izini hayotda qo'llay olsin bola(Singapur tizimi)
Bizda aksincha.
Bolaga 100% o'rgatamiz, kamiga imtihon qilib baholaymiz(hech narsani hal qilmasada). Ammo o'qiganlarining yarmini ham hayotga qo'llay olmaydi
Bola maktabda 100% bilim olib ularning 70%izini ham hayotga qo'llay olmaganidan ko'ra, 70%bilim olib, uni 100% hayotda qo'llay olgani ma'qul
Erkinjon Yarashev
"Ta'lim fidokori" ko'krak nishoni sohibi
Tayyorgarliksiz o'tilgan dars 1500so'mlik rolltonga o'xshaydi: qorinni shishiradiyu ammo to'ydirmaydi.
Erkinjon Yarashev
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
#Ватанимиз Мустақиллигининг 34 йиллигига бағишлайман.
(Мустақиллик байрами тантаналарида фойдаланиш учун тавсия)
Ўқи болам, илм ўрган, юртни сев,
Ёруғ эртанг, келажагинг, бахт учун.
Юраккинанг уриб турсин эрта-кеч,
Ватан учун, миллат учун, халқ учун
Томирингда жадидларнинг қони бор,
Ўтмишингда буюкларнинг шони бор,
Бир шоҳ сўзни айтмоқликнинг они бор,
Ватан учун, миллат учун, халқ учун
Ўзбекистон, деса дунё танийди,
Боболарим буни кўрса қанийди,
Такрор-такрор, бирга айтсак арзийди-
Ватан учун, миллат учун, халқ учун
Ҳар қаричи танамдаги мадорим,
Ҳавас қилса арзигулик диёрим,
Бугун энди янграр қалбда шиорим,
Ватан учун, миллат учун, халқ учун
Қаранг дунё бўйлашмоқда биз билан
Ҳар соҳада, ҳам ўғил-у қиз билан,
Сизга айтай дўстим, ёруғ юз билан,
Ватан учун, миллат учун, халқ учун
Боболарнинг дуосида эл бахти,
Шоирларнинг шеърларида юрт мадҳи,
Ҳар ўзбекнинг юрагида бир аҳди-
Ватан учун, миллат учун, халқ учун
Ғалабалар янги бўлди, тонг янги,
Келажакка умид бордир- онг янги,
Юртдошимнинг юрагида бонг янги,
Ватан учун, миллат учун, халқ учун
Эркинжон Ярашев
"Таълим фидокори" кўкрак нишони соҳиби
Зарафшон шаҳри.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
"Axir men o‘qituvchi edim..."
➡️Mamlakatimizda amalga oshirilgan yangi islohotlar jarayonida pedagoglarni majburiy mehnatdan ozod etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu orqali o‘qituvchilarning mehnat huquqlari himoya qilinib, ularni o‘zlarining asosiy vazifasi — taʼlim va tarbiya berishga to‘liq jalb etishga shart-sharoit yaratildi. Mazkur chora-tadbirlar taʼlim sifatini oshirish, o‘qituvchi nufuzini ko‘tarish hamda sohaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qila oldi.
➡️Bu haqda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuvda Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi Rustamjon Soliyev hikoyasini tinglab, yana bir bor guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Янги Ўзбекистон бунёдкори — мамлакат 8 йилда
Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 68 ёшни қаршилади.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
ПРЕЗИДЕНТ ГАПИНИНГ ИСБОТИ
Президентимиз маърузаларидан бирида: “Мен ҳурматли ота-оналарга қарата айтмоқчиман: қизларингизни ўқитинг, орзу-умидларини рўёбга чиқаришларида уларга кўмакчи бўлинг! Улуғларимиз айтганларидек, ўғил болани ўқитсак, бир киши саводли бўлади. Қиз болани ўқитсак, бутун оила, бутун жамият билимли бўлади!,”-деганди.
Давлатимиз раҳбарининг бу таъкидлари нақадар ҳақиқат эканлигини Урганч Давлат Педогогика Институти ректори Феруза Мадрахимова амалда исботлаб берди. Яқинда унга яна бир илмий даража: “Педогогика назарияси.Педогогик таълимотлар тарихи” ихтисослиги бўйича Профессор унвони берилди.
Шунингдек у, ўзи раҳбарлик қилаётган Олий ўқув масканида ўқиётган минглаб қизларнинг ҳам яхши ўқиб бутун жамиятимизни билимли қилишлари учун бор имкониятни, шароитни яратиб бераётганининг гувоҳи бўлмоқдамиз...
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Sinf oluvchi ustozlarga eslatma.
Yarmi hazil, yarmi chin.🤣🤣🤣
Sinf ol. Yaxshi chiqsa xo'p-xo'p. Yomon chiqsa faylasuf bo'lasan.🤣🤣🤣
Sinf olguncha ikki ko'zingni och.
Sinf olgach bittasini yum.🤣🤣🤣
Sinf olasanmi, olmaysanmi baribir pushaymon bo'lasan.🤣🤣🤣
Sinf oldingmi chida. Mushtni mushtga tugib chida. Tishni tishga qoʻyib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.🤣🤣🤣
Sinf olish ham lotoreyadek gap. Faqat unda yutuqsiz chiptani yirtib tashlash imkoni yoʻq.🤣🤣🤣
Sinf rahbar bilan o'quvchining urishi doka roʻmolning qurishi.🤣🤣🤣
Sinfdan kelsa "boylik", turmush bo'lar chiroylik.🤣🤣🤣
Sinf olsang boshidan ol,
Boshidan olmasang, umuman olma.🤣🤣🤣
Sinfi yo'q o'qituvchilar sinfi bor o'qituvchilarni bir yilda bir marta tushlarida ko'rib, xo'rsinib, uxlamay chiqishadi.Bu-- 1-oktyabr.🤣🤣🤣
Sinf rahbar "egiladi", "bukiladi", ammo "sinmaydi".🤣🤣🤣.
Sinf rahbarning urishi un oshi, so'kishi so'k oshi.🤣🤣🤣.
Og'zi qiyshiq bo'lsa ham, sinfi bor gapirsin.🤣🤣🤣.
Maktabga komissiya kelsa, sinfi yo'qqa ne g'am🤣🤣🤣
Sinfingni zavuchga "bepardoz" ko'rsatma🤣🤣🤣
Sinfing kelsa eshikdan, asab ketar kalladan🤣🤣🤣
Sinf rahbarini ko'rib, sinf ol🤣🤣🤣
Sinfi bor qarqaradir,
Sinfi yo'q masxaradir🤣🤣🤣
Qariysan, qartasan, baribir sinf rahbaringga tortasan🤣🤣🤣
Yaxshi sinf tushsa, berdi Xudo.
Yomon sinf tushsa, urdi Xudo🤣🤣🤣
Sinfning to'rt devori bor.
Uning uchtasi zahar, bittasi asal.
Zaharini yutib, asaliga chidasang, marra seniki🤣🤣🤣.
Sinf rahbarini kelganda ko'r.
Sinfini maqtaganda ko'r🤣🤣🤣.
Erkinjon Yarashev
Zarafshon.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Millat taqdiri siyosatshunoslar bilan dumaloq stol atrofida emas.
Sinf xonalaridagi partalarda, oqituvchi va o'quvchilar bilan hal bo'ladi.
Erkinjon Yarashev
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
МИГРАЦИЯДАН ЧЎЧИМАСЛИК КЕРАК
Меҳнат мигрантлари томонидан неча миллиард АҚШ доллари Ўзбекистонга жўнатилган?
Хорижда ўқиётган талабалари сони бўйича Ўзбекистон дунёда нечанчи ўринда?
Дунё бўйича миграция масаласи қандай ҳал қилинаяпти? Шундан Ҳиндистон тажрибаси маъқулми?
Ушбу долзарб саволларга ҳуқуқшунос олим, Юридик фанлари доктори, халқаро ҳуқуқ эксперти ҳамда тажрибали прокурор Қудрат Саъдуллаев қисқа ва аниқ жавоб берибди.
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Давлат ОТМга қабул квоталари тасдиқланди
Президентнинг тегишли фармойиши билан кейинги 4 йиллик ўқув даври учун йўналишлар кесимида олийгоҳларга давлат буюртмаси параметрлари белгиланди. Унга кўра, 2025-2026 йиллар учун бакалавриатга 35 500 нафар, магистратурага эса 9 922 нафар ўрин ажратилди. Қабул квоталари фақат кундузги таълим шакли учун эълон қилинди. Ҳозирча кечки ва масофавий шакллардагиси мавжуд эмас.
👉 https://kun.uz/kr/50919507
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
ХОРАЗМНИНГ ЗИЁКОР ТАДБИРКОРИ
Бу тадбиркорни кўпчилик танимайди. Ҳатто ўзим ҳам. Аммо унинг қурган энг замонавий, кўпқаватли, китобларга лиқ тўла биноларидан жуда кўпчилик беғараз, беминнат ва асосийси бепул фойдаланишади.
Бу тадбиркор дарахтлар ўрнига кўпқаватли уй қуриб сотаман, демади. Савдо дўконлари ёки беш юлдузли, энг қиммат меҳмонхона соламан, демади. Маблағим борида заправка-ю, кўнгилочар масканлар очиб фойдаланиб қоламан, демади. Балки, бутун халқ фойдаланиши учун китоб дўконлари, кўпқаватли кутубхоналар қурди.
Яқинда яна бир кутубхона, адашмасам, тадбиркор томонидан қурилган китоб мажмуаларининг еттинчисининг очилиш маросимида иштирок этдим...
Урганч шаҳрининг қоқ маркази, бир томонида энг йирик “Даритель” савдо мажмуаси, бир томонида Урганч Давлат Университети ва ётоқхонаси жойлашган энг қулай жойда савдо ёки маҳмонхона бизнеси қилмай – кутубхона қуриб, халққа топшириб - зиё тарқатиш ҳамма тадбиркорга эмас...
Мирзабек ЖАПАҚОВ,ҳуқуқшунос журналист.
Ҳеч ўйлаб кўрганмисиз.
Нега миллий таомларимиз, миллий кийимларимиз, миллий ҳунармандчилигимиз, миллий бойлигимиз, миллий урф-одатларимиз, Миллий гвардиямиз, Миллий кутубхонамиз, Миллий Университетимиз, миллий сертификатларимиз бор-у миллий ўқув дастуримиз йўқ.
Наҳотки тизимдаги 1млнга яқин соҳа ходимлари, жойлардаги малака ошириш институтлари 30 йилдан ошиқроқ вақт давомида ҳам Миллий ўқув дастурини яратишмаган.
30 йил бу инсон умри нуқтаи назаридан озмунча вақтмас-мактабдаги уч авлод дегани.
Фин таълими дедик, Сингапур таълими дедик, бошқа дедик.
Ахир фин ёки сингапурлик ўзбекча йиғлашни билмайдику.
Чет эл таълим тизимини ўрганиш, уни соҳада қўллаш ёмон эмас.
Аммо уни Миллий ўқув дастуримиз яратилганидан кейин, музқаймоқ ёки бирор ширинлик каби десерт ўрнида қўлласак яхши бўларди.
Чой яхши нарса.
Аммо у ошдан кейин янада яхши кетади.
Қани биродар, чойдан олинг. Ҳозирча ошимиз йўқ.
Унутманг.
Таълим тизимидаги арзимас хато 10 йилдан кейин билинади.
Уни тузатиш учун эса 100 йиллар ҳам камлик қилади.
Эркинжон Ярашев
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
Мактаб битирувчиларига касб-ҳунар таълими тўғрисида сертификат берилади
Мактабгача ва мактаб таълими вазири ҳамда Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирининг қўшма буйруғи билан умумий ўрта таълим муассасалари битирувчиларини ўрганган касб-ҳунари бўйича амалий имтиҳондан ўтказиш ва уларга электрон сертификат бериш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.
👉 https://kun.uz/kr/63591441
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
KITOBLAR HAQIDA XITOBLAR
1.Kitoblar shunday qudratli kuchki, ular undaydi, majbur qiladi, ishontiradi.
2.Qarang-ki bu dunyoning ibtidosi ham so'z(kitob), intihosi ham so'z(kitob).
3.Kitoblar bizga xohlagan vaqtda, xohlagancha maslahat bera oladi.
4. Bilaman, o'g'rilik yomon illat.Ammo ba'zan o'ylab qolaman: kitob o'g'risini kechirish kerakmikan...
5.Millatning ertasini kitob do'koniga kirgan bolalarda ko'rish mumkin.
6. Kitobsiz koshona uydan, kitoblari bor xaroba uy afzal.
7. Goʻdakning birinchi eshitgan qoʻshigʻi--bu alla. Alla bu --soʻz. Soʻz esa kitoblarda boʻladi.Kishi boqiyga rixlat qilganda ham unga Qur'on tilovat qilinadi. Demakki inson umri kitobdan kitobgacha ekan, uni chiroyli yozaylik.Toki farzandlarimiz uni oʻqishda qiynalishmasin.
8. Insonlar bor, zohiran chiroyli, botinan qashshoq.
Kitoblar bor, faqat muqovasi chiroyli.
9. Yaxshi kitoblar boʻlmaganda odamlar allaqachon bir-birlarini yeb tugatishardi.
10. Hatto qiladigan yaxshi-yomon amallarimiz ham nomai-a'mollarimizga(kitobimizga) yozib boriladi.
11. Farzanding noqobil chiqdimi, xafa boʻlma. U oʻzing yozgan kitobingni oʻzingga oʻqib berayapdi, xolos.
12. Eng yoqimli xarid, kitob sotib olish uchun qilingan xariddir.
13. Yer yuzida bittagina ustoz, bittagina shogird va bittagina kitob qolsa ham yaxshi kunlarga umid bogʻlash mumkin.
14.Quyosh chiqqach, oy soʻnganidek, kitob oʻqigan inson bilan kitob oʻqimagan insonning fikri hech qachon uygʻunlashmaydi.
15. Qizining sepida aqalli bittagina kitob qo'ymagan ona oʻzidek yana bir molparastni tarbiyalabdi.
16. Agar kitob do'konlari supermarketlarday katta va chiroyli boʻlganda edi, yer yuzida urushlar boʻlmasdi.
17. Oilaviy ajrimlarning aksariyati er-xotinda ma'naviyat yetishmasligidan-kitob oʻqimaslikdan kelib chiqadi.
18. Garchi chanqab turgan boʻlsangizda, kitob oʻqib oʻtirgan homilador ayolni chalgʻitmang.
19. Kitob oʻqing. Yoki uni targʻib qiling. Yoxud kitoblarga homiylik qiling. Aminmanki, uchala holatda ham avlodingizdan ziyolilar chiqadi.
20. Agar siz bolangizga bitta kitob olib bersangiz, kun kelib bolangiz sizga Baytullohga chipta olib beradi, Inshoolloh.
21. Qaniydi har bir uyda Alisher Navoiy, Bobur, Cho'lpon, Qodiriy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Chingiz Aytmatov, Tog'ay Murod, Tohir Malik, Usmon Azim, Pushkin, Yesenin, Dotoyevskiy, Kafka, Stendal, Xemenguey... "bo'lsa".
22. Ota-ona, quyosh va kitoblarda bitta umumiylik bor.
Ularda o'zidagi borini boshqalarga beradi-yu evaziga hech narsa so'ramaydi.
23. Bolaligi qiyinchiliklar bilan o'tgan mualliflarning kitoblari "og'ir" yoziladi, "og'ir" o'qiladi.
Bolaligi to'qchilik bilan o'tgan mualliflarning kitoblari "yengil" yoziladi, "yengil" o'qiladi.
Siz "og'ir" kitoblarni o'qing.
24. Kitobxonlar bo'lib, kitoblar yo'qligi fojea emas.
Kitoblar borligi-yu ularni o'qiydigan millatning yo'qligi fojea.
25.-Shuncha kitob o'qib, nima topding?
-O'zimni topdim.
26. Kitob o'qimaydigan kishida shaxsiy fikr bo'lmaydi.
Shaxsiy fikriga ega bo'lmagan kishining quldan farqi yo'q. Qulni esa boshqarish oson. Sizni "boshqarishlarini" istamasangiz kitob o'qing.
27. Sen menga qanday kitoblar o'qishingni ayt.
Men senga kimligingni aytib beraman.
28. Har qanday mahsulot va moddiy boyliklarning amal qilish muddati bor.
Ammo kitoblar bundan mustasno.
29. Kitob o'qishning avvali mashaqqat, o'rtasi kamtarlik, oxiri rohatdir.
30. Xohlasang, qo'y boqib kitob o'qi.
Xohlasang, qahva ichib kitob o'qi.
Ammo, baribir, kitob o'qi.
31. Bolalikda sevib o'qigan kitobingni sevib o'qiy oladigan paytgacha qarimaysan.
32. Dunyoda nonning, onaning, go'dakning va kitobning hudidan ko'ra yaxshiroq hid yo'q.
33. Sen birovdan o'qib turishing uchun kitob so'rasang, ikkilanmay so'ra.
Ammo vaqtida qaytar.
Birov sendan o'qib turish uchun kitobingni so'rasa, ikkilanmay ber.
Ammo vaqti kelsa, indamay qo'ya qol.
Chunki birinchi holda bitta yaxshilik bo'lsa, ikkinchisida o'n karra yaxshilik bor.
34. Ovqat qorinni semirtiradi.
Kitoblar esa miyani
35. Hayotda kitob o'qishdan boshqa hamma narsaning me'yori bor
Erkinjon Yarashev
"Ta'lim fidokori" ko'krak nishoni sohibi
"Ma'rifat" mushtariylari: /channel/marifatmushtariylari
Читать полностью…Касбий Сертификатлаш назорат синовларида иштирок этиш учун мурожаат юбориш давом этмоқда!
7 июлдан бошлаб навбатдан ташқати касбий сертификатлаш синовларида қатнашиш учун мурожаатларни юбориш бошланди.
✅ Хабарингиз бор, Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 12 февралдаги 87-сон қарори билан умумий ўрта таълим ташкилотларида педагог касбига биринчи марта ишга қабул қилинган стажёр-ўқитувчилар ҳамда тегишли тоифага эга бўлмаган педагог кадрлар касбий сертификатлаш синовларига жалб этилади.
➖ 2025 йил 7 июлдан бошлаб Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ҳамда давлат хизматлари марказлари орқали навбатдан ташқари касбий сертификатлаш синовларида қатнашиш учун мурожаатлар қабул қилинишини маълум қиламиз.
❗️Мурожаатларни юбориш 2025 йил 7 август (шу куни ҳам)га қадар давом этади.
✔️ Эслатиб ўтамиз: Касбий сертификатлаш синовларида жорий йилнинг март-июнь ойларида ўтказилган касбий сертификатлаш синовларида етарли балл тўплай олмаган (56 дан кам) ҳамда иштирок этмаган стажёр-ўқитувчилар ҳам ҳужжат топширишлари мумкин.
©️Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги
Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot