boburakmalov | Unsorted

Telegram-канал boburakmalov - BoburAkmalov

67833

Каналда реклама ва эълон бериш учун мурожаат манзили: @Muhammadsalah7 • instagram.com/boburakmalov • twitter.com/BoburAkmalov

Subscribe to a channel

BoburAkmalov

Osiyo öyinlarida işlarimiz yomon emas. Şu vaqtgaça eng yaxşi natijamiz umumiy tasnifda 5-örin bölgan ekan. Bu safar yangilarmiz?!

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

OPPO GOL CHELLENJ
⚽️ 3-HAFTA G'OLIBI
OPPO tashkil etgan chellenjni kuzatib borish davomida, mahallalarda maza qilib yigitlar futbol o'ynayotganini ko'ryapman. G'olib golni tomosha qiling.

Ishtirok etish shartlari OPPOning instagram sahifasida✅
👉 instagram.com/reel/DZX3gwzOL4w/
#oppogolchallenge

Читать полностью…

BoburAkmalov

Mission Impossible!

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Bizning bayramimiz ekan bugun.

Men bu kun dunyoda turli urushlarda, buyurtma asosida va boshqa sabablar bilan, jumladan isroil sionistlari tomonidan o'ldirilgan minglab OAV xodimlarini esladim. Falastinga qarshi genotsid doirasida isroil 2023 yildan buyon 260 dan ziyod OAV vakillarini o'ldirdi. Bu rasman tasdiqlangani, xolos.

Ular orasidagi dindoshlarimni duo qilib qo'yaman. Dunyoda tinchlik bo'lsin. Hech kim urushlarda o'lmasin.

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Keling, kulishamiz umidlashamiz!

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Ertalab hech nimani hal qilmaydigan ahamiyatsiz, ammo prinsipial o'yinni sharhlagandim. O'yin juda qiziqarli o'tdi. Shiddat va jang bo'ldi maydonda. 5 ta gol bo'lgan o'yinning gollaridan bahra oling

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Mundialdagi eng yosh va eng dadil futbolchilardan biri Behruz Karimov yaxshi taassurot qoldiryapti. Yaqin orada unga xaridor chiqib qolsa ajab emas.

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Bosniyalik birodarlarimiz

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Bu galgi podkast 2-tur o'yinlari, Osiyo termalarining mundialdagi ishtiroki, favoritlarning natijalari haqida bo'ldi.

📱To'liq tomosha qilish uchun havola: youtu.be/RASYe5q1LFs

Bosh homiy: 📗 Agrobank
Koʻrsatuv homiysi:
🤩 MediaPark
Koʻrsatuv homiysi:
😀 Flavis

Hammasi futbol haqida — @markaziysektor

Читать полностью…

BoburAkmalov

Premium sifatli HPL panellari namlik, quyosh nurlari, harorat o‘zgarishlari va mexanik ta’sirlarga yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular yillar davomida o‘zining estetik ko‘rinishi va sifatini saqlab qoladi.

✨ Engelberg HPL — arxitektura va dizaynda yangi standart.

Batafsil ma’lumot uchun:
☎️ +998 95 606 33 33
📲 @Engelberg_hpl

✅ Telegram 🌐 Instagram

Читать полностью…

BoburAkmalov

Messi haqida shunaqa debmanmi? Bu — "Mundo Deportivo" nashrining uydirmasi!

Ronaldo (R9)

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Deklan Rays Gana milliy jamoasiga qarshi o'yindan keyingi intervyusida raqib futbolchilari 11 kishi bo'lib himoyalangani haqida gapirdi. Kommentlar esa to'lib ketdi: "o'zingning "Arsenal"ing deyarli butun mavsum shunaqa o'ynadi-ku, bu haqda gapirishga kim qo'yibdi senga!", deya.

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Man Abduqodir va qolgan barcha yigitlarimizga rahmat aytaman hamda g'oyibona bag'rimga bosaman. Man ular kuchli ekaniga va jamoamiz kelajagiga ishonaman. Ular har qanaqasiga маладес!

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Shu 90+ dagi almashtirishlarini tushunmadim, tushunmadim-da shu Fabioning...

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Nayrangiyam ko'p ekan bularning

Читать полностью…

BoburAkmalov

Aybdorni maydondan izlaymizmi yo zaxira o'rindig'idan? Balki ular kabinetlardadir? O'zi aybdor shartmi? Axir birinchi ishtirokimiz-ku!

📱Podkast - youtu.be/W-1XeDrKUgQ

Bosh homiy: 📗 Agrobank
Koʻrsatuv homiysi:
🤩 MediaPark
Koʻrsatuv homiysi:
😀 Flavis

Hammasi futbol haqida — @markaziysektor

Читать полностью…

BoburAkmalov

Коррупцияга қарши янги қонун ва танқидлар остидаги ҳокимлар — ҳафта дайжести

▪️ Коррупционерлар реестри ҳақидаги қонун имзоланди: реестрдаги шахслар давлат ишига кира олмайди.

▪️ Фермерлар яна сўкиш тагида қолмоқда: бир туман ҳокими ҳайфсан олди, иккинчиси бўйича текширув кетяпти.

▪️ Вилоят ҳокимлари ҳам танқидлар нишонида: бири ўқувчиларга, иккинчиси ўқитувчиларга “осилиш”да айбланмоқда.

Ортда қолган ҳафтанинг Ўзбекистон ҳаётига оид айрим янгиликлари - Kun.uz дайжестида.

📹 ВИДЕОШАРҲНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Читать полностью…

BoburAkmalov

"Rostdan" nomli podkast bor ekan. Boshlovchi va muallif Behzod aka chaqirdilar "bir suhbatlashaylik", deya. Mayli, borini gapirishga bo'lsa, gaplashamiz, dedim. Suhbatni ko'rib qo'yarsiz lozim topsangiz:

https://youtu.be/e3Ag7-U4i38?si=N1NUpVCSyX4TLVIO

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

⚽️ Terma jamoamizning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yubormang!

Ertaga tongda, soat 4:30 da O‘zbekiston 🇺🇿 DR Kongo 🇨🇩 bilan Jahon chempionatida maydonga chiqadi.

Eng yorqin futbol lahzalarini Allplay’da jonli efirda tomosha qiling. Telefon, televizor yoki kompyuter orqali o‘yinni istalgan joyda kuzatishingiz mumkin.

Yangi foydalanuvchilar uchun Plus Multi obunasi — 30 kun bepul. Birgalikda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz! ⚽💙

Читать полностью…

BoburAkmalov

Lamin Yamal — u kim? Qanday? Qayerdan? Nega? Nima uchun?

Futboldagi yangi javohir haqida video

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Jurnalist Yurgen Kloppdan Bastian Shvaynshtayger Kot d'Ivuar futbolini "biroz yovvoyi", deb atagani haqida fikrini so'radi. Klopp esa bu savolga javob berishdan bosh tortdi va intervyudan ketib qoldi:

– Yo'q, yo'q, sizda imkoniyat yo'q. Bu savolga javob bermayman. Hammaga shunaqa narsalar yoqadi, shuning uchun siz meni ham shunga tortyapsiz. Ammo hammaga yoqayotgan narsa — mening ishim emas. Bu jiddiy mavzu va men nima deyishni ham bilmayman.

Avvalroq sobiq nemis futbolchisi Bastian Shvaynshtayger Germaniya — Kot d"ivuar o'yinidan oldin ARD kanali o'yinoldi studiyasida yuqoridagi iborani aytgan va ayrinlar tomonidan irqchilikda ayblangandi.

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Eron sardoridan motivatsion nutq: "Faqat yugurib beringlar, bo'ldi!"

Mahdiy Toremiy Belgiyaga qarshi o'yin oldidan jamoadoshlarini qay tarzda ruhlantirgani videosi tarqaldi. Unda "Olimpiakos" forvardi ulardan kuchi boricha yugurib berishni so'rayotgani aks etgan.

"Yugurinlar. Sizlardan boshqa hech narsa xohlamayman.

Agar siz ularni o‘zimizdan kuchliroq deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz ham, men baribir bitta narsani so‘rayman: yuguring.

10 daqiqami, 60 daqiqami, 90 daqiqami — farqi yo‘q. Maydonda faqat yuguring. Kim yugura olmasa, kim bunga tayyor bo‘lmasa, hoziroq chiqib ketsin.
Miyangizdan qo‘rquvni chiqarib tashlang. Allohga qasam, agar qo‘rqsangiz, katta o‘yinchilar sizni jazolaydi. Ular sizni bosadi, sindiradi, xato qilishga majbur qiladi.

Yalla, yalla, yalla!

Xato qilsangiz ham, noto‘g‘ri pas bersangiz ham, bosim ostida qolsangiz ham, to‘xtamang. Kurashing, bosim qiling, yuguring, energiya bering.

Ular ham odam. Ular ham charchaydi. Ular ham bosimni his qiladi.

Mening yuragimni eng og‘ritgan narsa nima bilasizmi? Ularning hammasi “biz Eronni katta hisobda, gol farqi bilan yutishimiz kerak” deb gapirdi.

Ya’ni ular bu yerga bizni hurmat qilish uchun emas, bizni kamsitish uchun kelishyapti.

Lekin bu yerda bunday bo‘lmaydi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz.

Bugun maydonda alohida-alohida o‘yinchi bo‘lmaymiz.

Bitta jamoa bo‘lamiz.

Bir yurak kabi o‘ynaymiz!


@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Bugun 21:10 dan boshlab dardlashaylik...

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Har bir sharhlovchining "Oltin fond"dan joy oladigan sharhlari bo'ladi. Mana shu joyida Dima Shnyakin shedevral sharhlavoribdi. Shu iboralari bilan u tarixda qoladi.

"Bu – to'pga teginmasdan golli pas berish. Bu – fikr bilan pas berish. Bu – yuksak maqomi ila pas bermoqdir!"

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Jud Bellingem:

— Men o'yinning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq emasdim. Uni ganaliklardan kimgadir berish kerak edi.

***
Kamtarlikni qarang!

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

ЖЧ-2026. Бугундан 3-тур баҳсларига старт берилади. Ҳар куни 3 тадан гуруҳлар ўйинлар ўтказилади. Бир гуруҳдаги сўнгги тур учрашувлар бир вақтда бошланади.

Хўш, бугун кимга мухлислик қиламиз? "А" ва "В" гуруҳидаги бугунги баҳслар биз учун катта аҳамиятга эга. Чунки, ушбу гуруҳларда бизни қониқтирадиган ҳисоблар қайд этилиши мумкин.

"А" ГУРУҲИ
1. Мексика — 6 очко
2. Жанубий Корея — 3
3. Чехия — 1
4. ЖАР — 1

3-тур ўйинлари. 25.06.2026 й. 06:00
Чехия - Мексика
ЖАР - Жанубий Корея

"А" гуруҳида 3 ва 4-ўринни эгаллаб турган жамоалар — Чехия ва ЖАР жамоалари бугун ғалаба қозонмаслиги керак. Мезбон Мексика плей-офф йўлланмасини нақд қилган бўлса-да, жамоа ўз мезбонлар кўз олдида Чехияга ютқазиб қўймаса керак.

Корея учун ЖАРга қарши ўйинда камида дуранг натижа жуда зарур. Шунинг учун жамоа Жанубий Африка қарши ўйинда ютқазмаслик учун жанговар ўйин кўрсатишига ишонсак бўлади.

"А" гуруҳида мухлислик қиламиз: Мексика ва Жанубий Кореяга.

"B" ГУРУҲИ
1. Канада — 4
2. Швейцария — 4
3. Босния-Герцеговина — 1
4. Қатар — 1

3-тур. 24.06.2026 23:59
Швейцария - Канада
Босния-Герцеговина - Қатар

"В" гуруҳида етакчиларнинг ўзаро ўйини биз учун аҳамиятга эга эмас. Босния-Герцеговина - Қатар баҳсида эса ДУРАНГ кутиб қоламиз. Қатар буни эплай олармикин? Қийин бўлади, аммо қитъадошларимиздан дуранг кутиб қоламиз.

"В" гуруҳида мухлислик қиламиз: Босния-Герцеговина - Қатар учрашувида дуранг қайд этилишига.

Агар "А" ва "В" гуруҳларида биз кутган натижалар қайд этилса, биз кутаётган "режа"нинг 50 фоизи бажарилади.

Қолган гуруҳлардаги 3-тур ўйинларини эрта ва индинга таҳлил қиламиз.

👉⚽️@futbol_qoidalar

Читать полностью…

BoburAkmalov

EMAS OSON BU MAYDON ICHRA TURMOQ!

Haybarakallachilarga tarsaki o'laroq yakunlangan, bizning ham qaynoq qonimizni sovutib, hovurimizdan tushirib, reallikka yuz burishimizga sabab bo'lgan o'yin haqida ro'y-rost gaplar.

📱Havola: youtu.be/EGWbWwMdrWo

Bosh homiy: 📗 Agrobank
Koʻrsatuv homiysi:
🤩 MediaPark
Koʻrsatuv homiysi:
😀 Flavis

Hammasi futbol haqida — @markaziysektor

Читать полностью…

BoburAkmalov

Joy yo'q, deb qo'yaqolinglar!🙃

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Hadeb maydon o'yinchisi chiqaravermay, yaxshi darvozabonlar ham tarbiyalanglar, murabbiylar.

@boburakmalov

Читать полностью…

BoburAkmalov

Hunariyam ko'p ekan bularning

Читать полностью…
Subscribe to a channel