O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №172 mutolaa uchun Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 15-aprel, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
Bunga sabab shuki, uning uchun gilam rasmi, devor, to‘siq, g‘ovga terilgan toshlar a’lo va mukammal darajada tartib berilgan harflardan tuzilgan eng go‘zal sahifa o‘rnini bemalol bosa oladi. Alifbo harflari bitilgan varaq uning uchun birdan-bir, yagona kitobga aylanishi ham mumkin.
Ha, shunday, bu oxirgi bosqichdagi kitobxon ortiq kitobxon emas. Unga Gyote bir pul, Shekspir ham chikora. Ana shu so‘nggi darajadagi kitobxon endi, umuman, kitob o‘qimaydi. Ha-da, kitob unga ne darkor? Axir, butun olam uning o‘zida mujassam emasmi?
Uchinchi guruhda uzoq to‘xtab qolgan odam kim bo‘lmasin, ortiq kitob o‘qimay qo‘yar edi. Ammo, unda hech kim uzoq turib qolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, harholda, kimki mana shu uchinchi bosqich bilan tanish emas ekan, yomon, xom, g‘o‘r, dumbul kitobxondir. Chunki u dunyoning butun poeziyasi va butun falsafasi o‘zida mujassam ekanligini bilmaydi, zero, eng buyuk shoir ham har birimizda mavjud o‘sha pinhoniy sarchashmadan ulgi oladi, axir. Hayotingda aqalli bir martagina mayli, faqat bir kunga uchinchi – bosqichda bir bo‘lgin – ana keyin (ortingga yengil qaytib), mavjud barcha bitiklarning ancha durust o‘quvchisiga, tinglovchisiga va sharhlovchisiga aylanasan. Shu bosqichda atigi bir martagina bo‘lib ko‘rgin, shunda sen uchun yo‘l bo‘yida yotgan tosh ham Gyote yoki Tolstoy qadar ma’no kasb etadi, – so‘ngra sen Gyote, Tolstoy va boshqa barcha yozuvchilardan beqiyos ulkan ma’no-mazmun, ilgarigidan ham ko‘ra ko‘proq shira-sharbat va asal olasan, hayotga va o‘z-o‘zingga ishonching yana-da ortadi. Negaki, Gyote asarlari, bu – Gyote emas, Dostoyevskiy jildlari, bu – Dostoyevskiy emas, bu – ularning urinishlari, o‘zlari markazida turgan dunyoning ko‘povozliligi va ko‘pma’noliligini bosish, pasaytirish yo‘lidagi, hech qachon oxiriga yetmaydigan umidsiz, tushkun urinishlari, xolos.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
Qozoqboy Yoʻldoshevning "Soʻz yolqini" kitobi sotiladi.
Til va lingvistika. Tanqid.
50 ming so‘mdan.
Murojaat uchun: +998974085234
@Qurbonova_M
Kitob mutolaasi haqida (davomi)
Inson tarbiyasiga emas, tabiatiga amal qildi deguncha, bolaga aylanadi va buyumlarni o‘ynay boshlaydi. Shunda non yerosti yo‘li qazilgan toqqa, ko‘rpa esa g‘orga yoki qor bosgan dalaga aylanadi. Shunday bolalarga xos soddalikdan va bu o‘yinchi dahodan ikkinchi turdagi kitobxonga nimadir yuqadi. Bu o‘quvchi asar mazmuni yoki shaklini qanchalik qadrlasa, uning haqiqiy, yanada muhimroq qadr-qimmatini ham shunchalik yuqori baholaydi. Bu kitobxon bolalarga o‘xshab, har bir narsaning ehtimol o‘n yoki yuz mazmun-mohiyati, ahamiyati va qadr-qimmati borligini yaxshi biladi. Mazkur o‘quvchi, masalan, yozuvchi yoki faylasufning voqea, hodisalar, narsalarga nisbatan o‘z bahosini o‘z-o‘ziga yoxud kitobxonga majburan qabul qildirishga urinayotganini kuzata borib, jilmayib qo‘yishi hamda muallifning erkinligi va asossizligi bo‘lib ko‘rinayotgan narsa aslida sustkashlik va majburlashdan boshqa narsa emasligini payqab olishi mumkin. Bu kitobxon professor-adabiyotshunoslar va adabiyot munaqqidlariga ko‘pincha butunlay noma’lumligicha qoladigan jihatni: mazmun va shaklning erkin tanlovi degan tuturiqsiz gapning mutlaqo mavjud emasligini ham yaxshi biladi. Ya’ni, adabiyot tarixchisi, Shiller falon yili falon syujetni tanlab olib, uni besh bo‘g‘inli yamb (vazn) orqali ifodalashga ahd qilgan, deydi. Kitobxon esa na syujet, na yamb shoirning erkin tanloviga sabab emasligini, unga rohat bag‘ishlagan yagona narsa – shoir syujetni nima qilishi emas, balki syujet shoir bilan nimalar qilganini ko‘rish istagidir.
Shu xildagi fikrga kelganda, estetik deb ataladigan qadriyatlar deyarli butunlay o‘z qimmatini yo‘qotadi va aynan har qanday xato, kamchilik va nomukammalliklar ulkan jozibadorlik kasb etishi mumkin. Chunki bunday kitobxon yozuvchi ketidan izvoshchiga ergashgan otga o‘xshab emas, balki o‘ljaning iziga tushgan ovchidek boradi va poetik erkinlik bo‘lib ko‘rinayotgan narsa tomon nogoh tashlangan nazar, shoirning sustligi va zo‘rakiligini payqagan nigoh, soz texnika hamda nafis so‘z san’atining barcha go‘zalliklaridan ham ko‘ra ko‘proq zavq-shavq, shodlikka noil bo‘lmog‘i mumkin.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
📓 "Fozil odamlar shahri"
👤 Abu Nasr Farobiy
⚖ 5.1 MB
🔎 PDF
📄 100 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Oy_tavsiyalari
Aprel oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari
• Diniy-ma'rifiy:
📓 "Kimyoi saodat" (Abu Homid G'azzoliy)
• Jahon adabiyoti:
📓 "Jeyn Eyr" (Sharlotta Bronte)
• O‘zbek adabiyoti:
📓 "Halqa" (Akrom Malik)
• Biografik:
📓 "Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan" (Dunkan Klark)
• Shaxsiy rivojlanish:
📓 "Savdogarlar ustozi" (Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li)
• Mumtoz:
📓 "Fozil odamlar shahri" (Abu Nasr Farobiy)
• Tarix:
📓 "Buyuk Temur" (Yevgeniy Berezikov)
• Ilmiy-ommabop:
📓 "G'oyam" (Najmiddin Erbaqon)
📚 @e_kutubxona
📓 "Kimyoi saodat"
👤 Abu Homid G‘azzoliy
⚖ 1.5 MB
🔎 PDF
📄 233 sahifa
Asrlar davomida "Hujjatul Islom" deb ulug'lanib kelayotgan muallifning ko'p qismdan iborat, g'oyat keng qamrovli mashhur "Ihyou ulmiddin" asarining muxtasar mazmuni o'laroq yaratilgan ushbu kitobda o'sha jarayonda insonning abadiy barhayot ruxi, unga asosiy ko'makchi bo'lmish akdi qanday ishtirok etishi ishonchli misollar yordamida ko'rsagib berilgan. Ular tanadagi har bir a'zoni, his-tuyg'u va sezgini qay tariqa boshqarishi qiziqarli dalillar bilan isbotlanib, odamlar orasidagi munosabatlar zamirida ayni shu omillar yotishi xususida bizning ongu shuurimiz, tafakkurimizga kuchli ozuvqa berguchi g'oyat teran, keng mulohaza yuritilgan.
📚 @e_kutubxona
Kitob mutolaasi haqida (davomi)
Agar har bir o‘qilgan kitob quvonch va alam, shijoat hamda ruhiy tazarru olib kelmasa, jahon adabiyoti tarixini bilishdan ma’no yo‘q. Fikr-mulohaza qilmasdan o‘qish – xushmanzara tabiat qo‘ynida ko‘zni bog‘lab yurmoq demak. Biz o‘zimizni va turmushimizni unutish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun o‘qishimiz kerak. Kitobga dimog‘dor o‘qituvchiga qaragan qo‘rqoq o‘quvchi singari emas, balki eng baland cho‘qqini zabt etmoqqa shaylangan shiddatkor alpinist kabi yondashmoq talab etiladi.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
Bepulga qalam tebratishni bas qiling
Kitobxonlarning koʻpchiligi ijodkor ham boʻladi, yaʼni baʼzida kayfiyat uchun oʻzi qalam tebratib turadi. Oʻzlarining shaxsiy bloglarini yuritadigan obunachilarimiz ham yoʻq emas.
Ammo tasavvur qiling, yozganlaringiz uchun sizga pul toʻlansa. Uyda oʻtirib, kompyuter yoki telefonda matn yozib, pul topsangiz, qiziqmi?
Buning uchun kompaniyalarning reklama matnlarini, saytlardagi maqolalarni, Telegramdagi postlarni yozishni oʻrganishingiz kerak. Bunday mutaxassis KOPIRAYTER deyiladi.
Ammo maslahatim, bu sohaga shunchaki kirib kelavermang, oʻzingizga ustoz toping va sohaning yoʻl-yoʻriqlarini oʻrganing.
Bu borada matnlar bilan ishlash boʻyicha 8 yillik tajribaga ega mutaxassis, @xatoliklar Telegram-kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayevga shogird tushishni tavsiya qilaman. Ayni damda ularning «Toʻgʻri kopirayting» kursi uchun kattagina chegirma ham ketyapti.
Agar siz:
▪️ aqliy mehnatni maʼqul koʻrsangiz;
▪️ noutbuk (yoki telefon) va internetingiz boʻlsa;
▪️ sotuv matnlarini yozish orqali pul topishni istasangiz
— @Copywriting_Support'ga murojaat qiling va KOPIRAYTING sohasi haqida batafsil maʼlumot oling.
Kurs asl narxi: 650 000 soʻm ❌
Chegirmadagi narx: 430 000 soʻm ✅
Kursga yozilish: @Copywriting_Support
Kitob mutolaasi haqida (davomi)
Shunchaki o‘qish, bu – diqqatni to‘plashga majbur etuvchi mashg‘ulot va ovunish uchungina o‘qish, o‘z-o‘zini aldash. Loqayd kishilar uchun, umuman, biror narsadan ovunishning hojati yo‘q. Aksincha, ular hamma joyda diqqat-e’tiborli bo‘lishlari, qayerda nima ish bilan shug‘ullanishmasin, nima haqda fikr yuritishlaridan qat’i nazar, o‘zlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.
Hayot qisqa, uning poyonida hech kimdan o‘qilgan kitoblar soni so‘ralmaydi. Foydasi yo‘q ekan, o‘qishga vaqt sarflash aqllilik belgisi emas, aksincha, koni ziyon emasmikin? Men bu o‘rinda faqat yomon kitoblarni emas, avvalambor “sifatli mutolaa”ni nazarda tutayapman. Hayotda bosgan har bir qadaming kabi o‘qishdan ham biron natija kutiladi. Mutolaadan yangi kuch-g‘ayrat olmoq uchun avval kuch sarf etmoq, yanada yaxshi tushunmoq uchun oldin o‘zingni “yo‘qotmoq” kerak.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
Kitob mutolaasi haqida
Ko‘pchilik, afsuski, kitob o‘qishni bilmaydi va ko‘p kishilar nima uchun o‘qiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Ba’zilar buni savodli bo‘lishning qiyin, biroq yagona yo‘li, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini “o‘qimishli” qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa o‘qish, bu – dam olish, shunchaki vaqtni o‘tkazish va ularga nimani (maqola, roman, she’r, xabar va hokazo) o‘qish baribir, zerikarli bo‘lmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt o‘tkazishni istagan va “o‘qimishli” bo‘lish haqidagina qayg‘uradigan o‘quvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir noma’lum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga o‘xshaydi, ya’ni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib ko‘ra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi o‘zi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy ta’sir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin?
Albatta, biz mualliflarga odamlar ko‘p mutolaa qilishlari yoqadi. Muallifning kitobxonlar haddan tashqari ko‘p kitob o‘qishlariga e’tibor qaratishi u qadar to‘g‘ri emas. Chunki mingta loqayd o‘quvchidan o‘nta yaxshi kitobxon afzal. Shu bois, bemalol ta’kidlayman, hamma joyda haddan tashqari ko‘p mutolaa qilishadi va bu – adabiyot uchun obro‘ emas, balki ziyon keltiradi, xolos. Kitob mustaqil bo‘lmagan kishilarni yana ham ma’naviy zaiflashtirish uchun yozilmaydi, bundan tashqari, undan ba’zan noqobil odamlarga arzon-garov manzara hamda osongina o‘zgartirilgan hayotni ko‘rsatish uchun ham foydalanishadi. Kitoblar insonni hayotga yo‘llagandagina, unga xizmat qilgandagina foydali. Agar kitob o‘quvchiga oz bo‘lsa-da, kuch-g‘ayrat, shijoat, ma’naviy poklik baxsh etmasa, mutolaa uchun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar qolaveradi.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
Meni kitoblar juda ham jalb qiladi. Ular men uchun ayollardan ham fitnaliroq. Begona ayollardan bir amallab saqlanishim mumkin, ammo begona kitoblardan o‘zimni tiyishimning iloji yo‘q!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
Ramazon'ga oid kitoblar mundarijasi:
📓 Ramazon hikmatlari
📓 Imom G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ro‘za sirlari kitobi (PDF)
📓 Imom G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ro‘za sirlari kitobi (APK)
📓 Ro‘za kitobi (PDF)
📓 Ro‘za kitobi (APK)
📓 Ro‘za oyida taomlanish (APK)
📓 Imom Buxoriy, Imom Muslim. Ro'za kitobi (APK)
📓 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ramazon va Ro'za (APK)
📓 Mahmud As’ad Jo’shon. Ramazon va taqvo (PDF)
📓 Mahmud As’ad Jo’shon. Ramazon va taqvo (APK)
📓 Ramazon oylarida yuz bergan muhim voqealar (PDF)
💿 Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mo‘minning qalqoni. Mufassal ro‘za kitobi (Audio)
📚 @e_kutubxona
#Hikmatlar #Gyote
• Faqat buyuk insongina insoniyatga xizmat qiladi.
• Go‘zal ayollarni ortiqcha sarf-xarajatlarga o‘rgatmaslik zarur, aks holda ularni tiyib bo‘lmaydi.
• Har bir kimsa tug‘ma qobiliyatiga mos, qo‘lidan kelgan hunari bilan shug‘ullansa va boshqalarning ishiga xalaqit bermasa, juda oqilona ish bo‘lur edi. Etikdo‘z poyabzal tiksin, dehqon omoch tortsin, hukmdor xalq manfaatini ko‘zlab boshqarsin.
• Daraxtda aynan bir xildagi ikkita bargni topib bo‘lmaydi deyishadi, shunga o‘xshash, minglab kishilar orasida fikrlash tarzi aynan bir xil bo‘lgan ikki odamni topish ham dushvor.
• Muhabbat ideal tushuncha, er-xotinlik esa real tushuncha: real tushunchaning ideal tushuncha bilan aralashib ketishi hech qachon jazosiz qolmaydi.
• Inson qancha teran va jiddiy fikrlasa, keng omma orasida unga shuncha qiyin bo‘ladi.
• Millionlab o‘quvchiga ega bo‘lishni umid qilmagan yozuvchi biron satr ham yozmasligi lozim.
• Har kim nima uchun tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha yumush bilan shug‘ullanishi eng oqilona yechimdir.
- Gyote. "Hikmatlar"
📚 @e_kutubxona
Ziyoli odam kim?
Ziyoli odam haqida gapirishdan oldin Ziyo ahlining namoyandalaridan boshlash to‘g‘ri kelyapti. Ziyolilik komil andozalarini aniqlashtirib olgach, shaxsning o‘z zamoni, makoni va imkoniyatidan kelib chiqa oladigan ziyolilik haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
Ziyoning komil ahli
1. Ziyoning komil ahli - payg‘ambarlardir. Ular ifoda etgan Ziyo bu bevosita Yaratgan Zotdan kelgan Haqiqatdir. Payg‘ambarlar Xudoning topshirig‘i bilan yetkazish kerak bo‘lgan narsani yetkazar edilar.
Payg‘ambarlarning ayrimlari to‘g‘ridan to‘g‘ri podshoxlarga da’vat bilan chiqishdi, ayrimlari podshoxga vazir bo‘ldi, qaysilaridir podshoxlik ham qildi, boshqalari zodagon yo‘lboshchilarni haqqa chaqirgan bo‘lsa, yana boshqalari oddiy odamlar ichida bo‘ldi.
Payg‘ambarlar o‘z risolatlarini ado etishdi. Bu yo‘lda qo‘rquv va shahvatlarni chetga surib, o‘z burchlarini ado etdilar. Payg‘ambarlar zo‘ravon hukmdorlar va johil olomon injiqliklariga bo‘yso‘nmaydigan shaxslar edi. Allohning salomi va salovotlari bo‘lsin barcha payg‘ambarlarga.
2. Muqaddas Kitoblardan payg‘ambar bo‘lmagan ammo payg‘ambarlar keltirgan haqiqatlar uchun jonbozlik qilgan odamlar haqida xabarlar bor, bular: siddiqlar, shahidlar va solihlar. Alloh ulardan rozi bo‘lsin.
Endi xalqlar ichidan chiqqan turli ziyolilar misollarini keltiramiz (Oydinlar, intellektuallar, intelligenisiya)
• Haqiqat va adolat nisbiy narsalar emasligini o‘z xalqiga uqtirmoqchi bo‘lgan suqrotlar;
• Adolatli davlatni hikmat va aql bilan barpo qilishga ishongan nizomulmulklar;
• Hukmdorlar oddiy xalq bilan bo‘lishi lozimligini uqtirgan makiavellilar;
• Xalqini istiqlolga yetaklagan gandilar;
• Xalqni jaholat botqog‘idan olib chiqqan jadidlar;
• Mustabid tuzumni ochiq inkor qilgan antifashistlar va dissidentlar;
• Mazlumlar huquqlari uchun kurashgan martin-lyuter-kinglar va malkolm ikslar... va hokazolar...
Ziyo ahlining risolat va umuminsoniy toifalarini birlashtiruvchi sifatlarida to‘xtalaman:
1. Erkin tafakkurga ega bo‘lish;
2. Vijdon amri bilan ish tutish;
3. Haqiqat va adolatni oliy qadriyat deb bilish;
4. Aql va irodani mana shu qadriyatlarga bo‘yso‘ndirish;
5. Zulmga qarshi turish, zulmni hech qaysi tarafdan qo‘llamaslik;
6. Mazlumlar taraf bo‘lish va mazlumlar tarafini quvvatlash;
7. Odamlarga fikriy va amaliy o‘rnak ko‘rsatadigan murabbiy bo‘lish;
8. Yaqinlari, omma va hukumdorlarga yoqimsiz ko‘rinsa ham haqiqatni aytish;
9. Muammolar asosiy sabablari va yechimlarini ko‘ra bilish va e’tiborni shunga qaratish.
Kimdir ziyoli deb bu o‘z sohasi eksperti bo‘lgan, kasbi bilan foyda keltirdiganlar deb aytdi. Bu fikrga qo‘shila olmayman. Mutaxassis bo‘lish har qanday odam uchun amaliy va fikriy quvvatni ta’minlaydi. Ammo unutmaslik kerakki, bu quvvatni behudaga isrof qilish va xatto zulmga ishlatishi ham mumkin. Bunga ko‘p misollarni bilamiz. Mutaxassis yo olimda zehniy imkoniyatlari kengroq bo‘ladi va shuning uchun uning harakatlari samaraliroq bo‘lishi mumkin, natijasi ko‘proq seziladi. Ammo adolatsizlikka befarq bo‘lsa, haqiqatni oliy tutmasa, Ziyo yo‘lida harakat qilmasa, u shunchaki bilimdon mutaxassis, ziyoli emas.
- Jamshid Muslimov
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Hech qaysi hukumat jamiyat yoki madaniyatni saqlab qola olmaydi; buni faqat xalqning o‘zi amalga oshirishi mumkin. Sharti shuki, hukumat va parlament unga yordam bersin (to‘sqinlik qilmasin va ziyon yetkazmasin).
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
Kitob mutolaasi haqida (davomi)
Yana yo‘limizda davom etamiz va uchinchi – oxirgi tipdagi kitobxonga duch kelamiz. Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlaymiz, hech kim, hech qaysi birimiz u yoki bu toifada muqim, abadiy qolib ketishga majbur emasmiz, zotan, har birimiz bugun ikkinchi, ertaga uchinchi, indin esa yana birinchi guruhga mansub bo‘lmog‘imiz ham mumkin. Shunday qilib, endi nihoyat, uchinchi – so‘nggi bosqich haqida so‘z yuritamiz.
Uchinchi turdagi kitobxon zohiran “yaxshi” deb nom olgan o‘quvchining butunlay teskarisidir. Bu kitobxon shu darajaga yetgan shaxski, u hech kimga o‘xshamaydi. U – o‘z mutolaa saltanatida mutlaq hokim, hukamo, hukmdor. Kitobdan u na ma’rifat izlaydi, na vaqtichog‘lik. Kitobdan – bu yorug‘ olamda qolgan boshqa har qanaqangi narsa kabi – faqatgina boshlanish, yo‘nalish nuqtasi sifatida, istak, niyat, mayl sifatida foydalanadi. Unga aslida nima o‘qishning farqi yo‘q. U biror faylasufning asarini unga ishonib, ta’limotini o‘rganib olmoq yoki uni tanqid qilib, unga qarshi harakat qilmoq uchun o‘qimaydi, biron-bir shoirni dunyoning qanday yaralganini tushuntirib berishi uchun mutolaa qilmaydi. Yo‘q, u hamma narsani o‘zi tushunadi, o‘zi anglay oladi. U, ta’bir joiz bo‘lsa, komil inson. U hamma narsa bilan o‘ynasha oladi: muayyan bir nuqtai nazar; qarash; fikr; tasavvur. Hamma narsani o‘yinga aylantirishdan ham ko‘ra foydaliroq va samaraliroq boshqa hech narsaga hojat qolmaydi. Agar bunday o‘quvchi kitobdan biron-bir sentensiya, ya’ni hikmatli so‘z, dono gap, hikmat topib olsa, eng avvalo, topilmaning astar-avrasini ag‘daradi. U azal-azaldan biladiki, har qanday haqiqatlarni inkor etish asl haqiqatdir. U ma’naviyat sohasidagi har qanday fikr, qarash, nuqtai nazar qutb ekanligini va unga qarama-qarshi xuddi shunday zo‘r qutb ham mavjud ekanini azaldan yaxshi biladi. U yosh bolaga o‘xshab, assosiativ tafakkurni yetarli darajada qadrlaydi, biroq u boshqa narsalarni ham biladi. Shunday qilib, mazkur kitobxon yoki, to‘g‘rirog‘i, shu guruhga mansub har birimiz ham duch kelgan narsani – roman, grammatika, yo‘l qatnovi jadvali, bosmaxona namunalarini va boshqa har qanday narsani o‘qiyverishimiz mumkin. Fantaziyamiz va assosiativ qobiliyatimiz munosib darajada bo‘lgan paytda ham biz baribir qog‘ozdagi bitiklarni o‘qimayotgan, lekin shu asnoda o‘qiganlarimizdan bizga yog‘ilib turgan nurafshon yog‘dular, istak, niyat va mayllar oqimida suzayotgan bo‘lamiz. Ular sahifalar, matnlar bag‘ridan, shu bilan birga, bosma harflar terilgan ustunchalarda ham ko‘rinishi mumkin. Hattoki, gazetada bosilgan e’lon ham yangilik. Eng baxt-omadli, tantanavor fikr mutlaqo jonsiz so‘z zamiridan kelib chiqsa ham ajab emas, negaki, undagi harflarni, xuddi mozaikaga o‘xshab, dam bundoq, dam undoq aylantirib ko‘raverish ham joiz. Bunday holatlarda hatto Qizil Shapkacha haqidagi ertakni qandaydir kosmogoniya yoki falsafa yoxud go‘zal ishqiy poeziya yanglig‘ mutolaa qilish durust. Allaqanday sigara qutisidagi “Colorado maduro” degan yozuvni shunchaki o‘qib, ushbu so‘zlar, harflar va tovushlar o‘yiniga berilib ketgach, ilm, xotira va tafakkurning barcha yuzta saltanati bo‘ylab, yurakdagi orzuga aylangan olis sayohatga otlanmoq ham mumkin.
Biroq shu o‘rinda – mutolaa ham shunaqa bo‘ladimi? – deya meni yozg‘irishlari tabiiy. Xo‘sh, aytaylik, Gyoteni o‘qiyotib, Gyotening niyat, maqsad, o‘y va fikrlarini uqish, idrok etish va chuqur anglash o‘rniga o‘zini go‘yo qandaydir e’lonni yoki bo‘lmasam, tasodifiy terilgan harflar uyumini tomosha qilayotgandek tutadigan odamni, umuman, kitobxon deb atab bo‘ladimi? Mutolaaning so‘nggi – uchinchi darajasi deb ataganimiz aslida kitobxonlikning eng past, eng bachkana, eng varvarlarcha turi emasmikin mabodo? Bunday o‘quvchidan Hyolderlin musiqasi, Lenau ehtirosi, Stendal irodasi, Shekspir teranligi qayoqqa ham qochib qutula olarkin? Nimayam derdim, yozg‘irgan kishi haq. Uchinchi toifadagi kitobxon – mutlaqo kitobxon emas. Mazkur guruhda uzoq qolib ketadigan odam oxir-oqibat kitob o‘qishni yig‘ishtirib qo‘yadi.
(Bo‘lajak) Elitar qatlam vakillari uchun munosib tanlov
📚 @e_kutubxona
🇹🇷Turk tili tez va Oson🇹🇷
Hamma magistratura va doktorantura uchun sertifikatli bölayotgan bir paytda siz haliyam öylab ötiribsizmi?
İkkilanmang, biz bilan 2-tilni mukammal örganib sertifikatga ega böling!
💁🏼♀️Bizning darslarimizda:
-Siz A1 dan B2 darajaga qadar Turk tilini örganib borasiz;✅
-Har bir bölimdan söng ichki imtihondan ötasiz;✅
-Siz bilan A2 daraja bosqichidan boshlab öqish, yozish, tinglash va sözlashuv qobiliyatlari ustida ishlanadi. Bunday usul hozirda deyarli hech kimda yöq. 🤫Agar qattiq harakat qilsangiz tezroq natija olishingiz mumkin;✅
-Darslar haftada 4 marotaba bölib ötadi. 3kun dars + 1kun suhbat klubi quriladi. Ya’ni siz Turk tilida tezroq sözlasha boshlaysiz;✅
-Darslar tanlovingizga köra guruh (250ming) yoki individual tarzda (2ta odam olinadi 500ming) tashkil etiladi.✅
Öqituvchi Turk tilidan C1 darajadagi 2ta sertifikatga ega⬇️
darsga yoziling, guruh ochildi ➡️➡️➡️ @pray_always
Kanal: @turkdili_online1
#Kitob_koʻrgazmasi
6-7-aprel kunlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Hazrati Imom majmuasi maydonida ochiq osmon ostida “Kitob - kamolot kaliti” xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkaziladi.
Ramazon oyi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazmada yurtimizdagi va xorijdagi 30 dan ortiq nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob do‘konlari ishtirok etishadi.
Shuningdek, taniqli yozuvchilar bilan ma’rifiy suhbat, mashhur adiblar bilan uchrashuv, xattotlik bo‘yicha mahorat darslari hamda tarixiy fotosuratlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.
Kitoblar ko‘rgazmasida barchangizni kutib qolamiz!
📋 6-7-aprel, 10:00 - 21:00
🕌 Manzil: Toshkent shahar, Hazrati Imom majmuasi
📚 @e_kutubxona
Kitob mutolaasi haqida (davomi)
Kitobxonlarning uch turi: SODDA KITOBXON
Har qanday kishi ham atrofidagi odamlarni yoshligida o‘zi uchun muhim xarakterlar bilan o‘zaro o‘xshashligiga qarab, ko‘pincha g‘ayrishuuriy bir tarzda guruhlarga bo‘lib chiqishi tabiiy. Bunday bo‘linishlar, qanchalik jozibali va yoqimli bo‘lmasin, sof shaxsiy tajribaga yoki qandaydir ilmiy tipologiyaga asoslanishidan qat’i nazar, har qanday odamda ham har qaysi turga xos xususiyat, belgilar va o‘ta qarama-qarshi xarakterlar hamda mizojlar, bir-biri bilan o‘zaro almashinib turadigan holatlar yanglig‘, har bir alohida shaxsda uchrashi mumkinligini ta’kidlab, tajribaning yangi kesimini belgilab olish ba’zan o‘rinli va samarali bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, men quyida kitobxonlarning uch turi yoki boshqacha qilib aytganda, uch darajasi xususida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Albatta, bu bilan kamina kitobxonlarning butun dunyosi uzil-kesil mana shu uch toifaga bo‘linadi, demoqchi emasman. Zero, har birimiz o‘z shaxsiy hayotimizning turli davrlarida goh u, goh bu guruhlarga mansub bo‘lishimizga to‘g‘ri kelishini ham unutmasligimiz lozim.
Shunga ko‘ra, eng avvalo, sodda kitobxonni olib ko‘raylik. Har birimiz ham dam-badam ana shunday o‘quvchi qiyofasida namoyon bo‘lib turamiz. Bunday kitobxonlar – hindular haqidagi kitobchani o‘qiyotgan bolakay yo graf ayol hayoti to‘g‘risida hikoya qiluvchi romanni mutolaa qilayotgan oqsoch yoki Shopenhauerni o‘rganishga kirishgan talaba – barchasi, ovqatni paqqos tushiradigan sertomoq xo‘randa singari, kitobni yutib yuboradi. Bunday o‘quvchining kitobga munosabatini bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga munosabatidek, deb bo‘lmaydi, balki aksincha, ot suliga yoki izvoshchiga qanday qarasa, xuddi shunday deyish mumkin. Kitob yetaklaydi, kitobxon esa unga ergashadi. Kitob syujeti xolisona, beg‘araz voqelik sifatida idrok qilinadi. Syujetning o‘zi bo‘lsa koshkiydi! Badiiy adabiyotning tuppa-tuzuk bilimga ega ashaddiy o‘quvchilari ham borki, ular butkul sodda kitobxon sinfiga mansubdir. Garchi ular syujetning o‘zi bilangina kifoyalanib qolmasalar-da, romanda qancha aza yoki qancha to‘y tasvir etilganiga qarab baho bermaydilar, shu bilan birga, muallifning o‘zini tushunib, kitobning estetik mohiyatini xolisona qabul qiladilar. Ular asar muallifining barcha zavq-shavq, quvonchiga va ilhomiga sherikdirlar, uning dunyoqarashiga butkul qo‘shilib, muallifning tasavvur mahsulini, turlicha ma’no berish holatlarini hech bir e’tirozsiz qabul qiladilar. Oddiy odamlarni asar syujeti, undagi vaziyat, voqea va harakatlar qiziqtirsa, o‘tkir aql sohiblari uchun esa muallif mahorati, tili, bilimi, ma’naviy saviyasi muhim. Ular buning barchasini qandaydir xolisona voqelik sifatida – adabiyotning so‘nggi va eng yuksak boyligi sifatida – Karl May muxlisi bo‘lmish navqiron o‘quvchi “Eski paypoq” asaridagi voqealarni mavjud voqelik deb qanday idrok etsa, xuddi shunday tushunadilar.
Bunday sodda kitobxon, mutolaaga munosabatiga ko‘ra, umuman, shaxs hisoblanmaydi, balki o‘zi bilan o‘zi andarmon o‘quvchi, xolos. U romandagi voqealarning keskinligiga, xavf-xatarga to‘la sarguzashtlariga, ishqiy lavhalarga boyligiga, tasvirning dabdabali yoki ojizligiga qarab baholaydi yoki buning o‘rniga, muallifning o‘zigagina baho berib qo‘yaqoladi, ya’ni uning muvaffaqiyatlarini shunday andaza bilan o‘lchaydiki, bu me’yor oxir-oqibatda doimiy odatga aylanadi. Bunday o‘quvchi kitob, umuman, his qilib, tushunib o‘qish va mazmuni yoki shakliga munosib baho berish uchungina yaratilgan deb o‘ylaydi, bunga shak-shubha qilmaydi. Ya’ni, kitob – non yoki ko‘rpa-to‘shakka o‘xshagan narsa, deb hisoblaydi.
Biroq dunyodagi mavjud barcha narsalarga nisbatan bo‘lganidek, kitobga ham o‘zgacha munosabat joiz.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
Bunaqa xalq bilan qo‘ylar singari muomala qilib bo‘lmaydi!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
#Hikoya
Anton Chexov. "GO‘L" (hikoya)
Ancha bo‘ldi...xonamga bolalarimning murabbiyasi Yuliya Vasilyevnani maoshini berish uchun chaqirdim:
- Yuliya, o‘tir! Hisob-kitob qilaylik. Bilib turibman, pulga ehtiyojing bor. Ammo xijolat bo‘lib o‘z haqingni ham so‘ray olmayapsan.
Xo‘o‘p, sen bilan ish boshlashdan oldin bir oyda o‘ttiz rubl maosh olishingni belgilab olgan edik. To‘g‘rimi?
- Qirq rubl...
- Yo‘q! O‘ttiz rubl. Men daftarimga yozib qo‘yibman. Murabbiyalarga doimo o‘ttiz rubl beraman. Ikki oy ishlabsan.
- Ikki oy-u besh kun...
- Ikki oy ishlagansan. Aniq. Menda yozig‘liq turibdi. Demak oltmish rubl bo‘ladi. O‘nta yakshanbani chiqarib tashlaymiz. Yakshanbada dars bermagansan. Faqat bolalar bilan sayr qilgansan. Uch kun bayram bo‘lgan uni ham chiqarib tashlaymiz.
Uning yuzlari qizarib qo‘li bilan kuylagi popuklarini behuda g‘ijimlay boshladi. Bir og‘iz ham gapirmadi. Davom etdim..
- Demak uch kun bayramni chiqarib tashlaymiz. Hammasi o‘n ikki rubl bo‘ladi. Kolya to‘rt kun bemor bo‘ldi. Faqatgina Varyaga dars bergansan. Uch kun tishing og‘rigan. Xotinim tushdan so‘ng senga javob bergan. Demak o‘n ikkiga yettini qo‘shsak o‘n to‘qqiz bo‘ladi. Ayirib tashlasak qirq bir rubl qoladi. Shundaymi?
Yuliya Vasilyevnaning chap ko‘zi qizarib yoshga to‘ldi. Iyaklari titrab yo‘taldi va yutindi. Ammo bir og‘iz ham gapirmadi. Men davom etdim:
- Yangi yildan oldin bitta piyola va tovoqni sindirgan ekansan. Bunga ikki rubl chiqarib tashlaymiz. Piyola bundan qimmatroq turadi. U bizga meros qolgan. Ammo yaratgan seni kechirsin. O‘rniga boshqasini olaqolamiz. Sening e’tiborsizliging tufayli Kolya daraxtga chiqqan va pidjakini yirtgan. Sening aybing bilan Varyaning oyoq kiyimini xizmatkor o‘g‘irlagan. Sen hamma narsaga e’tibor berishing lozim edi. Shunday qilib yana besh rubl chiqaramiz. O‘ninchi yanvarda mendan o‘n rubl olgansan.
Yuliya Vasilyevna pichirladi:
- Olmaganman!
Men:
- Olgansan. Daftarimda yozilgan turibdi.
- Xo‘p. Shunday bo‘la qolsin.
Davom etdim...
- Qirq birdan yigirma yettini ayiramiz. O‘n to‘rt rubl qoladi.
Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Uzun va chiroyli burunlari ustida ter ko‘rindi. Bechora qiz! U titroq ovozda dedi:
- Bir marta olganman. Bir marta uch rubl olganman. Boshqa olganim yo‘q!
Men:
- To‘g‘ri aytding. Men shuni yozmagan ekanman. O‘n to‘rtdan uchni ayirsak o‘n bir qoladi. Mana pullaring azizam. Uch...uch... uch va bir...bir...
Unga o‘n bir rubl berdim. U qo‘llari qaltirab pulni olib cho‘ntagiga soldi va "rahmat" dedi.
Men asabiylashib xonada uyoqdan buyoqqa borib kela boshladim. Gʻazabim chiqdi:
- "Rahmat"?! Nega rahmat?
- Pul uchun.
- Jin ursin! Axir men seni taladim-ku! Tortib oldim-ku haqingni, o‘g‘irladim-ku! Sen nega rahmat deyapsan?!
U dedi:
- Boshqa joylarda menga hech narsa berishmagan.
- Hech narsa berishmagan?! Sen indamaganmisan? Men sen bilan hazillashdim. Senga qattiq dars berdim. Senga hamma pulingni beraman. Mana bu konvertda turibdi. Ammo sen shu darajada ham ojiz bo‘lasanmi?! Nima uchun hujjatlashmaysan? Nega sukut saqlaysan? Bu dunyoda tirnoqlaring o‘tkir bo‘lmasligi mumkinmi? Shu darajada go‘l bo‘lish mumkinmi?
U ojizona tabassum qilib: "Mumkin", dedi.
Undan qattiq sabog‘im uchun kechirim so‘rab sakson rublni berdim. U xijolat bo‘lib "rahmat" , deb chiqib ketdi. Men uning ortidan qarab fikr qildim:
"Bu dunyoda zaif bo‘lmoq qanchalar jirkanch!".
📚 @e_kutubxona
🌐 O‘zbek adabiyoti
✍ T. N. Qori Niyoziy
📓 "Hayot maktabi"
⚙ Esdaliklar, xotiralar
⚖ 15,3 MB
🔎 PDF
📄 358 sahifa
📚 @e_kutubxona
"Yaqinda Yevropaga ko‘chasiz. Qonunlariga amal qilasiz. Sigareta qoldig‘ini yerga tashlamaydigan bo‘lasiz. Jamoatchilik joylarida chekmaysiz. O‘tish uchun maxsus belgilab qo‘yilgan joylardangina o‘tasiz. Sizda xavfsizlik tushunchasi shakllanadi. Derazangiz oldidan mushuk o‘g‘irlansa polisiyaga xabar beradigan bo‘lasiz. Mashina haydasangiz xavfsizlik kamarini taqib olasiz. Bolalarni orqa o‘rindiqda o‘tirg‘izasiz. Navbatning uzunligi kilometrga yetsada navbatda turadigan bo‘lasiz. Yevropa fuqaroligini olganingizdan so‘ng o‘zingizga yoqqan kishini saylaysiz. Ana shunda saylaydigan kishingizning o‘tmishiga, qilgan ishiga qiziqasiz. Agar shu ishlarning barchasini yurtingizda qilganingizda Yevropaga ko‘chishga qaror qilmagan bo‘lar edingiz!".
- Mahmud Darvish
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №171 mutolaa uchun Ahmad Muhammad Tursunning "Sohilsiz dengiz" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 25-mart, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
Ramazon taqvimi (hijriy 1444, milodiy 2023-yil)
📚 @e_kutubxona
#Maqola
✍ Jamshid Muslimov
📓 "G‘oyalar bozori"
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 3 sahifa
📚 @e_kutubxona
Goodreads foydalanuvchilari tanlovi bo‘yicha 2022-yilning eng yaxshi kitoblari
Goodreads.com har yili an’anaviy tarzda sayt foydalanuvchilari tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlangan yilning eng yaxshi kitoblari e’lon qilinib kelinadi. Ushbu sayt kitob o‘qishni sevuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq hisoblanadi va saytga doimiy tarzda millionlab foydaluvchilar tashrif buyuradi. 2013 yildan buyon ushbu sayt Amazon'ga tegishli. Goodreads 2022-yilda ham turli janrlar va yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi kitoblarni aniqladi.
• Eng yaxshi badiiy asar (Fiction) — «Tomorrow, and Tomorrow, and Tomorrow», Gabrielle Zevin
• Eng yaxshi ilmiy-fantastika (Science Fiction) — «Sea of Tranquility», Emily St. John Mandel
• Eng yaxshi mistik asar, triller — «The Maid», Nita Prose
• Eng yaxshi tarixiy-badiiy asar (Historical Fiction) — «Carrie Soto Is Back», Taylor Jenkins Reid
• Eng yaxshi fentezi — «House of Sky and Breath», Sarah J. Maas
• Eng yaxshi romantik asar — «Book Lovers», Emily Henry
• Xorror (qo‘rqinchli — tahr.) janridagi eng yaxshi asar — «Hidden Pictures», Jason Rekulak
• Eng yaxshi hajviy asar — «The Office BFFs: Tales of The Office from Two Best Friends Who Were There», Jenna Fischer, Angela Kinsey
• Eng yaxshi ilmiy-ommabop asar (Non-fiction) — «Atlas of the Heart: Mapping Meaningful Connection and the Language of Human Experience», Brené Brown
• O‘smirlar va bolalar uchun atalgan eng yaxshi asar — «I Am Quiet: A Story for the Introvert in All of Us», Andie Powers
• Eng yaxshi debyut — «Lessons in Chemistry», Bonnie Garmus
• Yoshlar uchun yozilgan eng yaxshi kitob (Young Adult) — «The Final Gambit», Jennifer Lynn Barnes
• Eng yaxshi memuar, avtobiografik asar — «I’m Glad My Mom Died», Jennette McCurdy
• Yoshlar uchun yozilgan eng yaxshi fentezi — «Gallant», Victoria Schwab
• She’riyat yo‘nalishidagi eng yaxshi kitob — «Call Us What We Carry», Amanda Gorman
📚 @e_kutubxona