javohir_webdev | Unsorted

Telegram-канал javohir_webdev - Javohir Berdiyev | Blog

9019

✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson

Subscribe to a channel

Javohir Berdiyev | Blog

IELTS ni ham shunday aniqlikda moke imtihon oladigan chiqarsa yaxshi bo'lar edi, bizda ko'proq talab shunga bor

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Mening fikrimcha, bizning yangi avlodning muammosi sun’iy intellektdan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy tarmoqlar (social media) bo‘ladi.

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Tabriklash ham juda oson bo‘lib qoldi a: hamma video soxta. Oldin chatlar soxta bo‘lib share edi, endi esa videolar ham AI (sun’iy intellekt) orqali tayyorlanib tashlanmoqda 😁

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Bugun Gemini Pro oylik 20$ bo‘lgan versiyasini 1 yilga bepul oldim. InshaAlloh, buni ham tez orada o‘rgataman. 😉

yangiliklardan qolib ketmaslik uchun link 👌instagram

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Video tayyor. 🔥🔥🔥
Instagram akkauntimga yuklab qo‘ydim. O‘tib qo‘llab-quvvatlab yuborasizlar, inshaAlloh foydali videolar chiqaramiz Instagramga ham bundan buyon

https://www.instagram.com/reel/DTSxil2iC7K/?igsh=MmJnMXhxbDM0NHcz

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

ChatGPT Go pullik versiyasini 1 yilga bepul olishni xohlaysizmi?
Agar ushbu post 50 ta like yig‘sa, qanday qilishni o‘rgataman. 🔥

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Har doim shunday - yangi bir yo‘nalishga kirar ekansiz yoki yangi bir ishni boshlasangiz, uning ikki tomoni borligiga rozi bo‘lishingiz kerak.
Yo yaxshi bo‘ladi,
yo bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin.

Lekin shuni bilishingiz kerak: har bir xato keyingisida tajriba bo‘ladi.
Boshlanishida ko‘p marotaba yiqilasiz, buzib qo‘yasiz, yaxshi oylikdan yomonroq oylikka tushib qolishingiz mumkin, ammo biling: bu ham tajriba.
Keyingi safar shu xato oldingizga chiqqanda, u sizning kuchli joyingizga aylanadi. Siz endi qayerda xato qilmaslikni, qayerda yaxshiroq e’tibor berishni bilasiz.

Shunda qilgan ishlaringiz har bir tajribada yaxshilanib boradi.
Shuni unutmaslik kerak: yuqoriga olib chiqadigan yo‘l pastga ham olib tushishi mumkin.

Xohlasangiz shu holatga rozi bo‘lib davom etasiz, yoki yaxshilashga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin uning uchun yiqilishlarga buzib qo'yishlarga tayyor bo'lish kerak

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Rahmat sizga chatgpt 😁

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Yana usha kun yaqin 😅

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

https://youtu.be/Jh9pFp1oM7E?si=m_kZX_FffkJxqBV4

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

O‘rganish, ishlash, o‘z o‘stingizda ishlash qiyin bo‘lyaptimi?

Oson bo‘ladi, agar bir vazifani har kuni bajarsangiz.
U asta-sekin osonlashib boradi.

Lekin eng qiyin tomoni — uni har kuni bajarish bo'ladi. oson bo'lishi uchun barbir qiyinchilikdan o'tish kerak

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

ChatGPT Nano Banana bilan raqobatni boshladi.

ChatGPT Images endi GPT‑Image‑1.5 bilan ishlaydi, rasmlarni eski o’zini modellariga qaraganda 4x tezroq generatsiya qiladi va tahrirlarda detallarni eslab qoladi

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Aytaman sizlarga til o'rganish kerak google translate yordam bera olmaydi chet elda ishga kirish uchun 😁 (Bu bola o'zbek emas bizga o'qishga kelgan )

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

- Xo'jayin, yangi robot olib keldik, nimaga ishlatamiz? Ta'limgami? Innovatsiyalarni rivojlantirishgami yoki og'ir mehnatgami?

- O'ynashni o'rgatinglar, to'y va tadbirlarga olib chiqamiz. 😂

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Mana sizga yangilik 🤯

Endi Gemini AI tizimi College Board bilan hamkorlikda bevosita rasmiy SAT imtihonlariga tayyorlaydi. Bu shunchaki bazadagi savollarni chiqarib berish emas, tizim xuddi shaxsiy ustozdek sizga mantiqiy "hint"lar beradi va yechimga bosqichma-bosqich yetaklaydi.

Bemalol SAT testlarni yechib real test imkonyatni olasiz

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Nima soha tanlasam suniy intellekt meni ishimga tasir qilmaydi deganlar uchun ChatGptdan javob

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

"Dasturiy ta'minot muhandisining maqsadi — mavjud muammolarni hal qilish va yangi yechim talab etadigan muammolarni topishdir. Kod yozish (coding) esa bu vazifalardan biri, xolos.
Shunday ekan, agar maqsadingiz muammoni hal qilish emas, shunchaki kod yozish bo‘lsa — ya'ni kimdir sizga nima qilishni aytadi va siz uni kodga aylantirsangiz... Unday holda, ha, sizning o‘rningizni Sun'iy Intellekt egallashi mumkin. Ammo bizning barcha muhandislarimizning asosiy maqsadi — muammolarga yechim topishdir.

Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyada hali yechimini kutayotgan va hatto hali aniqlanmagan son-sanoqsiz muammolar mavjud. Muhandislar qancha ko‘p vaqtini hali aniqlanmagan muammolarni o‘rganishga sarflasa, kompaniyamiz uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Hech narsa menga ularning umuman kod yozmasliklaridan ko‘ra ko‘proq quvonch bag‘ishlamagan bo‘lar edi, agar ular faqat muammolarni hal qilish bilan band bo‘lishsa.
Menimcha, 'Maqsad' va 'Vazifa' o‘rtasidagi farqni anglash tamoyili hamma uchun qo‘llashga arziydigan foydali yondashuvdir."
— Jensen Huang

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Ishladi, qisqagina tushunarli chiqaripsiz videoni raahmaat ☺️

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Wow, yarim soat ham bo'lmasdan 50 tadan oshib ketibdiku 🔥🔥🔥
Bugun kechqurun videoni chiqaraman.
Kanalni yo‘qotib qo‘ymang. 😉

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

bu firibgarlarga boshqa ism yo'qmikan 😅

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Ozroq ishlamay qolgan narsani tuzatishni boshlasam, 2 ta yechim bo‘ladi:
yo yaxshi ishlab ketadi,
yo umuman ishlamay qoladi 😁

“Chala” degan so‘zga o‘rin qolmaydi 😁

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Vibe coding sabab ishsiz qolgan senior dasturchi

@naxalov

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Dam olish kunlari ko‘rishga arziydigan kino — Qat’iyat (Whiplash).
Imkon bo‘lsa, ingliz tilidagi originalini tomosha qilganingiz yaxshi.

Film bitta asosiy savol atrofida qurilgan:
buyuklik og‘riqsiz bo‘ladimi?

Qat’iyat bilan harakat qilish, bosim va chegaralar atrofdagilarni bosimlari chagituvchi narsalardan qo'tilish, natijaga erishish uchun to‘lanadigan qiymatni ko‘rsatdi.

O‘zbekcha tarjimasi ham bor. IT kino kanalimga yuklab qo'ydim @webdev_kino

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Bu aka tushundi, ko‘zining oldida ishini olib qo‘yishmoqda 🥲

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Yangi yil kelmoqda, yangi planlar qildingizmi? To‘xtang, o‘tgan yili qilgan planlaringizni bajardingizmi o‘zi? Qanday holat 🤨

Men sizga Strangest Loop’ning bir essesi haqida aytaman.
Bir ishni qilishingiz kerak bo‘lganida planlar qilasiz lekin ish hali ham qilinmadi muamo nimada?

Mana, biz ko‘pincha nima qilamiz?
Ishni qilishga tayyorlanish, plan qilish — bu ishni qildi degani emas.
Ish uchun vaqt belgilash — bu ishni qildi degani emas.
Ish uchun to-do ro‘yxat tuzish — bu ishni qildi degani emas.
Hammaga ishni qilaman deb aytish — bu ishni qildi degani emas.
Do‘stlarga yozish, ular ishni qilayaptimi yoki yo‘qmi — bu ishni qildi degani emas.

Ishni qilaman deb zo‘r post yozish — bu ishni qildi degani emas.
Ishni qilmaganing uchun o‘zingni yomon ko‘rish — bu ishni qildi degani emas.
Ishni qilgan boshqalardan nafratlanish — bu ishni qildi degani emas.

Ishni qilgandan keyin oladigan e’tibor va maqtovlarni tasavvur qilish — bu ishni qildi degani emas.
Ishni qanday qilish haqida o‘qish — bu ishni qildi degani emas.
Boshqalar ishni qanday qilgani haqida o‘qish yoki YouTube’dan ko‘rish — bu ishni qildi degani emas.

Ishni qilish — faqat ishni qilish bo'ldi 🟢
Buning uchun yil o‘zgarishi yoki dushanba kelishi kerak emas, shunchaki boshlash kerak. Yuqoridagilarning barchasini qilganingiz bilan bu ish qilinmagan, hatto boshlanmagan hisoblanadi.

✅ @javohir_webdev

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

🤖 Xitoyliklar konsertlarda robotlarni raqschilar sifatida ishlatishni boshlashdi — bundan hatto Ilon Mask ham hayratda!

Bizdan ideani o'g'irlashibdi 😁
Biz boshlab bergan edik robotlarni to'ylarda raqsga tushirishni

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

📲 «Google Tarjimon» istalgan simsiz quloqchinlar bilan mos keladigan, real vaqt rejimida nutqni tarjima qilish funksiyasini ishga tushirmoqda — Apple'da bunday xususiyat faqat uchta AirPods modelida mavjud.

Bu funksiya Gemini neyron tarmog'i asosida ishlaydi, 70 dan ortiq tillarni (shu jumladan o’zbek tilini ham) qo’llab-quvvatlaydi va suhbatdoshlarning ohanglarini saqlab qoladi.

Hozirda u AQSh, Hindiston va Meksikada Android tizimida sinovdan o‘tkazilmoqda, barcha qurilmalar uchun esa 2026-yilda chiqarilishi va'da qilinmoqda.

📟 DigiTech

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Google’ning Nano Banana Pro modeli foydalanuvchilariga juda mazza bo'ldi 😁. Sababi, u uy vazifasini yechib, javobni o‘quvchining o‘z qo‘l yozgadek davom ettirib masalani yechib bergan.

qani edi men o'qigan vaqtim shu imkoniyat bo'lganda edi 😁

Читать полностью…

Javohir Berdiyev | Blog

Shu joyida tursa bo'lmaydimi shu barglar 🥲

Yo'l bo'lsa ham odam tushinadi 🤯

Читать полностью…
Subscribe to a channel