Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
- Бирон нарсани билиш учун шунча китоб ўқиш шартми?
- Йўқ. Бирон нарсани билмаслигингни билиш учун шунча китоб ўқиш шарт.
©️Гöкхан Ўзжан
Bir odamning sen bilan ko‘p gaplashishini, lekin boshqalar bilan bunday qilmayotganini aytishsa, bilib qo‘yki, u sen bilan gaplashib rohatlanayotgan ekan, sen bunday do‘stni qo‘ldan boy berma!
@kitob_ombori
Odam kasr songa o‘xshaydi. Odamning o‘zi kasr surati bo‘lsa, maxraji esa o‘zi haqidagi fikridir. Maxraj qanchalik kattalashgani sari son shunchalik kichiklashadi.
Lev Tolstoy
@kitob_ombori
Hozir ro‘y berayotgan narsalar avval ham bo‘lib o‘tganini doimo yodingda tut. Xuddi shu narsalar kelajakda ham qaytarilishi esingdan chiqmasin. Ular mangu qaytarilaveradi, faqat ijrochilar — odamlar o‘zgaradi, xolos.
Mark Avreliy
@kitob_ombori
Gohida, basharasiga boplab musht tushirishni istayotgan odamingiz bilan sokin suhbatlashishga majbur bo‘lasiz... Bu aslo ikkiyuzlamachilik, ojizlik yoki andisha emas. Bu – tarbiya.
@kitob_ombori
Oxirgi paytlarda eng ko‘p eshitayotgan jumlalarimdan:
Qarz berib turing
Kredit to‘lashim kerak
To‘y qilish kerak
IELTS olishim kerak
Chetga surish kerak
Bio da yaxshi kanal bor, ulanvolinglar
Oxirgisi ayniqsa juda jonga tegdi😏
“Hayot g’am-anduxlar bilan to’la! Shunday bo’lsa ham, inson umidsizlikka berilmasligi kerak. E’tiborni boshqa narsalar bilan chalg’itish va eng yaxshisi, ishlash kerak”.
Vinsent Van Gog
@kitob_ombori
Kechirib yuborish kishining o'ziga qilgan eng katta yaxshiligidir.
@kitob_ombori
Jek London hayotga tashna edi. U odamlarni yaxshi koʻrardi. Uning bosh gʻoyasi bor edi. Bu gʻoyada esa butun insoniyatning baxti koʻzlangan edi. Jek London atrofidagi bir hovuch odamga yaxshilik qilib, oʻzi tanimaydigan millionlab odamlar haqida oʻylamaydigan kishi ham, yoki butun insoniyat haqida oʻylab, yonidagilarni faromush qiladigan kishi ham emasdi. U hammani oʻylar va hammaga yaxshilik qilardi.
Nikohsiz tugʻilgani ham, ruhan nosogʻlom onasining injiqliklari ham, esini tanib ulgurmay eng ogʻir ishlarda ishlashga majbur qolgani ham hayotga va insoniyatga boʻlgan muhabbatini soʻndira olmagandi.
Jek London uzoq yillar bir uy qurdiradi. Topgan pulining katta qismini shu uyga sarflaydi. Undagi har bir mixni ham alohida mehr bilan tanlaydi. Amerikadagi eng goʻzal uy edi u. Uy nihoyat qurib bitkaziladi, yashashga tayyor holga keladi. Ertasiga koʻchib oʻtaman deb turganida uyni yoqib yuborishadi. Ilk bor oʻsha tunda, oʻzining eng katta orzularidan biri yonib kul boʻlayotganiga qarab turganida Jek Londonning odamlarga boʻlgan ishonchiga darz ketadi. Shundan soʻng u odamlarga boshqatdan razm solib qaraydi. Shundagina hamma uni aldayotganini, undan foydalanayotganini koʻradi. Nashriyotlar imkon qadar unga kamroq pul berishga urinishardi. Ishchilari qoʻl uchida ishlashardi. Onasi uni yaxshi koʻrmasdi. Xotini uni yaxshi koʻrmasdi.
Faqat opasi Eliza va Osiyodan olib kelgan xizmatkorigina uni begʻaraz yaxshi koʻrishardi. Jek London oʻz davrining eng mashhuri edi. Uning uyi doim mehmonlarga liq toʻla boʻlardi. Yaqinlari, doʻstlari koʻp edi. Biroq shunga qaramay yolgʻizligini kech tushundi. Uning butun dunyoga yetadigan muhabbati bor edi, biroq bunga arziydigan kishi yoʻq edi.
"Jek, sen dunyoning eng yolgʻiz insonisan, – degandi opasi Eliza. – Qalbing izlaganini hecham topolmadi".
Jek Londonning ham Martin Iden kabi hayotga, insoniyatga boʻlgan muhabbati birdan soʻndi. Hech nimaga xafsalasi qolmadi. Yoza olmay qoldi. Yozganlari ham ruhsiz boʻldi. Va bir kuni tongda uni ogʻir ahvolda topishdi. Bir kecha oldin bloknotida zaharning qay darajasi insonni oʻldirishini hisob-kitob qilgandi. Jek London taslim boʻlmagandi, u shunchaki hammasidan charchagandi. Endi yashash nari tursin, qoʻlini qimirlatishga ham arzirli sabab topolmay qolgandi. Hayotga intilmagan odam esa oʻlimga intiladi.
@salimov_blogi
Kimga qanday yashashni o'rgatmoqchi emasman, ammo o'zim uchun foydali deb hisoblagan hayotiy qoidalarimni sizlar bilan bo'lishmoqchiman
Yozing, o'qing, vaqtingizni reja bilan bilan sarflang, tartibli hayot kechiring.
Odamlarga mehribonlik bilan munosabatda bo'ling. Ularning shaxsiy chegaralarini buzib o'tmaslikka harakat qiling.
Kichik voqealarni bo'rttirib yubormang, janjallardan uzoqroq yuring.
Erkinlikda yashang, boshqa odamlarning his-tuyg'ulari, fikr erkinligini hurmat qiling, odamlarni mish-mishlarga asoslanib hukm chiqarmang va shaxsiy dushmanlik tufayli ularni ayblamang.
O'zingizni sevimli biznesingizga bag'ishlang.
Adabiyot va san'atdagi modalarga ko'r-ko'rona ergashmang.
Ko'proq dam oling, dunyoning shovqin-suronlaridan qoching.
Har qanday nohush vaziyatlardan ham yaxshilik qidirishga harakat qiling
Va eng muhimi @kitob_ombori kanalini doimo kuzatib boring hamda unga do'stlaringizni ham taklif eting))
Turkcha, inglizcha va o'zbekchani sochib qo'yaman degan dyusting
Buni ko'rgan kopirayter filolog o'zini xarakiri qilib yuborsa kerak 😵
@kitob_ombori
Ayollarni baxtli qilishning 15 usuli yoki boʻlmasam xursand qilishning faloncha uslubi deya keraksiz va boʻlmagʻur
kitoblar yozishdi.
Men sizga ularga kerakli narsani bir soʻz bilan ochiqlayman: samimiy boʻling yetadi..)
@kitob_ombori
Чернобиль ҳудудида тамаки ўстиришибди. Фабрикада бу тамакидан сигарет тайёрлашибди. Ҳар бир қутисида ёзув бор эмиш: “Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги бор огоҳлантиради - чекиш соғлиққа зарар.”
© Светлана Алексиевичнинг "Чернобиль таваллоси" китобидан латифа
@allaevuzb
Kitobxonni eri bo'lish ham qiyin ishov😂
Parchalangan yuragini tiklash uchun kitob do'koniga borsa kerak menimcha😄
@kitob_ombori
Har kimning didi, dunyoga, odamlarga nisbatan shaxsiy qarashlari hilma-xil. Kim uchundir ideal ko'ringan narsa boshqa odam uchun umuman yoqimsiz ko'rinishi tabiiy holat.
Jumladan kitoblar haqida ham shunday deyish mumkin.
Yaqin-yaqingacha menda odamlarni shaxsiy kitob tanlovlarini muhokama qilish odati bor edi.
Masalan, kimdir menga "Imomning maniken qizi" kitobini o'qigani va undan juda katta hayotiy bilimlar olganini, muallif bu asari orqali uning tafakkurida yangi narsalar paydo bo'lishiga sabab bo'lganini aytsa, ochiqdan-ochiq ustidan kular edim. To'g'ri bu menda qandaydir "kibr" bordek tuyiladi ham. Balki bu ta'rif ham to'g'ridir. Buni to'g'ri tushunaman. Aytganimdek hech kim mukammal emas.
Hozir aksincha, har kimning shaxsiy tanlovini hurmat qilishga, uning didi va dunyoqarashini muhokama qilmaslikka harakat qilaman. Aslida ham yuqordagi ikki narsa haqida bahslashilmaydi. Ortiqcha izohsiz to'g'ri qabul qilinishi kerak. Har holda etikada shunday.
Ko'pchilik yoqtirib o'qiydigan, dunyoga mashhur yozuvchi Dostoyevskiy asarlari men uchun umuman qiziq emas. Uni kitoblarini o'qisam ichim hijil bo'ladi. Maza qilmayman. Rohat his qilmayman. Estetik zavq ham olmayman.
Bundan hech qachon uyalmayman ham. Aytganimdek did bu har kimning shaxsiy tanlovi.
O'zi bu post o'zim sevib o'qigan kitoblar ro'yxati haqida bo'lishi kerak edi. Ammo yuqoridagi o'ylar miyaga kelib qoldi. Issig'ida yozib qo'yaverdim😅
Mening tafakkurimda chuqur iz qoldirgan kitoblar quyidagilar:
Cho'lpon - Kecha va kunduz
Mirzakalon Ismoiliy - Farg'ona tong otguncha
Ulug'bek Hamdam - Muvozanat
Nazar Eshonqul - Saylanma
Said Ahmad - Felatonlar va hikoyalari
Alisher Navoiy - Lison-ut Tayr
Erix Mariya Remark - Uch og'ayni
Rasul Hamzatov - Mening Dog'istonim
Jek London - Martin Iden, Hayotga muhabbat va hikoyalari
Jorj Oruell - 1984
Rey Bredberi - Farangeyt bo'yicha 451 daraja
Ernest Heminguey - Alvido qurol
Bu ro'yxat albatta yangilanib, aniqrog'i soni ko'payib boraveradi.
Universitet – fanlar jamlangan joy
Universitet so‘zining ildizi lotincha universitas litterarum atamasiga borib taqaladi. U barcha fanlar jamlanmasi degan ma’noni bildiradi. Chunki universitetlar yuzaga kelgan paytda ularda o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan barcha fanlar o‘qitilgan. Hozir ham universitetlar keng tarmoqli ekani bilan ajralib turadi.
Institutlar odatda bitta yo‘nalishda faoliyat olib borsa, universitetlarda xilma-xil yo‘nalishdagi fakultetlar bo‘ladi.
Dastlabki universitetlar Italiyaning Bolonya (XI asr), Salerno (XII asr oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpele (1289), Buyuk Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (XII asrning ikkinchi yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo bo‘ldi.
Bular iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan, shaharlari ko‘p, savdo va hunarmandchiligi yuqori darajada bo‘lgan, madaniyat, falsafa va ilm-fan taraqqiy etgan mamlakatlar edi.
Sharqdagi oliy ta’lim dargohlari Yevropadan oldinroq paydo bo‘lgan. Tunisdagi az-Zaytun universitetiga 732-yili asos solingan. Mashhur tarixchi Ibn Xaldun ana shu ilm dargohi bitiruvchisidir. Marokashdagi Qaraviyyin universiteti 859-yili tashkil topgan. Misrdagi dunyoga mashhur al-Azhar universiteti esa 970-yildan faoliyatini boshlagan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra,
Buxorodagi “Forjak” madrasasi O‘rta Osiyodagi dastlabki oliy ilm dargohlaridandir. U Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida aytib o‘tilgan 937-yilgi yong‘inda zarar ko‘rgan. Ushbu madrasaga Islom olamida mashhur faqih Abu Hafs Kabiyr Buxoriy (767–832) asos solgan. Shu bois u ko‘plab manbalarda Abu Hafs madrasasi deb ham atalgan. Abu Hafs Kabir madrasasida mashhur muhaddis Imom Buxoriy ham taʼlim olgan.
Manba: The Maverick
@kitob_ombori
O'zlari haqida mavhum fikrlashga qodir yagona mavjudot odamlardir. Itlar mehnat faoliyati haqida bosh qotirishmaydi. Mushuklar oldingi xatolari haqida va boshqacharoq yo‘l tutsam qanday bo‘lardi, deb o‘ylashmaydi. Maymunlar bo‘lg‘usi imkoniyatlar haqida bahslashishmaydi, baliqlar esa boshqalarga nisbatan uzunroq suzgichlarim bo‘lsa, deb orzu qilmaydi.
Mark Menson - "Beparvolikning nozik san’ati"
@kitob_ombori
O’zgalarning qalbida nimalar ro‘y berayotganiga beparvolik bilan qaragani tufayli baxtsiz bo‘lgan odamlarni ko‘rsatish qiyin. Ammo o‘z qalbiga quloq tutmagan, uni nazorat qilolmaganlarning baxtsizlikka uchrashi muqarrardir.
Mark Avreliy
@kitob_ombori
“Ҳозирги миллионерлар Бёрдга Жанубий қутбдаги тоғларни сизларнинг номларинг билан атайман, деб берган ваъдаси учун пул тўлаганлари каби қадим замонларда ёзувчиларга ҳар хил бағишловлар, кириш нутқлари, туғилган кунлар, никоҳ тўйларига бағишланган қўшиқлар, марҳумларга марсия каби исталган тарздаги мақтов ва мадҳия учун пул тўлашган. Кимки чаққонроқ бўлса, виждони бўлмаса, Аретинога ўхшаб бир вақтнинг ўзида мадҳияларини ҳам, ғийбатларини ҳам пуллайверган. Қироллар унга ўзларини мақтагани учун ҳам, шеърларида сўкиб, ҳажв қилмаслиги учун ҳам ҳақ тўлашган. Вольтер ҳам худди шу йўл билан ўз давридаги подшолардан пул ва турли-туман туҳфа-инъомлар ундириб турган. Наполеон Гётени подшо Александрга бағишланган бирор асар ёзишга киришишга ундаган. “Жаноб, - деб жавоб берган Гёте, - менда бунақа одат йўқ. Орқасидан қилган ишимга пушаймон еб юрмаслик учун китобларимни ҳеч кимга бағишламайман”. Бунга Наполеон эътироз билдирган экан: “Людовик XIV замонидаги улуғ ёзувчилар бошқача ўйлашган”. “Тўғри, - деб унинг гапига кўнмапти Гёте. – Лекин сиз, ҳазрати олийлари, улар неча марталаб бу ишлари учун пушаймон бўлганларини инкор этмайсиз-ку”. Гёте нима деяётганини билиб гапирган эди, чунки шахсан ўзининг тажрибаси бўйича зодагонларнинг орифлиги қай даражада эканини яхши биларди. Кўп йиллар мобайнида Гёте Веймар герцогининг инжиқларига чидашга мажбур бўлган. Гётенинг тинч ва тўқ турмуш кечириши шу герцогга боғлиқ бўлган. Француз драмасига кўнгил қўйган герцог Гёте билан Шиллерни Вольтер асарларини таржима қилишга мажбур этган, уларнинг ижодларига аралашган, “Орлеан қизи”ни саҳнага қўйишга розилик бермаган, чунки бу асар унинг маъшуқасига маъқул тушмаган. Хулласи калом, бу икки адибга олифтагарчилик билан менсимай муносабатда бўлган, герцог эмас, балки иғворлар тўрига илиниб қолган театр директоридай иш юритган”.
Ян Парадовскийнинг 1951 йилда ёзилган “Сўз кимёси”дан (Озод Шарафиддинов таржимаси)
- Қизиқ, мен ёлғизликни яхши кўрсангиз керак, деб ўйлабман. Ахир, у деярли барча асарларингиз мавзусига айланган, ҳатто улардан бири “Ёлғизликнинг юз йили” деб аталади. Яна бир қизиқ жиҳат бор: нега асарларингиз танҳоликнинг нафаси билан суғорилган-у, лекин қаҳрамонлари жуда кўп, худди ҳеч қачон якка қолишнинг иложи йўқ, аҳолиси зич гавжум шаҳарга ўхшайди. Қойил қоладиганим: китобларингизни ўқиган китобхон ёлғизлик сиз яратган шаҳар одамлари учун сирли борлиққа айланишини англайди. Бу саккиз ёшингизда айрилган ўша қариндошингизнинг ўлими билан боғлиқми? Кўп суҳбатларда унинг номини тилга оласиз. Болаликда у сизга қизиқ-қизиқ ҳикоялар сўзлаб берганини ҳамон эслайсиз, унинг ўлими ҳаётингизда юз берган сўнгги муҳим воқеа эканлигини эътироф этасиз. Олис болаликда тингланган ҳикоялар китобларнинг ғоявий асосига айлангани ҳақида ўйласам, бу одамнинг кимлигига қизиқаман. Ўша ким эди?
- Олисдан бошлайман. Мен шу чоққача ўзини танҳо ҳис қилмаган ҳеч кимни билмайман. Шунинг учун ёлғизлик тушунчаси мени қизиқтиради. Бу кўпчиликка мавҳум туюлиши ва мени нотўғри тушунишлари мумкин, деб қўрқаман. Одамзод, танҳо яшамаслик учун нималар қилмасин ва қанчалик хоҳламасин, барибир ёлғиз. Чунки у шундай туғилган, шундай яшайди ва шундай ўлади.
- Сизнингча, ёлғизлик одамзодга хосми?
- Менимча, у одамзоднинг бир бўлаги. Тўғрироғи, руҳияти. Руҳияти ҳамиша ёлғиз.
М.В.Льоса ва Г.Г.Маркеснинг суҳбатидан
Aqliy mehnat sirlari
Aqliy mehnatning misollari: qiyin kitob o‘qish, murakkab masala ustida ishlash va ma’nili matn yozish.
Oz odamlargina aqliy ishga osongina sho‘ng‘ib, jarayondan lazzat topa oladilar, natija esa ularga qo‘shimcha mukofotdek bo‘ladi. Ko‘pchilik esa bunga kirishadi-yu qandaydir ichki sovuq to‘siqqa urilib xafsalasini yo‘qotadi. Shu to‘siqlarni yengib o‘tish ba’zi sirlari bilan bo‘lishmoqchiman.
1. Aqliy ish qilishdan oldin taomingizga ahamiyat bering. Oqsilga boy, yengil hazm bo‘ladigan ozuqa miyaga hujayralari tez va samarali ishlashiga omil bo‘ladi. Baliq, yog‘sizroq go‘sht, tuxum, tvorog, bir oz yong‘oqlar, ko‘tara olsangiz sut – mana shular kabi. Shirinlik, xamir ovqatlar aqliy ishni sekinlashtiradi. Yaxshisi ularni mukofot tariqasida ish bitgach yegan yaxshi, mutlaqo voz kechvorish yaramaydi.
2. Jismoniy mashqqa kirishish oldidan a’zolarni qizdirib, cho‘zish harakatlari qilinadi. Xuddi shunday aqliy ishni boshlash oldin miya a’zolarini yaxshilab qizdirib olish kerak. Lekin qizdirish harakatlari, birinchidan, ishingiz mazmuniga aloqador bo‘lgani yaxshi; ikkinchidan, yengil iste’mol bo‘ladigan vizual kontent bo‘lmasin. Misol uchun biologiya bo‘yicha kitob o‘qiyotganingizda “qiziqishni uyg‘otish uchun” yengil yelpi mavzuga oid bo‘lsa ham video rolik ko‘rmang. Undan ko‘ra biologiyaga oid jurnal, kichik maqolalarini varaqlang, yoki kitobingizdagi ajratib yozilgan abzaslarni ko‘z yugurtirib chiqing. Asosiy narsa miyangizda savollar tug‘ilsin va o‘zingizcha javobni o‘ylab ko‘ring, o‘qish jarayonida miyangiz javobingizni tekshirib ko‘rishga urinadi. Qizitish yo‘llaridan biri bu. Video kontent esa tashqi hissiyot ichki hissiy ishtahani bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin (shirinliklar kabi).
3. O‘pka, qon tomirlari va miya hujayralari yetarlik kislorod bilan to‘yinishini ta’minlang. Bilib qo‘ying, miyani zo‘riqtiradigan aqliy mehnat - biokimyoviy jarayon. Biokimyoviy jarayonni yonish desa bo‘ladi, kislorodsiz yondirish, kuydirib bosish mumkin emas. Nafas olish mashqlari juda ko‘p, birontasini tanlab qo‘llang. Yurish harakati ham kislorod bilan yaxshi ta’minlaydi. Suv ichish ham kislorod bilan to‘yinishga yordam beradi, umuman biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi.
4. Ishga kirishishdan oldin chalg‘imaslikka ahd qilib 10, 20, 40, 60 minutdan iborat tanaffusli muddatlar belgilang. Samarasiz bo‘layotgan bo‘lsa ham shu 10 yoki 20 minutlik vaqt oxirigacha yetkazib o‘tiravering. Agar miya ishlab ketib, ilhom yoqangizdan tutganini his qilsangiz-u muddat tugagan bo‘lsa ham to‘xtash intizomini shakllantiring. Bir oz tanaffus qilib yangi muddatni boshlang. Internetda “Pomodorro” uslubi haqida qiziqib ko‘ring. Ishning eng qiziq joyida uzishdan qo‘rqmang! Bu haqda keyingi bandda.
5. Hech qachon charchab xolsizlanguncha, ko‘nglingizga tegib ketgunicha ishlamang! Shunday qilsangiz vazifangizga boshqa safar qaytish juda og‘ir kechadi. Charchoqning boshqa nomi - og‘riq. Miya og‘riqni yomon ko‘radi. Miya og‘riqni unutmaydi, ming xil bahona bilan aqliy ishga qaytishingizga to‘sqinlik qiladi. Yaxshisi ishtaha borida to‘xtang. Ertasi kuni uchun qaysi joyidan davom eitishni belgilab boshqa ishlaringizga ravona bo‘ling, masalan uxlang. Vaqti kelib yengilgina shu joyidan davom etib ketaverasiz. Bu nafaqat sinalgan uslub balki deyarli barcha yozuvchilar va olimlar muvaffaqiyatli mehnati siri! Bundan kuchliroq tavsiya topmaganman... Ishonishingiz uchun, eslang nima uchun odamlar uzundan uzun seriallarni kutib, sevib ko‘rishadi? Har bir seriya qiziq joyidan uziladi. Ming bir kecha ertaklaridagi Shahrizoda ham bu sirni yaxshi bilgan.
Bu haqda yana yozgim keldi-yu, ajratilgan taym tugab qoldi.
@kitob_ombori
Dunyodagi eng boy oila tarixi
Bankir Rotshildlar oilasi Frankfurtdagi kambag‘al yahudiylar mahallasidan yetishib chiqqandi. Germaniyadagi shafqatsiz qonun yahudiylarning o‘z mahallalaridan chetga chiqishlariga yo‘l qo‘ymasdi. Lekin yahudiylar buni boshqacha talqin qilishdi: bu qonun ularning o‘zlariga nisbatan ishonchlarini kuchaytirdi va ularning madaniyatini saqlashni juda kuchli himoya ostiga oldi.
XV asrda Meyer Amshel Rotshildlarning ichidagi eng birinchi badavlat odam bo‘ldi. Dastlab Meyer Amshel knyazlar Turn va Taksislarning qudratli sulolalari bilan yaqinlikni yo‘lga qo‘ydi. Mijozlarning ko‘nglini ovlab yurish o‘rniga u mana shu knyazlarning ichida birinchi bankir bo‘ldi. Ikkinchidan, u o‘z biznesiga birorta ham begonani yo‘latmadi - faqat o‘g‘illari va qarindoshlarini o‘zining ishiga aralashtirgan. Oila qanchalik mustahkam va yaxlitlashib borgani sari shunchalik qudrati oshib bordi. Tez orada biznesni Amshelning besh o‘g‘li yuritishga kirishdi. 1812-yil o‘lim to‘shagida yotgan Amshel asosiy merosxo‘r sifatida ularning bittasini aytishdan bosh tortdi. Buning o‘rniga u o‘z ishini beshalasiga topshirdi va oila an’analarini saqlashni, doimo bir yoqadan bosh chiqarishni, tarqoqlikka, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni va begonalarni ishga aralashtirmaslikni vasiyat qildi.
O‘g‘illari boshqaruvni qo‘lga olishgach, ma’lum bir knyaz oilasi yoki bir davlat doirasida emas, butun Yevropa bo‘ylab faoliyat yuritish bilan o‘z boyliklarini ko‘paytirishga qaror qilishdi. Aka-ukalardan biri - Natan Londonda do‘kon ochdi. 1813- yilda Jeyms Parijga ko‘chib o‘tdi. Amshel Frankfurtda qoldi, Solomon Venaga joylashdi, kenja Karl esa Neapolga jo‘nab ketdi. O'zlarining barcha yo‘nalishlarini birlashtirib, ular Yevropa moliya bozoridagi mavqelarini mustahkamlab olishdi.
Bunday keng qamrovli tarmoq Rotshildlarning faoliyatini zaiflashtirib, otalari ogohlantirgan - isrofgarchilik, tarqoqlik va bo‘linib ketish xavflarini keltirib chiqarardi. Ular mana shu xavfni chetlab o‘tishdi va begonalarni ishga aralashtirmay, faqat o‘z nasl-nasabi strategiyasiga amal qilib, kuchlarini birlashtirgan holda Yevropa moliyasi va siyosatida qudratli kuch ekanliklarini tasdiqlashdi. Rotshildlar butun Yevropa bo‘ylab eng tez kuryer pochtasini joriy qilishdi, bu esa ularga har qanday yangilikni raqobatchilaridan avval bilishlari uchun imkon yaratdi. Ular amalda informatsiya olamidagi monopoliya sohiblariga aylanishdi, ularning yozishmalari esa yahudiylarning frankfurtcha shevasida, kodlangan tarzda yuritilardiki, buni faqat aka-ukalargina tushunishardi - boshqa hech kim bilmasdi. "Hatto eng uddaburon bankirlar ham Rotshildlar labirintiga yo‘l topa olishmaydi" deb tan olgandi ularning oilaviy tarmog‘iga suqilib kirishga harakat qilgan moliyachilardan biri.
1824-yilda Jeyms Rotshild turmush qurishga qaror qildi. Bu masalani u oilasidagilar bilan maslahatlashdi, bu orqali ularning oralariga sirlarini bilib olib fosh qilishi mumkin bo‘lgan begona bir odam kirardi axir. Shuning uchun Jeyms shu oilaga mansub qizlardan biriga uylanishga qaror qildi va o‘zining katta akasi Solomonning qiziga uylandi. Qolgan aka-ukalar qoyil qolishdi - uylanish masalasining ajoyib yechimi edi bu. Jeymsning bu tanlovi endilikda butun sulola uchun o‘rnak-namunaga aylandi. Ikki yildan keyin Natan o‘z qizini Solomonning o‘g‘liga turmushga berdi. Keyingi yillarda besh aka-uka o‘z farzandlarining o‘n sakkizta to‘yini o‘tkazishdi. Ularning o‘n oltitasidagi kelin-kuyovlar amakivachcha edilar.
РОБОТИКА ОТАСИ: ИСМОИЛ АЛ-ЖАЗАРИЙ (1136-1206)
Исмоил Ал-Жазарий полимат (катта олим) эди: Месопотамиядаги Жазира Артуқидлар сулоласидан бўлган бу инсон олим, ихтирочи, механик муҳандис, ҳунарманд, рассом ва математик эди. "Механик қурилмалар билимлари китоби" - 12-асрда Исмоил ал-Жазарий томонидан ўрта асрларда араб тилида ёзилган китоб.
Китобда элликдан ортиқ механик қурилмалар ва автоматлар, жумладан, соатлар, сув кўтарувчи машиналар, мусиқий автоматлар ва одамсимон роботлар тасвирланган. Ал-Жазарий ҳар бир қурилмани қуриш бўйича батафсил кўрсатмалар беради, ҳамда китоб латифалар ва тарихий манбаларни ўз ичига олади. Китоб Европа соатсозлик ва автоматларининг ривожланишига сезиларли таъсир кўрсатади ва у ўрта асрларда ислом оламидаги кундалик ҳаёт ва технологик янгиликлар ҳақида тушунча ҳам беради.
Айнан унинг китоби замонавий робототехниканинг асосий тушунчаларига таъсир қилган.
Men hammaga filologlarga uylanishni tavsiya qilaman
Filologlar maftunkor mavjudotlardir. Kundalik hayotda ular mutlaqo foydasiz, ammo sizning uyingizda doimo boy ichki dunyoga ega bo'lgan odam bo'ladi.
Humayro Iskandarova
___
Filologlarga chizilgan chizgi. ))
Psixologlar qizil ruchkada xatoni belgilab ko‘rsatish yosh bolalarda ong ostida xatoga nisbatan intilishni olib kelishi tufayli, aksincha to‘g‘ri javobni yashil ruchkada belgilash shunday to‘g‘ri javobga rag‘bat qilishni ta'kidlab, shuni maslahat beradi.
Mana bu ikki devday odamlarni har harda videosini ko‘rib qolaman, ko‘cha-ko‘yda bo‘lgan-bo‘lmagan savollarni berishadi. Bu insonlardan podpiskasidan chiqib ketish kerak deb o‘ylayman, chunki:
Birinchidan, bular ushbu 5-6 ta odamga savol berishmaydi, 50-60 balki yuzlab yoshlarga savol berishadi, ular ichidan eng xato topganlarni videosiga joylaydi (qizil ruchka sindromi).
Ikkinchidan, duch kelgan joyda to‘satdan savol berib, juda tezlikda manipulyatsiya qiladi miyangizni, siz xatto savolni o‘ylashgayam vaqtiz yetmaydi, duch kelgan bor variantni aytasiz, xuddi chinorda 5 ta olma mevasi bor 2 tasini uzsam nechta olma qoladi? kabi. Yoki variant ichiga to‘g‘ri javobni qo‘yishsa ham mayli edi...
Uchinchidan, bular xato topgan kishilarga to‘g‘ri deb sovg‘a berib yubormoqda, aslida to‘g‘ri topganga berishi kerak emasmi, maqsadni tushundingiz-a?
To‘rtinchidan, har bir odamni videoga olishdan keyin undan bu videoni internetga joylash haqida ruxsat so‘rashi qonuniy talab. Bu yoshlar ertaga kimlardir ustidan kulib yurilishiga ko‘nmasalar kerak deb o‘ylayman xarholda. Shu ikkisini kimdir sudga bersa aniq yutib chiqadi, shaxs dahlsizligi qonunda belgilangan.
Beshinchidan, hamma yoshlarimiz bunday o‘qimagan emas, aksincha, aqli yetsa ana, ilmiy savollarni berib ko‘rsin, yorvoradigan bolalar bor, aslida ana shunday yoshlarni ko‘p-ko‘p ko‘rsatish kerak, ong o‘zgaradi yoshlar o‘rtasida ham (yashil ruchka effekti).
Xalqni savodsiz ko‘rsatuvchi va kuluvchi bu blogerlarga afsuski qaysidir (Samarqand edi adashmasam) viloyat(shahar) hokimiyati bularni chaqirib fahriy yorliq berganini ko‘rib essiz deganman.
Xullas, bularni jamiyat uchun boshqa foydali kontentlar qilishiga chaqirib qoladigan jamiyat nazorati kerak bu nazoratni eng yaxshisi birinchi bo‘lib shunchaki bloklash, deb o‘ylayman.
@domlajon
@kitob_ombori
Одамлар сизни бошқара ололмаса, сиздан нафратлана бошлайди.
Читать полностью…Vanihoyat uzoq yillik izlanishlarim natijasida o'zim eng uzoq vaqt davomida qidirgan kitobimni topdim. Kitob nomi: "Ayollarni tushunish san'ati" deb nomlangan edi.
Kitob do'konini old qismida ko'rib sotib oldim. Hajmi ham kattaga o'xshaydi. Menimcha 400-500 betlik kitob bo'lsa kerak. Katta qiziqish, hayajon, biroz havotir bilan kitobni ilk betini ochdim.
1-sahifani ochdimu anqayib qoldim. Xo'sh, kitobni ilk sahifasifa nima deb yozilgan deb o'ylaysiz?
Iltijo etaman — qush qilib yarat,
Tangrim, uchmoqlikka qanot ber, qanot.
Ko‘nglimga, ko‘zimga beparvo qarab,
Meni yer qa’riga tortmoqda hayot.
Shaffof shiddatini dunyoga yoyib,
Shamolli yo‘llarim uzlatga ketdi.
Botib borayapman yerga…
Xudoyim!
Hayotning quyqasi bo‘ynimga yetdi.
Yerga botayapman…
Bu tavqe la’nat —
Keng dunyo degani shuncha tormikan?
Tangrim!
Yolvoraman —
Qush qilib yarat…
Yerga qo‘nmaydigan qushlar bormikan?
Usmon Azim
@kitob_ombori
*
Men zamonaviy adabiyotga ishonmayman, demayman. Shunchaki, vaqt sinovidan o’tmagan asarlarga vaqtimni sarflagim kelmaydi. Hayot qisqa.
Xaruki Murakami
Instagram | Facebook | Twitter
@kitob_ombori