kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Bilarmidingiz?

Dostoyevskiyning eng mashhur romanlari o‘zining qorong‘u tabiati bilan kishini hayratga soladi.
Tanqidchilar "Jinoyat va jazo"da 21 ta, "Telba"da 31 ta, "Iblislar"da 15 ta, "O‘smir"da 34 ta, "Aka-uka Karamazovlar"da esa 43 ta o‘lim holati mavjudligini aniqlaganlar.

Dahshatlar, triller asarlar qiroli Stiven King deb kim aytgan edi?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ehtimol yanglishayotgandirman, ammo menga shunday tuyuladiki, kulgi orqali odamni tanib, bilib olish mumkin. Agar siz ilk uchrashuv paytidayoq mutlaqo notanish odamlardan birining kulgisi sizga yoqimli tuyulsa, u holda hech ikkilanmay uni yaxshi odam deb aytaverishingiz mumkin.

"O‘lik uydan maktublar"


@dostoyevskiydan_qaydlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Twitterdan...

Menga yiliga ikki marta olti oylik ta’til kerak.

Horijga chiqadigan pasportim meni qamoqda deb o‘ylaydi.

Dangasa emasman. Shunchaki quvvatni tejash rejimidaman.

Tasavvur qil. Pul deb bir qari odam bilan turmush qurding. Va ko‘p o‘tmay o‘lib qolding.

Nega chivin yog‘imnimas qonimni so‘radi?

Hozirgi eng yaxshi ishlarim ro‘yxati
1.

Qalbim meni muzlatgichga olib keldi.

Kech uxlab, tongda afsuslanamiz.

Hayotim dam olish kunlarni kutish bilan o‘tyapti.

Hech kimni majburlama, hech kimga yalinma. Ta’qib qil.

2024-yil yarmini sovurib bo‘ldim.

Hammaning uyida dushi bor. Negadir hamma ham uni ishlatmaydi.

Ba’zan o‘zim bilan gaplashib, mazza qilib kulishamiz.

Negadir qo‘ng‘iroqqa javob berging kelmaganda odatdagidan ko‘ra uzoq chaladi.

Gap egasini topadi: “Iltimos, cho‘milib yur!”

Konspirologiya nazariyalari spoyler bo‘ladi.

Xaligacha tushunmayman. Qanday qilib ishsiz yurganlar iphone 15 pro max tutib yuradi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Natali Makdonald

Xogvarts talabasi
, Garri Potter to'rtinchi kursda o'qiyotganda o'qishga kirgan. Kurslarga tarqatuvchi shlyapa Natalini "Griffindor"ga yuboradi. U Lili Evans bilan birga o'qigan Meri Makdonaldning qizi bo'lishi mumkin.

Ushbu personaj kitobda tasodifan paydo bo'lib qolmagan.

Kunlarning birida asar muallifi J.K.Rouling 9 yoshli kanadalik qizaloqdan xat oladi. Qizaloq Joandan kitobning keyingi qismida nima bo'lishi haqida so'ragan, bu unga juda ham qiziq ekanligini, keyingi kitob chiqquniga qadar bu dunyoda bo'lmasligi mumkinligini aytib o'tgandi. Xatni olishi bilanoq adiba qizning e-mailiga javob yuboradi. Ammo allaqachon kech bo'lgandi...

Bundan qattiq tasirlangan Joan "Garri Potter va olov kubogi" filmiga Natali Makdonald nomli personajni kiritadi hamda uni "jasur va oliyjanoblar fakulteti"ga yuboradi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Davomini kechga, uyga borib, yoki yo'lda yozaman. Ungacha bemalol ishlaringizni qilaveringlar. Ijod shu - bir kelsa kelaveradi, bir to'xtasa urvoqchalik gap ham chiqmaydi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

- Ha, buni payqadim.

- Nahotki? Qanday qilib? - hayratli nigohlari bilan menga qaradi.

- Shoperingizda Van Gogning "Yulduzli tunlar"i, telefoningizning gʻilofida esa "Marvarid sirgʻali qiz" suratining stickeri.

- Haa, hah, bulardanmi? - yengilgina kulib qoʻydi.

- Ha, men ham ozroq sanʼatga qiziqaman, - dedim. Har holda sanʼat odami boʻlsa katta gapirib qoʻyib keyin kalovlanib qolsam hijolat boʻlishni oʻylab.

- Qiziq. Xoʻsh. Boyagi savolimga qanday javob berasiz?

- Qaysi?

- Kino tavsiyaga...

- Haa, ungami, - men bu paytda voqealar zanjirini butkul unutib boʻlgan edim. Kim bilan, qayerda ketayotganim ham yodimdan chiqib boʻlgan edi.

- Sizga nimani tavsiya qilishga ham ikkilanib qoldim. Har holda shunchaki kinohavaskor odamga oʻxshamaysiz.

Telefonimga qaradim. Kelayotgan bekat meni bekatim. Tushishim kerak. Ammo bu suhbatni shunchaki tugatib qoʻyishni umuman xohlamayapman...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Davomini pullik kanaldan oʻqishingiz mumkin😆

UPD: qaragʻanganlar haqqi-hurmati hammasini shu yerga yozaman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kecha juda ajobtovur voqea sodir boʻldi. Bu huddi Hollivud filmlaridek syujetga ega. Bunday voqeani yaxshi bir romantik film koʻrgandan soʻng hayolga berilib tasavvur qilish mumkin. Ammo men bilan aynan shu narsa sodir boʻldi.

Kechki payt avtobusda uyga qaytayapman. Men tushadigan bekatgacha 1 soatli yoʻl. Kuzning rutubatli, seryomgʻir havosi. Avtobus oynasidan kechki shaharni tomosha qilgancha eski xotiralarga berilib yarim mudragancha ketayapman. Avtobus ham huddi beshikdagi bolani chayqatib uxlatishga urinayotgandek odamni "alla"layapti. Radioda Kumush Razzoqovaning "Yomgʻir" qoʻshigʻi. Goʻyo atrofimda romantik film uchun dekoratsiya qurilayotgandek edi.

Ha, siz oʻyladingizdek men ham yana nimadir, bu syujet uchun eng asosiy unsur kam ekanligini anglab turgandim. Va u unsur ham oʻzini uzoq kuttirmadi...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ushbu videodagi amaki Toshkent shahridagi koʻplab tuman, mahalla, koʻcha nomlarini etimologiyasi chiroyli tarzda aytib beribdi. Bundan tashqari menga eng qiziq joyi Hazrati Imom majmuasidagi Usmon musxafini qanday qilib Oʻzbekiston hududiga kelib qolganini ham eshitish menga yangilik boʻldi. Bir oʻtirib fact-checking qilish uchun mavzu topildi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

«Nega Oy yumaloq?»- deb so‘raydi bola. Nima uchun o‘t yashil rangda? Tushlar qayerdan keladi? Tunnelni qanchalik chuqur qazishingiz mumkin? Nima uchun oyoqlarda barmoqlar bor? Ko‘pincha o‘qituvchilar va ota-onalar bunday savollarni e’tiborsiz qoldiradilar, hatto masxara qilishadi yoki mavzuni o‘zgartirishga shoshilishadi: «Nimaga endi Oy to‘rtburchak bo‘lishi kerak?»

Bolalar bunday savollarni kattalar yoqtirmasligini tezda anglaydilar. Salbiy tajriba bir necha bor takrorlanadi — natijada, yana bir bola ilm-fan uchun yo‘qotiladi. Hech tushunolmayman, nima uchun kattalar o‘zlarini hamma narsani biluvchidek tutishadi va kimni oldida — olti yoshli bolalar oldida o‘zlarini ko‘rsatishlari kerakligini tushunmayman! Siz biron bir narsani bilmasligingizni vijdonan tan ololmaysizmi? O‘zingizga ishonchingiz shunchalar mo‘rtmi?


Karl Sagan, astronom, astrofizik, ilm-fan ommalashtiruvchisi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yahudiylar qirg'iniga sabab bo'lgan kitob.

1941-yil
da AQShda Teodor Kaufmanning "Germaniya yo'q qilinishi kerak!" nomli kitobi nashr etiladi. Unchalik ham mashxur bo'lmagan yahudiy muallif o'z kitobida urush yakunlangach nemislarni yo'q qilib yuborish va Germaniya hududini Niderlandiya, Belgiya, Fransiya, Chexoslovakiya va Polsha kabi davlatlarga taqsimlab berish g'oyasini ilgari surgandi.

Ushbu kitobdan nemislar antisemit propagandasi uchun foydalanishgan. Kitob nemis xalqiga nisbatan "yahudiylar fitnasi" mavjudligi dalili sifatida targ'ib qilingan. Bu ishlarga shaxsan Yozef Gebbels rahbarlik qilgan.

Ko'pgina tanqidchilar ushbu kitob Uchinchi reyxning yahudiylarni yo'q qilish haqidagi g'oyalarini targ'ib qilishda boshqa har qanday usuldan ko'ra samaraliroq bo'lganini ta'kidlashgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Angladim, bahorga atalmaganmiz,
Kuzda tugʻilganman, demakki kuzman.
Eng soʻnggi yaprog'im to'kilgunicha,
Sen ketgan yoʻllardan koʻzimni uzmam.

Sen ham bahorlarni axtarib yurma,
Bexishtdan quvilgan nochor azizim.
Boshqa fasllarning borligi ro‘yo,
Bu dunyoda faqat kuz bor, azizim...

Shuhrat Orif

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Amerikaliklar ommani qanday jalb etishni bilishadi. Masalan, O'zbekistondagi AQSh elchixonasi har bayramlarda o'zbekistonliklarni o'ziga xos tarzda, o'zbek tilida tabriklaydi. Videolarga ham ijodkorlik bilan yondashadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Texas supermarketlari tokchalarida sotilayotgan Jeyson Dudashning "Kamala Xarrisning yutuqlari" nomli kitobi amerikaliklar orasida katta-bahs munozara va kulgularga sabab bo'lmoqda. Gap shundaki kitobning aksariyat sahifalari bo‘sh. Foydalanuvchilar bu kitobni ijtimoiy tarmoqlarda video va rasmlar orqali ulashishmoqda.

Kitob atigi 191 betdan iborat. Kitobga berilgan ta’rifga ko‘ra, bu Xarrisning 20 yillik siyosiy faoliyati haqidagi eng to‘liq hisobot bo‘lib, uning maqsadi o‘quvchilarni Xarrisning prezidentlikka nomzod bo‘lishga munosibligiga ishontirishdir. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Texasdagi Walmart do‘konidagi kitob videosi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Foydalanuvchilar kitobni "zamonaviy klassika" va bestseller deb atashmoqda. Kitobni Amerika onlayn-do‘konlaridan ham xarid qilish mumkin. Biroq, ba’zilar buni kitob emas, balki hazil-mutoyibaga boy kundalik deb taxmin qilishmoqda.

Esingizda bo'lsa, 2024-yil noyabr oyida AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu lavozimga Demokratik partiyadan amaldagi vitse-prezident Kamala Xarris va Respublikachilar partiyasidan sobiq prezident Donald Tramp da’vogarlik qilmoqda.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yozuvchi tang ahvoldan qanday chiqib ketadi?
Ernest Xeminguey qoidasi


Kichik maqola yozasizmi yoki 500 sahifali romanmi — farqi yo‘q. Ba’zan ikki qator yozish ham juda qiyin bo‘ladi. Toza qog‘ozga yoki bo‘sh ekranga tikilib o‘tiraverasiz, o‘tiraverasiz, yarim soat vaqt o‘tib ketganini sezmay qolasiz.

Tikilib o‘tirishdan esa foyda yo‘q

Ernest Xemingueyning ijod bilan bog‘liq tang ahvoldan chiqib ketishda bir qoidasi bor edi. Bu qoida uning tinmay yozishiga yordam berardi.

Xeminguey daho yozuvchi edi! Lekin ba’zan unda ham ijodiy inqiroz kuzatilardi. Bunday holatlada u qanday yo‘l tutardi? Bilishga qiziqyapsizmi? Unda maqolaning davomini o‘qing.

“Ba’zan, yangi voqeani boshlay olmaganimda, kamin yoniga o‘tirib, olovning ko‘k tillari gurillab yonishiga tikilib, apelsin po‘chog‘ini tashlayman. Turib, Parij tomlariga qarayman-da, o‘zimga: “Tashvishlanma. Avval yozgansan va yozishda davom etasan. Asosiysi — bitta haqiqiy gap yozish”, deyman.

Har qanday voqea — hajmidan qat’i nazar, u kitob bo‘ladimi yoki hikoyami — bitta haqiqiy gapdan boshlanishi kerak. Keyingi gal ekran qarshisida tang holatda o‘tirganingizda, quyidagi ko‘rsatmalarni eslang:

1. Muhim biron narsa haqida o‘ylang.

2. Bitta arzirli gap yozing.

3. O‘quvchilaringizga shu gapga asoslanib qiziq voqeani aytib bering.

Bittagina gap yozgach, qanday boshlashni o‘ylashni bas qilasiz. Buning o‘rniga voqeani qanday hikoya qilishni o‘ylay boshlaysiz, bu esa bo‘sh ekranga anqayib o‘tirgandan yaxshiroq, to‘g‘rimi?

Siz hikoya qilgan voqeani tanqid qilishlari mumkin, lekin bu muhim emas. Bu sizning voqeangiz, siz o‘quvchining qo‘lidan tutib, voqealar ichiga olib kirishingiz va ko‘rsatishingiz mumkin, chunki siz yozayotgan voqea — muhim. Shunchaki bitta arzirli gap topishingiz kerak.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

39 yoshli Mahsa Jalol Badiiy Eron respublikasi rejimi tomonidan evolyutsiya nazariyasi haqidagi kitobni o‘qiganligi uchun 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Eshitayapsanmi Karl? Kitob o'qigani uchun qamoq! Bu xabarni o'qib hayolingizga qaysi kitob keldi?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Komil Sindarovni oʻzbek adabiyotida detektiv janrda ijod qiladigan eng yaxshi yozuvchi deyishadi. Siz videoda koʻrgan 7 ta kitobdan iborat toʻplami sotiladi. Kitoblar juda qiziq mavzularni oʻz ichiga olgan. Qattiq muqovali, sifatli qogʻozda ishlangan va hajmi ham anchagina katta.

1. Qimmatga tushgan xato 422 bet
2. Temuriylar kutubxonasining siri 310 bet
3. Kechikkan qasos 341 bet
4. Amirlikning oltin taxti izidan 301 bet
5. Tungi qotillik 319 bet
6. Oʻgʻirlangan bolalik 295 bet
7. Dorixonadagi qotillik 311 bet


Menda bu toʻplamdan bir nechta bor. Qiziqqanlar @MKurbanof ga yozishlari mumkin. Viloyatda boʻlsangiz pochta orqali yuborib beramiz.

Ps: Kitoblar faqat toʻplam holida sotiladi.

🕊Telegram 📱Instagram

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kutubxonadan olingan kitob orasidan chiqqan xat:

"Biz uchrashganmizmi, yo‘qmi bilmayman, lekin sen tanlagan adabiyotga qarab ayta olamanki, biz ajoyib do‘stlar bo‘lishimiz mumkin edi"


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Meni shu kanalni ochishimga ilhomlantirgan ikki kishidan bittasi - @mahinsworld

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oʻzi har birimiz bilan har kuni qiziqarli voqealar sodir boʻladi. Shunchaki biz bunday hodisalarni befarqlik bilan, oddiygina qilib oʻtkazib yuboramiz. Metro haqidagi voqea real hayotagi koʻrinishi quyidagicha boʻlishi mumkin edi:

Metroga chiqdim. Odam sonmingta. Ichimda oʻzim tanimaydigan odamlarni rosa soʻkdim. Anavi qiz kitob oʻqiyaptikan. Hmm, nima boʻpti. Hozir moda-ku. Nihoyat joy boʻshadi. Manavi qiz Remarkni oʻqiyaptikan. Oʻzi nima oʻqiyotganini tushunarmikin?
Xudoga shukur, uyga kevoldim
Taxminan koʻpchiligimiz atrofdagi voqeliklarni shunday qabul qilamiz. Va bu aslida tabiiy ham. Shunchaki hamma ham menga oʻxshab romantizatsiya qila olmaydi yoki erinadi😅

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

- Boya telefoningiz ekraniga toʻsatdan koʻzim tushib qoldi. "Шрам" kinosini koʻrayotgan ekansiz. Bu kino meni juda taʼsirlantirgan. Koʻp tanishlarimga tavsiya qilganman ammo ularni hech qiziqtira olmagan. Sizni koʻrayotganingizni koʻrib xursand boʻldim. Uzr, gʻalati savollar berayotganim uchun.

- Yoʻq hech qisi yoʻq - dedimu miyam rostdan bu holat real hayotda yuz berayaptimi yoki tush koʻrayapmanmi degan oʻy bilan andarmon edi.

- Bu kinoni kimdir tavsiya qilganmi?

- Ha, arman genotsidi haqidagi maqolada shu film ham eslab oʻtilgan ekan. Shundan soʻng qiziqib qolgandim. Haqiqatda kuchli gʻoyadagi film ekan.

- Tarixchimisiz?

- Yoʻq. Filologman ammo tarixga qiziqaman. Siz tarixchimisiz?

- Afsuski yoʻq. Soham sanʼatga oid. Lekin tarixchi boʻlmaganimga afsuslanaman...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Odatda meni oldimga kamdan-kam holatlarda qiz bola oʻtiradi (maqtanish: koʻp holatlarda oʻzim ularga joy beraman). Xullas darazadan tashqariga qarab ketayapman. Musiqa, avtobus harakati, yengilgina sovuq havo odamni uxlatishga qattiq urinishyapti. Bir payt oldimdagi odam shiqirlatib narsalarini oldida bekatida tushib qoldi va uning oʻrnini yoshi taxminan 20 yoshlardagi bir qiz shaxdam harakat bilan egalladi. Eʼtibor bermadim. Telefonim jiringladi. Onam ekan. Avtobusda, umuman jamoat transportida uzoq vaqt gaplashgan odamni yoqtirmayman. Bilamanki boshqa odamlar ham yoqtirmaydi. Onamga mashinada ekanligimni aytib, keyinroq qayta qoʻngʻiroq qilishimni aytib telefonni oʻchirdim va chala qolgan hayol surishlarimni davom ettirdim. Bir payt yonimdagi qizning ham telefoni jiringladi. U ham yaqin odamiga mashinada ekanligini, xotirjam oʻzi qayta qoʻngʻiroq qilishini aytti va men tomonga bir qarab qoʻydi. Ichimda "qandayin farosatli insonlar bor-a" deb xursand boʻldim.
2 bekat yurdik. Bir payt:

- Kino koʻrishni yoqtirasizmi? - degan ovoz eshitildi. Goʻyo bu narsa hayolimdan oʻtgan savoldek boʻldi. Balki oʻsha paytda yengil mudroq bosgandir ham. Savol qayta takrorlandi.
- Aaaa? - deya atrofga alangladim. Savol miyamda emas yonimdagi qizdan ekanligi idrok etishim sal qiyin boʻldi...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Olimlar nihoyat kuzgi apatiyaga qarshi dori topishdi – bu juda oddiy narsalar ekan: ko‘chaga chiqib sayr qil, toza havo bilan nafas ol, o‘zingni pozitivga tayyorla, faqat yaxshiliklar haqida o‘yla, ko‘proq sabzavot va mevalar iste’mol qil, yangi xobbi top, ko‘proq suv ich va ertaroq uxla.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitobxon qizlar! Sekin cloudga saqlab qoʻyoraslar. Bir kun kelib kimgadir qurdirarsizlar😂

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Илк марта ўзбек сўзи ишлатилган Қуръон қўлёзмаси топилди.

Туркиянинг Сулаймония кутубхонасидан топилган қуръон қўлёзмасини айни пайтда реставрация қилиш ишлари олиб борилмоқда. Бу ҳақда Тошкентда ўтаётган Ўзбекистон маданий мерос ҳафталиги доирасида маълум қилинди.

Ушбу Қуръон 1318 йилда Олтин Ўрда хони — Ўзбекхонга атаб, олтин вараққа кўчирилган ва бу Мўғуллар давридан кейин сақлаб қолинган асосий Қуръон мусъҳафи ҳисобланади. Туркиялик профессор Эмек Ушенмезнинг таъкидлашича, қўлёзма усмонийлар ҳукмдори Фотиҳ Султон Меҳмет томонидан 1475 йилги Қрим юришидан ўлжа сифатида Истанбулга олиб келинган.

Маълум қилинишича, ушбу қўлёзма Ислом маданияти ва таълимида алоҳида аҳамият касб этади. Шунингдек, у диний матнларни сақлаш ва мусулмон давралар ўртасида саводхонликни оширишда хизмат қилган.

Умуман олганда, Ўзбекистон маданий мероси ҳафталиги кўплаб шов-шувли янгиликларга бой ўтмоқда. Улар сирасига темурий малика ўз қўли билан ёзган, Амир Темур даврига оид ноёб қуръон қўлёзмалари ҳамда Бобурийларга оид муҳташам альбомнинг топилгани киради.

@shahnozxon

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ruhingiz butunlay tushib ketganda, kasalxonaga boring. Saraton bo‘limini bir marta aylanib chiqishning o‘zi har qanday tushkunlikni bir zumda davolab yuboradi.

@remarkdan_qaydlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Botimizga bugun bir necha obunachilarimizdan "Mutolaa" ilovasining android varsiyasidagi oxirgi yangilanishidan so'ng premium xizmati paydo bo'lgani haqida xabarlar keldi. Bu funksiya qo'shilganidan so'ng o'quvchilar o'qish uchun saralab qo'ygan kitoblar ro'yxati ko'rinmasdan qolgan. Bundan tashqari ilova qilingan screenshot'larda ko'rinishicha avvallari bepul bo'lgan bir qancha amallar ham faqat premium versiya sotib olgandan so'nggina paydo bo'layotgan emish. O'zim ham ilovani yangilab, sinab ko'rdim (va afsuslandim).

Eski versiyada haftalik va oylik hisobot avtomatik tarzda paydo bo'lar edi. Hozir bu funksiyalar ham pullik obunadagina ko'rinmoqda

deb yozmoqda obunachilarimizdan biri.

Men "Mutolaa" ilovasining telegramdagi rasmiy kanalidan oxirgi yangilanishlar va unga premium versiya qo'shilgani haqida xabar topa olmadim. Menimcha bu kabi e'lonlarni avvaldan xabar berib, dastur foydalanuvchilarini ogohlantirish kerak edi.
Batafsil izohni kutib qolamiz.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ko'pchiligimiz kitob o'qiyotganimizda to'xtagan joyni belgilab qo'yish uchun o'sha sahifani qayirib qo'yamiz.

Mana shu unchalik ham yoqimli bo'lmagan odatni inglizlar dog-ear (it qulog'i) deb atashadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bayram kunigina "eslanuvchi", "qadrlanuvchi" va "ulug‘lanuvchi" o‘zbek tilim. Bayraming muborak!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🏠✍🏻Agar yozuvchilar uy bo'lganida...

38 yoshida italiyalik arxitektor va grafik dizayner Federiko Babina Barselonaga ko'chib o'tgan va hozirda ham o‘sha yerda istiqomat qiladi.
U yangi joyga ko‘chib o‘tgach, hayotdagi asosiy narsa qiziquvchanlikni saqlab qolish va narsalarga bolalarning soddalarcha nigohlari orqali qarash ekanligini anglab yetadi. Va bu nigohlar bilan dunyoga dong‘i ketgan yozuvchilarga qaraydi va u bu yozuvchilarni parallel koinotda bo'lishi mumkin bo'lgan uylar ko‘rinishida loyihalashtiradi. Uning bu g‘oyasi g‘alatidek tuyuladi, lekin qiziqarli.

Qani kitobsevarlar. Arxitektor yaratgan uylar qaysi yozuvchilar bo‘lishi mumkinligini topishga harakat qilib ko‘ringlarchi

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel