Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
🔥Vanihoyat
1. 1000 nafar yosh uchun @ibratfarzandlari bilan hamkorlikda "Ibrat Camp", ingliz, turk, nemis, koreys va boshqa tillarda tashkil etiladi
2. 1000 nafar yosh uchun mockexam.uz bilan hamkorlikda bepul imtihon topshirish imkoniyati
3. 3000 ming nafar yoshlar uchun Mega IELTS treningi uchun yo'llanma sovg'a qilinadi
4. 200 nafar kitobxonlar uchun @mutolaaxona loyihasi bilan birinchi "mutolaa camp"ni tashkil etish
5. 200 nafar yoshlarga zamonaviy kasblar oromgohini @ustozai loyihasi bilan hamkorlikda oshirish
Hali davom etadi...
YIA jamoasi
/channel/abdurakhmon_egamberdiyev shu kanalni hal aktiv qilaylik👀
Bari baxtsizliklarimni o'sha yerda yozaman
juda ham ko'plab arizalar kelib tushayotgani tufayli jarayon sal sekinroq ketyapti. Shu sababdan agar hali ham sizga guruh havolasi kelmagan bo'lsa iltimos yana ozgina kuting. Siz bilan agar guruhga loyiq bo'lsangiz albatta bog'lanamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr)
Mashhur holland shifokori Herman Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10.000 dollar qiymatdagi oltinga auksion orqali sotilgan.
Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi:
«Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».
👉🏻 Uinston Cherchillning rafiqasi va ko'cha tozalovchj o'rtasidagi afsonaviy suhbat
Bir kuni Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchill va uning rafiqasi kechki London ko'chalari bo'ylab sayr qilashayotgan edi. Ular shahar kvartallari oralab yurar ekan, birdan ular tomon bir ko'cha tozalovchi keladi hamda Cherchill xonim bilan suhbatlashib ketadi.
Suhbatdan so'ng Cherchill hayron bo'lgancha rafiqasidan:
- "Nega bu odam bilan suhbatlashish sizni qiziqtirib qo'ydi", deb so'raydi.
- "Bu odamni yoshligida meni telbalarcha sevib qolgan "oshig'im" edi", deb tabassum bilan javob qaytaradi.
Shunda mashhur siyosatchi: -"Ko'rdingizmi, agar o'shanda unga turmushga chiqqaningizda, hozir siz farroshning xotini bo'lardingiz...", deya o'zidan mag'rurlanib qo'yadi.
Ammo xotini o'sha mashhur, afsonaga aylangan javobni qaytaradi:
-"Yo'q. Agar men unga turmushga chiqqanimda hozir u bosh vazir bo‘lgan bo'lar edi”.
@kitob_ombori
Yaxshi kitoblarni o'qish - bu tarixning eng yaxshi odamlari bilan suhbat qilishdir. Bundan tashqari, ular bizga faqat eng yaxshi fikrlarini aytib berishadi.
Rene Dekart
@kitob_ombori
Longseller, stadiseller, fastseller.
Bu atamalar haqida katta ehtimol bilan hali eshitmagansiz. Eshitgan bo'lsangiz ham ular haqida to'liq ma'lumotga ega emassiz. Demak, kitobxonlik va noshirlikka aloqador yangi so'zlarni o'rganishda ham o'zlashtirishda davom etamiz.
Longseller
Longseller atamasini bir so'z bilan tushuntiradigan bo'lsak, uzoq vaqtlar davoimida barqaror talabda bo'lgan kitoblarga nisbatan qo'llaniladi. Ular kam tirajda chiqariladi shunga qaramay sotuvda barqarorlikni saqlab qoladi. Longseller kitoblarni aniqlashda bundan tashqari aniq bir mezonlar mavjud emas.
Longseller asarlar odatda nashr qilinishi bilan katta shovqin-suron chiqarmaydi, katta-katta mukofotlarga sazovor bo'lmas ammo ular uzoq yillar va xatto asrlar davomida "yashayveradi".
Barcha klassik adabiyotlar longsellerlardir. Ba'zan sobiq bestsellerlar ham longsellerlar toifasiga o'tashi mumkin. Bu kabi kitoblar mualliflar, noshirlar va kitob sotuvchilari uchun eng ideal holatdagi kitoblar hisoblanadi.
Sizningchi qaysi kitoblarni longseller kitoblar qatoriga qo'shish mumkin?
@kitob_ombori
Men bu mavzuda yozishdan iloji boricha qochaman. Lekin jamiyat holiga qarab, baʼzan dilimdagi tilimga chiqib turadi.
Masalan, yomgʻirni yaxshi koʻraman. Lekin mashina yuvgan kunim yomgʻir yogʻib qolsa yoqmaydi. Shuncha mehr berib yuvgandan soʻng hech boʻlmasa bir-ikki kun chang yoʻllarga kirgim, yomgʻirda qolgim kelmaydi.
Yoki Rumiyni ilk bor oʻqiganimda bir qator illatlarimdan qutulgandim. Bunday teran va koʻngilga yaqin soʻzlarni oʻqigach yana oʻsha-oʻsha hayotni davom ettirishim mumkin emasdi.
Men tushunmayman, jamiyat yoppasiga dindorlashyaptiyu, nega axloqiylashmayapti? Dindor jamiyat axloqli jamiyat degani emasmi axir? Mantiqiy jihatdan shunday natija kutishim xatomi?
Bugun kimki pul topsa masjid qurdiryapti. Kimki pul topsa Umraga joʻnayapti. Kimniki koʻrsak, hijob oʻrayapti. Soqol qoʻyyapti. Jumaga chiqyapti. Namoz oʻqiyapti. Roʻza tutyapti. Leksikoni diniy istilohlar bilan boyiyapti.
Biroq yurtimiz hamon dunyodagi eng korrupsion davlatlar qatorida turibdi. Davlat tashkilotlarini qoʻyib turaylik. Uy bozori, mashina bozori, texnika bozori, tovuq bozori, qoʻyingki hatto kitob bozoridayam sergak boʻlmasangiz kiydirib ketishadi. Odam odamning boʻrisi boʻldi.
Universitetda bizga Al-Azharda oʻqib kelgan kishi dinshunoslikdan dars berardi. Shu kishining ovozi baland chiqqanini eshitmaganman. Har qancha muammoli vaziyatda ham yengil kulib turardi. Yuzida oʻzgacha nur bor edi. Bugungi dindorlar esa asabiy, koʻngli tor, sal narsaga yoqangga yopishadi. Boshida hijobi bor-u, ogʻzi shaltoq. Soqoli koʻksiga tushadiyu, nafsi buzuq.
Faqat oldi-berdida emas muammo. Oddiy insoniy, oilaviy masalalarda ham tuban ketdik. Birovga rahm qilmayapmiz. Yo qoʻl bilan, yo til bilan ozor berishdan chekinmayapmiz. Bugunning odami oldingi rejimlardagi odamdan koʻra axloqsiz. Undan koʻra dilozor. Undan koʻra xaromga oʻch. Undan koʻra bilimsiz.
Ilgari oʻqimagan odam oʻqigan odamni hurmat qilardi. Oʻqigan bilan oʻqimagan teng boʻlurmi axir? Bugungi yuzaki dindorlik esa odamlarga johillik jasoratini berdi. Ular qaysidir domladan eshitganini yoki ibratli vaynda koʻrganini ilm hisoblab, oʻzini ziyoli bilan teng koʻryapti. Savodi chiqmasidan tili chiqyapti. Ilm soʻzining mazmuni oʻzgaryapti.
Men bugungi dindorlikni hammomdan nopok chiqishga oʻxshataman. Qachonki jamiyat halol boʻlsa, halim boʻlsa, oʻshanda sizning dindorligingizga ishonaman.
@salimov_blogi
Ko'p narsaga chidadim: yirtilgan boshmoqlarda rus qishloqlari bo'ylab yetti soatlab kezganman, koʻlmaklardan suv ichganman, yelkamda uchta pulemyotni ko'tarib yurganman, asirligimda gadolik qilganman, jasadlarni koʻmganman. Rotadagi barchaning etiklarini tozalaganman, qorin g'ami uchungina behayo fotosuratlarni sotganman - hammasini qilganman va hammasiga chidaganman, zero bu hol qachon bo'lmasin tugashi, qachon bo'lmasin o'z o'rnimni topishim, birinchi, ikkinchi pillapoyani bosib o'tishimga ishonganman. Ammo biz kabilarni har doim yo'ldan supurib tashlaganlar. Hozir shunday ahvoldamanki, birovdan bir nima so'rashdan koʻra, yaxshisi, uni otib tashlay qolaman.
Stefan Sveyg "Kristina"
@kitob_ombori
Maktabni negadir uncha qo'msamayman. Uni oldidan o'tsam ham u darajda entikmayman (balki kuniga 5-10 marta o'tganim sabablidur).
Maktabda na a'lochi va na ikkichi bo'lganman. O'rtamiyona o'quvchi edim. Tarix, huquqshunoslik va albatta adabiyot yoqtirgan fanlarim edi. Uchchala fandan haqiqatda qiziqib, uyga kelib ham yotvolob o'qirdim. Maktabimiz huquqshunoslikka ixtisoslashgani sababidanmi O'zbeksiton Respublikasini Konsitutsiyasini yarmini 5-sinfdayoq bob va bo'limlari bilan yodlagan edik (majburan albatta).
Hamma sinfda ham kruglar, qabilachalarga bo'linganlar bo'ladi. Masalan boylar alohida krug, ko'chinskiylar alohida, futbolistlar alohida, mahalladoshlar alohida.... Men ulardan hech biriga to'laligicha mansub emas edim. Har qaysisi bilan kelishib ketaverardim. Ajralish, ajratish bo'lmagan (hozirgacha shunday).
8-sinfgacha hech kimga ozor bermaydigan, mo'min-qobil bolakay bo'lganman. Keyinchali ichimdagi "yomon bolakay" uyg'onib ketgan))
2011-yil 9-sinfni bitirganman. Bitiruvimiz ajoyib o'tgan. "Elitalar" valsga tushishgan, qiziqchilar QVZ qo'ygan, menga o'xshaganlar bilan birgalikda sinxron raqsga tushganmiz (qovunlar esga tushib ketdi😂😂😂)
Keyin banket bo'lgan. Negadir banket bilan bog'liq xotiralar esga kelmayapti. Balki yorqin nimadir bo'lmagani sabablidir. Eng esda qolgani banketdan so'ng kechki payt 10km masofadagi uyimga sinfdoshim bilan piyoda ketganimiz bo'lgan. Chunki bor pulimizni mirigacha banketga xarajarlariga to'lagan edik.
Bu sana haqida yodimga kelganlari shu.
Sizni bitiruv kungiz bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?
Hozir hech kimga oson emas 😁
Jumladan menga ham
#tabassum
Agar qiz bola kimnidir yoqtirib qolsa “Sizni sevaman” demaydi. U kuladi, boshini quyi soladi, sochlarini tekislaydi va “Siz telbasiz/tenteksiz” deydi.
Agar kimdir sizga shunday deydigan odam bor bo’lsa,bilinki siz baxtli insonsiz
@kitob_ombori
Remarksevarlar uchun javonini yana-da yorqinlashtirish uchun go'zal to'plam.
@december_art aytishicha yaqinda Remarkning yangi kitobi nashr qilinishi mumkin ekan. Qaysi kitob ekanligini tahmin qilib ko'ringlarchi?
Dardingizni to‘kishdan oldin, idishni teshik emasligiga ishonch hosil qiling.
Bernard Shou
Do’stlar, shu hafta yakshanba kuni “Taxtlar O’yini” asari bo’yicha kanalda ovozli muhokama bo’lib o’tadi.
Muhokamada fikr-mulohazalar bilan birga hozirda tarjimasi davom etayotgan “Qirollar To’qnashuvi” kitobi haqida ham ba’zi yangiliklarni bo’lishaman.
Muhokamada qatnashuvchi kanallar:
@kitob_ombori
@vasilbro
@salimov_blogi
@dildora_bookaholic
@bookerberg
@quyoshtaraflarda
@rakhmonalievs_blog
@timur_books
@bobil_kutubxonasi
UZR!
"Menga yo‘liqqaningizda ranggim o‘chiq bo‘lsa meni ma’zur tuting!
Agar menga xabar jo‘natsangiz va men javob qilmasam meni ma’zur tuting!
Goho mashaqqatda bo‘laman, hech bir ish qilishga qodir bo‘lmayman.
Gohida sizga qarab tabassum qila olmasam meni ma’zur tuting!
Agar yoningizdan o‘tib ketsam va sizni ko‘rmasam meni ma’zur tuting!
Gohida siz u haqda bilmaydigan boshqa bir olamda bo‘laman...".
Ahmad Xolid Tavfiq
@kitob_ombori
Barchaga salom!
Ko'plab kitobxonlarning taklif istaklaridan kelib chiqib, kitobxonlar jamiyatimizni tuzishga qaror qildik. Endilikda maxsus yopiq guruh ochib u yerda hafta davomida kitoblar tanlab uni birgalikda tahlil qilamiz.
Unda biz:
Birgalikda kitoblar o'qish chellenjlari;
Asarlar bo'yicha viktorinalar;
Qizirli adabiy o'yinlar;
Kitobxonlar dueli;
Taqrizlar tanlovi;
va boshqa bundan-da qiziqarli dasturlar sizni kutib turibdi!
Eng faol bo'lgan kitobxonlar doimiy tarzda taqdirlanib boriladi.
Guruhga intizomli va haqiqatda kitobxon bo'lgan/bo'lmoqchi bo'lganlarni maxsus yaratilgan anketadan kelib chiqib qo'shamiz.
Guruhga qo'shilmoqchi bo'lganlar uchun anketa havolasi
https://forms.gle/zjcfABX8QPvzkfEPA
O'zingiz ham bizga qo'shiling va do'stlaringizni ham taklif eting!
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun @tezkorxatlarbot ga murojaat qilishingiz mumkin.
P.S: Agar Andijonliklar ko'p bo'lsak ora-orada offline uchrashuvlar ham qilib turamiz nasib qilsa. Shu sabab Andijonliklar faol bo'lamiz)
@kitob_ombori
Kitobxon qizga
Uylanaman!
Menbop qiz darkor,
Xohi sodda, xoh bo'lsin makkor.
Zarari yo'q qilsa ko'p pardoz,
To'poriroq yursa,
Qaytam soz.
So'z bermasin men-chun o'lgani,
She'r o'qishni suysa bo'lgani.
Xullas,
Bitta she'rxon qiz kerak...
Ana-a ! Menga xuddi Siz kerak!
Anvar Obidjon.
@kitob_ombori
Bugun kimdir xursand bo'ladi😌
Albatta bunga qo'shimcha kitoblar ham bor
Uzun orzu
Birdan qanot oʻsib chiqsa yelkamdan,
Uchsam. Hammasini unutsam. Ketsam.
Asar ham qolmasa shum koʻlankamdan,
Armon yetolmagan manzilga yetsam.
Quvib tutolmasa ortimdan laʼin,
Muhabbat oʻrtada boʻlmasa dallol.
Xuddi shu eng maqbul, toʻgʻri yoʻldayin –
Uchishim hech kimga kelmasa malol.
Behzod Fazliddin
@kitob_ombori
MAYLIMI, O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT QURSAK? — Lolazor podkast
📹 https://youtu.be/P3DQac3_EqA
Ushbu sonda biz Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, "Paxtakor-79" halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashdik.
Mehmonimiz — adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor.
📹 https://youtu.be/P3DQac3_EqA
Buni albatta ko‘rishingiz shart. Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
Yakshanbani uyda serial ko'rib yoki instagramda reels tomosha qilib o'tkazib yubormang.
Manabu taklifnomani kecha jo'natishibdi. Sarmoya books o'zini navbatdagi filialini ochilishini qilyapti ekan. Kun issiq, juda erta yoki kech ekan deydiganlar uchun ochilish marosimini ham ideal vaqtda belgilashibdi.
Xijolat bo'lmasdan, minde kanaldoshlar bilan kelishib, birga borilanoradi.
Menga minnatdorchilik bildirmoqchi bo'lganlar men uchun ashettan bitamta kitob-mitobni qo'ltiqqa qistirib obkeloraslar😉
bitiruvni videosini topdim. Endi ko'rishga дух'ni ham topsam bo'ldi😅
Читать полностью…Bu inson taqdiri juda ham qiziq. Yoshligida ko'zidan olgan jarohati Pontryaginni so'qir qilib qo'ydi. U uchun bari tugaganday edi. Biroq bu faqatgina boshlanishi edi. Barcha yaqinlari bolakay uchun birlashdilar. Sinfdoshlar navbatma-navbat bolakayni maktabga olib kelishar, unga past ovozda darslarni tushuntirishar va uyiga kuzatib ham qo'yishardi. Pontryagin maktabni oltin medalga bitirdi. Insititutga kirgach yangi do'stlar orttirdi. Kuchli aqliy salohiyati sabab Pontryagin tez orada butun jahonga taniqli matematik olim va akademik sifatida tanildi. U 14 yoshida yo'qotgan ko'z nurini boshqa do'stlardan topdi. Lyov Pontryagin XX asrning chinakam daholaridan biri. Differensiyal hisoblash ustida olib borgan ishlari ilm-fan rivojiga ulkan xissa qo'shgan.
@kitob_ombori
Har kuni hech kim o‘qimaydigan kitoblarni o‘qing. Har kuni hech kim o‘ylamaydigan narsalarni o‘ylang. Har kuni hammaga o‘xshab fikrlash ba’zan aql uchun zararlidir.
©Kristofer Morli
@kitob_ombori
📙 Kitob tanlashda uning “bestsellar” ekanligiga diqqat qaratish urfga aylangan.
Bestsellar sifati aslida faqatgina kitob savdosiga nisbatan ishlatilmaydi. Keng ommalashgan, talabgir musiqa albomi, mobil o‘yinlar, filmlar ham bestseller bo‘lishi mumkin. Ya’ni bestseller – xit.
Inglizchadan so‘zma-so‘z tarjima qilganda “yaxshi sotilgan” degan ma’noni anglatsa-da, faqatgina sotuvning zo‘rligiga qarab emas, asosan kitobning ommalashganlik, qiziqish bildirilishi darajasiga qarab belgilanadi.
📗 Bestsellerlar ro‘yxati turlicha shakllantiriladi. Yirik nashriyotlar, kitob do‘konlari tarmoqlari, axborot portallari o‘z nazdidagi bestsellerlar ro‘yxatini tuzishi mumkin. Va ularning har biri turlicha mezonlar asosida ishlaydi.
Misol, Amazon faqatgina o‘z portalida mavjud va shu yerda sotilgan kitoblar statistikasi asosida ro‘yxatni tuzadi. Portalda odamlar qaysi kitobni ko‘proq izlayotganini algoritm avtomatik hisoblaydi.
Bestsellerning mashhur ro‘yxatlaridan yana biri The New York Times tomonidan tuziladi. U ko‘proq ulgurji savdoda kitoblarga bo‘lgan talab darajasiga asoslanadi.
📕 Aytgancha, “longseller” degan tushuncha ham bor. U uzoq vaqt diqqat markazida, ya’ni trendda bo‘lgan kitob mahsulotlariga nisbatan ishlatiladi.
#qiziqarli
@kitob_ombori
O'z-o'zimga nisbatan har narsada me'yor qo'yganman. Uxlashda ham ovqatlanishda ham, ishlashda ham hatto vaqtni chog' o'tkazishda ham.
Lekin hozirgi kundagi eng muhim me'yorni ijtimoiy tarmoqlargs nisbatan qo'yganman. Agar buni nazorat qila olmasangiz u sizni nazoratidan chiqarmaydi.
Telegramda maksimal tarzda kanallar sonini kamaytirganman. A'zo bo'ladigan kanallarimni ham oliftachasiga aytsam chertib-chertib tanlayman. Haqiqatda menga real foydasi tegadiganlariga a'zo bo'laman va faol tarzda ularni kuzataman.
@creo_blog ham shu tanlangan kanallardan biri))
Ukamiz hozir yevropada o'qimoqda. Sahifasida ta'lim, shaxsiy rivojlanish va sayohatlaridagi taassurotlarini ulashib turadi. Saviyasi ancha yuqori yigit. Bugun Skandinaviyaliklarni Baxt formulasini bilish uchun o'sha yoqlarga ketyapti😅
Bir insonni sevish uchun uning yonida bo‘lish shart emas. Goh-goh uning suratiga qarash va unda hammasi yaxshiligini bilish kifoya.
@kitob_ombori