paiziev24 | Unsorted

Telegram-канал paiziev24 - Paiziev24

13136

Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.

Subscribe to a channel

Paiziev24

Product Manager - Numeo One (AI Operating System for carriers)

Numeo · Tashkent office · Full-time

Numeo is building the AI operating system for trucking carriers: dispatch, back office, and payments in one place. Numeo One, our AI-operating systems, is live and helping small and mid-sized fleets run their business with agents instead of spreadsheets.

What you’ll do

- Own the product roadmap end to end, from discovery to launch
- Talk to carriers and owner-operators every week and turn their workflows into product
- Design agentic flows (onboarding, load management, settlements, reporting) with engineering in the US and Tashkent
- Ship fast, measure adoption, and iterate

You might be a fit if you

- Have experience in product management, or come from a Big 4 accounting firm
- Have a questioning mind and love getting to the “why” behind how things work
- Communicate clearly, in writing and with customers
- Enjoy customer development: interviewing users, spotting patterns, and turning them into product decisions

Nice to have

- Experience in trucking or logistics

Why Numeo

VC-backed, real customers, and a big, under-served market.

Apply: beck@numeo.ai

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Bitta kompaniyaning AI data-markazlari butun O‘zbekiston ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan ko‘proq iste’mol qilishi mumkin.

Bugun Ilon Mask SpaceX kompaniyasining AI data-markazlari quvvatini keskin oshirish rejasini e’lon qildi:

• 2026-yil oxirigacha — 3 gigavatt (GW)
• 2027-yil oxirigacha — 13 gigavatt (GW)

Taqqoslash uchun, 2025-yilda butun O‘zbekistonda 86,7 milliard kWh elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu o‘rtacha 9,9 GW quvvat degani.

Agar SpaceX’ning 13 GW quvvatli data-markazlari yil davomida uzluksiz to‘liq quvvatda ishlasa, 114 milliard kWh energiya talab qiladi.

Bu O‘zbekistonning 2025-yildagi jami elektr ishlab chiqarish hajmidan 31% ko‘p.

Albatta, 13 GW hozirgi iste’mol emas, 2027-yil uchun rejalashtirilgan hisoblash quvvati. Haqiqiy elektr sarfi boshqacha bo‘lishi mumkin.

Lekin raqamlarning o‘zi hayratlanarli. Bitta kompaniyaning sun’iy intellekt infratuzilmasi butun bir mamlakatning elektr ishlab chiqarish hajmi bilan taqqoslanadigan darajaga yetmoqda.

https://www.youtube.com/live/lVNHybwudXI

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

AI agentlar kundalik hayotimizni qanday osonlashtiryapti?

Kecha velosiped haydab yurganimda chap tarafdagi tezlik almashtirgich ishlamay qolganini sezdim.

Yo‘lda yaqinroq velosiped ustaxonasiga kirib, tuzattirmoqchi bo‘ldim. Shu payt velosipedni Sports Basement do‘konidan olganim esimga tushdi. Balki hali kafolati bordir?

Lekin qachon sotib olganimni, kafolat muddati qancha ekanini eslolmadim.

Shunda Instinct AI agentimdan so‘radim: velosipedimning chap tezlik almashtirgichi ishlamayapti, bu kafolatga kiradimi?

Instinct o‘zi mustaqil ravishda:

Gmail pochtamdan velosipedni sotib olganim haqidagi chekni topdi.
Qachon sotib olganimni va aniq modelini aniqladi.
Velosipedda qaysi Shimano groupset o‘rnatilganini tekshirdi.
Shimano ishlab chiqaruvchisining kafolat shartlarini o‘rgandi.
Sports Basement saytiga kirib, ularning ham kafolat shartlarini tekshirdi.

Va menga qisqa, tushunarli javob berdi. Oddiy sozlash ishlari kafolatga kirmasligi mumkin, lekin detalning o‘zi nosoz bo‘lsa, kafolat hali amal qiladi.

Bu ma’lumotlarni o‘zim topishim uchun kamida 20–30 daqiqa vaqt ketardi. To‘g‘risi, erinib, umuman tekshirmasdim ham. Shunchaki yaqin ustaxonaga borib, pul to‘lab tuzattirardim.

Instinct esa birgina savolim asosida barcha tekshiruvlarni o‘zi bajarib, vaqtimni tejadi va ortiqcha xarajat qilishimning oldini olishga yordam berdi.

Sports Basement Redwood ga bordim va menga bepulga tez tuzatib berishdi.


AI’ning haqiqiy foydasi kundalik hayotdagi shunday kichik vazifalarda yaqqol ko‘rinadi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Qonunlar kuchlilar manfaatini emas, kuchsizlarning huquqlarini himoya qilganda jamiyat rivojlanadi.

Express24’ni rivojlantirgan yillarimizda minglab kuryerlar bilan ishladik. Ularning mehnati qanchalik og‘irligini, ko‘pincha o‘z huquqlarini himoya qilish qanchalik qiyinligini yaxshi bilaman.

Oddiy kuryerning huquqi restoran manfaatidan ustun qo‘yilgani va qonun amalda ishlagani quvonarli holat. Qonun oldida hamma teng bo‘lishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/18/sidewalk/

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Vatandoshlarni vatandan tashqarida, jamiyat bosimidan uzoqda kuzatish qiziq.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Yangi Tesla Roadster taqdimoti. Mashina emas, fantastika.

0 - 100 km/soatga chiqishga 0.81 sekund.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

AI assistentlarni maqtab yozgan postimni ko‘rgan ayolim: “Ayting, eng ko‘p ishni men qilaman”, dedi.

Haqiqatan ham shunday. Oilada ko’p muhim vazifalar unda. Hammamizni birlashtirib turadigan inson rafiqam.

Hozircha hech qaysi AI agentga unga ishonganchalik ishona olmayman.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Numeo shu yilning may oyida o’z mobil ilovasini chiqargan edi, bugungi kunda foydalanuvchilar soni 40,000 dan oshdi. Biz mobil ilova ichida navigatsiya ham qo’shdik. Asosiy maqsad, haydovchini qayerga ketayotganini bilish va u borayotgan joyda AI agentlarimiz orqali yuk izlash.

/channel/numeoai/162

https://www.youtube.com/shorts/6bYnDckji28

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Rossiyada dronlar Yandex kompaniyasining bir nechta data-markazlariga hujum qildi. Natijada kompaniyaning qator servislarida uzilishlar yuz berdi.

Bu holat O‘zbekistonda ham sezildi. Taksi, yetkazib berish xizmatlari va elektron tijorat platformalarining ishlashida muammolar kuzatildi.

Yandex ekotizimi bugun nafaqat taksi va yetkazib berish, balki restoranlar, elektron tijorat, aqlli uy tizimlari va boshqa ko‘plab bizneslar uchun muhim texnologik infratuzilmaga aylangan.

Bu esa jiddiy savolni o‘rtaga qo‘yadi: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan raqamli infratuzilmaning geosiyosiy xavflar yuqori bo‘lgan davlatlarda joylashgani qanchalik to‘g‘ri?

Gap faqat ma’lumotlar qayerda saqlanishida emas, balki servislarning ishlashi qaysi davlatdagi serverlarga bog‘liqligida ham.

Bunday infratuzilmalarning uzluksiz ishlashi endi shunchaki IT masalasi emas, balki iqtisodiy xavfsizlik masalasi hamdir.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Yandex serverlaridagi muammo Yandex Go ga ta’sir qilibdi. MyTaxida talab oshmoqda.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

So‘nggi 15 yil davomida dunyoda call-markazlardagi ish o‘rinlari yiliga 4% ga o‘sib kelgan. Endi esa yiliga 4% ga qisqarmoqda.

AI mehnat bozorini o‘zgartirishni boshladi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Bugun San Franciscodan ishlayapman. Ofis binosi liftida shu binoda joylashgan kompaniyalar ro’yhati. Ularning deyarli barchasi texnologik startaplar.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

MrBeast ni Ozbekistonga olib kelish zo’r g’oya.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Asror asos solgan Fleetmule startapi ham yurtdoshlarimiz faoliyat yuritayotgan trucking kompaniyalariga compliance (qoidalarga rioya qilish) va safety (xavfsizlik) masalalarida yordam beradi.

Bizneslar Amerika qonun-qoidalariga rioya qilmasa va risklarni to‘g‘ri boshqarmasa, jiddiy avariyalar yuz berishi mumkin. Bu esa insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi bilan birga, bizneslarga ham juda qimmatga tushadi.

Ko‘plab trucking kompaniyalarida risklarni boshqarish bo‘yicha tajriba yetarli emas, malakali mutaxassislarni topish esa oson emas. Fleetmule sun’iy intellekt yordamida aynan shu muammolarni hal qilishga, kompaniyalarning risklarini kamaytirishga va xavfsizroq ishlashiga yordam beradi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Bugun akseleratsiya dasturiga kelgan startaplar bilan uchrashuv bo’ldi.

Ularga berilgan asosiy maslahatlar:

- Distribution xaqida o’ylang, produkt dan ko’ra shu muhim. Produktni qurish ancha osonlashdi.

- Silicon Vodiysiga kelganda juda ko’p tadbirlarda qatnashib ko’proq odam bilan gaplashing. Bu meetuplar ko’pi foydasiz, lekin yangi kelgan odam uchun, ularda qatnashib, gaplashish foydali.

- Cold outreach - email marketing, Linkedindan chiqishlar foydasi bor. Uni o’rganishga vaqt va eksperimentlar kerak.

- Katta mijozlarga sotish uchun ulardan maslahat so’ragani boring yoki Customer Advisory Board ga taklif qiling.

va yana shunga o’xshash fikrlar. Qatnashganlar o’qiyotgan bo’lsa to’ldirishligi mumkin.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Progressiv va talantli ta’lim vaziri yordamchilarini ko’rish quvonarli.

/channel/makarenko_channel/9261

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Kuz ranglari.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Bizneslar marketingda ko‘p qiladigan xatolardan biri - boshqa kompaniyalarda yaxshi ishlagan usullarni o‘z biznesida ham qo‘llashga urinish.

Aslida, kichik biznes uchun samarali bo‘lgan marketing katta kompaniyada ishlamasligi mumkin. Yoki aksincha, yirik brendlar ishlatadigan marketing instrumentlari kichik biznes uchun shunchaki ortiqcha xarajat bo‘lishi mumkin.

Lokals Marketing jamoasi O‘zbekistondagi 157 mingdan ortiq kompaniya ma’lumotlarini tahlil qilib, 54 nafar tadbirkor va rahbar bilan suhbatlashib, qiziqarli tadqiqot tayyorlabdi.

Tadqiqotning asosiy xulosasi: marketing strategiyasi biznesning rivojlanish bosqichiga mos bo‘lishi kerak.

Ular bizneslarni 7 bosqichga ajratib, har biri uchun qaysi marketing kanallari samarali bo‘lishi, qanday jamoa kerakligi, qancha byudjet ajratish va nimalarga pul sarflamaslik kerakligini ko‘rsatishgan.

Menimcha, tadbirkorlar uchun foydali material. Ayniqsa, marketingga pul sarflayotgan, lekin natijasini tushunmayotganlar uchun.

Saytda tadqiqotni PDF shaklida o‘qish yoki testdan o‘tib, biznesingiz qaysi bosqichda ekanini aniqlash mumkin.

https://lokals.uz/ru/insights/7-qadam

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Birinchi marta Tesla’ga 2015-yili Moskvadagi ko‘rgazmada o‘tirgan edim. 2017-yili Tesla Model 3’ni taqdim qildi. U o‘sha vaqt uchun juda ilg‘or dizayn va texnik xususiyatlarga ega edi.

2020-yili bizga birinchi Tesla Model 3’ni avtosalonlar olib kelishganda, hali servis yoki zaryadlash stansiyalari yo‘q edi. Olishdan avval: «Buzilib qolsa, nima bo‘ladi?» deb o‘yladim. Keyin: «Bir marta hayday, buzilib qolib, tuzatib bo‘lmasa ham roziman», deb sotib oldim.

Undan keyin oilamizda bir necha Tesla oldik. Eng yoqadigan modelim shu kungacha Model 3. Uning dizayni va dinamikasi yoqadi.

Boshqa mashinalar sotib olganingizdan keyin deyarli yaxshilanmasa, Tesla’ning asosiy farqi shundaki, u dasturiy ta’minot yangilanishlari orqali yaxshilanib boradi.

Hali ham shu mashinani tavsiya qilaman.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Tesla marketing ham ustasi. Hali aniq chiqish sanasi belgilanmagan va narhi noma’lum mashinani olishga navbatga turish uchun $250.000 pul olayapti.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Yandex data markazlaridagi muammolar MyTaxiga minglab yangi haydovchilar va mijozlarni olib keldi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Silikon Vodiysidagi ayrim konferensiya va ko’rgazmalar aktual emas.

Eski obro’si bilan haligacha odam yig’a oladi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Aytishlaricha, Ukraina oxirgi kunlarda Rossiyadagi ba'zi data markazlarga xujum qilib ularni ishdan chiqarishi ortidan Rossiya territoriyasidan chiqadigan botlar traffigi keskin qisqaribdi - yarmi qisqaribdi deyishmoqda. Ya'ni, ijtimoiy tarmoqlarda ham sezilmoqda ekan. Nafaqat AQSh, balki Germaniyadagi AfD atrofida traffik ham keskin qisqarib ketibdi (bu ma'lumotlarga keyinroq aniqlik kiritishar balki).

Eng qizig'i bu AQShda o'ta muhim hisoblanadigan oraliq saylovlaridan oldin bo'lmoqda. Ma'lumki Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ta'siri botlar orqali, dezinformatsiya va propaganda edi (bu 10+ yillik mavzu).

Neftni qayta ishlab chiqarish zavodlarga bo'lgan xujumlar o'z yo'liga, lekin endi Ukrainani AQSh ichki saylovlariga aralashishda ham ayblashga urunishmasa bo'ldi. Lekin, urina olishmaydi - chunki Ukrainani bunda ayblash de-fakto Rossiya territoriyasidan AQSh saylovlariga qaratilgan bot/dezinformatsiya kampaniyasi borligini tan olishdir.

Esingizda bo'lsa, Oq uyda Ukraina rahbariga qarata sizlarning qo'lingizda hech qanday karta yo'q deb, ustidagi kiyimini kalaka qilishgandi. Ukrainada kartalar bor ekan.

@uzbekonomics

Читать полностью…

Paiziev24

O’zbekistonda Cobogo (yoki breeze block ham deyiladi) ishlab chiqaruvchilar bormi?

Bir loyihamiz uchun kerak edi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Zoom kompaniyasi bosh ofisi bo’lgan San Jose shahridagi umumiy maydoni 38 659 m² ofis majmuasi $82 mln dollarga sotilibdi. Silikon vodiysida to‘lov qobiliyati yuqori kompaniyalar juda ko‘p. Bino ham A klassdagi ofis binosi hisoblanadi.

Sotuv narxini umumiy maydonga bo‘lsak, 1 m² narxi $2 121 ga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda juda qimmat narxlarda sotilayotgan ofis binolarini xarid qilayotganlarning mantig‘ini tushunmayman. Bozorda taklif tobora ko‘payib bormoqda, ammo to‘lov qobiliyatiga ega bizneslar soni bu darajada tez o‘sayotgani yo‘q.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Do’stim Alisher Isaev jamoalariga dasturchi izlashayotgan ekan.

Телеграмга ўхшаш мессенжер учун Android ва iOS дастурчилар излаяпмиз.

Дўстлар, таниш мулоқот тажрибасини янги имкониятлар билан бойитадиган мессенжер устида ишлаяпмиз. Чатларни қулай бошқариш, иловани шахсийлаштириш ва тезкор ишлаш — асосий эътиборимизда.

Шу маҳсулотнинг Android ва iOS иловаларини биз билан бирга ривожлантирадиган тажрибали дастурчилар керак.

Мессенжер яратиш, янги функциялар ва мураккаб техник вазифалар устида ишлаш сизга қизиқ бўлса — боғланинг.

📩 Қисқача резюме ва портфолио ёки GitHub ҳаволангизни юборинг: @alzap

Лойиҳа тафсилотлари ва иш шартларини суҳбатда муҳокама қиламиз.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Amerikada maktablar ota-onalar bilan deyarli barcha kommunikatsiyani email va turli onlayn platformalar orqali olib boradi.

Uch nafar farzandim maktabga borgani uchun email, PowerSchool, ParentSquare kabi platformalarni muntazam kuzatib borishimiz kerak. Buning ustiga, bolalarning futbol mashg‘ulotlari va boshqa to‘garaklaridan ham xabarlar kelib turadi. Muhim xabarlarni o‘qish, kerak bo‘lsa javob berish, muddatlarni o‘tkazib yubormaslik - bularning o‘zi alohida ish.

Yaqinda Instinct shaxsiy AI assistentimni shu tizimlarga ulab qo‘ydim. Endi u barcha xabarlarni kuzatib, aynan men e’tibor berishim yoki biror harakat qilishim kerak bo‘lgan masalalar haqida iMessage orqali xabar berib turadi.

AI assistentlarning eng katta foydalaridan biri ham shu bo‘lsa kerak.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Bunday maqolalar Amerikadagi o‘zbek hamjamiyati va bizneslarining obro‘siga ta’sir qiladi.

Masalan, hindistonliklarga tegishli trucking kompaniyalari sodir etgan avariyalarning salbiy ta’siri nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin. Chunki Amerikada ko‘plab muvaffaqiyatli hind tadbirkorlari va yirik korporatsiyalar boshqaruvida ishlayotgan hindistonliklar bor. Ular tufayli amerikaliklarda bu millat haqida allaqachon ma’lum bir ijobiy tasavvur shakllangan.

O‘zbekistonliklar haqida esa ko‘pchilik amerikaliklar avval umuman eshitmagan. Shuning uchun ular biz haqimizda birinchi marta salbiy xabar orqali bilishsa, shu taassurotni boshqa o‘zbekistonliklarga ham umumlashtirishlari mumkin.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Amerikada haqiqiy protein vasvasasi boshlangandek.

Odamlar sog‘lig‘i va ovqatlanishiga ko‘proq e’tibor qarata boshlagani sari oziq-ovqat kompaniyalari ham oqsilga (protein) urg‘u berishyapti.

Starbucks proteinli kofe va boshqa ichimliklarni menyusiga qo‘shdi. Hozirgina sotib olgan bodomimning qadoqida katta qilib «6 g protein» deb yozib qo‘yishibdi. Vaholanki, bodom shundoq ham oqsil, foydali yog‘lar va kletchatkaga boy mahsulot.

Italiya makaronlarining oqsilga boy turlari sotilyapti. Hatto bolalar nonushtasi uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ham protein atrofida reklama qilinyapti.

Amerikaga kelganimizdan keyin o‘zimiz ham kunlik oqsil iste’molimiz haqida o‘ylaydigan bo‘ldik. «Bugun necha gramm protein yedim?» degan savol miyaning bir chetida doim turadi.

Qizig‘i, ilgari oziq-ovqatlarda «kam yog‘li», «shakarsiz» degan yozuvlar asosiy marketing vositasi bo‘lgan bo‘lsa, endi «high protein» yangi sotuv argumentiga aylanmoqda.

Sog‘lom ovqatlanishga intilish yaxshi, lekin bu ehtiyojni marketing qanday qilib yangi iste’mol trendiga aylantirayotganini kuzatish ham qiziq.

Menimcha, bu to‘lqin yaqinda O‘zbekistonga ham yetib boradi.

@paiziev24

Читать полностью…
Subscribe to a channel