"Yosh kitobxon" tanlovi g'olibi avtomashinani otasiga sovg'a qildi
muxbir: G'olib Amirov
#Qashqadaryo viloyati
@hududtv
#Tanlov
Bugun Qarshi tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o'qitish o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi boshlandi.
O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan yuborilgan test materiallari o'quvchilar ishtirokida ochildi va o'quvchilarga tarqatildi.
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda. Ya'ni joriy yilning 26-fevral kuni Respublikamiz hududlarida tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Ubaydulla Oripov tanlovni ochilish marosimiga ishtirok etib, o'quvchilarga omad tiladi.
Eslatib o'tamiz, Qarshi tumanidagi 58 ta umumta'lim maktablaridan 290 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berildi — QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman(shahar) bosqichiga start berildi.
Eslatib o'tamiz, tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija qayd etgan maktablar viloyat bosqichiga yo'llanma olishadi.
🟢Shuningdek, tanlovni tuman bosqichida:
✔️1-o'rinni egallagan maktab jamoasi 100 million;
✔️2-o'rinni egallagan maktab jamoasi 75 million;
✔️3-o'rinni egallagan maktab jamoasi esa 50 million so‘m pul mukofotini qo'lga kiritadi.
🟢Foto: Chiroqchi tuman
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi yoshlarni o‘qishga taklif etadi.
Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
To'garak a'zolaridan navbatdagi
XALQARO G‘ALABA
Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida kiokushin-kan karate boʻyicha "Tajikistan Open 2024" Xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
🏆Xalqaro aloqalarni rivojlantirish , kiokushin-kan karateni yoshlar oʻrtasida targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu turnirda Qashqadaryo viloyati, Nishon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "KARATE" toʻgarak aʼzolari ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥈2-o'rin Adxam Yuldoshev;
🥉3-o'rin: Asadbek Qurbonsayidov;
🥉3-o'rin: Ozodbek Nurmatov;
🥉3-o'rin: Elyor Davronov.
@Qashqadaryo_vxtb
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Shahrisabz shahridagi 10-sinf o'quvchisi, o'qituvchisini kaltakladi" mazmunidagi murojaat yuzasidan dastlabki rasmiy munosabat:
Holat Shahrisabz shahar IIB, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va soha mas'ullari nazoratiga olingan.
❗️O'rganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi.
Keng jamoatchilik va OAV vakillari diqqatiga!
Murojaatdagi vajlarni noto'g'ri talqin qilmaslik talab etiladi
ESLATMA❗️
Ma’lumki, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kiritilgan.Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish qonunan javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik maktab o'quvchilari respublika chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi
Qarshi shahridagi 11-maktabning 11- V sinf o'uvchilari sportning MMA jang san’ati turi bo'yicha kattalar va yoshlar o'rtasida o'tkazilgan viloyat chempionatida Dilbar Asatova faxrli 2-o'rinni va Shahriyor Doniyorovlar faxrli 3-o'rinlarni egallab Respublika chempionatiga yo'llanmani olishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танлови 1-босқичи жорий йилнинг 26-февраль куни ўтказилади
Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2024-йил 14-февралдаги 40-сон буйруғи
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Mamlakatimiz azal-azaldan iste’dodlar yurti, iqtidorli yoshlarning zaminidir.
✅ Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor natijasida bugun mamlakatimizning turli burchaklaridagi iste’dodlar kashf qilinmoqda, qo’llab-quvvatlanmoqda.
Biz esa ularning yutuqlarini ko’rib quvonamiz, izlanuvchan yoshlarimiz bilan dildan faxrlanamiz.
⚡️ Kuni kecha yurtimizning kitobxon yoshlarini birlashtirgan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovi bo’lib o’tganidan xabaringiz bor.
Unda 10-14 yosh toifasida Jomboy tumanidagi 12-maktab o’quvchisi Nargiza Muhammadiyeva 1-o’ringa sazovor bo’ldi.
O’quvchimiz tanlovda 417,4 ball bilan g‘olib bo‘ldi va Prezident sovg’asi — “Cobalt” avtomobilini qo’lga kiritdi.
➖ Biz Vatan kelajagini ko’zlari porlab turgan xuddi shunday bilimli yoshlarimizda ko’ramiz. Chunki, aynan ularning qo’li bilan bizning farovon ertamiz bunyod etiladi.
Parvozing bundan-da baland bo’lsin, Nargiza!
#Respublika_tashkilotlari
❕Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib borishni istaysizmi?
💬 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalarining rasmiy sahifalari bilan tanishib boring:
✔️ Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga doir yangiliklar ➡️ t.me/mdokanal
✔️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi eng qaynoq xabarlar ➡️ t.me/piimauz
✔️ Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ➡️ t.me/avloniyuz
✔️ O'qituvchilar uchun foydali havolalar hamda sohaga doir yangiliklar ➡️ t.me/uzluksiz_rivojlanish
✔️ Ustozlar uchun pedagogik ko'mak ➡️ t.me/rtm_metodik_xizmat
✔️ Barkamol avlod bolalar maktablari haqida ➡️ t.me/Barkamolbolalarmaktabi
✔️ Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning faoliyati ➡️ /channel/TDPU_uz
✔️ "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyati bilan bog'liq yangiliklar ➡️ t.me/newuzbekistanuniversity
✔️ Fan olimpiadalari bo’yicha eng sara xabarlar ➡️ /channel/olimpdep
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Olis_hudud
⚡QASHQADARYODA TA'LIM SIFATI YUQORI BO'LMAGAN OLIS HUDUDLARDA 20 MILLION SO'MGA YAQIN HAMDA 1000 AQSH DOLLAR MAOSH OLAYOTGAN ZAMONAMIZ QAHRAMONLARI HAQIDA
🔴(VIDEO)
➖Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar;
➖So‘nggi paytda tizimda olib borilgan islohotlarning pedagoglar hayotidagi o‘rni va ahamiyati;
➖pedagoglarni hozirgi kunda qadr topib, faqat o‘z ishi bilan shug‘ullanayotgani;
➖Ustoz, murabbiylik maqomi, bu kasbning mashaqqatli va sharafli jihatlari haqida.
#Prezident_sovrini
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda
✅ Joriy yilning 26-fevral kuni Respublikamiz bo'ylab "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi
➖ Ma'lumot o'rnida: tanlovda ishtirok etish hozirga qadar 6442 ta maktab ro‘yxatga olingan.
"Yosh kitobxon"
Tanlov nihoyasiga yetdi. "Cobalt" mashinasi ham o'z egasiga topshirildi
🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:
👉 @markaziytv 👈
📲 Hoziroq obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing.
Telegram | Instagram MarkaziyStudiya">| YouTube | Facebook
❗️2024 йил 1 сентябрдан бошлаб Қашқадарё ва Сурхондарё вилоятларида тажриба-синов тариқасида умумий ўрта таълим мактабларига олис ҳудудлардан қатнайдиган ўқувчилар учун аутсорсинг асосида бепул автобуслар қатнови йўлга қўйилади —Президент Фармони.
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
GʻOLIBLAR ANIQLANDI
▪️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Tabiat uchun" respublika onlayn tanlovi e’lon qilingan edi.
Mazkur onlayn tanlovning mutlaq g'oliblari aniqlandi!
🔺Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:
🥇1-o‘rin: Samarqand viloyati, Samarqand shahar 80-umumiy o‘rta taְ‘lim maktabining 9-“D”sinf o‘quvchisi Feruz Tolibov;
🥈2-o‘rin: Toshkent shahar, Yunusobod tumani 97-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchilari;
🥉3-o'rin: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 5-umumiy o‘rta taְ’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sardorbek Eshonqulov.
G'oliblar maxsus diplom bilan taqdirlanadilar.
@Qashqadaryo_vxtb
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Shahrisabz shahridagi 10-sinf o'quvchisi, o'qituvchisini kaltakladi" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
VOQEA TAFSILOTI:
2024-yil 19-fevral kuni shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 11:00 atrofida, Shahrisabz shahridagi 1-sonli umumiy-o‘rta ta’lim maktabida, maktabning ma'naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.Sh. tan shikasti olib, shahar Tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, 2024-yil 19-fevral kuni soat 10:00 larda, direktor o‘rinbosari Sh.K. shu maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 13.12.2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan B.G. ga qor o'ynamasligi, maktabdagi tartibga rioya qilib, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashini talab qilganida, maktab o‘quvchisi J.B. direktor o‘rinbosari Sh.K. ni talabini bajarmagani uchun, Sh. K. maktab o‘quvchisini J.B.ni o‘zining xonasiga olib kelib, unga tanbeh berib turganida, maktab o‘quvchisi J.B. to‘satdan Sh.K. ni yuz va boshqa tana-a’zolariga qo‘li bilan urib, unga tan shikast yetkazgani va oqibatda Sh.K. shifoxonaga yotqizilgani, hozirda shifoxonada yotib davolanayotganini ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 27-28-fevral kunlari Al-Хorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar, Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarining hududiy saralash bosqichlari bo‘lib o‘tadi
Mazkur olimpiadalar o‘tkaziladigan manzillar taqdim etilmoqda.
➖ Ushbu jarayonlarni shaffof o‘tkazish hamda olimpiada bahslarini keng yoritish maqsadida OAV vakillari va blogerlarni hamkorlikka chaqiramiz.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
Qashqadaryoda "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda...
❗️TANLOV JARAYONLARI HAQIDA AXBOROT BERILADI.
@Qashqadaryo_vxtb
"Barkamol avlod" bolalar maktabining iqtidorli o'quvchilaridan navbatdagi g'alaba
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Mental arifmetika" to'garak a'zolari Mirishkor tuman 3-maktab o'quvchilari 2024-yil 17-fevral kuni Buxoro shahrida "Mental arifmetika "buyicha Respublika olimpiyadasiga qatnashdi va quyidagi natijaga erishishdi
,,A"kategoriya
🏆 Muradillayev Xushnudbek OLIY
🏆 Narzullayev Temurbek OLIY
🏆 Quvatov Shamshod OLIY
,,D"Kategoriya Murakkab ko'paytiruv
🏆 Abdug'aniyev Yorqinjon Faxrli Oliy o'rinni egalladi va 25-martda Dubayda bo'ladigan “Mental arifmetika “bo'yicha xalqaro olimpiadaga va aprelda o'tkaziladigan Toshkentdagi xalqaro olimpiadaga yo'llanmani olishdi.
🥇Xusanov Asadbek 1-o'rin
🥇Xusanova Charos Faxrli 1-o'rinni egalladi.
@Qashqadaryo_vxtb
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI NAVOIYDA!
📌 Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.
⌨️Bugun ushbu festival Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tdi. Festivalda Qashqadaryo viloyat, tuman, shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabidan Z.Qobilov, N.Umirov, Yu.Jumayevlar mehmon sifatida ishtirok etishdi. Festival etti yo‘nalishda bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu festival Qashqadaryoda avgust oyida bo‘lishi rejalashtirilgan.
Festivaldan maqsad;
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish.
© Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
✈Telegram 📒Facebook
📸Instagram 📹YouTUBE
Tarbiyaviy-ma‘naviy ishlar muhokama qilindi
Joriy yilning 5-fevral kuni O'zbekistonlik Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman-shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi ma'sullari ishtirokida zoom platformasi orqali yig'ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig'ilish viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev hamda viloyat Milliy Gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Murodovlar rahbarligida o'tkazilib bir qator masalalar muhokama qilindi.
Yig'ilish kun tartibidan
o'tgan o'n kunlikda amalga oshirilgan ishlar xususan:
- haqiqiy davomat ko'rsatkichlarining oshayotganligi va bu bo'yicha ishlarni susaytirmaslik
- surunkali dars qoldiruvchilar bilan tizimli ishlash
- maktab foyesi va ichkarisida o'rnatilgan me'yoriy devoriy stend-plakatlar, ko'rgazmali axborotnoma va ma'lumotlar doskalari, davlat ramzlarining to'g'ri o'rnatilishi, jadidlar va jasorat burchaklarining namunaviy ko'rinishlar va boshqalar
- ta'lim muassasalarida vatanparvarlik tadbirlarini sifatli o'tkazish
- maktabdan tashqari fan va sport to'garaklari faoliyatini yaxshilash
- kitobxonlik, zakovat, shaxmat-shashka bo'yicha musobaqalarni muntazam o'tkazib borish kabi qator masalalar haqida so'z bordi.
Qashqadaryoda Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi o'tkaziladi
Avval xabar berilganidek, Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda. Ya'ni joriy yilning 26-fevral kuni Respublikamiz hududlarida tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Ubaydulla Oripov Dehqonobod tumanida boʻlib, umumiy oʻrta taʼlim maktablari Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi oʻtadigan 70-maktabga tashrif buyurib oʻzining tegishli ko'rsatma va tavsiyalarini berdi.
❗️Qo'shimcha axborot beriladi...
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Insta_loyiha2
#Maktab
Яхши тарбия — бу бизнинг бахтли кексалигимиз, ёмон тарбия — ғам-аламларимиз, кўз ёшларимиз ва бутун мамлакат олдидаги айбимиздир.
——————
Видеоролик “Баркамол авлод” болалар мактаби ва Тошкент шаҳридаги 243-мактаб устозлари, ўқувчилари ва мактаб раҳбарияти иштирокида тайёрланди.
Telegram
Qashqadaryoda maktab sardorlari uchun o'quv-seminari tashkil etildi!
Faol maktab o'quvchilaridan tarkib topgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Sardorlar Kengashi tomonidan Qarshi shahridagi barcha maktab "Ittifoq" va "Kamalak" sardorlari uchun "Sardorlar karvoni" nomli o'quv-seminari tashkil etildi.
104 nafar maktab sardorlari qatnashgan o'quv-seminarida maktab sardorlari faol qatnashib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi!
@QashqadaryoVXTB
JADIDLAR SIYMOSI...
Qarshi tumanidagi 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "TARAQQIYPARVAR JADIDLAR" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda o'quvchilar tomonidan ma'rifatparvar jadidlarni siymosini aks ettiruvchi sahna chiqishlari va "O'tkan kunlar" romanidan Otabek va Kumushning sahna ko'rinishini ijro etishdi.
🟢Qashqadaryolik o'quvchi yoshlar vatanparlik ruhida tarbiyalanmoqda
Mirishkor tumanidagi 12-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchi yoshlarini milliy gʼoya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanni sevish, ardoqlash, oʼz Vatani bilan gʼururlanish tuygʼularini kuchaytirish maqsadida Muborak tumani 54943-harbiy qism Ofitser va serjantlari tashrif buyurib, harbiy xizmatchilarning sharafli faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdi.
Shuningdek, oʼquvchi yoshlar harbiy qurol jamlanmalari, harbiy texnikalarni koʼzdan kechirishdi. Tadbirda soʼzga chiqqanlar ona vatanga xizmat, yurtga sadoqat, burch haqida fikrlar bildirishdi.Taʼkidlash kerak, mazkur oʼziga xos tadbir yoshlar qalbidagi vatanparvarlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eksternat tartibida oʻtkaziladigan imtihonlarda ishtirok etish tartibi
✅ Xabaringiz bor, joriy yil 1-martdan boshlab turli sabablarga koʻra oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim olmagan fuqarolardan eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etish arizalar qabul qilina boshlanadi.
➖Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun kimlar ariza topshirishi mumkin;
➖Talabgorlardan qanday hujjatlar talab etiladi;
➖Arizalar qay tartibda koʻrib chiqiladi;
➖Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi qachon va qay tartibda oʻtkaziladi;
➖Natijalar qachon eʼlon qilinadi?
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1501
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❗️Мактаб ўқувчилари учун 50 фоизли чегирма эълон қилинди
''IT Klaster'' ўқув маркази мактаб ўқувчилари учун навбатдаги чегирмани эълон қилди. Энди мактаб ўқувчилари инглиз тили, математика ва бошқа фанларни ўрганишлари учун 50% чегирма берилади.
Батафсил маълумот:+998996881199
#видеониўқувчиларгаюборинг
#Hamkorlik
Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi hamda nodavlat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Olimjon Mavlonov hamda viloyatda faoliyat yurituvchi nodavlat oliy ta'lim muassasalari ya'ni Qarshi xalqaro universiteti, Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Qarshi innovatsion ta'lim universiteti, Qarshi axborot texnologiyalari va menejmenti universiteti, Turon universiteti, Qarshi xalqaro innovatsion universitetlari rahbariyat xodimlari ishtirokida yig'ilish tashkil etildi.
✔️Bunda oliy ta'lim muassasalari bilan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida hamkorlik jarayonlarini kengaytirish, metodik yordam, innovatsion ilmiy g'oyalarni maktabgacha va maktab ta'limi sohasida kengroq joriy qilish, o'quv-amaliy seminarlar tashkil etish hamda universitet rektorlari maktab ta'limi maskanlarini "otaliqqa olish" masalalari keng muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, tashkil etilgan bugungi yig'ilishda nodavlat OTM bilan hamkorlikda ishlash va ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan galdagi strategik masalalar muhokama etildi.
Мобил қарамлик: замонамиз касаллигидан фарзандларимизни қандай асраш мумкин?
Болада мобил қарамлик аниқланганда, мутахассислар томонидан қандай коррецион методлардан фойдаланиш мумкин?
Кўпчилик ўқувчиларимиз коррецион методдаги ўйиннинг ярмига бориб, давом эттиришни исташмайди. Чунки, улар телефонга қарамлик ортидан нималарни йўқотиб боришаётганини яхши тушуна бошлашади.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt