Раҳбарлар ҳам «Яшил макон» умуммиллий ҳаракатида фаол қатнашишмоқда
Қашқадарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқарма бошлиғи Убайдулла Орипов, бошқарма ўринбосари Ориф Умировлар ўзлари таҳсил олган мактабга ҳар бири 200 тупдан умумий ҳисобда жами 400 тупдан ортиқ мевали ва манзарали кўчатлар экишди.
/channel/qarshiliklar
#Yangi_loyiha
QASHQADARYODA ILK BORA START BERILGAN "MAKTABLAR LIGASI" SPORT MUSOBAQASINI VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILMOQDA
Avvalroq, Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimovning 2024-yil 10-yanvardagi 8-4-0Q/24-sonli qaroriga asosan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasini o‘tkazishga start berilgan edi. Shunga asosan joriy yilning fevral oyidan boshlab hududlarda "maktablar ligasi" birinchi bosqichi o'tkazilgan edi.
Bugun "Maktablar ligasi" viloyat bosqichi Qarshi shahridagi san'at maktabida katta hayajon bilan o'tkazilmoqda.
(Natijalar bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi)
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
☄️QASHQADARYOLIK O'QUVCHILAR DUBAYGA KETADI
Toshkentda o’tgan mental arifmetika bo’yicha musobaqada mirishkorlik o'quvchi yoshlar Shahodat Bahriddinova, Jahongir Ziyodullayev, Avazbek Amrullayev, Avzalbek Amrullayev, Humoyun Xoliqberdiyevlar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib, Dubay shahrida bo’lib o’tadigan musobaqaga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Yangi_loyiha
🏆🏅LIVE...
Qashqadaryoda ilk bora tashkil etilgan "Maktablar ligasi" sport musobaqasini viloyat bosqichi o'tkazilmoqda — QASHQADARYO.
📌O'tkazilayotgan manzil: Qarshi shahar san'at maktabi.
(Qo'shimcha axborot beriladi)
@Qashqadaryo_vxtb
❗️PISA topshiriqlari ham attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun roʻyxatga kiritilgan
Joriy yilda pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxati eʼlon qilingan edi.
Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan ushbu roʻyxatda matematika, geografiya, fizika ,ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari boʻyicha attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxatiga 2022-yilda oʻtkazilgan PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) saytida ochiq eʼlon qilingan topshiriqlar ham kiritilgan.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda PISA 2022 tadqiqotida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan ushbu topshiriqlar boʻyicha videodarslar tayyorlab eʼlon qilib kelmoqda:
🔺Uchburchakli andoza
🌳O'rmon hududi
🚚 Yuk mashinasi
🏀🔟 Ochkolar
Yuqoridagi fanlar boʻyicha attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrayotgan pedagoglar ushbu topshiriqlarni bajarib koʻrishlari hamda videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishlari mumkin.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo hokimi Murodjon Azimov ham dabdabali to‘ylarga sarflanayotgan mablag‘larni farzandlar o‘qishi, hunar o‘rganishi uchun sarflash lozimligini aytmoqda.
“Qozon-qozon osh berish vaqtinchalik narsa, o‘sha pulni nabirangizga sarflang, uning til o‘rganishi, ta’lim olishi yoki hunar o‘rganishi uchun sarflang. Ilm-fanga tikilgan mablag‘ bugun yoki erta foyda bermasligi mumkin. Lekin besh yil, o‘n yil o‘tib 20 baravar bo‘lib qaytadi”, — deydi hokim.
#Natija
Qarshi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi 69-umumiy oʻrta taʼlim maktabining izlanuvchan, ijodkor ingliz tili fani oʻqituvchisi Babanazarova Nilufar ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha C1 sertifikatini qoʻlga kiritdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Viloyat sektor rahbarlari Koson tumanidagi 15-maktabda tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida ishtirok etmoqda
Вилоят сектор раҳбарлари Косон туманидаги 15-мактабда ташкил этилган ҳарбий-ватанпарварлик тадбирларида иштирок этмоқда.
@Qashqadaryo_vxtb
Назар Шукур таваллудининг 70 йиллиги нишонланди
Тумандаги 47-умумий ўрта таълим мактабида Наврўз маҳалласи фаоллари томонидан чироқчилик шоир Назар Шукур таваллудининг 70 йиллигига бағишлаб маънавий-маърифий тадбир ўтказилди.
Тадбирда чекка қишлоқ ёшларининг спорт, санъат, адабиёт ва шеъриятда эришаётган ютуқлари ҳақида сўз юритилди. Дастлаб, мактабнинг истеъдодли ўқувчилари ўзларининг чиқишларини намойиш этишди. Шундан сўнг, тадбирда сўз олганлар юртимизда олиб борилаётган кенг кўламли ислоҳотлар, янгиликлар ҳақида тўхталдилар.
TAYINLOV
BOSHQARMAGA YANGI O'RINBOSAR TAYINLANDI
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida tashkiliy masala koʻrildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, tayinlangan boshqarma o'rinbosari buyrug'ini jamoaga o'qib eshittirdi.
Bazarov Farid Uralovich — O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug'iga ko'ra, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
❗️U tayinlovga qadar Muborak tumani hokimining Yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Xalqaro_hamkorlik
IJOD MAKTABIDA GERMANIYA TA'LIM KOMPANIYASI VAKILLARI
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniyaning "Simson Private Akademie" kompaniyasi rahbari Max Reumschussel va loyiha koordinatori Shonosir Shorahmedov tashrif buyurdi. Ularga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari hamrohlik qildi.
Mehmonlar dastlab ijod maktabidagi Abdulla Oripov muzeyida boʻlib, atoqli shoir hayoti va ijodiga oid eksponatlar bilan tanishdi. Shundan soʻng Germaniya ta'lim kompaniyasi vakillariga Ijod maktabi faoliyati, bu yerda yaratilgan taʼlim sharoitlari, turli toʻgaraklar, iqtidorli yoshlar erishayotgan yutuqlar haqida ma'lumot berildi.
Tashrif doirasida mehmonlar ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan nemis tili toʻgaragi oʻqituvchisi Nafisa Hamidova va uning shogirdlari bilan suhbatlashdi. Muloqotda nemis tilini oʻquvchilarga oʻrgatishda samarali boʻlgan oʻquv qoʻllanmalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlar tomonidan toʻgarak faoliyati uchun zarur qoʻshimcha elektron adabiyotlar tavsiya etilib, ular bilan taʻminlashda amaliy yordam taklif etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
☄️Бир мактабда 18 нафар ўқувчи IELTS сертификатларини олишга эришди
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Оталиққа олинган ёшлар билан тизимли ишлар олиб борилмоқда.
Қарши шаҳар прокурори А.Мирзоевга бириктирилган 2-сектор ҳудудида жойлашган “Батош” маҳалласидаги оталиққа олинган ёшлар билан маданий-маьрифий тадбирлар амалга оширилиб келинмоқда.
Жумладан, 20-сонли умумий ўрта таълим мактабининг ўқувчилари билан ўтказилган учрашувларда билдирилган таклифларга асосан Самарқанд шаҳридаги тарихий обидаларга саёҳат ташкил қилинди.
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
BOSHQARMA BOSHLIG'I VA O'RINBOSARI O'ZI O'QIGAN MAKTABGA KO'CHAT EKDI
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, ijtimoiy soha maskanlarida daraxtzorlar ekish borasida bir qator tashabbusli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, boshqarma o'rinbosari Orif Umirovlar o'zi tahsil olgan maktabga har biri 200 tupdan umumiy hisobda jami 400 tupdan ortiq mevali va manzarali ko'chatlar ekildi.
Bundan tashqari mahalla hududidagi qabristonlarga nihol(mevali, manzarali) ko'chatlari ekilmoqda.Ta'lim maskanlari bog'ini boyitish va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etish davom etmoqda.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makondan_daromad
2000 MING AQSH DOLLARDAN ORTIQ DAROMAD TOPAYOTGAN MAKTAB — QASHQADARYO
Ma'lumki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirishda o'rni beqiyosdir. Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iboratdir.
Hozirda barcha ta'lim maskanlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga sazovor. Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, —“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas! .
Qashqadaryodagi barcha hududlar singari Koson tumanida ham "Yashil makon" doirasida bir qator ko'kalamzorlashtirish ishlari qilinmoqda. Ta'lim muassasalarini ko'kalamzorlashtirishdan tashqari maktab fondini moddiy boyitish choralari ham ko'rilmoqda. Xususan, Koson tumanidagi 15-,28-, 77-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida mevali va manzarali daraxtlarni yetishtirish hamda mahalliy aholiga sotib, daromad topish manbayiga ham ega bo'lgan.
Qayd etish lozimki, Koson tuman tumanidagi 77-maktab bog'i 18 ming daraxtzorga ega. Shundan, 8 ming tup ko'chatlar sotuvga tayyor. 2023-yilda esa ko'chatlar orqali maktab 2000 ming AQSH dollardan ortiq daromad topgan.
Bundan tashqari tumandagi 28-sonli umumta'lim maktabi 13 mingdan ortiq mevali, manzarali hamda 77-sonli maktabda esa 11 mingdan ortiq daraxtzor va ko'chatlariga ega. Ushbu maktab ham ancha yillardan buyon nihol, ko'chatchilik bilan shug'ullanadi va yillik qo'shimcha daromadi o'rtacha 2500 ming AQSH dollarini tashkil etadi.Topilgan daromad orqali iqtidorli o'quvchilar va ustoz, murarabbiylarni rag'batlantirish an'anaga aylangan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlardagi ta'lim maskanlarini ko'kalamzorlashtirish borasida tizimli ishlar bajarilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
ENG KO'P DARAXT EKKAN MAKTAB RAG'BATLANTIRILADI— QASHQADARYO
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz!" loyihasiga start berildi.
Ushbu loyiha tanlov asosida shakllantirilib, 2 nominatsiya asosida baholanishi nazarda tutilgan.
🔠1-nominatsiya: "Eng ko'p nihol ekkan maktab";
🔠2-nominatsiya: "Eng ko'p daraxtzor maktab".
Nominatsiyalar doirasida munosib maktablar soni ortganda qo'shimcha rag'batlantirish choralari ko'riladi.
MAKTAB MA'MURIYATIDAN TALAB ETILADI:
✔️Ekilgan daraxtlar soni;
✔️Sifatli rasm 4 dona rasmlarni telegram orqali @QashqadaryoMMTBbot ga yuborish so'raladi.
👉Muddat: 2024-yil 21-martga qadar.
❗️Hurmatli maktab ma'muriyati!
Sizni "Yashil makon" doirasidagi tashabbusingiz biz uchun muhim...
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-"A" sinf o'quvchisi Dilnura Fayzullayeva "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining tuman bosqichida faxrli I-o'rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma hamda eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
🔹Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова ЎзА мухбирининг раҳбарлик масъулияти, жамиятда хотин-қизлар фаоллигини ошириш самаралари хусусидаги саволларига жавоб бериб ўтди.
➖Хотин-қизлар ишлаш учун кўпроқ таълим тизимини танлаши бежиз эмас. Чунки аёллар келажагимиз эгаларига нафақат билим беради, балки оналик меҳрини ҳам улашади.
➖Аёл раҳбар ходимга бирор вазифа топшираётганда, унинг имкониятларини эътиборга олади.
➖Раҳбар аёл кишими ёки эркакми, муҳими жамоани жипслаштириб, бирдамликда ишонч билан белгиланган мақсадларга сафарбар қила олиши лозим. Бу борада бошқарувчи шахсий ибрат бўлиши, фидойилик кўрсата олиши керак.
➖Мен ҳарбий оилада вояга етганман. Ота уйимдаги муҳит мени қатъий тартиб-интизомга ўргатган.
➖Ўз ишини севиб, шу даргоҳга ошиқадиган раҳбарни ишхонасида хайрли янгиликлар, хайрихоҳ жамоаси кутади. Оиласида эса меҳрибонлари қарши олади.
➖Ҳар дақиқада Президентимиз ишончини ва бу ишончга муносиб бўлишни юракдан ўтказиб яшайман. Юртимизга, юртбошимизга, таълим тизимига садоқат билан хизмат қилиш чинакам масъулият ва шараф!
👉 Мулоқотнинг тўлиқ матнини quyida ўқишингиз мумкин.
Ko'kdala tumani 94-maktabining 11-a sinf oʻquvchisi Jahonov Quvonchbekdan ijobiy natija...
@Qashqadaryo_vxtb
#NATIJA
Chiroqchi tumanidagi 124-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilaridan natija.
#Natija
Qarshi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi 69-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi Farangiz Norqulova ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatiga ega boʻldi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Turon
#maktabteatri
🟢 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovi to‘g‘risida ushbu taqdimot orqali tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube
"Maktablar ligasi" sport musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
Qamashi tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun "Maktablar ligasi" sport musobaqasining shaxmat, shashka va basketbol sport turlari bo‘yicha tuman bosqichi yakunlandi.
G‘olib va sovrindorlar tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman sektor rahbarlari tomonidan rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Qiz bolalar o‘rtasida shaxmat yo‘nalishida 63-maktab o‘quvchisi Nafisa Qo‘shshayeva, shashka yo‘nalishida 14-maktab o‘quvchisi Dilnura Aliqulova, basketbol yo‘nalishida 67-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida shaxmat yo‘nalishida 70-maktab o‘quvchisi Sardor Yo‘ldoshev, shashka yo‘nalishida 19-maktab o‘quvchisi Shohjahon Alpomishov va basketbol yo‘nalishida 7-maktab jamoasi 1-o‘rinni egallab viloyat bosqichiga chiqdi.
@Qashqadaryo_vxtb
🟢"Besh tashabbus olimpiadasi"ga start berildi — MUBORAK
Mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berildi.
Xususan, muboraklik o'quvchi yoshlar ham ushbu musobaqaning rasmiy ochilish marosimida masofaviy tarzda qatnashib, Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rganlik ko‘rishmoqda.
🟢|RASMIY MUNOSABAT
❗️BOLALAR OMBUDSMANI YOLG'ON AXBOROT TARQATMOQDA
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda "Yakkabog' tumanidagi 80-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari kaltaklandi" nomli murojaat bo'yicha dastlabki rasmiy munosabatni bildirgan edi.
❗️Biroq, Bolalar ombudsmanini ijtimoiy tarmoqlardagi kanalida esa 2023-yilda tasvirga olinib, yaqinda tarqalgan videoni 2024-yil ya'ni joriy yilga aloqador deb baholagan.
👉Shundan so'ng, keng jamoatchilik va OAV vakillari orasida go'yoki Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasini yolg'on axborot tarqatayotgani takror-takror murojaatlar botiga qayd etilgan.
❌Shuningdek, Kun.uz nashri Bolalar omudsmani bergan rasmiy munosabatiga tayanib videodagi holat 2024-yil 13-yanvarda sodir bo'lganligi ham qayd etganini ko'rish mumkin.
❗️Yuqoridagilardan kelib chiqib, hamkor tashkilotlardan dastlabki rasmiy munosabat berilishida to'liq o'rganilmagan, yolg'on ma'lumotlarni tarqatish yoki tashkilot tomonidan berilgan rasmiy munosabatni keng jamoatchilik, aholi o'rtasida noto'g'ri talqin qilinishi oqibatida fuqarolarda Maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga bo'lgan ishonchsizligi ortishi mumkinligini bildirib o'tadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
📣📣📣📣📣
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o‘tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo‘l oldi.
😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.
▶️ Ozod Axtamov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
▶️ Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o‘quvchisi;
▶️ Asadbek Boboqulov — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchisi;
▶️ Elbek Zohidjonov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi.
⚡️ Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
Президент илгари сурган ташаббус орқали ўқувчилар даромад топяти
Қарши туманидаги ўқувчилар мактабда ташкил этилган тўгаракларга асосан касб-ҳунар ўрганиб, шу орқали даромад топяпти.
(Социолог, К. Дусов Қарши туманидаги мактаб фаолияти билан танишди — 5 март 2024 йил)
#Меҳнат_меҳнатни_таги_роҳат✊
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Қашқадарёда ўқувчиларнинг калтакланишига Болалар омбудсмани муносабат билдирди
Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/98547
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH