Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Din ishlari qo‘mitasining Mirishkor tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi F. Asadov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari H. Karomatov hamkorligida tumandagi Chandir shifoxonasi va 8-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishchi-xodimlari o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat", "Erta turmushga qarshi birgalikda kurashaylik"," Internetdan foydalanish madaniyati", "Din niqobi ostidagi ma'naviy tahdidlar"," Ommaviy madaniyatga qarshimiz" hamda "Kitobning inson hayotida tutgan o‘rni" kabi mavzularda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Мактаб ўқитувчиларнинг касб стандартлари (рус тилида)
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
#Topshiriqlar_ijrosi
🟢Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi buyrug'i mazmuni soha mas'ullariga tushuntirildi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i oʻrinbosari M.Panjiyev hamda Qashqadaryo VPYMO'MM direktori A.Mallayev hamda soha mas'ullari ishtirokida boʻlim metodistlari bilan suhbat boʻlib o'tdi.
YIG'ILISH DAVOMIDA:
Taʼlim sifatini oshirishda boʻlim vazifalari, metodistlarning ish faoliyatini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 8-sonli buyrugʻi mazmun-mohiyati;
✅Ilgʻor oʻqituvchilarning ish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq ommalashtirish platformasiga joylashtirilgan ishlarni talab darajasida baholash, adolatli yondashuvni tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
#Spikerlar_bilan_tanishtiramiz
⚡️"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi doirasida o’z sohasida muvaffaqiyatga erishgan mahalliy spikerlar tomonidan ham mahorat darslari bo’lib o’tadi:
➖Tursunoy Usmonova: “Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari”;
➖Nargiza Alikulova: “Brend yaratishda hikoya qilishning (Storytelling) asosiy jihatlari”;
➖Madina Mavlanova: ”Grafik dizayn yo’nalishida muvaffaqiyatga erishish formulasi”,
➖Dilfuza Kurolova: "Inson huquqlari va uni himoya qilish”.
❗️Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mutaxassislar yordamida biz bilan birgalikda o’rganing!
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI
41-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️Қашқадарёда уч ой давомида 185 та боғча фойдаланишга топширилди. Биргина “Наврўз” умумхалқ байрами арафасида вилоятда 60 та боғча очилган.
Nasafnews расмий саҳифаси
#Infografika
✅ "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
❗️Statistika 23-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
⚡️ Eslatma: Bugun, offline darslarga qabul qilingan ishtirokchilarga loyihamiz kordinatorlari a'loqaga chiqadilar. Online darslarimizga esa ro'yxatdan o'tish davom etmoqda.
_
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
CHIROQCHINI OLIS HUDUDIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI OCHILADI
Chiroqchi tumani Dursun mahallasida istiqomat qilayotgan aholi farzandlari uzoq yillardan buyon maktabgacha ta’limdan bebahra edi.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori va ushbu qaror ijrosi doirasidagi sa’y-harakatlar dursunlik bolajonlarning ham ko‘p yillik istaklarining ro‘yobga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur qarorga asosan, Dursun mahallasida umumiy qiymati qariyb 5 milliardan ziyod mablag‘ evaziga zamonaviy tipdagi 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tez kunlarda foydalanishga topshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan yakuniy pardozlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi Fayzulla Yusupov mas’ullar va qurilish tashkiloti vakillariga qisqa vaqt ichida ishlarni yakunlash xususida tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda 3 oy davomida 185 ta MTM foydalanishga topshirildi
Bugun Qarshi tumani "Chaman" MFYda 150 o‘rinli "Shumtakalar" bolalar bog‘chasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur bog‘chada bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda xorijiy tillar to‘garaklari, futbol, karate, mental arifmetika, xoreografiya va rasm hamda mohir qo‘llar, boks va badiiy gimnastika bo‘yicha ham to‘garaklar tashkil etilgan.Pedagoglar kasting asosida tanlab olinib, yetuk ta’lim fidoyilari jalb etilgan. Bundan tashqari tadbirkor Samandar Narzullayevning aytishicha, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari ham ushbu bog‘chada imtiyozli tarbiyalanishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV:
Joriy yilning 3 oyi davomida viloyatda 185 ta maktabgacha ta’lim muassasalari ochilib, 9438 nafar bolalar qamrab olindi. Qamrov darajasi 2023 yil yakunidagi 60,2 foizdan 63 foizga yetdi.Qashqadaryoda maktabgacha ta'lim sohasida yangi islohotlarni joriy qilish borasida bir qator amaliy tashviqotlar amalga oshirilmoqda.
Navro‘z—mehr-oqibat ayyomi, bag‘rikenglik keng namoyon bo‘ladigan muqaddas oy esa Ramazondir
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bu muborak oyda, imkoniyati cheklangan, ayniqsa ehtiyojmand oilalarning nogironligi bo’lgan farzandlari holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash muhimligini ta'kidlagan edi.
Shahrisabz tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Botirov, Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va inkluziv ta’lim bo‘limi metodist-psixologi Z.Ismatova hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari 21-mart “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Shahrisabz tumanidagi 84 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 149 nafar uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar holidan xabar olishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
KASBIDA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI SONI ORTMOQDA
Kasbi tumanida Fazli mahalla fuqarolar yig'inida 50-o'rinli YTT Ismatova Nigora Shosuvor qizi ONMTT, Xo'jaqarliq MFYda YTT Avezov Ibroxim Hakimovich oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilari o'z faoliyatini boshladi tadbirga Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi xodimi , mahalla faollari hokim yordamchisi va ota-onalar ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Баҳор айёми – Наврўзи олам муборак бўлсин!
“Сен баҳорни соғинмадингми...”
Абдулла ОРИПОВ шеъри.
Фарҳод МАҲМУДХОН ўқиди.
@Qashqadaryo_vxtb
Qadrli ustoz, murabbiylar va aziz pedagoglar!
Sizlarni yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi – Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Azaliy va abadiy bayramimiz – Navro‘z katta tantana bilan muntazam ravishda nishonlanmoqda.Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, urf-odatlarimizning betakror ifodasidir. Yana bir bora barchangizni kirib kelayotgan Navro'z ayyomi bilan muborakbod etaman.
Butunjahon suv kuni nima?
1993- yildan beri Butunjahon suv kuni 22-mart kuni nishonlanib, dunyo suv inqirozi to'g'risida xabardorlikni shakllantirishga imkon yaratdi. 2021- yilgacha suv va sanitariya-gigienani hammaga taqdim etish maqsadida 2030 -yilgi Butunjahon suv kunining mavzusi "Suvni qadrlash"ga atalgan.
Ushbu video Butunjahon
suv kuniga bagʻishlanadi.
Maqsad: oʻquvchilar ongida suvdan oqilona foydalanish tuygʻularini shakllantirish.
Maktab oʻqituvchilarning kasb standartlari (oʻzbek tilida)
———
Рустамов_БЛОГ
@Rasmiykanal_uz
Dubaydagi mental arifmetika musobaqasida muboraklik o‘quvchi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida mental arifmetika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarli jihati, unda Muborak tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Mansurjon Allaberganov ham ishtirok etib, yakunda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot o‘rnida, Mansurjon Allaberganov mental arifmetika sir-asrorlarini Aziza Murodova rahbarlik qilayotgan tumandagi 5-sonli DMTTda tashkil etilgan to‘garakda ustozi Shaxodat Roziqovadan o‘rganmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
QASHQADARYODAGI TA'LIM MASKANLARIDA FRANSUZ TILI ELEKTRON DARSLIKLARI JORIY QILINMOQDA
Shahrisabz shahridagi 6-umumta’lim maktabida 1-11 sinflar uchun Fransiyaning Hachette Livre Group nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan fransuz tili elektron darslik majmualarining mazmun-mohiyati yuzasidan tuman seminari -trening tashkil etildi.
Unda Shahrisabz va Kitob tumanlari umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari, faol o'quvchilar ishtirok etdi.
Tadbirni viloyat Qashqadaryo VPYMO'MM Metodik xizmat koʻrsatish bo'limi nemis va fransuz tili fanlari metodisti Sevara Raxmatullayeva ochib berdi.
Seminar davomida Shahrisabz tumani 83-maktabning fransuz tili o'qituvchisi Xumora Mirzayeva boshchiligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijrosida sheʼrlar va qo'shiqlar ijro etildi .
Yangi fransuz tili fani darsliklari bo‘yicha Shahrisabz tuman 42-maktab o‘qituvchisi Nodira Boqiyeva , 41-maktab o‘qituvchisi Salohiddin Qudratov, 19-maktab direktori hamda fransuz tili fani o‘qituvchisi Xurshid Eshqobilov, o‘qituvchilarga darsliklardan qanday foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Mazkur ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun “Décibel”, 10-11-sinflari uchun “L'atelier”) darsliklari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida keng joriy qilindi.
Qashqadaryoda uch oy davomida 185 ta bog‘cha foydalanishga topshirildi
Viloyatda bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga qamrovi 63 foizga yetgan.
Batafsil — http://dy.uz/QJT9E
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
❓Ёлғон (фейк) ва нохолис ахборотларни тарқатганлик учун қонунчиликда жазолар белгиланган
⚖️Ижтимоий тармоқлар орқали ишлаб чиқарувчи ёки рақобатчини обрўсизлантириш ёхуд иқтисодий зарба бериш мақсадида асосланмаган, ёлғон овозли, фото ва видеохабарларни тарқатиш Жиноят кодексининг 192-моддасида белгиланган жавобгарлик билан жазоланади
📢Туҳмат, яъни била туриб бошқа шахсни шарманда қиладиган уйдирмаларни тарқатганлик учун Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 40-моддасида ҳамда Жиноят кодексининг 139-моддасида жавобгарлик белгиланган
🔰Шунингдек, ёлғон хабар тарқатганлик учун фуқаровий жавобгарлик ҳам мавжуд. Хусусан, Фуқаролик кодексининг 102/1 моддасида шахснинг ор-номуси, шаъни ва қадр-қиммати ҳамда ишчанлик обрўсини ҳақоратловчи маълумотларни тарқатиш туфайли маънавий зарар етказилган бўлса, етказувчининг айбидан қатъий назар қопланиши лозимлиги кўрсатиб ўтилган
💰Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 202 (икки) моддасига кўра жамоат тартибига ёки хавфсизлигига таҳдид солувчи ёлғон ахборотни тарқатиш, шу жумладан, ОАВ, телекоммуникация тармоқлари ёки Интернет жаҳон ахборот тармоғида тарқатиш БҲМнинг 50 (11 млн 150 минг сўм) бараваридан 100 (22 млн 300 минг сўм) бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
❗️Шунингдек, Жиноят кодексининг 244/6 моддасига мувофиқ маъмурий жазо қўлланилганидан кейин ҳам ушбу хатти-ҳаракатлар такрор содир этилса, БҲМнинг 200 бараваригача (44 млн 600 минг сўм) миқдорда жарима ёки 300 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёки 2 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёки 2 йилгача озодликни чеклаш билан жазоланади.
✅Navro'z bayrami arafasida Qashqadaryoda 5 ta MTT ochildi
🏫Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani "Istiqlol" mahallasida 150 o'ringa mo'ljallangan 16-sonli DMTT foydalanishga topshirildi.
🏘 Qarshi shahrida esa 4 ta oilaviy NMTT ochildi. "Mahallot" mahallasida tadbirkor N.Panjiyeva tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida 25 o‘rinli, "Aralovul" mahallasida tadbirkor D.Eshmurodova tomonidan 23 o‘rinli, "Bo‘ston" mahallasida tadbirkor N.Jo‘rayeva tomonidan 25 o‘rinli, "Shayxali" mahallasida tadbirkor H.Usmonova tomonidan 25 o‘ringa mo‘ljallangan barcha shart-sharoitlar va qulayliklarga ega bo‘lgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.
TA'LIM, SUD HAMKORLIGI — QASHQADARYO
Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida bir qator amaliy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ma'lumki, huquqiy madaniyat orqali jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo'lishi nazarda tutilgan.
Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi va natijada shaxs jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo'ladi.
Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz tasavvur etib boʻlmaydi, insoniyat fan oʻqi atrofida aylanayotgandek goʻyo. Jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir.
YANGI O'QUV BINOSI TOPSHIRILADI—CHIROQCHI
Chiroqchi tumani Dam mahallasidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4 qavatli yangi o‘quv binosi tez kunlarda foydalanishga topshiriladi.
Bugungi kunda maktabning ichki pardozlash ishlari yakunlanib bormoqda. Eng muhimi 330 o‘rinli maktab binosi bilan yondosh tarzda 12 milliarddan ziyod mablag‘ evaziga qo‘shimcha 4 qavatli 560 o‘rinli zamonaviy yangi o‘quv binosida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Bugun Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib usta quruvchilarga o‘zining tavsiyalarni berdi.Zamonaviy 560 o‘rinli ushbu maktab binosining sinfxonalarini fan yo‘nalishlariga ko‘ra, pardozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bunyodkorlik ishlari yakunlangach, maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilishi bilan birga, ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shuningdek, tuman hokimi kunning ikkinchi yarmida tuman maarkazidan olis Quruqsoy mahallasidagi 125-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Qishloq o'quvchisi tanlovda g'olib bo'ldi va avtomashina sovriniga ega bo'ldi—QASHQADARYO
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab muhokamaga sabab bo'lgan qashqadaryolik maktab o'quvchisi “Yosh kitobxon” tanlovning respublika final bosqichida 15-19 yosh toifasi bo’yicha qashqadaryolik Nurmatov Mironshoh 312,4 ball bilan g’oliblikni qo’lga kiritib, Prezident sovg’asi “Cobalt” avtomobili sohibiga aylandi.
Ushbu video lavhada Mironshohni tanlov g'olibi bo'lishigacha erishgan natijalari, mashaqqatlari hamda otasining taassurotlari aks etgan.
Hurmatli o'quvchilar!
Siz ham kitob o'qing va avtomashina sohibi bo'ling!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda yangi ochilgan MTMda gimnastika bo‘yicha mahorat to‘garagi o'tkazildi
Joriy yilning 5-mart kuni Prezidentimizning Oksana Chusovitina sport mahorati maktabiga tashriflari davomida, hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasasalarida 1 tadan xona ajratib, bolalarni erta yoshdan gimnastika bilan shug‘ullantirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Bu bo‘yicha viloyatda bir qator tizimli ishlar boshlandi.
Bugun Murotjon Azimov Qarshi tumani "Chaman" MFYdagi bolalar bog‘chasida ochilgan gimnastika bo‘yicha mahorat to‘garagi faoliyati bilan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, viloyatimizdagi 466 ta davlat va 156 ta davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida 1 tadan xona ajratilib, bolalarning gimnastika bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratiladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ta'lim muassasalarida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" g'oyasi ostida bayram tadbirlari o'tkazildi
Yakkabog‘ tumani 75-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" g'oyasi asosida ostida bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
—Joriy yilning 20-mart kuni maktabning "Yosh havaskorlar" jamoasi rahbari Sh.Rahmonov tomonidan maktab miqyosida katta bayram tadbiri tashkil etildi. Maktabning iqtidorli o'quvchilar jamoasi tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qo'shiqlar va raqslar tadbirda ishtirok etgan keng jamoatchilik faollari, ota-onalar hamda maktab jamoasida katta taassurot qoldirdi,-deyiladi Yakkabog‘ tumani 75- umumiy o‘rta ta'lim maktab mas'ullari.
@Qashqadaryo_vxtb
#Infografika
✅ "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
❗️Statistika 21-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________
⚡️ Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z! — QASHQADARYO
Qarshi shahridagi Amfiteatrda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z bayrami keng nishonlandi.
Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik so‘zi bilan ochib, barcha vohadoshlarimizni bayram bilan tabrikladi.Bahoriy kuy-qo‘shiqlar hamda teatrlashtirilgan tomoshalar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram dasturi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida tashkil etilgan xalq sayliga ulanib ketdi.
Bayram tadbirida pedagog kadrlar, yuqori natijaga erishgan o'quvchilar, faxriy ustoz, murabbiylar ishtirok etdi.
Viloyat hokimining tabrigi 👇
https://qashqadaryo.uz/oz/nview/2nbmbvhambvabt1710927853
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Диққат_эълон!
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.
☝️ Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result
🖥 Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:
➖nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
➖nomzodning shaxsiy telefon raqami;
➖soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).
🔹Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.
❗️Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.
🖥 Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
@Qashqadaryo_vxtb
“Navro’z” ayyomi arafasida 3 ta uy bog’cha foydalanishga topshirildi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov, prokuror Sardor Nazarov va MMTB boshlig’i Bektosh Shodiyevlar ishtirokida “Navro’z” ayyomi arafasida 3 ta yangi uy bog’chalari foydalanishga topshirildi.
Xususan, “Yangi Mirishkor”, “Obodon” va “Avvona” mahallalarida keng jamoatchilik ishtirokida bo’lib o’tgan tadbirda so’zga chiqqanlar mahalladagi bolalarga maʼnaviyat va axloq asoslarini singdirish hamda shakllantirish, ularni maktabgacha taʼlimga jalb qilish haqida so’z yuritishdi.
@Qashqadaryo_vxtb