“Asror bobo” hikoyasiga ko‘ra to‘g‘ri fikrni
toping.
A) Hikoyada urush yillari bo’lsa ham, otabobolarimizning ta’limga bee’tibor bo'lmaganliklari
aks etgan.
B) Asror boboning barcha farzandlari urush
qahramoni bo'lib qaytishadi.
C) Hikoyaning bosh qahramoni va kampiri birbirlariga o’chakishgandek munosabatda bo’lishsada, ammo o‘zaro g’amxo‘r insonlar edi.
D) Chol choyxonani tirikchiligi o‘tmay qolganidan
ochgan edi.
Mana bunisi ham
2023-yil oktabr imtihonida 1-guruhga tushgan
Xullas, kanaldan ancha foyda olasiz
@qiziqarli_ona_tili
RUHLAR ISYONI
🔰Erk tashnaligi haqida bitilgan asar.
🔰Nazrul islom 35 yoshida es-hushidan ayrildi.
🔰Qadri balandlik Himolayday - xalq ta'riflangan.
🔰Ko'kda ismat chirog'in yoqqan xudo - Indra.
🔰Koinotni barbod qiluvchi xudo - Shiva.
🔰Hayotni obod qiluvchi xudo - Ganga.
🔰Nazrul Islomning she'rlari Sa'diyga yot, Hofiz uchun begona.
🔰Fidoiylik to'g'risidagi rivoyatda o'g'lonni mozoriga qilichi bilan ko'madi.
🔰Hindlarning muqaddas kitobi - Veda.
🔰Dard bergan, davosi ham o'zidan. (Nabi)
🔰U dunyoda baxting ta'min
Bu dunyoda g'am cheksang. (Muhammad alayxi vassalam)
🔰Mard agar sen dardni ichga yut,
Ul yuzingdan ursa, bu yuzingni tut. (Budda)
🔰 Ko'ziga nil tortilgan - Rudakiy.
🔰 Xalqqa Rustamni, Zolni tanitib o'zi tahqirga qolgan-Firdavsiy.
🔰O'zini ado qildi, yengolmadi zulmni-Navoiy.
🔰Hindga shoh emas, panoh bo'lib kelgan-Bobur.
🔰Shoirlarning dini - erk.
🔰Erk kuychisi - Nasimiy, tovonidan so'ydilar.
🔰Avrangzeb - ikki qo'lin ikki og'asi qoniga bo'yagan.
🔰Oliy ruhlar - N.Islomni zindonga ravo ko'rmaydi.
🔰N.Islomni Thakur,《Ozodliging muborak!》- deb tabriklaydi.
🔰Asarda el bayroq qiladi-qalbini.
🔰Shoir bo'lib qalam bilan yarim
@qiziqarli_ona_tili
#MS Grammatika
Fonetik hodisaga uchragan qaralmishning ega vazifasida kelishi qaysi qatorda kuzatiladi?
A) Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to‘lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiradi.
B) Suvning etagi ko‘k bilan birlashib ketgan.
C) Dangasa odamning bahonasi ko‘p.
D) Ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi.
✍ ERKIN VOHIDOV
🖋- dostonlari: “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”
🖋- tarjimasi: Gyote“Faust”
🖋- dramalari: “Oltin devor”, “Istambul fojeasi”
- 4 jildlik saylanmasi: “Ishq savdosi”, “Sher dunyosi”,“Umr
daryosi”, “Kongil nidosi”
🖋- ilk dostoni: “Nido”
🖋- qasidalar: A.Navoiy- “Hiloliya” , “Tuhfatul afkor” (“Fikrlar sovgasi”) falsafiy qasida ; “Toshkentnoma” - M.Shayxzoda
@qiziqarli_ona_tili
“Ruhlar isyoni “ dostoni haqidagi qaysi fikr XATO ?
A) "Shu-chun, o'lsam kunim bitib, Vasiyatim shu bo'lsin:
Yorim emas, Hamroh etib Jang qurolim ko'milsin", - deya xalq e'tiqod qilayotgan, ammo insonlarga jabr-u sitam yetkazayotgan bir xurofiy urf-odatga monelik qilgan, ammo bu ishi uchun o'ldirib yuborilgan jangchi yigit obrazi uchraydi
B) "Tiklang, shunday saroy,
Zarni qilmang hech hisob.
Havas'qilsin kechalar oy
Kunduzlari - oftob.
Yer yuzida uning aslo Barobari bo'lmasin. Mumtoz Mahal nomi Boburiylar sulolasi ramzi bo’lib tursin ". Suyukli yoridan ayrilib, g'am-anduhda qolgan va ana shu go'zal malikaga atab muhtasham imorat qurgan buyuk hukmdor obrazi uchraydi
C) Sen joduning tig‘i bilan Ochib qo‘yding ko‘r ko‘zim. Tangri bilib Yaratgan ko‘r Davo qilding ne uchun? So‘roqda men - manglayi sho'r - Nima deyman Mahshar kun? Haq yo‘lidan ozgan odam, Ko‘zim ochib ne berding? Meni bir yo'l
U dunyo ham Bu dunyodan ayirding. Nishtar bilan so'qir ko‘zini ochgan tabibga qarata ushbu so‘zlarni aytgan noshukr adabiy qahramon obrazi uchraydi
D) Asarda xalqni birlashmoqqa, o‘zaro diniy e’tiqodlar nizosidan xalos bo’lib, qabih mustamlakachilik zulmiga qarshi jang qilmoqqa chorlagan hamda o‘z e’tiqodi yo‘lida yosh jonini ayamagan, tinimsiz tazyiqlar, hibs, qiynoqlarda yashagan shoir qismati aks etgan
@qiziqarli_ona_tili
Alo ha domla mana antenna bor joyni topdim. Endi boshlang onlayn darsni
@qiziqarli_ona_tili
Naq va naqd
Bu ikki so‘zni ko‘pchilik adashtirib qo‘llaydi. Bugun ular orasidagi farqni bilib olamiz.
1. Naq so‘zi aytilganning, ko‘zda tutilganning o‘zginasi, ayni o‘zi, xuddi, deyarli, rosa, obdan kabi ma’nolarda ishlatiladi.
— Argentinalik vinger naq 4 ta hashamatli avtoulovga egalik qiladi.
2. Naqd so‘zini esa pulini joyida to‘lash sharti bilan amalga oshiriladigan savdo jarayonida, shuningdek, qo‘lda, ixtiyorda bor, foydalanish yoki muomalaga kiritish uchun tayyor ma’nolarida qo‘llaymiz.
— Bu bolalarning ota-onalari o‘qish to‘lovini naqd pulda amalga oshirar edilar.
— Naqd pulim naq 10 mln so‘m chiqdi.
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
@qiziqarli_ona_tili
Esseni shunga yozishni o'rganing. Zero imtihonda xuddi shu shaklda oq qog'oz beriladi.
@qiziqarli_ona_tili
#sintaksis
#muallifga_rahmat
📝 Kalitlar: 1 - C 2 - C 3 - D 4 - D 5 - A 6 - D 7 - A 8 - B 9 - A 10 - C 11 - D 12 - B 13 - A 14 - A 15 - D 16 - D 17 - C 18 - C 19 - C 20 - C 21 - C 22 - C 23 - B 24 - A 25 - C 26 - C 27 - C 28 - B 29 - B 30 - B
@qiziqarli_ona_tili
Blum taksonomiyasi 6 bosqichda amalga oshiriladi:
1) Bilish
Bunda o'quvchi yozuvchi haqida, asar haqida, asar nega Shunday nomlangani, yoki shu asar haqida oldindan tushunchasi bor yo yo'qligi haqida so'raladi. Odatda, bu bosqich darsni endi boshlagan vaqtda qo'llanadi, ya'ni biron ijodkorning asarini o'tishni birinchi darsida
2) Tushunish
Bunda o'quvchi berilgan asar parchasini o'qib kelgan bo'lishi kerak bo'ladi, ya'ni " Kecha va kunduz" asaridan keltirilgan parcha orqali nimani tushungani, obrazlarni ijobiy va salbiy tomonlarga ajratishi, voqealarni o'z holicha qanday tushungani muxokama qilinadi.
3) Qo'llash
Asardagi vaziyatlarda siz qanday ish tutardingiz, yoki nima qilgan bo'lardingiz. Asardagi ma'lum bir vaziyat o'qilib masalan, sud jarayoni - bunda o'quvchi o'sha holatda qanday yo'l tutardi, ayblanuvchi, sudya, mulla, qozi, tilmochning o'rnida.
4) Tahlil
Bunda bevosita o'qituvchi yuqoridagi bosqichlardagi fikrlarni umumlashtirib, umuman , yangi xulosalar asosida asarga yondashadi.
Har bir obraz xarakteridagi yozuvchi aytmoqchi bo'lgan ruhiyatni ochib berishda o'quvchilar bilan birgalikda ishlaydi. Miryoqub bosh qahramon sifatida, jadidchi obrazida, u salbiy emas, aslida ijobiy obraz. Shunga o'xshash fikrlar yoritiladi.
5) Sintez
Bu bosqichda asar boshlanish qismidan oldin qanday bo'lgan bo'lishi mumkin, masalan, Razzoq so'fi qanday oilada tarbiya ko'rgan, nega bunchalik xudbinlikni o'ziga ep ko'rgan. Qurvonbibini fitna deydi, aslida fitnachi kim edi?
Yana aynan, asar yakunlanganidan keyin ham shu holat davom etadi. Asar tugadi, bundan keyin sizningcha nima bo'ladi, voqealar qay tarzda davom etadi singari savollar va fikrlar yuritiladi.
Bu bosqichda o'quvchi boshlanish va yakunlanish qismini o'z tafakkuricha yaratadi, o'qituvchi esa, umumlashtiradi.
6) Baholash
Bunda o'quvchilar o'zlari har bir obrazga umumiy xulosalarga asoslanib baho beradi...
@qiziqarli_ona_tili
Badiiy asarlardan savol-javoblar to‘plami(javobli).
"Zulmat ichra nur" qissasi berilmagan.
©Javohir Yo‘ldoshev
@qiziqarli_ona_tili
RUHLAR ISYONI
🔰Erk tashnaligi haqida bitilgan asar.
🔰Nazrul islom 35 yoshida es-hushidan ayrildi.
🔰Qadri balandlik Himolayday - xalq ta'riflangan.
🔰Ko'kda ismat chirog'in yoqqan xudo - Indra.
🔰Koinotni barbod qiluvchi xudo - Shiva.
🔰Hayotni obod qiluvchi xudo - Ganga.
🔰Nazrul Islomning she'rlari Sa'diyga yot, Hofiz uchun begona.
🔰Fidoiylik to'g'risidagi rivoyatda o'g'lonni mozoriga qilichi bilan ko'madi.
🔰Hindlarning muqaddas kitobi - Veda.
🔰Dard bergan, davosi ham o'zidan. (Nabi)
🔰U dunyoda baxting ta'min
Bu dunyoda g'am cheksang. (Muhammad alayxi vassalam)
🔰Mard agar sen dardni ichga yut,
Ul yuzingdan ursa, bu yuzingni tut. (Budda)
🔰 Ko'ziga nil tortilgan - Rudakiy.
🔰 Xalqqa Rustamni, Zolni tanitib o'zi tahqirga qolgan-Firdavsiy.
🔰O'zini ado qildi, yengolmadi zulmni-Navoiy.
🔰Hindga shoh emas, panoh bo'lib kelgan-Bobur.
🔰Shoirlarning dini - erk.
🔰Erk kuychisi - Nasimiy, tovonidan so'ydilar.
🔰Avrangzeb - ikki qo'lin ikki og'asi qoniga bo'yagan.
🔰Oliy ruhlar - N.Islomni zindonga ravo ko'rmaydi.
🔰N.Islomni Thakur,《Ozodliging muborak!》- deb tabriklaydi.
🔰Asarda el bayroq qiladi-qalbini.
🔰Shoir bo'lib qalam bilan yarim
@qiziqarli_ona_tili
🍀ASARLARGA qo'yilgan EPIGRAFLAR🍀
🟣🟣 Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoniga - Nazrul Islomning "Tug'ilgansan ozod, mudom Ozod bo'lib qol" misralari
🔵🔵Abdulla Qahhorning "O‘g‘ri" hikoyasiga - "Otning o‘limi - itning bayrami" (maqol)
🟡🟡 Ibroyim Yusupov "Qadrdon so'qmoqlar" she'riga - "Har kimning tug'ilgan yeri -Misr shahri" (maqol)
🟢🟢Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasiga - "Osmon yiroq, yer qattiq" (maqol)
🟠🟠 Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romaniga - "Bu kitob jism-u fig'onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening" arman yozuvchisi Grigor Narikatsining "Musibatnoma" kitobidan
🔴🔴 Cho'lponning "Kecha va kunduz" romaniga - "Hamal keldi, amal keldi"
@qiziqarli_ona_tili
Qaysi javobda keltirilgan ma’lumot Erkin Vohidov qalamiga mansub «Ruhlar isyoni» dostoniga tegishli emas?
A) Ushbu asarda jangda halok bo‘lgan o‘g‘lining qasdini olish uchun fotih podshohni zaharlagan hind malikasi haqidagi hikoya keltirilgan.
B) Ushbu asarda mustamlakachi amaldorlaming zulmi va qabih siyosatiga qarshi ona xalqini birlashishga chorlagan shoir qismati bayon qilingan.
C) Ushbu asarda asriy qadriyatlar sifatida ulug'lanuvchi, ammo aslida inson qadrini toptab, uning boshiga kulfat keltiruvchi urf-odatlarga, qarshi bosh
ko ‘targan jangchi yigit haqida hikoya qilinadi.
D) Ushbu asarda insoniyatning barcha dardlariga davo topgan, ammo johillikning davosiz dard ekanligiga imon keltirgan, ana shu jaholat qurboni bo‘lgan hakim haqida hikoya qilinadi.
@qiziqarli_ona_tili
Obdon yoki obdan?
Mana bu yerdagi holatda obdan deyilishi toʻgʻri. Nima uchun?
Obdan ravishi juda ham, rosa, yaxshilab, batamom degan maʼnolarni anglatadi.
Obdon soʻzi ham bor, lekin uning maʼnosi umuman boshqa. Tojikcha ob oti va -don qoʻshimchasi yordamida hosil boʻlgan bu soʻz suvdon, yaʼni suv solinadigan/saqlanadigan idish degan maʼnoni bildiradi.
Bu soʻzning ovdan degan shakli ham boʻlib, u yer osti va yomgʻir suvlarini bir joyga yigʻish uchun quriladigan inshootga aytiladi.
Demak:
Obdon urinmoq ❌
Obdan urinmoq ✅
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
@qiziqarli_ona_tili
Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi
🔰 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.
📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.
🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.
👨🏻🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:
🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.
✅ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.
▶️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube