qodirova_g | Unsorted

Telegram-канал qodirova_g - Қодирова | tahrirchi

-

Жонингдан ўтиб кетса ҳам, ўзингни ҳотиржам кўрсат...

Subscribe to a channel

Қодирова | tahrirchi

#musiqa

Ba'zi ohanglar bor, shunchaki tinglash kerak...

Bir kadın gelir değiştirir seni
Alıştığın o sert, kararlı şeklini
Yüz binlerce yıldır böyledir gider
Suyun kumsala vurması gibi
Vurması gibi

Bir ayol kelar, o'zgartirar seni...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Gul o'g'irlash odatimni sira yo'qota olmadim)

Gul uchun eng chiroyli qismat kitob ichida so'lish, qurish deb o'qigandim.

Meningcha, ijod uchun ilhom baxsh etib turish ham u uchun go'zal taqdir❤️

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

https://youtu.be/prDy19YUpJ0?si=LwJpHRGu62Z6RdCz

❤️❤️❤️❤️❤️

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#tahrirdan

Imom Navaviy rohimahulloh «Sharhu Sahihi Muslim»ning muqaddimasida shunday deydi: «Hadis yozuvchi shaxsning Alloh azza va jallaning nomi zikr qilinganida «azza va jalla», «taolo», «subhanahu va taolo», «taboraka va taolo», «jalla zikruhu», «tabarokasmuhu», «jallat azomatuhu» va shu kabi iboralar bilan yozishi mustahabdir. Shu bilan birga, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ismlari zikr qilinganda «sollallohu alayhi vasallam»ni to‘liq yozish kerak, salot va salomni qisqartirmaslik yoki ikkovidan birini yozish bilan cheklanmaslik zarur. Sahobayi kiromlar ismi zikr qilinganida esa «roziyallohu anhu» deyish lozim. Agar sahoba boshqa bir sahobaning o‘g‘li bo‘lsa, «roziyallohu anhumo» («Alloh u ikkisidan rozi bo‘lsin») deyiladi. Boshqa olimlar va solih insonlar uchun ham «roziyallohu anhu» va «rahimahulloh» deyish kerak. ushbu aytib o‘tgan duolarimiz o‘qiyotgan kitobida bo‘lmasa ham aytishdan malollanmasligi shart. Kim bundan g‘ofil bo‘lsa, ulkan savobni qo‘ldan chiqargan bo‘ladi».

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ayol har doim, har lahza o‘ziga suyanchiq istaydi. Hamma muammolarini hal qiloladigan "geroyi" bo‘lishini xohlaydi. Turmushga chiqar vaqti shundayini izlaydi. O‘zidan kuchli, o‘zidan aqlli, o‘zidan sabrlisiga intiladi.

Bekorga u zayifa emas. Aslida u o‘zini ojizadek tutadi. U juda kuchli mavjudod. Mard xilqat.

Agar har muammosini o‘z kuchi bilan hal qilsa, shunga o‘rgansa, unga tog‘ning keragi bo‘lmay qoladi. Bundan qo'rqish kerak. Ayol sizsiz yashashga, sizsiz hayot kechirishga o‘rgandimi, yonidaligingizni his qilmay qo‘ydimi, dahshatga tushavering...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Turk tilini o'rganib sertifikat uchun imtihon topshirib keldim. Imtihon shu darajada qiyin, essesining mavzusi juda og'ir ediki, yiqildim deb hotirjam yuraverdim. Imtihon topshirganimni xo'jayinimdan boshqasi bilmasdi.

Mandat kuni 25-aprel deya e'lon berildi. Kutmadim ham. O'sha kuni mandat chiqishi esimgayam kelmay dong qotib uxlavoribman. Bir payt xo'jayinim uyg'otdi:

Tur, senga yaxshi yangiligim bor, deydi. Nima ekan, deb uyqisiragancha u yonimga ag'darildim. Uyqimni buzayotgani uchun asabiylasha boshlagandim😅

Telefonini ko'zimga yaqinlashtirib ko'rsatdi. Arang o'qidim: B2

Uyqim qayoqqa o'chdi, bilmadim. Sakrab turdim. Biroz o'ylagach fhoto shop qilgansiz deya boshladim. Chunki b2 ololmasligimga ishonchim komil edi😅

Yo'q, chindan olibman. Endi magistraturaga yo'l ochilgandi...

Bir sirni ochay, magistraturaga topshirdim. Ammo o'tolmasligimga yana ishonchim komil😅

Diplom balim 76. Universitetda ikkichi bo'lganman. Baho bilan ishim bo'lmagan. Yana shu balim bilan adabiyot nazariyasi fakultetiga topshirganimnichi)
Toshkentga.

Mayli, buyog'i Allohga tavakkal. Bir gap bo'lar. Shuni aniq bildimki, biz kutmagan payt, hammasi tugadi deb turgan vaqt barchasi endi boshlanayotgan bo'lishi mumkin...

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Qayerdadir bayram bo'lyapti, qayerdadir Olimpiada tugadi, lekin G'azoda esa bolalar o'ldirilishi tugamadi. Yangiliklarga ko'ra, kecha Muhammad ismli ota bor yo’g’i 4 kun oldin dunyoga kelgan egizak farzandlariga tug'ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun uydan chiqib ketganida chaqolaqlari va ayoli qolgan uy bombardimon qilingan va ularning barchasi vafot etgan.

Video.

Ota bolalari tug’ilganini nishonlashga ham ulgurmabdi. Tug’ilganlik guvohnomasini olgani ketgani bilan ortga qaytishga ulgurmasdan endi bolalari o’limini qayd etadigan guvohnomani olishga to’g’ri kelar ekan. Bu yo‘qotishning nihoyatda shafqatsizligini so‘z bilan ta’riflay olmayman.

G’azoda shu kungacha 15 mingdan ko’p bolalar o’libdi. Bu otaning oilasi va boshqa shu kabi yurakni parcha-parcha qiladigan yangiliklar go’yoki odamlar uchun normallashib, ahamiyat ham berilmaydigan darajaga kelib qolgandek. Ba’zi, xalqaro ommaviy axborot agentliklari bu va bu kabi yangiliklarni yoritmaydigan ham bo’lib qolishdi.

Ko’z oldimizda shunday dahshat sodir bo'layotganiga aql bovar qilmaydi.

@uzbekonomics

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Mashhurlar hayoti bilan u qadar ishim yo'q. Ammo mana shu bola, ismi Muhammadziyo edi adashmasam, 8-mart bayramida komedik rollar ijro etuvchi Huvaydo ismli aktrisaning qilgan hazili uchun butun xalq oldida o'zini taqvodor ko'rsatib, ayolni o'zicha sharmanda qilgandi.

Oqibatda, ayolning oilasi buzilishiga, bolalari yetim qolishiga oz qolgan, ro'zg'origa darz ketgandi.

Bugun esa bu "taqvodor"imiz Sevara Nazarxonning tabarruk qo'llaridan o'pib turibdilar. Ishlam kallamay qoldi)

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Telefonda gaplashayotgan qizimga men: Qizim, siz yaxshi dadasiz deeeng
Qizim: yaxshimisiz?
Men: yo'o'o'q, yaxshi dadasiz, deeeng.
Qizim: yaxshimisiz?
Men: ehhhh, google translete ekansiz🤦‍♀

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#шунчаки

Бирор нарсадан сиқилсам, асабийлашсам, дилим оғриса аламимни ишдан, ўқишдан оламан. Китоб-дафтарга ёпишаман.

Қайсидир китобда ўқигандим (адашмасам "Ақчагул"да): "Меҳнат ғамни аритади".

Тўлиқ қўшиламан шу гапга.

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#Alhamdulillah

Judayam mas'uliyatli, savobli va hajman katta ishni zimmamga oldim. Allohdan sabr, kuch, g'ayrat va ilmimni ziyoda qilishini so'rayman.

Diniy tahrirlarni tashlab qo'ygandim. Yana qaytish, qaytganda ham davomiylikni saqlash majburiyatidaman. Alloh xayrli va davomli qilsin...🤲

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Yana bir e'tirof. Qo'shilib qo'yinglar endi. 1k bo‘lib qolaylik))

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Yana o‘sha kartoshkalar. Faqat bu safar ilhom uchunmas, ishdan och keladigan rafiqqa dangasa rafiqa tomonidan tayyorlangan yemak.

Kallamga kiydirmasa hali o‘zing ye deb🤭

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#nimadir

Insonda bir qolipsizlik davri bo‘ladi. Har qanday ramkalardan xoli, bir o‘zanga sig'may toshayotgandek his qiladi o‘zini. Asli ana shu davrda tug'iladi har qancha buyuklik. Ba'zi narsalar sayqal berilmagan holida go‘zal. Sayqallangan sari asliyatini yo'qotaveradi.

Talabalikda yozgan qaydlarimni ko‘rib hozir hayron bo‘laman. Hech narsadan qo‘rqmagan, hayiqmagan, qalami o‘tkir, tili burroq qizning yoziq-chiziqlaridan hayratlanaman. U vaqtda u qadar bilimim yo‘q ediku deb o'ylayman.

Hozir nimalardir bor miyamda. Harholda qovoqni haminqadar to‘ldirganman. Ammo o‘sha davrdagi kabi o‘t yo‘q.

Bildim...

Endi erk yo‘q...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Qurbonlikdan tashqari barchani Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman! 😅

Alloh barchamizni ezgulikda jam qilsin. Bizga bu dunyoda ham, u dunyoda ham yaxshilik ato etsin. Hamma azizlarimizga bayramni xush kayfiyatda oʻtkazishlarini tilab qolaman

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Maqsadsiz erkak baxtsiz hayot kechiradi.

Shu narsani har bir yosh yigitga yetkazishimiz kerak. Oxirgi vaqtda ko'p yoshlar bilan gaplashib, aksari nima xohlashini bilmasligini ko'rdim. Nima xohlashini bilmagani, aniq maqsadi bo'lmagani uchun ham umri shunchaki Tik Tok, o'yinlar va nimadirlar bilan o'tib ketadi. Komfort zonaga o'chlik ham juda kuchli. Biroz o'sha komfort zonadan chiqib jon kuydirish og'irlik qiladi.

Biz erkaklar mavjudot sifatida ovchimiz. Oila mas'uliyati ertaga bizni bo'ynimizda bo'ladi. Kuchli bo'lib, birinchisi kuchli juftga ega chiqishimiz, keyin ularga bosh bo'lishimiz, oilani ta'minlashimiz kerak. Bizni kuchsiz bo'lishga, maqsadsiz o'z iziga qo'yib yashashga, shunchaki komfortni katta qadamlardan ustun ko'rishga haqqimiz yo'q. Erkak bo'lmoqchimisan, maqsad qo'yib, ovga chiqib, o'lja ovlab yashashga majbursan. Bu sening taqdiring.

Shu uchun kichikdan boshlab kattagacha aniq maqsad qo'yib, o'shanga qarab harakat qilishni yosh yigitlarimizga o'rgatishimiz kerak.

Erkakni shunchaki pul, stabil oiladan tashqari harakat orqali maqsadga erishish ham (o'lja ovlash) baxtli qiladi. U maqsad programmist bo'lib dastur yozish, quruvchi bo'lib uy qurish, shunchaki mashina yoki uy olish, xohlagan natija olib keladigan narsa bo'lishi mumkin. Maqsadlarga qancha ko'p erishilsa, (qancha ko'p o'lja ovlansa), shuncha testosteron ham oshib borib, erkak charxlanadi. Harakat va maqsadga erishish bizning tabiatimizning bir qismi.



@allaevuzb

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ba'zan ba'zi narsa va munosabatlarni shunchaki o‘z holiga tashlab qo‘yish ma'qulroq bo‘lib qoladi

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Shunaqa aqlli gaplarni gapirib qo‘ygan ekanman)

Haliyam shu fikrlardaman va yana tish doktorga borish zarurati tug‘ildi menda😷

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#nazm

Ayriliqning rangida qoldim,
Shamollarning jangida qoldim,
Sharaf bo'lsin! Yengildim halol—
Muhabbatning changida qoldim.

Mehrinoz Abbosova

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#musiqa

Qo’llarni keeeng yozib, qanotga aylantirib, osmonga qarab aytiladigan sharqi….

Bu havaada gidilmez
Güneşli günde gidilmez
Aslında hiç gidilmez
Gidilmez

Son günüme kadar
Kalp durana kadar
Aşk mezara kadar

Beni unutma
Unutama inşallah
Unutursan kahrolurum
Dilerim öyle olmaz

Bu baharda gidilmez
Yağmurlarda gidilmez
Aslında hiç gidilmez


@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

7 yil avval ayni shu kuni kechasi mandat javoblari chiqqandi. Oradan shuncha vaqt o'tgan bo'lsa-da òsha daqiqadagi hayajonni hozir ham his qilaman.

Telefonimga kelgan smsni jur'at qilib o'zim ocholmaganman. Onamga o'qitganman.

186,7 ball bilan kontrakt asosida o'qishga qabul qilindingiz...

Suyunaymi, kuyinaymi bilmasdim. Men imtihondan uvillab yig'lab chiqqanman. O'sha kuni barcha ishonchim, haqiqatga bo'lgan e'timodim imtihon topshirgan stolimda qolib ketgan.

Guruhimizdan 3 kishining testi olib chiqilib, ishlanib, qayta olib kelib berilgan. 70 foizdan ko'p abituriyent telefon olib kirib, tel orqali yechtirishgan testlarini. Urishganman, tahdid qilganman. Ammo hech kim parvo qilmagan. Aksincha o'zimni yechintirishgudek qilib tekshirib chiqishgan.

Chidolmasdan ko'zim jiqqa yosh, testni apil-tapil yechib, chiqib ketganman. Hali vaqt ancha bor edi va ikkinchi bo'lib tugatgandim. Birinchi bo'lib tugatib, topshirgan yigitning titulidagi ajabtovur naqshlar haliyam ko'z oldimda...

Xullas, "pishdim" deya, yig'lab-yig'lab uyga qaytganman. Esimni taniganimdan beri afsonaviy tuyilib intilganim Toshkent bilan xayolan xayrlashib kelgandim. Chunki poytaxtga topshirish uchun ham ancha-muncha kurashgandim. Tavakkal qilib bali eng yuqori yuradigan fakultetga topshirgandim. Osilsang baland dorga osil, o'ligingni hamma ko'rsin derdim o‘zimga.

Tarvuzim dumalab, qo‘ltig‘imdan tushgan men 15 kun yotdim. 3 yil uxlamay o‘tkazgan tunlarimning tovonini to‘layotgandek edim. Ezilib, yanchilib, qovrilib yotganimni ko‘rgan uydagilarim ham o‘z holimga qo‘yib berishdi. Kitoblarimni qayta o‘qirdim. Men shunchalar o‘tolmasligimga ishongan edimki, sentyabrdan qayta tayyorlanishni o‘ylay boshlagandim.

186 ball... Yo Olloh. Shuncha bal yig'ibmanmi? Testni qay holda ishlaganim, nimalar tushgani esimda ham yo'q. Mana endi menga Toshkentning eshiklari katta ochiq ham turibdi. Ammo...
Ammo kontraktman. Qaysidir g'irromchi, haromxo'rlarning hisobiga pul to'lab o'qishga majburman. Bu ahir adolatsizlik. O'qimayman. Kechdim bunaqa o'qishdan...

Onamga aytsam, jinni bo'lay degan. Odamlarni bolasi kontraktgayam ilinmay yuribdi. Sen Toshkentga, yana eng yaxshi fakultetga o'tding. O'qitamiz. Pulsiz qolgan joyimizmidi, deya urishib bergan.

O'qidim. O'qiymanda jon deb. O'sha yili litseyda birga o'qigan guruhimizdan faqat 3 kishining omadi kelib o'qishga kirgandik.

4 yil o‘qidim. Umrimning eng yorqin sahifalari. Kontraktni ham 3-kursdan boshlab o‘zim to‘ladim. O‘tdi-ketdi. Ammo mandat chiqqan o‘sha kecha, o‘sha daqiqalarning titrog‘ini eslasam, haliyam his qilaman.

Umrimizda shunday onlar kam bo'ladi. Kam bo'lgani uchun ham entikish bilan yodlaymiz. Bugun sanaga ko'zim tushib, hammasi qayta ko'z oldimda, vujudimda qayta jonlandi...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

***

Kechir…
seni har gal kechiraverganim uchun kechir,
O’zing aytganingdek, men bir qasamxo’r.
Go’dakdek ishondim, sevdim chippa-chin,
Qah-qah yig’layurman, kularman o’r-o’r.

Vujudimni tark et, ey adashgan ruh,
Ko’zlarimga qaytma, uchirma hislar.
Ket, seni o’zimdan qilurman forig’,
Ortga qayrilmagil, qo’ymagil eslab.

Kimnidir o’ldirdim, boy berdim kimni,
Motam kuyi yangrar hazindan hazin.
Bu ulkan, bu og’ir yolg’izligimni
senga suyamoqchi bo’ldim men xudbin.

Telbalarcha suydim do’st-u g’animni,
Hanuz tirikmanmi – sezilmas tanim.
Juda kech angladim ulg’ayganimni,
Kechir, o’z vaqtida kecholmaganim…

✍️MehrNoz

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ba'zi ketishlarda qaytish bo'lmaydi...

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#nazm

Кўксимда бир қуш бор — учади тинмай.
Юксак-юксакларда учар — кўрар туш...
Учади ярадор бўлганин билмай,
Учиб кетаётиб ўлади бу қуш...

Усмон Азим

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#qiziq

Kimsalar bor, zir yugurib mehr izlaydi. Mehr bersang, ko‘tarolmaydi.

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

1000 tadan oshdi blogda odam.

Buvim doim 100 ta odam og'zingga qarab o'tiradigan hurmatli shaxs bo'lgin derdi.

Endi baralla 1000 ta odam og'zimga qarab ötiradi deb maqtansam bo'ladi😂

Hazil)

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ba'zan shunday sahifalarni ko'rib qolamanki, huddiki 1 yillik premiumni yutib olgan kishidek sevinib ketaman. Chunki bunday kanallardagi postlar, kontentmekerning har bir yozadigan mavzusiga mehr berishini harflarni o'qib bittada sezasizda. Bu huddiki hammadan yashirilib qo'yilgan xazinalarga to'la Sim-Sim g'origa o'xshagan joy bo'ladi. Faqat yaltir-yultir oltinlar o'rniga sayqallangan va ongingizni yoritadigan darajadagi fikrlarga to'la joy bo'ladida bunday sahifalar.
Maqtab-maqtab qaysi sahifaligini yozmay ketsam meni duoibad qilishingizni bilgan holda linkini qoldiraman

@mutolaablogs

P.S: o'zimizga qarashlidek joy bu ham jigarlar

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Original javob:

- Agar lozim topsangiz, shunga yordam bervoring...

- Ishton topsamam yordam berolmayman, ishoning)

Javob egasi @Zamira_Abdullayevaa

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Tabriklar ichidan men uchungina yozilgan original bitiklarni izlaydi bu ko'ngil😁

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Oqar suvdek tez o'tib ketguvchi bu hayotda bir-birini qalban tushunib, xatolarni kechirib, dastak bo'lib yashash juda katta ne'mat aslida...
Inson biroz noshukr, adolatsiz xolos.

@qodirova_g

Читать полностью…
Subscribe to a channel