5392
Youtube: https://youtube.com/channel/UCaFYOm9O3rAGRdSHmyTJMFQ Саёҳат блоги- @azitravel Мурожаат учун: @AQurbonovaBot
Keça Samarqandda ötgan sammitda birinçi xonimimiz Ziroat Mirziyoyeva birinçi xonimlar va davlat rahbarlari turmuş örtoqlarining Global tarmoğiga ikki yilga raislik vazifasini qabul qildi.
Tarmoqni bolalar saratonini davolaş böyiça dunyodagi eng tajribali şifoxonalardan biri- Amerikadagi St. Jude tuzmoqda.
Bu qanday tarmoq?
Turli davlatlarning birinçi xonimlari bir maqsad atrofida birlaşadi: oğir, hayot uçun xavfli kasalliklarga çalingan bolalarga yordam beriş, bir-birining tajribasidan örganiş, hukumatlar e’tiborini şu muammoga qaratiş.
Ötgan yili sentyabrda Nyu-Yorkda, BMT Boş Assambleyasi doirasida bolalar saratoniga bağişlangan forum bölgandi. Özim ham qatnaşganman.
Dunyoning eng kuçli onkologlari, turli mamlakatlarning vazirlari, birinçi xonimlar bir joyda ötirib, bolalarni qanday qilib köproq qutqariş mumkinligi haqida gaplaşişgan. Qayerda qanday yangi davolaş usullari çiqyapti, qanday tadqiqotlar ketyapti, qaysi davlat qanday tajriba orttirdi, hammasi oçiq muhokama qilingan.
Bu forum taşabbuskori Özbekiston bölgan. Endi taşabbus forum doirasidan kattaroq tizimga aylanib boryapti: doimiy işlaydigan tarmoqqa boşçilik qiliş Özbekistonga işonib topşirildi.
Bizda har yili 3,5 mingga yaqin bolaga saraton taşxisi qöyiladi. Bir neça yil oldin bolalar onkologiyasi kattalarnikidan alohida, mustaqil xizmat qilib ajratildi. Toşkentdagi markaz 200 öringaça kengaytirildi, onkojarrohlik bölimi oçildi, viloyatlarda 14 ta filiali işlayapti.
Eng oğir muammolardan biri dori. Kerakli dori bor bölsa ham, uzilib qolardi yoki sifatiga işonib bölmasdi. 2024-yilda Özbekiston JSST va St. Jude tuzgan bolalar saratoni dorilari böyiça Global platformaga dunyodagi birinçi oltita davlat qatorida qöşildi. Birinçi dorilar 2025-yil yanvarda keldi. Hozir 33 turdagi asosiy dori butun mamlakat böylab tarqatilmoqda, faqat ötgan yilning özida bu dorilar bilan 1200 dan ortiq bola davolandi.
Yaqinda bolalar saratoniga qarşi 2035-yilgaça möljallangan Milliy reja ham tasdiqlandi. Maqsad: bola qayerda yaşaşi va oilasining imkoniyatidan qat’i nazar, öz vaqtida taşxis qöyilişi va davolanişi kerak.
Kasallikni erta bosqiçda aniqlaş uluşi 65 foizga yetkaziladi. Şu yildan boşlab saratonga çalingan bolalar uçun davlat tibbiy suğurtasidan alohida xizmatlar paketi moliyalaştiriladi. 2030-yilga borib esa taşxis, davolaş, dori va reabilitatsiya xarajatlarini davlat töliq qoplaşi rejalaştirilgan.
Yana bir narsa meni juda ta’sirlantiradi. Uzoq davolanayotgan bolalar uçun şifoxonalarda «Mehrli maktab»lar oçilgan. Bola kasal bölsa ham öqişdan, tengdoşlaridan, orzularidan uzilib qolmaydi. Keça Samarqanddagi kongressda aynan şu maktab bolalari çiqib, öz hikoyalarini aytib berişdi.
Bir paytlar bolalar saratoni deyarli hukm hisoblanardi. Bugun dunyoning ilğor markazlarida kasal bolalarning öntadan sakkiztasi tuzalib ketyapti. Lekin hamma joyda ham şunday emas. Rivojlanayotgan davlatlarda bu körsatkiç köpinça 30 foizdan ham past. Qayerda tuğilganiga qarab bolaning omon qoliş imkoniyati har xil bölib qolayotgani eng oğir haqiqat.
Şunday tarmoqlar aynan şu farqni kamaytiriş uçun kerak.
Özbekiston öz oldiga 2030-yilgaça omon qoliş darajasini kamida 60 foizga yetkazişni maqsad qilib qöygan.
Men palatalarda, şifoxona eşiklarida kasal bolasini orqalab ketayotgan ota-onalarni körganman. Şuning uçun bunday xabarni öqiganimda köz oldimga birinçi bölib öşa onalar keladi. Bolalarimiz soğ bölişsin. Bemorlarimizga şifo bersin.
“Hozir mana yaxshi xabar keldi. Yaponiyada Para Osiyo o‘yinlarida biz 3-o‘rinda edik. Hozir 33 ta oltin bo‘lib, 2-o‘ringa chiqdik”
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo faollari bilan muloqot chog‘ida para sportchilarimizning Yaponiyadagi yutuqlari haqida xushxabarni yetkazdi.
Aichi-Nagoya–2026 Osiyo Para o‘yinlarida matonatli sportchilarimiz 105 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o‘ringa ko‘tarildi!
🥇 33 ta oltin
🥈 37 ta kumush
🥉 35 ta bronza
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoydan keyingi o‘rinda, mezbon Yaponiya esa uchinchi pog‘onada bormoqda.
🇺🇿 Faxr bilan ulashaman!
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nufuzli mukofoti — “JSST Bosh direktorining global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun mukofoti” (WHO Director-General’s Awards for Global Health) bilan taqdirlandi.
Mukofot onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam tizimini rivojlantirishdagi yetakchilik va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun berildi.
Taqdirlash “Bolalar farovonligiga investitsiyalar” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress doirasida bo‘lib o‘tdi.
“Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yo‘lida chinakam kurashchisiz”, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
📌 Mukofot haqida:
• 2019-yilda JSST Bosh direktori tomonidan ta’sis etilgan
• 194 davlatni birlashtirgan tashkilot rahbarining shaxsiy e’tirofi
• Har yili cheklangan sondagi laureatlarga beriladi — 2021–2026-yillarda jami 18 ta
• Laureatlar orasida — Barbados Bosh vaziri Miya Mottli, Nobel mukofoti sovrindorlari Katalin Kariko va Dryu Vaysman, YuNEYDS sobiq rahbari Piter Piot
“Til bayrami kunida Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy” — Prezident
Prezidentimizning yoshlar va qamashilik faollar bilan samimiy gurungidan ayrim iqtiboslar:
“Mana shu Til bayrami kunini nishonlashimizda Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy, deb o‘ylayman. Men har safar ziyolilar bilan uchrashsam, menga Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov yetishmaydi, deyman”.
“Men ularning uchalasi bilan ham sirdosh bo‘lganman. Erkin Vohidov bilan kunduzi uchrashish mumkin emas edi, kechalari uchrashib, piyoda yurardik. Abdulla Oripov bilan Zomin seminarini tashkil qilganman. Hech kim topshiriq bermagan, sharoit ham, imkoniyat ham yo‘q edi. Vagon qo‘yib, yoshlarni yig‘ardik. Halima Xudoyberdiyeva bilan ham shunday dardkash edik”.
“Hozir shunday zamon keldiki, tilimizga bo‘lgan e’tiborimiz, ehtiromimiz — millatimizga bo‘lgan ehtiromimiz, o‘zligimizga bo‘lgan ehtiromimizdir”.
“Mana, ‘o‘zligimizniki, o‘zimizniki’ degan gaplarni yuzaga chiqardim men. Nimaga desangiz, odamlar unutib yuboryapti-da, bu osmondan tushgan deb o‘ylaydi. Bu osmondan tushgani yo‘q. Chimda shunday sharoitlar bo‘lishi — iqtisodiyot barqarorligidan, yurtda tinchlik borligidan dalolat”.
“Bir paytlar kitob do‘konlari yo‘q edi. Kitob yozishni unutib yuborgan edik, sharoit yo‘q edi. Talab bo‘lgani uchun do‘kon ko‘paydi, kutubxona ko‘paydi. Odamlar kitob o‘qishga shasht bilan kirishdi, ota-bobosidan qolgan merosni tikladi”.
“Ochiq gap, charchagan edim. Sizlarni ko‘rib, charchoqlarim ham chiqib ketdi”.
Uchrashuvning yana bir ta’sirli jihati — yosh ijodkorlar va kitobxon oilalarga ko‘rsatilgan e’tibor bo‘ldi.
Prezident yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini alohida e’tirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Respublika “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bo‘lgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladigan bo‘ldi.
“O‘zingiz bormasangiz ham, u uylar sizniki bo‘ladi. Kelajakda farzandlaringiz musofirchilik ko‘rmaydi. Ota-onasidan katta sovg‘a oladi”.
Prezidentimiz bugun ertalab soat 9:00 da Toshkentdan Qarshiga uchgan edi. Hozir soat 20:00 ga yaqinlashmoqda. Shu vaqt davomida davlatimiz rahbari 10 ta tadbirda ishtirok etdi, turli manzillarda bo‘ldi. Kortej esa hamon yo‘lda.
— Ro’zg’orimiz “poryadka”da. Juda xo’jaynimning oyligidan oshib ketmasayam, yordam berib turibman.
— Xo’jayningizga ham rahmat deb qo’ying.
“Sulton tex group” to’qimachilik korxonasi ishchisi Dilorom Xoliyorova bilan suhbat.
🔥 Ketma-ket ulangan haftalar: Prezidentimiz bugun Qashqadaryoda bo’ladilar
So‘nggi ikki hafta davlatimiz rahbari uchun dam olishsiz, bir-biriga ulanib ketgan ish kunlari bo‘ldi. Xalqaro sammitlar, muzokaralar, hududlarga safarlar va islohotlar bo‘yicha taqdimotlar shiddat bilan davom etyapti:
7–9-oktabr – Turkmaniston. Avazada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi va MDH sammiti o‘tdi. Shu kuni kechqurun Prezident Buyuk Britaniyaning savdo vazirini qabul qildi.
13-oktabr – Toshkent. Yaylovlarni tiklash va issiqxonalarga “yashil” texnologiyalar joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
14–15-oktabr – Boku. Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etdi va Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.
16–17-oktabr – Toshkent. Energetika sohasidagi sarmoyadorlar bilan muloqot o‘tkazildi. Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘ldi, Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari qabul qilindi.
18–19-oktabr – Samarqand. Yakshanba kuni ham ish davom etdi: Imom Buxoriy maqbarasi ziyorati, transport va shaharsozlik loyihalari bilan tanishuv.
Dushanba kuni Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi yig‘ilishi o‘tdi, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio qabul qilindi. Franklin Templeton, Wabtec va Traxys rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar ham bo‘ldi.
20-oktabr – Toshkent. Raqamli ta’lim bo‘yicha taqdimotda yiliga 1 million yoshni raqamli yo‘nalishlarda o‘qitish vazifasi qo‘yildi. Favqulodda vaziyatlarga javob berish va suv omborlari xavfsizligi masalalari ham ko‘rib chiqildi.
21-oktabr – Qashqadaryo.
📍 Bugungi tashrif
Davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohalarida hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlash tadbiri, viloyatni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish rejalashtirilgan.
Qashqadaryo – doimiy e’tiborda
Oxirgi tashrif 2025-yil 19–20-iyun kunlari bo‘lgan. O‘shanda Ko‘kdalada o‘tgan yig‘ilishda va bu yil 10-martda viloyat bo‘yicha alohida selektorda har bir soha va tarmoq mutasaddilari, hudud rahbarlariga ko’plab vazifalar qo’yilgandi.
Bugungi tashrif ana shu topshiriqlar ijrosini joyida ko‘rish, qashqadaryoliklar bilan yuzma-yuz muloqot imkonini beradi.
Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio AQSh–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi faoliyatiga yuqori baho berib, uning hamraislari — AQSh Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor va O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga alohida minnatdorlik bildirdi.
“Biz uni shunchaki Saida deb chaqiramiz. Chunki uni turli joylarda, ko‘plab tadbirlarda uchratamiz. U nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson”, — dedi Marko Rubio.
Davlat kotibi ikki hamraisning hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, “Bugungi oqshom sizlarsiz amalga oshmas edi”, deya ta’kidladi.
Rubioning qayd etishicha, kengash va B5+1 guruhi faoliyati davlatlar hamda xususiy sektor imkoniyatlarini birlashtirish, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi biznes aloqalarini kengaytirishda muhim o‘rin tutmoqda.
“Bunday samarali hamkorlikning asosi — umumiy qadriyatlarimiz va maqsadlarimizdir. Biz mustaqil va suveren davlatlarmiz. Har birimiz o‘z mamlakatimiz va xalqimiz uchun eng yaxshisini istaymiz”, — dedi AQSh Davlat kotibi.
Shavkat Mirziyoyev Marko Rubioni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi
Prezident bilan uchrashuvdan so‘ng AQSH davlat kotibi Marko Rubioni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident farmoniga muvofiq, Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Davlat mukofotini unga Shavkat Mirziyoyev shaxsan topshirdi.
@daryo_live
🇺🇿🇰🇬 “Bizga kuchli Qirg‘iziston kerak!” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ikki mamlakatning yaqinlashuvi, iqtisodiy hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari haqida gapirdi.
“Odamlar biz yildan yilga bir-birimizga tobora yaqinlashib borayotganimizni his qilishi kerak. Bir milliard dollar — bu chegara emas. Agar jiddiy sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘ysak, besh milliard dollarlik marraga erishish ham real”.
Muloqotda Prezidentning “Bizga kuchli Qirg‘iziston kerak!” degan so‘zlari yana bir bor yangradi.
“Men o‘shanda buni baralla aytgan edim. Men O‘zbekiston Prezidenti sifatida aytaman: bundan o‘zbek xalqi faqat xursand bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri esa Prezidentning Cho‘lponotaga davlat tashrifini tarixiy deb atab, aynan uning siyosiy irodasi tufayli ikki mamlakat munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.
🇺🇿🇹🇲 11 yil avval boshlangan muloqot bugun Markaziy Osiyoning dunyodagi ovoziga aylandi
“Bugun ‘Markaziy Osiyo plyus’ formatlari dunyo miqyosida naqadar katta g‘urur bilan yangramoqda. Biz birgalikda juda ko‘p ishlarni amalga oshiryapmiz”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston delegatsiyasi bilan uchrashuvda.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Strategik sheriklik bo‘yicha oliy kengashni namuna sifatida ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
Turkmaniston vaziri esa Samarqanddagi uchrashuvning tarixiy ramziga e’tibor qaratdi.
“Aynan shu shaharda 2015-yil noyabr oyida C5+1 formatiga asos solingan. Oradan 11 yil o‘tib, yana Samarqandda uchrashayotganimiz biz uchun alohida ahamiyatga ega”, — dedi u.
Marko Rubio:
“Dunyoda Samarqand kabi tarixan global savdo va tijoratda bunchalik muhim rol o‘ynagan shaharlar juda kam.
Bugun bu yerda bo‘lish men uchun katta sharaf. Bu tashrif nafaqat tarixni yodga olish, balki kelajakdagi imkoniyatlarga nazar tashlash uchun ham muhim”.
"8 foiz o'sish – bu ajoyib": Rubio Registonda O'zbekiston haqida
Samarqand. Registon ansambli bilan tanishgach, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi.
"Tamal toshi"
O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi hozirgi jarayonlardagi rolini baholar ekan, Davlat kotibi uni mintaqaning asosi deb atadi.
"Menimcha, u asosiy, tamal toshi. Bu eng aholisi ko'p davlat. Men bu yerda ilgari bo'lmaganman, hozirgina keldim, lekin aql bovar qilmaydigan iqtisodiy rivojlanish haqida o'qib chiqdim. YaIM o'sish sur'ati yiliga qariyb 8 foiz. Bu ajoyib. Biz bu tendensiya davom etishini qo'llab-quvvatlamoqchimiz. Agar o'tgan o'n yilga o'xshash yana bir o'n yilni o'tkazsangiz, juda yuksak marraga chiqasiz. Siz allaqachon shu yerdasiz", dedi u.
Rubio O'zbekistonning so'nggi o'n yildagi yutuqlarini alohida qayd etdi: "Bu go'zal mamlakat. So'nggi o'n yilda iqtisodiy o'sish va farovonlik borasida erishgan yutuqlari hayratlanarli."
"Bu oxiri emas, bu boshlanish"
Tashrifdan qanday natija kutish mumkinligi haqidagi savolga Rubio forum yakunida aniq kelishuvlar e'lon qilinishini ma'lum qildi.
"Bizda e'lon qilinadigan aniq kelishuvlar bo'ladi. Ya'ni bu yerda biznes yuritadigan, bu yerda yaxshi kutib olingan va bu yerda ishlashdan mamnun kompaniyalar. Bu biz ustiga quradigan poydevor, xolos. Biz ko'proq qilishni istaymiz. Bu oxiri emas, bu boshlanish. Ochig'ini aytsam, Markaziy Osiyo so'nggi 20 yilda siyosatchilarimiz tomonidan munosib e'tibor olmagan. Lekin bu o'zgarmoqda. Shuning uchun hozir shu yerdamiz", dedi u.
Davlat kotibi tashrif nafaqat ikki tomonlama, balki C5+1 forumi doirasida amalga oshirilayotganini qayd etdi: "Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy Osiyoda kuchli hamkor bo'lishni xohlaydi. Biz bilan ajoyib delegatsiya, 300 ga yaqin Amerika kompaniyasi keldi. Oxir-oqibat milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolash imkoniyati bor. Ular mintaqa davlatlarini boyitadi, Qo'shma Shtatlarga ham iqtisodiy foyda keltiradi."
Turizm va to'g'ridan-to'g'ri reys
Davlat kotibi O'zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni uni hayratga solganini yashirmadi.
"Kelayotgan turistlar soni meni lol qoldirdi, ya'ni raqamlar shunchalik yuqoriligidan hayron bo'ldim. AQShdan to'g'ridan-to'g'ri reyslar haqida so'radim. Aslida Mayamidan to'g'ridan-to'g'ri reys bo'yicha muzokaralar ketmoqda. Barcha qo'shnilari kabi sovet davridan chiqib, qisqa vaqt ichida bugungi darajaga yetgan mamlakatni ko'rish bizni doim ruhlantiradi", dedi Rubio.
Imkoniyatlarga asoslangan munosabatlar
Rubio ikki davlat munosabatlarining mohiyatini quyidagicha ta'rifladi: "O'ylab ko'rsangiz, bu munosabatlar muammolar yoki mojarolar bilan emas, imkoniyatlar bilan belgilanadi. Bu yer iqtisodiy jihatdan keskin o'sib bormoqda, xalqiga farovonlik uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Menimcha, bu xalqlarimizni, davlatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi. Munosabatlarni umumiy farovonlikdan ko'ra ko'proq mustahkamlaydigan narsa yo'q."
Jekson–Venik va Tramp tashrifi
Sovuq urush davridan qolgan Jekson–Venik tuzatishi haqidagi savolga Rubio ma'muriyat uni bekor qilish tarafdori ekanini aytdi: "Biz uni bekor qilish tarafdorimiz. Kongressda ham buni qo'llab-quvvatlaydigan kuchli ovozlar bor. Ma'muriyat ham buni so'ragan. Kongress hali bunga qo'l urmagan, lekin urar degan umiddamiz."
AQSh Prezidentining O'zbekistonga tashrifi haqida Davlat kotibi aniq sana aytmadi, ammo bunday tashrif istisno etilmasligini ta'kidladi: "Kelgusi yilda bu ustida ishlab, qaysi sanalar mumkinligini ko'rishimiz kerak, chunki imkoni bo'lsa, u kelishni xohlaydi deb o'ylayman. U shunday degan."
Marko Rubio o'zi ham O'zbekistonga yana qaytib kelishga umid qilishini bildirdi.
Videoda “O’zbekiston 24” telekanali, Dilnavoz Madrahimova savoli.
🇺🇿🇺🇸 AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga yetib keldi. Ertaga Prezidentimiz bilan uchrashuv ko’zda tutilgan.
Читать полностью…
“Parvozlarimiz baland bo’lsin”— Prezident
780 metr uzunlikdagi, 4 tasmali ko‘prik yangi “Shirin” massivini Samarqand shahri va xalqaro aeroport bilan bog‘laydi.
Ko‘prik ishga tushgach, Shirin shaharchasidan shahar markazigacha bo‘lgan masofa 23 kilometrdan 4 kilometrga qisqaradi, yo‘lga ketadigan vaqt esa 30 daqiqaga kamayadi.
Marko Rubio: “O'zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O'zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo'l olgani haqidagi savolga javob berdi.
Rubio O'zbekiston bilan munosabatlarni strategik ahamiyatga ega deb atadi. Uning ta'kidlashicha, bu safar biror inqiroz yoki muammo sababli emas, aynan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda. “Shunday davlatlar borki, ular bilan munosabatlarimizni rivojlantirish uchun borishni istaymiz”, — dedi Davlat kotibi.
Rubio O'zbekiston va qo'shni Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash AQSh tashqi siyosatining muhim yo'nalishi ekanini qayd etdi.
Davlat departamenti xabariga ko'ra, Rubio 17–22 oktyabr kunlari Samarqand hamda Hindistonning Mumbay va Jamnagar shaharlariga tashrif buyuradi.
Samarqand tashrifning ilk manzili bo'ladi. Bu yerda u C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi va O'zbekiston rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazadi. Muzokaralarda savdoni kengaytirish, xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish va mintaqada iqtisodiy modernizatsiyani qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Tashrifning yana bir muhim jihati — Davlat kotibi bilan birga Samarqandga 200 dan ortiq biznes yetakchilaridan iborat AQSh tijorat delegatsiyasi keladi. Bu ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi bosqich boshlanayotganidan dalolat beradi.
So'nggi yillarda Toshkent va Vashington o'rtasidagi aloqalar sezilarli darajada kengaydi. O'zbekiston va AQSh energetika, transport, muhim foydali qazilmalar, raqamli texnologiyalar va qishloq xo'jaligini qo'shma loyihalar uchun ustuvor sohalar sifatida belgilagan.
Ramziy jihati ham bor: C5+1 platformasi 2015-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning ilk vazirlar uchrashuvi aynan Samarqandda o'tkazilgan. Oradan o'n yildan ortiq vaqt o'tib, format yana qadimiy shaharga qaytmoqda.
“Қанча керак бўлса, билим ва касб учун пулни аямаймиз” — Президент
@pressuzb
Prezidentimiz bugun Qashqadaryoda fidoyi yurtdoshlarimizni shaxsan taqdirladi
Nurbek Ergashev — “Sultonteks” klasteri rahbari — “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Davlatimiz rahbari uning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha yana 30 ming kishini, ayniqsa, ayollarni ish bilan ta’minlash rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Abdumannop Xudoyberdiyev — Qamashi tumani Chim mahallasida sulolaviy limonchilik maktabini yaratgan bog‘bon — “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Javlon Jovliyev — Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan “Mutolaa” loyihasi muharriri — hamda “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bolalar saratoniga qarshi kurashish, ularning sog‘lom yashash va ta’lim olish huquqlarini himoya qilishdagi faoliyati uchun JSSTning nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.🌍
U dunyo miqyosida sog‘liqni saqlashga katta hissa qo‘shgan insonlarga beriladi. Laureatlar orasida Nobel mukofoti sovrindorlari, davlat rahbarlari va taniqli olimlar bor.
@Sinchalakblog
Made in Qaşqadaryo
Tadbirkor Prezidentimizga öz fabrikasida işlab çiqarilgan kiyimni sovğa qildi.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev "yashil" texnologiyalar asosida ishlayotgan fabrikada.
—
Президент Шавкат Мирзиёев на фабрике, работающей на основе «зеленых» технологий.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Samarqandda kichik hamkasb topdim
Bugun 4-sinf o'quvchisi Nasibaga mikrofonimni berdim va u bilan yangi ochilgan "Imkon" reabilitatsiya markazi haqida reportaj tayyorladik. Bu uning ilk jurnalistik ishi, ko'ring va baholang!
Nasiba tushgacha maxsus maktabda o'qiydi, tushdan so'ng "Imkon"da mashg'ulotlarda qatnashadi. Dadilligiga bir qarang!
150 o'rinli markazda 10 ta maxsus guruh bor, har oyda yana 100 nafargacha bolaga ambulator reabilitatsiya xizmati ko'rsatiladi. Bu yerga turli rivojlanish nuqsonlari bor 2 yoshdan katta bolalar qabul qilinadi.
Bolalarga qilingan sarmoya kelajakka qilingan sarmoyadir. Aynan shu mavzu ertaga Samarqandda muhokama qilinadi: 21-oktabr kuni Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva "Bolalar farovonligiga investitsiya" Jahon sammitida nutq so'zlaydi. Ikki kunlik anjumanda 100 dan ortiq davlat, BMT, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari bolalar salomatligi, ta'limi va himoyasini muhokama qiladi.
“Siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz” — Marko Rubio Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlariga yuksak baho berdi
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
“Hech kimda shubha bo‘lmasin: Qo‘shma Shtatlar ushbu mintaqaning ham, O‘zbekistonning ham hamkori bo‘lishni istaydi. Biz allaqachon hamkormiz va bu hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda kengaytirish niyatidamiz”, — dedi Marko Rubio.
Davlat kotibi O‘zbekistonga AQShdan 200 nafardan ortiq biznes vakili tashrif buyurganini alohida qayd etib, kelgusida bunday tashriflar yanada ko‘payishiga ishonch bildirdi.
“Balki sizlarga bu yerdan kvartira yoki kichikroq uy sotib olish ham kerak bo‘lar. Chunki endi O‘zbekistonga tez-tez kelishingizga to‘g‘ri keladi. Biz ham sizlarning bu yerga tez-tez kelishingizga umid qilamiz”, — dedi u amerikalik tadbirkorlarga yuzlanib.
Marko Rubio bunday keng ko‘lamli hamkorlikka aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirgan islohotlar zamin yaratganini alohida e’tirof etdi.
“Lekin bularning barchasi Siz amalga oshirgan islohotlarsiz mumkin bo‘lmas edi, janob Prezident. Siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz. Eng muhimi, Qo‘shma Shtatlar va Prezident Trampni hamkor sifatida qabul qildingiz. Natijada Siz nafaqat o‘z mamlakatingiz, balki butun mintaqa, qo‘shni davlatlaringiz va Qo‘shma Shtatlar uchun ham birgalikda rivojlanish borasida ulkan imkoniyatlar yaratdingiz”, — deya ta’kidladi AQSh Davlat kotibi.
U muloqotlarni tarixiy ahamiyatga ega voqea sifatida baholab, besh yoki o‘n yildan keyin AQSh va O‘zbekiston munosabatlari rivoji tahlil qilinganida aynan shu oqshom alohida eslanishiga ishonch bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidan ID-kartalar orqali o‘tish tizimini joriy etishni tezlashtirish kerakligini aytdi
“Prezidentligimning ilk kunlaridanoq Tojikiston bilan munosabatlar men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘zingiz bilasiz, biz juda katta ishlarni amalga oshirdik. Ilgari chegaralar yopiq edi. Bugungidek savdo aylanmasi ham, bunday yaqin munosabatlar ham yo‘q edi.
O‘zbekiston va Tojikistonda bir-biri bilan qarindoshlik rishtalari orqali bog‘lanmagan oilaning o‘zi deyarli yo‘q.
ID-kartalar orqali chegaradan o‘tish tizimini joriy etishni ham tezlashtirishimiz kerak. Chunki yuk tashish hajmi ortib bormoqda va bu masalani hal qilishga real ehtiyoj mavjud”, — dedi davlatimiz rahbari.
🇺🇿🇺🇸 “Biz tarixda yangi sahifa ochyapmiz!” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvda Amerika biznesining O‘zbekistonga qiziqishi tarixiy darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi.
“O‘zbekiston tarixida Amerika biznes hamjamiyatining bunday keng ko‘lamdagi ishtiroki ilgari hech qachon bo‘lmagan. Biz tarixda yangi sahifa ochyapmiz”, — dedi davlatimiz rahbari.
AQSh davlat kotibi Prezident Tramp bilan ikki soat avval gaplashganini, u Shavkat Mirziyoyev bilan avvalgi uchrashuvni iliq xotirlagani va yana ko‘rishishni intiqlik bilan kutayotganini yetkazdi.
🇺🇿🇰🇿 Ilgari bitta uchrashuvga bir oy tayyorgarlik ko‘rilardi. Bugun esa uchrashuvsiz hafta yo‘q!
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston delegatsiyasi bilan muloqotda ikki mamlakat munosabatlari qanchalik o‘zgarganini aynan shu misol bilan ifodaladi.
“Hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich bilan munosabatlarimiz mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgan. Hatto eng murakkab masalalarda ham birgalikda to‘g‘ri yechimlar topyapmiz”.
Uchrashuvda Mayamidagi G20 sammiti haqida ham qiziq fikr yangradi.
Samarqanddagi biznes muzokaralar oddiy odamlarga nima beradi?
Bugun Samarqandda o'zbek-amerika biznes muloqoti bo'lib o'tmoqda. AQSh Davlat kotibi bilan birga 300 ga yaqin Amerika kompaniyasi keldi.
📱 Google Pay bugundan ishlaydi. Google O'zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushganini Samarqanddagi raqamli texnologiyalar sessiyasida e'lon qildi. Endi telefon orqali to'lov qilish, xorijiy saytlar va ilovalarda xarid qilish ancha qulay bo'ladi. Banklar Humo va Uzcard kartalarini ham qo'shish ustida ishlamoqda.
👷 Yangi ish o'rinlari. 2026-yilda umumiy qiymati 52 mlrd dollar bo'lgan 782 ta loyihani boshlash rejalashtirilgan. Har bir yangi korxona — odamlar uchun ish va daromad.
🏭 Xomashyo emas, tayyor mahsulot. FLSmidth bilan tog'-boyitish uskunalarini birgalikda ishlab chiqarish bo'yicha bitim imzolangan. Ishlab chiqarish zanjiri qanchalik ko'p qismi yurtimizda bo'lsa, malakali ish shuncha ko'payadi.
🎓 Yoshlar uchun imkoniyat. Google va Meta bilan raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash muhokama qilinmoqda.
🏥 Sog'liqni saqlash va qishloq xo’jaligi.
GE HealthCare bilan tibbiyot, Valmont Industries bilan qishloq xo'jaligi infratuzilmasini yangilash ko'rib chiqilmoqda.
🚆 Transport va energiya. Markaziy Osiyoni Kavkaz va Yevropa bilan bog'laydigan loyihalar mahsulotlarimizni tashqi bozorga chiqarishni osonlashtiradi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio rafiqasi Janett Rubio bilan qadimiy Samarqandning yuragi bo'lgan Registon maydonida bo'ldi.
Ulug'bek, Sherdor va Tillakori madrasalari ko'p asrlik tarix va Temuriylar me'morchiligi bilan oliy darajadagi mehmonlarni hayratda qoldirdi.
Tashrif davomida e’tiborga molik jihatlardan biri — AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jurnalistlar oldiga birgalikda chiqib, matbuot vakillarining savollariga javob bergani bo‘ldi.
Prezident: “O‘zbekistonga yiliga 12 million turist kelyapti”
2016-yilda O‘zbekistonga bor-yo‘g‘i 1 million 200 ming turist kelardi. Hozir bir yilning o‘zida 5 million turist kelayotganini aytsangiz ham, ayrimlar ishonmaydi. O‘tgan yili 12 million turist keldi desam, ‘Bo‘lishi mumkin emas’, deyishadi.Читать полностью…
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdan boshladi
Qurʼon oyatlari oʻqilib, duolar qilindi.
“Men oʻzim ham har safar ulugʻ bobomizni ziyorat qilganimda, xalqimiz hayotiga baraka bersin, biri ikki boʻlsin deb duo qilaman”, – dedi Prezidentimiz.
🗓 Shanba, soat 22:30 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning beshinchi o‘yini efirga uzatiladi.
🤵♂️ Ushbu o‘yinda Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirok etadi.
Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok