14217
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Maqsadi yo'lida futboldagi orzularidan kechgan yigit
"MohirDev Students" loyihasi doirasida bitiruvchilarimizni tanishtirishda davom etamiz
⚽️ Dastlab Portugaliyaning "Benfika" akademiyasida, so'ngra Ukraina klubida to'p surgan Shoxjahon Saidkarimov hozirda Toshkent viloyatidagi hokimliklarni tizimlashtirish bilan shug'ullanmoqda
👨💻 O'zining futbolga bag'ishlagan 10 yillik faoliyatidan keyin AyTi sohasiga o'tishga qaror qilgan qahramonimiz hikoyasi bilan tanishing
To'liq suhbat premyerasi bugun soat 19:30'da bo'lib o'tadi
🔔 Eslatmani yoqib qo'yish
Kecha Mohirdev loyihasi va uning kelajagi haqida gapirib berdim. Taqdimotga 3 daqiqa beriladi va vaqt oʻtishi bilan bir soniya ham kechiktirmay toʻxtatishadi.
Bu standart jarayon. Milliard dollarlik gʻoyalarga ham investorlar 3 daqiqadan koʻp vaqt berishmaydi.
Men doim aytaman, “Taqdimot qilayotganingda 3 daqiqa bu oʻlgudek kam, taqdimot eshitayotgand esa oʻlgudek koʻp”
Taqdimot videosi Youtube kanalimda 👉 https://youtu.be/bU0GiwrYT0c
Amerikadan yangi oʻljalar bilan qaytayapmiz. Endi bu kitoblarni oʻqish kerak. Vaqt boʻlganda qanday qilib bir vaqtda 5 ta kitob oʻqishimni sirini aytib beraman.
Читать полностью…
Techcrunch Disrupt tadbiriga kelgan qiziqarli startuplar.
Читать полностью…
TechCrunch Disrupt konferensiyasining birinchi kunini yakunladik. Taassurotlar bir olam. Mohirdev va mohir.ai uchun bir nechta hamkorlar topdik.
Kunni esa Halal Dastarhan restoranida Silkroad Hub va IT park tomonidan tashkil etilgan networking tushlik bilan yakunladik.
Zoox - oʻzi yurar mashinalar startupi. San Francisco koʻchalarida yuribdi.
Читать полностью…
Endi Oʻzbek startuplar ham bemalol Silikon Vodiysiga chiqishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Videoni koʻring.
Читать полностью…
Oʻzi Amerikaga nega keldik?
19-21 Sentabr kunlari San Franciscoda katta TechCrunch Disrupt tadbiri boʻlib oʻtadi. Tadbirda dunyo boʻylab minglab startuplar oʻz loyihalarini taqdim qiladi. Maqsad, investorlar va hamkorlar bilan aloqa oʻrnatish, tajriba almashish, IT olamida boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlish.
Bu yil Silikon vodiysidagi vatandoshlarimiz Markaziy Osiyo startuplarini ham tadbirga taklif qilishdi. Tadbirda qatnashish pullik va bu harajatlar Oʻzbekiston IT park tarafidan qoplab berildi, bu uchun IT park va Raqamlashtirish vazirligiga alohida minnatdorman.
Oʻzbekistondan Mohirdevdan tashqari, Workly, Iman, MyID va boshqa startuplar kelgan.
Xullas, keyingi uch kun TechCrunch Disruptdamiz.
Bu oliygoh talabalarini “Fermaga xush kelibsiz” deb kutib olar ekan. Topingchi biz qayerda?
Читать полностью…
Googledagi sharoitlarni koʻrganda xayolga keladigan savol “Bu yerda oʻzi ishlashadimi?”
Читать полностью…
Bugun Magicbot.uz taqdimoti bo'ldi.
Startapda ko'pchilik hamkorlar topishda qiynaladi, endi biz shu hamkorlarga egamiz. Tadbirimizda, kuchli dasturchi va online biznes qiluvchilar ishtirok etishdi. O'ylaymanki, Magicbot loyihamiz har bir tadbirkor faoliyatiga kirishiga va O'zbekistonda online biznes ommalashiga sabab bo'ladi.
Bu uchun alohida hamjamiyat va kurs tashkil qildik link https://mohirdev.uz/kurslar/magicbot/
Kursda:
1. Masterclass videosi
2. Sotuv qo'llanmalari
3. Expert sotuvchilar bilan hamjamiyat va maslahatlar
4. Magicbotdan foydalanish video qo'llanmasi
5. Nocode orqali online do'kon tuzish video darslik bo'ladi
Baʼzida Telegramda izohlar yoqilmay qoladi, Durovga shikoyat qilamiz shekilli.
Xullas yuqoridagi post uchun ham izohlarni shuyerda qoldirish mumkin 🙂
Ikkiga bir chiqdik
@sariqdev @jakhonrakhmonov vs @sardoroga_blog
KOD YOZMASDAN E-COMMERCE BOT YARATISH masterclassiga barchangizni taklif qilamiz.
Masterclass 2 xil formatda o'tkaziladi:
1. Oflayn
2. Onlayn
Oflayn formatda 16-sentabr, 11:00 da Mohirdev ofisida bo'lib o'tadi.
Onlayn formatda https://mohirdev.uz/kurslar/magicbot/ saytida ro'yxatdan o'tgan holda, masterklassni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Masterclass speakerlari:
Anvar Narzullaev - Magicbot platformasi haqida
Muhammad Xalil - Onlayn biznes qurish
Akbar Djabbarov - O'zbekistonda online sotish, savdo qilish
Muslimbek Rahmonov- Chet el do'konlarida, va O'zbekistonda sotish, marketing, target.
Abdulfattoh- Magicbot platformasida bot tuzish va platforma imkoniyatlari.
📌 Tadbir so'ngida foydali networking qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz, hamda dasturchilarimizga sizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin:)
Masterclassda ishtirok etish: 300.000 so'm
Mohirdevda Mukammal bot kursini sotib olganlar uchun mahsus chegirma mavjud!
Ro'yxatdan o'tish uchun: https://mohirdev.uz/kurslar/magicbot/
Oflayn tadbir uchun joylar soni chegaralangan. Faqatgina 100 kishi masterclassda ishtirok eta oladi. Aniq keladiganlar ro'yxatdan o'tishini so'rab qolamiz. Qolganlarga onlayn formatda istalgan vaqtda sotib olib ko'rishlari mumkin bo'ladi.
Manzil: Mohirdev ofisi (IT Park, Mirzo Ulug’bek yonida).
3 kun Silikon Vodiysi va San Francisco oʻrtasida qatnab, ikkisi orasidagi katta farqni topdim:
Silikon Vodiysida odamlar yoki dasturchi-muhandis yoki startupchi.
San Franciscoda odamlar yoki startupchi yoki uysiz.
Bugun ketar chogʻimizda juda qiziq voqea boʻldi. Rasmdagi yigit, Garvan Doyle mohir.ai loyihasi qiziq ekan deb shaxsiydan yozib qoldi. Kim ekan deb qarasak, Assembly.ai deb nomlangan juda katta Sunʼiy intellekt kompaniya rahbari ekan.
Sherigim Baxtiyor darrov qoʻngʻiroq qildi, Garvin allaqachon mehmonxonaga qaytganini, lekin biz bilan uchrashish uchun qaytishini aytib, kutib turishni iltimos qildi.
Kelganidan keyin esa, 1 soat davomida shunaqangi qiziq suhbat boʻldi. Qaniydi suhbat tugamasa deb qoldik. Garvan bizga juda koʻp maslahatlar berib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatdi, oʻzi qilgan xatolarini biz takrorlamasligimiz uchun nimalar qilishni aytdi. Eng muhimi suhbat soʻngida mohir.ai jamoasini oʻzining muhandislari bilan bogʻlab qoʻyishini aytdi. Keyingi hafta, Oʻzbekistonga qaytgandan soʻng yana gaplashadigan boʻldik.
Hammasidan qizigʻi, bularning hammasi samimiy, beminnat va begʻaraz. Shunchaki zerikkanidan, erinmasdan kelib, bizga butun tajribasini ulashib ketdi.
Tushunarli boʻlishi uchun, Assemblyai 180 million dollarga baholangan, Spotify, BBC, Dow Jones, veed.io va yana boshqa oʻnlab gigant kompaniyalarni ovozli sunʼiy intellekt texnologiyalari bilan taʼminlaydigan kompaniya.
Amerikaga kelish qimmat, lekin birgina mana shunday uchrashuv barcha harajatlarni qoplab yuboradi.
Kelajakda shu koʻrinishda boʻlar ekan, yaʼni umuman haydovchisiz, faqat yoʻlovchilar uchun.
Читать полностью…
Oʻzbekistondan ham dunyoni zabt etadigan startuplar chiqishi uchun nima qilish kerak?
Stanford bitiruvchisi va Silkroad Innovation Hub asoschisi Asror Arabjonovdan yoshlarga tavsiyalar.
Toʻliq video Youtubeda.
Ha aytgancha, bularning hammasini San Franciscoda vatandoshlarimiz tomonidan ochilgan SilkRoad Innovation Hub kompaniyasi tashkil qilayapti. Kecha ularning ofisida Markaziy Osiyodan kelgan boshqa startuplar bilan tanishib, oʻz loyihalarimizni taqdim qildik.
Читать полностью…
Bu kichik garaj Silikon vodiysining ilk startupining ofisi hisoblanadi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda ham dongʻi ketgan kompaniya oʻz faoliyatini 1939 yilda aynan shu kichkina kulbada boshlagan. Topingchi, bu qaysi kompaniya?
P.s. Suratdagi asl garajning nusxasi.
Oʻz sohasining ikki titani, Jahongir Rahmon va Sardor Dushamov bilan miriqib suhbatlashdik. Podcast tez kunda Mohirdev Youtube kanalida chiqadi.
PHP yoki Python degan savol ochiq qoldi 😁.
Shoshilamiz, joylar kamayib borayapti.
100 kishi roʻyxatdan oʻtganda kanalda eʼlon qilamiz.
Savol: Bu masterklass kimlar uchun?
Javob: Mukammal e-commerce botlarni yasab sotuvchilar va oʻz onlayn doʻkonini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan tadbirkorlar uchun.
Savol: Dasturlashni bilish talab qilinadimi?
Javob: Mutlaqo talab qilinmaydi.
Savol: Tadbir oflaynmi yoki onlayn?
Javob: Tadbir oflayn boʻladi va yozib olinadi. Oflayn ishtrokchilar soni 100 kishi bilan cheklangan. Oflayn qatnasha olmaydiganlar tadbirdan soʻng bemalol onlayn koʻrishlari mumkin boʻladi.
Savol: 100 kishi boʻlganini qayerdan bilamiz?
Javob: Kanalda e'lon qilamiz.
Savol: Platformadan foydalanish bepulmi?
Javob: Masterklassda qatnashganlarga maxsus akkaunt va platformadan uzoq muddatga bepul foydalanish imkoni beriladi.
Yana savollar boʻlsa, izohda qoldiring 👇
Aytgancha, botning admin qismi ham tayyor: statistika, analitika, sotuvlar, xaridlar, mijozlar hammasi bir joyda.
Bundan tashqari:
- payme, click orqali tayyor toʻlov
- muddatli toʻlov
- sms xabarnomalar yuborish
- mijozlar bilan muloqot qiluvchi sunʼiy intellekt
- yetkazib berish xizmati
- promolar
va boshqa xizmatlar hammasi tayyor qilingan.
Sizga faqat botni oʻzingiz (yoki mijoz) uchun sozlab ishga tushirish qoladi.
Masterklassda bularni hammasini oʻrgatamiz. Batafsil ma’lumot yopiq kanalimizda berib boriladi: /channel/+NzvPrvtiTHo5NDJi