universitet_yoshlari | Unsorted

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Subscribe to a channel

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

I kurs talabalariga Talabalar turar joyi tarqatish jarayoni oʻz nihoyasiga yetdi. Ularning xonalari taqsimlandi.

P.S. Talabalar turar joyiga joylashish uchun kelgan I kurs talabalari yo'llanma va shartnomani chiqarilgan nusxada olib kelishlarini soʻraymiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#ijara_xonadoni

Muqimiy mahallasida universitetimiz talaba qizlari uchun ijara uyi mavjud. Sharoiti yaxshi, ta'mirdan chiqqan va karavotlar bilan jihozlangan.

Bog'lanish uchun tel:

1) 93 292 53 79
2) 97 319 36 99

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Assalomu alaykum!
🧐🧐🧐🧐 Yangi o'quv yilidan boshlab ingliz tilini mukammal ravishda o'rganmoqchisiz?
👌👌👌👌👌Unda bu taklif aynan siz uchun!
✅✅✅✅ IELTS va Multilevel (CEFR) imtihonlariga biz bilan tayyorlaning!
Siz kursimizda:
⭐️GRAMMAR 📒 ( IELTS va CEFR uchun grammatik qoidalar)
⭐️LISTENING 🎧( IELTS, Multilevel savol turlari)
⭐️READING 📖 ( IELTS, Multilevel savol turlari)
⭐️SPEAKING 🗣( tez va oson gapirish)
⭐️WRITING 📝 ( Xat, essay, task 1 turlari)
✅ Instructor
Samandar Yusupov (IELTS 7.0, CEFR certificate, master of literary studies, holder of Prezident's scholarship) grammar, listening and reading (listening7.5)
Our results: IELTS 6.0 (1 student), CEFR B2 (2 students), CEFR B1 ( 2 students)

✅ Haftada 3 kun dars
✅ Narx hamyonbop (300 ming)
✅ IELTS va Multilevel imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish
Our location: Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Murojaat uchun:
1.@YusupovSamandar ( +998916925642)

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2023-2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:

➖ Urganch - Toshkent
➖ Xiva - Toshkent
➖ Buxoro - Toshkent
➖ Toshkent - Gʻijduvon
➖ Toshkent - Qorako‘l
➖ Toshkent - Shofirkon

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin.

Transport vazirligi

@masofatalim

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Eng koʻp berilayotgan savollarga javoblar:

❗️Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

1. Rektor nomiga ariza (dekanatda yozdirishadi);
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 8 ta (rasmiy holatda, oq fonda);
6. Hujjatlar yig‘ma jildi;
7. Konvert A5 formatida;
8.Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

❗️ Talabalar hujjatlarni qachon topshirishlari kerak?

4-sentabrda oʻzlari bilan olib kelishlari lozim!

❗️”Perevod” qilganlarga aloqa xati qachon beriladi?

Aloqa xatlari elektron shaklda sobiq OTMingizga yuboriladi. 4-sentabrdan boshlab universitet kadrlar boʻlimidan aslini ham olishingiz mumkin boʻladi.

❗️”Superkontrakt”da oʻqimoqchiman…

Kontrakt.edu.uz saytida tez orada tabaqalashtirilgan kontrakt shartnomalarini olish imkoniyati paydo boʻladi. Faqat kuzatib borsangiz kifoya.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#1_kurs
#Talabalar_turar_joyi

🔥🔥🔥

Hurmatli I kursga qabul qilingan talabalar! Sizlar tomoningizdan my.gov.uz saytiga yuborilgan arizalar koʻrib chiqildi (hozir Vazirlar Mahkamasining 376-son Qarorida belgilangan ustuvorlik boʻyicha) va 148 nafar talabaga Talabalar turar joyi (TTJ) uchun yo'llanma xati va shartnomalar shakllantirildi. TTJ taqdim etilganlar tizimdagi shaxsiy kabineti orqali yo'llanma xati va TTJ uchun shartnomani yuklab olishlari mumkin.

P.S. Ariza topshirgan, lekin I bosqichda ijobiy javob olmagan talabalarning arizalari masalasi yaqin orada qay tartibda koʻrib chiqilishi ma'lum qilinadi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Prezident_Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bir guruh fan, ta'lim, adabiyot va ommaviy axborot vositalari vakillarini taqdirlash toʻgʻrisida Farmon imzoladi.
Ushbu Farmonga muvofiq, universitetimiz professori, Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri Nurboy Jabborov domlamiz "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Ustozni chin dildan muborakbod etamiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#tungi_hikmat

    Qo‘lingizdan kelsa, hamma narsadan poeziya izlang. Hayot shunisi bilan qiziq.
   Yashashni bir ne’mat desak she’riyat uning tuzidir. Yosh bolalarni qarang, ularning hammasi poeziya bilan yashaydi. Hayratlanadi. Agar hayotning poeziyasi bo‘lmasa, beshikdagi bola ham zerikib qolardi.
    Odam qalbini hayrat va muhabbat ulg‘aytiradi. Shuning uchun har qanday nasriy asarning ham zamirida nazm yotadi.   
    Nazmsiz nasr bir o‘lik narsa. Hamma yaxshi nasriy asarlarga qarang, ularning har biri bitta asl she’r tasvirlashi mumkin bo‘lgan tuyg‘uni ifodalaydi. Shuning uchun Shukur aka Tagorning “Roman to‘rt satr she’r bo‘lishi kerak” degan gapini ko‘p takrorlardi.
    Shoir bilan yozuvchining farqi bitta: biri sahifani to‘ldirib, ikkinchisi esa ikki yondan hoshiya tashlab yozadi.

Eshqobil Shukur

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

https://www.youtube.com/watch?v=O6-pIfCQK_M

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

1-kurslar uchun talabalar turar joyi tarqatish bo‘yicha ayrim tushuntirishlar:

1️⃣-rasm:
30-avgustgacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi. Dastlabki taqsimotga taxminan 50% o‘rin ajratiladi. Yaʼni shu sanagacha nechta ariza kelib tushgan bo‘lsa, ular orasidan avval ehtiyojmand va birinchi navbatda berilishi kerak bo‘lgan talabalarga, shundan so‘ng boshqalarga beriladi. Keyingi taqsimot ehtiyojga qarab, sentyabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Siz birinchi taqsimotga ilinishingiz uchun 30-avgustgacha onlayn ariza yuboring;

2️⃣-rasm:
ayrim toifadagi abituriyentlar uchun OTM tanlash imkoniyati ochilmayapti. Faqat “Tanlang” degani chiqyapti-yu, undan nariga o’tmayapti. Bunday holat quyidagilarda kuzatilmoqda:

1) Imtiyozli asosda to’g’ridan-to’g’ri o’qishga kirganlar (ularning masalasi tez orada hal bo’ladi, biroz sabr qilishi kerak);
2) sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga kirganlar. Ularga yotoqxonadan joy berish hozircha ko’zda tutilmagan. Eng avvalo kunduzgi ta’limdagilarga beriladi, shuning uchun ularda OTM tanlash va ariza yuborish imkoniyati yo’q;

3️⃣-rasm: agar siz Yagona portalda ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan bo‘lsangiz, yaʼni "bunday pasport maʼlumoti bilan avval ro‘yxatdan o‘tilgan' deyilayotgan bo‘lsa, unda Kirish sahifasidan parolni tiklashni bosing. Agar mabodo parolni tiklash uchun avvalgi telefon raqamingiz hozir mavjud bo‘lmasa yoki begona telefon raqamga biriktirilgan bo’lsa, unda siz istalgan o‘zingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borishingiz kerak bo‘ladi. Shunda sizning maʼlumotlaringizga hozirgi ishlab turgan telefon raqamni bog‘lash mumkin bo‘ladi;

4️⃣-rasm: Yotoqxona olish uchun bir marta ariza yuborish yetadi. Qayta-qayta ariza yuborishdan foyda yo‘q, baribir takroran yuborgan arizalaringiz rad etiladi.


🔘
@xushnudbekuz

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Magistratura javoblari 30-avgustga qadar e’lon qilinadi.

Hamma natijalar tayyorligi, faqat buni Davlat qabul komissiyasi tasdiqlashi qolgani aytilmoqda.

Agar hamma narsa tayyor bo’lsa, unda 30-avgustni kutib o’tirish shartmasdir balki… Javoblar qancha vaqtli e’lon qilinsa, shuncha yaxshi-ku.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Muhim
#Qo‘shimcha

Hozirda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati o‘z ishini boshlamadi.

Ushbu ishlar yakuniga yetganidan so‘ng ariza berish imkoni yaratiladi. Bu bo‘yicha yana qo‘shimcha maʼlumot beriladi.


На данный момент услуга подачи заявления на размещение в студенческих общежитиях не запущена, так как информация о рекомендованных к обучению на 1-м курсе вносится в электронные базы данных.

После завершения данных работ услуга будет доступна. Дополнительная информация о статусе услуги будет предоставлена.


At the moment, the service of applying for accommodation in student dormitories has not been launched, since information about those recommended for study in the 1st year is entered into electronic databases.

After the completion of these works, the service will be available. Additional information about the status of the service will be provided.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

O’zi grantga kirgan, lekin mandat sayti qotayotgani uchun haligacha natijasini ko’ra olmayotgan abituriyentning hozirgi holati 😆


🔘 @xushnudbekuz

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

👉@eduuz

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#so‘ragan_edingiz

SAVOL: Birinchi kurs talabalari kvartirada turgan taqdirda, ularga ham ijara summasi to‘lab beriladimi?

✅ JAVOB:
Yangi o‘quv yilida birinchi bosqich kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda, ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda birinchi bosqich talabalaridan sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Maʼlumot o‘rnida, talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida amalga oshiriladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

☝️Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

❌ Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

​​Aziz hamkasblar, qadrli talabalar!
Bugun xalqimiz uchun eng aziz va eng ulug' bayram - mustaqillik kuni. Buyuk Amir Temurning “Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay” degan ko‘hna falasafasi barcha ezgu ishlarning ibtidosiga ishoradir. Xuddi shu ma’noda, Mustaqillik xalqimiz uchun yangi tarixiy davrning boshlanishi bo‘ldi. Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida tarixiy ishlar amalga oshirildi. Darhaqiqat, istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Aynan shu imkoniyatlardan biri, shubhasiz, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi bo'ldi. Universitetimiz mamlakatimizda va xorijda o'zbek tili, adabiyoti va madaniyatini ilmiy o'rganish, targ'ib qilish, shu sohada faoliyat olib boruvchi kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan. Biz ushbu maqsad yo'lida dadil odimlamoqdamiz. So'nggi yetti yildagi erishgan natijalarimiz, amalga oshirilgan ishlar buning yaqqol dalilidir.
Universitetimiz pedagogik jamoasining ilmiy salohiyati yildan yilga oshib, safimiz yosh va umidli kadrlar bilan kengayib bormoqda. Bizning bitiruvchilarimiz mamlakatimiz va xorijda o'zlarining ilmiy, pedagogik faoliyatlarini olib borib, katta muvaffaqiyatlarga ham erishmoqdalar. Bundan tashqari joriy yilda talabalarimiz safiga yana ko'plab iqtidorli, ijodkor, intiluvchan yoshlar qabul qilindi.
Dilimizni quvnatadigan shunday natijalarning barchasini bizga mustaqillik bergan cheksiz imkoniyatlar samarasi deya baholash mumkin.
Aziz hamkasblar va talabalar!
Yana bir bora barchangizni ushbu qutlug' ayyom bilan tabriklayman. Kelgusi yil shunday shodiyonalarda qatorimizdan xato boʻlmay, bir-birimizni qutlash barchamizga nasib etsin!

Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, filologiya fanlari doktori, profess
or

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Qabul2023 #Apellatsiya

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

✅ 2023-yil 22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (31-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Инсон қадри ва меҳнати улуғланган юрт! (+видео)

📍
https://uza.uz/posts/515883

🎥 https://youtu.be/AhQGIjFzDn8

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Talabaga_qulaylik
#talabaga_yengillik

Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, talabalarni turar joy bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish bo’limi hamda koʻngilli volontyor yoshlar tomonidan ma'lumotlar markazi tashkil etilgan.

Ushbu markazda turar joyga ehtiyojmand talabalar uchun kerakli ma'lumotlar shakllantirib, ularga amaliy yordam ko’rsatib kelinmoqda.

👉Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

ToshDO'TAU sirtqi ta'lim 3-kurs 306-guruh talabasi Yusifboyev Muhammad Tangir o'g'li davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq, «Jasorat» medali bilan bilan taqdirlandi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul2023

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#e'tirof

⚡️Oliy taʼlim va ilm-fan vakillarining bir guruh fidokorlari eʼtirof etildi

Prezident Farmoniga binoan yurtimiz mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

Ular orasida oliy va professional taʼlim hamda ilm-fan fidoyilari, professor-oʻqituvchilar ham borligi barchani quvontirdi.

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan:

Azamov Abdulla
— Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri;
Gulamov Kadir Gafurovich — Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi;
Zaxidov Anvar Abdulaxadovich — AQShning Dallas shahridagi Texas universiteti professori.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:

Salimov Oqil Umurzoqovich
— Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi rahbari;
Iskandarov Sadulla — Fanlar akademiyasi akademigi;
Xakimov Akbar Abdullayevich — Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti bo‘limi mudiri;
Ansatbayev Najimatdin — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;
Asqarov Axmadali — Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, akademik.

“El-yurt hurmat” ordeni bilan:

Bobomurodova Xosiyat
— SamDU qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktab targ‘ibotchisi;
Inoyatov Sulaymon Inoyatovich — Buxoro davlat universiteti professori.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:

Jalilov Ismoiljon Tulyaganovich
— O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Abdullayeva Munavvara
— O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;
Zaripova Karima Faxritdinovna — Respublika estrada va sirk kolleji direktori;
Radjabov Qahramon Kendjayevich — Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi;
Komilov Mirzayan Mirzaahmedovich — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, akademik.

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

Djabbarova Yulduz Qosimovna
— Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professori.

“Do‘stlik” ordeni bilan:

Turobjonov Sadriddin Mahamaddinovich
— Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor;
Agzamxodjayev Saidakbar Saidovich — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori;
Alemasov Viktor Aleksandrovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;
Vildanov Djiangir Rumilevich — Respublika estrada va sirk kolleji katta o‘qituvchisi;
Jabborov Nurboy Abdulxakimovich — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri;
Kasimov Rifatilla Kudratullayevich — O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;
Mannapov Sultanbek — Farg‘ona davlat universiteti kafedra mudiri, professor;
Meldebekov Akjol Meldebekovich — Milliy estrada san’ati instituti katta o‘qituvchisi;
Muqimov Komil — O‘zbekiston milliy universiteti professori, akademik;
Sultanova Shahnoza Abduvohitovna — Toshkent davlat texnika universiteti fakultet dekani;
Saydumarov Murtazo G‘oziyevich — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti;
Umirzoqov Boltoxudja Yermatovich — Toshkent davlat texnika universiteti professori;
Hamidova Marfua Azizovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

Abdug‘affarov Abdusattor Abdujabborovich
— Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bo‘limi boshlig‘I;
Xolmirzayeva Sayyora Shukurovna — Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti.

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan:

Abdullayeva Nargiza Nurmamatovna
— Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori.

“Shuhrat” medali bilan:

Masharipova Nargiza Otaxonovna
— Urganch davlat pedagogika instituti kafedra mudiri;
Gandjayeva Lola Atanazarovna — Xorazm Ma’mun akademiyasi bo‘limi boshlig‘i
Fadeyeva Tatyana Valerevna — Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi.

💐 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi e’tirof etilgan barcha ustozlarni samimiy qutlaydi!

👉На русском

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Озарбайжонга давлат ташрифининг иккинчи куни: Фузулий ва Шуша шаҳарларига ташриф

Второй день государственного визита в Азербайджан: посещение городов Физули и Шуши

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.)

✔️Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q)

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 23-avgust holatiga), 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

✅ kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
✅ bakalavr yoki magistrga
✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

❌ super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

✅ oliy;
✅ o‘rta maxsus;
✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.

***

Taʼlim krediti mavzusida ovozli chatni eshitish (2021-yil 21-avgustdagi):
/channel/xushnudbek/10938

O‘qishni ko‘chirganlar qachon taʼlim krediti olishi mumkin:
/channel/xushnudbek/10942

10 mln so‘m taʼlim krediti olish uchun oyiga qancha oylik ish haqi talab etiladi:
/channel/xushnudbek/10950

Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa bo‘ladimi?
/channel/xushnudbek/10974


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.


Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!

В настоящее время завершены работы по внесению данных рекомендованных к обучению абитуриентов в информационную систему по студенческим общежитиям

Отныне студенты первых курсов могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.


To the attention of applicants recommended for study!

At present, work has been completed on entering the data of applicants recommended for training into the information system for student dormitories

From now on, first-year students can submit an electronic application for accommodation in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services - my.gov.uz.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Apellatsiya

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Saytda natijalar:

🟢 yashil rang bo‘lsa — davlat granti;
🟡 sariq rang bo‘lsa — to‘lov-kontrakt;
🔴 qizil rang bo‘lsa — talabalikka tavsiya etilmagan bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2023-yil 21-avgust kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida qurilayotgan o‘quv binosi hamda talabalar turar joylaridagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Qurilish ishlarining sifati, binolarni isitish, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etishga sharoitlar yaratilayotganiga e'tibor qaratib, zarur tavsiyalar berdi.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida loyiha qiymati 26,4 mlrd so’m bo’lgan 500 o‘rinli talabalar turar joyi hamda loyiha qiymati 45,1 mlrd so‘m bo’lgan 1000 o‘rinli o‘quv binosi qurilib, yangi o’quv yilida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.



21 августа 2023 года заместитель министра высшего образования, науки и инноваций С.Бузрукханов ознакомился с ходом строительных работ учебного корпуса и студенческих общежитий Каттакурганского филиала СамДУ.

Были даны рекомендации по качеству строительных работ, отоплению зданий, созданию условий для эффективной организации учебного процесса.

В Каттакурганском филиале СамГУ построено студенческое общежитие на 500 мест проектной стоимостью 26,4 млрд сумов и учебный корпус на 1000 мест проектной стоимостью 45,1 млрд сумов, которые планируется сдать в эксплуатацию в учебном году.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🇺🇿Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:

🟢1-sentabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;

🟢2-sentabr, shanba:
a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
b) 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

🟢3-sentabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

Читать полностью…
Subscribe to a channel