Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli vatandoshlar!
Mamlakatimizda yagona va ahil oila bo‘lib yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlar vakillari bo‘lgan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Batafsil — https://uza.uz/posts/744195
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaytiriladi
Qonunchilik palatasining majlisida "Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi Qonunchilik palatasi qarori loyihasi ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1 ming 945 gektar, Nurobod tumanidan 971 gektar yer maydoni Kattaqo‘rg‘on shahri tarkibiga hamda Nurobod tumanidan 600 gektar yer maydoni Kattaqo‘rg‘on tumani tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda. Ushbu chegaralar o‘zgartirilishi natijasida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.
Qaror loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Andijonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga qilingan taqdimotga koʻra, ushbu oliy maktab Andijon shahridagi san’at maktabi negizida tashkil etiladi.
Oliy maktabda ilmiy-ijodiy laboratoriya tuzilib, Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarining "oltin fondi" yaratiladi. Zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etilib, iqtidorli yosh ijodkorlar undan imtiyozli foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Sherali Jo‘rayev nomidagi milliy qo‘shiqchilik teletanlovi har yili o‘tkaziladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (467-son, 26.07.2025 y.) bilan "Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish ishlari bilan bog‘liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi.
Yer qa’rini davlat tomonidan geologik jihatdan o‘rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma’lumotlarni Yer qa’ridan foydalanish markaziga "Geomonitoring" axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi.
Yer qa’ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida buyurtmani va unga ilova qilingan ma’lumotlar taqdim etilganligini tekshiradi.
Hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani "Geomonitoring" axborot tizimida tegishli tartib raqam bilan hisobga oladi va tizim tashkilotlarini xabardor qiladi.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini davlat hisobiga olingani to‘g‘risidagi xabar olingan kundan boshlab yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗️Buxoroda soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ tomonidan 2024-yil noyabr-dekabr hamda 2025-yil yanvar-fevral oylari uchun jamiyatni aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun MCHJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atiladi.
O‘z navbatida, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan esa MCHJga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqariladi.
Ammo, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi sho‘ba bosh inspektori sud qaroriga asosan MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.
DXX va IJQK Departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquq posbonining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lib, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi
4-qismi "a" bandi va 28,211-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi #MASOFAVIY
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
JAMI: 420 ta.
Shundan, o‘zbek tili – 352 ta, rus tili – 53 ta,
qoraqalpoq tili – 15 ta.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi #KUNDUZGI
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
JAMI: 20 210 ta.
Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,
Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Administratsiya farmoyishi bilan:
▫️Baxodir Baxtiyarovich Maxmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini ta’minlash va xalqaro gumanitar hamkorlik sho‘basi mudiri lavozimidan;
▫️Shovqiddin Abduvaliyevich Karshiyev O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlash sho‘basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#KVOTA2025
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
BaholashUz">
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#KVOTA2025
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
BaholashUz">
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimidagi yangi yondashuvlarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, kambag‘allikni qisqartirish borasida yaratilgan tizim hamda sarflanayotgan mablag‘lar o‘z samarasini berib, joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘rmonlarda yong‘inlarni yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirish aksariyat hollarda insonning o‘ziga bog‘liq. Ushbu videorolikda o‘rmonzorlarda yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar ko‘rsatilgan. FVV fuqarolarni tabiatda dam olish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Mo‘g‘uliston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa ravnaq tiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro suzish federatsiyasi byurosi a’zoligiga saylandi
Singapurda suv sport turlari bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro suzish federatsiyasi (World Aquastics)ning navbatdagi kongressi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro suzish federatsiyasi byurosi a’zoligiga saylandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
DXX: Korrupsiyaga oid bir qator noqonuniy holatlar aniqlandi
Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi sud tizimidagi tanishlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning ishini sudda qayta ko‘rib chiqish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlash evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi. DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IJQK Departamenti xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Namangan viloyatida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanishlari orqali tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 783 mln so‘mlik soliq qarzdorligini 141 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 4 ming 400 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanishi hisoblangan Namangan viloyati soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i ham 4 ming 400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Poytaxtda qayd etilgan holatda, Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda doimiy ro‘yxatga qo‘ydirib berish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan qonunbuzilish holatida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln so‘mlik qarzdorligini undirish uchun uning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijada, davlat ijrochisi talab qilingan pul mablag‘ini Qarshi tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari vositachiligida pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 29-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 514,34 soʻm (– 67,39)
1 EUR 14 600,48 soʻm (– 164,18)
1 RUB 156,41 soʻm (– 1,93)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗️Toshkent metropolitenining 6 ta bekati oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025-yil 2-avgust sanasidan boshlab, 6 ta bekatdan iborat “Texnopark – Yangiobod” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Profilaktik ishlar yakuniga yetguncha, “Texnopark-Qipchoq-Texnopark” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Rasmiy bayonot: Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz
2025-yil 26-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, "Uchsoy" OFY hududida joylashgan "Muynoq" konida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari davomida 5000 metr chuqurlikka mo‘ljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikdan gaz chiqishi kuzatildi. Bu quduq — ushbu konda burg‘ilash ishlari boshlangan birinchi quduq hisoblanadi.
Gaz bosimi kutilgan darajadan yuqori bo‘lganligi sababli, barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda quduqni likvidatsiya qilish va bosimni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Voqea sodir bo‘lgan paytdan boshlab barcha tegishli tashkilotlar — "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi Jamiyatga qarashli "Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismining Markaziy harbiylashtirilgan nazorat otryadi", Favqulodda vaziyatlar vazirli, "O‘zbekgeofizika" AJ hamda mahalliy hokimiyat mutasaddilari voqea joyida bo‘lib turibdi.
Eng asosiysi, ushbu quduq aholi yashash joyidan uzoqda va gaz tarkibida oltingugurt yo‘q bo‘lgan toza metan hisoblanadi. Qayd etish joizki Ustyurt hududidagi barcha konlardan olinadigan tabiiy gaz tarkibida oltingugurt uchramaydi.
Ma’lumot uchun, ayni damda holatni bartaraf etish uchun xizmat qilayotgan ishchi xodimlar sog‘ligini saqlash, shuningdek, atrof-muhit va hayvonot olamiga zarar yetishining oldini olish maqsadida gaz nazorat ostida yoqib qo‘yildi.
Hech kim tan jarohati olmagan.
Shu sababli odamlardan vahimaga tushmasliklarini so‘raymiz.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Energetika vazirligi
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Toshkentdagi ba'zi ko'chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
Shota Rustaveli ko'chasida davom etayotgan qurilish-montaj ishlari sababli dam olish kunlarida Sh.Rustaveli va Bobur ko'chalari chorrahasida quyidagi cheklovlar amal qiladi:
1. Bobur ko'chasining Sh.Rustaveli ko'chasi chorrahasidan Nukus ko'chasi bilan kesishmasigacha bo'lgan bir tomonlama yo'nalish qismi 25-iyul 22:00 dan 26-iyul 06:00 gacha yopiladi (ko'rsatilgan davr mobaynida boshqa yo'nalish ishtirokchilariga chorraha orqali faqat o'ngga burilishga ruxsat etiladi);
2. 25-iyul 22:00 dan 28-iyul 03:00 gacha chorraha orqali:
- Bobur ko'chasi yo'nalishida harakatlanganda to'g'riga va chapga harakatlanish mumkin emas (o'ngga burilishga ruxsat etiladi);
- Sh.Rustaveli ko'chasi yo'nalishida harakatlanganda chapga burilish mumkin emas (to'g'riga va o'ngga harakatlanishga ruxsat etiladi).
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi #KECHKI
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi.
JAMI: 1 319 ta.
Shundan, o‘zbek tili – 1 107 ta, rus tili – 138 ta,
qoraqalpoq tili – 74 ta.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#ImtiyozliKvota
⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Prezident farmoni bilan Talat Shuxratovich Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#KVOTA2025
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗️Mehnat organlari ish beruvchilarga nisbatan jazo qo‘llovchi emas, balki hamkor sifatida faoliyat yurituvchi, ularga xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmaga aylanishi ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, ish beruvchilar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi majburiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik va jo‘natilgan nomzodlarni ishga olmaslik uchun jazo choralarini bekor qilish taklif etilmoqda. Bu orqali bandlik organlari ish beruvchilardan to‘g‘ri va haqqoniy ma’lumotlarni to‘plab, ularga ish izlayotgan fuqarolarni yo‘naltiradi. Ish beruvchi esa nomzodni qabul qilish yoki qilmaslikni o‘zi hal etadi.
Ushbu tizimni joriy etish uchun maxsus elektron platforma yaratilib, dastlab Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshlanadi va keyinchalik butun mamlakat bo‘yicha tatbiq etiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 28-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 581,73 soʻm (– 71,75)
1 EUR 14 764,66 soʻm (– 106,98)
1 RUB 158,34 soʻm (– 1,41)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Xitoy yetakchisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Hurmatli Prezident janoblari!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman!
Yaqinda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan "Xitoy - Markaziy Osiyo" ikkinchi sammitida Siz bilan muzokaralar o‘tkazib, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarini yangi davrda rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab oldik.
Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman hamda o‘rtamizda qaror topgan samarali amaliy aloqalar va do‘stlikni yuksak qadrlayman. Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushidagi G‘alabasi va Fashizmga qarshi jahon urushidagi G‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan Sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman.
Sizga mustahkam sog‘lik va farovonlik tilayman!
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.
Siz xalqingiz orasida va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgansiz. Sizning rahnamoligingizda O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidan ishonch bilan ilgarilamoqda, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv rol o‘ynamoqda.
Siz shaxsan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shmoqdasiz. Biz, shubhasiz, Rossiya va O‘zbekistonning do‘st xalqlari farovonligi yo‘lida, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha birgalikda ishlashda davom etamiz.
Sizga chin yurakdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti