xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Farg’ona shahridagi “Kristall academy” xususiy maktabida qabul boshlandi!

Maktabda 1-11-sinflar uchun qabul boshlangan bo’lib, 1-7-sinflarga ingliz tili, matematika, IT va umum ta’lim fanlari rus tilida olib boriladi.

8-sinfdan boshlab esa
tabiiy fanlar, xorijiy tillar, aniq fanlar, iqtisod va huquqshunoslik yo’nalishlari bo’yicha sinflarga ajratilgan va darslar o’zbek hamda rus tilida olib boriladi!

📌 Maktabda yana 24/7 video nazorat, 4 mahal issiq ovqat, yotoqxona hamda shahar bo’ylab transport xizmati mavjud!

Sifatli ta'lim;
• Malakali pedogoglar;
• Qulay imkoniyatlar;
• Keng sharoit barchasi sizlar uchun. Hoziroq ro’yxatdan o’ting va o’z joyingizni band qiling.

📑
Litsenziya (№130020, 15.09.2023)

📞
Call center:
+998888150828
+998990339932
+998912822500
+998993659932

Telegram | Instagram | Facebook | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi

Bu haqda 11-iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari"da o‘tkazilgan matbout anjumanida korxona boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev ma’lum qilgan. Hozirda mazkur tizim sinov tarzida Yakkasaroy tumanida joriy etilgan. Bundan tashqari, tizimning mobil ilovasini ham ishlab chiqish belgilangan. U orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hamda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdorini onlayn olish mumkin bo‘ladi.

✅ Amaldagi tizimda abonentning ism-familiyasi, pasport ma’lumotlari va hisob-raqami bo‘lgan bo‘lsa, yangi tizimda abonentning kadastr ma’lumotlari, bitta odam nomida nechta hisob raqami borligi kabi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Monitoring ishlarini olib borish maqsadida iste’molchining shikoyat va takliflari, ularning soni ham yozib boriladi.

Shuningdek, hozirda aholining “aqlli” hisoblagich bilan ta’minlanganlik darajasi 90% ni tashkil etib, hisoblagichlar o‘rnatilishi kerak bo‘lgan 210 mingta abonent qolgan.

“Bir narsani aytish kerakki, mamlakatda 100% „aqlli“ energiya hisoblagichlari o‘rnatildi, deb bo‘lmaydi, nimaga deganda, yillik o‘sish 2%ni tashkil etadi: aholi ko‘paymoqda, uy-joy qurilmoqda, ishlab chiqarish ortmoqda. Shunday ekan, ko‘rsatkichni 100% yetkazib bo‘lmaydi”,

— degan Alvar G‘aybullayev.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Profi University davlat namunasidagi diplom beradi

Profi University 2022-yil 10-noyabrda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, litsenziyaga ega xususiy universitetlar bitiruvchilariga ham davlat namunasidagi diplom taqdim etiladi.

✅ 2023-2024 o‘quv yilida Profi University’ning bakalavriat bosqichini tugatgan 50 nafar bitiruvchiga davlat namunasidagi diplom berildi. Hozirda bitiruvchilarning aksariyati ish bilan ta'minlangan.

📌 Navbatdagi kirish imtihoni 19-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy

👉 Imtihon uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://profiuniversity.uz/?ref=MklB

☎️ Batafsil ma'lumot: 78-777-11-11

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan dekan ushlandi

Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.O‘.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda o‘tkaziladigan ijodiy imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga qayta topshirsa, kontrakt bo‘ladimi?
#abituriyent

❗️JAVOB: Ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida quyidagicha yozuv paydo bo‘lgan:

Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uchun tanlovda ishtirok eta olmaysiz.


Shu bo‘yicha izoh bermoqchiman. Prezidentning 25-maydagi farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra:

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.


Farmonning mazkur bandidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham bor edi. Ya’ni ikkinchi mutaxassislik doim to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi, unga davlat granti ajratilmaydi.

Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bo‘lib turganlarga taalluqli edi. Ya’ni endilikda oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.

Bu nima degani?

Eng avvalo, bu yerda to‘liq kontraktda o‘qish haqida gap ketmayotganini ta’kidlash kerak. Faqat talaba grantda o‘qigan bosqichi uchungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqichga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topshirsa, u 1-bosqichda albatta kontraktda o‘qiydi, lekin o‘zlashtirishi yuqori bo‘lsa, 2-bosqichdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.

Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida o‘qib, keyin fikri o‘zgarib, boshqa yo‘nalishga qayta topshirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda o‘qishga majbur bo‘ladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga o‘tishi mumkin.

❗️Xulosa: Fikrimcha, bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Chunki gap davlat byudjetidan sarflanadigan mablag‘ haqida ketayotgan ekan, unda fikrini o‘zgartirgan talaba uchun davlat qayta-qayta xarajat qilmasligi kerak. Boz ustiga u birinchi o‘qishini yarmidan tashlab ketgani hisobiga davlat sarflagan mablag‘iga kuyib qolishi ham adolatdan bo‘lmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda 2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 30-iyungacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” sahifasidan “Chek maʼlumotlari” boʻlimiga kirib, tuzatiladigan chek topiladi va chek summasi tahrirlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

Hukumatning 3-iyuldagi qaroriga asosan quyidagilar joriy etilmoqda:

➡️elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi;

➡️qurilishi tugallanmagan ob’yektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlariga uning nomidan murojaat qilish tartiblari belgilandi;

➡️Bolalarni davlat bogʻchalariga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni bogʻchaga onlayn yuborish tartibi joriy etildi:

● bunda yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuboriladi va shu tasdiq kod asosida bola bogʻchaga qabul qilinadi;
● fuqarolarga yoʻllanma olish uchun berilgan soʻrovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda oʻzgartirish imkoniyati yaratildi;
● bolalarni bogʻchaga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yoʻllanma oʻz kuchida qoladi.

➡️avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi;

➡️katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kuniga kamaytirildi;

➡️avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirishda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekshirish axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qo‘qon aeroportiga ilk bor yirik havo kemasi qo‘ndi

Joriy yil mart oyida yangidan ochilgan Qo‘qon aeroportiga bugun O‘zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor qo‘ndi.

Mazkur aeroport 1977-yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yo‘lga qo‘yildi. 

Aeroportda 100 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi ta’mirlangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“University of Business and Science” iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda!

Universitetda 2024-2025-oʻquv yili uchun eʼlon qilingan 300 ta taʼlim grantidan birini qoʻlga kiritish mumkin.

Bilimli va ijtimoiy faol talabalar uchun yillik stipendiya ham ajratilgan.

Kontrakt narxi kunduzgi ta’lim uchun – 15 mln 640 ming so‘m, sirtqi ta’lim uchun – 9 mln 860 ming soʻm. (4 ga bo‘lib to‘lash yoki ta’lim krediti olish mumkin).

Ichki imtihondan yuqori ball to‘plagan va kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga 1 mln, 2 mln va 3 mln so‘mlik vaucherlar topshiriladi.

Ingliz tilidan til bilish sertifikatiga ega abituriyentlar kunduzgi ta’lim shakliga imtihonsiz — suhbat asosida talabalikka qabul qilinadi.

“University of Business and Science”ga hujjat topshirib, taʼlim granti va stipendiyaga ega bo‘ling.

🌐 qabul.ubsu.uz

☎️ +998781132626, +998907894242

📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y)

Telegram | Instagram

Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

1️⃣0️⃣ Magistraturada qabul boshlanganiga 10 kun bo’ldi. Lekin haligacha kvotalar e’lon qilinmadi.

Hozirgacha 8522 nafar abituriyent kvotalarni bilmasdan hujjat topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi

Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi.

Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.

1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da
boshlanadi.

🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣
abituriyent ruxsatnomasi.

Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Vodiy residence” xonadonlari qulay narxlarda!

Xon Saroy’ning Toshkent shahri Yashnobod tumanida qad rostlayotgan “Vodiy residence” loyihasidan xonadonlarni qulay narxlarda xarid qiling.

Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 4,5 mln soʻmdan toʻlab boring.

Loyiha hududida:

🔹Xavfsiz bolalar maydonchasi
🔹2-qavatda eco-hudud
🔹Yer osti va yer usti avtoturargohlari
🔹24/7 ishlovchi kuzatuv kameralari mavjud.

Bot orqali bogʻlanish

📲712007400
📲555017400

xonsaroy.uz
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan Factory” zavodida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot bilan tanishdi. Ushbu zavod BYD yengil avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Xitoydan tashqaridagi ilk zavod bo‘lgan edi.

Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ularning turlarini kengaytirish maqsadida xitoylik hamkorlar bilan B, C va byudjet avtomobillari segmentidagi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Ularning birinchi namunalari xitoylik hamkorlar tomonidan zamonaviy standartlashtirish tizimi sinovlarini o‘tkazish uchun laboratoriyalarga topshirildi.

"Shuningdek, zamonaviy texnologiya va standartlarni nafaqat ishlab chiqarish, balki savdo, servis va kafolat yo‘nalishlarida ham tatbiq etish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu sifatsiz mahsulot chiqarilishining oldini oladi hamda avtotransportga yuqori sifatli servis va kafolatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi", — deyiladi xabarda.


Demak, avval xabar qilinganidek, avtomobil savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga talab kuchaytirilishi va ayrim cheklovlar kiritilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev kecha, 9-iyul kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi. Uchrashuvda 2026–2030  yillarga mo‘ljallangan yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

***

Shuningdek, davlatimiz rahbari Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda bank bilan uch yillik hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib olindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Quvada bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi
#abituriyent

Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi.

Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.

1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da
boshlanadi.

🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣
abituriyent ruxsatnomasi.

Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Marg‘ilonda 25 ming aholiga mo‘ljallangan uy-joylar quriladi

Marg‘ilon shahrida aholi zich yashaydi. Yaqin kelajakda bu nufus oshib boradi.

Shu sababli tashrif chog’ida shaharda yangi massiv qurish g‘oyasi marg‘ilonlik nuroniylar, jamoatchilik vakillari bilan maslahatlashildi.

Loyihaga ko‘ra, 110 gektar maydonda bunyodkorlik ishlari olib boriladi. Xususan, 25 ming aholiga mo‘ljallangan 5 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi qarori asosida tashkil etilgan ushbu ta’lim maskani 6 ming 400 o‘ringa mo‘ljallangan. O‘quv binolari, 500 o‘rinli 2 ta talabalar turar joyi hamda axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Hududda olti qavatli, ikki ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi qurilmoqda.

Davlatimiz rahbari milliy uslubdagi ushbu majmuani ko‘zdan kechirdi. Xorijdan professorlarni taklif etib, dual ta’lim tizimini keng qo‘llash, turizm tashkilotlari buyurtmasi asosida talabalarni maqsadli tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Men uchun quvonarli tomoni Prezidentimizning aynan xususiy universitetga tashrif buyurgani bo‘ldi. Davlatimiz rahbari universitet hududini erinmasdan birma-bir aylanib chiqdi, talabalarga yaratilgan sharoit bilan tanishdi — o‘quv auditoriyalaridan tortib yotoqxonagacha kirib ko‘rdi, har bir detalni sinchkovlik bilan o‘rgandi. Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan universitet talabalari va ularning ota-onasi bilan suhbat qildi. Shuningdek, universitetda ta’lim sifatini ta’minlash uchun o‘quv jarayonlari qanday yo‘lga qo‘yilganini o‘rgandi. O‘zlarining tavsiyalarini berdi, o‘z navbatida davlat oliygohlarida ham shunaqa tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar ham berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon universiteti misolida xususiy oliygohlarga imkoniyat va sharoit yaratib berilsa, davlat OTMlaridan o‘tsa o‘tadiki, lekin kam bo‘lmasligini, bir necha yil oldin chiqarilgan to‘g‘ri qaror bugun amalda o‘z mevasini berayotganini ko‘rib quvondilar va mutasaddilarga xususiy oliygohlar bo‘yicha alohida topshiriq berdilar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

ZARMED universiteti endi Samarqandda

Buxoro viloyatida ochilgan ZARMED universiteti Samarqand shahrida ham o'z kampusiga ega bo'ldi.

Samarqand filialida 17 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli yo'nalishlarida tahsil olishingiz mumkin.

📑 Litsenziya (№298590, 06.08.2022)

Ayni vaqtda 2024-2025-o'quv yili uchun Samarqand va Buxoro kampuslarida qabul davom etmoqda. Quyidagi havola orqali ariza qoldirishingiz mumkin.

👉 Ariza qoldirish

Murojaat uchun:
+998 55 704-70-70 (Samarqand kampusi)
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)

Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yuzasidan 24 soat ichida shikoyat qilish mumkin
#abituriyent

Ayni kunlarda yurtimizdagi OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda. Ko‘pchilik imtihon natijalarini qayerdan olsak bo‘ladi, deb so‘rashmoqda.

Natijalar ertasi kuni siz imtihon topshirgan OTM sahifalarida e’lon qilinadi. Shu sababli o‘sha universitet sahifalarini kuzatib boring yoki qabul komissiyasi bilan bog‘laning.

❗️BU MUHIM! Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yuzasidan 24 soat ichida shikoyat berish mumkin xolos. Undan kechikib berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi. Shu sababli beparvolik qilmang, natijalaringiz bilan o‘z vaqtida tanishing.

👆Shaxsiy fikr: mana shu 24 soatlik muddatni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Bu xuddi atayin birov shikoyat qilmasin, deb qo‘yilgan muddatga o‘xshaydi. Turli sabablar va holatlar bo‘lishi mumkin. Muddatni bemalol 3 yoki 5 kunga uzaytirsak ham biror joyimiz kamayib qolmaydi. Boz ustiga hozir imtihonlar oldingidek emas, hammasida videokameralar qo‘yilgan, tasvirlarni bemalol 3-4 kundan keyin tekshirsa ham bo‘ladi. Apellyatsiya uchun qisqa muddat belgilashda hech qanaqa mantiq ko‘rmayapman.

Xullas, menimcha, bu avvalgi korrupsion davrda qo‘yilgan muddat edi, endi buni o‘zgartirish payti keldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida qabul davom etmoqda!

Hujjatlar telegram-bot yoki sayt orqali onlayn qabul qilinadi:


@Tipi_qabul_bot

https://tipi-qabul.uz/register2324

✔️Yo‘nalishlar

(Litsenziya №037521, 05.09.2022)

+998702007007
Manzil

Web-site | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.

Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24239

Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/19940

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).

Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nogironlikni belgilashda raqamlashtirilgan tizimga oʻtiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Unda nogironlikni belgilashda oʻtilayotgan raqamli tizim haqida maʼlumot berildi.

Jumladan, endilikda:

➖ nogironlikni belgilashda “tibbiy model” dan “ijtimoiy model” ga oʻtiladi;

➖ tajriba tariqasida dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida hamda 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda katta yoshdagi shaxslarning funksionalligi baholash tizimi joriy etiladi;

➖ ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, taʼlimga, sportga tavsiya berish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibi bekor qilinadi;

➖ nogironlikni shaxs sogʻligʻining holati va funksionallikni baholash natijalari asosida elektron tarzda belgilash tartibi joriy etiladi;

➖ ixtisoslashtirilgan ekspert komissiyalari tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) Ekspert komissiyalari tomonidan belgilanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#Euro2024

🇳🇱Niderlandiya va 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya oʻrtasidagi oʻyinda birinchi yarim final qarama-qarshiligining ssenariysi takrorlandi. Shiddatli kechgan bahsda Angliya birinchi boʻlib gol oʻtkazib yuborganiga qaramay, hisobni tenglashtirdi va oʻyinning soʻnggi daqiqasida Uotkinsning goli evaziga finalga yoʻl oldi.

🇳🇱 Niderlandiya 1:2 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

Gollar: Simons 7’, Keyn 18’ (penalti), Uotkins 90’.

🇪🇺 Final bahsi:

14-iyul
23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

❗️Ma’lumot uchun, Yevropa chempionatida boshqa musobaqalardan farqli oʻlaroq, uchinchi oʻrin uchun bahs oʻtkazilmaydi.

➖➖➖➖➖

🌎 Shuningdek, parallel tarzda o’tayotgan Copa America-2024 turnirida ikkinchi finalchi nomi aniqlandi. 🇺🇾Urugvayni minimal hisobda mag’lub qilgan 🇨🇴Kolumbiya finalga chiqdi.

🇺🇾 Urugvay 0:1 🇨🇴 Kolumbiya

Gol: Lerma 39’.

Uchinchi oʻrin uchun bahs:

14-iyul
05:00 🇨🇦 Kanada — 🇺🇾 Urugvay

Final:

15-iyul
05:00 🇦🇷 Argentina — 🇨🇴 Kolumbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Abituriyentlar diqqatiga! Ertaga test o’tkaziladigan binoni ko’rib kelsangiz bo’ladi
#abituriyent

Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Buning foyda tomoni, test kuni binoga qaysi yo’l bilan borish kerak, qaysi darvoza yoki eshikdan kirish kerak kabi savollarga javob olish mumkin. Test kuni shoshib, adashib, kechikib qolinmaydi.

Eslatib o’tamiz, joriy yilda test sinovlari 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli binoda o’tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yurtimizda ikkinchi bor o’tkazilgan Rustam Qosimjonov kubogi g’oliblari aniqlandi. Natijalar:

🥇🇺🇿Nodirbek Abdusattorov — 6.5 ochko ($12 000);
🥈🇺🇿Javohir Sindarov — 6 ochko ($8 000);
🥉🇮🇷Parham Maqsudlu — 5.5 ochko ($6 000).

4-o‘rin: 🇺🇿Rustam Qosimjonov (5.5 ochko);
5-o‘rin: 🇦🇿Shaxriyar Mamediyarov (5.5 ochko);
6-o'rin: 🇷🇺Aleksandr Grischuk (5 ochko);
7-o'rin: 🇭🇺Richard Rapport (4 ochko);
8-o‘rin: 🇺🇿Nodirbek Yoqubboyev (3.5 ochko);
9-o‘rin: 🇺🇿Shamsiddin Vohidov (2.5 ochko);
10-o‘rin: 🇺🇿Jahongir Vahidov (1 ochko).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

👍 Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi 22 nafar futbolchisi e’lon qilindi.

Yigitlarimiz Olimpiadadagi ilk tarixiy uchrashuvini 24-iyul kuni 🇪🇸Ispaniyaga qarshi oʻtkazadi.

Ma’lumot uchun, jamoamiz 11-iyul kuni Fransiyaga yo’l oladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📣 Diqqat, Diqqat!

ISFT instituti boʻlajak talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida 5,1 milliard soʻmlik GRANT oʻrinlarini ajratdi.

2024-2025 oʻquv yili uchun 15 ta taʼlim yoʻnalishiga qabul davom etmoqda!

Qabul quyidagi yoʻnalishlar bo‘yicha olib boriladi:

• 15 ta bakalavriat yoʻnalishi;
• 4 ta magistratura yoʻnalishi ;
• ikkinchi mutaxassislik;
• masofaviy ta'lim
.

ISFT – orzularingizni haqiqatga aylantiradi.

📥 Roʻyxatdan oʻtish: admission.isft.uz

☎️ Aloqa markazi: 55 506 17 17

Litsenziya (№ 300690, 12.10.2021-y)

Facebook | Instagram |Telegram | Sayt | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…
Subscribe to a channel