Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
❗️Endi dalasiga nima ekishni fermerning o‘zi hal qiladi
Bu haqda bugun, 31-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.
➖ Unga ko‘ra, yer, subsidiya va agroxizmatlar bo‘yicha “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi.
Dalasiga nima ekishni fermerlarning o‘zlari ushbu platformaga kiritadi. Natijada asosiy, takroriy va to‘qsonbosti ekinlar miqdori oldindan ko‘rinadi.
➖ Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tuziladi. Yetishmayotgan mahsulotni ko‘paytirish uchun subsidiya va moliyaviy yordam beriladi.
➖ Kuzda 100 dan ziyod zamonaviy dron olib kelinadi. Mutasaddilarga xususiy sektorni jalb etib, fermerlarga dronlar yordamida xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
➖ Shuningdek, somonpoyalarni yoqishga chek qo‘yishning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi aytildi.
👉 @xushnudbek 👈
❌ Olimpiada chempioni Lazizbek Mullojonov barcha musobaqalardan vaqtincha chetlatildi
Ma'lum qilinishicha, bokschimizning namunasidan taqiqlangan modda — metasteron metabolitlari aniqlangan.
Shu bois, u sport musobaqalaridan vaqtincha diskvalifikatsiya qilindi. Biroq ushbu holat uning oldingi musobaqalardagi natijalari, xususan, Parij Olimpiadasidagi oltin medaliga ta'sir qilmaydi.
Avvalroq taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov ham 2 yilga chetlatilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Universitet tanlashda ikkilanayotgan abituriyentlar uchun
Quyida 2024/2025-oʻquv yilida 10.000 dan ortiq talabalari uchun 1000 ga yaqin tadbirlar tashkil etgan ZARMED Universiteti YouTube sahifasidan videolavhalar ulashamiz:🔥
— Samarqandda ZARMED Universiteti kampusi ochilish marosimi;
— Buxoro shahrida universitetning 5000 oʻringa moʻljallangan 2-oʻquv binosi ochilish marosimi;
— "Shifokorlik qasamyodi" tadbiri;
— “Mo‘jizalar vaqti” bayrami – Samarqand va Buxoroda 3000+ talaba ishtirokidа;
— 67 nafar ZARMED Universiteti talabalariga nomdor stipendiya va grantlar topshirildi;
— 20+ davlatdan talabalar ishtirokida ZARMED 2025 Xalqaro 2025 Xalqaro tibbiyot fan olimpiadasi;
— ZARMED 2025 “Ijtimoiy, iqtisodiyot, filologiya va aniq fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha 1-Respublika fan olimpiadasi;
— ZARMED 2025 Football Cup – 1000+ talaba, 150+ jamoa ishtirokidа;
— "Boqiy shahar" majmuasida 10 000 dan ortiq qatnashchilar bilan ZARMED Sound Show katta tadbiri oʻtkazildi;
— Buxoro kampusidagi 34 nafar universitet talabalari uchun 1-bitiruv marosimi tashkil etildi;
— Samarqandda 5 000 dan ortiq qatnashchilar bilan "Yil sarhisobi" tadbiri oʻtkazildi.
🏖 Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilar har yili 12 kunga dam olish maskanlariga yuboriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi.
🗓 Unga ko‘ra, dam olish maskanlariga yo‘llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartib asosida amalga oshiriladi.
Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari va ilg‘or pedagoglar uchun – sentyabr-may oylarida;
🔹 iqtidorli o‘quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.
Har bir hududda dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi.
✔️ Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o‘quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.
Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg‘or pedagoglar tanlab olinadi:
▪️ xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
▪️ o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
▪️ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
▪️ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
▪️ respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
▪️ oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari;
▪️asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.
❗️Rasman: Abbosbek Fayzullayev ham "Istanbul Bashakshehir" futbolchisi
Eldor Shomurodovdan so‘ng Abbos Fayzullayev ham 🇹🇷Turkiya klubi a'zosiga aylandi. Hujumkor yarim himoyachimiz klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, u 11-raqamda o’ynaydi.
⬇️ Jahon chempionati saralashidan so‘ng yangi jamoaga o‘tgan legionerlarimiz:
➡️ Abdulla Abdullayev — "Dibba Fujayra" (🇦🇪BAA);
➡️ Rustamjon Ashurmatov — "Istiqlol Tehron" (🇮🇷Eron);
➡️ Akmal Mozgovoy — "Baniyas" (🇦🇪BAA);
➡️ Odiljon Hamrobekov — “Traktor” (🇮🇷Eron)
➡️ Eldor Shomurodov — "Istanbul Bashakshehir" (🇹🇷Turkiya);
➡️ Abbosbek Fayzullayev — "Istanbul Bashakshehir" (🇹🇷Turkiya).
Shuningdek, Muhammadali O’rinboyev "Antverpen" (🇧🇪Belgiya) jamoasiga o’tdi.
Yigitlarimizga omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning tegishli farmonlari bilan:
Muxiddinov Fatxiddin Fazliddinovich Prezident Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Xashimov Xusniddin Kamalitdinovich Prezident Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasining Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot ta’minoti shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Normatov O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shu’basi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi;
Xusainov Ulug‘bek Shuxratjonovich Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Umarov Oybek Ulug‘bekovich Prezident Administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti xo‘jalik faoliyati shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning tegishli farmoni bilan:
Po‘lat Razzaqovich Bobojonov Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Galina Karimovna Saidova Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Obid Arzikulovich Xakimov Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;
Abdusalam Abdumavlanovich Azizov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Muzaffar Murotovich Kamilov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Rustam Tuychiyevich Kamilov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi;
Javlon Abdujalolovich Vaxabov Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlandi;
Baxodir Xamidovich Tashmatov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbek tili ixlosmandlari uchun yangilik: 40 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga binoan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Аванс >>> Boʻnak
Автопилот >>> Avtoboshqaruv
Айсберг >>> Muztogʻ
Бодикамера >>> Yonkamera
Брызговик >>> Loytoʻskich
Внедорожник >>> Yoʻltanlamas
Дискуссия >>> Bahs, munozara
Доставка >>> Yetkazish
Зона >>> Hudud
Карвинг >>> Oʻymabezak
Конфиденциал >>> Maxfiy
Кластер >>> Klaster
Коворкинг >>> Ish markazi
Коловорот >>> Qoʻlparma
Коридор >>> Yoʻlak
Котлован >>> Xandaq
Лебёдка >>> Chigʻir
Лидер >>> Yoʻlboshchi, yetakchi
Линк >>> Havola
Маркировка >>> Tamgʻalash
Маршрут >>> Yoʻnalish
Мастер класс >>> Mahorat darsi
Мотивация >>> Ruhlantirish, ragʻbat
Навигатор >>> Yoʻllagich
Наждак >>> Qumqogʻoz
Оправа >>> Gardish
Отвёртка >>> Buragich
Парол >>> Oʻron
Переплёт >>> Muqovalash
Полик >>> Toʻshama
Портфолио >>> Yigʻmajild
Прогрессив >>> Ilgʻor
Растушевка >>> Qoshpardoz
Светофор >>> Yoʻlchiroq
Силлабус >>> Ishchi dastur
Смарт >>> Aqlli
Челленж >>> Chorlov
Шуруп >>> Buramamix
IT парк >>> AT parki (Axborot texnologiyalari parki)
IT технологиялари >>> Axborot texnologiyalari (AT)
👉 @xushnudbek 👈
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti (NewUU) talabalar loyihalarini rivojlantirish uchun $30,000 gacha grant ajratadi
NewUU’da magistratura va doktorantura bosqichlari talabalarining xalqimiz hayotini yaxshilashga xizmat qiluvchi muhim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet tomonidan grant ajratiladi.
💡Masalan, NewUU’ning Qayta tiklanuvchi elektr manbalari magistratura dasturida tahsil olayotgan talaba, agar energiya ta’minoti muammolariga yechim topadigan kashfiyot qilsa, ushbu ixtirosini amaliyotga tatbiq etish uchun universitetdan tegishli mablag‘ni qo‘lga kiritadi.
Universitetda magistratura ixtisosliklariga qabul davom etmoqda. Qabul shartlari va mavjud yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Reklama
Issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi
Bu haqda ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Endilikda:
➖ ichki bozor bilan bir qatorda eksportga ham mahsulot yetishtirish majburiyatini olgan, tabiiy gazda ishlayotgan issiqxonalarga qishki mavsumda gaz kafolatli hajmda beriladi;
➖ ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimida ishlayotgan hamda eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytish imkoni beriladi;
➖ aylanma mablag‘ yetarli bo‘lishi uchun oldindan to‘lov oktyabr-mart oylariga 50 foiz qilib belgilanadi. Bunda, issiqxonalar gaz korxonalari bilan 1-oktyabrgacha shartnoma imzolaydi;
➖ tabiiy gazdan ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimiga o‘tgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddati uzaytirib beriladi;
➖ issiqlik nasoslari texnologiyalarida ishlaydigan issiqxona tashkil qilganlarga xarajatlarning 20 foizgacha qismi, bu ishlar kredit hisobidan bo‘lsa, kredit stavkasini 4 foizi qoplab beriladi;
➖ issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasida to‘lashi belgilandi;
➖ 2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi;
➖ Soliq qo‘mitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yo‘naltirilgani va ularning samaradorligini o‘rganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qo‘shilgan qiymat kam bo‘lsa, gazni issiqxonalarga yo‘naltirish topshirildi;
➖Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy ta’siri bilan bog‘liq muammolarni uzil-kesil hal qilish vazifasi qo‘yildi.
👉 @xushnudbek 👈
Oxus University'da “Ingliz tili va uni xorijiy til sifatida oʻqitish” yoʻnalishi uchun qabul davom etmoqda!
Bu yoʻnalishda siz:
✅ Tilni mukammal oʻzlashtirasiz;
✅ TEFL, TESOL, TOEFL asoslarini chuqur o‘rganasiz;
✅ Tarjima, taqdimot, debat, insholar bilan ishlashni o‘rganasiz;
✅ Zamonaviy metodikalar bilan tanishasiz;
✅ Talabalik paytidayoq o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritish imkoniga ega bo‘lasiz!
🌍 Xalqaro hamkorlik: Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlar bilan qo‘shma dasturlar;
🎯 100% gacha grant imkoniyatlari;
Yotoqxona, kutubxona, tajribali ustozlar — barchasi bir joyda!
Ichki ishlar tizimida tayinlovlar:
➖ Abdurazzoqov Abduvosit Abdulxayevich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bunga qadar u Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i edi.
➖ Aripov Tohir Toʻlqinovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi
Bugun Shavkat Mirziyoyev bu bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi institut maqomida mazkur universitet tarkibiga o‘tkaziladi.
Shuningdek:
➖ Tor doiradagi ixtisosliklar bo‘yicha “2+2” tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, psixolog, aloqachi, ta’minotchi, omborchi kabi 18 xil yondosh soha mutaxassislari boshqa OTMlarning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olinadi;
➖ Yangi o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi bosqich kursantlari uchun tanlov asosida “Oliy Bosh Qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi. Mazkur stipendiya sohibi bakalavriatni tamomlaganidan so‘ng 5 yil mobaynida oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi;
➖ Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarining 36 ta ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari biryo‘la ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga mo‘ljallangan mutaxassislik egasi bo‘ladi. Bu ularning harbiy xizmatdan keyin ham faol ishlashi imkonini beradi.
👉 @xushnudbek 👈
To‘ldirish:
yuqoridagi post telefon raqami kuyib ketgan/o‘zgargan hamda parolini ham esidan chiqarishi ortidan shaxsiy kabinetiga kira olmayotganlar haqida edi. Agar telefon raqami o‘zgargan bo‘lsa-da, lekin shaxsiy kabinetiga paroli orqali kira olayotgan bo‘lsa, unda telefon raqamni o‘zgartirishning boshqa yo‘li bor.
Agar abituriyent parolini eslay olsa, unda my.uzbmb.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetini ochadi. Va yuqori o‘ng burchakdagi rasmining ustiga bossa, menyu ochiladi. Shu yerda “Telefon raqamini o‘zgartirish” (https://my.uzbmb.uz/change-phone) sahifasi mavjud. O‘sha yerga kirib, yangi telefon raqamini kiritadi. Tasdiqlash uchun SMS-kodi ham yangi telefon raqamga keladi. Qarabsizki, telefon raqam o‘zgaradi.
Agar shaxsiy kabinetiga kirish parolini eslay olmayotgan bo‘lsa, unda "OneID orqali kirish" tugmasi orqali kirish qilsa ham bo‘ladi. OneID tizimi orqali shaxsiy kabinetga kirilganidan so‘ng, yuqorida aytilgan ko‘rsatma orqali telefon raqamni yangisiga almashtirish mumkin.
Agar OneID orqali ham kira olmasa, yoki u yerdagi login-parolini ham eslay olmasa, ana unda uchinchi va eng oxirgi yo‘l qoladi. Bu — Bilimlarni baholash agentligi yoki ularning hududiy bo‘limlariga shaxsan borib uchrashish.
👉 @xushnudbek 👈
Ibn Sino Education xususiy maktabiga qabul boshlandi
3-avgust qabul kuni, darslar esa 4-avgustdan boshlanadi. Oʻquvchilar 7–11-sinflarga qabul qilinadi.
Maktabda oʻzbek va rus tillarida shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar oʻqitiladi:
🔹 Biologiya; 🔹 Kimyo;🔹 Ona tili;
🔹 Tarix; 🔹 Matematika.
📌 Shuningdek, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.
Rasmiy sahifalar: YouTube | Instagram | Telegram
📞Hoziroq bogʻlaning +998944443366 | +998916590793 | +998948553366
Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366
Manzil
Reklama
Bir qaror bilan grant yutib, Amerikada oʻqing!
📍 Qayerda o‘qish? Kimdan o‘rganish? Qanday bilim olish?
Bu savollar hayotingiz qanday kechishini belgilaydi.
Bu savollarga javobni Osiyo Xalqaro Universiteti taqdim etadi!
OXU sizga:
✔️ 90+ yo‘nalish — tibbiyot, IT, biznes, psixologiya va boshqalar;
✔️ Nazariya va real tajriba — haqiqiy amaliyotga asoslangan ta'lim;
✔️ Oʻzbek, rus, ingliz tillarida zamonaviy o‘qish tizimi;
✔️ 200 ta grant va har oylik rektor stipendiya;
✔️ Yotoqxona, kuchli infratuzilma;
✔️ Chet elda amaliyot va AQShda oʻqishni davom ettirish imkoniyatini beradi.
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali uchun jami 250 ta kvota tasdiqlandi.
Shundan:
175 ta kvota kunduzgi uchun (54 ta grant va 121 ta to’lov-kontrakt) hamda 75 ta masofaviy uchun (to’lov-kontrakt) joy ajratilgan.
Ma’lumot uchun: filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.
❗️Bu yil magistraturaga 40 mingdan ortiq ariza yuborildi
Arizalar qabuli kecha, 30-iyul kuni yakunlandi. Bu yil talabgorlar tomonidan jami 40 ming 28 ta ariza kelib tushdi.
O‘tgan yili muayyan sabablarga ko‘ra rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun qo‘shimcha vaqt berilgan edi. Joriy yil ham tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, ayni paytda:
✅ Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Bungacha 15 ming 271 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi;
✅ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ham arizalar qabul qilinmoqda. Qabul jarayoni 5-avgustgacha davom etadi. "Perevod" bo‘yicha batafsil tushuntirish bu yerda;
✅ 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati ham 10-avgustga qadar uzaytirilgan. Hozirda 170 ming 544 ta ariza kelib tushgan.
👉 @xushnudbek 👈
Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kurslari grant dasturini e’lon qiladi
Agar siz kreativ sohasi, texnologiyalar va san’atga qiziquvchi, iqtidorli yoshlardan bo‘lsangiz, karyerangiz uchun noyob imkoniyat mavjud!
Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
🔹 3D modellashtirish;
🔹 VFX Compositing;
🔹 Animatsiya;
🔹 O‘yin dizayni va GameDev asoslari;
🔹 Digital Art;
🔹 FX Simulation;
🔹 Cinema 4D;
🔹 Unreal Engine.
✅ Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlar;
✅ Sohaning yetakchi mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlar;
✅ Netvorking va professional muhit.
🔹 20 daqiqalik onlayn test;
🔹 Portfolio yuklash;
🔹 5 daqiqalik suhbat.
Davletova Nozimaxon Eldarovna Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti – inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning tegishli farmoni bilan:
Mardonov Kamoliddin Karamiddinovich Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi agrar sohada ishlab chiqarish, daromadlarni ko‘paytirish hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Xanayev Ulug‘bek Umaraliyevich Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimidan ozod etildi;
Hamroyev Eldor Otamurodovich Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qilish sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Azimov Aziz Xasanovich Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shu’basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi;
Gordeyev Sergey Nikolayevich Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi ichki ishlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Xatamova Gulruxsor Kudratovna Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Omonov Farrux Farxodjonovich Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Mirzayev Rustam Ravshanovich Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati kompleks axborot-targ‘ibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etilishi munosabati bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi
1️⃣ Mudofaa vaziri Xalmuxamedov Shuxrat G‘ayratjonovich bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘i hisoblanadi hamda uning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
2️⃣ General-mayor Shermatov Farhodjon Ortiqovich universitet boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni edi;
3️⃣ polkovnik Tursunov Kadirjon Abdipattayevich Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari edi;
4️⃣ Polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich universitetning Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i etib tayinlandi;
5️⃣ Polkovnik Xamrayev Abdulla Adxamovich universitetning Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i etib tayinlandi;
6️⃣ Podpolkovnik Rahimov Baxtiyor Nematovich universitetning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i etib tayinlandi;
7️⃣ Tibbiy xizmat polkovnigi Rasulov Ulug‘bek Abdugafurovich universitetning Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i etib tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Ushbu videoda shu haqida batafsil va asosiysi sodda tilda tushuntirishga harakat qilganman.
📹 https://youtu.be/J955pcrDgWM
Abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Rasmiy bayonot:
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim talabalarning soxta hujjatlar asosida oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingani haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, HEMIS tizimi orqali har bir talabaning qabul qilinishi, o‘qiyotgan yo‘nalishi va kursi aniq qayd etiladi. Xorijdan o‘qishini ko‘chirishda esa faqat rasmiy hujjatlar asosida, o‘quv rejalari solishtirilib, rektor buyrug‘i bilan qabul amalga oshiriladi. Bu jarayon elektron tizimda to‘liq va shaffof yuritiladi, asossiz ma’lumotlar kiritilmaydi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masala yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, belgilangan tartibda huquqiy baho berilib, jamoatchilikka rasmiy axborot taqdim etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
👉 @xushnudbek 👈
Alibek Kabduraxmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori etib tayinlandi.
Teatrning avvalgi rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov boshqa ishga o‘tdi.
👉 @xushnudbek 👈
💰 O‘zbekistonda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
🏛 Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.
🎤 2026-yildan boshlab har 2 yilda 1 marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlov o‘tkazib boriladi.
📹 Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul boshlandi
Xalqaro nufuzga ega universitetda yoshlarga sifatli taʼlim beriladi.
Universitetda quyidagi yoʻnalishlarda tahsil olish mumkin:
– Turizm va mehmondoʻstlik;
– Xalqaro munosabatlar;
– Biznesni boshqarish;
– Marketing;
– Logistika;
– Iqtisodiyot;
– Menejment;
– Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili;
– Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili;
– Tarjima nazariyasi va amaliyoti: koreys tili;
– Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili;
– Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm;
– Arxeologiya.
✅ 20 dan ziyod tajribali xorijlik professor-oʻqituvchilar;
✅ Toʻliq ingliz tilidagi kunduzgi bakalavriat dasturlari;
✅ Xalqaro darajadagi davlat universitetida ta'lim;
✅ Akademik almashinuv dasturlari orqali Yevropa, Xitoy va boshqa davlatlarda o‘qish va malaka oshirish imkoni;
✅ Ta'til davrida work&travel dasturlari asosida xorijda va yurtimizda ishlash imkoniyati;
✅ Ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy smart kampus;
✅ Sport zal, suzish basseyni, madaniy va ijodiy toʻgaraklar.
Prezident farmoni bilan, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yganligi uchun quyidagilar mukofotlandi:
"Do‘stlik" ordeni bilan
"Jasorat" medali bilan
"Shuhrat" medali bilan
❓Agar abituriyentning telefon raqami kuyib ketgan yoki almashgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Agar abituriyentning ro‘yxatdan o‘tishda ishlatgan telefon raqami kuyib ketgan, yo‘qolgan, o‘zgargan bo‘lsa hamda eski raqamini qayta tiklashning imkoni bo‘lmayotgan bo‘lsa, unda unda yo‘nalish tanlash huquqidan foydalana olmay qoladi. Chunki yo‘nalish tanlagandan keyin uni tasdiqlash uchun SMS-kodni kiritish talab etiladi.
Bunday vaziyatdagi dastlabki qilinadigan ish — shaxsiy kabinetiga parol bilan kira oladimi yoki yo‘qmi, shuni aniqlash.
Agar abituriyent parolini eslay olsa, unda my.uzbmb.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetini ochadi. Va yuqori o‘ng burchakdagi rasmining ustiga bossa, menyu ochiladi. Shu yerda “Telefon raqamini o‘zgartirish” (https://my.uzbmb.uz/change-phone) sahifasi mavjud. O‘sha yerga kirib, yangi telefon raqamini kiritadi. Tasdiqlash uchun SMS-kodi ham yangi telefon raqamga keladi. Qarabsizki, telefon raqam o‘zgaradi.
Agar shaxsiy kabinetiga kirish parolini eslay olmayotgan bo‘lsa, unda "OneID orqali kirish" tugmasi orqali kirish qilsa ham bo‘ladi. OneID tizimi orqali shaxsiy kabinetga kirilganidan so‘ng, yuqorida aytilgan ko‘rsatma orqali telefon raqamni yangisiga almashtirish mumkin.
Agar OneID orqali ham kira olmasa, yoki u yerdagi login-parolini ham eslay olmasa, ana unda uchinchi va eng oxirgi yo‘l qoladi. Bu — Bilimlarni baholash agentligi yoki ularning hududiy bo‘limlariga abituriyentning shaxsan o‘zi ID-karta yoki pasporti bilan borib, murojaat qilishi kerak. Shunda agentlik xodimlari shaxsiy kabinetiga ulangan telefon raqamni boshqa faol raqamga almashtirib berishadi.
👉 @xushnudbek 👈
❓O‘qishni ko‘chirish uchun transkript berishmayaptimi?
Hozir “perevod” mavsumi. Har yili xorijdan va o‘zimizdagi nodavlat oliygohlardan bir necha o‘n ming talaba o‘qishini davlat oliygohiga ko‘chirishni xohlaydi.
Bunda onlayn ariza yuborish chog‘ida talabaning baholari aks etgan transkript ham kerak bo‘ladi. Lekin ayni kunlarda ayrim xususiy oliygohlar o‘z talabalariga transkript bermasdan qiynayotgan ekan. Transkript berish evaziga turli shartlar ham qo‘yishmoqda, talabalarni sarson qilishmoqda. Bu yaxshi emas.
Yana kim shunaqa muammolarga uchramoqda? Izolarda yozib qoldiring. Umumlashtirib, tegishli tashkilotlar orqali hal qilishga harakat qilamiz.
Avvalo o‘sha oliygoh ma’muriyati o‘ziga savol berishi kerak: nima uchun shuncha talaba bizdan ketmoqchi?
Bunga odatda 2 ta sabab bo‘ladi: yoki ta’lim sifati o‘ta rasvo, u yerda qolishdan ma’no yo‘q, yoki talabchanlik va nazorat o‘ta yuqoriligidan talabalar qiynalmoqda, ichki imtihonlardan yiqilmoqda, pul yoki tanish-bilishchilik o‘tmayapti.
Agar ikkinchi sabab tufayli talabalar “perevod” qilishni xohlayotgan bo‘lsa, unda nazorati kuchli, ta’lim sifati yuqori bo‘lgan oliygohlarning o‘zi bundan manfaatdor bo‘ladi. “Bizni ham, o‘zingni ham qiynamay, boshqa joyga keta qol, baribir o‘zlashtira olmayapsan” deyishadi va pattasini tutqazishadi.
Agar juda ko‘p talabalar ketishni xohlayotgan bo‘lsa-yu, lekin oliygoh rahbariyati bunga sun’iy to‘siq qo‘yib, ketayotganlarni ushlab qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa, demak, katta ehtimol bilan birinchi variant bo‘ladi: ya’ni u yerda ta’lim sifati rasvo.
To‘g‘ri, “perevod” qilish uchun bu ikkisidan boshqa obyektiv va subyektiv sabablar ham bo‘lishi mumkin, lekin ular kam sonli individual holatlar hisoblanadi.
Yana bir fikr: “perevod” qilib ketaman deganlardan ko‘p ham qo‘rqmanglar, har yili o‘rtacha 10% talabgor o‘tish balini to‘play oladi xolos. Qolgan 90%i baribir yana qaytib keladi.
👉 @xushnudbek 👈